Yoʻldoshev | Kontentblog
СтатистикаOʻzbekcha. Hamma-hammasi contact: @copirayter
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Маркетинг (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 559
- 1/48двое суток
- 640
- 1/72трое суток
- 690
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Kopiraytingdan keyin qayerga? Boshlovchilarning koʻpchiligi instagram, telegram uchun matnlar yozib boshlaydi. Keyin progrev, oddiy videolar uchun senariy yozib boshlaydi. Kimdir oʻzini SMMga uradi. Qayerga borishni bilmaganlar nima qilsin? Ular uchun shaxsiy kuzatuvlarim asosida yuzaga kelgan fikrlarni ulashmoqchiman. Kopiraytingda koʻpchilik uchun kelajak yoʻq. Masalan, Said akani darajasida kopirayter boʻlish, senior darajaga mumkin. Lekin Oʻzbekiston bozori 500 ta senior kopirayter uchun torlik qiladi. Nega? Chunki kopirayterga $2000+ toʻlashga tayyor 500 ta joy yoʻq Menga tushgan ish takliflariga koʻra eng tanqis mutaxassislar: 1. Kontent prodyuser. Jarayonni toʻliq nazorat qila oladigan odam. Vazifalari: auditoriyani analiz qiladi, ehtiyojlarni aniqlaydi. Konsept yechimlar taklif qiladi, eng maqbul variantni tanlashda ishtirok etadi. Senarist bilan oʻtirib senariy yozadi. Suratga olish uchun lokatsiya va aktyorlarni tanlaydi (izlab topmaydi, tanlaydi). Suratga olish va montaj jarayonida qisman ishtirok etadi. Video haqida kutilmalarini aktyor, operator, montajyorlarga tushuntira olishi kerak 2. UX writer Bu koʻpchilik oʻylagan ilovadagi matnlarni oʻzbekchaga toʻgʻri tarjima qilish emas. Balki ilova mantigʻini dizayner va produkt menejer bilan muhokama qiladi Vazifalari: UX analizlar natijalarini tushuna olish. Algoritmlar va dizayn boʻyicha boshlangʻich bilimlar. Dizayner va PM bilan ilova boʻyicha uchrashuvlar oʻtkazish. Keraksiz tugmalar, jumlalarni olib tashlash. Ilovani 7 yoshdan 70 yoshgacha har qanday inson tushuna olishini ta’minlash. Qaytaraman, bu yozuvlarni tarjima qilib chiqish emas. U foydalanuvchi interfeysida qulaylikni ta’minlaydi. 3. Mahalliylashtirish (lokalizatsiya) boʻyicha mutaxassis Ba’zida xalqaro yoki katta brendlarda oʻzbek tilida kommunikatsiya yetishmaydi. Ayni holatda oʻzbekchalashtirish boʻyicha menejer yetishmaydi Vazifalari: reklama mantigʻini, auditoriya muammosi va kompaniya bergan yechimni tahlil qilish. Oʻzbekcha “rang”lardan foydalanib reklamani oʻzbekchalashtirish Yuqorida aytilgan 3 ta mutaxassis ham $1500+ topa oladi. Faqatgina til bilsa (kamida rus tili) *4. Senarist. Ha, yaxshi senaristlar kim? Ular senariy yozadigan kishilar emas. Kecha yozgan senariysi qanchalik samarali ishlaganini tahlil qila oladigan, senariylarni byudjet taraflama optimal ishlab chiqadigan odamlar. Ular kuniga 10 ta video olinadigan boʻlsa, 6 ta aktyordan 10 ta kombinatsiya chiqara oladi. Masalan, 40 yoshli ayol bir rolikda turmush oʻrtoq boʻlsa, boshqasida ona, yana birida qoʻshni *bularning hammasi shaxsiy tajriba, menga tushadigan ish takliflaridan kelib chiqqan fikrlar @copirayt
100 %lik kommunikatsiyaning o‘zi yo‘q Bizning vazifamiz bitta: unga imkon qadar 100% ga yaqinlashtirish Bu post yozilishi uchun 3-4 kun ketdi. Chunki men ham fikrlarimni to'liq yetkazmoqchiman Sizda ham bu voqea bo'lgandir. Kimgadir nimadir deysiz va quyidagi javobni eshitasiz: “Ha, sen bunaqa demoqchi boʻldingmi?” Siz esa hamma narsani aniq tushuntirdim deb o‘ylagan bo‘lasiz. Muammo shundaki, fikrni bir miyadan ikkinchisiga shunchaki “ko‘chirib bo‘lmaydi”. Avval siz g‘oyani shakllantirasiz. So‘ng uni so‘zlarga o‘girishga harakat qilasiz. Ammo til miyangizdagi bor narsani: his-tuyg‘ular, obrazlar, assotsiatsiyalar, kontekstni to‘liq ifodalab bera olmaydi. Ana undan keyin eng qizig‘i boshlanadi. Suhbatdoshingiz so‘zlaringizni eshitadi yoki o‘qiydi. Lekin ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushunmaydi. Buni ancha yillar avvala psixolingvist Gerbert Klark o'z tadqiqotlarida aytib o'tgan: har bir inson xabarni o‘zining tajribasi, bilimi va konteksti orqali talqin qiladi. Boshqacha aytganda, miya yetishmayotgan ma’lumotni o‘zicha to‘ldirib oladi. Siz 100% lik nimadir aytasiz, u 70% tushunadi va qolgan 30% ni o'zidan qo'shadi. Aynan shuning uchun ham muammolar yuzaga keladi. *Bu faqat muloqotgagina tegishli emas. Bu kontentga ham taalluqli. Ko‘plab kontentmeykerlar shunday o‘ylaydi: “Men nima demoqchiman?” Lekin bu — noto‘g‘ri savol. To‘g‘ri savol bu: “Odam bu kontentni ko‘rganda nimani tushunadi?” • Agar fikrni ko‘rsatish mumkin bo‘lsa — ko‘rsating. • Agar chizib berish mumkin bo‘lsa — chizing. • Agar misol keltirish mumkin bo‘lsa — keltiring. • Agar uzun matn o‘rniga video yozish mumkin bo‘lsa — yozing. Muloqot kanallaridan qanchalik ko‘p foydalansangiz, o‘quvchi yoki mijozga o‘zicha taxmin qilishga shunchalik kam hojat qoladi. Albatta, 100% odam sizni bir xil tushunishiga erishib bo‘lmaydi. Bunga tajriba, bilim darajasi, madaniyat, kayfiyat va yana o‘nlab boshqa omillar ta’sir qiladi. Ammo noto‘g‘ri talqin uchun qoldirilgan bo‘shliqni sezilarli darajada qisqartirish mumkin. Aynan shuning uchun ham kontentmeyker yoki kopirayterning vazifasi shunchaki chiroyli matn yozish emas. Uning vazifasi: boshqa odamda shu kontent yaratilishiga sabab bo‘lgan aynan o‘sha fikr, o‘sha his-tuyg‘u yoki o‘sha harakatni uyg‘otishdir. Chunki muloqot samarasi siz nima deganingiz bilan o‘lchanmaydi. Balki suhbatdoshingiz nima tushungani bilan o‘lchanadi. Muammolar insonlar bir-birini tushunmasligi ortidan kelib chiqadi Yana bir narsani unutmang: tushunmaslik mumkin emas. Tushuntira olmaslik mumkin @copirayt
Batafsil yozaman
Kanaldan keladigan daromadni 50 foizga qanday oshirish mumkin? Mukammal yechim - GO "xush kelibsiz" boti Obunachilarni xabar yuborish bazasiga yig'ish, va ularni bir nechta kanallar o'rtasida taqsimlash imkonini beradi. Kanal bilan ishlash o‘zgarmaydi, daromad esa oshadi! Asosiysi, bu bepul, GO-ni ulang
Marketing psixologiyasi: 30 ta ishlaydigan instrument Bu shunchaki postlar to'plami emas - bu mijozning miyasi qanday qaror qabul qilishining to'liq xaritasi. Mijoz sizni birinchi ko'rganidan qaytib kelgunicha, har bir bosqichda ishlaydigan aniq qurol. ⚪️Yakor effekti ⚪️Decoy (aldov varianti) ⚪️Yo'qotish og'rig'i ⚪️Egalik effekti ⚪️Ijtimoiy dalil ⚪️Taqchillik ⚪️Veblen effekti ⚪️IKEA effekti ⚪️To'lov og'rig'i ⚪️Eksklyuzivlik ⚪️Tanlov falaji ⚪️Ramka effekti ⚪️Von Restorff ⚪️Avtoritet ⚪️Qarz hissi ⚪️Yoqimli kutilmaganlik ⚪️Charm pricing (9 effekti) ⚪️Default effekt ⚪️Zeigarnik effekti ⚪️FOMO ⚪️Pratfall effekti ⚪️Yangilik effekti ⚪️Aniqlik effekti ⚪️Halo effekti ⚪️Kognitiv yengillik ⚪️Kontrast prinsipi ⚪️Maqsad yaqinligi ⚪️Hikoya ustunligi ⚪️Goodhart tuzog'i ⚪️30 ta instrumet bitta promptda Faqat bitta shart bor. O'qib qo'yish yetmaydi. Ochib, bittasini bugun o'z biznesingizga qo'llash kerak. Bitta instrument, bitta hafta, bitta o'lchov. Keyin ikkinchisi. Bilim natija bermaydi. Qo'llangan bilim beradi. Ushbu ro'yxatni o'zingizga saqlang va marketing bilan shug'ullanadigan tanishingizga yuboring - unga aynan shu kerak. Scaleup | @scaleupuz
без подписи
))
Qanchalik kreativligimizni bilmoqchi bo'lganlar, qilgan ishlarimizga boqsin))
Zoʻr oʻyin boʻldi 🔥🔥🔥
Xoʻrozqand oʻzimizniki, faqat qogʻozi chet elniki Ayrim kompaniyalar mening taklifimni koʻrib chiqmaydi ham. Chunki men “mahalliy” mutaxassisman Keyin ular xorijiy agentlikni yollashadi. Xorijiy agentlik kichik summaga ishlamaydi Keyin xorijiy agentlik meni yollaydi. Men ham xorijliklar bilan kichkina summaga ishlamayman. Oqibatda men va xorijiy agentlik yutuqda, kompaniya esa zararda *shunday holatlar boʻlgan, men qilgan ish uchun qoʻshni davlat agentligi TAF!da Gold olib ketgan Kompaniyalar, yuraveringlar “Ishimizni xalqaro agentlik qilyapti” deb
AI kopirayterlarni ishini olib qoʻysa, nima qilasiz? Men
Bu foydali faylni 2 toifa insonlar ko'radi 1. Siz kanalga obuna bo'lgansiz. Bu fayl boshqalarga ham foydali bo'lishi uchun tanishlar, hamkasblar, do'tlaringizga ulashing 2. Siz kanal obunachi emassiz, sizga bu faylni do'stingiz ulashgan. Yana shu kabi foydali ma'lumotlarni doimiy olib turish uchun @copirayt kanaliga obuna bo'ling Nega menga obunachilar kerak? 6 yildan beri kopirayting, kontentneyking bilan shug'ullanib kelaman. Shu 6 yil ichida Yandex, Unilever, OLX, payme, IMAN, Uklon, VISA kabi mahalliy va xalqaro brendlar bilan ishlab kelaman Hozirda Ozarbayjon, Rossiya, Qozog'iston, O'zbekistondagi marketing agentliklari bilan doimiy ishlab kelaman Ko'proq obunachilar, reksiyalar, izohlar bilimimni doimiy ulashib borish uchun ko'proq kuch beradi. Ulashing, obuna bo'ling va foyda oling: @copirayt
Bugun juda koʻp foydali kontent boʻladi
Yakuniy qaror Dushanbadan toʻliq onlayn formatda ishlashga oʻtaman. Ofis formati menga toʻgʻri kelmas ekan Faoliyatimni - Yandex Moscow'da kontent boʻyicha konsultant - Feelin Almaty'da muharrir - Endorphin Baku'da kontent muharriri - Yevropadagi fintex kompaniyasida UX writer - Xususiy universitetda kontent menejer sifatida davom ettiraman. Oʻxshash ishlar boʻlsa, bemalol hamkorlik qilaveramiz. Albatta onlayn formatda (haftada 1-2 kun ofisga borishim mumkin) Murojaat uchun: @copirayter
Hozir Ozarbayjonning Endorphin agentligi bilan bir loyiha ustida ishlayapmiz
Bularni ham boshida oʻzim turganman
Uklonni uzuuuuuun va noodatiy reklamalari bor-ku Shularni SEED (Kz) bilan birga qilganmiz
Texnologga 4000$?! Yuqorida universitetlardagi eng “past tabaqa” yoʻnalish. 2010-2018 yillarda kirish ballariga qiziqqanman. Eng past kirish bali shu yoʻnalishga toʻgʻri kelar, umuman tayyorlanmaganlar shu yoʻnalishga topshirar edi. Hozir ham kirish bali 60-70 Lekin… Yaqinda Yevropaga katta hajmda quruq meva eksporti bilan shugʻullanadigan kishi bilan ishladim. Gap orasida oziq-ovqat texnologlari haqida gaplashib qoldik. Yaxshi texnologning maoshi oʻrtacha 3-4 ming dollar ekan Oʻzbekistonda eng qadrsiz ta’lim yoʻnalishlaridan birini bitirgan mutaxassis shuncha maosh olar ekan Albatta, bunga yetarli talablar bor. GMP, Britaniya, Yevropa standartlari degan narsalar bor Aytmoqchimanki, zoʻr odam boʻlish uchun 3-4 yil kurslarga qatnab, milliy sertifiklarni olib, 189 ball bilan universitetga kirish shart emas. Shunchaki yaxshi yoʻnalishni tanlab, til oʻrganib, 70 ball bilan grantga kirib, Yevropaga 1 marta 6 oylik scholarship yutish osonroq Eng muhimi, AI hech qachon bu kasbni tortib ololmaydi @copirayt
Qashqadaryo. Chiroqchi tumani. Respublikamizda eng birinchi tarvuz pishadigan joydagi reklama Chiroqchining odamlari sodda, chapani odamlar. Ularga qochirim gaplarni yozish kerak emas Tarvuz uchun esa suv kerak. Suv yer ostidan olinadi, oqova emas. Buning…
Siz kopirayter boʻla olmaysiz! Siz 20 yoshdasiz va toʻsatdan kopirayter boʻlgingiz kelib qoldi. Endi taxminiy jarayonni aytib oʻtaman 1. Siz kopirayting haqida ma’lumotlar izlay boshlaysiz va qandaydir guruhni topasiz. Qaraysiz, hamma kopirayter, hamma muvaffaqiyatli 2. Keyin kurs qidira boshlaysiz. Kurs ham topasiz, narxi 200-500$ 3. Kursni bitirib, ish izlay boshlaysiz va bu ham oson emas 3-4 oy umr, 500$ mablagʻ, oʻsha 500$ ni topishga ketgan mashaqqat… Hammasi havoga uchadi. Chunki siz konditer boʻlish siz uchun osonroq ekanligini anglaysiz Bu xatoni qilmaslik ham mumkin Shunchaki bepul manbalardan kopiraytingni tatib koʻrasiz. Bu siz uchun “kopirayting siz uchun yoki yoʻq”ligini bilishga yordam beradi Bepul manbani ham tartibli, tushunarli qilib berilganlari bor Masalan: https://t.me/copirayt/2501 Hozirgacha +10 000 inson men mualliflik qilgan bepul videodarsliklarni koʻrgan va ularning koʻpchiligi kopirayting ham oson emasligini allaqachon tushungan