Nazarov | Blog
СтатистикаA'zo bo'lganingiz uchun rahmat. Blogda o'rganganlarim, olgan tajribalarim, boshqa qiziqarli ma'lumotlar berib boraman. Ma'lumotlar sizni xursand qilishi, ilhomlantirishi, o'yga toldirishi hatto jahlingizni chiqarishi mumkin. https://blognazarov.uz/
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 11
- Всего постов
- 27
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Маркетинг (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 199
- 1/48двое суток
- 228
- 1/72трое суток
- 245
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
Padarlanat, juda zoʻr oʻyin ekan.
Aytilishi & Tushunilishi 🧐 Mehnat bozori shunday joyki, ba'zi iboralar har kim tomonidan turlicha qabul qilinadi. Karuselni ko‘ring va sizga qanchalik tanish ekanligini baholang 👇 InHunter Instagram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Aytilishi & Tushunilishi 🧐 Mehnat bozori shunday joyki, ba'zi iboralar har kim tomonidan turlicha qabul qilinadi. Karuselni ko‘ring va sizga qanchalik tanish ekanligini baholang 👇 InHunter Instagram
Bu yil Kamolon TAF oladi
Orzu bilan visionni farqini (AI dan so'ramay) o'z fikrlaringiz bilan yozib bering, qani kim boshlaydi?
Tovuq lochin sanalmas sira, Tomdan parvoz qilgani bilan. Ilonga hech yuqmas istara, Qancha pardoz qilgani bilan. I. Mirzo
без подписи
Nazarov | Blog pinned «Hayotimdagi faralar Ko'p holatlarda meni O'zi yaxshi ko'radi deb o'ylayman, chunki atrofimda, yo'limda doimo yaxshi insonlarga yo'liqtirgan. O'ziga shukr. Bugun sizlarga muhim qarorlar qilishimda, menga yo'lni yoritishga yordam bergan faralar haqida aytib…»
Hayotimdagi faralar Ko'p holatlarda meni O'zi yaxshi ko'radi deb o'ylayman, chunki atrofimda, yo'limda doimo yaxshi insonlarga yo'liqtirgan. O'ziga shukr. Bugun sizlarga muhim qarorlar qilishimda, menga yo'lni yoritishga yordam bergan faralar haqida aytib bermoqchiman. 2014-yil. Marketing, biznes, strategiya, kreativga o'zimcha qiziqib yurar edim. Birinchi marta PR bilan tanishdim — bir xususiy korxonada PR menejeri bo'lib ishga kirdim. Keyin bir muddat banner chiqaradigan joyda ishladim: Corelda dizayn qilamiz, dizaynerning boshida turib pravka qildirishadi, lyuvers qoqaman, shamolda banner ilaman. O'shanda miyamdan bitta savol ketmasdi: "A bizga buyruqni kim berar ekan?" Javobni keyinchalik Farhod Kuchkarov (instagram.com/farakuchkarov) akaning intervyularidan topganman - aka ham men o'tayotgan yo'llardan o'tgan ekan. Birinchi Faradan olgan sabog'im: turgan joyingizdan yuqorida doim keyingi etap bor. Bilsam buyruqni marketing menejeri berar ekan, marketing menejeri bo'laman deb plan qilganman, ammo Samarqandda marketing menejeri bo'lib qayerda ham ishlar edim, u payti bunaqa kasb borligini 2-3 kishi bilmasa hech kim bilmas edi. Hamma qatori smm dan boshlaganman, lekin mustaqil marketing bo'yicha ham izlanishlar olib borar edim. Orada nimaga birov uchun marketing qilishim kerak, raz o'zim biznes ochaman deb biznes boshlavorganman. yaxshi uchgan, norm oborot qilganman. ammo karantin beliga tepgan. Keyin biznesni sotib Toshkentga kelganman, davlat ishiga. U yerda ham marketing instrumentlarini ishlatib yaxshi ishlarni qilganmiz. Bora-bora tushundim: marketing bo'yicha bilimim bor, lekin tartibsiz. Menga ustoz kerak edi. Habibullo akaga shogird tushdim va yaxshi oylikli davlat ishidan ketdim. Uch yilda aka bilan sheriklikda agentlikni ko'tardik, Cubic podkastlarni oldik, yaxshi loyihalarni amalga oshirdik. Baribir nimadir kam edi. "Brend strategiyani, kreativni o'rganishim kerak" degan fikr tinim bermasdi. Yana mustaqil o'rgana boshladim. Proaktivdan ketdim va brend qurish, kreativ bilan shug'ullanadigan agentliklar eshigini taqillatdim. Ammo ular meni ehtiyojlarimni qoplaydigan summa berolmasligi haqida, ehtiyojni yopadigan summa qilib keyin yana noldan boshlash kerakligini aytib qolishdi. Bu fikrni aytgan aka Farrux Sharif edi. (@farayoritadi) Minday o'ylab qarasam gapida jon bor. Keyin ehtiyojni yopadigan summada konsultatsiya berishni boshladim, natijalar yomon emas, hamkorlarim birga ishlayotganimizdan qiymat ko'rayapmiz deyishyapdi. Ikkinchi Faradan olgan sabog'im: keyingi levelga sakrash uchun avval oyoq ostida qattiq yer kerak. Shu orada Lokals agentligida vakansiya ochilganini bilib qoldim. (2023-yilda ham topshirgandim, o'shanda olishmagan edi) Farhod Norbayev (instagram.com/fara.norbaev) bilan gaplashdim, sinov muddatidan o'tdim. Lokals maqsadlari va meni maqsadlarim mos kelayotganini ko'rdim. Hozir Farhod akadan yaxshi narsalarni o'rganyapman. Brend, kreativ, strategiya bo'yicha tartibsiz bilimlarim asta-sekin joy-joyiga tushyapti. Lokalsda qancha ishlashimni bilmayman, ammo Lokalsdan olganlarim bir umr men bilan qoladi. Xulosa qiladigan bo'lsam, Farhod Kuchkarovdan doim keyingi etapga chiqish kerakligini o'rgandim, Farrux Sharif minimal ehtiyojni yopib, keyingi levelga boost qilish kerakligini o'rgatdi, Farhod Norbayev esa mutaxassis sifatida rivojlanishimga ko'mak beryapti. Agar yo'lingiz qorong'i tuyulsa, farangiz kuchli bo'lmasa, o'sha yo'ldan allaqachon o'tib bo'lgan odamni toping. Faralar butun yo'lni yoritmaydi. U faqat oldingi ellik metrni ko'rsatadi. Lekin biz harakatda bo'lsak, o'sha ellik metr yetarli, chunki, yurgan sari yorug'lik ham siljib boraveradi. Turgan mashinaga esa fara ham, yo'l ham kerak emas. Rahmat Fara (akalar)
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
“Sharmandali agentlik” boʻlmaylik deb hovlimizni, ish stollarimizni toza-ozoda qilib qoʻydik. Hokim kelganda soʻrab qolmasin deb hovuzga 4-5 ta baliq ham tashlab qoʻydik. Tushungan tushundi