- Последний пост
- 27 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Маркетинг (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 467
- 1/48двое суток
- 535
- 1/72трое суток
- 577
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Yakuniy natijani nima ta'minlaydi? • Bilim? • G'oya? • 24/7 ishlash? Oxirgi kunlardagi ba'zi voqealardan keyin o'ylab qoldim Nega ba'zi insonlarda g'oya juda ko'p, bilimi ham ko'p, lekin 24/7 ishlasa ham natija bo'lmaydi, yoki tan olinmaydi Aynan shu savolim bor insonlarni uzoq kuzatish davomida olgan javobim juda oddiyligidan o'zim ham hayron qoldim Mani xulosam bitta: Mas'uliyatni olishdan qo'radi, boshini bolta ostiga qo'ymaydi. Shu ishni qilish kerakligini, qayerda xato qilmaslik kerakligini biladi, lekin "Yakunda natija bo'lmasa javob berasanmi o'zing?" deb so'ralganda ortga chekinadi. Ha shunchaki "har qanday natija uchun man turib beraman" degan pozitsiyani o'zi yuqoridagilarning hammasidan ustun turadi Shunday mindsetdagi odamda g'oya va bilim bo'lmasa ham u natijani ta'minlay olganini ham o'zim ham atrofdagilar misolida ko'rib kelyapman
G'oya muhimmi yoki realizatsiyami? Menimcha ikkinchisi muhimroq Ideasi yoq lekin mavjud ideani amalga oshiroladigan odam bir kun kelib qanday qilib idea qilishni o'rgana oladi Lekin ideasi bor, ammo amalga oshirmaydigan odam harakatga o'tishni o'rganish ehtimoli juda kam Nega? Chunki g'oya qilishda risk yoq, amaliyotda esa risk bor Kimki qo'rquvlarni yengib mas'uliyatni ola bilsa harakatga o'ta oladi Harakatdan to'xtamagan odam esa bir kunmas bir kun aniq natijaga erishadi Siz bu fikrga qo'shilasizmi? Qo'shilaman - 🔥 Qo'shilmayman - 👎
Bu hayotda menimcha o’zi hayollarida yoshligida ekilgan orzu / tasavvur urug’larini parvarishlab, umri davomida o’stiradi Siz ekkan ekiningiz hosili juda uzoq yillardan so’ng keladi Shunday ekan miyangizga har xil urug’larni ekib tashlamang🫱🏼🫲🏽 Qanday urug’ miyangizga ekilganini kimga havas qilayotganingiz, qanday maqsad tomon harakatlanayotganingizdan tahmin qilsa bo’ladi @nasullaevblog
Kech bo'lganda yaxshi bepul darslik topib oldim 👆
KPI bo’yicha to’liq darslik✅ 🔗Link: https://youtu.be/MVC5OsNdoX4?si=Ald_ajJdpWANR-sb Instagramdagi Reality’ning 9-kunida KPI haqida tushuntirdim. @Abdulboriy_sotuvchi
Haqiqatni tan olish = Yangi imkoniyat O'tgan haftada man o'zim uchun kashf qilgan yangi instrument - Haqiqatni tan olish Aynan shu instrument bilan bugun yana bir yangi insight oldim. Insightni bo'lishishdan oldin "Haqiqatni tan olish" deganda nimani tushunayotganimni qisqacha ochib bersam: Haqiqatni tan olgan odam qo'rqmaydi, risk qiloladi, ishlaridagi sabablarni maksimumda qilib, yakuniy natijani egasiga qo'yib beradi. Kuchsiz va aqlsiz ekanini tan oladi va javoblar izlaydi Tan olmagan esa bir yerda chiranishda davom etaveradi Hammasini o'z gardaniga oladi Bosim ortadi, natija orqaga ketadi, hammasi o'zimdan deb o'ylaydi Javob va natija uchun yopiladi Eng qiziq joyi shundaki, haqiqatni tan olish har doim ham ojizlik yoki negative ma'noda ishlamaydi Misol keltiraman: axmoqligingni tan ol, kuchsizligingni tan ol, eplolmasligingni tan ol - bunday hollar 80% vaziyatda bor Lekin buni aksi ham bo'lar ekan: Haqiqatda katta mas'uliyatni olganingni tan ol, yangi va jiddiy darajaga chiqqaningni tan ol, o'zingni past baholashni to'xtatib, o'z-o'zingni tan ol... 4 oydan beri Qurilish kompaniyasida Tijoriy bo'lim rahbari sifatida ishlayapman Boshida buni qanchalik katta obyomda ekanini tan olmadim, lekin bugun tan oldim - oyiga million dollarlik pul tushumini ta'minlash kichik ish emas ekan😅 Xullas, odam o'z-o'zini tanqid qilishi yaxshi lekin buni oshirib yuborish ham kerak emas @nasullaevblog
🌊 Dengiz qancha chuqur bo'lsa u shuncha sokin bo'ladi Inson qancha oqil bo'lsa shuncha bosiq bo'ladi Og'ir, noqulay va stressli momentlarda insonlar o'zlarini qanday tutishlariga e'tibor qarating - bu ularning asl holatlari Istalgan odam hammasi yaxshi va ularga mos bo'lgan holda o'zlarini yaxshi tuta olishadi Og'ir vaziyat esa emotsiyalarni tizgindan chiqaradi, o'z-o'zini nazorat qilishga majbur qiladi @nasullaevblog
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
May oyi eng band va samarali oylardan bo’ldi 1. Oyni Yangi O’zbekiston obyekti uchun online taqdimotdan boshladik 2. 4-may kuni esa Bosh Vazir va Savdo Sanoat Palatasi bilan birgalikda HongKong safariga ketdik 3. 7-may kuni Guanjouda safarimiz davom etdi va 11-may kuni Toshkentga qaytdik 4. 12-22 may kunlari China Housening yangi yirik loyihasi ustida jamoa bilan intensiv ishladik. 5. 23-26 may kunlari Navoiy safarida oilaviy bo’ldik. Jiyanni uylantirib keldik 6. Hayitda bir kun dam olib, shu bilan yangi oy oldidan China Housening Commercial Department’ini yangi darajaga chiqarish uchun reja va materiallarni tayyorladim. Bu ishdagi eng asosiy focusim management’ga qaratilgan. O’z o’zini boshqaruvchi tizim yaratish modeli 85% tayyor Aynan shu modelni 100% qilish uchun mayning oxirgi kunlarini sokin tabiat qo’ynida o’tkazyapman @nasullaevblog
⏰ Soat tungi 00:05 📆 28-maydan 29-mayga o’tish kechasi Davlat 5 kunlik dam olish e’lon qilgan 2021-yildan beri o’z vaqtimni o’zim nazorat qiloladigan imkoniyatga egaman, lekin shunga qaramay hayotimning 80% qismi shu ko’rinishda o’tib keladi Eng qizig’i, men tanigan o’nlab millionerlarning deyarli hammasi xuddi shu vaqtda aloqaga chiqsangiz ham siz bilan gaplashishadi (uyqusiragan ovozda emas!) 📌 Muhim to’ldirish: “Temshik” va Tadbirkorlar adashtirilmasin 🤔 Nega tepasida rahbari yo’q insonlar ish vaqti belgilangan xodimlarga qaraganda ko’proq ishlashadi? Nega standartdagidan ozgina ko’p ishlagan xodimlar qo’shimcha haq yoki e’tirof talab qilib qoladi? Meni xulosam, harakat fundamenti ichkaridan bo’lgan insonlarga tashqaridan ta’sir kerak emas, ular bu ishni o’zlariga yoqqani uchun qilishadi. Ikkinchi toifa majbur bo’lganidan qiladi. 🐣 Oddiy lekin ideal o’xshatish: Tuxum ichkaridan sinsa yangi hayot, tashqaridan sinsa o’lim. O’ylab ko’ring, harakatlaringizni xohlab qilyapsizmi yoki majburlikdan? @nasullaevblog
Chumchuq inida ko'rganini qiladi Bola uyida ko'rganini qiladi Xodim rahbarida ko'rganini qiladi Rahbar esa o'ziga o'xshagan xodim oladi Atrofimizdagi hamma narsa aslida bizning ichki olamimizning aksi Juda kichik qismi esa maqsadlarimiz yo'lida yengishimiz kerak bo'lgan muammolar Muammolar aslida hayotimizning juda kichik foizini tashkil qiladi, ularga emotsional tus berish orqali ahamiyatini oshirib yuboramiz xolos Hayotimizning asosiy qismi esa biz uchun qachonlardir muammo bo'lgan yechimlarning avtomatlashgan ko'rinishidan iborat Xulosa: Atrofingizda sizga yoqmayotgan holatlar yoki sizning ichki olamingiz, yoki yangi darajaga chiqishingiz yo'lidagi to'siqchalar. Har bir to'siq yangi level uchun kalit. Kalitni topish uchun esa ratsional fikrlashimiz kerak bo'ladi (qaysiki, har doim ham oson bo'lmagan ish) O'zing o'zgarmasang, olam o'zgarmas @nasullaevblog
видео или голосовое, без подписи