Bo’lajak marketolog
СтатистикаMuallif: Saydiganiyev Shohrux "Texnomart"ning sobiq brend-menejeri, "Evolution Motors"ning marketing-menejeri Aloqa uchun: @saydshokh
- Последний пост
- 6 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Маркетинг
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 695
- 1/48двое суток
- 796
- 1/72трое суток
- 859
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
EVOS 20 yilligiga Oqtepa Lavash 20% chegirma beribdi. "Bayram bir bahona edi" deb qo'yibdi 😁 Bilbord esa EVOS filiali yonida joylashgan. @bolajak_marketer
Marketolog degani — Instagram lentasiga bir xil stilda chiroyli "oblojka" qo'yadigan odam emas. Marketolog — bozorni o'qiy oladigan odam. Va bozorni o'qish uchun statistika eng asosiy qirol. 📊 Keling birgalikda moshinalar bozorini ozgina o'rganib chiqamiz. 1. 2026-yil yanvardan iyungacha, ya'ni 6 oy davomida 175 374ta avtomobil sotilgan ekan. 2. Chevrolet — 136 072 ta avtomobil, bozorning deyarli 80%. Katta raqam, to'g'rimi? Lekin buni faqat "bugungi kun" fotosurati deb qaramaslik kerak. Agar o'tgan yillar ulushini eslasak (90%+) — Chevrolet ulushi asta-sekin pasayib boryapti. Bu degani, bozorni boshqa brendlar sekin-sekin, lekin qat'iy egallab olayapti. 3. Segmentlar bo'yicha diagrammani ko'ramiz — Sedan-B 34,5%, LCV (Damas va Labo kabi modellar) 31,4%. Bu marketolog uchun nima degani? Juda oddiy — agar sen shu segmentga mos, raqobatbardosh mashina olib kelsang, och qolmaysan. Chunki talab allaqachon bor. 4. Eng qizig'i — model reytingi. Cobalt yana birinchi, Damas ikkinchi. Nega? Narximi? Servisimi? O'ylanib ko'rish kerak. 5. Va yana bir narsa — BYD ulushi yildan-yilga o'sib boryapti, 9,7%gacha yetdi. Bitta oylik raqam — bu shunchaki foto. Lekin uni oy-oyiga, yildan-yilga kuzatib borsang, bu allaqachon trend bo'ladi. Bu nimani anglatadi? Bir qarashda — xitoy brendlari endi O'zbekiston mijozi uchun "arzon, lekin ishonchsiz" degan yorliqdan chiqib ketyapti. Odamlar ularni ko'proq qabul qilyapti, ishonyapti, va BYD buni yaxshi taklif — narx, texnologiya, dizayn bilan mustahkamlab boryapti. Shunday qilib, o'z sohangizdagi bozorni doim kuzatib borsangiz, ko'p savollarga javob topib olasiz. Statistika olish uchun rasmiy manbalardan izlanish kerak, ba'zilari bepul, ba'zilari to'lov asosida ishlaydi — shunday saytlardan biri bor edi, eslab qolsam kommentda yozib qo'yaman. @bolajak_marketer
O'zbek alifbosi yangilanmoqda Bugungi kunning asosiy yangiligi — deputatlar alifbo o'zgarishi bo'yicha qonunni qabul qildi. Korxonalar uchun muhim: materiallarni shoshilinch o'zgartirish shart emas — o'tish bosqichma-bosqich bo'ladi. @bolajak_marketer
видео или голосовое, без подписи
TikTok: yangi kanal, kutilmagan auditoriya Bir oy oldin "TikTokda livestream orqali sotsa bo'ladi" deyishganida ishonmagan edim. Bizning auditoriyamiz Instagram va Telegramda deb o'ylardim, TikTok esa ko'ngilochar kontent uchun, deb. Lekin sinab ko'rdik — natija bor. Avvalambor, nega TikTok ishladi: — Instagramda jonli efir qilsam, faqat obunachilarim ko'radi (har holda oldin shunday edi) — TikTokda esa stream begona auditoriyaga ham chiqib turadi — kontent qiziqarli bo'lsa, Tiktok tarqatadi — Ya'ni, butunlay yangi, hali bizga ulanmagan odamlarga chiqish imkoniyati va shu sababli bu uzoq muddatda alohida kanal sifatida rivojlantirishga arziydi. Shuning uchun 1 haftalik kontent reja tuzildi. Masalan: — Moshinalarni test-drive qilish, sotuv menejeri bilan jonli efirda — Qanday zaryadlash turlari bor — Showroom bo'ylab tur — Barcha modellar narxlari Maqsad — tomosha qilgan odamga "arzigulik" bo'lsin, keyin esa qiziqqanlarni CRM'ga olib, call center orqali ishlov berish. 7 kunlik natija: Ko'rishlar: 5 700 Lidlar: 89 Sotilgan mashinalar soni: 2 Yana bir necha hafta davom ettirib, natijalari bilan bo'lishaman.
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🥳 Haqiqiy Integrated kampaniyani ko‘rmaganimizga ancha bo‘lgandi. 🧢 Hamma kanallar ishlayapti: Navigator, OOH va hokazo. Hattoki Zafar aka Hashimovni kepkasi ham. Rasmlarini @HappyZK kanallaridan oldim. *Integrated kampaniya — bu yagona g‘oya asosidagi reklama. @bolajak_marketer
видео или голосовое, без подписи
Mijozlar ketish darajasiga e'tiborli bo'lyapsizmi? Churn rate — ma'lum bir davr ichida sizning xizmat yoki mahsulotingizdan voz kechgan mijozlar ulushini ko'rsatadi. Misol: Oy boshida 1000 ta mijozingiz bor edi. Oyni tugatganda 50 tasi ketdi. Churn rate = (50/1000)*100%=5% Nima uchun mijozlarning ketish darajasi muhim? Agar doimiy mijozlaringiz soni 1000ta bo‘lsa va ketish darajasi birdan X% ga oshsa, marketolog sifatida siz darhol sababini aniqlashingiz kerak: — Mahsulotlar yetishmayaptimi? — Sodiqlik dasturi o‘zgardimi? — Xizmat sifati pasaydimi? va hokazo. Mijozlar ketishi — bu ogohlantiruvchi signal. Uni e’tiborsiz qoldirmang. @bolajak_marketer
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Akangga qani kango? Menga qani kango? Unga qani kango? Bizga qani kango? Market Yandex Go teaser kampaniyasini davom ettiryapti. Bu safar esa — eski mashhur reklamalarga cosplay! 🔥 Kreativ — 605 agentligi tomonidan 🌟 @bolajak_marketer
видео или голосовое, без подписи
Bu shunday paketki, onam yuvib, ‘keyin kerak bo‘lib qoladi’ deb saqlab qo‘yardilar. 605 agentligi jamoasi tomonidan Yandex Go marketpleysining ishga tushirilishi sharafiga amalga oshirilgan kreativ. @bolajak_marketer
Ehtiyot boʻling, oʻzbekcha kreativ! Texnomart’dan navbatdagi kreativ ish. Xuddi metro vagonlarida yangraydigan gaplarga moslab reklama joylashtirishibdi. Posterning eng tagida yana qoʻshimchasi ham bor: “Yangi muzlatkich, televizor va changyutkichlarga…
Ehtiyot boʻling, oʻzbekcha kreativ! Texnomart’dan navbatdagi kreativ ish. Xuddi metro vagonlarida yangraydigan gaplarga moslab reklama joylashtirishibdi. Posterning eng tagida yana qoʻshimchasi ham bor: “Yangi muzlatkich, televizor va changyutkichlarga uyingizdan joy bering”. Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи