Aqlli ikkichi
СтатистикаMuallif: Ravshan Turgunov. Biznes qilyapman. Xulosalarim va xatolarim sizga pul va vaqt tejab beradi.
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Маркетинг (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 798
- 1/48двое суток
- 3 206
- 1/72трое суток
- 3 458
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
«Muvaffaqiyatli insonlar doim risk qiladi» Degan gapni ko‘p eshitganmiz. Bu gapga qo‘shilmaslikning iloji yo‘qdek. Lekin bugun shu fikrga biroz teskari bo‘lgan nazariyani taqdim qilaman. Yangi nazariya: «Risk qilish o‘ta muhim, lekin faqat kerakli joylarda risk qilgan yaxshi». Keraksiz joyda risk qilib, arzimagan mukofot uchun katta yo‘qotishga uchrashingiz mumkin. Agar katta yo‘qotish ehtimoli atigi 1% bo‘lsa ham, lekin bu yo‘qotish sizni sindirib qo‘yishi mumkin bo‘lsa, u yerda risk qilmagan yaxshi. Masalan: 1) Yo‘lda mashinani xavfli haydaydiganlar. Toshkent tirbandliklarida xavfli haydab, manzilga 2–3 daqiqa tezroq yetib borishingiz mumkin. Lekin buning evaziga avtohalokatga uchrash xavfini sezilarli darajada oshirasiz. 2) Yo‘lni noto‘g‘ri joydan kesib o‘tadiganlar. Zebra yo‘q joydan yo‘lni kesib o‘tib, 1 daqiqa vaqtingizni tejashingiz mumkin. Lekin mashina urib ketish xavfi keskin oshadi. Kichkina bolalari bilan yo‘lni noto‘g‘ri joydan kesib o‘tadiganlar esa alohida mavzu. 3) Firibgarlarning va’dalariga ishonadiganlar. Ba’zi odamlar qisqa vaqtda katta pul ishlab olish mumkinligiga ishonadi. Masalan, «1 oyda pulingizni 2–3x qilamiz» degan firibgarlarning sxemalariga kirishadi va natijada bor pullarini yo‘qotishadi. Bir nechta avlod qarzda. Bu uchta holatni birlashtirib turgan omil — kerak bo‘lmagan joyda risk qilish. Kerak bo‘lmagan joyda risk qilish hayot sifatini keskin pasaytiradi. Ba’zi joylarda esa hayotni tugatishi ham mumkin. Shuning uchun oddiy qoida. Agar riskning eng yomon oqibati mukofotdan karrasiga yomonroq bo‘lsa, u yerda risk qilmagan yaxshi. @aqlli_ikkichi
Sun’iy intellekt eng zo‘r multiplikatorga aylandi. Men uni istalgan narsani 5X kuchaytiradi deb baholayapman. Formula shunday: Natija = Mutaxassis × AI Ya’ni, hozir AI yaxshi mutaxassisni 5 baravar kuchliroq qilishi mumkin. Lekin ko‘paytirish tenglamasida mutaxassisning o‘zi ham muhim. Agar mutaxassisning qobiliyati 0 bo‘lsa, AI uni 100X kuchaytirsa ham, natija baribir 0 bo‘ladi. Hozir men ko‘p kuzatayotgan holat — odamlar o‘zlarida yetishmayotgan qobiliyatlarni AI bilan yopmoqchi. Yaxshi dasturchi emas, lekin Claude Code yordamida xavfsizlik standartlariga javob bermaydigan saytlar yasayapti. Biznes jarayonlarini tushunmaydi, lekin biznesni tizimlashtirish uchun ERP yasab beraman deyapti. Dizayn asoslarini bilmaydi, lekin Gemini yordamida 10 daqiqada bitta dizayn yasayapti. Qurol hech qachon asosiy kuch bo‘lmagan. U shunchaki odamga yordam beruvchi vosita. Boksga zo‘r qo‘lqop kiyib borsangiz, ringda zo‘r urishib berasiz degani emas. Bir ishni o‘zingiz to‘liq qila olganingizdan keyin, jarayonni tezlashtirish uchun AI’dan foydalanish mumkin. @aqlli_ikkichi
2005-yilda Kaliforniyada bir eksperiment uchun uysiz Ted Rodrigue’ga $100 000 beriladi Ted 20 yildan beri ko‘chada chiqindi yig‘ib kun ko‘rib kelgan. Endi esa qo‘lida katta pul bor. Balki uning hayoti endi butunlay o‘zgarib ketadi, deb o‘ylarsiz. Lekin Ted pulni boshqacha sarflay boshlaydi. Birinchi navbatda $35 000 ga Dodge Ram sotib oladi. Keyin sevgan qiziga ham mashina olib beradi. Uy, kiyim-kechak, turli xarajatlar... Oradan vaqt o‘tib, $100 000 tugaydi. Eng qizig‘i — Ted yana ko‘chaga chiqib, chiqindi yig‘ishni boshlaydi. Bu voqeadan qanday xulosa qilish mumkin? Pul — bu imkoniyat. Lekin imkoniyatni boshqarish odatlari bo‘lmasa, qo‘lingizga kelgan imkoniyatni ham yo‘qotishingiz mumkin. Ba’zi odamlarning muammosi haqiqatan ham pul bilan hal bo‘lishi mumkin. Lekin pulning o‘zi barcha muammolarni hal qilmaydi. Agar odamda pulni boshqarish, rejalashtirish, kasb o‘rganish va uzoq muddatli fikrlash ko‘nikmalari bo‘lmasa, ko‘proq pul ham uni uzoqqa olib bormasligi mumkin. Shuning uchun faqat ko‘proq pul topishga emas, pul kelganda uni boshqarishga imkon beradigan qobiliyatlarni ham rivojlantirish kerak. Qobiliyatlaringizni rivojlantirsangiz, pul topish imkoniyatlari ham ko‘payadi. @aqlli_ikkichi
Bizda 2 xil qobiliyat bor: hard skill va soft skill. Hard skill — kasbiy ko‘nikmalar. Ya’ni biror kasb yoki hunarni bilish. Masalan, dasturlarda ishlashni bilish, moliyaviy hisob-kitob qilish, biror mahsulot yaratish yoki texnik ishni bajarish. Soft skill — shaxsiy va ijtimoiy ko‘nikmalar. Odamlar bilan ishlashga yordam beradigan qobiliyatlar. Masalan, yaxshi muomala qilish, mas’uliyatli bo‘lish, va’daga amal qilish, vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish va jamoada ishlay olish. Endi ularning kombinatsiyalarini ko‘rib chiqamiz. 1. Hard skill past + Soft skill past Bu eng yomon kombinatsiya. Na biror foydali kasbingiz bor, na odamlar bilan ishlay olasiz. Yangi narsani o‘rganish qiyin, tanqidni qabul qilmaysiz. Natijada eng oddiy ishlarda, minimal maosh evaziga ishlaysiz. Sizni deyarli istalgan odam almashtira oladi. Taxminiy daromad: $300–400. 2. Hard skill kuchli + Soft skill past Siz yaxshi mutaxassissiz, lekin o‘sishingiz cheklangan. Kasbingiz orqali yaxshi daromad topasiz, ammo jamoa boshqarish, biznes qurish yoki katta loyihalarni rivojlantirish qiyin bo‘ladi. Chunki buning uchun odamlar bilan ishlashni ham bilish kerak. Ko‘pincha bitta darajaga chiqib, o‘sha yerda to‘xtab qolasiz. Taxminiy daromad: $1000–1500. 3. Hard skill past + Soft skill kuchli Odamlar sizni yoqtiradi va siz bilan ishlashni xohlaydi. Birinchi taassurot juda yaxshi bo‘ladi. Lekin vaqt o‘tib, amaliy natija bera olmasligingiz bilinadi. Shuning uchun ba’zan katta pul ishlab, keyin uzoq vaqt daromadsiz qolishingiz mumkin. Masalan: bir oy $4000–5000, keyingi 3–4 oy esa $0. 4. Hard skill kuchli + Soft skill kuchli Bu eng kuchli kombinatsiya. Siz nafaqat ishni o‘zingiz yaxshi bajarasiz, balki boshqalarga ham natija qildira olasiz. Odamlar siz bilan ishlashni xohlaydi, sizga ishonadi va ortingizdan ergashadi. Chunki siz faqat gapirmaysiz — o‘zingiz ham natija ko‘rsatasiz. Shu sababli siz kuchli tadbirkor yoki top-menejer bo‘lishingiz mumkin. Taxminiy daromad: $5000 dan cheksizgacha. @aqlli_ikkichi
O‘zbek tilidagi o‘zgarishlar haqida eshitdingizmi? «G‘», «O‘», «Sh» va «Ch» harflarini o‘zgartirishni taklif qilishyapti. “Ğ”, “Ö”, “Ş” va “Ç” harflar joriy qilinishi ko’rib chiqilyapti. Ularning aytishicha, hozir bu harflar lotin alifbosida ikki belgi bilan yozilgani uchun ikkita harf o‘rnini egallaydi. Til doim o‘zgarib boradi. Undagi qoidalarning yangilanib borishi, yangi qoidalarning qo‘shilishi tabiiy va normal holat. Lekin menimcha, bundan ham dolzarb uchta masala bor. 1. «X» va «H» masalasi Qattiq «x» va yumshoq «h» harflarini yangi so‘zlarda qaysi birini ishlatishni bilmayman. Soddalashtirish uchun bitta harfni qoldirish ham mumkin. Menimcha, bu muammo boshqalarda ham bor. Hatto oddiy «rahmat» va «xo‘p» so‘zlarida ham odamlar tez-tez xato qilib yozadi. 2. Lotin va kirill alifbosi Lotin va kirill alifbolaridan birini to‘liq tanlash vaqti keldi. Men kirill alifbosida o‘qishga qiynalaman, ba'zilar esa lotin yozuvida o‘qiy olmaydi. 3. «Uzi4a blgan qoydla buyi4a 6oziw» modasi Negadir ayrim qatlamlarda shevada yoki ataylab xato yozish normaga aylanib boryapti. Birinchidan, bu xunuk ko‘rinadi. Ikkinchidan, ba'zan yozilgan matnni umuman tushuna olmayman. Axir matn yozishdan maqsad — uni boshqa odam o‘qib, to‘g‘ri tushuna olishi emasmi? @aqlli_ikkichi
"Yangi avlod aynigan, ularning qo‘lidan hech narsa kelmaydi" Bu odatiy holat: eski avlod o‘zidan keyingi avlodni deyarli har doim tanqid qiladi. Ularning fikricha, yangi avlodda ko‘proq qulayliklar paydo bo‘lgan va shu sabab ular dangasa bo‘lib qolgan. Aslida esa bu yangilik emas. Hatto Aristotel ham o‘z shogirdlarini dangasa deb hisoblagan. Sababi, ular ma'lumotlarni yod olish o‘rniga yozib borishni boshlagan ekan. Xo‘sh, yangi avlod rostdan ham yomonmi? Menimcha, yo‘q. Ular shunchaki boshqacha. X va Y avlod vakillari bir joyda umrining oxirigacha ishlab, oilasini boqishi mumkin edi. 10–15 yil ishlagan odam uy sotib olish imkoniyatiga ham ega bo‘lardi. Bugun esa bu formula buzilgan. Oddiy ishda 30–40 yil ishlab ham uy sotib olish qiyinlashib bormoqda. Hatto bitta farzandni voyaga yetkazish uchun ham ko‘pincha ikki ota-onaning ishlashi talab qilinadi. Yangi avlod berilayotgan mukofot evaziga qilinayotgan vaqt almashuvining adolatsizligini tushunib oldi va bu o‘yindan chiqib ketdi. Ular qo‘ng‘iroqdan qo‘ng‘iroqqacha ishlashni istamaydi. Bu dangasalik emas. Zoomerlar bilan ishlash qiyin emas. Faqat ular bilan ishlash qoidalari boshqacha. Mukofotning katta qismini o‘zingizga olib qolib, odamlarni minimal maosh evaziga uzoq vaqt ushlab turish endi ishlamaydi. Zoomer adolatsiz o‘yinni ko‘rishi bilan uni tark etadi. Ular maqsadsiz ishlarga qo‘l urishni istamaydi. Ular o‘zidan kattaroq maqsadning bir qismi bo‘lishni xohlaydi. @aqlli_ikkichi
Shogirdlik haqida batafsil ma’lumot xohlaganlar uchun prezentatsiya. Bitiruvchilarni fikrni bilish uchun tepada belgilangan akkuntga yozsangiz bo’ladi. Darslar keyinga haftadan boshlanadi
O‘tgan yili ikki marta shogirdlik dasturini o‘tkazdik. Dasturda 25 kishi qatnashdi va ulardan 4 nafarini jamoamizga olib qoldik. Aynan shu 4 nafar shogird boshqalarga nisbatan yaxshiroq natija ko‘rsatdi, kasbni o‘rgandi va yaxshi daromad topishni boshladi. Bugun jamoamiz kengaymoqda va bizga ERP injenerlari hamda biznes jarayonlarini quruvchi mutaxassislar yetishmayapti. Bu kasblarni mukammal biladigan tayyor mutaxassislar bozorda juda kam. Shu sababli biz ularni o‘zimiz tayyorlashga qaror qildik. Yaqin kunlarda 20 nafar shogirdni qabul qilib, ularga tizimlashtirish kasbini to‘liq o‘rgatishni rejalashtiryapmiz. Dastlabki 2 oy davomida shogirdlar barcha zarur nazariy bilimlarni o‘zlashtiradi. Shundan so‘ng, eng iqtidorli va natija ko‘rsatgan shogirdlarni jamoamizga ishga olib qolamiz. Qolganlar esa bozorda talab yuqori bo‘lgan va yaxshi daromad olib keladigan kasb egasiga aylanadi. O’tgan safar 150 ariza tushgan edi lekin joy faqat 15 bo’lganligi uchun aksariyatni qabul qila olmadik. Joyni band qilish uchun ariza qoldiring yoki @asoschilarclub akkauntiga yozing
Qurol asosiy kuch bo‘lishi noto‘g‘ri IELTS’ingiz 9.0 bo‘lsa ham, bu hech qanday ko‘rsatkich emas. Bu oddiy qurol, xolos. Muhimi — shu kuchli qurol bilan qanday natijaga erishganingiz. Sun’iy intellektdan zo‘r foydalanishni bilsangiz ham, bu hali ko‘rsatkich emas. Istalgan qurol — multiplikator (ko‘paytiruvchi). Natija = qobiliyat × qurol Matematikani bilganlar tushunadi: qobiliyat 0 bo‘lsa, cheksiz qurol bilan ham natija 0 bo‘ladi. Ya’ni, qo‘lingizda dunyodagi eng zo‘r kamon bo‘lsa ham, ovga chiqmagan bo‘lsangiz — uyga bo‘sh qo‘l bilan qaytasiz. Qurol - yakuniy manzil emas. Uni yo‘lga chiqish uchun o‘rganamiz. @aqlli_ikkichi
Resurslar — mukofot emas, ular mas’uliyat Vaqtingiz, energiyangiz, tanishlaringiz, pulingiz shunchaki sizga berilmagan. Sizdagi bor resurs kimningdir orzusi. Bor narsaga xursand bo‘lish yoki u bilan g‘ururlanish noto‘g‘ri. Yaxshi oilada tug‘ildingizmi? Resurslardan foydalanib, oila biznesini 10x kattaroq qiling. Katta ishlar qiladigan tanishlaringiz bormi? Ular orqali yanada kattaroq ishlarni amalga oshiring. Toshkentda tug‘ilgansiz yoki shu yerda uyingiz bormi? Pulga chalg‘imasdan, boshida karyerangizni rivojlantiring. Katta natijalarga erishganingizdan keyin, boshida sizga yordam bergan resurslar va ustozlarni unutmang. O‘zingiz ko‘tarilgandan keyin, boshqalarning ham yordam berishni unutmang. @aqlli_ikkichi
Yo‘l yurganniki Yo‘lga chiqishdan oldin mingta savol bo‘ladi. Yo‘lga chiqqach esa 3–4 ta aniq savol paydo bo‘ladi. Ishni boshlamasdan turib savol beraverish — vaqtni isrof qilish. Savollarning ham ketma-ketligi bor. Biznes boshlamagan odam korporatsiyani boshqarish haqida so‘raydi. Startap boshlagan odam esa biznesni foydaga qanday olib chiqishni so‘raydi. Yo‘lga chiqmagan odamga uzun yo‘l qisqa ko‘rinadi. Yo‘lga chiqmagan odamga oson ish qiyin tuyuladi. @aqlli_ikkichi
Resurslar doim cheklangan Eng muhim skill — shu resurslarni to‘g‘ri boshqarish. Masalan, vaqt. Hammamizda bir xil — 24 soat. Lekin natija har xil: kimdir kuniga 2-3 ta ish bitiradi, boshqasi esa 8-10 ta. Menga samaradorlikni oshirishda sun’iy intellekt juda katta yordam beryapti. Oldin biror narsani o‘rganish uchun 10-20 soat ketgan bo‘lsa, hozir 2-3 soatda tushunib olyapman. Tizimlashtirish loyihalarimizda ham Claude AI’dan aktiv foydalanamiz. Natijada ishlarimiz 2-3 baravar tezlashdi. Eng qizig‘i — bu texnologiya tasavvur qilib bo‘lmaydigan tezlikda rivojlanyapti. Hozircha uning rivojlanish benchmarki — spagetti yeyayotgan Will Smith videosi. Progressni o’zingiz ko'ring. @aqlli_ikkichi
Oxirgi 2 oy tizimlashtirish loyihalari bilan juda band bo‘ldim. Shu bilan birga, kreativlik inqirozi ham boshlangan — post ideyalari kelmayapti… Sizlarga qaysi mavzular hozir qiziq va dolzarb?👇
Xodimlarimning qo‘lidan hech narsa kelmaydi, deydigan tadbirkorlar har hafta oldimga keladi. Ularning maqsadi — biznesini tizimlashtirish. Lekin biznesi nima uchun tizimlashmayotganining asl sababini bilishmaydi. Tadbirkorlar 2 turga bo‘linadi: “Biznesim bardak — xodimlar aybdor. Ular kuchsiz.” “Biznesim bardak — men aybdorman. Chunki bilimim kam.” 1-turdagi tadbirkorlar bilan ishlash qiyin. Chunki ular o‘zgarishni xodimlardan kutadi. Lekin bunday bo‘lmaydi. Sizning jamoangiz = siz. Agar kuchsiz jamoa yig‘gan bo‘lsangiz, demak muammo faqat xodimlarda emas. Kuchli jamoa yig‘ish uchun biznes egasining o‘zi ham kuchli bo‘lishi kerak. Olimning kafedra rahbari undan ham tajribaliroq olim bo‘ladi, student emas. @aqlli_ikkichi
- Ravshan, bitta yaxshi marketolog olishim kerak edi. - Gaplashib ko‘rdingizmi? Nima muammo? - Gaplashganlarim 15–20 million so‘rayapti. 5–6 millionga yo‘qmi? - Natija qilib beradigan marketolog bunaqa summaga ishlamaydi. Boshlang‘ich tadbirkorlarda shu holat ko‘p uchraydi — ular katta oylik to‘lashdan qo‘rqadi. Nega? Chunki oylikni xarajat deb o‘ylashadi. Aslida esa oylik — sarmoya. To‘g‘ri xodim multiplikator bo‘ladi: 20 million oylik olib, kompaniyaga qo‘shimcha 200–300 million foyda olib keladi. Masalan, mening bir sinfdoshim yaxshi mutaxassis. Yiliga 350–400 million atrofida oylik oladi. Shunga yarasha, faqat o‘zi kompaniyasiga 5–6 milliard so‘m sof foyda olib keladi. Zo‘r almashuv — hamma rozi. Xodimning narxiga emas, olib keladigan qiymatiga qarang. Kimningdir qiymati 3 million so‘m, boshqasiniki esa 30 million. @aqlli_ikkichi
Tizimlashtirish biznes uchun juda kerak narsa, lekin hammaga ham emas Boshlang’ich jarayonda tadbirkor umuman boshqa ishlar bilan band bo’lishi kerak. Nimalar bilan deysizmi? Bosqichga qarab, biznesda 5ta bosqich bor. Har bir bosqich uchun muhim hal qilish kerak bo’lgan ishlar bor va faqat 1ta bosqich uchun - bu tizim. Bu haqida batafsil YouTube video tayyorladik, 20 daqiqa ichida mavzuni tushunib olasiz. Balki shuni bilmaganingiz uchun, ko’pchilikka o’xshab, siz ham yillar yo’qotmasdirsiz. @aqlli_ikkichi
Yaqinda Hormozining $100M Pul Modellari kitobini o‘qidim U yerdan olgan asosiy xulosalarim: 1) 100ta biznes kerak emas, 1ta biznes ichida 100ta taklif yarating 2) Mijozlar sizga ishonmaydi, boshida ularni ishontirish uchun sizga foyda olib kelmaydigan jalb qiluvchi takliflar qiling 3) 1-2 taklif beradigan va Pul Modellari taxlanmagan biznesda ko‘p pul topib bo‘lmaydi 4) Sizdagi asosiy mahsulot (burger) kam foyda olib kelsa ham yoniga qo‘shib sotiladigan mahsulotlarda (fri va kola) katta pul qilish mumkin 5) Mijoz taklifligingizga "Yo‘q" deganida doim alternativ (downsell) taklifingiz bo‘lishi kerak 6) Taklif mazmuni emas, tashqi ko’rinishi muhimroq: “1 futbolka = $10” emas, “1 futbolka = $30 + 2 futbolka bonus” yaxshiroq eshitiladi @aqlli_ikkichi
"Qilaman"ga ishonmang, "Qilganman"ga ishoning Oxirgi 1 hafta xodim qidirish bilan o‘tdi va tepadagi gap asosiy qoidam bo‘lib ishlab berdi. Ko‘p kandidatlar boshlang‘ich etapda bo‘ladi va barcha ishni o‘rganib, qila olishini aytadi. Bunday ehtimoliy nazariyalarga ishonib biznes qiliah - katta xato. Bir ishni qilib ko‘rmagan odam balkim uni qila olmasdir ham. Bu noaniq. Lekin qilgan va qo‘lidan kelgan odam o‘sha ishni eplab ketishi aniq. Biznesda ish bergan instrument bilan ishlashi mumkin bo’lgan gipoteza turganida, birinchisini olish kerak. Odamning kelajakdagi planlaridan foyda yo’q. U kimligini o‘tmishda qilgan harakatlari ko’rsatadi. @aqlli_ikkichi
Siz ham sezganmisiz? Yoshingiz kattalashgan sari, vaqt tezroq o‘tishni boshlaydi Hech narsa qilishga ulgurmadik, lekin yangi 2026-yilning 20% tugab bo’ldi. Nimaga bunday bo‘lishiga qiziqib ko‘rdim. Bu holat faqat hayotida bir xillik ko‘p odamlarda bo‘lar ekan. Ya’ni har kuni bir xil ishlarni qilib yursangiz va hayotingizda yangiliklar kam bo’lsa, vaqt tez o‘tib ketaverar ekan. Kunlar bir biriga o‘xshash bo‘lsa ularni bir biridan farq qilish qiyin. Vaqtni sekinlashtirishni xohlasangiz esa, unga sal qiziqarli yangiliklardan qo‘shishingiz kerak. Bizning kunlarimiz ijtimoiy tarmoqlarda bir xil tarzda ko‘p o‘tib ketyapti. Hayotni yangi xobbilar, bilimlar, odamlar va odatlar bilan boyitmasak bo‘lmaydi. Bo’lmasa hayot o’tib ketganini sezmay qolamiz. Xuddi bir zavodda va bitta lavozimda 50 yil ishlab, pensiyaga chiqdik. @aqlli_ikkichi
Ulg‘ayganingizni asosiy belgisi - siz boshqalarga «должен»siz Bayramlarda sizni endi hech kim tabriklamaydi, qaytganga endi siz ko‘pchilikni xursand qilib chiqasiz. Hech kimdan yordam kutmaysiz, qaytanga endi siz boshqalarga yordam beryapsiz. Vaziyatlarda birovlarni ayblamaysiz, qaytganga hamma aybni o‘zingizdan qidiryapsiz. Agar atrofdagilardan haligacha bir narsa kutib yashayotgan bo‘lsangiz - ulg‘ayish vaqti keldi. @aqlli_ikkichi