みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1
Статистика🇺🇿🖇🇯🇵 Gaijin 👹 @Tantousha_san / @neto_business / @neto_designers / @Basic_Kanji1/
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 29
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 220
- 1/48двое суток
- 252
- 1/72трое суток
- 271
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Odatda Yapon kompaniyalari chet el bozoriga chiqish vaqtida, 3 yil yoki 5 yil daromad ko'rmaymiz, ya'ni zararga ishlaymiz deb business plan tuzadi. Shunga yarasha capital (mablag') ajratadi. Nega Yaponlar unaqa, nega bunaqa qaror qiladi, nega sekin deb biznikilar Yaponlarni tushunmaydi. Bular uzoqni ko'radi, O'zbekiston 10 yildan keyin 15 yildan keyin qanday davlat bo'ladi shunga qiziqadi. Bir Yapon kompaniyasi vakillari O'zbekistonga 3 yil oldin ofis ochgan va 3 yildan beri foyda ko'rmagan. Lekin, ular buni kutgan va bemalol hali yana investitsiya kiritamiz deyishyapti. Yaponlar bilan ishlaganda shunday uzoqni ko'zlab ishlash usuli haqida bilib qo'ygan yaxshi. 🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Yaponiyadagi Harassment turlari: パワハラ (Power Harassment) – lavozim yoki kuchdan foydalanib bosim o’tkazish, haqorat qilish, kamsitish. セクハラ (Sexual Harassment) – jinsiy mazmundagi bezovta qilish. モラハラ (Moral Harassment) – ruhiy bosim, tahqirlash, mensimaslik. マタハラ (Maternity Harassment) – homilador yoki tug’ruqdan keyingi ayollarga nisbatan kamsitish. パタハラ (Paternity Harassment) – otalik ta’tili olgan yoki olmoqchi bo’lgan erkaklarga bosim. ケアハラ (Care Harassment) – qarindoshini parvarish qilishi kerak bo’lgan xodimga bosim. アルハラ (Alcohol Harassment) – spirtli ichimlik ichishga majburlash yoki ichmagani uchun bosim qilish. スメハラ (Smell Harassment) – yoqimsiz hid (parfyum, tamaki, tana hidi va boshqalar) orqali boshqalarga noqulaylik tug’dirish. カスハラ (Customer Harassment) – mijozning xodimga nisbatan haqoratli yoki asossiz talablar qo’yishi. リモハラ (Remote Harassment) – masofadan ishlash vaqtida onlayn nazorat yoki bosim. テクハラ (Technology Harassment) – texnologiyani bilmagani uchun kamsitish. ジェンハラ (Gender Harassment) – gender stereotiplari asosida kamsitish. アカハラ (Academic Harassment) – professor yoki rahbarning talaba/tadqiqotchiga nisbatan bosimi. Qisqa qilib aytganda xohlagan bir so'zni oxiriga harassment deb qo'shib ishlatsa bo'ladi. Bu-demokratiya)
Bugun JLPTda hammaga omad!
https://www.instagram.com/reel/DaLO54fKiny/?igsh=a3JoenowMXlvMWt6
https://www.instagram.com/reel/DaLO54fKiny/?igsh=a3JoenowMXlvMWt6
Samalyotga chiqayotga yerimda, zilzila bo’ldiya:)
Samalyotga chiqayotga yerimda, zilzila bo’ldiya:)
Juda kibor, kibrli yaponlar bor. Asosan yoshi 40/50 orasida. Kam gapiradi. Ortiqcha ahmoqona qiliq, ish qilmaydi. Seni chet ellik ekanligingni tushunadi. Har bir sherikni nimaga qodirligini, qo’lidan nima ish kelishini, ichidan bilib turib, shunga qarab vazifa yuklaydi. Har tanafusda bir dona segarit chekadi. Deyarli hayotdan noliganini, kimdandir noroziligini eshitmaysan. Aytmaydi. Asosan shunaqa felli yaponlar jamoada lider bo’ladi. Men ham 3 yilda xar xil yaponlar bilan gaplashdim birga ishladim. O’rnak oladiganlarimni saralab oldim. Oxiri tushuna boshladim, ular bekorga lider emasligini. Juda mutadil odamlar. Ertalab ishga kelishi, chiroyli tushlik olib kelishi, har kuni kiyimlarini tartib bilan sumkasiga solishi. Va har qanday vaziyat ularni muvozanatidan chiqarishi qiyinligi. Pastlik ishlarni o’zlariga ravo ko’rmasligi. Yolg’on gapirmasligi. Balki vaqtida yaponiyani shunaqa yaponlar oyoqqa turg’izgandir.
Bugun shanba, stajyor vizamda oxirgi ish kuni. Omadim kelib Yaponiyaga qurilish sohasi bo’yicha ishga keldim. Menga juda katta tajribalar berdi bu savfqatsiz Tokio. Hech qanaqa afsusim yo’q. Nega desa, stajyor maqomini ko’pchilik past nazar bilan qaraydi.…
Bugun shanba, stajyor vizamda oxirgi ish kuni. Omadim kelib Yaponiyaga qurilish sohasi bo’yicha ishga keldim. Menga juda katta tajribalar berdi bu savfqatsiz Tokio. Hech qanaqa afsusim yo’q. Nega desa, stajyor maqomini ko’pchilik past nazar bilan qaraydi. Men bu 3 yilda, jamoa bilan qanday harakat qilishni, tajribasi katta va aqilli odamlarni hurmat qilishni, ishda men bir bo’lak, qism ekanligimni, ba’zi narsalar menga qarab turganligini, jamiyatdagi o’rnimni, Xudo ko’rsatmasin, urush bo’lsa o’zimni qanday tutish kerakligini, maqsad uchun qanaqa harakat qilish kerakligini, shijoatni, odamlarga zarar yetkazmaslikni, ayamni ayajon deyishni, oilamni asrab avaylashni, yaqinlarimni ehtiyot qilishni, xullas shu 3 yil ichida yaponlardan juda ko’p narsani o’rgandim. Yaponiya juda zo’r davlat, xuddi alohida sayyoraga o’xshaydi. Ishda qanchalik qiynalsang ham, boshliq va kompaniyadan shu qiyinchiliklarni evazini albatta olasan. Chunki asosan aqlli odamlar, yoshidan qatiy nazar bu yerda boshliq bo’lishadi.
Ҳамид Сахаридан Ўзбекистон терма жамоасининг мундиалдаги тарихий дебютига бағишланган видео. @Davron_Fayziev
Gollandiya vs Yaponiya guruh bosqichida 2-2 o’ynadi.
Shu narsa odamni o’lgunicha tark etmasa, odam bolasi har qanday narsaga erishadi, yoki uzoqqacha bora oladi. @minnano_nihongo1 @Basic_Kanji1
🇯🇵Yapon kompaniyalari endi global o‘sishga jiddiy kirishmoqda. Yaponiya bugun faqat eksport bilan emas, xorijga qilgan investitsiyalaridan ham ulkan daromad topayotgan davlatga aylanib bormoqda. Yaponiya Moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda yapon kompaniyalarining xorijdagi investitsiyalaridan tushgan foyda ilk bor 26 trillion yenadan oshib rekord darajaga chiqibdi. Ayniqsa qiziq tomoni, bu foydaning katta qismi zavod yoki ishlab chiqarish emas, balki: — xorijdagi kompaniyalarni sotib olish (M&A) — xizmat ko‘rsatish — retail — IT — aloqa kabi sohalardan kelayotgan ekan. Yana bir e’tiborli jihati: Yapon kompaniyalari xorijda topayotgan foydaning katta qismini Yaponiyaga qaytarib olib kelmayapti. Balki o‘sha davlatlarning o‘zida qayta investitsiya qilib, biznesini yana kengaytiryapti. Ya’ni oddiyroq aytganda: “Pul topdim — olib ketaman” emas, “Pul topdim — shu yerning o‘zida yana o‘saman” degan strategiya. Shu sabab ham bugun ko‘plab yapon kompaniyalari dunyoning turli davlatlarida juda katta ta’sir kuchiga ega bo‘lib bormoqda. Yana bir qiziq statistika: 2025-yilda yapon kompaniyalari qatnashgan xalqaro kompaniya sotib olish bitimlari hajmi 43 trillion yenaga yetibdi. Bu esa shuni ko‘rsatadiki, Yaponiya ichki bozor kichrayayotganini yaxshi tushunib, allaqachon global o‘yinchi bo‘lish strategiyasiga o‘tib bo‘lgan. Menimcha, bu yerda eng katta dars: davlat yoki kompaniya faqat ichki bozor bilan cheklanib qolsa, bir nuqtadan keyin o‘sish sekinlashadi. O‘sishni davom ettirish uchun tashqariga chiqish, global fikrlash va boshqa bozorlarda ham o‘rin egallash kerak bo‘ladi. t.me/Mirjalol_Mengboev
Nihoyat stajyor maqomidan qutilib, vizam tugayotganini o’ylasam😆 @minnano_nihongo1 @Basic_Kanji1
Aleksandre Dumas “Graf Monte Kristo” romanidan: “Har bir falokatning ikki davosi bor; Vaqt va sukunat! Hayot kutilmaganda, qarshimizga og’ir sinovlarni chiqaradi. Shunday paytlarda go’yoki vaqt to’xtab qolgandek, hamma narsa ma’nosini yo’qotgandek tuyuladi. Aynan shu onda, ikki kuchli da’vo ishga tushadi. Vaqt va sukunat! Vaqt, atrofimizda bo’layotgan voqealarni tushunishni, anglashni o’rgatadi, qalbdagi og’riqlarni yengishni o’rgatadi. Sukunat esa, qalbdagi shuvqinni o’chirib, o’zimizni eshitishga yordam beradi. Vaqt va sukunat- bu yangilanishning eng kuchli tayanchlaridir” @minnano_nihongo1 @Basic_Kanji1
Yu Koizumi shunday yozadi, kitobi ohirida.... Har qanday kitob bo‘lmasin, uni boshidan yozib chiqish juda katta mashaqqat talab qiladi. O‘ylab yozasan, qo‘ling to‘xtab, yana o‘yga botasan, manbalarni ko‘rib ozgina yozasan-da, yana qiynalasan. Sevimli narsam (elektr sigaret)ni ko‘proq iste’mol qila boshlaganim va uyga kech qaytishim ko‘paygani sababli, ayolimning qovog‘i solinadi. Stress ortishi bilan ko‘z-qovog‘im titray boshlaydi. Yozuvchi uchun “kitob yozish” degani aynan shunday ma’noni anglatsa-da, shu jarayonlar ichida ham aynan ushbu kitob meni juda qattiq qiynadi. Oxirida esa Elena haqida aytmasdan o‘ta olmayman. Ushbu kitob uning ona vatani — Rossiyaning agressiyasini qalamga olgani bois, ayolim erining qilayotgan ishiga nisbatan qalbida o‘zgacha tuyg‘ular paydo bo‘lgan bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman. Shunga qaramay, u kechgacha kitob ustida ishlayotgan eriga doimo mehr va tushunish bilan qaradi. Ayolimning ertalab va kechqurun men uchun tayyorlab bergan issiq qahvalari ushbu asarni yozib tugatishimda menga katta kuch bag‘ishladi. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, davlatlar ham, ularning urushlari ham bizning tinch va osoyishta oilaviy hayotimizni izdan chiqara olmadi. Buning isboti sifatida ushbu asarimni ayolim Elena ga bag‘ishlayman. 2025-yil noyabr.
Yu Koizumi [Zamonaviy urush nazariyasi〜Ukraina urushi nuqtasidan dunyo kelajagiga nazar〜] Hozirgina tugatdim. Ertaga uning taqrizi bilan bo'lashaman. Hozircha, kitob ohirida muallifning kitob haqida yozganlari menga jiddiy ta'sir qildi.
Paradoks haqida mem😆
Eshitib bo'lgandirsizlar, xorijdan turib gijinkoku shinsei qilish uchun N2 ga teng yapon tili sertifikati bo'lish shart qilib qo'yildi. Yaponiyada yashab turgan, Yaponiya universitetlarida o'qiyotganlarga, Yaponiyadagu engineerlarga tegishli emas bu. 😠 https://share.google/g9jkoJcs8K30jIFsQ