tgindex
RANGIN TUYG'ULAR!

RANGIN TUYG'ULAR!

Статистика

Hayotda qiyinchilik bo‘lmasa yashashning qizig‘i qolmaydi. Bu hayot o'tkinchi, o'tkinchi yo'llar, Bizni tashlab ketar, bir kun bu yillar. Meros bo'lib qolar birgina narsa, Birozgina mehr-u "Rangin tuyg'ular"...!

Последний пост
10 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
24
Тип
открытый
Язык
az
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
257
−1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
216
23 постов
Вовлечённость
84,0%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 24
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
140
1/48двое суток
160
1/72трое суток
173

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Qaro zulmat 📚 "Yurakdagi maktublar" turkumidan Qaro tun. Qoraygan orzular, Qaro tun. Oqargan sochlarim, Qaro tun. Ko‘rinmas yog‘dular, Zulmatga singadi sog‘inchlarim... Oppoq orzularning sochlari qaro, Men sevgan yorimning qoshlari qaro, Suzaman sog‘inch ko‘z yoshlari aro, Niyatning o‘zi oq, toshlari qaro... Ey zulmat, tinch qo‘ygin mening hayotim, Baxt bilan yo‘limni qilmagin ayro. Yokida sen meni tinch qo‘yasan jim, Yoki men seni ham aylayman qaro... ✍️E'zozbek Yo‘ldoshev. 📧 @EzozbekPoet.

  • Taqdirning xati 📚 "Yurakdagi maktublar" turkumidan Quchog‘im taftida uxlagan oning, Taqdir bizga yozgan ayriliq xatni. Qo‘llaringdan siqib, og‘ritdim joning, Bizga ko‘p ko‘rishdi ishqiy suhbatni. Men senga yozaman qayta va qayta, Sen-chi? Begonadek turaverding jim. Men horib tolaman dardlarim ayta, Meningdek bir seni kim sevadi, kim? Bizlar ajralishdik, xabaring bormi? Yo‘llar ayro tushdi hatto sezmading. Endi menga bo‘sa armon, xumormi? Nahot men sevgandek sen ham sevmading!? Senga maktub yozsam qalam tortar oh, Yuragimga chirdim sahifam to‘ldi. Bo‘sa xumoridan orttirgan gunoh jazosi sensizlik hayoti bo‘ldi. Men senga yozganda qayta va qayta, Taqdir menga yozgan ayriliq xatni. ✍E'zozbek Yo‘ldoshev. 📧 @EzozbekPoet.

  • 6 авг.150111

    Sevgilimga xat... 📚 "Yurakdagi maktublar" turkumidan Menga masofani qilasan ro‘kach, "Yolg‘iz erkasiman" - deysan "otamni". So‘ng izlab qolasan izimdan ketgach, Ostun-ustun qilib butun olamni. Mehr-muruvvatning bormi chegasi? Otangdan rizolik so‘rayman o‘zim. Hali baxtdan kular onang chehrasi, Bir marta mayli deb berolsang izn. Axir orzularga bo‘lganman taslim, Nahot Yaratganning rahmi kelmasa!? Seni duolarda so‘rayapman jim, Xudoyim beradi bashar bermasa. Mendan o‘zgasiga boring demagin, Yurak o‘jarlikda sendan qolishmas. Sen ham o‘zgasiga ko‘ngil bermagin, O‘zgalar menchalik seni sevishmas. Menga Samarqanddan topiladi qiz, Sen ham Namanganda yolg‘iz qolmaysan. Lekin, men bilaman aniq va shaksiz, Meningdek oshiqni topaolmaysan! ✍E'zozbek Yo‘ldoshev. 📧 @EzozbekPoet. Yangi to‘plamimiz nomi: "Yurakdagi maktublar".

  • ,, Aybim nima edi?,, ✍@EzozbekPoet 🎙Maftuna Poʻlatovna

  • 5 авг.12071из maftunichka_23

    ,, Aybim nima edi?,, ✍@EzozbekPoet 🎙Maftuna Poʻlatovna

  • Ovoz berishda "Xatlar" hamda "Yurakdagi satrlar" nomlari eng ko‘p ovoz oldi. Agar barchaga ma'qul bo‘lsa har ikkalar to‘plamni mujassamlashtirib "Yurakdagi maktublar" deb nomlasak? Ha💯 Yo‘q😢

  • Alhamdulillah, 📚"Sog‘inchlar taftida" turkumi ham 150🗞 dan ortiq she'rni o‘z ichiga olishga ulgurdi. Endi yangi turkumga nom tanlamoqchiman! Yaqin soatlarda so‘rovnoma yuboraman. Agar yangi turkum uchun takliflar bo‘lsa yozib keting! 👇👇👇👇👇👇👇

  • RANGIN TUYG'ULAR! pinned «Alhamdulillah, 📚"Sog‘inchlar taftida" turkumi ham 150🗞 dan ortiq she'rni o‘z ichiga olishga ulgurdi. Endi yangi turkumga nom tanlamoqchiman! Yaqin soatlarda so‘rovnoma yuboraman. Agar yangi turkum uchun takliflar bo‘lsa yozib keting! 👇👇👇👇👇👇👇»

  • Alhamdulillah, 📚"Sog‘inchlar taftida" turkumi ham 150🗞 dan ortiq she'rni o‘z ichiga olishga ulgurdi. Endi yangi turkumga nom tanlamoqchiman! Yaqin soatlarda so‘rovnoma yuboraman. Agar yangi turkum uchun takliflar bo‘lsa yozib keting! 👇👇👇👇👇👇👇

  • 1 авг.182111

    Maylimi? 📚"Sog‘inchlar taftida" turkumidan. Bilasanmi, ishqning gunohlari koʻp, Baxt izlab adashgan gumrohlari koʻp. Ikkimiz tunlari qilgan shoʻxlikni, Tasodifan koʻrgan guvohlari koʻp. Baʼzilar havasdan baxtlar tilashgan, Baʼzilar hasaddan yonib qulashgan, Oʻzgalar-la aslo ishim yoʻq lekin, Seni sevganlar ham men-la tirashgan. Men seni hech kimga bergim kelmaydi, Afsusdan koʻz yoshi tergim kelmaydi. Agar menga nafrat nigohin sanchsang, Yoningga baxt olib kelgim kelmaydi. Ayriliqdan balki, bir baxting butun, Malika misoli ishq taxting butun, Iymanib turarding soʻz deyolmasdan, Yoʻqol, deb aytgani bor shaxting butun. Sen kulsang, baxt bilan kelsam maylimi? Hammadan qizgʻanib, sevsam maylimi? Mendan soʻrasalar sen haqda agar, Biz birga baxtlimiz desam maylimi? ✍E'zozbek Yo‘ldoshev. 📧 @EzozbekPoet.

  • Aybim nima edi? 📚"Sog‘inchlar taftida" turkumidan. Sen baxtdan kulganda qaqshadi jonim, Quyunlar ichida qoldi osmonim, Ortingdan yugurdim qonab tovonim, Meni aybim nima edi, azizam? Tunlarda bezovta, uyqu begona, Kunduzlar parishon go‘yo devona, Sevgimizni haqqi savol yagona, Meni aybim nima edi, azizam? Ming ketding yoningga ming bora keldim, Har kelish eng so‘ngi, so‘ngisi devdim, Aytaqol, men seni kimdan kam sevdim? Meni aybim nima edi, azizam? Yoningda parovon bo‘ldim tinmayin, Xiyonat qilmadim yotni bilmayin, Sen ketding men hatto qo‘ydim kulmayin, Meni aybim nima edi, azizam? Xudo guvoh sendan keyin sevmadim, Jonon chorlar men qoshiga kelmadim, Hanuzgacha gunohimni bilmadim... Meni aybim nima edi, azizam? Meni aybim nima edi, azizam? ✍E'zozbek Yo‘ldoshev. 📧 @EzozbekPoet.

  • Baxtiyor edik(m). 📚"Sog‘inchlar taftida" turkumidan. Talaba zotiga ijara manzur, Agar sevgan yori tunda chiqolsa. Yomg‘irlar ham tanga beradi huzur, Sevgisin yoriga oshkor aytolsa. Ha, meni esimda, iliq kuz oqshom, Shinam hovli uzra sokin oy tanho. Men qumsab turaman hilolni mudom, Bir oy, bir yulduz, osmonda zuhro. U sekin chiqardi, borardim shoshib, Ba'zida iliq kuz, ba'zan yomg‘irlar. Havo muhim emas mehrimiz jo‘shib, Qon bilan to‘lardi yurak tomirlar. Ilk bora bag‘rimga bosgan hamonim, Titroq lablaridan toshgan tabassum. Bo‘g‘zimdan tiqilib chiqgudek jonim, Sevgining nomiga o‘qilgan hukum... Tan olsa bo‘lardi, baxtiyor edik... Hech kimsa tunlari bermasdi "ozor". Bizlar ajralishdik, qancha g‘am yedik? Usiz meni dardlar qarshilar takror. Ha men sog‘inaman uni borimcha, Sevganman ul yori asl holida. Yuragim parchasi qolgan, menimcha, O'sha malla-soch qiz turgan hovlida! Shinam hovli uzra sokin oy tanho. Men qumsab turaman hilolni mudom… ✍️E'zozbek Yo‘ldoshev. 📧 @EzozbekPoet.

  • Begona oshiq 📚"Sog‘inchlar taftida" turkumidan. Men endi sevgiga begona oshiq, Baxtidan mosuvo, quvonchlarga yot. Bo‘lmay yashayapman oshiq-u moshiq, Meni yolg‘izlikka otgandek hayot. Baxtning ko‘chalari menga notanish, Dardning qovog‘iga qarab o‘tar kun. Mening ishq bog‘imga tekkandek qarg‘ish, Qurigan gul ila topmoqda yakun. Men bog‘bon emasman, parvarish ham yot, Chanqagan labingdan olmayman bo‘sa. Qaniydi oldingga borolsam bot-bot, Mayus ko‘zlaringga nigohim cho‘ksa! Lekin, men sevgiga begona oshiq, Meni sevganlarining holiga ham voy. Yuragimga kelsang, yuragim ochiq, Qurigan bog‘ bo‘lsa kerak hoynahoy.         ✍E'zozbek Yo‘ldoshev. 📧 @EzozbekPoet.

  • Men ranjirmidim... Bilaman... ✍E'zozbek Yo‘ldoshev. 🎥Nilufar Kamol. 📧 @EzozbekPoet.

  • Bilaman 📚"Sog‘inchlar taftida" turkumidan. Bilaman, yer shari to‘xtamas sensiz, Bilaman, quyosh ham porlayveradi. Bilaman, sen yashab ketasan mensiz, Meni ham ming jonon chorlayveradi. Ko‘ksimga socharsan zaharxandani, Bag‘rimdan tirqirab oqadi qonim. Lekin yuragimga bergan va'dani. Qaysi azob bilan yuvayin jonim?!… Bilaman, sen yashab ketasan mensiz, Sensiz yuragimda dardlar mangudir... ✍️E'zozbek Yo‘ldoshev. 📧 @EzozbekPoet.

  • "Poklar poklar uchun" deganlaridek "Nastenkalar" "Abdullalar" uchun... Oydin tundagi odam 📚"Sog‘inchlar taftida" turkumidan "Odam bo‘lish qiyin" Samad aytgandek, Bir "Oydin tunlar"ga kim nechtalar zor?! Men-ku, Abdullani oqlamayman lek, Oramizda minglab Nastenkalar bor... ✍E'zozbek Yo‘ldoshev. 📧 @EzozbekPoet.

  • Yosh bola emasman. 📚"Sog‘inchlar taftida" turkumidan. Yosh bola emasman sevgi izhorni, Bir parcha qog‘ozga yozib tutguvchi. Yosh bola emasman "zahar-zaqqum"ni, Indimay, jimgina ichga yutguvchi. Yosh bola emasman, yig‘lasam ho‘ngrab, Ovqatdan arazlab qolgan boladek. Qachonlar olganman o‘zimni o‘nglab, Hayot sabog‘idan bilim to‘ladek. Yosh bola emasman, yo‘lingni to‘sib, Sensiz yasholmayman, o‘laman desam. Axir kifoya-ku shuncha yo‘l bosib, Milliardlar ichida bir seni sevsam... Nozingni yig‘ishtir, qovog‘ing solma, Yosh bola emasman, jahlingdan qo‘rqsam. Bu aytgan so‘zlarim hazilga olma, Sen yotga tegasan, qachon men o‘lsam. Bo‘lmaydi demagin, demagin uzoq, Otang-u onangni ko‘ndirgum o‘zim. Yosh bola emasman aytsang bugunoq. Sovchimni qo‘yaman, shu yigit so‘zim! Yosh bola emasman, sevaman chindan, Hayot dardlarimning davosi sensan. Senga aytgan sevgim, izhorim dildan, Yo‘q desang, yuragim xatosi sensan... Yosh bola emasman, tushunaman men... ✍️E'zozbek Yo‘ldoshev. 📧 @EzozbekPoet.

  • Qorachadan kelgan qiz 📚"Sog‘inchlar taftida" turkumidan. Men ulg‘ayib qolibman, Sochim ola ranglarda. Bebosh chopgan yoshligim, Ketib qoldi qaylarga?! Hech narsa yodimda yo‘q, Maktab tomon bosgan iz... Bir esimda qolgani, Qorachadan kelgan qiz. Yo‘limiz bir, ko‘nglimiz Boshqa-boshqa bo‘lsa ham. Faqat sinfdosh edik, Shu qilar menga alam. Tengdosh bo‘lsa maktabni Bitirmasdan ketarkan. Sen yoshingga yetguncha, Ular erga tegarkan. Partasida har kuni, Sevgi xatlar yotardi. Hech birini o‘qimay, Axlat tomon otardi. Partasiga ismimni O‘ydim, hech artolmadi. Qog‘ozmaski partani, Axlatga tashlolmadi. Hozir sochim oqiga, Qanchalardir haqqi bor. Ismi E'zoz bir ko‘rkam Qo‘chqorchadek o‘gli bor. Men yurardim ortidan, Bildirmasdan sevarkan. Qiz ko‘rsa gar ismini E'zozaxon qo‘yarkan. Men yozganman savgi xat, U bildirmay olibdi. Bizni sevgi qissamiz Ismlarda qolibdi. Qorachadan kelgan qiz Olgandi yuragimni. Qora rangga bo’yadi, Sutdek oq tilagimni. Barchasini unutdim, U esdan chiqmas hargiz. Yoshligimdan yodgorlik, Qorachadan kelgan qiz. ✍️E'zozbek Yo‘ldoshev. 📧 @EzozbekPoet.

  • Zaharli gul’ga 📚"Sog‘inchlar taftida" turkumidan. Uddalab tushimga kira olmaysan, Sen meni nahotki butkul unutding? Hali ham sevaman bila olmaysan, Mendan so‘ng kimlarni qo‘lini tutding? Kunduzlar qorong‘u, tunlar zim-ziyo, Najot uchqunini yutgan arazlar. Bor-yo‘g‘i hislarim sendadek go‘yo, Sendek sevdirolmas chiroyli qizlar. Kulgular haqida o‘ylashim og‘ir, Baxtdan mosuvoman gunohkor quldek. Kuldirib-kuldirib, o‘ldirding oxir, Ko‘ksimda ochilgan zaharli guldek. Uddalab tushimda ko‘ra olmayman, Uddalab sevishni eplamadim men. Uddalab vaslingga to‘ya olmayman. Uddalab quchishga betlamading sen. ✍️E'zozbek Yo‘ldoshev. 📧 @EzozbekPoet.

  • 7 июл.364154

    Imkonsizlik... 📚"Sog‘inchlar taftida" turkumidan. Osmonga uchishning iloji yo‘qdek, Yerga ham kirishning yo‘qdek imkoni. Muhabbatning baxti bir menga ko‘pdek, Tezda nobud bo‘ldi sevgimning joni. Olovga sovutib bo‘lmaydi suvni, Muz ham qaynatolmas ming yil o‘tsa ham. Imkonsiz narsalar ko‘p, bilgin shuni, Ular orasida borliging alam. O‘zimdan ranjiyman sevganim uchun, Yana umid qilish undan ziyoda. Men senga yetishni o‘yladim nechun? Imkonsiz narsalar kamdek dunyoda. Seni unutmoqlik yana imkonsiz, Suvni olov bilan muzlatishdek gap. Men seni unutsam qolarman jonsiz, Muzda suv qaynatish qilinar talab. Hech biri qiziqmas asli men uchun, Qiziqmas yer shari menga tersligin. Barcha imkonsizlik topsa ham yakun, Sen mening tugamas imkonsizligim... ✍️E'zozbek Yo‘ldoshev. 📧 @EzozbekPoet.