ODTI | Rasmiy kanali
СтатистикаOlmaliq davlat texnika instituti rasmiy telegram kanali Taklif va Murojaatlar uchun: @Abdazim_Asadbek Olmaliq davlat texnika instituti rasmiy telegram boti @odti_murojaat_bot
- Последний пост
- 06:20
- Последнее чтение
- 08:30
- Постов за неделю
- 68
- Всего постов
- 719
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 539
- 1/48двое суток
- 617
- 1/72трое суток
- 666
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Channel photo updated
#ODTI #xalqaro_hamkorlik Balikesir shahrida 🇹🇷 Turkiya va 🇦🇿Ozarbayjon media sohasi vakillari bilan muzokaralar: institutimiz xalqaro uyushma a’zoligiga qabul qilindi 📹 Turkiya Jurnalistlar va Media Uyushmasining navbatdagi a’zolar qurultoyi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli tadbirda institutimiz delegatsiyasi faol ishtirok etib, institutda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyati, xalqaro hamkorlik va zamonaviy ta’lim muhitini shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot o‘tkazdi. 📣 Qurultoy doirasida Turkiya Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi jurnalistlar uyushmalari raislari, shuningdek, Balikesir viloyati hokimi hamda Balikesir Oliy Kengashi raisi bilan alohida uchrashuv va muzokaralar tashkil etildi. Uchrashuvlarda institutimizning xalqaro aloqalarini kengaytirish, ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, media va jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda institut faoliyatini xalqaro axborot makonida keng targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi. 🔝 Muzokaralar davomida institutimizning xalqaro salohiyati, ta’lim va ilm-fan sohasidagi istiqbolli loyihalari hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan tashabbuslar yuqori baholandi. Ayniqsa, institutning xalqaro media maydonidagi ishtirokini kuchaytirish va faoliyatini nufuzli xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi. ➕ Qurultoy yakunlari va olib borilgan muzokaralar natijasida institutimiz Turkiya Jurnalistlar va Media Uyushmasining rasman a’zosi sifatida qabul qilindi. Ushbu tarixiy qadam institutimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash, media tashkilotlari bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda institut faoliyatini xalqaro axborot makonida keng targ‘ib qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. ✅ Endilikda uyushmaning a’zo jurnalistik kompaniyalari, ommaviy axborot vositalari va media sohasi mutaxassislari bilan hamkorlikda institutimizda amalga oshirilayotgan ilmiy, ta’limiy va innovatsion loyihalar, xalqaro hamkorliklar hamda erishilayotgan yutuqlar xalqaro media maydonida muntazam yoritib boriladi. ❤️ Shuningdek, xalqaro reytinglarning zamonaviy talablari va mezonlari asosida institutimizning axborot siyosati va media faoliyatini yanada rivojlantirish, xalqaro kommunikatsiya strategiyasini takomillashtirish hamda institutning xalqaro akademik imijini mustahkamlash bo‘yicha amaliy va nazariy tavsiyalar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi. ⏰ Mazkur a’zolik — institutimizning xalqaro maydondagi yangi bosqichga ko‘tarilayotgani, ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi salohiyatimizni dunyo jamoatchiligiga keng namoyish etish yo‘lidagi muhim va strategik qadamdir. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇 ✅ Telegram I ✅ Facebook I 🔹 Instagram I 🔹You tube I 🌍 odti.uz
#vazir_tabrigi Aziz yoshlar! 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon qilindi. Avvalo, talabalikka tavsiya etilgan barcha yoshlarni ushbu quvonchli kun bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Bugun sizlar hayotingizdagi eng muhim va unutilmas kunlardan birini boshdan kechirmoqdasiz. Sizning bu natijangiz ortida yillar davomidagi izlanish, mehnat, ustozlaringizning sabog‘i va ota-onangizning ishonchi turibdi. Bu yutuq — nafaqat sizning, balki sizni qo‘llab-quvvatlagan oilangiz va ustozlaringizning ham quvonchidir. Endi oldingizda yangi, yanada mas’uliyatli bosqich — talabalik davri turibdi. Oliy ta’lim dargohida sizlarni yangi bilimlar, yangi do‘stlar, yangi imkoniyatlar va katta maqsadlar kutmoqda. Tanlagan yo‘nalishingizni chuqur egallab, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishingiz, kelajakda mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shadigan malakali mutaxassis bo‘lib yetishishingizga ishonaman. Shu bilan birga, talabalikka tavsiya etilmagan yoshlarimiz uchun ham imkoniyatlar eshigi ochiq. Yurtimizning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan texnikumlarda ta’lim olish va zamonaviy kasb egallash imkoniyati mavjud. Barcha yangi talabalarni yana bir bor samimiy muborakbod etaman! Sizlarga mustahkam sog‘liq, katta marralar, ilm yo‘lida muvaffaqiyat va yorqin kelajak tilayman! Talabalik baxti muborak bo‘lsin! Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#ODTI #xalqaro_hamkorlik ODTI va Istanbul Medipol universiteti: xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi ↗️ Olmaliq davlat texnika instituti xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirishda davom etmoqda. ODTI delegatsiyasining Istanbul Medipol universiteti bilan olib borgan muzokaralari natijasida professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qator muhim kelishuvlarga erishildi. ⭐️ Professor-o‘qituvchilar uchun qisqa muddatli stajirovka ➡️ Kelishuvga ko‘ra, 10 nafar ODTI professor-o‘qituvchisi Istanbul Medipol universitetida qisqa muddatli stajirovka o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladi. 📎 Bundan tashqari, Medipol universitetining 5 nafar professor-o‘qituvchisi ODTIga tashrif buyurib, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar uchun xalqaro loyihalarda ishtirok etish va ilmiy maqolalar tayyorlash tartibi bo‘yicha maxsus seminarlar o‘tkazadi. 🎓 Talabalar uchun akademik mobillik ➡️ Hamkorlikning yana bir muhim yo‘nalishi — 10 nafar talabani akademik mobillik dasturlari doirasida o‘qish va tajriba almashish imkoniyatiga ega qilish bo‘yicha kelishuvdir. ☑️ Bu esa ODTI talabalariga xalqaro akademik muhitda bilim va tajriba orttirish, yangi ta’lim metodlari bilan tanishish hamda xalqaro aloqalarini kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. 🌍 Iqtisodiyot yo‘nalishida xalqaro konferensiya 🔗 Hamkorlik doirasida yana bir muhim tashabbus — oktyabr oyida iqtisodiyot sohasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyani ODTI va Istanbul Medipol universiteti hamkorligida o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishilgani bo‘ldi. 🔥 Mazkur konferensiya iqtisodiyot sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, ilmiy izlanishlar va xalqaro tajribani muhokama qilish uchun muhim akademik maydonga aylanishi kutilmoqda. ⏰ Stajirovka. Akademik mobillik. Ilmiy hamkorlik. Xalqaro konferensiya. 💥 Bular — shunchaki kelishuvlar emas. Bu ODTI professor-o‘qituvchilari va talabalarining xalqaro ta’lim va ilmiy makonga integratsiyasini jadallashtiruvchi amaliy qadamlardir. Olmaliq davlat texnika instituti — xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda. 🇺🇿🤝🇹🇷 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇 ✅ Telegram I ✅ Facebook I 🔹 Instagram I 🔹You tube I 🌍 odti.uz
без подписи
#abituriyent ‼️MANDAT CHIQDI ⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi ✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz/allow/bachelor-answer sahifasiga kirib, abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇 ✅ Telegram I ✅ Facebook I 🔹 Instagram I 🔹You tube I 🌍 odti.uz
✅Amaliyot ofisi: 5-mavsum ❗️Davlat idorasida ishlashni xohlaysizmi? Tajriba orttirish bilan birga stipendiya olish imkoniyatini ham istaysizmi? Unda Amaliyot ofisi aynan siz uchun! 🔰Amaliyot ofisi orqali Yoshlar ishlari agentligida real ish jarayonida qatnashib, amaliy tajriba orttirasiz va eng yaxshi amaliyotchilar uchun oyiga 1 mln so‘mgacha stipendiya olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Sizni nimalar kutmoqda? • Yoshlar ishlari agentligida real amaliyot. • Stipendiya olish imkoniyati. • Trening, seminar va uchrashuvlar. • Kasbiy va shaxsiy rivojlanish. • Kuchli jamoa va professional aloqalar. • Biznes, startap va ijtimoiy loyihalar bilan ishlash. Amaliyot vaqti: Dushanba–juma. Kuniga 6 soat. 📌 Ariza topshirish bosqichlari: 1️⃣ yoshlar.gov.uz saytiga kiring. 2️⃣ So‘rovnomani to‘ldiring. 3️⃣ CV'ingizni yuklang. 4️⃣ IQ testdan o‘ting. 5️⃣ Arizani yuboring. ☝️Muhim: Tegishli yo‘nalish bo‘yicha loyihangiz bo‘lishi zarur. ⏳Ariza topshirishning so‘nggi kuni 20-avgust! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Qo‘shimcha savollar uchun: @amaliyot_ofisi_menejer Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Mustaqillik35 #Uzb35 #MustaqilOʻzbekiston 🇺🇿 YAGONA VATAN, YAGONA XALQ — YUKSALISH SARI BIRGA! ⭐️ “Ayol qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida Olmaliq davlat texnika institutida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mazmunan boy, samimiy va tarbiyaviy ruhdagi tadbir tashkil etildi. 🔺 Tadbir “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” ezgu g‘oyasi asosida ODTI tyutorlari va xodimlari hamda Olmaliq shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi mutaxassisi Gulchehra Nishonova hamkorligida o‘tkazildi. ⭐️ Tadbirda mahalla faollari, oila vakillari hamda yosh ijodkor xotin-qizlar ishtirok etib, milliy hunarmandchilik, tikuvchilik, ijodkorlik va xotin-qizlarning jamiyat hamda oiladagi munosib o‘rni haqida fikr va tajriba almashdilar. ➡️ Hunarmandchilik va tikuvchilik — avloddan avlodga o‘tib kelayotgan milliy qadriyatlarimizning yorqin ifodasi. Bugungi tadbir esa ushbu an’analarni zamonaviy bilim va ijodkorlik bilan uyg‘unlashtirish, yosh qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va ularning jamiyatdagi faolligini yanada oshirishga xizmat qildi. ☑️ Tadbir yakunida xotin-qizlar bilan ishlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy-ma’naviy tadbirlarni tashkil etishdagi faol ishtiroki uchun ODTI tyutori Mohira Xaydarova Olmaliq shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limining Tashakkurnomasi bilan taqdirlandi. ❤️ Ayol e’zozlangan xonadonda — mehr, tarbiya va fayz; ayol qadrlangan yurtda esa — taraqqiyot va bunyodkorlik bor! Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇 ✅ Telegram I ✅ Facebook I 🔹 Instagram I 🔹You tube I 🌍 odti.uz
без подписи
без подписи
без подписи
#OlmaliqDTI #YangiAngrenIES #DualTaʼlim ⚡️ NAZARIYADAN — REAL ISHLAB CHIQARISHGACHA! Olmaliq davlat texnika instituti va “Yangi Angren IES” AJ: energetika uchun yangi avlod elektr muhandislarini tayyorlash yo‘lida yangi bosqich. ☑️ Olmaliq davlat texnika instituti hamda “Yangi Angren IES” AJ o‘rtasida Elektr muhandisligi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan 3- va 4-bosqich talabalarini 100 foiz dual ta’lim asosida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu — shunchaki hamkorlik emas. Bu — oliy ta’lim va real ishlab chiqarish integratsiyasining yangi modeli! 🎓 Talaba auditoriyada olgan bilimini — korxonada sinovdan o‘tkazadi. ⚙️ Nazariya — amaliyot bilan mustahkamlanadi. ⚡️ Ta’lim — real ishlab chiqarish jarayoni bilan uyg‘unlashadi. 🔼 Dual ta’limning ushbu modeli doirasida Elektr muhandisligi yo‘nalishining 3- va 4-bosqich talabalari o‘quv jarayonining asosiy qismini “Yangi Angren IES”ning real ishlab chiqarish muhiti bilan bevosita bog‘lagan holda tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa talabalarga: ➖ zamonaviy energetika obyektlarining ish jarayonini bevosita o‘rganish; ➖ mutaxassisligi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish; ➖ ishlab chiqarishdagi real vazifalarni bajarish orqali tajriba orttirish; ➖ kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlash; ➖ mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanish imkonini beradi. 📌 100 FOIZ DUAL TA’LIM — BU KELAJAK MUHANDISINI ISH JOYIGA TAYYORLASH DEMAKDIR! ☑️ Bugun ta’lim olayotgan talaba ertaga energetika tizimining mas’uliyatli bo‘g‘inida faoliyat yuritadi. Shu bois uning bilimini faqat auditoriya bilan cheklab qo‘ymasdan, bevosita ishlab chiqarish muhiti bilan uyg‘unlashtirish — zamonaviy muhandis tayyorlashning eng muhim omillaridan biridir. 🔗 Olmaliq davlat texnika instituti × “Yangi Angren IES” AJ Ushbu hamkorlik orqali energetika sohasi uchun amaliy bilim, yuqori malaka va real ishlab chiqarish tajribasiga ega yangi avlod elektr muhandislarini tayyorlash sari muhim qadam tashlanmoqda. ✨ Kelajak muhandisi auditoriyada bilim oladi. ✨ Ishlab chiqarishda esa o‘z kasbini egallaydi! Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇 ✅ Telegram I ✅ Facebook I 🔹 Instagram I 🔹You tube I 🌍 odti.uz
без подписи