tgindex
NAMSIFL YOSHLAR ITTIFOQI BT

NAMSIFL YOSHLAR ITTIFOQI BT

Статистика

🏛O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan davlat chet tillari instituti boshlang'ich tashkiloti Rasmiy telegram kanali ☆YANGILIKLAR ☆YOSHLAR UCHUN IMKONIYATLAR 🖐 Barchasiga birgalikda erishamiz! 💬Murojaat uchun: @dilnoza_komiljonova

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
10
Всего постов
126
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
975
+2 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
336
40 постов
Вовлечённость
34,5%
к подписчикам
Постов в день
1,4
всего 126
Упоминаний
3
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
237
1/48двое суток
271
1/72трое суток
292

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • #Live "Besh tashabbus olimpiadasi"ning tennis sport turi bo‘yicha Jakbaraliyev Yorqinjon viloyat bosqichida faol ishtirok etmoqda. 🌐Bizni kuzatishda davom eting: @namsiflBT

  • без подписи

  • #Besh_tashabbus_olimpiadasi 📌Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, TM-AU-24 guruhi talabasi Jakbaraliyev Yorqinjon "Besh tashabbus olimpiadasi"ning mahalla, sektor va tuman bosqichlarida munosib ishtirok etib, 1-o'rinni egalladi va ayni damda viloyat bosqichida ishtirok etmoqda. 🏓Yozgi ta'til faqat dam olish emas, balki yangi marralarni zabt etish fasli hamdir! Yorqinjon yozgi ta'tilni samarali o'tkazib, navbatdagi bosqichda ham faxrli o‘rinlarni olishi kutilmoqda.Ishonamizki, respublika bosqichlarida ham yuksak natijalar bilan institutimiz sharafini munosib himoya qiladi. 🏵Jakbaraliyev Yorqinjonni ushbu tanlovning viloyat bosqichida muvaffaqiyat tilaymiz. Kelgusi bosqichlarda ham omad, zafar va yangi g'alabalar yor bo'lsin! 🌐Bizni kuzatishda davom eting: @namsiflBT #BeshTashabbusOlimpiadasi #NamDChTI #YoshlarYutugʻi

  • 12 авг.2035из yoshekologlarnamangan

    #Qurultoy_Expo #Namangan_viloyati #2_video Namangan viloyati delegatsiyasi V xalqaro Ekologiya qurultoyi doirasida qurultoy expoda munosib ishtirok etdi. Bizni kuzatishda davom eting Telegram | Instagram

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • #Namangan_viloyati #Qashqadaryo_qurultoy 📚Bilim, tajriba va yangi imkoniyatlar sari! 📌Namangan viloyati delegatsiyasi Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilayotgan V Xalqaro Ekologiya qurultoyi doirasida tashkil etilgan o‘quv-seminarlar, tanlovlar va tadbirlarda faol ishtirok etmoqda. 🌍Mazkur xalqaro qurultoyda O‘zbekistonning turli hududlari vakillari bilan bir qatorda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Turkiya va Rossiya kabi davlatlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar ham qatnashmoqda. 🎯 Seminar va tadbirlar davomida ishtirokchilar ekologiya sohasidagi dolzarb masalalar, ilg‘or tajribalar, zamonaviy tashabbuslar hamda turli xalqlarning milliy urf-odatlari bilan tanishib, o‘z bilim va tajribalarini boyitmoqda. ✅Qurultoyda Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Yoshlar yetakchisi Komiljonova Dilnoza va XTA-AU-25 guruh talabasi Egamberdiyeva Gulzoda Namangan viloyati delegatsiyasi tarkibida faol ishtirok etmoqda. 🌐Bizni kuzatishda davom eting: @namsiflBT

  • без подписи

  • #live #Qashqadaryo_Namangan_qurultoy 📍Qashqadaryo viloyati Namangan delegatsiyasini samimiy salom va iliq kayfiyat bilan qarshi oldi. 🌐Bizni kuzatishda davom eting: @namsiflBT

  • 9 авг.364101

    #Salom_Qurultoy #Namangan_viloyati 📌Namangan viloyati delegatsiyasi V xalqaro Ekologiya qurultoyida ishtirok etish uchun vokzalidan yo‘lga chiqdi. Mazkur nufuzli xalqaro tadbir ekologik madaniyatni yuksaltirish, yoshlarning ekologik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda atrof-muhit muhofazasi borasida xalqaro tajriba almashish uchun muhim maydon hisoblanadi. 🏕Qurultoyda Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti BT yetakchisi Komiljonova Dilnoza hamda Egamberdiyeva Gulzoda Namangan viloyati delegatsiyasi tarkibida ishtirok etmoqda. Delegatsiyamizga xalqaro maydonda munosib ishtirok etib, yangi bilim va tajribalar bilan qaytish yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz! 🌐Bizni kuzatishda davom eting: @namsiflBT

  • 8 авг.2313из mushoira_klubii

    📢 Diqqat e'lon: 📚“Mushoira” klubi tomonidan talabalar-yoshlar o‘rtasida she’riyatga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijodiy salohiyatini namoyon etish maqsadida she’riy kecha tashkil etiladi. 🗓 Kun: Yakshanba ⏰ Vaqt: 20:00 💻 Format: Onlayn Kecha davomida ishtirokchilar: — o‘z ijod namunalarini o‘qishlari; — sevimli she’rlarini ijro etishlari; — she’riyat va ijod haqida fikr almashishlari mumkin 📖She’riyat — qalblarni birlashtiradigan, so‘zga ma’no va tuyg‘uga qanot beradigan san’at.Barcha she’riyat ixlosmandlari va ijodkor yoshlarni “Mushoira” she’riy kechasiga taklif etamiz! 📲Bizni kuzatishda davom eting https://t.me/mushoira_klubii

  • 🔴🟦🟦🟦 🟦🟦 🇺🇿 35 YIL — BIR VATAN, BIR XALQ, BIR KELAJAK! 🎬 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” Qadrli talabalar! O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va istiqlol g‘oyalarini keng targ‘ib qilish maqsadida kreativ media tanlovi e’lon qilinadi! 🇺🇿✨ 📣 Bu tanlov — shunchaki video emas! Bu — Vatanga bo‘lgan muhabbatingizni, Mustaqillik haqidagi qarashlaringizni va kelajak haqidagi orzularingizni o‘z uslubingizda ifoda etish imkoniyati! 📹 Sizning nigohingizda — Mustaqillik! 🎤 Sizning so‘zingizda — Vatan! 🎬 Sizning ijodingizda — Yangi O‘zbekiston! 📌 TANLOV YO‘NALISHLARI: 🇺🇿 #YagonaVatan35 Vatan, Mustaqillik va yurtimiz kelajagi haqidagi fikrlaringiz, samimiy tabrik va ezgu tilaklaringizni kreativ videoda ifoda eting. 🎬 “Mustaqillik menga nima berdi?” 30–60 soniyalik videoda Mustaqillikning hayotingiz, ta’limingiz, orzularingiz va imkoniyatlaringizdagi o‘rnini ko‘rsating. 🇺🇿 “Bir bayroq — bir yurak” O‘zbekiston bayrog‘i timsolida birlik, milliy g‘urur va Vatanga sadoqatni aks ettiruvchi kreativ fleshmob tayyorlang. 🎤 “Vatan — qalbimda” Vatan haqidagi she’r, qo‘shiq yoki o‘zingizga xos ijodiy chiqish orqali qalbingizdagi tuyg‘ularni namoyon eting. 🌍 “Yangi O‘zbekiston — mening nigohimda” Yurtimizning buguni, ertangi kuni va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kreativ video orqali aks ettiring. 👍 “Mening institutim — mening kelajagim” Institut hayoti, zamonaviy ta’lim, xorijiy tillar, xalqaro imkoniyatlar va talabalik orzularingizni Mustaqillik g‘oyasi bilan uyg‘unlashtirgan ijodiy video yarating. 🇺🇿 “Vatanimga 35 soniya” Atigi 35 soniya ichida O‘zbekiston, Mustaqillik va Vatanga bo‘lgan muhabbatingizni o‘ziga xos va ta’sirchan tarzda ifoda eting! 📱 Telefoningizni oling. G‘oyangizni toping. Kamerani yoqing. Va o‘z hikoyangizni yarating! 🪄 Eng kreativ, mazmunli va ta’sirchan ishlar institutning rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida keng yoritiladi. 📨 Tanlovda ishtirok etish uchun tayyorlagan videolaringizni @Matbuot_kotib_pressa Telegram profiliga yuboring. 🇺🇿 Vatan — qalbimizda! 🕊 Mustaqillik — faxrimiz! ✨ Ijod — bizning ovozimiz! 🚀 Kelajak — bizniki! 👍Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: | Telegram | Veb-sayt| Facebook |Instagram |

  • ⚡️ Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti talabalarni 2026/2027-o‘quv yilidan oʻz bagʻriga chorlaydi! 👍 Yangi o‘quv yili Namangan davlat chet tillari institutida kurslar kesimida dars jarayonlari o‘tkazilish tartibi rasman belgilandi! 🕓 Dars jarayonlari 3 smenada olib boriladi: 🔵 1-smena: 1-3-bosqich talabalari 08:30 dan 12:50 gacha; 🔴 2-smena: 2-4-bosqich talabalari 13:00 dan 17:20 gacha; 🟢 3-smena (kechki taʼlim): 17:30 dan 20:20 gacha; 👨‍💻 Magistratura bosqichida taxsil oluvchi talabalarning dars jarayonlari to‘liq 2-smenada o‘tkaziladi. @OTM_oid_qonunchilik

  • 4 авг.2542из yoshlareduuz

    🟦🟦🟦🟦🟦🟦 💠 “Dolzarb 90 kun” onlayn viktorinasida qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling! 🏛 Viktorinada tyutorlar, talabalar, o‘quvchilar, ustozlar, qisqasi barcha O‘zbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin. G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max; 🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google; 🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3; 🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin. ➡️ Batafsil ma’lumot olish ➡️ Viktorinada ishtirok etish ☑️G‘oliblar test va targ‘ibotchilik bo‘yicha alohida aniqlanadi va jami 20 kishi rasmdagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. ☑️Faol qatnashgan ishtirokchilar QR kodli, elektron sertifikatga ega bo‘ladi.

  • 📢 DIQQAT, TANLOV E'LON QILINADI! 🎥 Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti talabalari o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston – mening nigohimda” mavzusida videoroliklar tanlovi e'lon qilinadi. 🎯 Tanlovning maqsadi – talaba-yoshlarning Vatanga muhabbat, Yangi O‘zbekiston bunyodkorlik g‘oyalari, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda milliy qadriyatlarni ijodiy yondashuv orqali keng targ‘ib etishdan iborat. 📌 Tanlov shartlari: 🔹 Videorolik mavzuga mos va ijodiy yondashuv asosida tayyorlangan bo‘lishi; 🔹 Videorolikning davomiyligi 2–5 daqiqa; 🔹 Tasvir va ovoz sifati aniq bo‘lishi; 🔹 Mualliflik ishlari qabul qilinadi, plagiatga yo‘l qo‘yilmaydi; 🔹 Videorolik MP4 formatida taqdim etilishi tavsiya etiladi. 📥 Ijodiy ishlarni qabul qilish tartibi: Tanlovda ishtirok etishni istagan talabalar o‘z videoroliklarini O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi D.Komiljonovaning Telegram manziliga yuborishlari so‘raladi: 👉 https://t.me/dilnoza_komiljonova 🏆 Tanlov g‘oliblari hakamlar hay'ati tomonidan aniqlanadi hamda munosib taqdirlanadi. ✨ Aziz talabalar! Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini o‘z nigohingiz, ijodiy qarashingiz va iste'dodingiz orqali namoyon eting. Barchangizni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz! #VideoroliklarTanlovi 🌐Bizni kuzatishda davom eting: @namsiflBT

  • 29 июл.4791из WikiMarafon

    🤔 Muhim yangilik: "WikiSfera II" oromgohi 24–29-avgust kunlari Boʻstonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida boʻlib oʻtadi. 💻 Oromgoh boshlanguncha saralangan ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan darslar va turli tadbirlar tashkil etiladi. 🚗 Davlat imtihonlarida ishtirok etayotgan barcha abituriyentlarga esa omad tilaymiz! #yangi_sahifa Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X

  • ⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️ ⚡️Rasman: Iqtisodiyot taʼlim yoʻnalishi endi Namangan davlat chet tillari institutida! 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Namangan davlat chet tillari institutida endilikda bakalavriatning 60410100-Iqtisodiyot ta'lim yoʻnalishi boʻyicha mutaxasislar tayyorlaynadi. 🔰 Ushbu ta'lim yoʻnalishini tanlash orqali siz: 📝Bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarini chuqur oʻrganasiz; 📝Korxona va tashkilotlarning moliyaviy faoliyatini tahlil qilishni oʻzlashtirasiz; 📝Investitsiyalar, bank ishi, soliqlar va biznesni boshqarish boʻyicha amaliy bilimlarga ega boʻlasiz; 📝Zamonaviy iqtisodiy dasturlar va tahliliy usullar bilan ishlashni oʻrganasiz; ✍️Kelajakda iqtisodchi, moliyachi, bank xodimi, auditor, tahlilchi yoki tadbirkor sifatida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega boʻlasiz. 🌟Agar siz muvaffaqiyatli kasb va istiqbolli kelajakni tanlamoqchi boʻlsangiz, 60410100 – Iqtisodiyot yoʻnalishi aynan siz uchun! Murojaat uchun: ☎️ +998(95)150-76-67 | @NamDCHTI_qabul 👍Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: | Telegram | Veb-sayt| Facebook |Instagram |