tgindex
Mirzo Qodirov | Blog

Mirzo Qodirov | Blog

Статистика
@mirzokodirovузбекский

CMO ➡️ @imanumapp Data-driven va qadriyat asosidagi marketing. Absolyut haqiqatlar emas, balki shaxsiy fikr, kuzatuv va xulosalarim.

Последний пост
21 апр.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 042
+2 за 5 дн.
Сутки
−1
−0,10%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 378
19 постов
Вовлечённость
228,2%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 21 апр.1 75035

    Assalomu alaykum! Jamoamizga kontent lead kerak bo‘lyapti. Raqamli produktlar (jismonan mavjud bo‘lmagan: fintech, xizmat ko‘rsatish, edtech va h.k.) bilan kamida 3-5 yil ishlagan senior mutaxassis kerak. Asosiy ish to‘xtovsiz kontent yarata oladigan tizim qurishdan iborat bo‘ladi. Birga ishlash istagi bor bo‘lsa, iltimos, murojaat qilinglar @aszacyt

  • 3 мар.4 95119

    без подписи

  • 3 мар.5 12619

    без подписи

  • 3 мар.5 00319

    без подписи

  • 3 мар.4 31919

    без подписи

  • 3 мар.3 7211619

    Ramazon faqatgina cheklovlardan iborat emas. Bu oy aslida intizom oyi. Bu yil IMAN’da Ramazon oyi uchun kampaniya tayyorlayotganda qiziq bir chellenj bilan yuzlashdik. Shunday g‘oya kerak ediki: • u oddiy bir mavsumiy kampaniya bo‘lmasin. - unda odamlar e’tiqodidan marketing vositasi sifatida foydalanilmasin. • undagi kommunikatsiya «aqillilik qilish»ga o‘xshab qolmasin. Ko‘pchilik Ramazon oyini oddiy cheklovlar sifatida ko‘radi: ovqat yemaslik, suv ichmaslik va h.k. Lekin chuqurroq qaraganimizda, Ramazon nafsni jilovini qo‘lga oladigan, o‘zni sarhisob qilib yo‘nalishni to‘g‘rilab oladigan oy. Bunda albattaki o‘zimiz uchun noqulay, lekin ayni vaqtda foydali savollarni beramiz - Men kimman? - Qayoqqa ketyapman? - Nimani yaxshilashim mumkin? Aynan shu yerda salbiy odatlar - ko‘pincha sezilmaydigan, ammo fe’l-atvorimizni shakllantiradigan kundalik xatti-harakatlar e’tiborimizni tortdi. • g‘iybat • hasad • odamlarni xafa qilish • yolg‘on so‘zlash va h.k. O‘zimizga savol berdik: Marketing yordamida ana shu ko‘pchiligimiz e’tiborga olmay yengil qaraydigan salbiy odatlar haqida eslatma qilib ularda o‘zlari uchun foydaliroq narsaga rag‘bat uyg‘ota olamizmi? Shu tariq asosiy g‘oya paydo bo‘ldi: G‘iybat qilmang - investitsiya qiling. Hasad qilmang - investitsiya qiling. Isrof qilmang - investitsiya qiling. Bu holatda investitsiya faqat pul emas. Bu tizimli kundalik moliyaviy odatni shakllantirish. Aksariyat reklamalar "sotib ol" deb hayqirayotgan bir paytda sokinroq bo‘lishga qaror qildik. Agar banner sotishga urunmay, kuzatuvchi bilan suhbat qurishga harakat qilsa, uning e’tiborini tortish osonroq bo‘ladi. - Birinchi e’tibor. - Keyin kommunikatsiya/messej. - Oxirida yechim yoki taklif. Ammo kommunikatsiyani o‘zi yetarli emas. G‘oya haqiqatan ishlashi uchun ilovada ham ba’zi o‘zgarishlar qildik. • har kuni sarmoya kiritishni avtomatlashtirish uchun avto-invest funksiyasini ishlab chiqdik; • kunlik minimum investitsiyani 50 ming so‘mga tushirdik. Shu tariqa kichik kundalik odat paydo bo‘ladi, insonda kapital shakllanib foyda olib kelishni boshlaydi. Ba’zida baland ovozda gapirishning hojati yo‘q. Haqiqatan ham muhim narsalar haqida gapirsak shuni o‘zi yetadi. Ha, bu ham marketing. Faqatgina tranzaksion metrikalar emas, balki mijozlar fikrlash tarzini shakllantiradigan, ularni uzoq muddatli munosabatga tayyorlaydigan marketing

  • 2 мар.1 2584

    без подписи

  • 2 мар.1 2594

    без подписи

  • 2 мар.1 2424

    без подписи

  • 2 мар.1 100234

    Mana buni kreativ desa bo‘ladi🥹 Manimcha ortiqcha izoh shart emas…

  • 18 февр.1 825848

    Marketing faoliyatini yuritishda qadriyat juda katta ahamiyatga egaligini tushunib yetibmanki, bu g‘oyani yanada ko‘proq mutaxassislarga yetkazish istagi hech tark etmaydi. 14-fevral kuni ham Tashkent Marketing Forum 2026’da «Islom moliyasi va marketing:…

  • 10 февр.1 397193

    Marketing faoliyatini yuritishda qadriyat juda katta ahamiyatga egaligini tushunib yetibmanki, bu g‘oyani yanada ko‘proq mutaxassislarga yetkazish istagi hech tark etmaydi. 14-fevral kuni ham Tashkent Marketing Forum 2026’da «Islom moliyasi va marketing: qadriyatlar asosidagi marketing qanday bo‘ladi?» mavzusida chiqish qilamiz Mavzuga qiziquvchilar bo‘lsa, albatta, forumda kutaman! Barchamizga manfaatli qilsin. Manzil: AZIMUT Grand Hotel Tashkent Batafsil: https://tmf26.marketing.uz/uz

  • 7 февр.1 2651519

    Oxirgi 3 oy ichida 100 ga yaqin rezyume bilan tanishdim, 30 ga yaqin inson bilan interview o‘tkazdim. Bu jarayonda ma’lum bir xulosalar paydo bo‘ldi va bugungi mavzuni muhokamasiga undadi. Barchaga manfaatli qilsin

  • 30 янв.1 619157

    Oxirgi paytda Uklon haqida juda ko‘p o‘yladim oxirgi kampaniyasidan keyin. Ba’zi fikrlarim bilan bo‘lishgim keldi. Bu reklama emas, to‘g‘risi🤣

  • 20 дек.2 007189

    Yaqinda bir narsa haqida o‘ylab qoldim. Gap freelance va agentliklar haqida. Hozir dekabr, har yilgidek 2026-yil uchun umumiy biznes strategiyasi ustida ishlayapmiz. O‘tgan yillar davomida yig‘ilgan tajriba asosida 2026-yilda nima qilishimiz kerakligi haqida nisbatan ravshan tushuncha bor: qaysi yo‘nalishga ko‘proq e’tibor berish kerak, byudjet qaysi kanallarga qanday taqsimlanishi kerak va h.k. Strategiya muvaffaqiyati, nazarimda, 2 ta asosiy narsaga bog‘liq: to‘g‘ri qo‘yilgan maqsad va unga erishishning to‘g‘ri tanlangan usuli. Hozirgi fikrlashim va tajribam asosida shu narsani aytishim mumkinki, yuqoridagi ikki narsani outsource jamoalar aksar holatda hal qila olmaydi. Sababi bu ikki narsani uddalash uchun biznes haqida yetarli ma’lumot yo‘q. Kimdir aytishi mumkin, ish boshlashdan avval analiz qilamiz, shunda hamma ma’lumot olinadi deb. Ammo bu analizlar qanday qilinishini hammamiz yaxshi bilamiz)). Ichki holatni to‘liq ko‘ra olmaslik outsource (agentlik, frilans) marketing jamoalarning samaradorligini bir necha barobar tushirib yuboradi. Tashqi jamoalar bilan unumdor ish qilish uchun yoki shtatda albatta kuchli marketolog bo‘lishi kerak yoki biznes egasining o‘zi marketingdan yetarli darajada xabardor bo‘lishi lozim. Misol uchun biz biror agentlikni jalb qilsak va desakki: «2026-yil uchun shuncha byudjetimiz bor, nimalar qilsak bo‘ladi?» – yuzlab g‘oyalar yeg‘ishimiz mumkin. Ammo bu g‘oyalar haqiqatda muvaffaqiyatga olib boradimi yo‘qmi? Hozirgi holatimiz uchun muvaffaqiyat nima o’zi? Maqsadchi? Asosiy masala shu. Bizda analiz uchun bir necha yuzlab terabayt ma’lumot bor. Bu narsani o‘rganib chiqishni hech bir agentlik bo‘yniga olmaydi. Bu holatda samaradorlik uchun mas’uliyat asosan kompaniya ichidagi odamlarda bo‘ladi – to‘g‘ri maqsadni belgilash va to‘g‘ri yo‘nalish berish. Albatta, shtatda yaxshi mutaxassisni ushlab turish biznesga (kichik va o‘rta bizneslar uchun) ancha qimmatga tushishi mumkin. Lekin bu xuddi ROI va CAC masalasiga o‘xshaydi. Sizda CAC qancha kam bo‘lmasin, ROI salbiy bo‘lsa, buni bir tiyinlik ahamiyati yo‘q. Ammo ROI yaxshi holatda bo‘lsa, CAC ning qancha bo‘lishi ahamiyatsiz. Shu sabab bu yo‘nalishdagi chiqimlarga investitsiya sifatida qarash mumkin. Bugun bo‘lmasa ertaga albatta natija olib keladi Shuncha gap bilan nima demoqchi bo‘ldim? Asosan biznes egalari uchun Agar siz haqiqatan natijaga erishish istagida bo‘lsangiz, yoki jamoada shunday mutaxassis bo‘lishi uchun, yoki o‘zingizda mustahkam tushuncha bo‘lishi uchun investitsiyani ayamang. Shunda kim bilan ishlashingizdan qat’i nazar natijaga erishish ehtimoli kattaroq bo‘ladi. P/S. Shtatga yaxshi marketolog topish ikkinchi eng qiyin masala😂 Misol uchun, o‘zimizni jamoada Product Marketing Manager va Performace Marketer pozitsiyalarini 4-5 oydan beri yopa olganimiz yo‘q. So‘rov juda ko‘p, lekin sifatlilar juda kam yoki olib keladigan qiymatiga nisbatan overpriced. Bu mutaxassislar uchun yaxshi signal. Erkinlik ortidan quvish o‘rniga zo‘r mutaxassis bo‘lish ustida ishlasangiz yaqin 5 yil ichida oldingizda juda katta imkoniyatlar ochilishi mumkin.

  • 16 дек.1 531206

    Umr deganda ko‘z oldimizga juda katta, hech qachon tugamaydigan vaqt oralig‘i keladi a? Resurslar haqida gapirsak, ular juda ko‘p: pul, mansab, obro‘-e’tibor, tanishlar. Lekin bular ichida bir bebahosi bor – vaqt. Yaqinda Rustamaka bilan bir loyiha haqida gaplashgan edik. Shunda bir fikr aytdilar. Mixdek o‘rnashdi miyamga. «Bu loyihaga umrimni investitsiya qilmoqchi emasman» deb aytdilar. Nima qilsa ham investitsion kompaniya rahbarilar-da😂 Xullas, nima fikr keldi? O‘z vaqtimizni nimalarga investitsiya qilayotganimiz haqida hech o‘ylab ko‘rganmizmi? Hozir ijtimoiy tarmoq, Counter Strike va h.k. larni nazarda tutmayapman. Umuman olganda. Masalan umrimizning 1/3 qismi ishda o‘tadi. Bizning sohada bu asosan biznes loyihalar. Loyiha bilan kelishuv qilishda bu loyihaga 6 oy, 1 yil umrimni investitsiya qilishga tayyormanmi degan savolni hech berib ko‘rganmizmi? Ertaga ROI qanday bo‘ladi? Faqat moliyaviy ROI emas, balki mijozlar, jamiyat, insoniyat oladigan ROI. Ikki dunyoda olinadigan ROI? (ROI kiritilgan investitsiya olib keladigan foyda) Yoki boshqa misol, atrofimizdagi insonlar. Kimga ko‘proq vaqt, e’tibor va mehr bersak ROI maksimal bo‘ladi? Ancha o‘ylantiradigan savol va filtr bo‘ldi. Bundan avval shunga o‘xshash bir masalada ustozlar bilan maslahatlashganimda ham shunga o‘xshash javob olgandim. Qaysidir ma’noda IMAN’da qolishimga ham ana shu maslahatlar sabab bo‘lgan. Vaqtimni frilans yoki boshqa loyihalarga investitsiya qilishim ham mumkin edi, lekin uzoq muddatda ulardan olinadigan ROI juda kichik bo‘ladi. To‘g‘ri IMAN’da ham ROI katta bo‘lishi kafolatlanmagan, ammo investitsiya risksiz bo‘lmaydi)) Vaqt bo‘yicha oladigan qarorlarimiz ham xuddi investitsion loyihalarga o‘xshaydi. Tanlovlarimiz asosida turadigan filtr ana shu oddiy mantiqqa asoslansa, ya’ni qayerga investitsiya kiritilsa har tomonlama ROI eng balandi bo‘ladi degan savol asosida qaror qabul qilinsa, menimcha, adashishimiz ehtimoli ancha pasayadi. Kechga tafakkur qilish uchun biroz fikrda))

  • Assalomu alaykum, yaxshilar! Endi e’tibor berishni boshlabman, marketing bozori tinchib qoldimi oxirgi payt yoki menga shunday tuyulyaptimi?)

  • Hayot kompasi yohud nima uchun shijoatsizmiz Hozir zamon shundayki, qayerga qaramaylik “muvaffaqiyatli muvaffaqiyat” haqidagi gaplar. Instagram’dagi hikoyalar go‘yoki boshqalar sizdan ko‘ra baxtliroq hayot kechirayotganini so‘zlaydi. Kimdir yaxshiroq loyihada ishlaydi, kimningdir atrofida qiziqarliroq odamlar, kimdir yangi texnika, yana kimdir yangi ulov xarid qiladi. Siz esa zerikarli ishda bir o‘zingiz, hech narsaga erisha olmagan notovondek o‘tiribsiz. Doimiy xavotir va vasvasa ta’sirida daraxtning hali u shoxiga, hali bu shoxirga sakrashni boshlaysiz. Sabotni, ya’ni o‘zingizga ishongan holda bir yerda muqim o‘rnashib olish imkoniyatini qo‘ldan boy berasiz. Natijada hech narsaga qo‘lingiz bormaydigan bo‘lib qoladi va bu holatni motivatsiya yo‘qligiga yo‘yib qo‘ya qolasiz. Mana shu holat xotiringiz jam emasligini ifodalaydi. Barchamizda bunday holat bor. Ana shu holatning sababi va yechimlari haqidagi kuzatuvlarimni yozdim. Manfaati tegsa, albatta, xursand bo‘laman.

  • Qadriyatlarga asoslangan marketing qanday bo‘ladi? 📈 Bugungi kunda bizneslarga nafaqat sotuv, balki qadriyatlarni insonlarga yetkazish muhim. Qadriyatli marketing — bu mahsulotni emas, insonlar qadrlaydigan g‘oyalarni ulashishdir. 🔥 Najot Ta’limda bu safar qadriyatli marketing nima, uni qanday qilib real loyihalarda qo‘llash mumkinligini bilib olamiz.

  • Mirzo Qodirov | Blog pinned Deleted message