tgindex
Ibrohim Abdujabborov | Shaxsiy blog

Ibrohim Abdujabborov | Shaxsiy blog

Статистика

🔷 PhD at Tokyo university of Foreign Studies 🔷 Cofounder of JLPT Master 🔷 Moderator of Uzbek Academic Club in Kanto

Последний пост
09:59
Последнее чтение
10:02
Постов за неделю
7
Всего постов
26
Тип
открытый
Язык
английский
Категория
Образование
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
471
+15 за 5 дн.
Сутки
+2
+0,43%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 087
23 постов
Вовлечённость
230,8%
к подписчикам
Постов в день
1,0
всего 26
Упоминаний
3
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 518
1/48двое суток
1 739
1/72трое суток
1 876

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 09:5977132

    Orzu qilishdan to’xtamang, Allohga oson… 1% imkoniyat ham, imkoniyat ishonavering. Harakat qilmasangiz quruq qolasiz, hech bo’lmaganda harakat qilish kerak deydiku…Yana bir marta amin bo’ldim… @ibrohim_sensei

  • 05:55153191

    ​10 soniya qoidasi?! Ertaga ertalabdan kitob o'qishni boshlayman, ertalab turib yuguraman, ertadan har kuni 10 tadan so'z yodlayman.... Ko'pchiligimiz hayotimizda bunday kunlik maqsadlar uchrab turadi. Ammo keyingi kun kelishi bilan boshlashga nimadir turtki yetmay qoladi. Shunday holatlarda harakatni boshlash, ishtiyoqni uyg'otib olish uchun yapon yozuvchisi Ohiro Nobutaka shunday maslahat beradi: "O'zingizda yangi odatni shakllantirmoqchimisiz?! Avvalo shu narsa bilan 10 soniya shug'ullanib ko'ring. Masalan: keyingi kun ertalab turib, yugurishni boshlamoqchisiz. Dastlabki 10 soniya bunda, oyog'ingizga sport oyoq kiyimini kiyish bo'ladi. Oyoq kiyim kiyilgach, o'z-ozidan sizda yugurishga bo'lgan xohish paydo boladi. Va buni boshlay olasiz". Inson faoliyatini davomli tarzda olib borishini ta'minlash miya faoliyatiga bog'liqligi haqida so'z yuritgan Nobutaka davom etib : "Inson miyasi, o'zgarishlarni yoqtirmaydi, ammo 10 soniya bajarib ko'rilgach, insonda harakatga bo'lgan ishtiyoq paydo bo'ladi deb aytadi". Demak, biror bir yangi odatni shakllantirmoqchi bo'lsagu, buni ortga surib yurgan bo'lsak, 10 soniya qoidasi bilan boshlab ko'rishga nima deysiz?! Ishtiyoq paydo bo'lishini bor umr kutsangiz ham, hech nima o'zgarmaydi. Avvalo harakat, keyin esa ishtiyoq o'zi keladi! @ibrohim_sensei

  • 16:58221245

    Yaxshi kadr bo’lsangiz ish albatta topiladi. Masalan, hozir N2 daraja bilan 700-800$ lik ish topayotgan bo’lsangiz, N1 daraja bilan bu 1200$ dan boshlanadi. Odam o’z ustida ishlashga arziydimi? Menimcha arziydi. *Gap O’zbekiston haqida ketayapti va bu shu sohadagi tajribali senpaimizdan olingan insayt. @ibrohim_sensei

  • Velesoped olib telegramga storyga joyladim. Bir tanishim yozdi, mashina haydasang kerak deb o’ylagandim. Yo’q, velesoped oldik ham Xudoga shukur dedim. Uyimdan universitetgacha piyoda 6 daqiqa, bekatga esa 3 daqiqa… Supermarketga borgani 30 daqiqa yurishim kerak edi. Endi 10 daqiqa bo’ldi. Velesopedda og’ir narsa ham ko’tarishga hojat yo’q. Mashinaga ehtiyoj yo’q… @ibrohim_sensei

  • 14 авг.1 671193

    Nega N2 va N1 darajani kursda o‘qish kerak? N2 yoki N1 shunchaki sertifikat olish uchun o‘qiladigan daraja emas. Bu bosqichga kelganda endi maqsadlar kattalashadi: MEXT grantini yutish, Yaponiyada universitetga kirish, yaxshi ish topish, karyera qilish yoki keyingi akademik bosqichga chiqish. Albatta, N2 yoki N1 darajaga yetgan odam mustaqil o‘qib ham imtihondan o‘tishi mumkin. Men bunga 100% qo’shilaman. Lekin guruhda o‘qishning boshqa bir kuchli tomoni bor. Bu muhit va imkoniyat deb ataladi. Masalan, hozirgi N1 guruhimda 12 nafar o‘quvchi bor. Yoshi 15 dan 35 gacha. Orasida hali maktabda o‘qiyotganlar ham, Yaponiyada universitetda tahsil olayotganlar ham, yaxshi karyera qurayotganlar ham, O‘zbekistonda magistraturada o‘qib keyingi bosqichga intilayotganlar ham bor. Bir guruhda turli yosh, turli tajriba, lekin bitta umumiy maqsad o‘sish. Bunday muhitda siz faqat yapon tilini o‘rganmaysiz. Ustoz tajribasidan foydalanasiz, yangi insonlar bilan tanishasiz, imkoniyatlar haqida ma’lumot olasiz va eng muhimi — o‘zingizdan kuchliroq maqsad qo‘ygan odamlarni ko‘rib, siz ham oldinga intilasiz. Siz ham o’zingizni namoyish qilasiz va ertaga ular tavsiyasi yoki maslahati bilan maqsadga tezroq yetasiz. Oxirigi 6 oy ichida O’zbekistonda mendan yaxshi ishga N1 darajali, salohiyati bor yoshlarni ishga bir necha bor so’rashdi. Lekin nomzod kam. N2 va N1 yapon tilini o‘rganishning oxiri emas. Aksincha, yapon tili orqali yangi imkoniyatlarga chiqishning boshlanishi deb qarang. @ibrohim_sensei

  • 12 авг.1 7545

    без подписи

  • 12 авг.1 824295

    Bir tizim ichida ishlayversangiz, yillar o’tgan sari odamda tajriba to’planib boraveradi ekan. Muammolarni ichidan ko’rib, ular ustida jamoa bilan ishlab asta-sekin yechim topiladi ekan. Bizda ham o’quvchilarni noldan yapon tiliga olib kirib olish, ularni qiziqtirishda biroz muammo bor edi. Slayd qil, videolar ko’rsat bo’lib anchagina murakkab bo’lgan. Nasib qilsa bunga ham yechim topdik. Birinchi marta JLPT Master imzosi ostida qo’llanma yozdik. Bunda yapon tiliga kirishda harflardan tortib, hafta kunlari, sonlar, davlat nomlari, oila va o’zini tanishtirishgacha joyladik. Bundan tashqari Yaponiya qanday davlat, nega yapon tili o’qish kerak, JLPT o’zi nima degan savolga ham javob berdik. Nasib qilsa tez orada noldan boshlaydigan o’quvchilarimiz qo’liga ham yetib boradi. Bundanda katta xabarlar tayyorlab qo’yganmiz. Hali hammasi oldinda… @ibrohim_sensei

  • 9 авг.537245

    “…eng yaxshisi nima ekanini kim ham ayta olardi? Shu sabab baxtni qayerdan topish mumkin bo‘lsa, odamlar nima deyishini unutib, uni qo‘ldan chiqarmaslik kerak. Umr bo‘yi bizga ikki yoki uch martagina imkoniyat berilishini tajribamdan bilaman. Agar uni qo‘ldan boy bersak, umrimizning qolgan qismini afsuslanib yashaymiz.” Haruki Murakami — “Norveg o‘rmoni” @ibrohim_sensei

  • 6 авг.610172

    Demak kuni aniq bo’ldi. 8.15 https://t.me/jlpt_uzbekistan/1788

  • Bugun tarjimonlik paytida bitta ilmiy tushuncha meni o’ylantirib qo’ydi Reverse Osmosis (teskari osmos)… Tabiatda toza suv har doim ko’proq iflos tomonga intiladi. Maqsad muvozanatni topish. Ba’zan insonlar ham shunga o’xshaydi… Yaxshi inson atrofidagi salbiy muhitni o’zgartiraman deb harakat qiladi. Ammo aksincha, agar ehtiyot bo’lmasa, o’zi o’sha muhitning ta’sirini qabul qila boshlaydi. Yaxshi inson bo’lib qolish uchun faqat yaxshi niyatning o’zi yetarli emas. Bosim ham kerak. Bu bosim: o’z ustingizda ishlash, bilim olish, prinsiplaringga sodiq qolish va to’g’ri insonlarni tanlash bo’lsa kerak. @ibrohim_sensei

  • Nasib qilsa oz qoldi. Tez orada menimcha O’zbekistonda birinchi marta qilingan yapon tili bo’yicha katta loyihani e’lon qilamiz. Bunaqa qilingan, qilinayotgan ham bo’lsa ham kerak. Lekin o’ziga xosligi bor. Bu haqida batafsil yozaman hali. @ibrohim_sensei

  • Yaponiyaning Sasakawa Tinchlik Jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan, xorijiy fuqarolar bilan hamjihatlik masalasiga bag‘ishlangan milliy simpoziumda panel spikeri sifatida ishtirok etdim. Tadbirda vazirliklar, mahalliy hokimiyatlar, universitetlar, NPO va xususiy sektor vakillari bilan birgalikda chet ellik fuqarolarni jamiyatning faol va teng huquqli a’zosi sifatida qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. O‘z chiqishimda bir fikrni alohida ta’kidlab aytdim: chet elliklar hamjamiyati faqat yordam oluvchi emas, balki jamiyat rivojiga hissa qo‘shadigan, birgalikda mas’uliyatni bo‘lishadigan hamkor bo‘lishi kerak. Bunday nufuzli anjumanda o‘z fikrlarim bilan ulashish anchagina hayajonli bo’lgan bo’lsada, tajriba bilan bo‘lishish men uchun katta sharaf bo‘ldi. @ibrohim_sensei

  • 6 июл.1 544135

    Keyingi N1 guruhi qachon ochiladi deb so’rab yozganlar bor. Kurs nasib qilsa iyul o’rtasidan boshlanadi. Seshanba, payshanba va shanba kunlari 17:00 da (21:00 Japan time) bo’ladi. Keyingi 4,5 oyda nasib qilsa birga tayyorlanamiz. Guruh 1 ta ochiladi. Shunga hozirdan yozib joyingizni band qiling. Kursga ro’yhatdan o’tish uchun @JLPTMasteruz ga yozasizlar. @ibrohim_sensei

  • 2 июл.1 133272

    N1 kursida shunday o’quvchilarni ko’rib odam faqat xursand bo’ladi Guruhimda ta’lim olgan o’quvchilarga imtihonda omad tilayman! O’z potensialingizni to’g’ri ishlatsangiz albatta uddalaysiz! Men bunga ishonaman. @ibrohim_sensei

  • O’zbeklar uddalaydi Yaponiyadagi Tiger Funding – All or Nothing dasturida o’z biznes g’oyasini taqdim etib, 20 million yen investitsiya taklifini olishning o’zi katta natija. Lekin meni bundan ham ko’proq hayratlantirgani Farruhning yapon tilisi. Bir paytlar til maktabida o’qigan yigit bugun yapon investorlari bilan hech qanday tarjimonsiz bemalol muzokara olib borayotganini ko’rishning o’zi katta motivatsiya. Harakatdan to’xtamagan inson albatta natijaga erishadi. Farruh, keyingi ishlarga faqat omad! https://youtu.be/j-EmiPogyoM?si=2FzLu9OAlmDm01k7 Ha aytgancha bu yigit oxirida o’zi so’ragan 5 millionni yen oldi xolos, bu tomoniga ham qoyil! @ibrohim_sensei

  • 28 июн.703182из hikmat_istaganga

    Nobel mukofoti sovrindori, buyuk fizik Richard Feynman shunday bir oltin qoidani ilgari surgan: Agar siz biror mavzuni, qonuniyatni yoki konseptni 6 yoshli bolaga yoki o‘sha sohadan mutlaqo bexabar bo‘lgan oddiy odamga eng sodda so‘zlar bilan tushuntirib bera olmasangiz, demak, siz bu mavzuni o‘zingiz ham tushunmaysiz.

  • Shu kunni ham ko’rdik. Tarixda qoladigan kun! Vatanimizga omad! @ibrohim_sensei

  • Inson hayoti shunday, tarjiba olaman, o’rganaman desa oladi. Hayot biz so’ragan narsani beradi va shunday deydi “sen ham harakat qil endi”. Bu yigit shunday harakatchan yigitlardan, tarjibani oladi. Oxirida esa buni tahlil qilib, tafakkur ham qiladi. https://t.me/minnano_nihongo1/1650 @ibrohim_sensei

  • N1 guruhda o’qigan 3 ta o’quvchim suhbat bosqichiga o’tishibdi. Omad tilayman. @ibrohim_sensei

  • 18 июн.3 2102314

    Bugun MEXT natijalari suhbat bosqichiga o’tganlar aniq bo’ldi. 📎Keyingi yil harakat qiladiganlarga insaydlar: 1) Hujjatni imkon boricha hammasini topshiring. 2) 4-kurs bo’lsangiz, diplom ishi yozishdan, maqola chiqarishdan qochmang. Sizni alohida nomzod sifatida yaxshiroq ko’rsatadi. 3) Imkon boricha bakalavr mutaxassisligidan kelib chiqib tadqiqot rejasini tanlang. Yangi sohaga chousen qilishga shoshilmang. 4 yil bakalavrda olgan bilim bazasi va keyingi ishga ta’siri baholanadi. 4) Yapon tilini N1 gacha kuchaytiring. Imkon boricha testda xato qilmang. Suhbat bosqichiga o’tganlarga omad tilayman. @ibrohim_sensei