G'azna
СтатистикаData-jurnalist va Tanga.uz nashri muharriri Nodirbek Norto'rayevning g'aznamiz haqidagi kanali. Davlat pullari nimaga ishlatilayotganini kuzataman va bo'lishaman. Reklama bo'yicha murojaat: @proekt_pr
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 666
- 1/48двое суток
- 763
- 1/72трое суток
- 823
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Xitoy investitsiyalari sabab O‘zbekistonda avtomonopoliya soyadan chiqyapti 2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda 338,9 trln so‘mlik asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan. Shundan xorijiy investitsiyalar va kreditlar ulushi 69,5 foizni tashkil etgan. Xorijiy investitsiyalar va kreditlar tarkibida Xitoyning ulushi 47 foiz bo‘lgan. Keyingi o‘rinlarda Rossiya — 7,4 foiz, Turkiya — 6,6 foiz va Saudiya Arabistoni — 4,1 foiz. Xitoy bilan iqtisodiy hamkorlikning amaliy natijalaridan biri avtomobil bozoridayam ko‘rinyapti: yangi ishlab chiqaruvchilar kirib kelishi bilan avvalgi monopol holat asta-sekin o‘zgarib, bozorda raqobat kuchaygan. Raqobatning foydasini esa, odatda, birinchi navbatda iste’molchi ko‘radi. @gazna1
United Ventures o'tkazgan tanlovda qisman o'ziga tegishli korxona g'olib bo'ldi O'zbekistonning 7 ta banki egalik qiladigan United Ventures startap loyihalarni jalb etgan holda 3 bosqichdan iborat akseleratsiya dasturi tashkilotchisini aniqlash bo'yicha tanlov o'tkazdi. Tanlov natijalari 11-avgust kuni e'lon qilindi. Xujjatga ko'ra, g'olib "STARTUP BOOSTER" MCHJ. Uning 70% ulushi "UNIQUE DEVELOPMENT PROJECTS" MChJ ga, qolgan 30% esa "United Ventures" MCHJ ning o'ziga tegishli. Tushunaman, bu korxona va komanda loyiha ustida bosh boshidan turgan bo'lishi mumkin, yoki aynan ular bu akseleratsiya dasturini bajara olishiga ishonch yuqoridir. Tushunaman. Lekin manfaatlar to'qnashuvi masalasiga bee'tibor bo'lish qiyin. Qanchalik tizimni tushunishga harakat qilmay, buni oddiy holatga aylantirib qo'yish noto'g'ri deb o'ylayman. @gazna1
Rossiyada "Царь хороший, бояре плохие" degan formula tez tez ishlatib turiladi. Putinni obrazini yaxshilash uchun amaldorlarga odamlarni jaxlini chiqaruvchi topshiriqlar beriladi va bu xayp bo'lganidan keyin Putin ularni urishib hammasini joy joyiga qo'yadi. Bu formula hozirda Rossiyada ishlayapdi deb bo'lmaydi, chunki urush bu umuman boshqa mavzu. Bu formula faqat tinchlik davrda yaxshi ishlashi mumkin. Ammo rus elitasi formulani ishlatishga hozirgacha urinadi - o'rganib qolishgan. Bu formulani yaxshi tomoni - qisqa muddatda ma'lum personani obro'si oshadi Yomon tomoni - uzoq muddatda davlat tizimiga nisbatan negativ oshib boradi, chunki amaldor to'g'ridan to'g'ri hukumat vakili sifatida qabul qilinadi. Kanal mavzusiga buni nima aloqasi bor? Hech qanaqa aloqasi yo'q. Shunchaki, hayolga kelib qoldi. @gazna1
Yangi O'zbekiston universiteti 843 mln so'mga robot kompleksini xarid qildi Xarid hujjatlariga ko'ra, universitet 1 ta robot-gumanoid, bitta 4 oyoqli robot, bu robotlarni integratsiya qilish va xodimlarga ulardan foydalanishni o'rgatish bo'yicha xizmatni xarid qilgan. Umid qilamanki bu robotlar tadbirma tadbir raqs tushib yurmaydi. Video: "Ipak yo'lidagi turizm 2025" da robot-gumanoid raqsi @gazna1
"Toshkent-Markaziy vokzali" va "Toshkent-Janubuy" stansiyasi kredit ta'minoti sifatida garovga qo'yilmoqda Bu haqida vokzal binolarini sug'urtalash bo'yicha o'tkazilgan 2 mlrd so'mlik xaridda ma'lum qilingan. Xarid hujjatlarida bu ma'lumot nega qo'shilgani tushunarsiz. Shu bilan birga hujjatlarda aynan qaysi kreditga ta'minot sifatida garovga qo'yilgani ma'lum qilinmagan. Yanvarda kompaniya 200 ta yo‘lovchi vagonini yangilash uchun 143 million dollar miqdorida kredit olishi ma'lum qilingan edi. Iyun oyining ikkinchi yarmida YTTBdan 38 mln yevrodan ortiq kredit olishi haqida xabar berilgan. Shuni qayd etish kerakki, O‘zbekiston temir yo‘llari aksiyadorlik jamiyati 2026-yilning birinchi choragida 479 mlrd so‘m sof foyda ko‘rgan. Kompaniya sof foydasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 251 mlrd so‘mga yoki 2,1 barobarga oshgan. Ya'ni moliyaviy ko‘rsatkichlarga ko'ra kompaniya daromadli ishlamoqda. Bu kreditlar evaziga yangidan yangi vagonlar sotib olinsa, yangi hududlarga yo'llar ochilsa va xizmat yaxshilansa ajoyib, lekin bunday strategik obyektlarni garovga qo'yilgani haqida xaridlardagi bir qator gapdan emas, rasmiy xabarlardan bilishimiz kerak deb o'ylayman. Boshqa tomondan, bunday xabarlar oxirigacha o'qilmasdan tez negativ va haypga aylanib ketishi ehtimoli baland. Ammo nima bo'lmasin, jamoatchilik bu haqida bilishi kerak. @gazna1
Hozirgina "Yangi O'zbekiston" va "Pravda Vostoka" gazetalarini 2026-yilda chop etish bo'yicha 6,3 mlrd so'mlik tender o'z yakuniga yetdi. Ha, 2026-yil davomida, 1-yanvardan 31-dekabrgacha - 29-iyulda. Tender natijasi shu yaqin kunlarda e'lon qilinadi. Yanvardan buyon bu gazetalar chiqmayotganmidi? Yo'q, chiqayotgandi. Yanvardan buyon ularni "Sharq" AJ chop etib kelyapdi. Topinglarchi tenderni kim yutadi? Tender hujjatlariga ko'ra, g'olib korxona 2026-yil davomida 252 kun mobaynida quyidagi hajmda gazetalarni chop etishi kerak: - "Yangi O'zbekiston gazetasi" - har kuni 40 000 tiraj - "Pravda vostoka" gazetasi - har kuni 1 500 tiraj Umuman olganda, bu yilgi summa avvalgilardan ancha kam. 2022-yilning ikkinchi yarimini o'zida bu gazetalar uchun 10,6 mlrd so'm sarflangan, 2023-yilda - 23,4 mlrd, 2024- yilda - 13,9 mlrd, 2025-yilda - 8,5 mlrd so'm. Aslida gazeta yanvardan buyon o'tkazgan tenderlarni 7 tasi bekor bo'lgan, barchasida yoki "Sharq" AJ ni bir o'zi qatnashgan, yoki raqobatchisi mos kelmagan va diskvalifikatsiya qilib yuborilgan, yoki hech kim qatnashmagan. Hozir 8-si o'tkazilmoqda va bunisi muvaffaqiyatli bo'lishi fakt emas. Nega tenderda hech kim qatnashmayapdi? Chunki muddati 1-yanvardan 31-dekabrgacha bo'lgan ilk tender 12-yanvarda o'tkazilgan, ungacha 6 ta sonni "Sharq" AJ chop etgan. Kim g'olibi aniq xaridda qatnashishni istaydi? Qaysi nashriyot hozir boshini og'ritib shundoq ham egasi bor xizmat tenderiga hujjat yig'adi? Qiziq, 8-tenderni amallashdimikin yoki spektakl davom etadimi? P.S. Ushbu tenderni boshlang'ich summasi aslida 14 mlrd so'm bo'lgan, ammo ekspertiza markazining 2025-yil 3 dekabrdagi xulosasida narxni 6,3 mlrd so'mga tushirish kerakligi belgilangan. @gazna1
200 mln so'mlik ostanovkalar Ba'zi odamlar bilan suhbatda "mana shu ikkita tunika 200 mlnga olinganakan, shuni yozmaysanmi" degan gapni eshityapman. Shuncha muhokamadan keyin odamlar haligacha ko'chada shuni gapirib yurishganini sezdim. Bu masala qanday shishib ketganini tushunmay qoldim ham. Birinchi marta ko'rganimda bu auksionligini o'qidim: "tushunarli, demak tadbirkorlar sotib olib, u yerda joylashadigan reklama va apparatlardan pul ishlar ekan" deb o'yladim. Budjetdan pul ishlatilyapdi deyishga hech qanday asos topa olmadim va mavzuni o'tkazib yubordim. Shunday ham bo'lib chiqdi, ammo odamlar "200 mln so'mlik" bekatlarni hali uzoq muhokama qiladi, jurnalistika bu faqat tanqid qilish deb biladigan talaba-jurnalistlar tadbirlarda hali ko'p bu bilan bog'liq savollar berishadi. Mana shunaqa media olam, emotsiyalar va hayp davrida yashayapmiz. @gazna1
587,8 mlrd so'mni maqsadsiz sarflanishini oldi olingan Kecha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar bo'yicha jamoatchilik eshituvi bo'lib o'tdi. Agentlik jamoat kengashi a'zosi sifatida man ham yig'ilishda ishtirok etdim. Statistika bilan qisqacha bo'lishaman: 🟢2026-yilning birinchi yarim yilligida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari tomonidan 1,9 trln so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan. Shundan 264,7 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar bartaraf etilgan, 587,8 mlrd so‘m mablag‘ning maqsadsiz sarflanishi oldi olingan. 🟢Davlat xaridlari bo‘yicha esa qiymati 298,4 mlrd so‘mlik 73 ta xaridda qonunbuzilishi holatlari aniqlangan. 🟢Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan 127 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. 🟢“E-qaror” tizimida “yashirilgan” maqomda qabul qilingan 24 241 ta qaror va farmoyish o‘rganilib, ularning 648 tasi asossiz ravishda yashirilgani aniqlangan. Bu raqamlar bir qarashda zerikarli va quruq bo'lib ko'rinishi mumkin, lekin o'ylaymanki yilning birinchi yarimida juda katta hajmdagi ish olib borilgan. "E-qaror" tizimidagi yashirin qarorlarni iloji boricha ko'proq ochiqlanishiga erishilishi kerak. Yig'ilishda tizimni aldashga uringan korxonalarni davlat xaridlaridan ma'lum muddatga chetlatish taklifini bildirdim. Albatta bu bilan "o'yinbuzarlar"ni yo'q qilib bo'lmaydi, lekin qisqa muddatda bo'lsa-da tiyib turish mumkin deb o'ylayman. Korrupsiya va tanish bilishlikka nisbatan toqatsizlik jamiyatimizni o'zida kuchaymas ekan, unga qarshi kurashish abadiy bo'ladi. @gazna1
Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligini mana bu xaridini ko'rib amaldorlarimizdagi bir tendensiya esimga tushib ketdi. Xarid vazirlikni tadbirlarini o'tkazish bo'yicha, jumladan 536 mln so'mlik musobaqa (sotib olinadigan predmetlardan qilgan xulosam). Xarid qilinayotgan mahsulotlar manga ulgurji bozor narxidan baland tuyulgan bo'lsa-da, post mavzusi boshqa. Maktab paytimdan turli xil tadbirlarda qatnashar edim va negadir doim uni tashkil qilgan davlat idoralari xodimlari o'zini xarajatlarni o'z kistasidan qilayotgandek tutardi. Xokim sovg'asi, boshqarma boshlig'i yaratib bergan imkoniyat va boshqa. Nima demoqchiman? Qaysidir tadbirni o'tkazilishida shunchalik rahmat aytishni istasangiz, uni ish jadvaliga qo'shganlarga rahmat ayting, qolgani budjet xarajatlari. Umuman olganda bunday Respublika miqqiyosida bolalarni bir joyga to'playdigan har qanday tadbirlarni oqlayman va duo qilaman. @gazna1
@revizor_uzb xaridlarni qanday o'rganishiga qiziqaman doim. Kuniga 100lab xaridlar e'lon qilinadi, ularni orasidan shubhalisini topish uchun qancha hujjatni va korxonalarni o'rganib chiqish, taqqoslash kerak. Revizor esa har bir hujjatni ikir chikirigacha o'rganadi va ba'zida har kuni post joylaydi. Qanday ulgurarkan. Kanal anonim, lekin egasi bilan osh ustida suhbatlashishga yo'q demasdim. Bir ikki joyda shu kanal siznikimi debam qolishadi. Buncha vaqtim bo'lganida G'aznada kontent tinmas edi😁. Buni ustiga G'aznada endi faqat qonunbuzilishi bilan bog'liq holatlar emas, umuman davlat harajatlari haqida yoziladi. Faqat qonunbuzilishi haqida yozaverish, qidirish odamni o'zini ham, unga nisbatan munosabatni ham toksik qilib qo'yar ekan. @gazna1
O'zbekona klassik xarid OTMga kirish imtihonlari o'z yakuniga yetdi, imtihonlar 14-23 - iyul sanasida bo'lib o'tdi, ammo imtihonlarda kameralarni montaj va demontasj qilish bo'yicha 2,3 mlrd so'mlik xarid kecha yakunlandi. 27-iyul kuni IIV qoshidagi Xavfsiz…
O'zbekona klassik xarid OTMga kirish imtihonlari o'z yakuniga yetdi, imtihonlar 14-23 - iyul sanasida bo'lib o'tdi, ammo imtihonlarda kameralarni montaj va demontasj qilish bo'yicha 2,3 mlrd so'mlik xarid kecha yakunlandi. 27-iyul kuni IIV qoshidagi Xavfsiz shahar tizimlarni rivojlantirish markazi bu bilan bog'liq tanlov natijalarini e'lon qildi, unda "Smart Technology Systems" MChJ 2 mlrd 286 mln so'm taklif bilan g'alaba qozondi. Tanlov nomida: 2026/2027 o'quv yili uchun kirish imtihonlari o'tkaziladigan obyektlarga videokuzatuv tizimlarini yaratish loyihasi bo'yicha montaj va demontaj ishlarini bajarish deb yozilgan. Xarid 17-iyulda boshlangan va kecha tugadi. Albatta, albatta tanlov yuqori darajadagi raqobat muhitida o'tkazilgan. Ishonchim komil. @gazna1
Yangi O‘zbekiston universiteti Garvard, Abu Dabi va 2 mlrdlik Spektrometr Yangi O‘zbekiston universiteti AQShdagi Garvard universitetining Oliy ta'lim maktabi huzuridagi kasbiy ta’lim dasturlarida ishtirok etish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Shartnoma qiymati — 190 ming dollar yoki hozirgi kurs bo‘yicha 2,3 mlrd so‘m. Hujjatga ko‘ra, dasturlarda “Rektorlar maktabi” bitiruvchilari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Umumiy hisobda 40 nafargacha ishtirokchi Garvard universitetining Oliy ta'lim maktabi huzuridagi kasbiy ta’lim dasturlariga yuborilishi mumkin. Ishtirokchilar quyidagi dasturlarda o‘qishi rejalashtirilgan: 🟢 Yangi tayinlangan oliy ta’lim rahbarlari uchun Garvard seminari — 4 nafargacha ishtirokchi, har biri uchun 10 350 dollar; 🟢 Boshqaruvni rivojlantirish dasturi — 6 nafargacha, har biri uchun 6 150 dollar; 🟢 Ta’limda boshqaruv va yetakchilik instituti — 6 nafargacha, har biri uchun 8 595 dollar; 🟢 Ta’lim boshqaruvi instituti — 6 nafargacha, har biri uchun 8 995 dollar; 🟢 Qabul jarayonlarini strategik boshqarish bo‘yicha yetakchilik dasturi — 10 nafargacha, har biri uchun 4 950 dollar; 🟢 Oliy ta’limda institutsional tadqiqotlar va ma’lumotlar asosida boshqaruv dasturi — 10 nafargacha, har biri uchun 3 400 dollar; 🟢 Akademik rahbarlar uchun oliy ta’lim moliyasi dasturi — 10 nafargacha, har biri uchun 3 500 dollar. Shartnomada har bir dastur bo‘yicha to‘lov ishtirokchilar soniga qarab hisoblanishi ko‘rsatilgan. Garvard tomonida yakuniy qabul qarori ham saqlanib qoladi. Hujjatda, shuningdek, bu hamkorlik “qo‘shma dastur” emasligi, balki Yangi O‘zbekiston universiteti vakillarining Garvard universiteti Oliy ta’lim maktabi huzuridagi kasbiy ta’lim dasturlarida ishtirok etish imkoniyati ekani qayd etilgan. Ishtirokchilar 2027-yilning kuzgi mavsumida o'qishadi. Mablag'lar Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 177-son qarori asosida davlat budjetidan qoplanadi. Bundan tashqari Yangi O‘zbekiston universiteti Abu-Dabidagi Khalifa universiteti bilan "Kompyuter ma’lumotlari tahlili" (Computational Data Science) yo‘nalishi bo‘yicha ikki diplomli magistratura dasturini ham yo‘lga qo‘ymoqda. Kelishuv 5 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, dastur davomida 80 nafargacha talaba qamrab olinishi mumkin. Universitet Khalifa universitetiga har bir talaba uchun 17 ming dollar to‘laydi. 1 yillik dastur 3 semestrdan iborat: 1-semestr Abu Dabida 2- va 3-semestr Toshkentda Universitet ilk qabul bo'yicha 10 nafar talaba uchun 2 mlrd so'mlik shartnomani imzoladi. Umuman olganda universitet tadqiqot markaziga aylanish uchun qadam bosyapdi. Iyulni boshida Yangi O'zbekiston universiteti 2 mlrd so'mga Spektrometr sotib olgan. Bu xaridlar natijasini 4-5 yildan keyin ta'lim va kadrlar tizimimizda sezamiz degan umiddaman. Hozircha kuzatamiz. @gazna1
2025-yili Toshkentda o'tadigan 5-Osiyo va paraosiyo o'yinlari uchun 308 mln dollar sarflanyapdi. Qurilishni kim qilishi oldindan aniqmidi? Tender 2023-yil 10 avgustda o'tkazilgan. Unda China CAMC Enginrering kompaniyasi g'alaba qozongan. Unga Toshkentda joylashgan…
Romanovlar saroyi muzeyi ekspozitsiyasi uchun 60 mlrd so‘mlik shartnoma imzolandi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Toshkentdagi Romanovlar saroyi muzeyi uchun ekspozitsiya ishlab chiqarish va o‘rnatish bo‘yicha Germaniyaning Atelier Brückner GmbH kompaniyasi bilan to'gridan to'g'ri shartnoma imzoladi. Shartnoma qiymati 4,3 mln yevro, so'mda 60,3 mlrd so‘mligi belgilangan. Hujjatga ko‘ra, kompaniya “Knyaz N.K. Romanovning sobiq qarorgohi” loyihasi uchun ekspozitsiya elementlarini ishlab chiqarish va o‘rnatish ishlarini bajaradi. Ishlar tarkibiga ko‘rgazma mebellari, vitrinalar, eksponatlar uchun podstavkalar, grafik materiallar, vitrina yoritish tizimlari, media uskunalar va media kontent ishlab chiqarish kiradi. Bundan tashqari, kompaniya loyiha koordinatsiyasi, texnik chizmalar tayyorlash, ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish, obyektga yetkazish, joyida o‘rnatish va montajdan keyingi tekshiruv ishlarini ham amalga oshiradi. Shartnomada ishlarning kelib chiqish mamlakati Germaniya ekani ko‘rsatilgan. Romanovlar qarorgohi hozirgacha TIV ning qabulxonasi edi, unga shunchaki kirib aylanib yurish mumkin bo'lmagan. O'tkan yili may oyida fond Romanovlar saroyini tiklash uchun homiylar izlayotganini e'lon qilgan. @gazna1
UzVC Milliy venchur fondi Startup Growth Program dasturining uchinchi bosqichini amalga oshirish uchun 3,6 mlrd so‘mlik tender o‘tkazdi. Unda Britaniyaning AKS Services Group kompaniyasi g‘olib bo‘ldi. Ushbu kompaniya fondning 2022-yildan buyon hamkori hisoblanadi. OAV va amaldorlar uni xalqaro yetakchi investitsion konsalting kompaniyasi sifatida qayd etgan, biroq bu ma’lumot Buyuk Britaniya reyestrida o‘z tasdig‘ini topmadi. tanga.uz o‘rganishlari tenderning texnik baholash mezonlari va shaffofligi yuzasidan bir qator savollarni yuzaga keltirmoqda. Batafsil: https://tanga.uz/news/1530 Telegram | Instagram | YouTube
видео или голосовое, без подписи
Taxtako‘pirga kirishdagi stella bo‘yicha tanlovda g‘alati holat kuzatildi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumaniga kirishda 800 mln so‘mlik stella va arka o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda. Obyektning eni 18 metr, balandligi esa 7 metr bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Qiziq tomoni — bu xarid avval ham o‘tkazilgan. Avvalgi xaridda, 22-iyun kuni “NAZARXAN INVEST STROY” MCHJ 756 mln so‘m taklif bilan g‘olib deb topilgan. Lekin Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi ushbu xaridda qonunbuzilish holatlari borligini bildirgan. Taqdimnomada baholash mezonlari xarid hujjatlariga mos kelmagani va komissiya tomonidan ishtirokchilarga noxolis ball berilgani ko‘rsatilgan. Katta ehtimol bilan yutkazgan korxonalar ariza qoldirishgan va ko‘rib chiqilgan Keyin tanlov qayta o‘tkazilgan. Holatni kulguliligi shundaki. Avvalgi tenderda hammani balli bir xil maksimal bo'lgan, g‘olib narx hisobiga yutib ketgan. Bu safar esa yangi ishtirokchi qo'shilib, u yutib, zaxira g‘olibini balli kamaytirilib, qolganlar diskvalifikatsiya qilib yuborilgan, Xuddi o‘sha tender, xuddi o‘sha ishtirokchilar. Xullas, Taxtako‘pir tuman Obodonlashtirish boshqarmasi zerikmayapti. Agar avvalgisi ishtirokchilarni arizasini deb bekor qilingan bo‘lsa, demak bunisi ham ko‘rib chiqiladi. Qiziq. P.S. Suratda yangi rejalashtirilayotgan (chapda) va eski (o'ngda) stellalar.
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи