Javokhir Khabibullaev (Jack Hobbs)
Статистика👉Personal experiences and ideas👈 🇺🇿 Uzbek 👉 🇩🇪 📆 26 y.o. 👨⚕️ Doctor 🧠 Neuroradiologist (Germany) 👨🏫 IELTS instructor (used to) 🏆 Winner: local&international olympiads 🥇 Winner: Healthcare Minister Scholarship 2023 🌎 Visited 18 countries
- Последний пост
- 9 авг.
- Последнее чтение
- 19:02
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- английский
- Категория
- Языки
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 666
- 1/48двое суток
- 3 055
- 1/72трое суток
- 3 295
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
❗️ SHOK XABAR!!! Germaniyada özbek vrachlari köchada qolishdi! Xattoki köchada ovqatlanib yurishibdi... Deb xabar tarqalishini kutayotganlar ham bordir a? )) ''Ego defense'' plus ''Cognitive dissonance'' Ketishimdan oldin, qöllab-quvvatlaganlardan köra, borib nima ham qilasan, g'irt begona joylarda, g'irt begona odamlar bilan yashab yurasanmi deganlar köproq edi. Balki begona bölgan joylarda yashagandirmiz, lekin begonalar bilan emas. Joylar ham allaqachon begona bölmay qoldi. Rasmda körganingiz bu odatiy 2-3 haftalik yig'ilishlarimizdan biri. Hammasi özimizni qoraközlar. Kimdir yaqinda kelgan, hali yölni boshida. Kimdir allaqachon shu hududlarning eng kuchli Klinikalarida Rezidenturasini boshlagan akalarimiz. Men yashayotgan hududning 30 km radiusini özida 40 dan köp akalarimiz yashaydi va deyarli hammasi oilasi bilan. Ular bilan Özbekistonda sinfdoshlarim bilan körishgandan köp körishamiz. Bu hafta ekstremal qilib ''Water skiing'' qilib kördik.)) VIDEOLAR Xösh nimaga bularni yozib vaqtingizni olyapman. Oxirgi kunlarda juda köp tushkunlikka tushgan va ishonchni yöqotgan yigitlar bilan gaplashib qoldim. Jarayonni qiyinlashib ketganidan köpchilik tushkunlikda. Bir narsani aniq ayta olaman. Biz kelgan vaqtda ham oson emas edi. Meni özim ham harakat boshlaganimdan 6 oy ötib ish topilgan. Hozirda kelmoqchi bölganlarning köpaygani hisobiga harakatni boshidan vizani qölga olishgacha bölgan muddat uzoqroq bölib qolgan bölishi mumkin. Biroq harakat qilgan hali ham kelmoqda. Harakatdan töxtagan esa ''Dejurstvo''ga. Siz qilishingiz kerak bölgan narsa bu Nemis tili sertifikatini olib qöyib, ish topilishini kutib ötirish emas. Sertifikatni oling va Özbekistondagi ishingizni qilishda davom eting. Ishni esa Instagram titkilaydigan vaqtingizda qidiring yoki shunchaki kimgadir pulini beringda Instagramni titib ötiravering. Shunda hech narsadan yutqazmaysiz. Germaniyadagi MFA bozorini kelajagi haqida ham köp söradinglar. Men kelajakni bashorat qilolmayman. Lekin real fikrlasak bozor hech qachon töyinmaydi. Sababi hozir MFA bölib ishlayotganlar uzog'i 2 yilda Approbatsiyasini olib böladi va öz örnini böshatadi. Kasalxonalar esa kamaymaydi. Birgina muammo bölishi mumkin bölgan narsa bu elchixona. Doim ''B'' planingiz bölsin... * Datenschutz hisobiga yuzlarni berkitdik. 🔝 Ingliz va nemis tili kurslari - @JackHobbsAdmin 👉 @JackHobbs
❓ Turkiyadagi FaMed imtihoni haqida... Oxirgi kunlarda shu imkoniyat haqida so'raganar ko'p bo'ldi. Ha, bu zo'r imkoniyat, lekin o'ziga yarasha kamchiliklari ham bor. Qisqaroq qilaman: Joy: Bodrum, Turkiya Hamkor: Librion (rasmiy) Format FaMed bilan bir xil: Anamnez • Shifokor‑shifokor suhbati • Arztbrief Davomiyligi: ~60 daqiqa Narx haqida aniq bir ma'lumot yo'q. Lekin tushunishim bo'yicha 1000 Eurodan qimmat. Nega? Sabab: Germaniyada bu = davlat narxi(530 Euro), Turkiya, Bodrumda esa = xususiy tashkilot. Manzil: Librion Bodrum, Konacık Mah., Atatürk Bulv. 143/1, Bodrum Anerkennung: Hozircha faqatgina bitta viloyat, ya'ni Rheinland‑Pfalz(RP) da to‘g‘ridan‑to‘g‘ri tan olinadi. Bu degani siz FaMed dan keyin oladigan Berufserlaubnis(BE) bilan faqat shu viloyatda ishlay olasiz. Boshqa viloyatlarda ishlay olish uchun nima qilish kerak? Avval imtihondan o'tasiz. Sertifikatni va boshqa kerakli hujjatlarni RPga jo'natasiz. Ular sizga BE beradi. Keyin shu BE ni boshqa viloyatga "Umschreiben" qilasiz. Bu umumiy jarayon 6-12 oy vaqt oladi. Xulosa: imtihon haqiqiy FaMed bilan bir xil. Sertifikati ham. Hozircha, ha, faqat 1 ta viloyatda o'tadi. Lekin men Germaniyaga kelganimda, xatto Rasmiy FaMed ni o'zi ham yangi edi va faqat RP da o'tar edi. Hozir esa bir nechta viloyatlarda o'tadi. Bu shunchaki ertaroq sertifikatni hal qilib qo'yish imkoniyati. Kamchiliklariga kelsak, qimmat. Imtihonni o'zi 1000 Eurodan qimmat va hech bo'lmasa Istanbulda ham emas. Avval Istanbulga keyin Bodrumga uchish kerak. Yana bir kamchiligi hozircha faqat 1 ta viloyatda tan olinishi. Bu viloyatda esa BE bilan ish topish deyarli ilojsiz. Bu degani yo Approbation ni topshirguncha kutasiz, yoki Umschreiben qilishni kutasiz. Bu degani 6-18 oy. Men nima qilgan bo'lardim: Hali talabaman, pulim ko'p va nima qilishimni bilmay yurgan bo'lsam, borib topshirib kelardim. Lekin allaqachon qo'limda B2 sertifikatim, Diplomim va ketish uchun imkonim bo'lsa, to'g'ridan to'g'ri ish qidiraverargan bo'lardim.
📌 MFA ga ish qidirayotganlar bormi? B2 sertifikati to'liq bo'lib, ish qidirayotganlar bo'lsa, shu post ostida + qoldiringlar, men bog'lanaman...
✈️ Qadamlar... Biror narsa reja(hayol) qilganlar ko'p... Birinchi qadamni tashlaganlar kamroq... Ikkinchi qadamda yiqilib, yana turganlar yanada kamroq... Yo'lni oxiriga yetganlar undanda kamroq... Bundan roppa rosa 3 oy oldin, Neyroradiologiya yo'nalishida ish boshlagan edim. Oldin hech ham o'ylab ham ko'rmagan va kerak bo'lsa, mavjudligini bilmagan yo'nalish edi. Bu soxaga ish qidirayotgan vaqtimda ko'zim tushgan edi. Aslida Umumiy Radiologiya yo'nalishida ish qidirayotgan va allaqachon Bonn Universitet klinikasidan ish taklifini ham olgan edim. Biroq bu yo'nalish ozgina o'ylab ko'rishga majbur qildi. Imkoniyatlarimni chamalab ko'rdim. "Why not?" Qisqasi ish boshlaganimning 1 haftasi men uchun juda og'ir o'tdi. Vaziyat taqozosi bilan to'g'ridan to'g'ri MRT dan boshlashimga to'g'ri keldi. Bu ham bir katta imkoniyat, qolaversa katta qiyinchilik edi. Talabalik davrimda juda ko'p narsalarni o'rganganimga qaramasdan, MRT yoki Neyroradiologiya men uchun ummmuman boshqa dunyo ekan. O'zimni juda ahmoq, o'qimagan talabaday xis qildim shu kunlarda. Bu meni yo'nalishim emas ekan degan hayollar ham bo'ldi. Chunki shunchaki Gastroenterologiyadan boshlaganimda, harholda o'qigan narsalarim haqida gaplashgan bo'lardik. Bir kun o'tirib, nima bo'lsa ham, oxiriga yeta olishimga va bu doimgidek faqat vaqtincha ekanligiga o'zimni ishontirdim. 1,5 oy avval Yumaloq video tashlagan edim. O'sha vaqtda umumiy hisobda 221 ta MRT va KT(Kompyuter tomografiya) yozgan edim. Bugunga kelib esa 583 ta. Shu sonlar ichida o'zimda sezilarli darajada o'sish qila oldim. Xatto tasavvurimdagidan ham ko'proq. Majoziy qilib aytganda, oyoqlarimni seza boshladim. Men yashayotgan viloyatda Radiologiya Rezidenturani tugatish uchun 3000 ta KT, 3000 ta MRT yozgan bo'lish kerak. 3 oyda 10% ga yaqinlashib qolibman) Bekorga Germaniya yoki AQSh da Rezidentura 5-6 yillik emas ekan... 🔝 Ingliz va nemis tili kurslari - @JackHobbsAdmin 👉 @JackHobbs
〰️ Bloglarga keladigan bo'lsak, Instagramimni bilmadimku, lekin Telegram kanalimni hali ko'p foydasi tegadi deb o'ylayman. Chunki hali yetarlicha foydali ma'lumotlar va fikrlar bor. Vaqti kelishi bilan ulashib boraman. Biroq Instagramimni aytarli foydasi tegishiga hozircha ishonmayman. Chunki u uchun alohida video olish, uni montaj qilish va boshqa narsalar uchun yetarlicha vaqtim yo'q. Oxirgi vaqtlarda Instagram shunchaki g'irt bekorchilikday tuyula boshlagandi menga. Bundan tashqari, Germaniya haqida to'g'rimi-noto'g'rimi ko'pchilik videolar qilib yotibdi. Shuni o'zi yetarlidir balki. Youtube keladigan bo'lsak, hali qilishimiz kerak bo'lgan suhbatlar juda ko'p. Hudo xohlasa ularni qilaman va alohida playlistcha qilaman.
✈️ Telegramsiz ❌ Bugun 3-kun. Telefonimdan telegramni o'chirib tashladim. Bir necha hafta avval Instagramimni ham deaktivatsiya qilgan edim. 3 kun oldin esa telegramimni ham telefonimdan o'chirdim. Biroq, bu umuman telegram ishlatmayman degani emas. Telegramga kompyuterimdan kiraman. Bu degani kunning faqatgina ma'lum qismida telegramga kiraman va uzoq ishlatmayman degani. Bu esa hozircha vaqtdan yanada unumli foydalanishga yordam bermoqda. Sinab ko'rishni hozircha juda tavsiya berib yubormayman. Chunki endigina 3 kun bo'ldi. O'ta katta ta'sir xis qilmadim. Shunchaki, sezganim, shovqindan yanada uzoqlashdim. Xis qilib ko'rishni xohlasangiz, marhamat, qo'shiling. Qanchaga buni uddalay olar ekanmiz, sinab ko'ramiz... 🔝 Ingliz va nemis tili kurslari - @JackHobbsAdmin 👉 @JackHobbs
🆕 gerMANIYA Podcasti 1) Birinchi suhbat: O'zbekistondan Germaniyaga. Qanday yo'llar bor? 2) Ikkinchi suhbat: Til kursi yo'li. 16D Vizasi. 3) Uchinchi suhbat: Til kursi yo'li. pt.2 4) To'rtinchi suhbat: MFA yo'li. pt. 1. ✅ Qo'shimcha: 1 - Germaniya va mening yo'lim. 1-QISM. 2- Germaniya va mening yo'lim. 2-QISM.
https://youtu.be/9_Tmr-ov6Js?is=YsP10YRfsyTgOrW0
Yoqimsiz… Soat 9:33 bo’ldi. Ishdaman, vrach xonasida. Ortimdagi asisstentlar xonasida 2 tasi gaplashyapti… Faqat nolish bilan ovora. Ish qiyin bo’lib ketibdi. Yuklama ortib ketibdi. Oyliklari oshmabdi. Boshliq yaxshi ishlamayapti ekan… Qizig’i, soat 7:30 da ish boshlashgan va hozirgacha 1 dona Tomografiya qilishdi holos. 1,5 soatdan beri nolish bilan ovora. Oyligi 3600€+. Yiliga 45 kalendar kuni ta’tili bor. Ularni gapini eshitish faqat negativ energiya beradi. Eshikni yopdim. Yomon ko’rib qarashdi😏 Qisqasi, unaqa odam bo’lib qolmanglar, iltimos. Bu noshukrlik va dangasalik deyiladi. Qolaversa, atrofingizda ishlayotganlarni kayfiyatini buzganingiz qoladi. Nolish va g’iybat bilan muammolar hal bo’lmaydi. Charchoq paydo bo’ladi xolos. Thnk bout it 🔝 Ingliz va nemis tili kurslari - @JackHobbsAdmin 👉 @JackHobbs
без подписи
🎥GerMANIYA. (online Podcast) Uchinchi suhbat: Til kursi yo'li. pt.2 Esingizda bo'lsa, 2 oycha avval til kursi haqida suhbat qilgan edik. Vanihoyat shu suhbatning videosi YouTube ga joylandi. Link: https://youtu.be/IItY7knnY_M 📝 Germaniyaga til kursi qilib kelib, 1 oy ichida MFA sifatida ish topgan akamizni suhbatini oldik. Suhbat davomida Til kursi haqida yetarlicha ma'lumotlarga ega bo'lish bilan birgalikda o'zingizda mavjud bo'lgan ko'plab savollarga javob olasiz. 👉 Mehmon: Khondamirkhon Dadakhujaev - https://t.me/dr_dadakhujaev1 👉 Bizning manzillar: - Telegram - Instagram - YouTube 🔝 Ingliz va nemis tili kurslari - @JackHobbsAdmin
Eid muborak, do'stlar! 🫀🥩
🎥 GerMANIYA. (online Podcast) To'rtinchi suhbat: MFA yo'li. Germaniyaga kelishning eng mashxur yo'li haqida gaplashamiz. 14-may, Payshanba kuni, Soat 20:00da. Suhbat davomida Abdulloh va men o'zim yurib o'tgan yo'llar va tajribalar bilan bo'lishamiz. Foydali bo'ladi, hudo xohlasa. ✈️ Ovozli chat: @JackHobbs 〰️ Jonli efir: INSTAGRAM
🎥GerMANIYA. (online Podcast) Davom etamiz... Navbat MFA (Fachkraft)larga. Shu hafta Payshanba, 14-may, kuni ko'pchilikka qiziq bo'lgan MFA yo'nalishi haqida suhbat qilamiz. Bu safar, suhbatdoshim, Malik Abdulloh bo'ladi. ✈️ Ovozli chat: @JackHobbs 〰️ Jonli efir: INSTAGRAM
〰️ Yana yangi start... Va nihoyat, bugun Rezidenturani boshladim. 2024-yil mart oyida ADTI dagi Magistraturamni to'xtatish uchun ariza yozishdan oldin uzoq o'ylandim. O'zi ketishim kerakmi? Nima uchun ketishim kerak? Qolsam nima bo'ladi? Ketsam o'ylaganimday bo'lmasachi? Baribir ketdim. Shunda afsuslanishimni ko'pchilik aytdi. Men unday bo'lmasligini aytdim. Chunki, ishonch bor edi. Uzoq muddat davom etgan nemis byurokratiyasiga sabr qilib, 2025-dekabrgacha barcha imtihonlarni topshirib, tugatdim. Keyin dam olish vaqti kelgandi) roppa-rosa 5 oy dam oldim. Yanvarda umumiy hisobga 54 ta klinikaga email orqali hujjat jo'natdim. Jami 9 ta ishga taklif oldim. Albatta, avvalo suhbat uchun (3 ta kardioxirurgiya, 2 ta radiologiya, 2 ta kardiologiya, 2 ta ichki kasalliklar uchun). Ichidan o'zim yashayotgan shahardagi Mannheim Universitet Klinikasini Neyroradiologiya bo'limini tanladim. Bugun birinchi ish kunim edi. Bu kunlarni men yetarlicha kutgan edim. Hudoga shukur. Bunaqa kayfni barchaga tilayman! Xulosamni aytsam: Hechkimni gapiga quloq solmang. Aslida nimani xohlayotganingizni tushuning. Shuni o'zi birinchi qadam. Qolgani izlanish va harakat! Sizni tanlashmasin, siz tanlang! 🔝 Ingliz va nemis tili kurslari - @JackHobbsAdmin 👉 @JackHobbs
〰️ Yana yangi start... Va nihoyat, bugun Rezidenturani boshladim. 2024-yil mart oyida ADTI dagi Magistraturamni to'xtatish uchun ariza yozishdan oldin uzoq o'ylandim. O'zi ketishim kerakmi? Nima uchun ketishim kerak? Qolsam nima bo'ladi? Ketsam o'ylaganimday bo'lmasachi? Baribir ketdim. Shunda afsuslanishimni ko'pchilik aytdi. Men unday bo'lmasligini aytdim. Chunki, ishonch bor edi. Uzoq muddat davom etgan nemis byurokratiyasiga sabr qilib, 2025-dekabrgacha barcha imtihonlarni topshirib, tugatdim. Keyin dam olish vaqti kelgandi) roppa-rosa 5 oy dam oldim. Yanvarda umumiy hisobga 54 ta klinikaga email orqali hujjat jo'natdim. Jami 9 ta ishga taklif oldim. Albatta, avvalo suhbat uchun (3 ta kardioxirurgiya, 2 ta radiologiya, 2 ta kardiologiya, 2 ta ichki kasalliklar uchun). Ichidan o'zim yashayotgan shahardagi Mannheim Universitet Klinikasini Neyroradiologiya bo'limini tanladim. Bugun birinchi ish kunim edi. Bu kunlarni men yetarlicha kutgan edim. Hudoga shukur. Bunaqa kayfni barchaga tilayman! Xulosamni aytsam: Hechkimni gapiga quloq solmang. Aslida nimani xohlayotganingizni tushuning. Shuni o'zi birinchi qadam. Qolgani izlanish va harakat! Sizni tanlashmasin, siz tanlang! 🔝 Ingliz va nemis tili kurslari - @JackHobbsAdmin 👉 @JackHobbs
☝️ Ertaga boshqacha kun...)
✈️ "Work&Travel" Yana o'sha Ferienjob muammosi... Har doimgi vaqtda, har doimgi muammolar va har doimgi savollar bilan. Ferienjob yopildimi? Yo'q, davom etaveradi. Har yili. Terminlar sotildimi? Ha! Orada menga kimdirlar qaysidir haromdan qo'rqmaydiganlar yozgan postlarni tashladi. Mazmuni shu ediki, xuddi sotilayotgan terminlar kimningdir haqqi emas. Shunchaki kimdir o'zini terminiga hujjati to'la bo'lmay, kela olmasa, o'rniga boshqa odamni pulini olib kirgizayotgan emishlar) Oppoqlikni qarang) Nimaga unda o'sha bolani 16-martda yozgan bo'lsa, 17-martdayoq kirgiza olishmadi va o'rniga 1-may uchun sizga termin olib beramiz deyishdi? Bu yerda, shunchaki, hali ba'zada ochilmagan terminlarni ochilmasidan oldin sotish bo'ldi. Oldindan pulini olib. TLS dagi haromxo'r qaysidir ishchi bilan birga. Hop, mayli. Ishni oxirigacha bitirgan bo'lishsa ham mayli. Oxiri nima bo'ldi. Sotib olingan terminlar bekor qilindi va hamma 100% pulini qaytarib oldimi? Yo'q, albatta. Hamma otildi. Narxi esa boshqa mavzu. Biz, firmalar bir yil davomida 400-600 usd uchun ishlarkanmizda, bu shunqorlar shunchaki termin olishga shuncha pul so'rarkan. Yana, hech qanday kafolatsiz. Endi "o'rtakash"larga kelsak. Hop ichkaridagi odam 1 ta boladan 200 usd olar. Oradagi haromxo'rlar esa ustiga 100-200 usd ni xizmat haqqi sifatida qo'yishdi. Qaysi xizmat uchun? Qo'zini bo'riga tutib berganiz uchun qo'zidan pul oldingizda shunda? Eng qizig'i, shu ishni firmalarni o'zi, o'z qo'li bilan qilgan)) (albatta, barchasi ham emas) Qisqasi, ularga insof tilab bo'lmaydi. O'zingizga sabr tilang. Maslahat, harom bor joyga yaqinlashmang. Harom ish qiladigan odam bilan ishlamang. Haromdan qo'rqmagan, sizni haqqingizdan qanday qo'rqsin? Endi, Behruz akani videosiga kelsak. Aka Germaniyada yashagani bilan, bu narsani ich ichidan bilmaydi. Nofiza opadan eshitgan narsalarini bilsa kerak ko'proq. Hozirgi kunda vizaga atkaz ko'payib ketganini asosiy sababi aynan o'tgan yilgi qalbaki hujjatlar emas. Chunki o'tgan yili elchixona qalbaki hujjatlarni sezib qolgandan keyin ham ko'pchilik bollarni vizasi chiqqan. Shunchaki, hozir o'ta maydalab tekshirilmoqda xolos. Bu yilgi asosiy muammo, bu - TLS. Xo'sh, Ferienjob yopildimi? Men uchun, ha. Bu yilgi mavsumni yopganimdan so'ng, firma yopiladi. Bu degani 2027-yildan boshlab, Ferienjob qilmayman. Nimaga? Sababi oddiy. 5 yildan beri shu narsani ichidaman. Holat yildan yilga yomonlashib bormoqda. O'tgan yilgi mavsumdan zo'rg'a chiqib, bu yil yaxshi bo'lishiga umid bog'lagan edik. Afsus, unday bo'lmadi. Aniqrog'i yaxshi bo'ldi, boshida. O'tgan yili umumiy 41 ta bolaga shartnoma olingan bo'lsa, bu yil 93 ta bolaga shartnoma oldik. Lekin TLS ga va "ishtaxasi haromdan boshqasiga ochilmaydiganlar"ga to'g'ri kelib qolganimizda hammasidan ko'ngil sovudi. Sarflanadigan shuncha vaqt, energiya va sabr shunchaki uvol bo'lmoqda. O'rniga boshqa ish qilgan yaxshiroq nazarimda. Nima ham derdik, o'zimizga sabr bersin! 🔝 Ingliz va nemis tili kurslari - @JackHobbsAdmin 👉 @JackHobbs
📌 Quyidagi guruhlarimizda bo'sh joylar mavjud: Ingliz tili: - Beginner (OFFLINE) - Intermediate (OFFLINE) - Pre-intermediate (ONLINE) Nemis tili: - A2 (ONLINE) 👉 Murojaat uchun: @JackHobbsAdmin
📖 FaMed Imtihoni meni tajribamda. 👉 Bizning manzillar: - Telegram - Instagram - YouTube 🔝 Ingliz va nemis tili kurslari - @JackHobbsAdmin