IQTIDORLAR maktabi
СтатистикаO’quv markazimizda quyidagi xalqaro olimpiadalarga tayyorgarlik ko’riladi: IMO, IGO, ICO, Durer, IZHO, CMO, IMC, BMO, EMC, JBMO Admin: @iqtidorlaruz_admin 📱+998(94)-324-10-50 📱+998(50)-740-10-50 Olimpiada kitoblari uchun: @iqtidorbooks
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 31
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 300
- 1/48двое суток
- 2 635
- 1/72трое суток
- 2 842
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Tarix yozildi: O‘zbekiston milliy jamoasi 38-Xalqaro informatika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi! 🏆 Toshkentda o‘tkazilgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026) bahslari O‘zbekiston uchun tarixiy natija bilan yakunlandi. Milliy terma jamoamiz tarixida ilk bor barcha 4 nafar aʼzosi sovrinli o‘rinlarni egalladi. Yigitlarimiz 1 ta kumush va 3 ta bronza medali sohibiga aylandi. ⬇️Sovrindorlarimiz bilan tanishing: 🥈Jahonali Xaydaraliyev, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf — kumush medal; 🥉Timur Kadirbergenov, Nukus Prezident maktabi, 11-sinf — bronza medal; 🥉Ulugʻbek Rakhmatullaev, Namangan Prezident maktabi, 11-sinf — bronza medal; 🥉Jahongirshoh Avazxonov, Namangan Prezident maktabi, 10-sinf — bronza medal. 📌Shuningdek, Sardorbek Salimov — Navoiy shahri, Prezident maktabi o‘quvchisi “Faxriy e’tirof” sovriniga ega bo‘ldi. ✅Mazkur tarixiy natija yoshlarimizning yillar davomida olib borgan izchil tayyorgarligi, ustozlarning fidokorona mehnati hamda mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan raqamli taʼlim islohotlarining amaliy samarasidir. ✅O‘zbekiston yoshlari dunyoning eng kuchli yosh dasturchilari qatorida munosib natija qayd etgani kelgusida xalqaro maydonlarda yanada yuksak marralarni zabt etish uchun mustahkam zamin hamda minglab yoshlarimiz uchun katta motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi. 🎉Yigitlarimizni, ularning ustozlari va ota-onalarini ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz! Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
🟦🟦 38-Xalqaro informatika olimpiadasining ikkinchi kun bahslari boshlanmoqda 🏆 Birozdan so‘ng IOI 2026 doirasidagi musobaqalarning ikkinchi kuni boshlanadi. Bugungi bahslar olimpiadaning yakuniy natijalarini belgilab beradi. ✅Bugungi bahslarda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan iqtidorli yosh dasturchilar murakkab algoritmik masalalarni yechib, mantiqiy fikrlash va dasturlash bo‘yicha o‘z bilim hamda mahoratini yana bir bor sinovdan o‘tkazadi. ✅Musobaqa jarayonlarini quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatib boring va yosh dasturchilarga muxlislik qiling! ➡️Onlayn natijalar bilan ranking.ioi2026.uz sahifasi orqali tanishib boring. 🗣IOI 2026 haqidagi so‘nggi yangiliklarni kanalimizda kuzatib boring.
🏆 IOI 2026 Day 1 1-kun musobaqasi boshlandi. Online natijalar: - https://ranking.ioi2026.uz 🧑💻 @cp_uz
#xushxabar🗣 ✅IQTIDORLAR maktabining 5 nafar iqtidorli o'quvchilari Al-Beruniy xalqaro maktabiga qabul qilindi! ✅ Ikki bosqichli saralash natijalariga ko‘ra Aniq fanlar yo'nalishiga (matematika, ingliz tili, fizika) 40 nafar o'quvchilar qabul qilingan bo‘lsa, ularning 5 nafari IQTIDORLAR maktabi o'quvchilaridir. O'quvchilarimizni, ularning ota-onalarini hamda ularga ta'lim tarbiya bergan trener-ustozlarimizni samimiy tabriklaymiz. O'quvchilarimizning Xalqaro maktabdagi o'qishlarida ham shijoat, omad va yuksak muvaffaqiyatlar tilab qolamiz! Al-Beruniy Xalqaro Maktabi haqida batafsil Agar siz ham farzandingizni kelgusida Al-Beruniy maktabida tahsil olishini istasangiz IQTIDORLAR maktabining xalqaro va mahalliy olimpiadalar g'oliblaridan iborat professional ustozlar jamoasi Sizga yordam berishga doim tayyor! Murojaat uchun: 📱 @iqtidorlaruz 📞 50-740-10-50 📞 94-324-10-50
#lirikchekinish Kecha shu maqola oldimdan chiqib qoldi: Seuldagi ikki maktabdan xalqaro olimpiadalarga borgan 13 o‘quvchining 10 tasi oltin medal olgan. Gap IMO, IPhO va IBO haqida ketyapti, tijoriy “xalqaro” testlar haqida emas :) Bir lahza “bizda shunday bo‘lsa nima bo‘lardi?” deb xayol qilib, qo‘rqib ketdim: hamma jamoa rahbarini ustidan yozib, korrupsiya va tanish-bilishchilikda ayblardi 😄 Havasdamiz! https://www.chosun.com/english/national-en/2026/08/04/CZBEPIVGLFBK3C3GGUXB3DWKXQ/
🏆 IMC 2026’dan ajoyib natijalar! 🇺🇿 22-27-iyul kunlari Mongoliyaning Ulaanbaatar shahrida bo‘lib o‘tayotgan IMC - Xalqaro matematika musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi yana bir bor yuqori natijalarni qayd etdi! 🎉
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#IMC2026results 🏆 IMC 2026’dan ajoyib natijalar! 🇺🇿 22-27-iyul kunlari Mongoliyaning Ulaanbaatar shahrida bo‘lib o‘tayotgan IMC - Xalqaro matematika musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi yana bir bor yuqori natijalarni qayd etdi! 🎉 🏅Kichiklar toifasi Individual hisobda: 🥇 1 ta oltin 🥈 6 ta kumush 🥉 6 ta bronza Jamoaviy hisobda: 🥈 8 ta kumush 🥉 4 ta bronza 🏅Kattalar toifasi Individual hisobda: 🥈 3 ta kumush 🥉 4 ta bronza Jamoaviy hisobda: 🥇 8 ta oltin 🥈 4 ta kumush Jami natijalar: 🏅 Individual hisobda — 20 ta medal 🏅 Jamoaviy hisobda — 24 ta medal ✨ Yana bir quvonarli yangilik — bu yilgi IMC masalalari orasidan O‘zbekiston matematiklari tomonidan tavsiya etilgan masalalar ham o‘rin oldi. 📝 Kichiklar toifasi • 9-masala — Ostonova Sevara 📝 Kattalar toifasi • 7-masala — Ostonova Sevara • 12-masala — Norboyev Jahongir 👏 Ushbu yutuqlar bilan barcha o‘quvchilarimizni, ustozlarini hamda masala mualliflarini chin dildan tabriklaymiz!
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Xitoyda iqtisodiyot olimpiadasidan tashqari Xalqaro Matematik (IMO) olimpiada ham bo‘lib o‘tayotgan edi. O‘zbekistonda ham ikki xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tmoqda bu yili, aytmoqchi. Matematik olimpiada bahonasida do‘stlar bilan ko‘rishdim va ko‘pdan beri kuzatib faoliyatini muxlisi bo‘lgan odam - Po-Shen Lo bilan ham ko‘rishish nasib bo‘ldi. Po-Shenni bu intervyusini tavsiya qilgan edim kanalda. Po-Shen haqida. Rasmlarda: meni litseydagi kursdoshim - Jasur, universitetdagi kursdoshim - Birjan. IMOchilar bilan tushlik. O'zbekiston jamosi sardorlari va yetakchisi O'tkir aka bilan choy. Jasur va Birjan bilan kelishmagan edik, lekin nasib bo‘lib qoldi. Shunday ajoyib tasodiflar.
видео или голосовое, без подписи
🌎 O'zbekistonlik o'quvchilar Xalqaro matematika musobaqasi IMC-2026 da ishtirok etmoqda. O'zbekistonlik o'quvchilar Iqtidorlar maktabi jamoasi bilan birgalikda Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida tashkil qilinayotgan Xalqaro matematika musobaqasida ishtirok etmoqdalar! Mazkur xalqaro matrematika olimpiadasida dunyoning 32 mamlakatidan 600 nafarga yaqin iqtidorli o'quvchilar qatnashmoqda. Yoshlarimizga ushbu nufuzli musobaqada omad tilab qilamiz! Ma'lumot uchun, mazkur olimpiada mintaqaviy xalqaro olimpiadalardan biri bo'lib, unda g’oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilar va ularning ustozlari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. OMAD YOR BO'LSIN! 🚀 @iqtidorlaruz_admin 🚀 @iqtidorlarmenedjer 📞 +998 94 324 10 50
🎉 IQTIDORLAR maktabining o’quvchilari AL-BERUNIY maktabi imtihonlarining 1-bosqichidan muvaffaqiyatli o’tdi. Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktabga kirish imtihonining 1-bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan barcha o'quvchilarni tabriklaymiz! Birinchi bosqichdagi natijangiz tasodif emas, bu yutuq ortida oylar davom etgan mehnat, izlanish va qat'iyat mujassam. Endi oldinda navbatdagi sinov turibdi. 🗓 23-iyul kuni ushbu maktabga kirishning 2-bosqich imtihoni bo'lib o'tadi. Bu bosqichda eng muhimi — o'zingizga bo'lgan ishonchni saqlash. Hayajon bilimdan ustun kelishiga yo'l qo'ymang. Siz shu kungacha qilgan mehnatingizga tayaning va imkoniyatingizni to'liq namoyon eting. Har bir katta natija kichik bir qadamdan boshlanadi. Siz esa o'sha muhim qadamlardan birini allaqachon bosib o'tdingiz. Barcha shogirdlarimizga omad tilab qolamiz!
видео или голосовое, без подписи
#IMO2026_results Jamoamiz bu yilgi Xalqaro matematika olimpiadasini 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini yakunladi. Elshod va Dostonni chin qalbimizdan tabriklaymiz. Qolganlarni tabriklasak qarg’aganday bo’lib qolamiz 😊 Natija qanday bo’lishidan qat’iy nazar e’tirof etilishi kerak narsalar bor. Terma jamoamizni yil davomida tayyorlashga yordam bergan barcha trenerlarga katta rahmat. Xalqaro trenerlardan Rossiyadan Yakov Shubin, Vladimir Bragin, Ivan Frolov, Alisa Volkova, va Erondan Navid Safaei, Qozog‘istondan Kanat Satylkhanov, shuningdek, Koreyadan jamoamiz bilan ishlagan trenerlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ularning ayrimlari onlayn, ayrimlari esa oflayn tarzda o‘quvchilarimiz bilan ishladi. Mahalliy trenerlarimiz — Jahongir Norboyev, Ozodbek Axtamov, Behruzbek Elmurodov, Asadbek Boboqulov hamda o‘quvchilarimizning tayyorgarligiga hissa qo‘shgan barcha ustoz va mutaxassislarga ham katta rahmat. Shuningdek, terma jamoamiz uchun zarur sharoitlarni yaratib bergan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va Fan olimpiadalari markaziga alohida minnatdorchilik bildiramiz. Bu yil terma jamoamiz uchun ikkita o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini va IMO oldi bir oy davom etgan katta tayyorgarlik lageri tashkil qilindi. Ushbu lager Qozog‘iston va Qirg’iziston terma jamoasi hamda bilan birgalikda, xalqaro va mahalliy trenerlar ishtirokida o‘tkazildi. Tayyorgarlik jarayonida qatnashgan barchani yana bir bor tabriklaymiz!
Are you hungry for gold? Welcome to Hungary for IMO 2027!
видео или голосовое, без подписи