tgindex
Samira Latipova - Growth

Samira Latipova - Growth

Статистика

Growth Lead at Numeo. T1D Mom Growth • AI • Startups • Product Management • Career Development http://linkedin.com/in/samiralatipova DM: @samiralatipova

Последний пост
11 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Бизнес
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
3 642
+9 за 2 дн.
Сутки
−3
−0,08%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
3 754
21 постов
Вовлечённость
103,1%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 21
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
858
1/48двое суток
983
1/72трое суток
1 060

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Kommentariyalarda biz amalga oshirgan ayrim real growth eksperimentlari bilan bo‘lishaman. Agar siz mahsulot yaratish yoki startapni o‘stirish haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, Growth Product yo‘nalishini o‘rganish siz uchun juda katta imkoniyatlar ochishi mumkin.

  • 2 авг.1 951381

    Tasavvur qiling, fikrlaringiz papkadagi qog’ozlar. Agar yangi ma’lumot chiqsa yoki boshqaning fikri haqiqatga yaqinroq bo’lsa, eski qog’ozni olib, yangisini qo’yishdan qo’rqmang. Ko’pchilik fikrini o’z shaxsiyati bilan bog’lab qo’yadi. Shu sabab fikrini o’zgartirishni zaiflik yoki mag’lubiyat deb o’ylaydi. Menimcha, aksincha. Fikrini o’zgartira oladigan odam - o’sayotgan odam. PS: Kecha yozgan postim va kommentlarni o’qib, o’zim ham ba’zi narsalarni qayta o’ylab chiqdim. @latipovasamira

  • 1 авг.1 873342

    Ijtimoiy tarmoqlarga eng keskin qarshi chiqadiganlarning o’zi ko’p hollarda aynan shu ijtimoiy tarmoqlar orqali tanilgan va boyigan bo’ladi. #kuzatuvlarimdan Qizig’i, ular “men ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmayman” deb faxrlanadi. Lekin o’zlari ham, bizneslari ham mijozlarni asosan ijtimoiy tarmoqlar orqali topishda davom etadi. :) Hech kimni tanqid qilmoqchi emasman. Shunchaki, shaxsan men pozitsiyasi bir-biriga keskin zid bo’lgan odamlarga doim ehtiyotkorlik bilan qarayman. Haddan tashqari keskin pozitsiyalar ko’pincha ichki muvozanat yo’qligidan dalolat beradi. @latipovasamira

  • 1 авг.1 8273618

    Stress va tushkunlikga tushgan bemorlardan birinchi o’rinda psihoterapevt: - Nech soat uhladingiz? - Sport bilan shug’ullanasizmi? - To’g’ri ovqatlanasizmi?…degan savollar so’raydi. Depressiv bo’lib qolganimda shu savollarni o’zimga beraman. Odatda yordam beradi. Chunki katta ehtimol bilan o’sha payt kam uhlagan va charchagan bo’laman. Elena Rezanova-ning «Никогда нибудь» kitobida “разряженная батарейка” degan termin bor. Unga oid, siz umuman hech narsa qila olmaysiz energiyasiz. Shunga, tepadagi oddiy 3ta savol berish kerak va o’sha bug-larni imkon qadar tez fix qilish kerak. @latipovasamira

  • 30 июл.1 8795019

    AI hamma narsani biladigan davrda nimani o‘rganish kerak? Tushlik payti Estoniya ta’lim vaziri Kristina Kallasning TEDx chiqishini ko‘rdim. Uning nutqidan 3 ta insight oldim: - AI hamma narsani bilishi mumkin, lekin fikrlashni bizning o‘rnimizga qila olmaydi. - Miyamiz o‘zi oson yo‘lni, yodlab olishni, yaxshi ko‘radi. Lekin endi buni AI bizdan ancha yaxshi qiladi. Shuning uchun ta’lim ham o‘zgarishi kerak. - Bolalarni tayyor javobni yodlashga emas, savol berishga, tahlil qilishga va mustaqil fikrlashga o‘rgatish muhim. Estoniyada AI’ni shpargalka sifatida emas, aksincha o‘quvchini ko‘proq o‘ylashga majbur qiladigan yordamchi sifatida ishlatishni boshlashibdi. — Bizda ham ta’lim tizimida shunday zamonaviy fikrlaydigan, davr bilan birga yuradigan rahbarlar ko‘proq bo‘lishini hohlardim. @latipovasamira

  • 29 июл.1 858468

    O‘zbekistonda kompaniyalar tobora ko‘proq mahalliy top-menejerlarni yollayatkandek.. Oldin aksincha edi. Ko‘proq ekspatlar yollanardi, ularga katta maosh berilar va eng muhim yo‘nalishlar (CPO/CTO) ishonib topshirilardi. Yaqinda bir yirik xoldingda ishlaydigan hamkasbim bilan gaplashdim. U ommaviy ishdan bo‘shatishlar ayrim ekspatlar va’da qilingan natijani bera olmagani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini aytdi. Bu qanchalik to‘g‘ri, ochig’i, bilmayman. Lekin men boshqa muammoni ko‘ryapman. Ko‘p founderlar kuchli chet ellik CMO, CPO yoki Head of Growth yollasa, kompaniya magic bo’lib o‘sib ketadi, deb o‘ylaydi. Lekin O‘zbekiston bozori boshqacha. Bu yerda boshqa mijozlar, boshqa sharoit va boshqa qoidalar ishlashini unutishadi. Menimcha, CEO/Founder jarayonda faol bo‘lmasa, hech qaysi manaman degan top-menejer mo‘jiza qila olmaydi. Eng yaxshi natija baribir menejerlar va founderlar bir maqsad sari, bir jamoa bo‘lib ishlaganda chiqadi. Yana bilmadim..) @latipovasamira

  • 21 июл.2 422319из uxeruz

    Ideas beat prompts Instagramda juda ko'p blogerlar aktiv ko'paytirish maqsadida o'z sahifasiga, "shu ishni AI bilan qanday qilganim haqida bilmoqchi bo'lsangiz, commentda keyword ni yozib qoldiring va men sizga maxsus prompt yuboraman" deb post joylaydi. Comment qismida esa bir dunyo odamlar o'sha promptdan foydalanib ko'rish uchun keyword ni yozganini ko'rasiz. Lekin muammo prompt yoki bloger da emas, muammo biz o'zimizda. Dangasamiz. Ko‘pchilgimiz tayyor prompt qidiramiz. Chunki boshqalar qandaydir “sehrli so‘zlar”ni biladi deb o‘ylaymiz. Aslida esa eng yaxshi prompt bu mavzuni chuqur tushunish ortidan keladi. Aynan shu nuqtada ko'pchiligimiz dangasalik qilamiz, mavzuga chuqur kirgimiz kelmaydi. Shu sabab AI ga o'zimiz xohlagan narsani tushuntirib bera olmaymiz. If you can’t describe your idea to AI, then you don’t have an idea. AI isn't magic. U sizning o‘rningizga o‘ylamaydi. U faqat sizning fikrlaringizni tezroq va samaraliroq amalga oshirishga yordam beradi. Shuning uchun AI bilan ishlashda kimgadir taqlid qilib emas, o'z g'oyangiz bilan ishlashga harakat qiling. Promptlar o‘zgaradi, AI modellari yangilanadi, lekin kuchli g‘oya hammasidan ustun turadi. @uxeruz

  • 20 июл.3 154547

    Anomal issiq payti dostavka buyurtma qilsam, doim kuryerlar haqida o'ylab qolaman. Bir tomondan, bu ular uchun ko'proq pul ishlash imkoniyati. Ikkinchi tomondan, bunday issiqda, ayniqsa skuterda yurib buyurtma yetkazish sog'liq uchun oson emas. O'zim ham bir paytlar kuryer bo'lib ishlaganman (Express24-da PM bo'lganimda). Yomg'irli kunlarda juda qiynalganman. Lekin shu tajriba menga ilova qanday ishlashini, statuslarni vaqtida yangilash qanchalik qiyinligini va ba'zida mijoz manzilini topish muammo bo'lishini o'rgatgan. + pul ham ishlab olganman😅 Shu sababli, mahsulotni o'zing ishlatsang, uni foydalanuvchi uchun qulayroq qilish ancha osonroqdek tuyuladi. Hozir truck driver va dispatcherlar uchun mahsulot ustida ishlayotganimda aynan shu narsa yetishmayapti. Ba'zida o'ylab qolaman: 100 ta CustDev o'tkazgandan ko'ra, 1 hafta truck'da ishlab ko'rish ko'proq foydali bo'larmidi. @latipovasamira

  • 17 июл.2 848453

    Shaxsiy IT bloglarda eng ko‘p qiziqish uyg‘otadigan mavzulardan biri - PUL mavzusi ekan. Mening rasmiy daromadim 1 850 000 so‘m. Qolgani NDA ostida (intriga uchun uzr😅). Gap shundaki, men 1-tip diabeti bor qizimning vasiyiman. Shu bois davlatdan shu miqdorda nafaqa olaman. Bugun qizimiz Semida 5 yoshga to‘ldi. Uning ulg‘ayishini kuzatish har qanday sun’iy intellektdagi texnologik relizlardan ham qiziqroq. Yaqinda AI data collection yo‘nalishidagi Humaid startapi asoschisi Bobirjon Mardonov bilan suhbatlashdik. U odamlarning harakati va xulq-atvoriga oid ma’lumotlarni yig‘ishdagi operatsion qiyinchiliklar haqida gapirib berdi. Suhbat oxirida undan childcare sohasida robotlarni o‘qitish qanchalik murakkabligini so‘radim. U bu mavzuda optimistik fikr bildirdi. Kim bilsin, balki kelajakda shunday robotlar paydo bo’lar. Hozircha esa, farzand tarbiyasida o‘zimiz ustimizda ishlab va o‘z xulqimizni yaxshilashdan boshqa variantimiz yo’q. @latipovasamira

  • 15 июл.2 6462055

    Oxirgi 5 oy davomida yangi rejimga moslashishga, qizimga, oilamga va Numeo-dagi ishimga ko‘proq vaqt ajratishga harakat qilayapman. Blogga qaytishni ko‘p marta o‘yladim. Lekin negadir “odamlarga o’zi kerakmi?”-degan fikr hayolimga o’rnashib qoldi. Bugun hamma OAVlardan o’chirilgan quyidagi yangilik blogga qaytishimga turtki bo’ldi: Oʻzbekistonda 14–30 yoshdagi har uchinchi yosh NEET toifasiga kiradi — ya’ni ular na o‘qiydi, na ishlaydi va na kasbiy tayyorgarlikdan o‘tmoqda. Har kuni o‘rganayotgan instrumentlarim, ishdagi insaytlarim va o’sish yo’lidagi bilimlarim bilan ulashishni davom etishga qaror qildim. Bu narsa statistikani ja yaxshilamasada, kimgadir manfaatli bo’ladi degan umiddaman. Shu vaqtgacha men bilan qolgan barchaga katta rahmat!❤️ PS: izohlarda savol bersangiz bo’ladi @latipovasamira

  • 6 мая5 244617

    IT’dagi yo‘limni Express24’da CMO bo‘lib boshlaganman, keyinchalik Product Management’ga o‘tganman. O‘shanda ko‘p hamkasblarim marketingga yuzaki qarashardi: Go‘yoki bu har kimning qo‘lidan keladigan ishdek🙈 Oradan 6 yil o‘tib, qarashlar o‘zgardi. Hozir marketing va distributsiya mahsulotning eng qiyin qismi ekanligi tushunarli bo‘lib qoldi. Minglab funksiyalarni yozish mumkin, lekin kerakli xabarni mijozga to‘g‘ri yetkazib berish va uni mahsulotdan muntazam foydalanishga undash har qanday texnik vazifadan murakkabroq bo’lib qoldi hozir. @latipovasamira

  • 2 мая5 0545

    видео или голосовое, без подписи

  • 2 мая4 852253из aiyusupov

    At Numeo, learning is part of the job — not something extra. Engineers don’t just code — they learn product and customer development. Product and sales teams stay close to users and real workflows. We spend time understanding problems, reviewing real interactions, and staying sharp on what’s changing in AI and logistics. Because building well starts with understanding deeply. We’re hiring strong Product Managers and Sales talent — reach out if you’re interested

  • 27 апр.4 8006015

    Nega elita boshqa tilda gaplashadi? Yaqinda #GASHTAK podkastida (sevimli podkastim) Behzod Hoshimov bilan shu mavzu muhokama qilindi. Kuzatishlarimcha, hozirgi nufuzli universitet yoshlari va ofisda ishlaydigan zamonaviy jamoalarda rus tilining o‘rnini o‘zbek tili emas, aynan ingliz tili egallayapti. Shaxsan menga bu quvonarli holat (o’zimga qiyin bo’lsa ham), chunki ingliz tili global o‘sish uchun katta imkoniyatlar ochadi deb o’ylayman. Biroq bu jarayonning mahzun tomoni shundaki, o‘zbek tili boylik keltiruvchi yoki muvaffaqiyatga yetaklovchi "elita tili"ga emas, shunchaki oddiy muloqot vositasiga aylanib qolmoqda. Tilimiz faqat uyda (бытовой) gaplashadigan til bo‘lib qolmasligi uchun, u orqali ham ko’proq daromad va natijaga erishsa bo’lishini juda istardim. Lekin oddiy xohish yetarli emasda… @latipovasamira

  • 25 апр.9 59329133

    Yaqinda Numeo jamoasiga growth assistent ishga olgandim (Z avlod vakili) Uning ishga bo‘lgan yondashuvi, zamonaviy texnologiyalarni (AI) yaxshi tushunishi va intiluvchanligini ko’rib, to’g’risi, qoyil qolayapman. O’zim ham undan juda ko’p narsalarni o’rganyapman. Shu sababli, xuddi shunday qobiliyatli yoshlarni produkt jamoamizga ham taklif qilmoqchiman. Ideal nomzod: • Kamida 2ta tilni mukammal biladigan (o’zbek va ingliz tillari); • Ma’lumotlarni tez o‘zlashtiradigan va AI instrumentlar bilan bemalol ishlay oladigan; • Mas’uliyatli va yangi g‘oyalar berishdan qo'rqmaydigan. Nima taklif qila olaman: • Mentorlik va bilimlarim bilan bo’lishishni; • Kreativ loyihalarda erkinlik; • Kasbiy rivojlanish uchun yaxshi sharoit. Agar biz bilan ishlash niyatida bo‘lsangiz, quyidagilarni jobs@numeo.ai pochtasiga yuboring: 1. CV (product assistant); 2. O‘zingiz haqingizda 15-30 soniyalik video. @latipovasamira

  • 24 мар.6 3944139

    AI ish hajmini kamaytirmayapti, aksincha, oshirib yubormoqda Bu xulosam Harvard Business Review (HBR) nashrida chop etilgan Berkeley Haas tadqiqotiga asoslangan. Texnologiya tufayli vazifalar tezroq bajarilmoqda, lekin odamlar bo‘shagan vaqtda dam olish o‘rniga yangi vazifalarni olyapti. Natijada: 1.Bir vaqtning o‘zida ko'proq loyihalar yuritilyapti. 2. Diqqat doimiy ravishda bir vazifadan ikkinchisiga ko'chyapti. 3. AI bergan natijalarni tekshirish va to'g'rilashga ko'p energiya ketmoqda. Shaxsan o’zimda bu narsani sezdim. Avval dizaynerdan ilova dizaynini bir oyda kutgan bo’lsam, hozir bir kunda kutyapman. Boshqa vazifalarda ham kutuvlarim 10 baravar oshgan. Ish kunim tugagach, ko’proq mental charchayapman. Когнитивная нагрузка juda baland. Ayniqsa atrofimdagi PM-larda. Shundan kelib chiqib, mental health startup-lar kelgusi 1-2 yilda keskin popular bo’lishsa kerak deb o’ylayapman. Shaxsan menga shunday mahsulot kerak. @latipovasamira

  • 16 мар.4 7973823из uzbekonomics

    Sun'iy intellekt ishingizni kelajakda olib qo'yadi deb o'ylasangiz ham yoki ishingizni hozirda samaraliroq qilib sizga yordam berayotgan bo'lsa ham ikkala vaziyatda siz hozir har qachongidan ham ko'proq va qattiqroq ishlashingiz kerak bo'ladi. Vaqtni bekorga isrof qiladigan payt emas. Quyidagi izoh yoqdi. Tasavvur qiling, siz avtomobil ixtiro qilingan paytda Belgiyadagi ot aravalarini tuzatadigan eng zo'r ustasi hisoblanasiz. Kelajagingiz xavf ostida ekanligini bilganingiz uchun, yangi aravalarga imkon qadar ko‘proq buyurtma olishni xohlaysiz. Yoki, aksincha, imkon qadar tezroq o‘sha "yangi chiqqan matoh" (avtomobil)lardan birini qo‘lga kiritib, uni ta’mirlashni o‘rganasiz. Ikkala vaziyatda ham yanada qattiqroq ishlashingiz kerak bo'ladi. @uzbekonomics

  • 16 мар.4 451337

    Yangi texnologiyalar shunchaki qulaylikmi yoki zarurat? Bugun tunda qizimning qand miqdorini o‘lchovchi sensori to‘satdan o‘chib qoldi. Negadir yuragim sezib uyg‘ondim: telefonda ma’lumot yo‘q. Oddiy glyukometrda tekshirsam ko‘rsatkich 2 (gipoglikemiya). Bu juda xavfli daraja💔 Ertalabdan yangi qurilma qidirishni boshladik. Buyurtma berdik. Mana hozir dostavka kelganda sal xotirjam bo’ldim. Afsuski, bizda bunday texnologiyalarga talab juda past. Ko‘pchilik mablag‘ tejash uchun hatto oddiy test-poloskalarni ham olmaydi yoki puli bo’lsa ham shunchaki befarq qarashadi. Men esa sensorsiz xotirjam yashay olmayman. Hozir hayotim va ishimga AI-ni ham xuddi shunday faol olib kiryapman. Albatta, hamma narsani o‘zim qilsam bo‘ladi, lekin tezlik va sifat ancha past bo‘ladi. Shunga AI-ga hozir zaruratdek qarayapman. @latipovasamira

  • 12 мар.4 2054624

    Startup ekotizimimizning «o'ziga xos» rivojlanishi haqida Bir tomonda - startuplarni qo'llab-quvvatlash uchun sarflanayotgan milliardlab mablag'lar, forumlar va prezentatsiyalar. Ikkinchi tomonda - endigina oyoqqa turayotgan loyihalarni «yo'qlab keladigan» regulyatorlar. Innovatsion biznes modelini oddiy savdo deb hisoblash, o'sishga harakat qilayotgan startuplarni turli tekshiruvlar bilan siquvga olish - bizda qo'llab-quvvatlashning eng samarali usuli bo'lsa kerak😅 Menimcha, startuplarga pul berish shart emas, shunchaki xalaqit bermaslikning o'zi eng katta yordam bo'lardi. Yana bilmadim… @latipovasamira

  • 7 мар.4 255446

    "I don't want to be the only woman. I want to be one of many." Qizlar, bayramingiz bilan!✨ Bilaman, IT, Business va Management sohalarida ayollarga o'z o'rnini topish oson emas. Lekin sizning mehnatingiz butun industriya rivoji uchun juda muhim. Stereotiplarga e'tibor bermang, ilm oling, natijalaringiz haqida gapirishga qo’rqmang, to'siqlarni sindirib o'tishda davom eting❤️ @latipovasamira

Samira Latipova - Growth — tgindex