tgindex
Xuddi Shunday
@xuddi_shundayВидеоузбекский

Haqiqat yagona emas! Asosiy ish youtube'da👇 https://youtube.com/@xuddi.shunday Hamkorlik uchun: @profsoyuz_influence +998971562211

Последний пост
17:55
Последнее чтение
16 авг.
Постов за неделю
6
Всего постов
30
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Видео
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
5 018
−12 за 6 дн.
Сутки
−3
−0,06%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 404
26 постов
Вовлечённость
28,0%
к подписчикам
Постов в день
0,9
всего 30
Упоминаний
11
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
965
1/48двое суток
1 105
1/72трое суток
1 192

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 17:55373178

    XIX asrda Braziliyaning San-Paulu shtatida Roque José Florêncio ismli juda baland bo‘yli qul yashagan. Uni mahalliy aholi “Pata Seca” — “Quruq panja” laqabi bilan tanigan. Uning bo‘yi taxminan 2,18 metr bo‘lgan. Eng achinarlisi, qulchilik davrida uning bo‘yidan foydalanib, uni majburan boshqa qullardan farzand ko‘rishga undashgan. Rivoyatlarga ko‘ra, undan 200–300 nafar bola tug‘ilgan. Qulchilik bekor qilingach, u yer maydoniga ega bo‘lib, uylangan va yana 9 nafar farzand ko‘rgan. U 130 yil umr ko‘rgani va dafn marosimiga minglab odamlar kelgani haqida ham hikoyalar mavjud. Hatto mahalliy aholining katta qismi uning avlodlari ekanligi aytiladi. Xuddi shunday ☑️

  • 08:55682185

    Dunyodagi eng qadimgi ishlayotgan eshiklardan biri Rimdagi Panteonda joylashgan. Bronza eshiklar taxminan milodiy 115-yilda yaratilgan. Har bir tarafi 2,3 metr kenglikda va 7,6 metr balandlikda bo‘lib, juda og‘ir bo‘lishiga qaramay, mukammal muvozanatlangan. Lekin eng qiziq savol — qadimgi rimliklar buni qanday uddalashgan? Bunday ulkan eshiklar uchun qanday ilgak va mexanizmlar ishlatilgan? Shuncha bronzani qayerda eritishgan? Mis rudasi qayerdan olingan, qanday boyitilgan va metallni eritish uchun yetarli harorat hamda energiya qanday ta’minlangan? Bugungi texnologiyalar nuqtayi nazaridan qaraganda, Panteon eshiklari shunchaki tarixiy yodgorlik emas — ular qadimgi muhandislik va metallurgiyaning hayratlanarli namunasi. Xuddi shunday ☑️

  • 🐻‍❄️Yo‘l konuslarini yaxshi ko‘radigan oq ayiq Yaponiyaning Akita prefekturasidagi hayvonot bog‘ida yashaydigan Momota ismli oq ayiq noodatiy sevimli mashg‘uloti bilan internetda mashhur bo‘ldi. U yo‘l konuslariga shunchalik qiziqadiki, ularni boshiga kiyib olib, volyer bo‘ylab bemalol aylanib yuradi. Ammo Momotaning onasi uning bu “moda”sini unchalik ma’qullamaydi — konusni ko‘rishi bilan borib, boshidan yechib tashlaydi. Xuddi shunday ☑️

  • YANGI VIDEO KANALGA JOYLANDI⬇️ https://youtu.be/Dt2NwCErYSA 21 yoshli Ibn Battuta Marokashdagi uyini tark etib, Makkaga Haj safariga yo‘l oldi. Safar 16 oycha davom etishi kerak edi. Ammo u uyiga 24 yildan keyin qaytdi Bu vaqt ichida Ibn Battuta Shimoliy Afrika, Yaqin Sharq, Oltin O‘rda, Markaziy Osiyo, Hindiston, Maldiv orollari, Janubi-Sharqiy Osiyo va Xitoygacha yetib bordi. U Buxoro va Samarqandni ham ko‘rgan, Dehlida qozi bo‘lib ishlagan, hukmdorlar bilan uchrashgan, qaroqchilar va qo‘zg‘olonchilarga duch kelgan, kemalar halokatini boshdan kechirgan va bir necha bor o‘limdan omon qolgan Bugungi videoda Ibn Battutaning deyarli 30 yil davom etgan g‘aroyib hayoti va nega u Marko Polo kabi mashhur bo‘lmagani haqida gaplashamiz Xuddi shunday ☑️

  • 14 авг.1 207175

    🌊Sun’iy orollar qanday yaratiladi? Minglab tonna qum, ulkan zemlesoslar va muhandislarning aniq hisob-kitoblari — shunday qilib dengizning o‘rtasida butun boshli orollar paydo bo‘ladi. Avval dengiz tubiga qum va toshlar yotqiziladi. Keyin maxsus texnika yordamida ular qatlamma-qatlam zichlanib, mustahkamlanadi. Shu tariqa suv ustida yangi quruqlik hosil qilinadi. Eng hayratlanarlisi — bu orollar keyinchalik yo‘llar, binolar, mehmonxonalar va hatto butun shaharlar uchun poydevorga aylanishi mumkin. Xuddi shunday ☑️

  • 13 авг.1 27997

    Shri-Lankadagi Ambuluvava minorasi dunyodagi eng hayajonli kuzatuv maydonlaridan biri hisoblanadi. Tog‘ cho‘qqisida joylashgan bu minora tepasidan Shri-Lankaning yashil tog‘lari va vodiylari kaftdagidek ko‘rinadi. Ammo tepaga chiqishning o‘zi alohida sinov. Minora atrofidagi aylanma zinapoya yuqoriga ko‘tarilgan sari tobora torayib boradi. Eng yuqori qismida esa ikki kishi bir-birining yonidan zo‘rg‘a o‘ta oladi. Manzarasi ajoyib. Balandlikdan qo‘rqadiganlar uchun esa haqiqiy sinov desa bo'ladi. Xuddi shunday ☑️

  • 11 авг.1 268462

    1948-yilda Floridada odamlarni dahshatga solgan ulkan izlar paydo bo‘la boshlaydi. Izlar shunchalik katta ediki, ayrimlar plyajlarda bo‘yi 4,5 metr keladigan ulkan pingvin yoki noma’lum maxluq kezib yuribdi, deb o‘ylashgan. Aslida esa buning ortida oddiy hazilkash turgan. U taxminan 13 kilogrammlik, uch barmoqli cho‘yan “oyoq kiyim” yasab, kechalari plyaj bo‘ylab yurib iz qoldirgan. Eng qizig‘i, bu hazil bir martalik bo‘lmagan. Sirli izlar qariyb 10 yil davomida Floridaning turli plyajlarida paydo bo‘lib turgan. Bu mistifikatsiyaning siri esa oradan qariyb 40 yil o‘tgachgina oshkor bo‘lgan. Xuddi shunday ☑️

  • 11 авг.1 26582

    Bu — Xitoydagi Matou tog‘larida joylashgan “Flying Ferrata” ekstremal yo‘li. Bu yo'l dengiz sathidan qariyb 1 200 metr balandlikda joylashgan. Sayohatchilar qoyalar orasiga o‘rnatilgan tor ko‘priklar, metall zinapoyalar va osma yo‘llardan o‘tishadi. Pastga qarashga esa hammaning ham yuragi betlamaydi. Bu balandlikni tasavvur qilish uchun: go‘yo uchta Eyfel minorasini bir-birining ustiga qo‘yib, liftni butunlay unutgandek. Adrenalin izlaydiganlar uchun haqiqiy sinov. Xuddi shunday ☑️

  • 8 авг.1 534116

    ▶️YANGI VIDEO CHIQDI https://youtu.be/Zz1LCOeAT4I?si=mcsxx Bugungi videoda Siz: — Beriyaning hokimiyatga ko‘tarilishi; — NKVD va Stalin repressiyalari; — Katin qirg‘ini; — Chechenlar, ingushlar va Qrim tatarlarining deportatsiyasi; — Gulag tizimi; — Sovet atom bombasi yaratilishidagi roli; — Beriyaning shaxsiy jinoyatlari; — Stalin bilan munosabatlari; — Stalin o‘limidan keyingi hokimiyat kurashi; — Beriyaning hibsga olinishi va yakuniy taqdiri haqida bilib olasiz Xuddi shunday ☑️

  • 7 авг.1 701325

    📜Dunyodagi eng qadimgi tug‘ilganlik guvohnomasi Arxeologlar qadimgi Shumerning Nippur shahrida taxminan 4 ming yillik loy taxtachani topishdi. Unda bolaning tug‘ilgani qayd etilgan bo‘lib, ota-onasining ismi, bolaning ismi va jinsi yozilgan. Eng qizig‘i, hujjat bilan birga chaqaloqning oyoq izi tushirilgan yana bir loy taxtacha ham saqlanib qolgan. Demak, insonlar tug‘ilishni rasmiy qayd etish an’anasini minglab yillar avval ham yo‘lga qo‘ygan ekan. Xuddi shunday ☑️

  • 7 авг.1 550221

    🦔Yangi tug‘ilgan jayra bolasi shunday ko‘rinadi. Qizig‘i shundaki, u tug‘ilgan paytda ignalari yumshoq bo‘ladi. Bu ona jayraning tug‘ruq vaqtida jarohatlanishining oldini oladi. Oradan bir necha soat o‘tgach esa ignalar qotib, o‘zining asosiy himoya quroliga aylanadi. Tabiatning yana bir ajoyib mo‘jizasi. 🌿 Xuddi shunday ☑️

  • 6 авг.1 616123

    Gruziyaning Kutaisi shahridagi botanika bog‘ida g‘ayrioddiy ibodatxona bor. Uning devorlari toshdan emas, balki qariyb 400 yillik ulkan eman daraxtining tanasidan iborat. Daraxt tanasidagi kovak o‘tgan asrda tabiiy ravishda hosil bo‘lgan. 2014-yilda esa bu joy kichik Arxangel Mixail ibodatxonasiga aylantirilgan. Ichkarisiga bir vaqtning o‘zida uch kishi bemalol sig‘adi. Qariyb 2 metr diametrga ega bu ulkan daraxt bugun nafaqat tabiat mo‘jizasi, balki inson va tabiat uyg‘unligining ham ramzi hisoblanadi. Xuddi shunday ☑️

  • 6 авг.1 459207

    Sokinligi bilan hayratga soladigan ulkan jonzot — kit akulasi. 🦈 Sulavesi oroli sohillarida uchraydigan bu gigant baliq faqat plankton bilan oziqlanadi va odamlar uchun deyarli hech qanday xavf tug’dirmaydi. Shu sababli g’avvoslar unga juda yaqin suzib, noyob lahzalarni kameraga muhrlashadi. Tabiatning eng yirik baliqlaridan biri bo’lishiga qaramay, kit akulasi o’zining muloyim fe’l-atvori bilan mashhur. Ba’zida eng ulkan mavjudotlar ham eng tinch bo’lishi mumkin. Xuddi shunday ☑️

  • 5 авг.1 5585310

    🌟Tarixdagi eng yosh “jinoyatchi” 1893-yil 17-oktabrda fransuz politsiyasi arxivida g‘ayrioddiy “jinoyatchi” qayd etilgan — 23 oylik Fransua Bertilyon. Uning “jinoyati” esa ochko‘zlik edi: kichkintoy savatdagi barcha noklarni birma-bir tishlab chiqqan. Shu tariqa Fransua tarixdagi eng yosh va, ehtimol, eng yoqimtoy “jinoyatchi” sifatida mashhur bo‘lib qolgan. Xuddi shunday ☑️

  • 5 авг.1 389153

    😊Kaliforniyada itlar o‘rtasida syorfing bo‘yicha an’anaviy jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning asosiy yulduzi besh yoshli labrador Rozi bo‘ldi. U bir nechta yo‘nalishda, jumladan sapbord poygalarida g‘alaba qozondi va inson bilan tandem bahsida ham jamoasiga birinchi o‘rinni olib berdi. Turnir o‘n yildan beri o‘tkazib kelinadi. Tadbir davomida yig‘ilgan barcha mablag‘lar hayvonlar boshpanalari va xayriya loyihalariga yo‘naltiriladi. Xuddi shunday ☑️

  • 4 авг.1 405222

    Tashqaridan qaraganda bu oddiy, yopiq Injil kitobiga o‘xshaydi. Aslida esa uning ichiga yashirin to‘pponcha mexanizmi o‘rnatilgan: maxsus xatcho‘p tortilganda qurol o‘q uzgan. Bu noodatiy buyum Venetsiya dojlaridan biri — Franchesko Moroziniga tegishli bo‘lgan. U 1619–1694-yillarda yashagan harbiy va siyosiy arbob edi. Xuddi shunday ☑️

  • 4 авг.1 403102

    Braziliya va Argentina chegarasida joylashgan Iguasu — dunyodagi eng ulkan sharsharalar majmualaridan biri. Iguasu daryosi bo‘ylab turli balandlik va kenglikdagi qariyb 275 ta sharshara joylashgan. Ular Braziliyaning Parana shtati va Argentinaning Misiones provinsiyasini ajratib turadi. Majmuaning eng mashhur qismi — “Iblis bo‘g‘zi”. Bu yerda ulkan suv oqimi balandlikdan qulab, atrofni kuchli shovqin va qalin suv tumani bilan qoplaydi. Xuddi shunday ☑️

  • 3 авг.1 390181

    1948-yil 21-avgustda ishchilar Berlinning Potsdamer-Plats maydonidagi asfaltga bo‘yoq bilan chiziq tortib, Sovet sektori bilan unga tutash G‘arb sektorlarining chegarasini belgilashdi. Suratdagi oddiy chiziq o‘sha paytda hali devor emasdi. Ammo u shahar tobora ikki qarama-qarshi dunyoga ajralib borayotganining dastlabki belgilaridan biri edi. Oradan 13 yil o‘tib, 1961-yilda Berlin devori qurildi va bu bo‘linish beton to‘siqqa aylandi. Xuddi shunday ☑️

  • 3 авг.1 350134

    Barbi uslubidagi yo‘llar Xitoyning Fuchjou shahrida ayrim avtomobil yo‘llari bo‘ylab yorqin pushti va binafsha rangli bugenvilliya gullari o‘sadi. Issiq iqlimda yaxshi o‘sadigan bu o‘simliklar yo‘l chetlari, ko‘priklar va to‘siqlarni qoplab, oddiy magistrallarni ertaknamo manzaraga aylantiradi. Gullash mavsumida yo‘llar go‘yo “Barbi olami”dan olingandek ko‘rinadi. Xuddi shunday ☑️

  • 1 авг.1 522145

    YANGI SON CHIQDI: MAHATMA GANDI | Tanganing ikkinchi tarafi https://youtu.be/LnFOHgCBlK8 ⤴️ Bugungi video davomida Siz Mahatma Gandining bolaligi, Londondagi ta’limi, Janubiy Afrikada duch kelgan irqchilik, Amritsar qirg‘ini, Tuz yurishi, “Hindistonni tark eting” harakati va mamlakat mustaqillikka erishgan davr haqida bilib olasiz Xuddi shunday ☑️