tgindex
Akbarjon Botiraliev

Akbarjon Botiraliev

Статистика

Ushbu kanalda shaxsiy insightlarim, marketing va menejmentga doir ma’lumotlar bilan bo’lishib boraman! Obuna bo’lishni unutmang!

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
3
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Маркетинг
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 090
−4 за 2 дн.
Сутки
−1
−0,09%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 348
18 постов
Вовлечённость
123,7%
к подписчикам
Постов в день
0,4
всего 21
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
340
1/48двое суток
389
1/72трое суток
420

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • O'n ming dollarni devorga yopishtirganman. Hozir shogirdlarimga birinchi shu xatoni etib beraman 2020-yil agentlikning boshida edi. Pulga birinchi bo'lib ofis qidirdim, remont qildim, kamera oldim, stol-stul yengiladim. Chiroyli bo'ldi. Keyin bir narsani tushundim: mijoz devor uchun pul to'lamaydi. U natija uchun to'laydi. Bitta ham loyiha "ofisingiz yaxshi ekan" deganini eshitmadim, eng qizig'i yarmi ham ofisimizga kelmagan edi! Shundan keyin qoidani o'zgartirdim: pul birinchi navbatda skillga tikiladi. Kurs, ustoz, kitob, tajriba. Ofis - keyin, pul o'zi ko'paygandan keyin. Hozir shogirdlarimga ham birinchi bo'lib shuni etaman. Ko'pchilik xuddi men qilgan xatoni takrorlamoqchi bo'ladi: birinchi daromadni ko'rinishga sarflaydi. Ko'rinish mijoz uchun emas - o'zi uchun chiroyli. Bitta shart bor. Bilim olib, ishlatmaslik ham isrof. Kitob o'qish fleshka to'plashga o'xshaydi: to'plaganingiz bilan ishlatmasangiz, faqat joy egallaydi. Devor har yil eskiradi. Skill har yil qimmatlashadi. Birinchi o'n mingingiz qayerga ketsa, keyingi yuz mingingiz shu yerdan chiqadi.

  • 90 foizga chiqish uchun bir yil ketadi. 99 foizga - besh yil. 99,9 foizga - ellik yil. Bu shunchaki gap emas, qonuniyat. Har qo'shilgan to'qqiz oldingisidan bir necha barobar qimmat turadi. Boshida esa teskarisi: harakatning taxminan 30 foizi natijaning 50 foizini beradi. Ya'ni nol darajadan o'rtachaga chiqish oson, o'rtachadan cho'qqiga chiqish umr talab qiladi. Shundan bitta amaliy xulosa chiqadi: oxirgi to'qqizlarni faqat bitta ishga sarflang. Asosiy kasbingizga. Marketolog bo'lsangiz - marketingda 99,9 ga intilasiz. Dizayn, montaj, IT, buxgalteriya, hatto ingliz tili - bu joylarda birinchi 30 foiz yetadi. Qolganini odam yoki dastur qiladi. Hamma joyda mukammal bo'lmoqchi bo'lgan odam hamma joyda o'rtacha bo'lib qoladi. Chunki oxirgi to'qqizlarga umr yetmaydi. Bugun o'zingizga bitta savol bering: asosiy ishingizda 90 damisiz yoki 99 da? Va qaysi ishlarda 30 foizda to'xtash kerak edi?

  • 9 авг.5751012

    Qurbaqani qaynoq suvga tashlasangiz, sakrab chiqadi. Iliq suvga solib, sekin isitib borsangiz - qaynab ketguncha o'tiraveradi Man 5 yil o'sha iliq suvda o'tirganman Ishim bor edi. Daromadim bor edi. Yomon ham emasdim. Shtatda ishlashdan chiqqanimdan keyingi 3 yilda esa, undan oldingi 7 yillik tajribamdan ko'ra ko'proq o'sdim. Bir narsani tushundim: odamlar hayotidagi 1% g'ayrioddiy narsani o'zgartirmoqchi bo'lishadi. Kurs oladi, kitob o'qiydi, yangi reja tuzadi. Miya esa darrov aldaydi — "qara, kitob o'qivosanku" deydi. Comfort esa 1% da emas. U 99% oddiy narsalarda yashiringan: ertalabki soatizda, telefonizda, kundalik odatlarizda. Shuning uchunam hech nima o'zgarmayapti. Chiqishning eng qiyin joyi — diskomfort. Ko'pchilik aynan shu nuqtada "bu man uchun emas ekan" deb yutqazadi. Sir shundaki, diskomfortni yengish shart emas — uni KICHIKLASHTIRISH kerak. Soat 6 da turaman deb o'zizni qiynamang, budilnikni atigi 10 daqiqa oldinga surib borish orqali kichik qadamlar qiling. Yangi videoda comfort zonadan chiqishning 5 ta amaliy qadamini to'liq ochib berdim. Motivatsiya emas — mexanika. Ko'ring va bugunoq 2 ta ish qiling: o'zizni bitta muammoga tiqing va uni ommaga e'lon qiling. Orqaga qaytish yo'li yopilsa, harakat o'zi boshlanadi. Hudo hohlasa, foydali bo'ladi 🤲 https://openyoutu.be/itlOOIGLe54

  • Bir kuni bir narsani tushunib qoldim, biznesimni man emas, u mani boshqarvotdi Operatsion ishdan chiqaman deb qo’ygan tizimlarim, manga yengi operatsion ishlarni yuklab qo’yayotgan edi 30 ga yaqin loyiha. 40+ xodim. 100 lab loyiha ichidagi topshiriqlar. Kuniga yuzlab xabarlar… Mijozlar bilan kommunikatsiya qilishga qiynalishni boshladim, loyihalardagi jarayonlardan ortda qoldim va hodimlar nazoratini yo’qotishni boshladim Shundan keyin o’zimga bitta narsa qurdirdim - AI yordamchi Jarvis Mani o'rnimga ESHITADI — barcha guruhlarni kuzatadi, ovozlarni matnga aylantiradi, kun oxirida digest beradi Mani o'rnimga ESLATADI — uchrashuv, deadline va muhim hodisalarni eslatadi Mani o'rnimga NAZORAT qiladi — kim keldi, kim kech qoldi, qaysi loyihada muammo bor Mani o’rnimga IJOD qiladi — taklif, dizayn, prezentatsiya Nomi — FOYDA OS. Mani shaxsiy AI yordamchim. U charchamiydi, unutmaydi, kasal bo'lmaydi va 24 soat ishlay oladi. Faqat obunasi yoki tokeni tugab qolmasa) Va manga eng qimmat narsani qaytardi — VAQTNI Bu tizim aynan qanaqa ishlashini, manga haftasiga qancha soat qaytarganini va uni O'ZIZGA ham qanaqa qurish mumkinligini — to'liq videoda ochib berdim 👇 To'liq video YouTube'da: 🔗 https://youtu.be/k7sTA8A3DGo

  • Fokusimiz qayerda? Yaqinda «01A….AA»li avtoraqamlar partiyasi chiqibdi. Man bilmasdan qolibman, tanishim telefon qilib sotib olishni tavsiya qildi. Kirib qarasam — hammasi sotilgan. Daqiqalar ichida) Har bir raqamda 10.000 lab ko’rinshlar. Demak minglab odamlar o'sha kuni telefonda, ayni shu platformada online o’tirgan Bir narsa o’ylantrib qo’ydi, Fokusimiz qayerda? Bor kuchimiz va fokusimiz bilan 3 ta A ga harakat qilayotgan vaqtimizda, kimdir rivojlanish, mahsulot ishlab chiqarish va jamiyatga foyda keltirish haqida o’ylamoqda Balki holatimizni yomonlashtirayotgan narsa muammoning kattaligi emas — e'tiborimizning qayerdaligidir. Statusni sotib olsa bo'ladi. Natijani — yo'q.

  • 15 апр.1 37175из TOP1_foiz

    Marketingda haqiqiy "Foyda" qayerda? Navbatdagi suhbatimiz mehmoni — marketing bozorida o‘z o‘rniga ega, "Foyda" marketing agentligi asoschisi Akbar Botiraliyev bo‘ldi! Agar siz marketing agentligi qanday qurishda va bu yo‘lda qanday xatolar kutib turgani haqida bilmoqchi bo‘lsangiz, bu sonni o‘tkazib yubormasligingiz kerak. Suhbatda quyidagi mavzularga to‘xtaldik: - Bugungi marketing bozoridagi real holat; - Agentlik boshqaruvidagi "ichki oshxona" va qiyinchiliklar; - Millionlab foyda olib kelgan keyslar va dars bo‘lgan xatolar. Hoziroq havola orqali o‘tib, videoni tomosha qiling: 📺 https://youtu.be/4pN4_FnDTqw Каналимизга обуна бўлишни унутманг: TOP1% @top1_foiz

  • 14 апр.1 17365

    5 TA MARKETING MUTAXASSISLARI VA AGENTLIK RAHBARLARINI BEPULGA LOYIHA YOKI AGENTLIGINI RAZBOR QILIB BERAMAN 🔥 Oxirgi vaqtlarda telegram kanalimda uncha aktiv emasman, lekin eng sodiq va kuchli auditoriyam aynan shu yerda ekanligini bilaman Hozir bor focus agentlikda va yangi mentorligimizda, lekin shunday bo'lsa ham razborlar qilmoqchiman Sababi, bu orqali oxirgi vaqtda ko'plarga yordamimiz tegdi Buni qilishdan maqsad bozordagi og'riqlarni bir chekadan yana o'rganib olish Bu sizga ham, bizga ham manfaatli bo'ladi Shu havola orqali ro'yxatdan o'ting, o'zim siz bilan razbor o'tkazaman! 👇👇👇 https://forms.gle/UoFMhJG9AaV9zURp6

  • 20 мар.1 20112

    Assalomu alaykum. Hammelarni hayit ayyomlari bilan tabrikliman O’ylagan hamma niyyatlarilarilarning hayrlilariga yetkazsin. Doim sog’-omon, salomat iymon bilan yurish nasib qilsin!

  • Akbarjon Botiraliev pinned «Xatolardan xulosa olish sizni yanada kuchliroq qiladi 2020-yilda birinchi martta agentlik ochganimda bilimsizlik va tajriba yo’qligi tufayli agentlik bankrot bo’lgan edi. O’shanda 10.000$ qarz va bir qop tajriba bilan qolgan edim 2024-yil 1-mart kuni agentlikka…»

  • 5 мар.4 4231235

    Xatolardan xulosa olish sizni yanada kuchliroq qiladi 2020-yilda birinchi martta agentlik ochganimda bilimsizlik va tajriba yo’qligi tufayli agentlik bankrot bo’lgan edi. O’shanda 10.000$ qarz va bir qop tajriba bilan qolgan edim 2024-yil 1-mart kuni agentlikka qayta asos soldik va 2 yil ichida eng top agentliklardan biriga aylandik Bosib o’tilgan yo’l, qilingan xatolar, olingan xulosalar va agentlik tizimi qanda ishlashini Otabek aka bilan intervyuda etib berdim Hammaga ko’rishni tavsiya qilaman Intervyuni ko’rish 👇👇👇 https://youtu.be/M5iro2KJ6xQ?si=GMj7RxRGIGb81vNu

  • Akbarjon Botiraliev pinned «Siz qurgan tizimning kuchi, uning eng nozik qismichalik kuchda bo’ladi Bu huddi temir zanjirlani bir-biriga bog’lab chiqib, qaysidir ikki zanjir orasini ip bilan bog’lashga o’xshaydi. Temir zanjir donalari qanchalik mustahkam bo’lmasin, to’liq zanjirlar ipning…»

  • 16 февр.1 78358

    Siz qurgan tizimning kuchi, uning eng nozik qismichalik kuchda bo’ladi Bu huddi temir zanjirlani bir-biriga bog’lab chiqib, qaysidir ikki zanjir orasini ip bilan bog’lashga o’xshaydi. Temir zanjir donalari qanchalik mustahkam bo’lmasin, to’liq zanjirlar ipning kuchichalik mustahkam bo’ladi Tizimsiz ishlaydigan biznesning o’zi yo’q, shunchaki ularda tizim qaysidir hodimga bog’langan bo’ladi. Eng yaxshi hodimning ish tizimini olib, barchaga standart ko’rinishga keltirsak, bizda ideal ishlaydigan tizim paydo bo’ladi Sizsiz ishlaydigan tizimni shu formula orqali qurish mumkin Tizim = Jarayonlar + Qoidalar + Vositalar + Ma’sulyat + Qaror 1. Jarayonlar - biror bir natijaga olib chiqadigan ishlar ketma-ketligi. Buni IT tilida algoritmlar desak ham bo’ladi. Ya’ni biror bir ishni bajarishdagi aniq va detallarga asoslangan ketma-ketlik 2. Qoidalar - aynan shu jarayon to’g’ri ketishini nazoratga soladigan standartlar. Jarayonni bajarish uchun ketadigan vaqt, qaysi holatda qanday qaror chiqarish kerak va hkz 3. Vositalar - shu jarayon amalga oshishi uchun kerakli resurslar. Masalan yillik hisobot topshirish jarayoni uchun bizga sheets formatida shablon kerak va bitrix24 orqali hisobotni yuboramiz 4. Ma’sulyat - aynan shu jarayonga ma’sul va qisman ma’sullarni biriktirish. Hammaga aytilgan vazifa, hech kimga aytilmagan vazifadir 5. Qaror - ohirgi qararni kim beradi? Yani jarayon muvaffaqiyatli tugaganini aniqlaydigan, inkor etadigan insonni aniqlash Tabriklaymiz, shu 5 ta bosqich bo’yicha tizim qursangiz, oilangizga va o’zingizga vaqt ajrata olasiz *Tizim biror dasturda bo’lishi shart emas! Excel, word yoki toshga bo’lsa ham yozing) Aynan shu bilimlarni ustozimiz Abdulloh Shamsutdinov (Rahimov School COO - Operatsion direktori) ning “Amaliy Boshqaruv 2.0” offline kurslarida o’rgandim Endi shu kursni ancha arzonga online o’qish imkoni bor. 100% tavsiya qilaman. Akbarjon aka promokodi orqali 15% chegirma qilib berishadi Murojaat uchun @Gayrat_Narzullayev

  • 19 янв.1 473663

    Sinov!!! Umra safari uchun Jiddaga yo’l oldik. Havo tumanligi tufayli, reysimiz deyarli 12 soatga cho’zildi. Kimdir sabr qildi, va yana kimdir norozilik bildirdi Makkaga hotelga yetib kelganimizda, dam olmaganimizga deyarli 26 soat bo’lgandi. Borishimiz bilan Umra amalini bajarimiz deyishdi. Kimdir sabr qildi, va yana kimdir norozilik bildiridi Madinaga kelganimizda, hotel biz o’ylagandek hashamatli bo’lib chiqmadi. Lekin yashab qolish uchun hamma sharoit yetarli edi. Kimdirlar sabr qildi, va yana kimdirlar nega bu joyga kelganini unutdi Norozi bo’lganlarni ham, rozi bo’lganlari ham kuni o’tdi Hayotimizda juda ko’p sinovlar keladi. Qalbimizdagi maqsad ana shu sinovlarda fosh bo’ladi Maqsadini unutmaganlar, doim yutib ketishadi

  • 4 янв.1 420513

    Habib va Konor o’rtasidagi jangda, Konor yutgan desam ishonasizmi? Ganararlarni hisobga oladigan bo’lsek, ushbu jang uchun yutish va yutqazishdan qat’iy nazar Konorga $3.000.000 va Habibga $2.000.000 ganarar taklif qilingan Lekin sponsorlik, translatsiya va boshqa bonuslar bilan Konor $50.000.000 atrofida daromadga ega bo’ldi. Habib bo’lsa $5.000.000 atrofida foyda topgan Unda kim yutqazgan? Albatta tamoshabinlar yutqazgan! Sababi, o’rtacha chipta narxi $250 dan $2500 gacha edi. Ular ham chipta olishdi, va kamida 5 soat umrlarini ham yutqazishdi Bitta asosiy qoidani unutmang, jangga chiqsangiz yutasizmi yoki yutqazasizmi, barbr yutasiz! Juda bo’lmaganda zo’r tajribaga ega bo’lasiz va o’sasiz. Lekin tamoshabin bo’lib qarab tursangiz va qolganlarni muhokama qilish bilan vaqt o’tkazsangiz, doim yutqazasiz!

  • 1 янв.1 358391

    Har bitta kasb egasida omonotdorlik bo’lishi kerak Barchamiz bilamizki, shifokorlarning qasami bor, bemorga maksimal yordam berish, kerakli barcha tog’ri ishni qilish va bemorni qutqarish Istalgan mutaxasis ham, ish beruvchi oldida shu omonatdorlikni his qilishi kerak Mijozga to’gri tanlov qilishida yordam berish, xato qilayotgan bo’lsa tog’irlash va xattoki zararga kirsa ham tog’ri ishni bajarish. Shunda hayotida va kasbida baraka bo’ladi O’zimam agentligimdigi 30 dan oshiq hodimlarimizga shu narsani uqtiraman. Mijoz nimani xohlasa ham, unga eng foydalisini qilamiz, zarar yetkazadiganidan uni qaytaramiz Boshida norozi bo’ladi, lekin uzoq muddatda bizdan rozi bo’ladi. Agar tushunmasdan sizdan hafa bo’lsa ham, bizga hudoni roziligi muhimroq

  • 9 дек.1 57784

    Istalgan natija va siz o’rtangizda bilimsizlik yotadi 30 ta hodimimni 100 ta qilish bo’yicha savollar bir necha oylardan beri qiynab kelayotgandi Bugun hayotimdagi eng yaxshi networkinglardan biri bo’ldi. Rahimov School ham-asoschisi va COO (Operatsion Direktor) Abdulloh Shamsutdinov bilan tanishdik. 3 soatlik suhbat bilan 3 yillik managmentdagi muammolarimga yechim topdim. Abdulloh, Management bo’yicha mentorlik boshlabdilar, o’zimning barcha muammolarimga yechim topganim uchun mentorlikga yozildim Sizga ham tavsiya qilaman Ro’yhatdan o’tish

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 1. Sodiq va kuchli jamoa yeg’ish 2. Loyiha topish va qimmatga sotish 3. Loyihalarga tizimli natija qilish 4. LTV ni oshirish 5. Loyiha bilan kommunikatsiya qilish Shu og’riqlar sizda ham bormi? Unda 17-oktabr juma kuni soat 20:00 da shu haqida voice chatda sizni kutaman Kecha storiesda shu muammolarni olib chiqganimda bu og’riq chindan ham barchada bor ekanligini bildim Aslida stories orqali yechim bermoqchi edim, lekin qiymatliroq bo’lishi uchun voice chat qilishni reja qildik Voice chatda bitta muammoni tanlab olib unga yechim beramiz P.S Oxirida hech narsa sotmayman, qo’rqmasdan qatnashavering Ilm sadaqa kabi — uni berish kamaytirmaydi, balki ko‘paytiradi - Imom G‘azzoliy Barchangizni ertaga 17-oktabr 20:00 da voice chatda kutaman! 🤝🏻

Akbarjon Botiraliev — tgindex