Maqsadli Mijoz
СтатистикаMarketingni oson tilda gaplashamiz. Reklama va hamkorlik 👉🏻 @saidxon_abdullaev
- Последний пост
- 10 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Маркетинг
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 343
- 1/48двое суток
- 2 685
- 1/72трое суток
- 2 895
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
SWOT’ni o’rni biznesda juda muhim. Marketolog o’laroq ham bunga oddiy bir termin deb qaramaslik kerak. Yaqinda shu bittagina SWOT analiz, mahalliy bozordagu katta bir biznesni yetarlicha ko’rinmayatgan tomonlarini ochib, biznesni o’stirishda yana yangi imkoniyatlari borligini ko’rsatib berdi. Shu nuqtai nazaridan buni o’rganishda muhim bir qoidalar ham bor, bo’lishaman. - Absolute kuchli va zaif tomon bo’lmaydi. Hammasi raqobatchingiz (bozorga) nisbatan olinadi. - Kuchli taraf siz boshqaroladigan taraflaringiz, siz boshqarolmaydigan narsalar yo tahdid yoki imkoniyat. - Har qanday tahdid ostida imkoniyat yotadi va har qanday imkoniyatni kuchli tarafga aylantirish mumkin. - “Umumiy gaplardan” qochib, aniq faktorlarga tayanish, SWOT tahlilini samarasini oshiradi. - Biror bir taraf kuchli yoki kuchsiz bo’lishi uchun eng yaqin raqobatchingizga qarab olinadi. - Kuchli tarafni kuchli deb olishimiz uchun u birinchi navbatda mijozimizga muhim bo’lishi kerak. @maqsadli_mijoz
Oxirgi vaqtlarda bir jarayon tez-tez takrorlanyapti. Biznesmen tanishlarimizga yaxshi kadr kerak bo‘lyapti. Murojaat qilishadi, tavsiya qila olganimizni tavsiya qilamiz. Suhbatlari yaxshi o‘tsa, yo‘llari birlashadi. Oradan ko‘p o‘tmay esa boshqa tomondan murojaat qilishadi. Marketing yoki savdo sohasidagi tanishlarimiz yangi ish qidirayotgan bo‘ladi. Tavsiya qilamiz. To‘g‘ri kelishsa, yo‘llari birlashadi. Odam shu jarayonni ko‘rib xursand bo‘ladi. Sababchi qilyatganiga shukur. Eng yoqqan tomoni shundaki, yaxshi biznes bilan yaxshi mutaxassis birlashsa, bundan faqat ikki tomon emas, bozor ham yutadi. Bozor rivojlansa, ummat rivojiga ham xizmat qiladi. Yaqinda yana shunday jarayonlardan biriga sababchi bo‘lib qoldim. Keyin o‘yladim. Aslida shu ishni anchadan beri qilyapmiz. Faqat kichik doirada. Lekin ega buni kattaroq doiraga olib chiqmaymiz? Shu fikrdan kelib chiqib @maqsadli_vakansiya kanalini ochdik. Bu yerda faqat marketing va savdo yo‘nalishidagi vakansiyalar ulashiladi. Maqsad esa oddiy: yaxshi bizneslar bilan kuchli mutaxassislarning yo‘llari tezroq kesishishiga sababchi bo‘lish. Qiziq bo‘lsa, kanalga obuna bo‘ling. Marketing yoki savdo bo‘limi uchun vakansiyangiz bo‘lsa, bemalol yuborishingiz mumkin. Imkon qadar sifatli ko‘rinishda ulashib boramiz. Foydali loyiha bo‘ladi degan niyat bilan boshladik. Siz ham oz bo‘lsa-da hissangizni qo‘shsangiz, xursand bo‘lamiz. @maqsadli_mijoz
Turli xil bizneslar bilan ishlayotganda ko'zga ko'rinmaydigan muhim bir yondashuv bor. Bu out of stock'ni oldini olishda biznesni qanchalik bunga tayyor yoki tayyormasligi. Mahsulot holatida ham, xodimlar holatida ham. Siz kommunikatsalarizda ko'rsatayotgan o'sha mahsulotlar, mijoz ma'daniyatiga munosib bo'ib, tashriflarini, qiziqishlarini qancha ko'paytirib bermasin, mahsulot yoki xodim tomonlama out of stock bo'lib turaversa bari harakatlariz bekor bo'laveradi. Ishtiyoqingizga chegara beradigan fikrni bermoqchi emasman-ku, lekin loyihaga birinchi kirishizdanoq mahsulot va xodimlar out of stockiga doimiy e'tibor qarating. Sababi, marketing harakatlarining samarasi, ko‘pincha marketing bo‘limidan keyingi bo‘limlar uni qanday qabul qilishiga bog‘liq. Marketing talab yaratadi. Lekin biznes uni qabul qilishga tayyor bo‘lmasa, eng yaxshi kommunikatsiya ham kutilgan natijani bermasligi mumkin. @maqsadli_mijoz
Bilimga ochiqlik Ko’p bilgan odam ko’p savol beradi deb o’ylaymiz. Aslida aksi ko’proq bo’ladi. Bilim oshgani sari savol kamayadi. Bilganini to’g’ri deb qabul qilib, yangi narsaga eski ko’z bilan qarashni boshlaydi. Bu oddiy holat. Lekin xavfli holat. Chunki eng katta to’siq bilmaslik emas. Eng katta to’siq bilganman deb o’ylash. McKinsey ba’zi proyektlariga mutaxassis emas, bog’bon, qassob oladi. Sababini so’rasez, ular savol beradi. Oddiy, hatto kulgili tuyuladigan savollar. “Nega aynan shunday?”, “Bu shartmi?” kabi. Mutaxassis esa bu savollarni ichida o’ldirgan bo’ladi. Chunki “bu sohadagi qoida shunday” degan bilim bor. Bilim kerak. Lekin bilim ba’zida ko’zni yumadi. Kibr ham xuddi shunday ishlaydi. Faqat kibr bilimdan emas, o’zini baholashdan kelib chiqadi. “Man ko’rganman, man bilaman, man tushunaman” degan his. Va aynan shu his yangi fikrni eshitmaydi. Yangi odamdan o’rganmaydi. Tanqidni qabul qilmaydi. Chunki qabul qilish, bilmaganligini tan olish. Bilmaganlikni tan olish esa kibr uchun eng og’ir narsa. Shuning uchun ko’p bilgan, lekin kam o’sgan odamlar bor. Ko’p tajribali, lekin doim bir joyda aylanib yurgan odamlar bor. O’sish bilimdan emas, yangi bilimni qabul qila olishdan kelarkan. Buning uchun esa odam vaqti-vaqtida o’zini bo’shatishi kerak. Bilganlarini bir chetga qo’yib, eshitishi kerak. Hatto o’zidan yosh, hatto o’zidan tajribasiz odamdan ham. Beginner’s mind deyishadi bunga yaponlar. Boshlovchi ko’zi. Hamma narsaga birinchi marta ko’rganday qarash. Mutaxassisda bir yo’l bor. Boshlovchida esa hamma yo’l ochiq. Kibr ko’p yo’lni yopadi. Kamtarlik esa ko’zni ochiq saqlaydi. @saidxon_abdullaeev
Trade marketingni, Toshkent - Vodiy yo’lidagi patir sotuvchi xolalardan o’rganish kerak. 😅 Mijozga ham, mijozni olib kelishga katta yordam bergan shafyor akalarga ham kuchli takliflar bor doim. @maqsadli_mijoz
Ko'rinayotgan muammo har doim ham asl muammo emas! Yaqinda bir loyihada marketing bo'limi rahbari sifatida faoliyat olib bordim. Loyiha retail industriyaida bo'lib, asosiy marketing harakatlari performance marketing, ya'ni lead generation'ga qaratilgan edi. Deyarli har hafta bitta mavzu muhokama qilinardi: "Lead yetishmayapti." Marketingning asosiy KPI'i ham shu bo'lgani uchun barcha harakatlar lead sonini oshirishga qaratildi va shukur-ki, bu muammoni hal qildik. Lekin qiziq tomoni shundan keyin boshlandi. Leadlar ko'paygan bo'lsa ham, call center bilan bo'ladigan deyarli har bir yig'ilishda yana bitta gap takrorlanardi: "Lead sifati yaxshi emas." Marketing o'z natijasini himoya qiladi, call center esa sifatni past baholaydi. Bunday vaziyatda conflict of interest bo'lishi tabiiy. Chunki har bir bo'lim masalaga o'z KPI'i orqali qaraydi. Lekin man bu safar aynan shu bahs haqida emas, biznesdagi juda muhim bir qarash haqida gapirmoqchiman. Bu qarash Survivorship Bias, ya'ni "Omon qolganlar xatoligi." Bu insoniyat eng ko'p yo'l qo'yadigan mantiqiy va statistik xatolardan biri hisoblanadi. Mazmuni juda oddiy: biz xulosa chiqarayotganda faqat ko'zimizga ko'rinayotgan natijalarni tahlil qilamiz. Ko'rinmayotgan, jarayondan chiqib ketgan yoki muvaffaqiyatsizlikka uchragan holatlarni esa hisobga olmaymiz. Natijada muammo aslida qayerdaligini emas, qayerda ko'rinayotganini tuzatishga urinib qolamiz. Ushbu tushuncha Ikkinchi jahon urushi davrida matematik Abraham Wald tomonidan amaliyotda isbotlab berilgan. Urush vaqtida harbiy muhandislar jangdan qaytgan samolyotlarni tekshiradi. Qanotlari va dum qismida o'q izlari juda ko'p bo'lgani uchun aynan shu joylarni qo'shimcha zirhlash kerak degan xulosaga kelishadi. Ammo Abraham Wald bunga qarshi chiqadi. U shunday deydi: "Biz faqat qaytib kelgan samolyotlarni ko'ryapmiz. Demak, qanotiga yoki dumiga o'q tekkan samolyotlar baribir uchib kela olgan. Motoriga yoki kabinasiga o'q tekkanlari esa umuman qaytmagan. Zirhni o'q tekkan joylarga emas, aksincha o'q tegmagan joylarga qo'yish kerak." Aynan shu qarash minglab uchuvchilarning hayotini saqlab qoladi va keyinchalik tarixga Wald Memorandumi sifatida kiradi. Xo'sh, buning biznesga qanday aloqasi bor? Bizning loyihada ham dastlab hamma muammo lead yetishmovchiligida deb o'ylardi. Shunga mos ravishda barcha energiya lead sonini oshirishga sarflandi va natija ham bo'ldi. Lekin keyinroq jarayonni chuqurroq kuzatganimizda boshqa manzara ko'rina boshladi. Ma'lum bo'ldiki, muammoning muhim qismi leadlarning o'zida emas ekan. Ularni qabul qilayotgan call center jarayonlarida, operatorlarning salohiyatida va ishlash standartlarida ham katta imkoniyatlar yashiringan edi. Boshqa tomondan esa ayrim paytlarda ommaviy reklama qilinayotgan mahsulotlarning o'zi omborda mavjud emas edi. Marketing talab yaratmoqda, lekin biznes uni qondira olmayapti. Bunday vaziyatda reklamaning natijasini yomon deyish qanchalik to'g'ri? Aslida biznesdagi ko'plab muammolar ham shunday. Ko'zga tashlanayotgan KPI'ni yaxshilashga urinamiz, lekin o'sha KPI'ga ta'sir qilayotgan ichki jarayonlarni e'tibordan chetda qoldiramiz. Xulosa: Har safar biznesda biror muammo ko'rinsa, uni darhol ko'zga tashlanayotgan sabab bilan bog'lashga shoshilmang. Ba'zida muammo marketingda emas, sotuv jarayonida bo'ladi. Ba'zida sotuvda emas, mahsulot mavjudligida. Ba'zida esa umuman boshqa bo'g'inda. Chunki biznesdagi eng qimmat qarorlar ko'rinayotgan ma'lumotlarga emas, ko'rinmayotgan sabablarni topa olishga bog'liq. Shuning uchun har safar muammo oldida bitta savolni o'zingizga bering: "Man hozir faqat qaytib kelgan samolyotlarni ko'rayotgan bo'lishim mumkinmi?" Izohlarda fikringizni yozib qoldiring va bu qarash foydali bo'ladi deb o'ylagan tanishingizga ulashing. @maqsadli_mijoz
Kadr tanlashdagi ko’rinmas filtr! Marketing egalari ko’payayayotgani, bozorda esa hali ham kuchli kadrlar yetishmayotgani haqida tez-tez eshitib qolyapman. Ish beruvchi sifatli kadr qidirsa, ish qabul qiluvchi bo‘lsa aynan qayerga kirsa o‘sishi mumkinligini o‘ylaydi. Xo‘p yaxshi, bular bozor rivojlanish vektorlarining belgisidir, lekin qanday o‘lchov bor-ki, har ikki tomonni ham birdek o‘rtalikka olib keladi, filtr vazifasini o‘tab beradi? Xalqaro kompaniyalarda bunga qaraladigan muhim tushuncha bor. Ingliz tilida “business acumen”, o’zbek tilida aytganda biznesni tushuna olish qobiliyati. Ya’ni, odam faqat o‘z vazifasini bilishi emas. Biznes qanday ishlaydi? Pul qayerdan kiradi? Muammo qayerda? Qaysi nuqta o‘ssa, kompaniya tezroq o‘sadi? Shu savollarga qay darajada fikr bera olishi. Masalan, marketologga “Sotuv pasaydi, nima qilamiz?” Deyilganda, faqat reklama haqida gapiryabdimi yoki tizim, mahsulot, mijoz ma’daniyatiga ham chiqurlasha olyabdimi? Shu javobida barchasi bilinadi. Muhim tarafi shunda-ki, ish beruvchi tajribasi kamroq bo‘lsa ham, biznesni tushuna oladigan kadrni olib, “tortib ketadi” deb ishonishi yoki aksi bo’lishi mumkin. Ishga kiruvchi esa vazifani bas, biznesni tushunib kiradi. Natijada adaptatsiya tezlashishi mumkin. Muhimi har ikki tomon ham kutuvlari to’g’ri qo’yilgan holatda bo’ladi. Bekorga eng kuchli consulting kompaniyalari ham bunga qarab qolmagan. Ba’zida CV’dan ham kuchliroq filtr insonning biznesni qay darajada tushuna olishidir! @maqsadli_mijoz
Shunchaki vaqt kerak! Marketolog tanishlarimiz bor, bir loyihadan keyingisiga o'tishganda, turli xil g'oyalar, yondashuvlar bilan kirishadi. Yangi industrya bo'ladigan bo'lsa, qiladigan ishlari ko'p va shu ishlaridan kelib chiqib yonib turishadi. Boshlanishiga hammasi yaxshidek, lekin qisqa vaqtda, ko'ngli to'lmayatgan holatlar bo'lishi mumkin, bu tabiiy. (Portfoliosi yaxshi bo’lsa ham, boshlang’ich bo’lsa ham) Bular: • Biznesni barcha jarayonlarida ham uni oldidan o'tmasliklari • Boshlang'ich holatda kam ish taqsimi • U tomonidan berilyatgan idealar, biznes egasi tomonidan ham to'liq ishonch bilan qabul qilinmayotgani va hkz. Ko'pchilikda bo'ladi va guvohi bo'lyapman, davom etyapti. Endi shunaqa holatda nima qilish kerak, qanday yondashuv to'g'ri? deyilsa, bir subyektiv fikrim bor-ki, barchaga birdek tushadi deb qarayman. Bu, siz ishlayotgan yoki endi kirib kelgan biznesingizda biznes egasini ro'li va uni tushunib olishlik. E'tibor qaratadigan bo'lsak, biznesda tizim qurish oldidan marketolog vazifasini asosan biznes egasi bajaradi-da, uni turli xil fikrlari bilan biznesi yurib keladi. Sababi biznes egasi o'zini biznesini marketologdan ham yaxshi biladi-da, ko'p qarorlarini ichki holati, avvalgi issiq, sovuqlarni bilish orqali belgilaydi. Endi, shu holatidan kelib chiqib sizga vaqt kerak-ki, shunchaki bir muncha vaqt ichida o'zizni ko'rsatib olishiz va u soha modelini yaxshilab tushunib olishiz kerak. Emotsaga berilib shunchaki o'z kayfiyatizga qarab qoladigan bo'lsangiz, o'ylayman-ki bozor kechirishi qiyin va bu holat boshqa ishxonalarizda ham takrorlanaveradi. Tushuning, biznes sizgacha ham, sizdan keyin ham yuraveradi va barcha biznesdagi harakatlar shablon emas-ki, to'g'ri yoki noto'g'ri degan qarashlar bilan o'lchanaveradigan. SIz nima deysiz? Fikrlarizni izohda yozib qoldiring! @maqsadli_mijoz
“Marketingning vazifasi — qiymatni aniqlash, uni yaratish va mijozga yetkazib berish.” • Philip Kotler #Iqtibos @maqsadli_mijoz
Uzoq muddatda 3 yoki 4 o'yinchi qoladi! E'tibor bering, bozor rivojlanyabdi. Avval turli xil o'yinchilar bozorda yakka yetakchilikga oson chiqgan bo'lsa, hozir har bir industryada yetarli raqobatbardoshlik holatlari kuzatilyapti yoki yo'lga qo'yilyabdi. Sababi: biznes qilishda ko'plab imtiyozlar, biznes egalariga turli xil yengillik yoki start upperlarga turli xil investitsiyalar berishligi, bozor ma'danaiyatini ham, mijoz ma'daniyatini ham rivojlantiryapti. Xo'p yaxshi, endi shu holatdan kelib chiqib qanday harakatlar qilishlik kerak-ki, biznesimiz bozorda muhim bir o'rin tutishi kerak? Harakatlar turlicha va har biznesni o'ziga yarasha haqiqiati bor. Lekin bir tadqiqot natijalari bor-ki, barcha biznes egalarini, balki marketologlarni ham muhim bir e'tiborga chaqiradi. Tadqiqot nomi: 'The rule of three and four' bo'lib, dunyodagi yetakchi tadqiqot kampaniyasi bo'lmish "BCG" tomonidan berilgan. Ma'nosi, uzoq muddatda, raqobatbardosh bozorda bora bora 3 yoki 4 o'yinchi qoladi-ki, ular bozorni eng katta hajmlarini egallab olishadi. Ya'ni: Siz bir industryada faolyat ko'rsatyabsiz, harakatlariz natijasidan kelib chiqib yo TOP 3-4 talikdagi ulushga ega bo'lasiz, yoki qolgan kichik o'yinchilar bilan kam ulushlar raqobatiga kirishasiz. Davomida shunday misol bilan beriladi. Bozorda TOP 3 o'rin bor va ular ma'lum bir ulushdorlikgacha chiqishadi, tahminiy o'lchovlari quyidagicha bo'ladi. Yaqqol yetaklikdagi kampaniya bozorni 55% egallaydi. Ikkinchi navbatdagi kampaniya bo'lsa 27,5%. Keyingisi bo'lsa 13,75% ulushdor bo'ladi. Qolgan o'yinchilar bo'lsa bozorni naqd qolgan 3,75% uchun raqobat qilishadi. Bu yerdagi muhim bir qarash, katta harakatlar, katta ulushlarga va albatta marketing, innovatsalarga muhim e'tibor berish bilan bozor ulushini kattaroq egallashda. Xulosa: Har bir strategik yoki taktik harakatingiz bo'lsin, aynan shu ulush va ambitsiyalarga muhim deb qarash bilan tuzilsa. Nafaqat o'zingizni biznesingiz rivojlanadi, balki bu biznes ma'daniyati va xalq qadriyatlari ham yetarli darajada o'sadi. Izohlarda o’z fikringizni qoldirib, bu ma’lumotni bilishi kerak bo’lgan tanishingizga ulashib qo’ying! @maqsadli_mijoz
Brend pozitsiyasi nima o’zi? Biznes\marketing olamida ohirgi paytlar ko’p e’tibor berilishni boshlagan bu atama, O’zbekiston bozorida keng tarqaldi. Marketologlar, marketing agentliklari bu atamani turli xil ko’rinishda yetkizib berishayotgan bo’lsa, biznes egalari ham turli xil ko’rinishda tushunishyabdi. Bir biri bilan aniq bir nuqtaga kelib tushunyatgan 2 tomon ham bor, hali ham brend pozitsiya, brend degan tushunchalarni 2 xil tushunib, turli xil tushunmovchiliklarga borib qolayotgan tomonlar ham bor. Keling bugun, shu mavzuni oson tilda gaplashib, aniq bir o’rtalikni topib olaylik. Yuqorida 2 tomon deb e’tirof qilyatgan tomonlarimiz, biri bizneslar\biznes egalari, ikkinchi tomon marketologlar\marketing agentliklar. Bir tomon uchun brend instagramdagi vizual rasmlar, kamunikatsalar deb tushunilsa, keyingi tomon aniq bir strategiyadan kelib chiqilgan bir slogon deb qarashi mumkin. Shunda, brend pozitsiya nima va uni biznesdagi o’rni qanday? Ko’p holatlarda klassik yondashuv qilib, CustDev, JTBD’lar o’tkazib, natijasini muhokama qilamiz. Bu o’tkizayotgan terminlarimiz vaqt va kuch talab qiladi, ohirgi maqsad esa ko’proq hissiyotga, turli xil hissiy so’zlarni birlashmasiga qarab borib qoladi. APPLE misolida ko’rsak, pozitsiyasi “Think different”. Tarjimasi, shunchaki boshqacha fikrlamoq, boshqalardan ajralib turmoq ma’nosini bersa. Shunchaki mavhumlikga boryapti deb ham qarab qolamiz. Lekin e’tibor beryatgan joyi shunda-ki, boshqalardan ajralib turadigan premium ko’rinish va sifatni xohlamoqchi bo’lsang bizni tanla deydi. Biz sanga aynan shu o’rinda, hayotingdagi gadjetlar kerak bo’lgan nuqtalarda yordam beraman deydi. Mijozlarga bu holatlar tanishligidan kelib chiqib, aynan shu nuqtalarda uni mahsulotlarini xarid qilishni afzal deb ko’rishadi. Ya’ni, biznes ham, mijoz ham bir nuqtada tutashyapti, bir birini tushunib harakat qilyabdi. Aynan shu tutashish nuqtasini biznes brend pozitsiya deb atalib, marketing tomonlama mijozlarga eslatma qilyabdi. Xulosa: Shu yerda bitta muhim nuqtani ajratib olish kerak. Brend pozitsiyasi, bu reklama emas. U na dizayn, na rang, na Instagram postlar yig‘indisi. U asosan biznesning mijoz hayotidagi aniq bir vaziyatda: “Nima uchun aynan meni tanlashing kerak?” degan savolga bergan aniq javobi. Agar shu javob biznes ichida ham, marketing tarafida ham bir xil bo‘lmasa, muammo shu yerdan boshlanadi. @maqsadli_mijoz
STP'ni biznesdagi o'rni! Katta brendlarning reklama kampaniyalarini ko‘rib, hayratlanib qolish odatiy holga aylangan. Nike, Apple, Coca-Cola yoki Airbnb, deyarli har bir kampaniyada aniq bitta mavzu, bitta g‘oya va bitta yo‘nalish bo‘ladi. Tomoshabin sifatida biz u reklama kampaniyalardan turli xulosalar chiqaramiz. Kimdir ilhom oladi, kimdir brendga yaqinlik his qiladi, yana kimdir mahsulotni sotib olishga qaror qiladi. Lekin bu xulosalar qanchalik turli bo‘lmasin, ularning barchasi oxir-oqibat bitta nuqtaga borib taqaladi, bu brend yetkazmoqchi bo‘lgan asosiy tushuncha va maqsadga. Bu tasodif emas. Sababi katta brendlar marketingni reklama bilan boshlamaydi. Ular marketingni tadqiqot bilan boshlaydi. Ichki marketing va strategiya jamoalari ma'lum bir vaqtlar davomida bitta muhim masala ustida ishlaydi: brend tashqi muhitda qanday qabul qilinishi kerak? Shu jarayonda ular o‘zlariga doim bir xil savollarni beradi: biz qanday brendmiz, bizning qadriyatlarimiz nima, biz kimlar uchun mavjudmiz va odamlar bizdan nimani kutadi? Bu savollarga aniq javob topilgandan keyingina brend o‘zining maqsadli mijoz portretini shakllantiradi. Keyingi barcha qarorlar: reklama mavzusi, vizual, matn uslubi, qaysi kanalda chiqishi va hatto ovoz ohangigacha aynan shu portretga moslab quriladi. Mana shu nuqtada marketingda juda muhim bir jarayon ishga tushadi. Katta bo‘ladimi yoki kichik, tizimli ishlayotgan deyarli barcha kuchli marketinglar aynan shu yerda tartibga tushadi. Bu — STP. STP — bu marketingda shunchaki nazariyasi emas, balki bu tartib. Segmentatsiya, Targeting va Positioning bular murakkab so‘zga o‘xshab ko‘rinishi mumkin. Lekin amalda STP marketingdagi eng oddiy savolga javob beradi: biz aynan kim bilan gaplashyapmiz va nima uchun u bizni tanlashi kerak? STP haqida batafsil: Birinchi bosqich — Segmentatsiya. Bozorni “hamma” deb qabul qilgan brend hech qachon kuchli bo‘la olmaydi. Chunki “hamma” degan auditoriya mavjud emas. Kimdir narxga qaraydi, kimdir qulaylikka, yana kimdir obro‘ga. Kimdir bugun sotib olishga tayyor, kimdir hali muammoni anglamagan. Segmentatsiya mana shu farqlarni tan olishdir. Yosh, kasb, xulq-atvor, ehtiyoj, qaror qabul qilish sababi, bular shunchaki ma’lumot emas, bu kelajakdagi marketing qarorlarining fundamenti. Keyingi bosqich — Targeting. Bu yerda brend hal qiluvchi qaror qabul qiladi: “Biz hammaga emas, aynan kimga xizmat qilamiz?” Kuchli brendlar bu savoldan qo‘rqmaydi. Aksincha, ular ataylab torayadi. Chunki ular biladi: aniq auditoriya uchun qurilgan taklif har doim kuchliroq ishlaydi. Targeting — bu faqat “kimga sotamiz” degan savol emas, balki “kim uchun yo‘qmiz va bu normal holat” degan qaror. Va eng muhim bosqich — Positioning. Bu bosqichda mahsulot emas, ma’no sotiladi. Nega odam sizni tanlashi kerak? Siz bozordagi boshqa variantlardan nima bilan farqlanasiz? Qaysi nuqtada sizning va’dangiz mijoz uchun muhim bo‘lib qoladi? To‘g‘ri positioning bo‘lmasa, eng chiroyli dizayn ham, eng katta reklama byudjeti ham ishlamaydi. Chunki odamlar reklama emas, o‘ziga mos yechimni izlaydi. STP to‘g‘ri qo‘yilganda bitta juda muhim narsa sodir bo‘ladi: marketing shunchaki “baland gapirish”dan to‘xtaydi va 'aniq gapirishni' boshlaydi. Matnlar umumiy bo‘lmaydi. Vizual tasodifiy bo‘lmaydi. Reklama kampaniya “yoqsa bo‘ldi” emas, “to‘g‘ri odam tushundimi” savoliga ishlaydi. Tone of voice ham aynan shu yerda shakllanadi, rasmiy yoki do‘stona, sodda yoki murakkab, sokin yoki provokatsion. Chunki bu ovoz brend xohlagani uchun emas, maqsadli mijoz shuni qabul qilgani uchun tanlanadi. Xulosa qilib aytganda, kuchli marketing tasodifan paydo bo‘lmaydi. U chiroyli reklama, baland shior bilan boshlanmaydi. U aniqlikdan boshlanadi. Kim uchun ishlayapmiz, nimani va’da qilyapmiz va odamlar nega aynan bizni tanlashi kerak. Tavsiya o'laroq siz ham ishlayotgan korxonangizda aniqlab oling. Agarda aniq bo'lsa har qancha vaqtda ular bilan turli CustDev'lar o'tkizib yangiliklar bilan bo'lishib boring! Keyingi postda nima haqida gaplashamiz, izohda yozib qoldiring👇🏻 @maqsadli_mijoz
Mijoz nega aynan sizni tanlashi kerak? Bozorni tushunish avvalgidek oson emas. Kecha ishlagan yondashuv bugun natija bermayapti, bugun ishlayotgani esa ertaga eskirib qolishi mumkin. Atrofga qarasangiz, hamma harakatda, kimdir arzonlashyapti, kimdir tezlashyapti, kimdir “innovatsiya” deb gapiryapti. Lekin shovqin ko‘paygan sari bitta savol yanada dolzarb bo‘lib chiqadi, bu bozorda aslida nimasi bilan yutish mumkin? Ko‘p bizneslarda aynan shu joyda ikkilanamiz. Bozorga qarab emas, o’zimizni ichki holatimizga qarab gapiramiz:.“Mahsulotimiz yaxshi, jamoamiz kuchli, xizmatimiz sifatli”. Lekin xaridor boshqa savol bilan yashaydi, “Nega aynan sizni tanlashim kerak?”. Bu savolga aniq javob bo‘lmaganda, marketing qancha chiroyli bo‘lmasin, u ishlamaydi. Og‘riq ham shu yerda. Kontent chiqyapti, reklama aylanyapti, lekin bularning bari bitta fikrni mustahkamlamaydi. Natijada brend xotirada qolmaydi, savdo esa tasodifga bog‘lanib qoladi. Bugun bor, ertaga yo‘q. Aynan shu vaqtda marketingni EST modeli, bozorni tushunishning oddiy formulasi vazifasini bajarib beradi. Bozor aslida murakkab emas, u odamlarning tanlovi atrofida aylanadi. Xaridor nimanidir tanlaydi: kimnidir arzonligi uchun, kimnidir tezligi uchun, kimnidir qulayligi yoki tajribasi uchun. Hech kim hammasini birdek mukammal qilayotgan brendni qidirmaydi. Odamlar o‘z ehtiyojiga mos keladigan bittagina kuchli sababni qidiradi. Mana shu yerda EST (Easy, Speed, Cheap/Attractive, True/Innovative) modeli yordam beradi: E – Easy / Osonlik: Xaridor sizning mahsulotingizni ishlatish yoki xizmatdan foydalanishni oson deb biladimi? S – Speed / Tezlik: Siz tezlikni kuchli taraf sifatida taqdim eta olasizmi? T – True / Qo‘shimcha tanlovlar: Bu yer ikki variantda ishlaydi: Arzon (Cheap): Siz bozorda narx jihatdan tanlovni kuchli qilasizmi? Yoqimli / Tajriba (Attractive/Innovative): Siz noyob, yoqimli yoki innovatsion tajriba bera olasizmi? Shunda savollar keladi: - Biz haqiqatan nimada kuchlimiz? - Nimani tanlamasligimiz kerak? - Qaysi raqobat yo‘nalishiga kirmaymiz? Savollarga qanday javob izlaymiz? - Mijozimizga qaraymiz, u nimani qadrlaydi? - Raqobatchilarni tahlil qilamiz, ular qayerda kuchli, qayerda zaif? - O‘zimizga ochiq savol beramiz: biz qaysi 2–3 jihatda haqiqiy qiymat bera olamiz? Shundan keyin marketing, kontent, reklama va savdo bir yo‘nalishda harakat qiladi. Barcha vositalar bitta fikrni mustahkamlaydi, bizni tanlovimizni. Xulosa: Marketing noaniqlik bilan baland gapirish emas. Balki aniqlilik bilan bozorga yondashish. Bozorda o‘rnimizni tushunish va shu o‘rindan gapirish. Kimligini bilgan brend o‘zini isbotlashga urunmaydi. U shunchaki tanlanadi! @maqsadli_mijoz
CustDev doim ham ko‘pchilik bilan bo‘ladimi? Biznes va marketingda mijozlarni o‘rganish haqida gap ketganda, ko‘pchilikning xayoliga darrov so‘rovnomalar keladi. Ko‘p odam, ko‘p javob, ko‘p raqam. Lekin CustDev har doim ham ko‘pchilik bilan bo‘lishi shart emas. CustDev’ning asosiy vazifasi, mijozni tushunish. Uning muammosini, fikrlash tarzini, qaror qabul qilish sabablarini bilish. Shu sababli u biznes barqarorligi uchun juda muhim. Muhimligini bilamiz. Lekin savol boshqa: bu o‘rganish jarayoni doim ham bizga qulay va “ideal” ko‘rinishda bo‘ladimi? Avval bozorda ishlatiladigan asosiy CustDev turlarini ko‘rib chiqaylik. CustDev turlari: — Miqdoriy: Online formatda turli xil formalar, so‘rovnomalar orqali. Katta auditoriya, raqamlar, foizlar. — Sifatli: Online yoki offline. Bor mijozlar va hali mijoz bo‘lishi mumkin bo‘lganlar yokida avval mijoz bo’lib, keyinchalik raqobatchilarni tanlaganlar. Va yana bir tur bor, ko‘p hollarda e’tibordan chetda qoladi. — Kundalik qisqa suhbatlar: Har kuni mijoz bilan bo‘layotgan real muloqotlar. Ko‘pincha biznes egalari va marketologlar aynan birinchi ikki tur eng to‘g‘risi deb hisoblaydi. Ha, ular kerak. Lekin xulosa qilish eng oson bo‘lgan manba har doim ham rasmiy tadqiqotlar emas. Ba’zan eng kuchli CustDev, bu kundalik suhbatlarning o‘zi. Buni qanday qilish mumkin? Sotuv bo‘limida ishlab ko‘ring. Qayta mijoz bilan ishlaydigan sifat nazorati bo‘limi bilan yonma-yon bo‘ling. Yoki ijtimoiy tarmoqlarda yozayotgan mijozlar bilan shaxsan o’zingiz gaplashing. Bu yondashuv arzon, doimiy va eng muhimi, mijozga eng yaqin ko’rinishda bo’ladi. Natija darrov ko‘rinmasligi mumkin. Lekin vaqt o‘tib: — muammolar aniqroq ko‘rina boshlaydi — yangi g‘oyalar paydo bo‘ladi — taxminlar emas, real gaplar bilan ishlaysiz! Xulosa o‘rnida: Ofis ichida o‘tirib, “qanday qilib ideal g‘oya qilamiz?” deb o‘ylash yetarli emas. Agar biznesning ichida, bo‘limlarida, mijoz bilan birga bo‘lmasangiz, strategiya ham, budjet ham samarasiz bo‘lib qolish ehtimolligi yuqori! Muhim qo’shimcha: Biznesingiz muhim qarorlar ustida ikkilanayotgan, aniq bir positioning aniqlash jarayonida bo’lsa. Yuqoridagi 2 ta ketma ketlik, miqdoriy va sifatlini tashlab ketmang. Ushbu post ularni muhim emas degan o’lchovda yozilmadi. Sizdagi qarashlar qanday, izohda fikringizni qoldiring 👇🏻 @maqsadli_mijoz
CAC yoki LTV qaysi ko’rsatgichga e’tibor qaratish muhim? Yaqinda bir tadbirkor tanishim bilan marketing haqida gaplashib qoldik. Suhbat davomida shunday dedi: “Bizda eng asosiy masala, bitta mijozni olib kelish narxi (CAC) oshib ketmasligi. Marketing jamoasiga CACni past darajada ushlab turish bo‘yicha KPI qo‘ysak bo‘larkan.” Bu fikr ko‘pchilik tadbirkorlarda uchraydi. Chunki bozorda raqobat kuchaygan sari CAC tabiiy ravishda oshib borayotganini hamma sezmoqda. Reklama platformalari qimmatlashyapti, iste’molchi tanlovi ortmoqda, industriyalar to‘yinmoqda. Ammo shu yerda bir nozik nuqta bor: CAC — bozor tomonidan belgilanuvchi ko‘rsatkich. Uni sun’iy pastga tushirish yoki bir normada ushlab turish odatda imkonsiz. Kelin avval bozordagi real holat: CAC va LTV rolini tushunishga e’tibor qarataylik. Bugungi kunda har qanday industriyada ikkita ko‘rsatkich biznes barqarorligini hal qiladi: 1) CAC — mijozni olib kelish narxi (tejamkorlik haqida emas, bozor dinamikasi haqida signal beradi). 2) LTV — mijozdan butun munosabat davomida olinadigan qiymat (biznesning haqiqiy kuchi bormi yoki yo’qmi, o’lchab beradi). CAC oshishi, normal jarayon. Lekin LTV oshmasa, biznes uchun xavf tug‘iladi. Dunyo bo‘yicha yirik kompaniyalar aynan shu sababli CACni emas, LTV/CAC nisbatini boshqaradi. Ya’ni mijoz qimmatga kelsa ham, undan keladigan foyda yuqori bo‘lsa, model sog‘lom bo‘ladi. Shu tushunchalardan kelib chiqib tadbirkor tanishimga va marketing sohadagi tanishlarimga tavsiya beraman: Marketingga CACni cheklash KPI sini bermang. Bozorni to‘xtata olmaysiz. Buning o‘rniga mijozdan olinadigan qiymatni, LTVni ko‘paytirish strategiyasiga o‘ting. Bu nima degani? - Mijoz bilan aloqani uzaytirish - Qayta sotuvni mustahkamlash - Servisni yaxshilash - Sodiqlik tizimlarini kuchaytirish - O‘rtacha chekni oshirish Xalqaro bozorga ham e’ribor beraylik. Misol uchun Netflix? Netflix mijozni qimmatga olib keladi, lekin uni yillar davomida ushlab turadi. Shuning uchun doim o‘sadi. Umumiy xulosa: Bozordagi o‘zgarishlarni to‘xtata olmaysiz, lekin mijozdan olinadigan qiymatni kuchaytirish, to‘liq sizning qo‘lingizda. Kim LTV’ni boshqara oladi, o‘sha bozorni boshqaradi. Siz qanday qaraysiz, fikringizni izohda qoldiring 👇🏻 #marketingformula @maqsadli_mijoz
PORTER’NING 5 KUCHI, RAQOBAT MUHITINI TO‘G‘RI TUSHUNISH MODELI Ko‘pchilik bizneslar o‘z mahsulotini ishlab chiqadi, reklama qiladi, narxini belgilaydi. Lekin bir muhim jihat ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi, bozor ichidagi raqobat muhiti aslida qanchalik bosimli? Shu joyda ko‘p xatolar boshlanadi. Masalan: - “Bozorda raqib kam” deb o‘ylanadi, lekin o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ko‘p bo‘ladi. - “Narxni pasaytiramiz, xaridor bizni tanlaydi” deyiladi, lekin xaridorning kuchi yuqori, u istalgan payt boshqa brendga o‘tadi. - “Yangi soha, imkoniyat katta” deb o‘ylanadi, lekin kirish to‘siqlari (litsenziya, texnologiya, sarmoya) nihoyatda baland bo‘ladi. Natijada biznes strategiyasi raqobat muhitiga mos kelmaydi. resurs sarflanadi, lekin natija bo‘lmaydi. Shu sababli marketingda Porter’s Five Forces modeli ishlatiladi. Bu model bozor ichidagi raqobat darajasini 5 kuch orqali baholaydi. Bular: 1) Existing Competitors (mavjud raqobatchilar kuchi) Bozorda hozir nechta o‘yinchi bor? Ularning narx, sifat, xizmat, reklama jihatidan ustunligi qanday? - Misol: bir xil segmentda 10 ta telefon do‘koni ishlasa, farqlanish juda qiyin bo‘ladi. 2) Threat of New Entrants (yangi kiruvchilar xavfi) Yangi kompaniyalar uchun bozorga kirish osonmi yoki qiyinmi? - Agar kirish oson bo‘lsa (kam sarmoya, kam to‘siq), ertaga yangi raqib chiqadi. 3) Threat of Substitutes (o‘rinbosar mahsulotlar xavfi) Sizning mahsulotingiz o‘rnini bosadigan alternativalar bormi? - Misol: taksi xizmatlari uchun metro, skuterni ijaraga olish, yo‘lovchi bilan bo‘lishish ilovalari. 4) Bargaining Power of Buyers (xaridorlar kuchi) Xaridor tanlov imkoniyatiga egami? U sizdan qanchalik mustaqil? - Agar xaridorlar narx, servis yoki sifatni taqqoslay olsa, ular kuchli. Sizga bosim o‘tkazadi. 5) Bargaining Power of Suppliers (yetkazib beruvchilar kuchi) Resurs, xomashyo yoki xizmatlarni faqat bitta manbadan olasizmi? - Agar ta’minot manbalari cheklangan bo‘lsa, sizning foyda marjangiz bosim ostida qoladi. Porter modeli shuni o‘rgatadi: Bozor “imkoniyat” emas, tizimli kuchlar maydoni. Ularni to‘g‘ri baholagan brendlar tez moslashadi, xatoni erta ko‘radi va resursni to‘g‘ri yo‘naltiradi. Agar bu tahlil qilinmasa: - Raqobat darajasi noto‘g‘ri baholanadi - Yangi kiruvchilarni oldindan ko‘rmay qolasiz - Xaridor va yetkazib beruvchilar bosimi kuchayadi - Narx va pozitsiya strategiyasi noto‘g‘ri tuziladi Shuning uchun Porter’s Five Forces, bu “raqobatni o‘lchash o’rtaligi”. Har bir bozorga kirish, yangi mahsulot, yangi filial yoki segment tanlashdan oldin shu 5 kuchni o‘lchab chiqing. Shunda siz “bozorga chiqish” emas, to‘g‘ri joylashish strategiyasini yaratasiz. Doimgiday savol: Siz hozir faol bo‘lgan sohada Porter modeli bo‘yicha qaysi kuch eng kuchli deb o‘ylaysiz, xaridorlarmi, raqiblarmi yoki yangi kiruvchilarmi? Izohlarda fikringizni yozing 👇🏻 #marketingstrategiya @maqsadli_mijoz
Siz ham budjetni yil yakunida qo’yasizmi? Ko‘p biznes egalari bilan uchrashuvlarda bo‘laman. Suhbatlarda ularning biznesining ichki va tashqi holatini, rivojlanish jarayonlarini, kengayishdagi to‘siqlarini va yangi imkoniyatlarini tahlil qilamiz. Yaqinda shunday uchrashuvlardan birida, yirik biznes egasi bilan gaplashib qoldim. U 2025-yil boshidan beri qilgan ishlari, o‘sish natijalari haqida faxr bilan aytib berdi. Natijalarni eshitib xursand bo‘ldim, lekin shu payt bitta holat e’tiborimni tortdi. Ularning yillik biznes va marketing strategiyasi, hamda budjet taqsimoti har yili aynan yil yakunida tuzilarkan. Ya’ni butun yil davomida ishlanadi, keyin yil ohirida natijalar yig‘ilib, shundan kelib chiqib keyingi yil uchun budjet belgilanadi. Bu holat ko‘pchilikda bor Qiziqib, yana bir nechta o‘zbek bizneslari bilan suhbatlashdim. Ko‘pchiligi shunday yondasharkan, yil tugagach budjet qo‘yish, reja tuzish bilan. Bu yondashuvning o‘ziga yarasha ijobiy tomonlari bor: natijalarga asoslanasiz, raqamlar aniq bo‘ladi. Lekin katta bozorlarda, yirik brendlar bunga ancha oldinroqdan, yil tugashiga 2–3 oy qolganida kirishadi. Nega bu foydaliroq? - Kelasi yil uchun qilinadigan ishlar ro‘yxati hozirdanoq shakllanadi. - Bozor holati va ichki resurslar qayta tahlil qilinadi — yangi imkoniyatlar paydo bo‘ladi. - Kampaniyalar, media joylar, hamkorliklar oldindan rejalashtiriladi. - Yil boshida “endi nima qilamiz?” degan pauza bo‘lmaydi, jamoa aniq yo‘nalishda davom etadi. Yilni boshlashga emas, davom ettirishga tayyor bo‘lasiz. Xulosa Biznesingizda yoki ishlayotgan kompaniyangizda biznes/marketing strategiyasi va budjet taqsimotini hozirdan tuzishni boshlang. Bu faqat rejalashtirish bo’lmaydi, balki kelasi yilni kuchli boshlash uchun fundament vazifasini o’tab beradi. Omad! #strategikfikrlash @maqsadli_mijoz
Assalomu alaykum! Xabaringiz bor, “Maqsadli mijoz” kanalimiz yaqinda faol ko’rinishda postlar joylashni boshladi. Oldingidak qiziq mavzular, foydali bilimlar ulashish niyati bor, faqat aniq bir yo’nalish yoki ketma-ketlik yo’qolgan. Sababi, ancha vaqtdan beri suhbatlashmadik, so’rovlarni eshitmadik, bizni beradigan faol postlar va kutuvchi “siz” auditoriyani aniqlolmadik. Endi aniqlash vaqti, auditoriyani holatini bilish vaqti keldi. Siz ham oldingidak faol ko’rinishda bilim almashinuvlari qilishimizni xohlasangiz, yanada faol bo’lishimizni xohlasangiz, pasdagi havola orqali o’tib, o’z fikrlaringizni qoldirishda yordamlashing. Har bir fikr, har bir inson, biz uchun muhim, e’tiborsiz qoldirmang. Maqsad — bozorni birga rivojlantirish. Qo‘llab-quvvatlang, marketingni oson tilda gaplashamiz! So’rovnomada qatnashish uchun, ushbu havola ustiga bosing!
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi nega jarimaga tortildi? Yaqinda AFC tomonidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (UFA) 340 ming dollar jarimaga tortildi. Sababi rasmiy homiy bo‘lmagan brend reklamasining ko‘rinishi, ya’ni ambush marketing holati qayd etilgan. Qanday vaziyat yuz berdi? Qatar bilan o‘yindan keyin UFA yopilish marosimini tashkil qilgan va unda ruxsat berilmagan brend reklama qilingan (BYD avtomashinalari). Bunday musobaqalarda faqat rasmiy homiylar reklama huquqiga ega bo‘ladi, boshqa har qanday ko‘rinish qoidabuzarlik sifatida baholanadi. Ambush marketing nima o‘zi? Ambush marketing — bu kompaniya rasmiy homiy bo‘lmasa ham, o‘zini tadbir bilan bog‘lash orqali auditoriya e’tiborini tortishga qaratilgan strategiya. Maqsad: katta auditoriyaga katta homiylik to‘lovi qilmasdan chiqish. Ambush marketing odatda uch shaklda uchraydi: - To‘g‘ridan-to‘g‘ri — o‘zini rasmiy homiy sifatida ko‘rsatishga urinish. - Bilvosita — tadbir belgilaridan foydalanmasdan, lekin unga yaqin assotsiatsiya yaratish. - Tasodifiy — kompaniya buni rejalamasada, odamlar uni tadbirga bog‘lab qabul qiladi. Endi har narsani yaxshi va yomon tomonlari bo’lganidak, bu marketing yondashuvini ham yaxshi va yomon tomonlari bor, birgalida ko’rib chiqamiz. Yaxshi tomonlari: - Katta auditoriya qamrovi bo’lishi mumkin - Nisbatan kam xarajat ishlatilishi mumkin - Kengroq ijodiy yondashuv imkonini yaratishi mumkin Yomon tomonlari: - Yuqoridagi holatlardagidek huquqiy cheklovlarga duch keladi - Brend obro‘siga xavf tug‘dirishi mumkin bo’lgan holatlar ham bo’ladi Endi savol tug’ulishi mumkin, buni qonun doirasida qanday ishlatsa bo’ladi? Ambush marketingni to‘g‘ri yondashuv bilan qonuniy tarzda ham amalga oshirish mumkin. Buning uchun: - Tadbir logotipi yoki shioridan foydalanmaslik - Tadbir nomini tilga olmasdan, lekin kontekst yaratish - Media translyatsiyalariga homiylik qilish - Tadbir ruhiga mos reklama kampaniyasi tashkil etish Xulosa Ambush marketing — kuchli auditoriya jalb qilish usuli bo‘lishi mumkin. Biroq bu strategiyani ishlatishda ikkita aniq masalani unutmaslik kerak: 1) Qonuniy chegaradan chiqmaslik 2) Brend obro‘siga putur yetkazmaslik To‘g‘ri strategiya bilan bu katta imkoniyat, agar noto‘g‘ri qo‘llansa jarima, bosim yoki reputatsion yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Siz bu marketing yondashuvini brendingizda qaysi holatlarda ishlatardingiz, izohlarda fikrlaringizni qoldiring 👇🏻 #yangiliklar @maqsadli_mijoz
PESTLE tahlili nima va nima uchun muhim? Ko‘pchilik bizneslar strategiya tuzadi, bozorga kirish rejalari qiladi, yangi mahsulot yoki kampaniya boshlaydi. Lekin bitta katta xato takrorlanadi, faqat ichki rejalar tuziladi, tashqi omillar esa inobatga olinmaydi. Natijada quyidagi holatlar ko‘p uchraydi: - “Mavsumda sotuvni ko‘paytiramiz” deyishadi, lekin bozorda qonunchilik yoki iqtisodiy o‘zgarish borligini hech kim tahlil qilmaydi. - Raqiblar yangi texnologiyalar joriy qiladi, lekin sizda hali ham eski formatdagi reja ishlaydi. - Narx o‘zgartiriladi, lekin xaridorlarning xarid qobiliyati yoki odati tekshirilmagan bo‘ladi. - Reklama kampaniyasi boshlanadi, lekin huquqiy cheklovlar yoki ekologik talablar oldindan ko‘rilmagan bo‘ladi. Shu sababli biznes ichkaridan to‘g‘ri ishlayotganday tuyuladi, lekin tashqi omillar tufayli natija past bo‘ladi yoki umuman teskariga ketadi. Bunday xatoni oldini olish uchun marketingda bitta kuchli tahlil formulasi bor, bu PESTLE metodi. PESTLE — bu strategiyani boshlashdan oldin tashqi muhitni to‘liq o‘lchab olishga yordam beradigan tahlil modeli. U 6 ta asosiy omilni tartib bilan ko‘rib chiqadi: P — Political: Davlat siyosati, soliqlar, import/eksport cheklovlari, litsenziya talablari. E — Economic: Valyuta kursi, inflyatsiya, bozor xarid qobiliyati, iqtisodiy barqarorlik. S — Social: Aholi demografiyasi, iste’molchi odatlari, turmush tarzi, ijtimoiy orientatsiya. T — Technological: Innovatsiyalar, yangi kanallar, avtomatlashtirish, raqamli transformatsiya. L — Legal: Qonunchilik, reklama cheklovlari, “data privacy”, kontrakt talablari. E — Environmental: Ekologik me’yorlar, chiqindi siyosati, barqarorlik talablari. Nega bu muhim? Chunki ichki reja o‘zi yetarli emas. Marketing strategiyasi yoki mahsulot pozitsiyasi faqat sizga bog‘liq emas, tashqi fon ham har doim sizga ta’sir qiladi. Agar PESTLE qilinmasa: 1) Strategiya real sharoitga mos kelmay qoladi 2) Risklar oldindan ko‘rinmaydi 3) Resurs noto‘g‘ri yo‘naltiriladi 4) Raqobatchi sizdan tezroq moslashib ketadi v h.k PESTLE metodi strategiyani to‘g‘ri “joylashtirish” uchun ishlaydi. Masalan, “Bozorga kiramiz” degan umumiy gap o‘rniga: - Siyosiy holat qanday? - Xaridorlarning to‘lov qobiliyati yetarlimi? - Texnologiya sizga foydami yoki to‘siqmi? - Yangi qonunchilik sizga tegishlimi? - Iste’molchilar turmush tarzida qanday o‘zgarishlar bor? - Ekologik talablar sizga majburiyat yuklayaptimi? Shunda siz reja qilasiz, “shunchaki gipoteza” emas, balki umumiy xulosalarni “bilgan holatda”. Shuning uchun PESTLE bu nazariya emas, balki har qanday rebrending, eksport, yangi filial, mahsulot yoki kampaniya oldidan qilinishi kerak bo‘lgan strategik tekshiruv ro‘yxati. Doimgiday sizga ochiq savol: Siz PESTLE’ni ilgari nazariyada shunchaki eshitganmisiz yoki amalda ham tahlil qilib ko‘rganmisiz? Yoki yana qanday tahlil formulalarini ishlatgansiz, SWOT, PORTER, BCG yoki boshqasi? Izohlarda yozib qoldiring 👇🏻 #marketingformula @maqsadli_mijoz