TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
СтатистикаToshkent davlat tibbiyot universitetining Yoshlar Akademiyasi rasmiy kanali🔊 Kanalda rasmiy ilmiy-innovatsion tanlovlar va imkoniyatlar haqida ma’lumot berib boriladi⚡️ Ilm-fan rivojiga oʻz hissangni qoʻsh Savol va murojaatlar uchun: @tsmu_ya_bot
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 4
- Всего постов
- 80
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Здоровье (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 707
- 1/48двое суток
- 1 956
- 1/72трое суток
- 2 109
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
INNOLAB — Startap Akseleratsiya Dasturi 🚀 Ilm-fan, biotexnologiya, kimyo, tibbiyot va raqamli texnologiyalar sohasida g’oyangiz bormi? Uni real mahsulotga aylantirish vaqti keldi! 🔬 INNOLAB nima? Ilmiy va innovatsion g’oyalarni prototip, tajriba namunasi va bozorga tayyor mahsulot (MVP) darajasiga olib chiquvchi 2 oylik intensiv akseleratsiya dasturi. 📌 Kimlar uchun: Talabalar, yosh tadqiqotchilar, ixtirochilar, muhandislar va startap jamoalari — yakka tartibda yoki jamoa bo’lib ishtirok etish mumkin. 🧪Yo’nalishlar: Biotexnologiya • Oziq-ovqat texnologiyalari • Kimyo • Tibbiyot • Ilm-fandagi raqamli texnologiyalar • Qishloq xo’jaligi • Biomuhandislik 🎯 Dastur nima beradi: ✅ Mentorlik va trening ✅ Laboratoriya va texnik infratuzilma ✅ Ekspertiza va networking ✅ Investorlar bilan uchrashuv imkoniyati 📊 3 bosqich, 2 oy: 1️⃣ Tahlil va g’oya 2️⃣ Ishlab chiqarish va MVP 3️⃣ Tijoratlashuv va Demo Day 🏆Dastur yakunida — sertifikat, tavsiyanoma, va eng yaxshi loyihalar uchun grant/investitsiya dasturlariga yo’naltirish imkoniyati. 📝Ariza topshirish: innolab.yito.uz “Yoshlar akademiyasi - ilm-fan rivojiga oʻz hissangni qoʻsh” 💬Telegram | 📷 Instagram | 😊You Tube
🎓 FUNDAMENTAL FANLAR BO‘YICHA ONLINE FAN OLIMPIADA Hurmatli talabalar! Sizlarni bilim va salohiyatingizni sinovdan o‘tkazishga mo‘ljallangan Fundamental Fanlar bo‘yicha Online Olimpiadada ishtirok etishga taklif qilamiz! 📚 Olimpiada quyidagi 10 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladi: 🔹 Normal anatomiya 🔹 Tibbiy kimyo 🔹 Biokimyo 🔹 Mikrobiologiya 🔹 Gistologiya 🔹 Tibbiy biologiya 🔹 Patologik anatomiya 🔹 Normal fiziologiya 🔹 Patologik fiziologiya 🔹 Farmakologiya 📝 Olimpiada formati: • Jami 100 ta test savoli • Har bir fandan 10 tadan savol • Har bir savol uchun 20 soniya vaqt • Kahoot uslubidagi tezkor baholash tizimi ⏰ Olimpiada vaqti: 📅 Sana: 17.08.2026 🕙 Boshlanish vaqti: 20:00 🕦 Yakunlanish vaqti: 21:30 🏆 Eng yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar taqdirlanadi. Registratsiyadan o‘tishning oxirgi muddati 16.08.2026 soat 23:59 ga qadar. Registratsiya uchun sayt — https://olympiad.tashmeduni.uz/ Universitetning olimpiadalar telegram sahifasiga qo'shiling. Telegram Qo'shimcha savollar uchun: @TDTU_ITITFTEB ToshDavTU talabalari hemis orqali kirishlari shart! 🇺🇿 Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi!
“Raqamli avlod” onlayn IT oromgohiga roʻyxatdan oʻtish boshlandi 🚀Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan “Raqamli avlod” onlayn IT oromgohiga roʻyxatdan oʻtishga start berildi. Loyiha yoshlarning raqamli texnologiyalar sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish hamda zamonaviy kasblarni egallashiga koʻmaklashishni maqsad qilgan. 🖥 Dastur doirasida ishtirokchilar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega boʻladilar: 🔹 Vibe Coding; 🔹 Prompt Engineering (AI); 🔹 Sunʼiy intellekt; 🔹 Data Science; 🔹 Kiberxavfsizlik; 🔹 UI/UX; 🔹 AI Agent texnologiyalari. 🔗 Roʻyxatdan oʻtish ⏳ Imkoniyatni qoʻldan boy bermang. Onlayn IT oromgohida ishtirok etish uchun hoziroq roʻyxatdan oʻting. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
😅“Kelajak muhandislari” respublika tanlovi ishtirokchilari mustaqilligimizning 35 yilligiga bagʻishlab tashkil etilyotgan “35 000” tashabbus” mega loyihasiga roʻyxatdan oʻtib boʻlishdi. Siz-chi, qachon roʻyxatdan oʻtmoqchisiz? 🔗 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi Bizni kuzating👇🏻 Telegram| Instagram| Facebook| Web
🇰🇷 GLOBAL KOREA SCHOLARSHIP (GKS) — KOREYADA BEPUL TA'LIM OLISH IMKONIYATI! Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan GKS dasturi — dunyodagi eng nufuzli stipendiyalaridan biri. 📍Stipendiya nimalarni qamrab oladi: - universitet toʻlovi (tuition fee) - har oy stipendiya (1 000 000 KRW) - borish va qaytish chiptasi - 1 yil koreys tili kursi - tibbiy sugʻurta - bir martalik ko'chish uchun yordam puli ( settlement allowance) Tibbiyot va farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi tomonidan ushbu grantni yutishda talabalarga bepul yordam beriladi. 📌Ariza topshirish uchun talablar: - Koreya fuqarosi boʻlmaslik; - Akademik natijasi 80% yoki undan yuqori boʻlishi; - 25 yoshdan katta boʻlmaslik; - bakalavrning 1-bosqichiga qabul qilingan yoki maktabni bitirgan va 'gap year'da bo'lish (asosiy talab: maktabni bitirgan bo'lishi kerak); - TOPIK yoki IELTS sertifikatiga ega bo'lish; - Koreyaning yetakchi universitetlarida ta'lim olishni istagi. 🔗Hujjat topshirishingizda yordam olish uchun quyidagi google formani to'ldiring: https://forms.gle/Mokdk8Ag47jxHApb8
Uch kun. Yuzlab g‘oyalar. Bitta katta maqsad. 5–7-avgust kunlari “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichida “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida ishtirokchilar o‘z ishlanmalarini taqdim etib, hakamlar hay’ati oldida o‘z loyihalarini himoya qildilar. Qizg‘in bahslar, hayajonli daqiqalar, yangi tanishuvlar va unutilmas taassurotlar — tanlovning uch kunlik tafsilotlari bir videoda. #KelajakMuhandislari #Final Facebook | Instagram | YouTube |Telegram
🥇 President Tech Award 2026: ariza to‘ldirish yo‘riqnomasi President Tech Award 2026 uchun arizangizni to‘ldirdingizmi? ✅ Uni yakuniy yuborishdan avval barcha ma’lumotlar to‘g‘ri va to‘liq kiritilganiga ishonch hosil qiling. Biriktirilgan yo‘riqnomada quyidagi jarayonlar bosqichma-bosqich tushuntirilgan: 🔵 platformada ro‘yxatdan o‘tish; 🔵 jamoa va loyiha ma’lumotlarini kiritish; 🔵 ommaviy ofertani to‘ldirish; 🔵 arizani yakuniy yuborish. ⚠️ Arizalar qabuli: 🔹 Inkubatsiya dasturi — 10-avgustgacha; 🔹 Akseleratsiya dasturi — 10-avgustgacha; 🔹 Best Startup Project — 31-avgustgacha. 👉 Arizangizni awards.gov.uz orqali topshiring. Yo‘riqnomani ko‘rib chiqing va barcha ma’lumotlar to‘liq kiritilganini tekshiring. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tashabbusi: Research Exchellenche Echosystem (REE) boʻyicha ochiq onlayn vebinar Mamlakatimizda oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, tadqiqotchilarning xalqaro maydondagi faolligini kengaytirish hamda universitetlarda akademik potensialni mustahkamlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tashabbusi bilan Research Exchellenche Echosystem (REE) mavzusida ochiq onlayn vebinar tashkil etilmoqda. Vebinar universitet rahbarlari, professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, yosh olimlar, ilmiy rahbarlar hamda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi barcha uchun moʻljallangan. Mavzu: Research Exchellenche Echosystem (REE): xalqaro ilmiy hamjamiyatni shakllantirish, yuqori sifatli tadqiqotlar va barqaror ilmiy faoliyat sari. Bugungi kunda oliy taʼlim muassasalari oldida ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish, xalqaro reytinglardagi oʻrnini mustahkamlash va akademik salohiyatni yuksaltirish vazifalari turibdi. Bu esa ilmiy maqolalarni nufuzli xalqaro jurnallarda chop etish, grantlar jalb qilish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustaqil tadqiqotchilar maktabini shakllantirishni talab etadi. Vebinar dasturidan oʻrin olgan mavzular: • Research Exchellenche Echosystem (REE) konsepsiyasi va uning universitetlar rivojidagi ahamiyati; • Ilmiy rahbarga qaramlikdan mustaqil tadqiqotchiga aylanish yoʻli; • Xalqaro mentorlik va tadqiqotchilarni rivojlantirish tizimi; • Dochtoral Research Achcelerator – tadqiqot kompetensiyalarini rivojlantirishning yangi modeli; • Xalqaro ilmiy jurnallar, grantlar va ilmiy hamkorlik imkoniyatlari; • REE dasturining ilk ishtirokchilari safiga qoʻshilish imkoniyatlari. Vebinar davomida ishtirokchilarga amaliy tavsiyalar beriladi, REE metodologiyasi taqdim etiladi hamda mutaxassislar tomonidan savollarga javob beriladi. Spiker: Feruza Rashidova – pedagogika fanlari doktori, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, Research Exchellenche Echosystem (REE) tashabbuskori. 📅 Sana: 2026-yil 7-avgust 🕒 Vaqti: • 13:00–14:30 — Minsk, Moskva • 15:00–16:30 — Toshkent, Ashxobod, Dushanbe, Ostona • 16:00–17:30 — Bishkek 📩 Qatnashish uchun Zoom havolasi: https://us06web.zoom.us/j/88296948579?pwd=YptjQhAyYm6XrTVFyKoi7hiZfznCH94.1 Universitetlarda ilmiy muhitni mustahkamlash, akademik salohiyatni oshirish va xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan integratsiyani kuchaytirishga qiziqqan barcha ishtirokchilarni vebinarga taklif etamiz. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
O‘zbekistonlik olimlar uchun xalqaro ilmiy stajirovka! Genetik muhandislik va biotexnologiya xalqaro markazi — ICGEB O‘zbekistonlik yosh olimlarni Italiya, Hindiston va Xitoydagi laboratoriyalarda qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga taklif qilmoqda. 🔬 Asosiy yo‘nalishlar: 🔹 virusologiya va mikrobiologiya; 🔹 biotexnologiya; 🔹 yuqumli kasalliklar va patogenlar monitoringi; 🔹 vaksina va dori vositalarini yaratish; 🔹 genlarni tahrirlash va sintetik biologiya; 🔹 antibiotiklarga chidamlilik; 🔹 bioinformatika va biotexnologiyada sun’iy intellekt; 🔹 biologik xavfsizlik. 📍 Stajirovka o‘tkaziladigan markazlar: 🇮🇹 Triyest — Italiya 🇮🇳 Nyu-Dehli — Hindiston 🇨🇳 Taychjou — Xitoy 💰 Dastur doirasida oylik stipendiya, borish va qaytish yo‘l xarajatlari, tibbiy sug‘urta, viza va yashash ruxsatnomasi bilan bog‘liq xarajatlar qoplanadi. Stajirovka muddati — 2 oy, ayrim hollarda 4 oygacha uzaytirilishi mumkin. Kimlar ariza berishi mumkin? Virusologiya, mikrobiologiya, biotexnologiya hamda inson, hayvon yoki o‘simliklar salomatligi bilan bog‘liq biologiya yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston fuqarolari. Ta’lim darajasi bo‘yicha: — Triyest markazi uchun — BSc Honours; — Nyu-Dehli uchun — magistr darajasi; — Xitoy markazi uchun — magistr yoki unga teng daraja talab etiladi. Ingliz tilini bilish sertifikat bilan tasdiqlanishi kerak. Ta’lim ingliz tilida olingan bo‘lsa, universitetning rasmiy ma’lumotnomasi qabul qilinadi. Birinchi bosqich muddati: 2026-yil 14-avgust, soat 23:59 gacha. Birinchi bosqichda nomzod ICGEB laboratoriyasi va bo‘lajak ilmiy rahbarni tanlab, qisqacha ma’lumotlarini yuboradi. Saralashdan o‘tgan nomzodlar 2026-yil 16–30-sentabr kunlari to‘liq ariza topshirishga taklif etiladi. 🔗 Tanlov haqida batafsil ma’lumot: https://www.icgeb.org/fellowships/icgeb-fellowships-for-scientists-in-biosecurity-september-2026/ 📝 Ro‘yxatdan o‘tish va ariza topshirish: https://isg.icgeb.org/auth/login Har bir nomzod ushbu tanlov doirasida faqat bitta ariza topshirishi mumkin. Tadqiqot yo‘nalishi talablarga mos olimlar ushbu imkoniyatni o‘tkazib yubormasligi tavsiya etiladi! 👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
😅“Kelajak muhandislari” Respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi start olmoqda! Joriy yilning 5–7-avgust kunlari tanlovning eng mas'uliyatli va hal qiluvchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Akseleratsiya bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, eng yuqori natija ko‘rsatgan 90 nafar eng kuchli ishtirokchi bosh sovrin uchun kurashadi. Final bahslari quyidagi jadval bo‘yicha o‘tkaziladi: ✅ 5-avgust: “Eng yaxshi g‘oya” ✅ 6-avgust: “Eng yaxshi loyiha” ✅ 7-avgust: “Eng yaxshi ixtiro” Ishtirokchilar — talabalar, amaliyotchi-muhandislar hamda professor-o‘qituvchilar ushbu yo‘nalishlarda o‘z ishlanmalarining amaliy va iqtisodiy samaradorligini kengaytirilgan ekspertiza oldida himoya qiladilar. Taqdimotlar yakuniga ko‘ra tanlovning 9 nafar mutloq g‘olibi aniqlanadi va bosh sovrin — Prezident sovg‘asi: BYD Chazor avtomobili egasiga aylanadi. ✔️Boshlanish vaqti: 10:00 ✔️Manzil: Toshkent shahri, Qamarniso ko‘chasi, 8/1-uy (Innotexnopark binosi) Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🎙YUNESKO Yoshlar xakatoni 2026: xalqaro maydonda O‘zbekiston yoshlari uchun yangi imkoniyat! O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi tomonidan “O‘z hissangni qo‘shing: yoshlar media va axborot savodxonligi kelajagini loyihalashtirmoqda” mavzusida UNESCO Youth Hackathon 2026 tanlovi e’lon qilindi. 🔹 Kimlar qatnashishi mumkin? 18–30 yoshdagi yoshlar, 2 nafardan 6 nafargacha bo‘lgan jamoalar tarkibida. 🔹 Loyihalar qaysi yo‘nalishda bo‘lishi kerak? Media savodxonligi, axborot madaniyati, raqamli xavfsizlik va yoshlarning axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion g‘oyalar. 📅 Arizalar qabuli: 2026-yil 16-avgustgacha. 🌍 Tanlovning xalqaro bosqichida saralangan jamoalar o‘z loyihalarini 2026-yil 26–28-noyabr kunlari Gretsiyaning Saloniki shahrida o‘tkaziladigan xalqaro festivalda taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 🔗Batafsil ma’lumot va ariza topshirish: https://www.unesco.org/en/articles/unesco-youthhackathon-2026 “Yoshlar akademiyasi - ilm-fan rivojiga oʻz hissangni qoʻsh” 💬Telegram | 📷 Instagram | 😊You Tube
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
“Menda pul yoʻq, shuning uchun oʻz startapimni ocha olmayman...” Deb oʻylayotgan boʻlsangiz, adashsiz Marhamat, quyidagi 6 ta saytdan foydalaning va oʻz startapingizni boshlang: 1. Stratup.ai 2. Namelix 3. Claude 4. Playto.so 5. Stripe / Paypal 6. feedda.com Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi! Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. 🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim. 📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi 🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin. ✅Telegram | ✅Instagram
📇 👨💻“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kurslariga 2026/2027 o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda! 💡 Hurmatli talabalar (Davlat oliygohida 2-bosqichni bitirib 3-bosqichga o‘tadiganlar uchun)! Yangi bilimlar sari intilayotgan, raqamli savodxonlik va texnologiyalarga qiziqayotgan yoshlarga ajoyib imkoniyat! 🎯Sun'iy intellekt yordamida kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, egallayotgan mutaxassisligingiz bo‘yicha zamonaviy va professional kasb egasiga aylanish hamda yuqori maosh egasi bo‘lishni xohlasangiz, unda Siz uchun bu kurs unikal imkoniyat! Vaqtni qo‘ldan boy bermang! 🚀 Tanlovda ishtirok eting va “Data Science” kurslarida bepul tahsil olish huquqini qo‘lga kiriting! 📍Akademik mobillik: tanlov g‘oliblari kurs davomida (bir o‘quv yilida) Toshkent shahrida tahsil oladi; O‘qish davri uchun: – bir mahal issiq ovqat; – rag‘bat puli (oyiga – 1 450 240 so‘m) beriladi. Moddiy texnik ta’minot: – noutbuk; – internet ; – online darsliklar; – amaliyotchi mutaxassislar darslari. 📊 Kursda: “Startup”lar va zamonaviy muammolarni AT yechimlar bilan integratsiya qilish (vibe coding, Python, R, SQL, Power BI, ML, AI asoslari) ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Bitiruv malaka ishi "Startup" loyiha sifatida qabul qilinadi. 🗓 Hujjatlar qabuli 2026-yil 31-iyul 23:59 ga qadar belgilandi. 🗺Hujjat topshirish: onlayn, ikki bosqichdan iborat. 1. 🌐 dscience.uz saytiga tashrif buyuring va ariza qoldiring! 2. 💻 Shaxsiy kabinetga kirib ro‘yxatdagi hujjatlarni yuklang. (Shaxsiy kabinetga kirish uchun arizangizdagi elektron pochtangizga login va parol yuboriladi.) Hujjatlar ro‘yxati: ⏺ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi; ⏺ Transkript (GPA); ⏺ Akademik qarzdorlik yo‘qligi haqida ma’lumotnoma (Hemis); ⏺ Motivatsion xat (2 betdan kam bo‘lmasin): ⏺ Sertifikatlar va tavsiyanomalar (mavjud bo‘lsa); ⏺ Portfolio (OTM da tahsil olish davrida erishilgan yutuqlarni isbotlovchi hujjatlar nusxalari, patent, sertifikat va shu kabi hujjatlar nusxalari). 💼 Barcha hujjatlar bitta *PDF faylga birlashtirilib yuklanishi kerak. Fayl hajmi 10 MB dan oshmasligi lozim. 👨💻 Mirzo Ulug’bek Vorislari 📞 +998 90 177 20 22 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X