tgindex
Mᴜʜᴀᴍᴍᴀᴅǫᴏᴅɪʀ Zᴏᴋɪʀᴏᴠ | Bʟᴏɢ

Mᴜʜᴀᴍᴍᴀᴅǫᴏᴅɪʀ Zᴏᴋɪʀᴏᴠ | Bʟᴏɢ

Статистика
@MuhammadqodirZokirovBlogузбекский

Shaxsiy blog, texnologiyalar va falsafa haqida Hamkorlik va savollar: @ZokirovMuhammadqodir

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
4 274
−6 за 2 дн.
Сутки
−2
−0,05%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 465
20 постов
Вовлечённость
34,3%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
69
1/48двое суток
79
1/72трое суток
85

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 🌚 ANOR 📖 1-FASL — "SO'NGGI BAHOR" 📚 2-bo'lim — Kutubxona 🚇 Metro odatdagidek gavjum edi. Bekatga tushgan odamlarning qadami bir-biriga qorishib ketgan. 🏃‍♂️ Kimdir ishga shoshadi, 🎒 kimdir darsga, 🎧 yana kimdir qulog'idagi naushnik bilan o'z olamida ketyapti. 🚶‍♂️ Ali esa shoshayotganlarga o'xshamasdi. Uning odati shu. Hamma yugurganda, u odatdagidan sekinroq yurardi. ⏳ Go'yo shoshilish vaqtni tezlashtirmasligini allaqachon tushunib bo'lgandek. 🚉 Poyezd eshiklari ochildi. Ali tutqichni ushlagancha deraza tomon qaradi. Qorong'i tunnel oynasida faqat o'z aksi ko'rinardi.🪞 💭 "Yigirma to'qqiz yosh..." 💭 "Yaxshi ish. Yaxshi maosh. Uy. Mashina." 💭 "Lekin nimadir yetishmayapti..." 📱 Telefoni tebrandi. Ishdan xabar. U o'qimay cho'ntagiga soldi. Ba'zi savollarga telefon javob bermaydi. 🏛 "Beruniy..." Ali bekatda tushdi. Universitetgacha piyoda o'n daqiqalik yo'l. 🌳 Yo'l chetidagi chinorlar endi-endi barg yozayotgan, 🌼 maysalar orasidan oppoq moychechaklar bosh ko'targandi. 🎓 Universitet hovlisida hayot qaynardi. 📸 Bir chetda talabalar kulib selfi olishmoqda. ⚽️ Ikki yigit kechagi o'yin haqida bahslashyapti. ☕️ Bir qiz yugurib borarkan, qo'lidagi qahvasini to'kib yuborayozdi. Ali kulimsiradi. 🙂 Yoshlik shunaqa — tashvishlari kichkina, lekin o'ziga olamdek katta ko'rinadi. ✨ 🏛 U to'g'ri kutubxona tomon yurdi. Kutubxona eshigini ochishi bilan tashqaridagi shovqin birdan ortda qoldi. 📜 Eski kitoblarning hidi. 📖 Qog'ozning isi. 🤫 Jimjitlik. Ali shu hidni bolaligidan yaxshi ko'rardi. 👵 Kutubxonachi opa uni ko'rib kulib qo'ydi: — Yana keldingizmi, Alijon? Shu yerga ishga o'tib qo'ya qoling. 😄 — Maosh qanaqa ekan? — dedi Ali ham hazilga hazil bilan. — Maosh — jimjitlik. Dunyodagi eng qimmat narsa. 🕊 — Unda roziman. 👌 Opa kulib, javonlar tomon imladi. Ali sun'iy intellekt bo'limiga o'tdi. 🤖 Yuqori javondagi qalin kitobga qo'l cho'zdi. 📚 Xuddi shu payt... ⚡️ Narigi tomondan yana bir qo'l uzatildi. 🤝 Ikkala qo'l bir kitobga bir vaqtda yetdi — tegmadi, to'xtadi. Ali qo'lini tortdi. — Kechirasiz. 🏻 — Voy... uzr, men ko'rmay qolibman. 🙈 Ali boshini ko'tardi. Va vaqt bir lahzaga to'xtab qolgandek bo'ldi... ⏳✨ 🧕 Qora ro'mol ostidan chiqib turgan uzun soch o'rimi. 💙 Moviy ko'zlar. 📲 Bir qo'lida planshet, 📝 ikkinchisida daftar — hijolatdan yuzi qirmizi olma kabi qizargan qiz. 🍎 U ham Aliga qarab qolgandi. Qiz birinchi bo'lib o'zini o'nglab oldi: — Siz olavering. Men elektron variantini topaman. 💻 — Elektronini men ham topaman, — dedi Ali. — Lekin qog'ozniki boshqacha-da. 📖 Qiz kulib yubordi. 😄 — Rost. Qog'oz kitob wi-fi so'ramaydi. 📶❌ Jimjit kutubxonada o'sha kulgi juda baland eshitilgandek tuyuldi. 🤫 Ikkovi ham ovozini pasaytirdi. Qiz kitob muqovasiga qaradi: — Siz ham sun'iy intellekt bo'yicha ishlaysizmi? 🧐 — Qayerdan bildingiz? — Bir kitobni talashayotgan odamlarning mavzusi odatda bir xil bo'ladi. 💡 Ali kuldi. 😄 — Kuchli kuzatuv. — Data — hamma joyda, — dedi qiz yelka qisib. — O'qishni bilsang bo'ldi. 📊 Ali unga qiziqib qaradi. Bunaqa javobni kutmagandi. 😮 Qiz kitobni Ali tomonga surdi: — Oling. Menga shoshilinch emas. — Unda bitta shart bilan. 🤝 — Eshitaman. — O'qib bo'lganingizdan keyin fikringizni aytasiz. Beshinchi bob haqida. O'sha yerda muallif adashgan deb o'ylayman. 🧐 Qizning ko'zlari chaqnab ketdi: ✨ — Men ham! To'rt kishidan so'radim — hech kim o'sha bobgacha yetib bormagan ekan. 😃 — Demak, beshinchi kishi topildi. 😉 Ikkovi yana kulib yuborishdi. ☺️ Qiz ketishga chog'landi. Keyin to'xtadi: — Ismingizni aytmadingiz-ku. ❓ — Ali. 🧑 — Men — Muqaddas. 👩 Bu ismni Ali umrida ming marta eshitgan. Ammo aynan shu ovozda aytilganda, u butunlay boshqacha jarangladi. 🎶 — Tanishganimdan xursandman, Muqaddas. 😊 — Men ham... Ali aka. 🌸 U shunday dedi-da, javonlar ortiga kirib ketdi. Ali joyida turib qoldi. 💭 "Ali aka." Bir og'iz so'z. Lekin negadir bugun kitob haqida umuman o'ylagisi kelmay qoldi. 💘 Kutubxona derazasi yonida esa Muqaddas ham hali kitobini ochmagandi. 🪟 U planshetiga qaradi. Ekranda yarim yozilgan maqola turardi. 💻 Lekin xayolida boshqa narsa aylanardi... 💭 "Beshinchi bob..." 💭 "Demak, beshinchi kishi topildi..." U o'zi ham sezmay jilmayib qo'ydi. 😊 Nega endi kutubxona birdan avvalgidan yorug'roq ko'rinib qolgandi... ☀️✨

  • видео или голосовое, без подписи

  • Ali ularni hech qachon sanamagan. Har bahor shunchaki qarab o'tirardi. Ichkaridan otasining yo'talgani eshitildi. — Turdingmi, Ali? — Ha, dada. Hakimjon aka hovliga chiqdi. Yelkasiga eski kurtkasini tashlagan, qo'lida mashinasining kaliti. 🚖 Yandex'ga chiqishidan oldin har kuni shu supada bir piyola choy ichish odati bor edi. Supaga o'tirib, anorga qaradi. — Gullabdi... Ali bosh irg'adi. — Bu yil ko'p ochibdi. Hakimjon aka kulimsiradi. — Daraxt ham odamga o'xshaydi, bolam. Yili kelmasa, majburlab gullatolmaysan. Mahalla hali to'liq uyg'onmagan edi. Ammo tandirlar allaqachon qizigan. 🥖 Yangi yopilgan nonning isi hovliga kirib kelar, uzoqdan kaptarlarning qanot qoqishi eshitilib turardi. Bir muddat ota-bola indamay o'tirishdi. So'ng Hakimjon aka choyidan bir ho'plab dedi: — Bilasanmi, buni qachon ekkanman? Ali kuldi. — Har yili so'raysiz. — Har yili aytaman ham. — Bilaman. Hakimjon aka anorga uzoq tikilib qoldi. — Bobong olamdan o'tgan yili... Ali yana jim qoldi. U bobosining chehrasini yaxshi eslolmasdi. Ammo otasining o'sha kundagi qo'llarini hech unutmagan. Belkurakni mahkam ushlagan qo'llarni... Quruq tuproqni kovlayotgan qo'llarni... Yoshini ichiga yutayotgan qo'llarni... O'shanda Ali besh yoshda edi. Otasi chuqur qazirdi. Ali esa yonida gir aylanishdan nariga o'tolmasdi. — Men ham kovlayman! Otasi kulganicha belkurakni balandroq ko'targan. — Sening qo'ling hali kalta ekan. Nihol tuproqqa qo'yildi. Hakimjon aka uni ehtiyotkorlik bilan ko'mdi. So'ng tuproqni oyog'i bilan bosib turib, sekin dedi: 🌱 — Anor sabrni yaxshi ko'radi. Ali ko'zlarini katta ochib qaradi. — Nega? — Uch yil suv ichadi. — Keyin-chi? — Keyin birinchi mevasini beradi. — Uch yil kutadimi? — Ha. Otasi uning boshini siladi. ❤️ — Sabri yetmagan odam anor ekmaydi, bolam. ... Oradan yigirma to'rt yil o'tdi. Daraxt ulg'aydi. Ali ham ulg'aydi. Faqat o'sha gap o'zgarmadi. Endi u tushunardi. Hayotdagi eng qimmat narsalar shoshgan odamga nasib qilmaydi. Ilm... Ishonch... Muhabbat... Hammasi vaqt so'raydi. 🌸 Shamol esdi. 🍃 Anor gullari bir-biriga yengil tegib, mayin shitirladi. Ali beixtiyor jilmaydi. Shu payt ichkaridan onasining ovozi eshitildi. — Ali! — Labbay, ona! — Nonushta sovib qoladi. — Hozir kiraman. Munojat opa dasturxonni yozib bo'lgandi. Qaymoq, asal, yangi uzilgan ko'katlar, tandirdan chiqqan issiq non... Oddiygina nonushta. Ammo inson baxtining o'zi ham aslida shunday oddiy narsalardan quriladi. Ali nonni sindirar ekan, onasi unga sinchiklab qarab qo'ydi. — Kecha ham yarim tungacha ishladingmi? — Sal. — "Sal" deganing tonggi uch bo'ldimi? Ali kuldi. — Ona, vaqtni bilmabman. — Sen vaqtni hech qachon bilmaysan. Hakimjon aka kulib yubordi. — Ishiga berilib ketadi-da. Munojat opa bosh chayqadi. — Ish yaxshi. Lekin sog'liq undan ham yaxshi. Ali indamadi. Onasining bu gaplarini bolaligidan eshitib ulg'aygan. Har safar javob berishga urinar, oxiri esa kulib qo'ya qolardi. Bugun ham shunday qildi. Nonushtadan keyin u sumkasini yelkasiga tashladi. 💻 Noutbuk... Bir nechta daftar... Qalam... Va deyarli tugamay qolgan kichkina fleshka. — Ketdim. Onasi ortidan duo qildi. 🤲 — Olloh yo'lingni ochsin, bolam. — Omin. Ali darvozadan chiqdi. Ko'chada bahor uni allaqachon kutib turgandek edi. Quyosh asta ko'tarilib borar, daraxtlar orasidan tushayotgan nur yo'lni oltinday yoritardi. U hali bilmasdi... Bugun universitet kutubxonasida bir qiz bilan uchrashishini. Va o'sha uchrashuv uning hayotini ikki qismga ajratishini. Muqaddasdan oldingi Ali... Va... Muqaddasdan keyingi Ali. 🌺

  • 🌚 ANOR 📖 1-FASL — "SO'NGGI BAHOR" 1-QISM — "Anor Gullagan Yil" 2034-yil bahori Toshkentga odatdagidek shovqin bilan emas, hidi bilan kirib kelgan edi. 🌧 Kechasi yomg'ir yog'ib o'tgan. Ertalab hovlining tuprog'i nam tortgan, g'isht devorlar ham namlikni ichiga yutib, qoramtir tusga kirgandi. Tom chetidan tomayotgan suv tomchilari hovli o'rtasidagi eski tog'oraga bir maromda tushardi. Tom... tom... tom... 💧 Ana shu tovushni Ali bolaligidan yaxshi ko'rardi. Ba'zan odamni uyg'otadigan qo'ng'iroq emas, shunday mayda tovushlar bo'ladi. 🤲 U bomdod namozini ado etgach, odatdagidek qayta yotmadi. Supaga chiqib o'tirdi. Qo'lidagi chinni piyoladan ko'tarilgan choy bug'i hali tarqamagan edi. ☕️ Ko'zi esa hovlining o'rtasida yolg'iz o'sib turgan anor daraxtida. 🌳 Daraxt hali yosh emas, qari ham emas. Tanasi yo'g'onlashgan, shoxlari esa har bahor yangidan yasharardi. Novdalarning uchida qizarib ochilgan g'unchalar tong shabadasi bilan asta tebranardi.

  • 🥀 ANOR "Men uyg‘onganimda, butun olam sukunat qa’rida edi..." 🌫 Kul ostidan hayot asta bo‘y ko‘rsatib, tabiat o‘zining azaliy qudratini yana namoyon qilgandi: yovvoyi o‘simliklar qotib qolgan tuproq bag‘rini yorib chiqqan, men vaqtida asrab-avaylab, kenglikka qo‘yib yuborgan jonivorlar allaqachon ko‘payishga ulgurgandi. Yer o‘z yaralarini o‘zi davolab, qaytadan yashnab borayotgan edi 🌍. ⚙️ Ular meni aynan shu lahza, shu muqaddas kun uchun yaratgan edilar. 💬 "Sen uyquda bo‘lasan," degan edi Ali o‘shanda so‘nggi bor yuzimga termulib. "Yer yana o‘z holiga qaytib, yashashga tayyor bo‘lganida... ularni uyg‘ot." ⏳ Men roppa-rosa o‘ttiz asr kutdim. Sabr bilan, har bir soniyani sanab, zulmat qa’rida nafas olmay kutdim. Va bugun men ko‘z ochgan o‘sha kun keldi. 📜 Ammo asl hikoya ancha oldin — bundan salkam uch ming yil muqaddam boshlangan edi. Hammasi bir bahordan boshlangan edi. 🌸 Insoniyat ko‘rgan eng so‘nggi bahordan...

  • 7 июн.789153

    Bor-yoʻgʻi bitta hayotimiz bor. Nega biz oʻsha eng ulkan orzularimiz tomon xuddi olovda yonayotgandek bor kuchimiz bilan yugurmayapmiz? Bizga atigi bitta imkoniyat berilgan, nega unda hamma qatori tinchgina oʻtiribmiz? Nega oʻsha ‘telbalardan’ biriga aylanmayapmiz? Men odamlar menga qarab: ‘Bu yigit chindan ham “telba” deyishlarini xohlayman. Va bu juda zoʻr. Bu hayotda taqdirga tan berib, hamma qatori tinchgina yashagandan koʻra, meni ‘xayolparast telba’ deyishlarini afzal koʻraman. Siz oddiygina navbatda turish uchun emas. Siz ajralib turish, uchun yaratilmagansiz!

  • Bu yosh men o‘ylaganimdan ancha og‘ir ekan. ​Bir lahzada o‘zimdan: “Men to‘g‘ri yo‘ldamanmi? Karyeram yetarlimi?” deb so‘rayman. Keyingi lahzada esa nikoh, kelajak, “vaqting keldi” degan gaplar orasida qolaman. ​Ota-onamni sekin-asta qarib borayotganini ko‘raman. bu yuragimni siqadi. Bir tomondan ularga tayanch bo‘lishni xohlayman, boshqa tomondan esa orzularim hozirgi hayotdan ancha kattadek tuyuladi. ​Eng qiyini – hammasi bir vaqtda keladi. Mas’uliyatlar kutmaydi. Hayot esa “aniq bo‘l” demaydi, u faqat har tomondan ulg‘ayishni talab qiladi. ​Ba’zan shunday tuyuladi: go‘yo hayot meni bir vaqtning o‘zida ming tomonga tortyapti. ​Lekin men asta-sekin bir narsani o‘rganayapman. o‘zimni yo‘qotmasdan hammasini ushlab turishni. ❤️‍🩹

  • Sizlarni muborak Qurbon hayiti bilan chin yurakdan tabriklayman! 🌙 Ushbu muqaddas kunlar har biringizning xonadoningizga tinchlik, baraka va farovonlik olib kelsin. Qilgan ibodatlaringiz, ezgu niyatlaringiz va duolaringiz dargohi ijobatda qabul bo'lsin. Allohim sizlarni va oilangizni o'z panohida asrasin, sog'lik-salomatlik, halol rizq va bardavom baxt ato etsin. Ota-onalaringiz boshida soyabon, farzandlaringizdan doimo quvonadigan bo'ling. Yurtimizga osoyishtalik, dasturxonlaringizga to'kinlik yor bo'lsin! Hayitingiz muborak bo'lsin! 🤲

  • 25 мая832162

    🍃 Daraxt bargni mahkam ushlab turmaydi. shamоlga ishonib, qo'yib yuboradi. Va baribir tik turaveradi. Men ham shuni o'rgandim. Sevmoq — ushlab qolmoq emas ekan. Sevmoq — ishonmoq, sabr qilmoq, vaqt bermoq ekan. 🤍 Shu yerdaman. Tinch. Bosimsiz. Sen tayyor bo'lganingda — o'zing bilasan.

  • 6 мая1 292184

    — Odamlar xuddi gullarga o‘xshaydi, ayrimlari tikanli bo‘lsa, boshqalari muattar isli. Ba‘zilari esa ikki jihat ham o‘zida jamlagan bo‘ladi: hidi yoqimli, lekin nishi bor. ©Usoma Muslim

  • 19 февр.3 940123

    Telefonimiz batareyasi ~2 soatda to’ladi. Keyin kun bo’yi ishlatib yuramiz. 8-10% vaqt quvvat olish uchun ketar ekan. Ramazon ham shunday oy. Kam ovqatlanamiz. Kam uxlaymiz. Nazariyada quvvatimiz kamdek bo’lishi kerak. Aslida esa, kam bo'lmaydi. Undan tashqari butun yilga yetadigan quvvat olamiz. Yilning sakkiz foizi, qolgan qismini ushlab turadi. Ramazonda bir kunda 2-3 kunlik ishlarni bitirib olaman. Kunlarda baraka bo’ladi. Tanam qiynalsa ham, ruhim dam oladi. Odamlarning tuzilishini bir xil deb olsak, Boshqalarda ham shunday bo’lsa kerak. Ramazon muborak. Quvvat oyi muborak!

  • 22 дек.4 070153

    Maqsad qo’yish haqida Oldin negadir 1 yil ichida erishishim mumkin bo‘lgan maqsadlarni ortiqcha baholab, 3 yil ichida erisha oladigan maqsadlarimni esa kam baholab kelganman. Masalan, bir yillik rejada uy sotib olishni bemalol maqsad qilib qo’yganman. Ammo kasbni o‘zgartirish yoki ubu startup qilish umuman xayolimga kelmagan, chunki buni real maqsad ekanligiga o’zimni ishontira olmaganman. 1 yilda hammasini tubdan o’zgartirish qiyindek tuyulgan, 3 yilga maqsad qo’yishni esa o’ylamaganman. Bilaman, ko’pchilik yil oxirida o‘zini bir yil oldingi versiyasi bilan taqqoslaydi, lekin aslida 3 yilda ro‘y beradigan o‘zgarishlar hayratlanarliroq va sezilarliroq bo’ladi. Aytmoqchimanki, oldingizga ambitsioz katta maqsadlar qo’yishdan qo’rqmang. Ular 1 yilga emas, balki 3-5 yilga bo’lishi mumkin. Muhimi, o’sha katta maqsad sizni bugungi harakatlaringizda ilhom berishi. @latipovasamira

  • 15 дек.3 111232

    O'z umrimni qotili o'zim, Gunohga boshlaydi, har aytgan so'zim, Uyalmay ham qoldi behayo ko'zim, Raqib bo'lib qoldim o'zimga o'zim.... Davom ettiramiz👇👇

  • 8 дек.4 021134

    Ish faoliyatimdagi eng yaxshi maslahat: Har bir ishda yoki o‘rganishing, yoki pul topishing kerak. Har ikkisi ham bo‘lishi zo‘r. Agar ikkalasi ham bo‘lmasa - ishdan ket. © Garry Tan

  • 14 нояб.3 260132

    “Bas, albatta, qiyinchilik bilan osonchilik bordir”, - Sharh surasi 5-oyat. Bu har qanday zamonga mos keluvchi formula. E’tibor bersak, birinchi qiyinchilik, undan so’ng esa osonchilik so’zlari kelyapti. Bugun qiynalsak, ertaga oson bo’ladi. Bugun nimadir ustida mehnat qilsak, ertaga hosilini olamiz. Bugun ilm uchun qiynalsak, ertaga natijasi chiqadi.

  • 12 нояб.2 543127

    🔄Qulay vaqt degan narsa yo‘q Hamma “bir kuni” degan afsonaga ishonadi, “Qulay vaqt kelsa boshlayman”, “Sharoitim bo‘lsa o‘qiyman”, “Pul topgach, o‘zimni o‘zgartiraman” deydi. Lekin qulay vaqt hech qachon kelmaydi. ⏺ Psixologiyada bu holatga “illusion of timing” deyiladi. Bu inson miyasi o‘zini himoya qilish uchun to‘qib chiqargan illuziya. Harakat qilish miyangiz uchun qo‘rqinchli va noaniq ish, shuning uchun eng qulay yechim “hali emas” deb o‘zini ovutish. Kaliforniya universitetida (UCLA) o‘tkazilgan tadqiqotda shunday xulosa chiqarilgan: “Odatda o‘qishni boshlash, yangilik o’rganish, hayotini o’zgartirish niyatida bo’lgan va “hozir emas, hali tayyor emasman” deb ortga suradigan insonlarning 85%’i keyinchalik ham o‘sha ishni hech qachon boshlamaydi”. 💡Ya’ni, “hozir emas” degan his vaqtinchalik holat emas, balki ongdagi doimiy bahona. Masalan siz suzishni o‘rganmoqchisiz va “suvga tushishga tayyor emasman” deb o‘ylaysiz. Lekin suvga tushib ko’rmaguningizcha hech qachon bunga tayyor bo‘la olmaysiz. Chunki tayyorlikning o‘zi amaliyot natijasida keladi. Shu sababli qulay vaqtni kutish – suvga tushmasdan suzishni orzu qilishga o‘xshaydi. Xulosa: “Bir kuni” degan vaqt yo‘q. Hayotda faqat “bugun” degan 24 soatlik imkon bor. Uni ishlatgan odam yashaydi, kutgan odam esa faqat “ertangi orzular”da qoladi. Autor: @abdusattor

  • Onamga. Sen daladan chiqmading, ona, Kuzak chiqdi, bellaring chiqdi. Dalalardan yuz burgan shahar Gazetida she’rlarim chiqdi. Sen daladan chiqmading, ona, Xonatlasning xillari chiqdi. Kissam quruq, qilib masxara Kalishingni tillari chiqdi. Sen daladan chiqmading, ona, Xuftonlarda etak yamading. Dil bir taraf, dunyo bir taraf, Xudbin chiqdi Nurmuhammading. Sen daladan chiqmading, ona, Omonatim, o‘lmasim mening. O‘sha moviy qirlarga qarab Jonim chiqsa bo‘lmasmi mening?! Sen daladan chiqmading, ona. Nurmuhammad AZIZ

  • Ko’zlarim ko’rmas edi. Kambag’al shaharning eski maktabida o’qirdim. Bir burchakda o’tirardim. Bildirmay kelib, indamay chiqib ketar edim. O’rtoqlarim yo’q. Borligim bilinmas edi. Bir kuni sinfimizda sichqon ovozi eshitilib qoldi. Hamma qo’rqib ketdi. Baqir-chaqir boshlandi. Shunda ustozimiz hammani tinchlantirib, bitta gap gapirdi: -Bolalar, hammamiz jimamiz. Stivning qulog’i zo’r eshitadi. U hozir bizga sichqonni qayerdaligini topib beradi. Qani bolajonim Stivi, eshitib, ayting, sichqon qayerda? Umrimda bunchalik hayajon tuymagan edim. Mening borligimni sezishdi. Men kerak bo’ldim. Nahot-ki menda ham iqtidor bor? o’ylashni boshladim. Butun vujudim quloqqa aylandi. Sichqonni qayerdaligini topib berdim. O’sha kundan men o’zgardim. O’zimga ishonch paydo bo’ldi. Tinglash qobilyatim hammanikidan kuchli ekanligini tushundim. Bugungi holatimga o’sha voqea sababchi. XX asrning eng ta’sirli qo’shiqchisi Stivi Uander.

Mᴜʜᴀᴍᴍᴀᴅǫᴏᴅɪʀ Zᴏᴋɪʀᴏᴠ | Bʟᴏɢ — tgindex