tgindex
Abdusattor

Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal ✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot Maqsad Club: @maqsadobuna

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
3
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Маркетинг (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
60 198
−105 за 4 дн.
Сутки
−8
−0,01%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
45,3 тыс
21 постов
Вовлечённость
75,3%
к подписчикам
Постов в день
0,4
всего 21
Упоминаний
31
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
23 512
1/48двое суток
26 944
1/72трое суток
29 060

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 14 авг.13,7 тыс21160

    Uy olma, qo’shni ol deyishgan. Uyni olib bo’ldim, endi qo’shni olish kerak. 1 yil oldin, o’zi uy olish niyyatim yo’q edi lekin bu loyiha taklif qilgan narxi va to’lov shartlari shu loyihadan uy olishga majbur qildi. Ko'z tegmasin loyiha qurilishi kutilganidan ham tez ketyapti. 1 yil oldin tekis dala bo’lgan joyda hozir bir nechta blok uylar 11-12 qavat qurilib bo'lingan. "O'rmon Saroyi" loyihasini qurayotgan Vatan qurilish kompaniyasining egasi Hojimurodni shaxsan taniyman. Qadriyatli, bergan va'dasini ustidan chiqadigan inson. Bu kompaniyaning yana “Ostona” va “Yangi Qoʻyliq 2” loyihalari ham bor. Bugun kompaniya barcha loyihalari uchun katta chegirma e’lon qilgan. Chegirma shartlari, loyihalarning holati haqida to’liq ma’lumotni bugun soat 20:30 da CHILLA aksiyasi Telegram kanalida bilib olsangiz bo’ladi. Agar yaqin orada xonadon olishni niyat qilib yurgan boʻlsangiz, shu kompaniyani tanlashingizni tavsiya qilaman.

  • 11 авг.27,2 тыс405252

    Diplomi bor odam o’qimagan odamdan ko’proq daromad topadi. AQSh Mehnat byurosi ma’lumotlariga qaraganda bakalavr darajasiga ega mutaxassislar faqat maktab diplomiga ega bo'lganlarga qaraganda haftasiga ~66% ko'proq daromad olar ekan. Bu yiliga taxminan $32,000 farq degani. Ya’ni diplom mavjudligining o'zi daromadni 50% oshiradi. Bundan tashqari bakalavr yoki undan yuqori darajaga ega bo'lganlar orasida ishsizlik 1.2% – 2.5% oralig'ida bo'lsa, diplomsizlar orasida bu ko'rsatkich 6.2%’ga yetadi. Iqtisodiy inqirozlar paytida ham oliy ma’lumotli insonlar faoliyat yuritadigan sohalar inqirozga chidamli bo’lgani uchun ular ishini kam yo’qotadi. To’g’ri hozirgi zamonaviy dunyoda diplomning o’zi muvaffaqiyatni kafolatlamaydi, lekin “diplom shart emas" degani "bilim va ko'nikma shart emas" degani emas. Uning ustiga universitet faqat diplom bermaydi. U yerda mantiqiy fikrlash, muammolarni yechish, ilmiy tahlil va jamiyatda insonlar bilan qanday muloqot qilish ko’nikmalari ham o’rgatiladi. Hozir man sizga tavsiya qiladigan videoda manashu mavzu yoritilgan. Videoda oliy ta’limning asl funksiyasi, mehnat bozorining bugungi real talablari, universitet faqat mutaxassislik emas, balki shaxsiy rivojlanish uchun qanday imkoniyatlar eklanligi tushuntirilgan. 📹: https://youtu.be/ZdQz0satAmI?si=Lmfqj_MO_UKRXU4f

  • 10 авг.26,5 тыс546234

    Maqsad klubidagi Yurish sizni qutqaradi darsligimizda yurishning juda ko'p foydalari haqida gapirganman. Undan tashqari bir necha oy oldin har kuni 15 ming qadam yurish chellenjini ham qilgan edik. Yaqinda yurish haqida yana bir qiziq tadqiqot o'qib qoldim. Miyamizda gippokamp deb nomlanuvchi xotira va oʻrganish markazi bor ekan. Inson 50 yoshdan oshgandan keyin bu markaz har yili tabiiy ravishda taxminan 1-2’ga kichrayib borar ekan. Bu kichrayish altsgeymer, xotira yoʻqolishi hamda kundalik narsalarni unutish xavfini oshirarkan. Olimlar yoshi kattaroq 120 nafar koʻngillini 1 yil davomida ikkita guruhga boʻlib kuzatishibdi: 1-guruh: Haftasiga bir necha marta muntazam, oʻrtacha tezlikdagi piyoda yurish bilan shugʻullangan. 2-guruh: Faqat choʻzilish va yengil gimnastika mashqlari bilan shugʻullangan. Natijada oddiy choʻzilish mashqlarini qilganlarda gippokamp kichrayishda davom etgan. Lekin muntazam yurgan guruhda gippokamp hajmi 2 foizga KATTALASHGAN. Ya’ni yurish miyani 1-2 yoshga yoshartirgan. Tadqiqotda 55 yoshdan 80 yoshgacha boʻlgan insonlar qatnashgan. Lekin yoshingiz nechida boʻlishidan qat'i nazar, muntazam piyoda yurish tanangiz, miyangiz va umumiy hayotingiz sifatini oshirishi aniq.

  • 1 авг.41,1 тыс1 534238

    Jamiyat uchun eng muhim ishlarni umuman sezmaymiz. Ularni o'ylamaymiz ham. Masalan, elektr borligini, suv kelayotganini yoki ko‘cha tozalanganini deyarli o‘ylamaymiz. Biz ularning qiymatini odatda ular yo‘qolganda tushunamiz. Tasavvur qiling obodonlashtirish xodimlari 10 kun shaharni tozalamasa, avtobus va metro haydovchilari 10 kun ishga chiqmasa yoki shifokorlar bemorlarni ko’rmasa. Manashu 10 kun ichida jamiyatda haqiqiy xaos boshlanadi. Qiziq tomoni, shu vaqt ichida Instagramda kuzatadigan mashhur insonlaringizning aksariyati 10 kun, hatto bir oy ko‘rinmasa ham, kundalik hayotingizda deyarli hech narsa o‘zgarmaydi. Bugun kimning obunachisi ko‘p bo‘lsa, kimning mashinasi qimmat bo‘lsa yoki kimni millionlab odamlar kuzatsa, ularni muhim insondek qabul qilamiz. U insonning jamiyatga qo'shayotgan hissasi qanday ekanligiga qaramaymiz ham. Aslida jamiyatning haqiqiy poydevori ertalab ishga chiqadigan, kechqurun uyiga qaytadigan va ertasi kuni yana o‘sha ishni qiladigan odamlardan iborat. Ular mashhur emas. Ular haqida videolar olinmaydi. Ularning ishiga millionlab like bosilmaydi. Lekin ular ishlashdan to‘xtasa, buni millionlab odamlar darhol sezadi. Ba'zida ertalab 9 dan kechki 6 gacha bo'lgan ish grafikini kamsitib qo'yamiz. Inson erkin bo'lishi kerak. Ishga majburan bormasligi kerak deymiz. Kechirasiz lekin jamiyat bunaqa ishlamaydi. Jamiyatda hammaning vazifasi bor. U kattami kichikmi farqi yo'q. Vazifa egalariga nisbatan hurmatsizlik qilish ularga yuqoridan qarash noinsoflik bo'ladi. Ba'zan insonning jamiyatdagi ahamiyatini uning qanchalik mashhurligi bilan emas, u yo‘q bo‘lganda nimalar to‘xtab qolishi bilan o‘lchash kerakdir deb o'ylab qolaman.

  • 27 июл.41,3 тыс854130

    Oldin Maksam Chirchiq zavodida ishlab yurgan paytim 800 ming so’m oylik olardim. Keyin qo’shimcha ish topib uyoqdan 2 mln so’m daromad olishni boshlaganman. O’sha vaqtda endi umuman pulga muhtoj bo’lmayman, rostdan ham boyishni boshladim deb o’ylaganman. Bo’lmasa bor yo’g’i oyiga 2 mln 800 ming topganman. O'sha vaqtdan beri daromadim yildan yilga ortaverdi va nafaqat 2 mln 800 balki oyiga 50-60 mln topsam ham boy bo'lolmasligimni tushunganman. Chunki shaxsan men pul sarflashda ancha qo'li ochiq inson bo'lganman. 10 mln topsam 10 mlnga yashaganman 20 mln topsam 20 mlnga. Lekin bu juda ham notog'ri yondashuv bo'lgan. Daromad ortgan sari yashash standarti ham ortadi lekin ular bir biri bilan teng bo'lmasligi kerak. Bugun 10 mlnga yashab turib 20 mln topishni boshlash bilan 20 mlnga yashamaslik kerak. Doim ma'lum bir mablag'ni alohida ajratish kerak. Va men pul yig'ish uchun eng yaxshi variant deb Imanum'ni bilaman. Chunki Imanum investitsiya uchun juda qulay va zamonaviy yechim taklif qiladi. Buning ustiga yig'ilayotgan mablag' Islom moliyasi asosida ko'payib boradi. Misol uchun shaxsan o’zimning Imanum’ga 3 yil oldin kiritgan sarmoyam shu 3 yilda 70%’dan ko’p ortdi. Albatta bu sarmoyam unchalik katta summa emas edi lekin shu mablag’ qaysidir ikkilamchi xarajatga ishlatilish o’rniga yildan yilga ko’paydi. Manashuning o’zi pul yig’ishga bo’lgan motivatsiyani yanada oshiradi.

  • 27 июл.41 тыс1 052376

    Hech o'ylab ko'rganmisiz biz haqiqatan ham shunchalik ko'p ishlayapmizmi yoki band bo'lib ko'rinishni xohlaymizmi? 21-asrda bandlik ijtimoiy status ramziga aylanib qolgan. Jamiyatda kim ko'p ishlasa va band bo’lsa o'sha muvaffaqiyatli degan yangicha stereotip bor. Tarixga qaraydigan bo'lsak, muvaffaqiyat belgisi bo'sh vaqtning ko'pligi bo'lgan. Boylar va aristokratlar ishlamas, sayr qilar, kitob o'qir va san'at bilan shug'ullanardi. Ishlash quyi tabaqaga xos bo'lgan majburiyat hisoblangan. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, insonlar o'zlari ishlayotgan vaqtni oshirib ko'rsatishni yoqtiradi. Masalan, haftasiga 80 soat ishlayman deydigan insonlarning haqiqiy samarali ish vaqti o'lchanganda, u ko'pincha 50-55 soatdan oshmasligi aniqlangan. Qolgan vaqt qayerga ketadi? Albatta o'zini band qilib ko'rsatishga. Amalda 5 daqiqada hal bo'ladigan masalani 1 soatga cho'zish va hakazo. Va bularning hammasi hayotga ortiqcha bosim beradi. Buning yana bir sababi FOMO ya'ni nimadandir qolib ketish qo'rquvi. Ijtimoiy tarmoqlarni ochganimizda hamma nimadir qilyapti: kimdir yangi loyiha boshlagan, kimdir kitob yozgan, kimdir tunda ham ishlayapti. Buni ko'rib miyamizda "Men ortda qolyapman, sezilarli biror narsa qilishim kerak" degan sun'iy poyga hissi uyg'onadi. Zamonaviy dunyo bizga "To'xtasang yutqazasan" degan g'oyani singdiryapti. Aslida 24/7 rejimida bosim bilan yurish oddiy holat emas. Haqiqiy hayot o'z vaqtiga, sog'ig'iga va hayot sifatiga egalik qilib yashalishi kerak.

  • 22 июл.44,9 тыс797185

    Biz aqli va bilimi yuqori insonlar kamroq xato qiladi deb o'ylaymiz. Lekin mantiq va neyropsixologiya boshqa narsani ko'rsatadi. AQSh psixologlari buni "Intellektual xatolik" (IQ Trap) deb ataydi. Yuqori IQ'ga ega insonlar ham oddiy odamlar kabi mantiqsiz va noto‘g‘ri qarorlar qabul qiladi. IQ ma'lumotni qayta ishlash tezligi xolos, u qarorlarning to‘g‘riligiga kafolat bermaydi. Oddiy inson noto‘g‘ri qaror qabul qilsa, buni tezda sezishi mumkin. Lekin o‘ta aqlli va bilimli inson o‘zining noto‘g‘ri fikrini shunday kuchli mantiq va dalillar bilan oqlab beradiki, hatto o‘zi ham o‘z yolg‘oniga chin dildan ishonib qoladi. Chunki o'zining xato fikrini oddiy insondan ko'ra ancha ishonchli, mantiqli va chiroyli dalillar bilan oqlab bera oladi. Biror bir sohada chuqur bilimga ega bo‘lish "Men hammasini bilaman va adashmayman" degan illyuziyani beradi. Bu narsa insonni yangi signallar yoki ogohlantirishlarni mensimaslikka olib keladi. Jamiyat "u dotsent, olim yoki mashhur ekspert, demak u adashmaydi" deb o‘ylaydi. Natijada ularning hatto ochiq-oydin xatolari ham yillar davomida tanqid qilinmaydi va tizimli krizislarga olib keladi. Masalan butun dunyo tibbiyot ekspertlarining tavsiyasi bilan sog’lom ovqat deb yog‘siz shakar va uglevodli ovqatlar targ’ib qilingan. Natijada so‘nggi 40-50 yil ichida butun dunyo bo‘ylab semizlik va 2-tur diabet epidemiyasi yuzaga kelgan. Lekin 50 yildan keyin qora ro’yxatdagi zaytun yog‘i, yong‘oqlar, avokado kabi mahsulotlar foydali ekanligi tan olindi. Biror bir shaxsning ilmiy unvoni, lavozimi yoki mukofotlari uning fikrini avtomatik ravishda "haqiqat"ga aylantirib qo‘ymaydi. Jamiyat har qanday ekspertning fikrini shaxsiga qarab emas, faqat tekshirilgan dalillar, takroriy tajribalar va ochiq tanqidiy fikrlash orqali qabul qilishi kerak.

  • 21 июл.40 тыс189132

    Кўпчилик имконият кутади. Кимдир эса лойиҳаси билан ундан фойдаланади. Ҳозир Ўзбекистонда технологик ва AI-стартаплар учун жами 6 млн долларлик икки танловга аризалар қабул қилинмоқда. President Tech Award’да жамоа ўз лойиҳасининг босқичига қараб учта трекдан бирини танлайди: прототип учун «Инкубация», биринчи сотувлар учун «Акселерация» ва инвестицияга тайёр стартаплар учун Best Startup Project. 📅 «Инкубация» ва «Акселерация»га аризалар 10 августгача, Best Startup Project’га 31 августгача қабул қилинади. President AI Award эса фақат сунъий интеллектга асосланган тайёр лойиҳалар учун. Камида прототип бўлиши шарт. Бешта йўналишда 15 та ғолиб аниқланиб, уларга 40 мингдан 100 минг долларгача инвестиция ажратилади. 📅 President AI Award учун дедлайн — 1 август. Лойиҳа тайёр бўлса, ортиқча кутишнинг кераги йўқ. 🌐 Аризалар awards.gov.uz орқали бепул қабул қилинади.

  • 21 июл.37 тыс588204

    Bizga berilgan ne’matlarni negadir tabiiy hol deb qabul qilamiz. Qulog’imiz eshitishi kerak, ko’zimiz ko’rishi kerak, tilimiz tam bilishi kerak. Bularning hammasi har doim soatdek ishlashga majbur deb o’ylaymiz. Falsafiy nuqtai nazardan, ne'matning qiymatini uning yo’qligi belgilaydi. Ya’ni biz ne’matlarning qadrini faqat uning aksi bilan solishtirgandagina tushunib yetamiz. Ko'zning ko'rishi oddiy holat emas, zulmat bo'lmasligining o'rnini bosib turgan juda katta hodisa. Dunyodagi trillionlab atomlar va murakkab biologik tizimlar (nervlar, miya qobiqlari, linzalar) shunday uyg'unlikda ishlashi kerakki, oqibatda "ko'rish" hodisasi sodir bo'ladi. Mantiqan olganda, biologik tizimning buzilishi yoki ishlamaslik ehtimoli uning ishlash ehtimolidan bir necha barobar yuqori. Ya’ni ko’rish mexanizmi labaratoriyada ishlab chiqilganda insonlarning yarmidan ko’pi dunyoni ko’rolmas edi. Zamonaviy faylasuflar insonning eng katta xatosi borliqni kafolatlangan deb bilishida deyishadi. Xuddi kechasi yotganimizda ertalab uyg’onishimiz kafolatlangandek uyquga ketamiz, har safar nafas olganimizda nafasni qaytib chiqara olmay qolishimiz mumkinligi hayolimizga ham kelmaydi. Natijada o’zimizga hayot davom etishi shart va u xavfsiz degan sun'iy poydevor qurib olamiz. Zamonaviy shovqinli dunyo va bizdan doim tezlik talab qiladigan hayotimizdan biroz bo’lsa ham chalg’ish insonga yengillik beradi. Erishishimiz kerak bo’lgan narsalar haqida emas, o’zizmida bor narsalar haqida to’xtab, o’ylab, shukur qilish bizni ruhan yengilroq insonga aylantiradi. Biz 1 yil oldin ajoyib tajriba o’tkazganmiz. 72 soat qorong’ulikda umuman yorug’liksiz yashaganman. Hissiyotlarim, yolg’izlik, qorong’ulik barchasidan chiqargan xuloasalarimni YouTube kanalimizga video qilib joylaganmiz. Maqsad klubimizga esa 72 soatlik chellenjning har bir kechasini alohida video qilib joylab borganmiz. Manashu chellenjimizni ko’rib o’z fikrlaringizni izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.

  • 16 июл.52,7 тыс1 493638

    Insonlar o'z muvaffaqiyatlarini doim atrofidagilar bilan solishtirib baholaydilar. Tasavvur qiling, siz oyiga $1 000 ishlab topasiz va uyingiz bor. Siz baxtlimisiz? Baxt sizning shaxsiy ehtiyojlaringizga emas, atrofingizda kimlar yashashiga bog'liq. Agar sizning barcha tanishlaringiz oyiga $500 topsa, siz o'zingizni aniq baxtli his qilasiz. Agar o'sha davradagilar oyiga $5 000 topishni boshlasa, sizning daromad va xarajatlaringiz o’zgarmasa ham o’zingizni "omadsiz va kambag'al" seza boshlaysiz. Ilgari odamlar o'zini faqat qo'shnisi yoki sinfdoshi bilan solishtirgan bo'lsa, bugun ijtimoiy tarmoqlar tufayli butun dunyo bilan solishtiryapti. Ertalab uyg’onib ishga ketayotgan odam Instagramda qaysidir blogger sayohatda yurganini yoki otasiga “OTAMGA” degan yozuv bilan mashina sovg’a qilganini ko’radi. Natijada u o’zini hayotda yutqizgandek his qiladi. Hamma hayotini shunaqa yashayaptiyu bitta u 9 dan 6 gacha ishga borib keladi. Lekin raqamlarga qarasak, dunyo miqyosida odatiy mehnat qiladiganlar, shifokorlar, muhandislar, o'qituvchilar, dasturchilar, tadbirkorlarning 90-95% jamiyatda o’rta va yuqori sinfga chiqa oladi. Blogger bo'lib, millionlab pul topadiganlar foizi esa 0.1%’ga ham yetmaydi. Biz o’sha 95% insonlarni Instagramda ko’rmaymiz. Biz faqat 0.1% bloggerning sayohatlarini ko’ramiz va miyamiz beixtiyor "Hamma shunday yashayapti, faqat men orqada qolyapman" degan noto'g'ri xulosaga keladi. Yana bir tadqiqot shuni ko'rsatadiki, odamlar o'z hayotlarining eng yomon va qiyin kunlarini boshqalarning eng baxtli va ideal daqiqalari bilan solishtiradi. Siz o'zingizning charchoqlaringiz, qarzlaringiz, muamolaringizni aniq bilasiz. Lekin bloggerning kameraga kulib turgan 1 daqiqalik videosi ortida nimalar borligini bilmaysiz.

  • 12 июл.55,4 тыс1 380400

    Atrofingizdagi odamlar nimani "normal" deb hisoblasa, sizning miyangiz ham shuni normal qabul qiladi. Inson har safar "Bu vaziyatda o'zimni qanday tutishim kerak?" deb o'ylamaydi, shunchaki atrofga qaraydi va ko'pchilik qilayotgan ishni "xavfsiz va normal" deb qabul qiladi. Agar atrofingizda ko’p so’kinadigan, shaxsiy chegaralarni bilmaydigan insonlar bo’lsa, boshida so'kinish quloqqa yoqimsiz eshitiladi. Lekin kuniga 20-30 marta eshitilavergach, miya buni oddiy hol deb qabul qila boshlaydi. Natijada beixtiyor ularga o’xshab qolasiz. Xalqimiz “Qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi” deb bekorga aytmagan. Bu kabi iboralarning amaliy isboti bo'lmasa avloddan-avlodga o’tmaydi. O’smirlik vaqtingizda otangiz manabu bola bilan do’stlashma deganini eslang. Ko’pchilik bu gapga qarshi chiqadi. Lekin yillar o’tganidan keyin otangiz to’g’ri aytganini tushunasiz. Odatda o’smirlik vaqtida otasi kimni ko’rsatib do’stlashma degan bo’lsa, o’sha insonlar katta hayotda jamiyatda o’rnini yo’qotib qo’ygan bo’ladi yoki qamalib ketgan bo’ladi. Otalar buni oldindan qanday bilishadi? Ota hayoti davomida xuddi o'sha o'smir do'stingizga o'xshash o'nlab insonlarni ko'rgan, maktabda, mahallada, universitetda yoki ishxonada. Ularning hayoti qanday davom etganini ham biladi. Otalar kelajakni ko’rmaydi ular shunchaki o'zining hayotiy tajribalari va yillar davomida yig'ilgan ijtimoiy ekspertizasi orqali o'sha bolaning xulq-atvor trayektoriyasini taxmin qiladi.

  • 27 июн.60,3 тыс546139

    Yaqinda IMAN loyihasining katta tadbiriga bordim va u yerdagi yangiliklardan xursand bo’ldim. Tadbir O’zbekistondagi Islom moliyasi tizimi uchun katta bir burilish nuqtasi bo‘ldi. Tadbirdan olgan muhim va qiziqarli xulosalarimni sizlar bilan bo‘lishmoqchiman: 1. Murad Buildings va Cambridge loyihalariga qonuniy sheriklik Endi IMANUM ilovasi orqali yurtimizdagi eng yirik va ishonchli brendlari Murad Buildings qurilish loyihalari hamda Cambridge o‘quv markazlari tarmog‘iga mutlaqo qonuniy va halol tarzda sherik bo‘lishimiz mumkin. Bu oddiy odamlar uchun ham, o‘z jamg‘armasini to‘g‘ri yo‘naltirmoqchi bo‘lganlar uchun ham ulkan imkoniyat. 2. O‘zbekistondagi birinchi Islomiy Neo bank! IMAN jamoasi O‘zbekistonda birinchi islomiy neo bankni ishga tushirganini e’lon qildi. Raqamli bank tizimining halol moliya prinsiplari bilan birlashishi jarayonlarni yanada tezlashtiradi va osonlashtiradi. Har qanday biznesning kengayishi va o‘sishi uchun albatta qo‘shimcha mablag‘ kerak bo‘ladi. IMAN esa aynan shu yerda ko‘prik vazifasini o‘tayapti: investorlardan yig‘ilgan mablag‘larni tizimli va qonuniy taqsimlab, ham tadbirkorga, ham investorga o‘zaro foyda keltiradigan halol ekotizim yaratmoqda. Yurtimizda bunday islomiy investitsiya tizimlarining rivojlanishi iqtisodiyotimiz uchun juda katta qadamdir. IMAN jamoasiga ushbu xayrli va mas’uliyatli yo‘lda omad tilayman. Tadbirning to'liq videosini IMAN YouTube kanalida ko'rishingiz mumkin.

  • 27 июн.73 тыс780319

    Sarvar Karimov bolaligida zerikkanida uning qo'lida smartfon yoki cheksiz video ko’rish imkoni bo'lmagan. U zerikishning eng cho'qqisiga chiqqan va miya chorasizlikdan kitob o'qishdek qiyin va intellektual mehnat talab qiladigan jarayonni boshlashga rozi bo'lgan. Bugungi zamonaviy dunyoda zerikishning umuman iloji yo’q. Hozir biz zerikish boshlanishi bilan atigi 3-5 soniya ichida telefonni qo'lga olamiz. Miyada mantiqiy zanjir buziladi. Ya’ni: Zerikish paydo bo'ladi → Miya qidiruvga tushadi → Ijodiy izlanish o'rniga TikTok/Instagram ochiladi → Miya soxta va arzon dofamin oladi. Natijada, zerikish o'zining ijobiy triggerlik funksiyasini yo'qotadi. Inson yangi narsa yaratmaydigan, faqat boshqalarning kontentini iste'mol qiladigan raqamli qulga aylanadi. Haftada bir kun bo’lsa ham hech narsa qilmang. O’zingizni zerikishga majburlang. Hech qanday ijtimoiy tarmoqlar, Reels'lar, yangiliklar yoki cheksiz xabarlar kerak emas. Hatto "foydali" deb hisoblanadigan podkastlar yoki audio kitoblarni ham yoqmang. Shunchaki mazza qilib zeriking. Atrofdagi boshqa odamlarning fikrlari, blogerlarning hayoti va keraksiz axborotlar shovqini to’xtagach, nihoyat o‘zingizning shaxsiy fikrlaringiz, maqsadlaringiz va orzularingiz yuzaga chiqadi.

  • 27 июн.49,9 тыс624155

    Raqamli qullar. Nosog’lom jamiyat YouTube videomizda zerikish haqida alohida blok bor. Unda biz hozirgi davrda zerikmay qo’yganligimiz haqida gapirganman. Yaqinda bir podkast ko’rdim va unda rejissyor Sarvar Karimov yoshligida shammollab, uydan ko’chaga chiqmay zerikkanidan kitob o’qishni boshlagani haqida gapirdi. Shu bilan kitob o’qish odati shakllanganini aytdi. Bu voqeada zerikish bizning hayotimizda nimalargadir trigger bo’lib berishini yaqqol ko’rsak bo’ladi. U yaxshi narsa bo’lishiyam, yomon narsa bo’lishiyam mumkin. Miyamiz tabiatan bo'shliqni yoqtirmaydi. Qachonki tashqaridan qiziqarli narsalar kelishi to'xtasa, ichki bezovtalik boshlanadi. Mening yoshimdagilarning aksariyati yaxshi eslasa kerak. Yoshligimizda daraxt shoxlaridan hayolimizda pistolet, qilich yoki shunga o’xshagan narsalar tasavvur qilib o’ynar edik. U oddiy shoxligini hamma yaxshi bilardi lekin zerikmaslik uchun biz unga boshqa ko’z bilan qarashga, tasavvur qilishga majbur bo’lganmiz. Hech kim kelib bu shox endi sen uchun qilich bo’ladi deb bermagan. O’zimiz filmlarda ko’rgan narsalarimizni jonlantirishga harakat qilganmiz. Inson zerikmaslik uchun hamma narsa qilishga tayyor. Agar insoniyat umuman zerikmaganida edi, biz hozir ham g'orlarda yashayotgan bo'lardik. Zerikish odamni yangi yerlarni kashf qilishga, yangi narsalar yasashga va rivojlanishga majbur qilgan.

  • 22 июн.48,6 тыс91163

    15 yilcha oldin mahallangizda nechta odamning mashinasi borligini eslolasizmi? Barmoq bilan sanarli bo’lgan, to‘g‘rimi? Mahallada bitta oq Nexia-2 yoki yangi chiqqan Lacetti paydo bo‘lsa, butun ko‘cha tomoshaga chiqardi. Va o’sha mashinaga butun oila uzoq yillar davomida pul yig’gan bo’lardi. Rivojlangan davlatlarda avtaslondan sotib olingan yangi mashina o’sha kunning o’zida 15-20% narx tashlasa, O’zbeksitonda buning teskarisi bo’lgan. Eski mashinani yangi mashina narxida bemalol sota olardingiz. Nega? Monopoliya va ulkan bojxona to‘lovlari sababli xorijdan mashina olib kirish imkonsiz. Mahalliy zavod xalq talab qilganidan ancha kam mashina chiqarardi. Natijada mashina olish uchun pulingiz bo‘lsa ham, oylab, yillab navbat kutishingiz kerak edi. Bozorda tayyor turgan mashina, salonda navbatda turgan mashinadan qimmatroq baholanardi. Odamlar navbat kutmaslik uchun ko’proq pul to‘lashga tayyor bo’lgan. Natijada, salondan olingan mashina eskirsa ham dollar kursining oshishi va bozordagi taqchillik hisobiga qimmatlashavergan. Tasavvur qiling 3 yil oldin $10.000 dollarga olgan mashinagizni 3 yildan keyin yana o’sha narxda sota olgansiz. Va mashina eng ishonchli investitsiya aktiviga aylangan. Pulini inflyatsiyadan asramoqchi bo‘lgan o‘zbek boyi yoki tadbirkorida tanlov ko‘p bo’lmagan. Aksiyalar bozori yo‘q, uy-joy bozori yetarlicha likvid emas. Ya’ni istalgan vaqtda tez sotilmaydi. Lekin moshina "oltin valyuta" bo’lgan. U bozordagi eng tez sotiladigan tovar bo’lib qolgan. Pul kerakmi? Bozorga olib chiqasiz, 1 soatda naqd pulga aylanadi. Har qanday odam narxini biladi, aktiv sifatida o’zining narxini ushlab qola oladi. Odamlar pulini inflyatsiyadan saqlash uchun ham majburlikdan shu model atrofida birlashgan.

  • 20 июн.50,1 тыс1 321209

    Norvegiya milliy terma jamoasi o’zi bilan AQSHga 1 tonnadan ortiq (1000 kg) oziq-ovqat va oʻz oshpazlarini olib keldi. Oziq-ovqatlarning asosiy qismini 300 kg Atlantika losos (salmon) va oq baliqlari, 116 kg Brunost (an'anaviy norveg jigarrang pishlogʻi) hamda 6000 ta apelsin tashkil etadi. Koʻpchilik buni "Norveglar Amerika ovqatlariga ishonmayapti" deyishyapti. Aslida masalaning ilmiy va tibbiy sabablari bor. Norveglar oʻz futbolchilarini sunʼiy ravishda vatanining biokimyoviy muhitida saqlab turishibdi. Bu orqali organizm yangi iqlim, begona mikroflora va boshqacha taomlarni hazm qilish uchun ortiqcha energiya sarflamaydi, bor quvvatini faqat maydondagi o’yinga yoʻnaltiradi. Natijada sportchilar organizmi ortiqcha stressdan xalos bo’ladi. Inson organizmi begona iqlim va yangi mikrofloraga duch kelganda, tashqi muhitga moslashish uchun biologik jarayon boshlaydi. Hatto eng yuqori sifatli ovqat boʻlsa ham, boshqa qit'aning oziq-ovqat tarkibidagi begona bakteriyalar, fermentlar va suv minerallari sportchining oshqozoniga tushgach, tana ularni “begona element" deb qabul qiladi. Bu vaziyatda organizm ortiqcha energiya yo'qotadi. Bundan chiqaradigan xulosa shuki, aqliy yoki jismoniy faollik talab qilinadigan muhim kunlarda xuddi norveglardek oʻzimiz doim iste’mol qilgan va sifatli uglevod, oqsillar bilan oziqlanishimiz kerak.

  • 17 июн.55,3 тыс74590

    Sog‘lom odam va ludamanning miyasi reklamani bir xil qabul qilmaydi. Bukmekerlik kompaniyalari mashxurlarga qimorni yomonlasangiz ham bizning kompaniyaning nomini ayting deb taklif qilishadi. Bu bir tarafdan g’alatidek tuyuladi. Axir qanday qilib kompaniya o’zini yomonlashgani uchun pul to’lashi mumkin? Aslida javob oddiy. Sog‘lom odam blogerning qimorni yomonlagan videosini ko‘rganida, uning miyasidagi mantiqiy fikrlash markazi ishlaydi. U ma’lumotni tahlil qiladi va videoni o‘tkazib yuboradi. Lekin ludamanning miyasida mantiqiy qism allaqachon charchagan va boshqaruvni dofamin tizimi ya’ni hissiyot qo‘lga olgan. Uning uchun videodagi yomonlash, ogohlantirishning umuman qizig’i yo’q. Uning miyasi faqat bitta narsani taniydi vizual brend, logotip yoki qimor mavzusining o‘zi. Bloger qanchalik "qimor yomon" deb baqirmasin, ekranda qimorni eslatuvchi grafika yoki bukmekerlik logotipi ko‘rinishi bilan ludamanning hayoliga eski hissiyotlar keladi. Qimorda yutgan vaqtida his qilgan adrenalini, pul tikkan vaqtida his qilgan hayajoni va o’sha zavqni yana his qilish sog’inchi. Yomonlash haqidagi gaplarni ludaman eshitmaydi, yomonlash unga shunchaki qimorga qaytish triggeri bo’lib beradi. U o‘zini tutolmay yana o‘yinga qaytadi. Ya’ni bukmekerlik kompaniyalari sog’lom insonga qimorni o’ynata olmasligini yaxshi biladi va shuning uchun kompaniya yomonlansa ham ludamanlarni yana o’ziga jalb qilishni xohlaydi.

  • 13 июн.57,9 тыс72079

    Tarixda ilk lotereya shaklidagi o'yinlar Xitoyda paydo bo’lgan va undan yig'ilgan pullar Buyuk Xitoy devori qurilishini moliyalashtirishga yordam bergan. Qimor o‘yinlari insoniyat sivilizatsiyasining eng qadimgi hamrohi hisoblanadi. U pul yoki moddiy boyliklar paydo bo‘lishidan ham oldin mavjud bo‘lgan va asrlar davomida oddiy o’yinlardan trillion dollarlik yuqori texnologik sanoatga aylangan. Dastlab qimor o‘yin-kulgi uchun emas, balki ilohiy irodani bilish (shomonlik va folbinlik) maqsadida o‘ynalgan. Odamlar hayvonlarning suyaklarini otib, “xudolarning” qarorini aniqlashga harakat qilishgan. Keyinchalik Rimda gladiatorlar uchun pul tikilgan bo’lsa, Xitoyda o’ylab topilgan qog’oz kartalar Buyuk Ipak yo’li orqali dunyoga yoyilgan. Bizning hududlarda ham oshiq otish o’yini avvaldan mavjud bo’lgan. Oshiq toshlari qo’y yoki kichik mol to’pig’idan yasalgan. Va xalq orasida ommaviy o’ynalgan. Ko’rib turganingizdek qimor insoniyat tarixining har bir bosqichida bo’lgan. Qimorning jozibasi miyaga minimal mehnat (bitta tugmani bosish) evaziga ulkan o‘ljani (katta pulni) va’da qilishda. “G‘or odamining" miyasi bu ajoyib imkoniyatni ko‘rganda mantiqiy fikrlashni o‘chirib qo‘yadi. Hozirgi zamonaviy texnologiyalar bizdagi "risk qil, kam energiya = ko’p o’lja, noma'lum o'ljani qidir va oson yo'l bilan resurs to'pla" degan qadimgi instinktlarimizni uyg’otishga harakat qiladi.

  • 13 июн.49,1 тыс64073

    ⚽️ Futbol bo’yicha Jahon chempionati boshlandi. Bu turnirni butun dunyo bo’ylab 5 milliarddan ortiq odam kuzatadi. Bir yarim oy davom etadigan bu musobaqa futbol muhlislari uchun futboldan zavqlanish bo’lsa, qimorbozlar uchun bor-yo’gini o’yinlarga tikib qimor o’ynash degani. Keyingi kunlarda sizlar bilan manashu mavzularga chuqurroq to’xtalmoqchiman: 1. Yirik sport turnirlari bukmekerlik kontoralari eng ko‘p reklama beradigan, odamlarni ommaviy ravishda stavka tikishga jalb qiladigan davr hisoblanadi. Bu vaqtda ludamanlar o‘z nazoratini mutlaqo yo‘qotishadi. 2. Qimor kompaniyalari “Bizni yomonlab bering” deb bloger va mashhurlarga reklama taklif qilishini ko’p eshitgan bo’sangiz kerak. Sog’lom odamga bu reklama ta’sir qilmaydi lekin ludamanlarga har qanday kichik reklama ham trigger bo’lib beradi. 3. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti va xalqaro addiksiya markazlari ma’lumotlariga ko‘ra, ludamanlarda o’z joniga qasd qilish barcha ruhiy va psixologik qaramliklar, narkomaniya va alkogolizmdan ham yuqori ekan. 4. Patologik qimorbozlarning 20% dan 40% gacha bo‘lgan qismi hayoti davomida kamida bir marta o‘z joniga qasd qilish haqida jiddiy o‘ylaydi yoki bunga urinib ko‘radi. Bu oddiy odamlarga qaraganda 15 barobar yuqori ko‘rsatkich degani. Keyingi postlarda nega ludamanlar ortga qaytolmasligi? Bu psixologik holatmi yoki qondan o’tadimi? Nega hech qachon qimordan boyib bo’lmasligini qo’limdan kelguncha tushuntirishga harakat qilaman.

  • 11 июн.41,8 тыс503193

    Bir necha oy oldin odamlar kumush olib ancha mablag’ini yo’qotgan edi. Investitsiya uchun eng ishonchli deyiladigan oltin va kumush narxi ham birdan ortib yana tushib ketgandi. Hatto oltin va kumush narxida katta sakrashlar bo'lganda eng ishonchli va stabil investitsiya uy bo'lib qolaverdi. Lekin uy-joyga investitsiya qilish uchun kamida 15-20 ming dollar kerak bo’ladi. Uy-joyga har oy oz miqdordan investitsiya qilolmaysiz. Pulingizni ma’lum bir muddat yig’ib keyin uy olishingiz kerak bo’ladi. Shu vaqt ichida esa inflyatsiya hisobiga ham mablag’ yo’qotasiz va uy-joylar ham vaqt o’tgan sari qimmatlashaveradi. Xuddi quvlashmachoq o’ynayotgandek bo’lasiz. IMAN loyihasi uy-joyga investitsiyaning yangi imkoniyatini taklif qiladi. IMAN’ning Kvadrat taklifi orqali siz O’zbekistondagi eng ishonchli loyihalardan uylarning kvadrat metrini sotib olsangiz bo’ladi. Aytaylik siz uy uchun pul yig’moqchisiz va pulingiz hozircha 10 kvadratga yetadi deylik. Lekin hech qaysi quruvchi sizga 10 kvadrat metr sotmaydi. Pulingizni dollarda saqlasangiz ham inflyatsiya va uylarning narxi o’sishini hisobga olsak uy sotib olishingiz ko’p vaqt oladi. IMAN Kvadrat siz kabi investorlardan sarmoya yig’ib quruvchilardan yaxlit kvartira sotib oladi. O’sha kvartiraning qaysidir kvadratiga esa siz egalik qilasiz. Aytaylik oz-ozdan IMAN Kvadrat orqali uylarning kvadratiga investitsiya qildingiz. Va investitsiyangiz siz xohlagan uy qiymatiga masalan 40 kvadrat metrga yetganida ulushingizni sotib sarmoyangizni naqtlashtirasiz va o’zingizga uy sotib ololasiz. Bu taklifning shartlari haqida IMAN veb-sayti va IMANUM ilovasidan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Abdusattor — tgindex