tgindex
Sarvar Nazarbayev | Blog

Sarvar Nazarbayev | Blog

Статистика

Menejment kanalim: @Nazarboyev_menejment Reklama qo'ymaymiz.

Последний пост
31 мая
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
22
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
450
−2 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 375
22 постов
Вовлечённость
305,6%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 22
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 31 мая559104из eryigit_tarbiyasi

    "Xarakter" loyihasi Inson, ayniqsa, erkak o‘zini tarbiyalab, shakllantirib olishi muhim hodisadir. Maktablarda 12 yil xotin o‘qituvchilar ta’limini olgan o‘g‘il bolalarda erkak xarakteri shakllanmayapti. Shu sababli bugun 18 yoshli yigitchalarda hamon dunyoqarash mavjud emas, harakatlari, hissiyot va munosabatlarida xotinlarning xususiyatlari ko‘zga tashlanadi. Xotin tarbiyasining natijasida o‘g‘il bola erkakka xos qat’iyat, birso‘zlilik, dag‘allik, mardlik va tadbirli tafakkurdan mahrum bo‘lib ulg‘ayadi. Esi va hushi joyida bo‘lgan o‘g‘il bola o‘zining tartib va intizomga muhtoj ekanligini sezadi. U shunday bir muhit va ustozni qidiradi. Shunday uyg‘oq yigitlar uchun “Xarakter” dasturini boshladik. Ushbu loyiha orqali tartib-intizom, kamgaplik, mehnatkashlik, odob-axloq, jiddiyat, qat’iyat va matonat kabi sifatlarni o‘g‘il bolalarda shakllantirish maqsad qilingan. Loyiha doirasida ilk marta talabgorlar qabul qilinadi. Loyihada 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yigitlar qatnasha oladi. Ularning shaxsan o‘zlari bizga yozishlari va suhbatdan o‘tishlari kerak. Loyiha pulli. To‘rt mavsumni o‘z ichiga olgan ushbu “Xarakter” loyihasi bir yil davom etadi. Bir yildan so‘ng ishtirokchilar loyihadan chiqadilar. Loyiha uchun 30 kishi maxsus suhbat asosida qabul qilinadi. Loyiha jarayoni ota-onalar tomonidan shaffof kuzatib turilishi uchun ochiq. Barcha savol va javoblar yuzma-yuz suhbatda bo‘lib o‘tadi. Qiziqqanlar ushbu manzilga yozishingiz mumkin. 👉 @Xarakter_lohihasiBot Yozganda quyidagi tartibdan foydalaning: “Assalomu alaykum, ismim ... . Falon shaharda yashayman. Yoshim ... da. Kasbim ... . “Xarakter” loyihasida qatnashmoqchiman. Telegramdagi telefon raqamim: ...”. Xatlar 10 kun davomida qabul qilinadi va so‘ng javob yozilib, suhbat vaqtlari belgilanadi. “Xarakter” pedloyihasi g‘oyasi muallifi Akrom Malik.

  • 24 янв.1 800210

    Isitma Kasalni yashirsang isitmasi oshkor qiladi deyishadi. Inson kasal emasman desa ham, isitmaning borligi uning kasalligiga isbotdir. Demak, inson oʻzi inkor qilsa ham, unda boʻlayotgan alomatlar haqiqatni koʻrsatib qoʻyadi. Yosh bolalar yangi oʻyinchoq, kiyim olsa darhol doʻstlariga maqtanadi. Maqtanchoqlik uning sifati. Oʻzi bilmasa ham, maqtanayotgani buni isbotlab qoʻyadi. Insonda u sifat yoʻqolmasa, katta boʻlgani sari maqtanadiganlarining shakli narsalari oʻzgaradi, xolos. Endi u mashinasini, sayohatlarini, kimlar bilan yaqin ekanligini va hatto chiroyini maqtanadi. Yosh boladan nima farqimiz qoladi? Maqtanmayapman deb oʻzimizni aldaymiz. Amalimiz buni isbotlab qoʻyadi. Bugun eng koʻp vaqtimiz atrofga qanday qilib boyroq, aqlliroq, yaxshiroq koʻrinsam ekan degan savolga javob izlashga ketyapti. Eng koʻp resurlarimiz ana shu yoʻlda sarf boʻlyapti. Bunga bizning storylarimiz, profil rasmlarimiz guvohlik beradi. Qoʻyingki, intellektual maqtanchoqlar ham koʻpaydi. Aksariyat soʻzlarimiz aqlli koʻrinish uchun soʻzlandi. Aksariyat yozuvlarimiz aqli koʻrinish uchun yozildi. Har bir amalimizga shu gʻoya ostidan boqsak, qaysi amalimiz sof holda qolar ekan?... @Sarvar_Nazarboyev

  • 17 дек.1 698111

    4. Vujud hayosi Inson tanasini ko‘z-ko‘z qilishdan uyaladi. Vujudidagi tananing chiroyini bildirishdan hayo qiladi. Masalan, muskullarini ko‘rsatishdan qattiq tortinadi. Shu sababli tanasini imkon qadar berkitadi. U boshqalarning unga mahliyo bo‘lib qarashlaridan noqulay ahvolga tushadi. Chunki o‘zgalar ko‘ziga go‘zal ko‘rinishni maqsad qilish – inson o‘z tanasini ko‘rgazmaga qo‘yishidek gap, og‘irroq qilib aytilsa, tanani ma’naviy shaklda sotishga o‘xshab ketadi. Hayo sohibi bu narsadan qochadi, chunki bu savdoning maqsadi yo‘q, manfaati yo‘q. Go‘zal tanangni tomosha qilgan odam senga haq to‘lamaydi; basharti haq to‘lasa, bu insoniyat tarixida eng jirkanch deb qaralgan tijoratlardan biri hisoblanadi. Shu sababli inson tanasini ochiq holda bo‘lsin, yopiq holda bo‘lsin, begonalarga maqtanishdan tiyiladi. Hayo sababli paydo bo‘lgan aql bunga izn bermaydi… Mukammal qalqon maqolasidan @Sarvar_Nazarboyev

  • 27 нояб.1 55032

    Haqiqatlarni kashf qilish Bu olamda ma'no degan tushuncha bor. Inson so'zlar orqali ma'nolarni anglaydi. Har bir so'zning o'z ma'nosi bor. Har bir haqiqat ma'lum bir so'zlar yordamida ifodalanadi va anglanadi. Bugun kashf va ma'lumot so'zlarining ma'nolarini ochamiz. Inson doim haqiqatni izlab yashaydi. Haq g'oyalarni to'playdi. Haqiqatga yuzlashganda inson uni 2 bosqichda qabul qiladi: 1. U haqida bilib oladi. Kimdandir eshitadi yo qayeradir o'qiydi. Bu ma'lumot xolos. 2. U haqiqatni anglaydi. O'qiganini yo eshitganini o'z hayotida ko'radi. Asal haqida eshitib, endi uni ta'mini o'zi totib ko'radi. His qiladi. Uni yashaydi. Shu anglam kashf deyiladi. Bu ixtiro qilish ma'nosidagi kashf emas. Haqiqatni insonning qalbida paydo bo'lib, unga o'rnashmoq ma'nosidagi kashf. Haqiqatni qalbiga muhrlagan insonga na muhit, na qarshi bir g'oya, na boshqasi ziyon yetkaza olmaydi. Kashfchilar o'sha haqiqatni gapirsa ta'sirli chiqadi. Yozsalar qalblarga yetib boradi. So'zlar ulardan buloq kabi otilib chiqadi. Kashf va ma'lumotchilar matnlari orasidagi farq yaqqol sezilib turadi. Bir haqiqatni kashf qilmoqqa ko'p vaqt ketishi mumkin. Bu yo'l sabrli va vazmin bo'lmoqlikni taqozo etadi. Yo'lboshchisiz biror kashfni topmoq esa amri maholdir. @Sarvar_Nazarboyev

  • 28 окт.1 66512

    Ota-bobolarimizga ergashib yashash haqida Bu mavzuga gapni qayerdan boshlasam ekan deb ko'p o'yladim. Yetkazmoqchi bo'lgan xabarimga amal qilgan holda boshlaymanki, men qanday yashashni bilmayman. Hayotimizda biz qiladigan ishlar juda ko'p: muloqot, ovqatlanish, yurish, kiyinish, ibodat, savdo-sotiq, uxlash, kasb tutish va hokazo. Inson bularni qanday qilishni qayerdan biladi? Ijtimoiy tarmoqlarda, qo'shiqlarda yangrayotgan "o'z qoidalaringni o'zing yarat, chegaralarni buz" degan qichqiriqqa quloq tutsinmi? "Bola mustaqil fikrli bo'lsin, xohlaganini qilsin", – degan psixologlarni gapiga ergashibmi? Biror nazariyaning foydaliligini uning qancha muddatdan beri yashab kelayotganidan bilsa bo'ladi. Xuddi uzoq yillik chinor g'oyatda mustahkam va yangi nihol sal qattiq shamol bilan yiqilgani kabi. Uzoq yillardan beri ishlab kelayotgan qoidalar bor. Bizning ota-bobolarimiz o'rgangan, hayotida amal qilgan, o'zining avlodlariga meros qilib qoldirib ketgan va biz unutgan qonun-qoidalar. Ilmsiz, hech narsani bilmasdan mustaqil fikrli bo'lib oldik, o'zimizcha. Men hayotimni o'zim kabi odamning fikriga tayanib yashashdan qo'rqaman. O'zlikka qaytish zarurati hozir har qachongidan ham muhim... @Sarvar_Nazarboyev

  • 23 окт.1 630115

    Tatabu... Qizlarimiz och qolmasin, o'z-o'zini boqsin, birovga muhtoj bo'lmasin deb, har qanday ilmni o'qitdik. Begona tilda sayrashdan tortib o'z huquqini qanday talab qilishgacha o'rgatdik. Soch turmagi, pardoz qilish, qanday noz qilishdan tortib, hatto rahbarlikni ham o'rgatdik. Ovqat pishirish, tikish-bichishni esa, mayli, agar xohlasa o'rgansin, fitratida bor dedik. Istasa Parijga, istasa Londonga borsin. Erkin fikrli bo'lsin, ixtiyorli bo'lsin dedik. Ularni qiynalib qolmasin dedi-gu, bu bilan qiynalishlarini niyat qilgandek bo'ldik. Mana, bugun qizlarimiz komila, olima bo'lmoqdalar. Zamonaga mos kasbini ham topayotirlar. Faqat erga sadoqat ilmini, xotinlik qilishni va bola tarbiyalashni bilishmayapti, xolos. @Sarvar_Nazarboyev

  • Status o'yinlari Insonlar hayotini barbod qilayotgan o'yin haqida sizni ogohlantiray: Ishlaydi. Pul topadi. O'ziga keraksiz narsalarga sarflaydi. "O'zimizga keraksiz narsalarni sotib olish uchun o'zimiz yoqtirmagan ishda majburan ishlaymiz", – degan gapda haqiqat bordek koʻrinadi. Atrofimizda borligini, boyligini ko'rsatish uchun zaruratsiz narsalarni sotib oluvchilar uchraydi. Ularni obroʻparast, shuhratparast yoki shartli qilib statuschi deyish ham mumkin. Ya’ni jamiyatda status – maqom – martaba topishga oʻch boʻlganlar. Boylar orttirgan puliga status sotib olsa, kambag'allar bor puliga status sotib oladi. Ikki qo'shni uylarini bir-biridan baland qilishga musobaqa o'ynagan multfilmni koʻrgan boʻlsangiz kerak, oxirida ikkisi ham kasod boʻladi. Iphone so'nggi modeli, to'ylarda bir xil kastim-shim, qora mashinalar, aksari status uchun qilinadi. To'ylarda, storieslarda, ko'chada, hamma joyda status o'yinlari ketmoqda, azizlar. Surishtirsangiz, tayinli ishi bo'lmaydi. Bu o'yinda qatnashmagan yutadi. Status xariddan saqlanish uchun, masalan, atigi ikkita savolni oʻzimizga berishimiz mumkin: 1. Shu narsani hech kim ko'rmaganida ham olgan bo'larmidim?! 2. Shu narsani olmasam, shu ishni qilmasam, hayotimda nimani yoʻqotaman?! Yoki aksincha, qilsam, nimaga erishaman?! @Sarvar_Nazarboyev

  • Investitsiyaning oliy shakli Pulni misol qilib olsak: 10 so'm investitsiya qildingiz. 20 so'm qaytdi. Yaxshi foyda. Yashar ekanmiz, soatlarimizni tabiiy ravishda hayotga tikib boramiz. Evaziga hammamiz har xil qaytim olamiz. Vaqt tikib olinadigan eng katta foydalardan biri — bu tajriba. Pul, obro', mansab, lazzat emas. Tajriba buning hammasini beradi. Aksinchasi bo'lmaydi. Tajriba nima? Qonuniyatlarni ko'ra bilish. Oqibatlarni oldindan his qila olish. Bir amakim bor. Doim maslahatlarini olib turaman. Biz hali xommiz. Kattalar tajribasiga suyanmasak, adashamiz. Ular yashab ko'rgan. Oqibatlarni bilishadi. Bir odamni ko'rib, hayotiy tajribasi katta ekan, deb qo'yamiz-ku. Ana shu. Bekor yashamaganini bildiradi. Tajriba o'qish, o'qiganini yashash, taftish, tahlil qilish, kuzatish orqali keladi. Ishda ham tajribalilarga ishoniladi. Ular ishning nozik jihatlarigacha bilishadi. Tajribalilar doim qadrli. Tajriba yig'aylik, qolgani o'zi keladi. @Sarvar_Nazarboyev

  • Post yozishda "A" va "B" nuqta formulasi Bu formulani "Yoz va qisqartir" kitobida o'qigandim. G'oya oddiy: o'quvchining fikri "A" nuqtada bo'ladi. Siz uni matnlaringiz bilan "B" nuqtaga olib borishingiz kerak. Matnlaringiz kuchligiga qarab o'quvchi fikri "A" nuqtadan "B" nuqtaga ko'chishi osonlashadi. Bilmaganini bilishi, xato o'ylaganini to'g'rilashi, savoliga javob topishi — "A" va "B" formulasiga misollar. Ba'zan muallif o'quvchini qayerga yetaklayotgani noaniq qoladi. Bu postni o'zida ham shu formula ishlatildi. @Sarvar_Nazarboyev

  • Vaqt isrofi har xil bo'lar ekan Ochiq isrofni hammamiz bilamiz. Reels, shorts, o'yinlar, bekorchi suhbatlar va h.z Vaqtni bekor sarflashning ko'pchiligimiz e'tibor qilmaydigan 2-turi ham bor ekan: Foydali ish bilan ham vaqtni noto'g'ri sarflash mumkin. Kunlik o'qishingiz kerak bo'lgan kitob qolib, podkast eshitib o'tirasiz. Topshirishingiz kerak bo'lgan vazifa qolib, kitob o'qib o'tirasiz. Bu xuddi, qorningiz o'ta och, lekin pulni ovqatga emas, foydali bo'lgan noutbuk sotib olishga o'xshaydi. Ovqatsiz nobud bo'lasiz, noutbuksiz emas. Qilmasak "halok bo'ladigan" vazifalarimiz turibdi. Oldin ularni bajarish kerak ekan. Ular nima? Har kimda har xil. Sohamizni o'rganish, dinimizni o'rganish, kasb qilish va boshqa. @Sarvar_Nazarboyev

  • Majburan yozish kerakmi? Kanali borlar biladi, bo'ynida har kuni yozish yuki bordek tuyuladi. Yozmasa, nimadir kamdek. Majburlikdan yozilgan matnlar bilinib turadi. Ta'sirsiz, noreal bo'ladi. Balandparvoz gaplardan iborat bo'lishi ham mumkin. Eng yaxshi matn — muallif o'zi yashab o'tgan, kuzatgan voqealari, tahlillarini bayon qilishi, deb o'ylayman. Albatta, har kuni yozish kerak. Lekin kanalga emas. Daftarga. Taftish uchun. Orasidan saralanib chiqadi. O'quvchiga, saralangani foydali bo'ladi. @Sarvar_Nazarboyev

  • Kichik foydali tavsiya Biror joyga kech qolyapsiz. Kimdir sizni kutyapti. Kutgan inson biladi, qayerga yetdi ekan deb o'ylab o'tiradi. Telegramda jonli lokatsiya tashlash imkoni bor. "Falonchi aka, ozgina kech qolyapman, uzr, mana lokatsiyam" deb, Ulashib qo'ysangiz, qayerga kelganingizni ko'rib o'tiradi. Ha deb qo'ng'iroq qilmaydi. Biror ishi bo'lsa qilib turadi. @Sarvar_Nazarboyev

  • Inson "solishtiruvchi" ekanini Robert Chaldini kitobida aytib o'tgandi. Qo'shnisidan boyroq bo'lishini istashining sababi ham shu — solishtirish. Avariyada yaxshiyam o'lib ketmadim deyishi ham shu. Robbimiz bu narsani bizga ancha oldin bildirgan edi: Payg'ambarlar juda og'ir musibatlarni yengishgan. Ularniki oldida bizniki hech narsa. Shu qadar og'irligining hikmati — bizga shu hol yetganda ularnikiga solishtirish bo'lsa kerak. Ibrohim alayhissalomni qissasini anglagan odam Allohdan o'zgadan umid qilmaydi. Eng og'ir damida ham Alloh u bilan ekanini biladi. Yunus alayhissalom qissasini o'qiydi. Zulmatda qoldim deb o'ylagan edi, asli yorug'likda yurgan bo'ladi. Robbisini eslasa, istalgan zulmatdan chiqib keta olishiga ishonadi. Yusuf alayhissalom shu qadar nozik fitnadan chiqib ketganini biladi. Atrofidagi fitnalar hech narsa bo'lmay qoladi. Muso alayhissalomni tanigan inson, qanchalar berk ko'chaga tushmasin, uniki kabi emasligini bilib, Robbisi yo'l ko'rsatishiga ishonadi. "Batahqiq, ularning qissalarida aql egalari uchun ibrat bor edi". ( Yusuf, 111) @Sarvar_Nazarboyev

  • Saltanatlar qismati | John Glubb G'oya. Odamlar. Jamiyat. Davlat. Saltanat. Imperiyalarning paydo bo'lishi ana shu tartibda bo'ladi. Tarixga boqsak, qancha-qancha kuchli davlatlar ham tanazzulga uchrab deyarli yo'q bo'lib ketgan, yo zaiflashib qolgan. Rim imperiyasi, Arab xalifaligi, Xorazmshohlar davlati, Temuriylar davlati, Mo'g'ullar. Hammasi o'z davrida dunyoning eng kuchli saltanati bo'lgan. Hozir ulardan qaysi biri bor? Nega ular tanazzulga yuz tutdi? Hozirgi qudratli davlatlar ham ana shunday yo'q bo'lib ketmasligiga kim kafolat beradi? Xo'sh, bunday tanazzulga asosiy sabablar nima ekan? Axir saltanat kuchli harbiy qo'shinga, mol-davlatga ega bo'lsa qaysi sababki uni tanazzulga olib boradi? John Glubb insoniyatning 3000 yillik tarixini o'rganishni taklif qiladi. Aynan bir davlat, bir hudud yoki qabilaning tarixi emas, tarixga butun insoniyatning tarixi deb, xolis qarash kerak deydi. Muallif xolis yozadi. Saltanatlar "nol"dan to kuchli imperiyaga aylangunigacha qaysi bosqichlarni bosib o'tishini ko'rsatib beradi. Shu yerda eng qiziq joyi boshlanadi. Tanazzul. Muallif mamlakatning tanazzuliga eng katta sabab xudbinlik, mol dunyoga o'chlik, axloqsizlik, dinsizlik deb baholaydi. Mamlakat farovon bo'la boshlagach, hamma boy yashashni xohlaydi. Maqsad avvalgidek fidoyilik, yurtga xizmat, sadoqat emas mol-dunyo bo'ladi. Inson xizmatni unutadi. Mol-dunyo deb axloqsizliklar qila boshlaydi. Jamiyat buziladi. Glubb o'sha ruhiyatni saqlab qolishni yagona yo'li – din deydi. O'limdan keyingi hayotga ishonchni nazarda tutadi. Buni anglaganlar kamida o'zi amal qilmog'i, imkon boricha atrofidagilarga bu haqiqatni anglatmog'i kerak, deydi. Kitob juda qiziq va qisqa. Insonni tafakkurga, o'ylarga chorlaydi. Zamonamizning dolzarb muammolarini muhokama qiladi. Millat kelajagini o'ylovchilar uchun tavsiya qilaman. @Sarvar_Nazarboyev

  • Hayron bo'lish ham belgi Nimaga hayratlanishi uning kimligini bildiradi. Mashinalarga hayron qoladi. Uylarning dizayniga hayron qoladi. Qimmat taqinchoqlarni ko'rib hayratlanadi. Eslang, sizga tepadagilarni rasmini ko'rsatib hayratlanoyatganini. Balki siz parvo ham qilmagandirsiz. To'g'ri qilasiz) Imom A'zam rohmatulllohi alayh 30 yil (adashmasam) xuftonni tahorati bilan bomdodni o'qiganlar. Imom Navaviy yoshligida 7 yil uzluksiz kuniga 12 soatdan dars qilganlar. Imom Shofeiy Ramazonda Qur'onni 60 marta xatm qilganlari aytiladi. Bularga hayratdan yoqa ushlab, havas qilasiz. Umuman beparvo bo'ladiganlar ham bor. Nimaga hayratlansa, o'sha olamga aloqador bo'ladi. Biz ham, hayratlarimizga boqaylikchi, qaysi olamga mansub bo'lib ketibmiz. @Sarvar_Nazarboyev

  • Boshqalar uchun emas, o'zimiz uchun yashashni boshlasak: Ancha vaqtimiz, pulimiz, energiyamiz tejalar ekan. Aqlli, taqvodor, ilmli, kuchli ko'rinish uchun postlar, storylar qo'yiladi. Reaksiya, kommentlar kutiladi. Trackerlar, BYD, Iphonelar olinadi. Dang'illama uylar quriladi. Essiz shuncha vaqt, pul, energiya. O'zimizni aldamaylik. Bularni nima uchun qilyapmiz? Har biriga o'zimizcha oqlovimiz bor. Yaxshi niyatdamiz Ich-ichimizga boqaylik. Boshqalar ko'rmaganda shu storyni qo'yarmidik? Boshqalar bilmaganda shu narsani xarid qilarmidik? Boshqalar qaramaganda shu amalni qilarmidik? @Sarvar_Nazarboyev

  • Insonning aqli ilmdan nur, qalbi ibodatdan surur hosil etarkan, shayton o‘zining tajribaliroq, ayyorroq lashkarini jo‘natadi; insonda ma’rifat hosil bo‘lgani sayin nafsda g‘addorlik va makkorlik jo‘shadi. Chunki ma’rifat nafsning ziddidir. Ma’rifat nafsning bo‘yniga sirtmoq soladi. Nafs o‘z istagiga erishmoq uchun o‘z sohibini – insonni makr bilan aldashga tirishadi. Bir muddat o‘zini itoatkor ko‘rsatadi, har qanday fursat va holatda maqsadiga erishmoq uchun biror vasiyla topadi. Shayton insonning qulog‘iga pichirlaydi, qalbiga hamla qiladi, ilmdan sovutish, shahvat va hirsini jo‘shtirish, o‘zini olim, boshqalarni johil, o‘zini afzal, boshqalarni tuban ko‘rsatish uchun kuchini sarflaydi. Nafs inson vujudi qo‘rg‘onining ichidan, shayton tashidan keladi. Nafs qal’adagi xoin kabi shaytonga darvozalarni ochib berishni xohlaydi. Nafs insonda ozgina ilm paydo bo‘lsa, sen yetarli ilm olding, sen olim bo‘lding, deydi. Ozgina ibodat qilsa, sen obid bo‘lding, deydi. Boshqalar ozgina hurmat ko‘rsatsa, sen fozil-afzalsan, deydi. Nafs insonning ichida riyo, manmanlik, yalqovlik, makkorlik va ikkiyuzlamachilik olovini yoqadi, shayton bu olov balandroq yonsin deya yelpib turadi. Bu olov o‘z vaqtida o‘chirilmasa, odamiyzodning qalbi va aqlini, ruhi va pokligini yoqib kul qiladi. Ammo kishining quvvati bu qadar gulxanni o‘chirishga ojizdir. Shunda Ustoz keladi. U tarbiyat tuproqlarini bu alanga ustida sepadi. Olov bosiladi. Tutundan nafasi qaytgan dil, yuzlari qoraygan aql yengil nafas oladi. Kimki mustaqil ravishda nafs va shayton lashkariga qarshi turaman desa, adashadi. * Sirkachi romanidan

  • Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlari: “Sen o‘y-fikrlardan iboratsan!” – der ekanlar. Ya’ni o‘y-fikrlar sening hujayralaringda, teri va to‘qimalaringda, tomir va qonlaringda aylanadi. Sen ulardan quvvat olib so‘zlaysan, ulardan quvvat olib harakat qilasan, ishlaring o‘y-fikrlaringning suratidir, moddiy qiyofasidir; har bir ishingda sening xayollaring aks etib turibdi; hech qachon tasodifan xato qilmaysan! Tasodifan biror so‘z tilingdan chiqmaydi, ularning barchasi sening o‘y-fikrlaringdir! Ular quvvatga keldi va sendan so‘z va amal o‘laroq tashqariga ajralib chiqdi. Endi u so‘z va amallar yana o‘zingga qaytadi. Agar u o‘y-fikrlar zaharli bo‘lsa, u so‘z va ishga aylanganida ilon kabi bo‘ladi hamda alal-oqibat o‘zingni chaqadi, o‘zingni halоk qiladi! Ey inson, o‘y-xayollaring, fikr va zikrlaringga hazir bo‘l! Ular seni halok etmasin! * Sirkachi romanidan @Sarvar_Nazarboyev

  • Qornim to'q holda uxlasam, uyqu yomon bo'lgan. Ko'p uyqu bo'lsa ham to'ymaganman. Qorin mo'tadil holda uxlaganimda, me'yordagi uyquga to'yganman. Ertalab o'zimni yaxshi his qilganman. Borib o'rganib keldim. Tadqiqotlar kechqurun kuchli ovqatlar yemaslikni, uyquga ta'sir qilishini aytyapti. Oshqozon ishlab, miya yaxshi dam olmas ekan. "Kechasi qornim ochsa nima qilay unda?" — degan savol kaminaga ham keldi. Yana tadqiqotlarga qaytsak, banan, kivi, qaynatilgan tuxum, jo'xori, xurmo, yogurt va linkdagi tavsiyalarni yeyish mumkin. Foydali ham. Kechasi futbol ko'rib, chips va colani paqqos tushiramiz. Bu meni o'zimga har doim yomon ta'sir qilgan. Bilsam, bu ham oshqozonni dabdala qilarkan. @Sarvar_Nazarboyev

  • Kamina uchun bu noyob "Sirkachi" romanidan olgan xulosa va yangiliklarim juda ko'p bo'ldi. Hali kitobni to'liq tugatmadim. Kecha kechqurun 17-bobni o'qib tugatdim. Faqat shu bobdan olgan xulosalarimni ulashaman: Eshon oyim haqiqatda ilmli, hikmatli, ulug' bir ayol edi. Onalarga, qaynonalarga, xotinlarga haqiqiy ibrat qilib ko'rsatishga arziydi. Qizi qaytib kelganida hozirgi zamonamiz onalari nima qilishini tasavvur qilsak: kuyovni uyiga befarosatlarcha bostirib boradi, uni so'kib, yetmaganiga ajrashtirish payiga tushadi. Inson bu qiz o'ziniki emasmi degan o'y bilan hayratga tushadi. Qizini battar gij-gijilaydi. Oraga sovuqchilikni battar tushiradi. Eshon oyim esa, qizidan so'raydi: "och qoldingmi, kiyimsiz qoldingmi?". Qizining har bir shikoyatiga o'rinli javob beradi. Qizi mediadagi yolg'on romantikalariga, g'arbning asli sarob bo'lgan "baxtli" hayotiga qiziqib yurgani yaqqol ko'rsatib berilgan edi. O'zining haqiqiy yo'lini, haqiqiy vazifasini unutgan edi. Eshon oyim ayol kishining dunyoga kelishdan maqsadini yaxshi anglagan va qiziga buni tushuntirardi. Eshon Oyimning tushidagi gavhar, taxminimcha Ma'suda bo'lsa kerak. Men uchun yana bir yanglik bo'lgani, kuyovning hadyani qabul qilish jarayonidir. Ayol kishi, qaynona hadya berganda yigit kishiga uni olish, yo "kerak emas, qo'yavering" deyish bir qadar o'ngaysizlik tug'diradi. Kuyovning hadyani olib, duoni qilib, o'sha pulga yana o'zidan pul qo'shib qaytarib Eshon oyimga bergani va duo so'ragani esa o'zgacha bir munosabat bo'ldi. Musulmon inson hikmatli bo'lishi, boshqalarni o'zidan yaxshi deya gumonda bo'lishi shu sahnada yaqqol ayon bo'ldi. Ma'suda Eshon oyim bergan mo'tabar kiyimlarni kiyganida naqadar nurli bo'lib ketdi. Ayol zotiga eng munosib kiyimlar edi u. Onasi ko'rib xursand bo'lgani, agar oldin shunday holat bo'lganida qizini bu kiyimdan qaytarib, ochiqroq kiyintirishga urinishi aytiladi. Lekin ona unday qilmadi. Sabab qilib qalbning poklanganligi, qalb poklanishiga esa salavot va isitg'for tufayli erishilgani ko'rsatib berildi. Naqadar ajib. Yana ibrat olsak bo'ladigan parchalardan biri bu Eshon oyim qizining qanday kitoblar o'qiyotganini ko'zdan kechirishidir. Hozirgi onalarni aldash oson, qizlar istalgan g'oyasi buzuq kitoblarni o'qib ketaveradi. Onalar qizim kitob o'qiyapti deb, xursand. Bolalarimizni nima bilan zaharlashayotganini bilay deb, Eshon Oyim qarshi kuchlarning ham kitoblarini o'qigan edi. Qizini ana shu kitoblarni o'qib o'tirganini ko'rib, u kitoblarning mohiyatini, asli qanday kitoblar o'qilishi kerakligini tushuntirishi hozirgi onalar uchun yuksak ibrat namunasi bo'ladi. Nikoh to'yi. Orzu havas, qimmat kiyimlar, dabdabali to'y, musiqa. Ularsiz ham bemalol to'y o'tishini Eshon oyim isbotlab berdi. Qizining ustiga kuyoviga yana bir kundosh kelin olib bergani meni hayratda qoldirdi.(shogirdi Ma'sudani kuyoviga beradi. Negaligini esa, kitobni o'qib bilasiz) Shu ishi bilan Eshon oyimning haqiqiy hikmat sohibi ekanligi ayon bo'ldi. Kuyovning ilmli, Allohdan qo'rqadigan, solih inson ekanligi, ikki ayolga adolat qila olishiga ko'zi yetgani uchun ham shunday qildi. Bu atigi bitta bob uchun bir o'tirishda yozganlarim. Butun kitob xulosasini yozsam, kitobdan ham ko'payib ketarmikin balki)) @Sarvar_Nazarboyev