Shavkatjon Axtamov | Blog
Статистика- Последний пост
- 11 июн.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Маркетинг (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
SalamAI loyihamiz to'liq ishga tushdi Hozirda Rahimov School(yuqorida ularning loyiha haqida fikrlari), Najot Ta'lim markazi va maktabi foydalanmoqda. Loyiha uchun yopiq sotuvni boshlayapmiz. Agar siz ham - Instagram, Telegram akauntlarizda mijozlar bilan gaplashishni; - Izohlarga javob berishni; - Mijozlar kontaktini olib, uni CRM tizimga yuborishni sun'iy intellektga topshirishni istasangiz bizga yozing. Boshlanishida faqat 20 ta loyiha olamiz. Loyihangiz nomi va yo'nalishini @shavkatjon_a ga yozib yuboring.
Nikoh.app loyihasi uchun kontent meyker kerak Auditoriya og'riqlarini tushunib, ularni jalb qiladigan viral kontentlarni tayyorlash, tahlil qilib rivojlantirib borish kutiladi. Rezyumelarni @shavkatjon_a ga yuboring
Shuni Edfixga moslab realizatsiya qilish uchun fullstack dasturchi kerak bo'lmoqda. Oramizda shunaqa insonlar bormi?
Alohida mavzu va Osmondagi bolalar loyihalari kordinatorlari tavsiyasi bilan shu kitobni sotib oldim. Kitobda Naval g'oyalari, fikrlari umumiylashtirilgan. Hozirgacha belgilab ketgan joylarim. O'zingizni xos bilim, mas'uliyat va ta'sir kuchi (leverage) bilan qurollantiring. Xos bilimlar – shunday narsaki, uni o'qitib bo'lmaydi. Agar jamiyat sizni bunga o'rgata olsa, u boshqa kishiga ham o'rgata oladi va sizning o'rningizni bosa oladi. Xos bilim kimgadir o'rgatiladigan bo'lsa, bu o'quv dargohlari orqali emas, ustoz-shogirdlik orqali bo'ladi. Qo'lingizdan kelgancha qattiq ishlang. Garchi kim bilan ishlashingiz va nima ustida ishlashingiz, qanchalik qattiq ishlashingizdan ko'ra muhimroq bo'lsa ham. Kitob ingliz tilida. Marketpleysdan oldim. pdf shakli ham internetga bepul joylangan ekan.
Ular bilan bo'l. Chunki ular: 1. Xulosa qilishdan oldin doim ikkinchi tomonni eshitadilar; 2. Qarshi fikr eshitganda, balki nohaqdirman deb o'ylay oladilar; 3. Ehtimoliy nozik jihatlarni oldindan sahnalashtirib, tasavvur qila oladilar; 4. O'zlarini boshqa inson o'rniga qo'yib fikrlay oladilar; 5. Ko'zga oson ko'rinishiga qarab emas, potensial yetishiga qarab maqsadlar qo'yadilar; 6. Mas'uliyatidagi ishlarni doim birinchi bajaradilar; 7. Insonlar, jarayon va voqeliklardan tez insayt olishlari, tez qo'llashlari mumkin; 8. Qattiq qo'llik, hazil va jiddiylikni nozik me'yorini biladilar; 9. Muhit, vaziyat, holatni ayblamaydilar, moslashadilar; 10. Tanbehni ko'tara olishingizga qarab beradilar: 11. "Kichik" ishlarga "kichik" fokus qilmaydilar #ular #1qism Siz ular bilanmisiz?
Kecha Nikoh ilovasini ommaga taqdim qilgandik. Hozir Appstoreda Social network bo'limi top chartida Telegramdan keyin 9-o'rinda turibdi Ilova havolasi: nikoh.app/downloads
Artemis 2 oyga uchdi
Haqiqatda shunaqa kino bo'libdi. Imax da ko'rishni tavsiya qilaman.
“Ha, men xato qildim” Birgina shu soʻz sizni oʻzingiz kutmagan darajada yaxshilanishingizga yordam beradi. Xato qilish tabiiy va bu norm, ammo xatodan xulosa chiqarmaslik, uni tahlil qilmaslik oqibati yaxshilik emas, nazdimda. Shunday qarashim bor: inson bilmasligi ortidan xato qilishga haqqi bor, ammo bilib turib yana bir marta shu xatoni qilishi endi bu tanlov, xato emas. Siz nima deysiz?
Autsors ishlashga grafik dizayner kerak. Ai bilan samarali ishlay oladigan inson bo'lsa, yanada yaxshi. Qiziqqalar yozsangiz: @shavkatjon_a
Kecha qaysidir telegram guruhga qo'shila olmadim. Qarasam obuna bo'lingan guruh/kanallar mingtaga yetibdi. Tekshirib ko'rsam Telegramim ochilganiga 10 yil bo'libdi. Bundan ham oldinroq ochganlar bormi)
Naval Ravikantni shu iqtibosini ko'rib qoldim 📌 Bu gap sales va marketingda ishlaydiganlarga yoqmasligi mumkin, lekin tan olinishi kerak bo'lgan haqiqat. Avvalroq yozgan edim, kompaniyani asosiy savdosini qayta sotuvlar tashkil qiladi. Qayta sotuv bo'lishi…
https://youtu.be/hrssPpqv6vc Treylerini o'zi kinodan ko'proq tasir qiladi. Izlab o'tirmang, hali hech qayerda chiqmabdi. Faqat kinoteatrlarda bor.
Shu post uchun Google formadan kelgan fikrlarni Telegram message formatda qilib beradigan servis izladim. Topolmadim. Keyin gemini orqali shunaqa sayt yasab oldim. Barcha ishlatishi mumkin: https://gemini.google.com/share/3d8ca533aedf
Oxirgi vaqtlardagi o'zim uchun eng yaxshi tool notebooklm.google bo'lyapti. Nimadir yangi narsani o'rganish juda oson. Nimani o'rganmoqchi ekanligizni bilsaiz bo'ldi.
Sun'iy intellektni manipulyatsiya qilish mumkin. Qiziq va xavfli
Zulfiqor Musoqov “Sehrlandiya”ni yuqori baholadi — Film boshlanishidan oldin xayolimdan o‘tdi: “Ishqilib yaxshi narsa chiqqan bo‘lsin. Men dangalchi odamman, yomon asar bo‘lsa, shartta aytib, ijodkorlarni xafa qilib qo‘yamanda…” Multfilmni ko‘rgach, fikrim juda ijobiy bo‘ldi. Aslida har qanday asarni baholashda birinchi besh daqiqa hal qiluvchi hisoblanadi. O‘sha besh daqiqada tomoshabinni ushlab tura olsa, bunday film oxirigacha ko‘riladi. “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” boshlanishidanoq tortdi: yorqin ranglar, quvnoq qahramonlarning chiqib kelishi — hammasi bolalarni jalb qila oladi. Yoshlar katta ish qilishdi, ularni qo‘llab- quvvatlash kerak. Multfilm ustida ishlagan barcha ijodkorlarni yaxshi asar bilan tabriklayman. Zulfiqor Musoqov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Ekspertlar kengashi a’zosi
https://youtu.be/orQKfIXMiA8
https://openai.com/index/introducing-agentkit/
Hali ko'pchilik open budgetga ovoz bermagan bo'lsa kerak. Lekin oxirgi muddat ertaga ekan. Mahallamiz masjidi ko'chasi ham qo'yilgan edi. Imkon topib ovoz bersangiz xursand bo'lardik. Havola