KIBERUZ | КИБЕРУЗ
СтатистикаKibersport haqida o’zbek tilidagi birinchi kanal. Kibersport olamining so’nggi yangiliklari, o’yinlarning video-tahlili, xaylaytlar, analitika – bularning barchasi KIBER UZ! Reklama va hamkorlik bo’yicha: @profsoyuz_influence Tel.: +998 97 156 22 11
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 67
- Всего постов
- 69
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 447
- 1/48двое суток
- 512
- 1/72трое суток
- 552
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🤖 Ssenarist o'rniga ChatGPT? Mojaroli o'yinga AI belgisi qo'yildi Space Marine 2 nashriyotchisi tomonidan chiqarilgan Rideshare Simulator o'yini Steam platformasida sun'iy intellektdan foydalanilgani haqida rasmiy belgi oldi. Avvalroq, loyihaning sobiq bosh ssenaristi Stella Sakko uni ishdan bo'shatib, o'rniga ChatGPT'dan foydalanishganini iddao qilgan va bu geymerlar orasida katta mojaroga sabab bo'lgandi. Kompaniya bu ayblovlarni rad etib, o'yinda AI ishlatilganini, lekin undan syujet yozishda foydalanilmaganini ma'lum qilgan edi. Shunga qaramay, endilikda o'yinning Steam sahifasida sun'iy intellekt qo'llangani haqida ogohlantiruvchi maxsus belgi turibdi. @kbruz
🪐 Helldivers 2 o'yini Warhammer koinotiga ko'chib o'tdi! Yangi mod yordamida o'yindagi barcha avtomat-robotlarni Warhammer 40K olamidagi yashil terili orklarga almashtirish mumkin. Alohida paklar orqali o'yinga o'sha mashhur "Vaxxa" ovozlari va saundtreklarini ham qo'shsa bo'ladi. Atmosferaga to'liq sho'ng'ib, qaysi o'yinni yoqqaningizni ham untib qo'yasiz. Modni yuklab olish @kbruz
🕶️ Barcha "Mafia" o'yinlari bitta to'plamda! Steam platformasida afsonaviy seriyaning barcha qismlarini jamlagan Mafia: The Omertà Collection to'plami sotuvga chiqdi. Ushbu paket tarkibidan yangi taqdim etilgan Mafia: The Old Country (bunga Man of Honor qo'shimchasi va Deluxe-kontent kiradi) hamda franchizaning qolgan uchta o'yini o'rin olgan: ▫️ Mafia: Definitive Edition ▫️ Mafia II: Definitive Edition ▫️ Mafia III: Definitive Edition Konsol geymerlari uchun ham ajoyib yangilik: PS4 platformasida Mafia: Definitive Edition o'yiniga ega bo'lganlar uning PS5 uchun grafik jihatdan yaxshilangan va 60 FPS tizimini qo'llab-quvvatlaydigan yangi talqinini bepul yuklab olishlari mumkin bo'ladi. @kbruz
без подписи
👾 Terraria uslubidagi rasmiy kiyimlar kolleksiyasi! O'yin yaratuvchilari mashhur Steady Hands brendi bilan kollaboratsiya qilishdi. Sevimli pikselli o'yiningiz endi real hayotga ko'chmoqda. Yangi drop tarkibidan nimalar joy olgan? ▫️ O'yin mavzusidagi qulay hudi va sviterlar ▫️ Yorqin dizayndagi kardiganlar ▫️ Jinsi shimlar va boshqa eksklyuziv merchlar Kolleksiya ertagayoq sotuvga chiqariladi. @kbruz
👊 Injustice 3 qayerda qolib ketdi? Injustice 2 hozirgacha 9 million nusxadan ortiq sotilgan bo'lsa-da, studiya hamon uchinchi qismni e'lon qilmayapti. Bir necha yillik mish-mishlardan so'ng, nihoyat trikvelga oid yangi detallar paydo bo'ldi: ▫️ Insayderlar o'yin 2025-yilda taqdim etilishiga ishora qilmoqda ▫️ Warner Bros. Games dasturchilaridan birining rezumesida loyiha nomi qayd etilgani aniqlandi @kbruz
🎁 Steam kutubxonangizni bepul to'ldirib oling! Steam'da original narxi $4.99 bo'lgan Arena: Blood on the Sand VR o'yinining kalitlari bepul tarqatilmoqda. Kalitlar soni cheklangan, shuning uchun ulgurib qoling! Uni olish uchun quyidagi oddiy qadamlarni bajaring: ▫️ Maxsus aksiya saytiga o'ting. ▫️ Berilgan 6 ta topshiriqni bajaring (demolarni tezroq yopish uchun SAM Picker dasturidan foydalansangiz bo'ladi). ▫️ Sahifaning o'zida tayyor Steam kalitini qabul qilib oling. ▫️ O'yinning Steam kartochkalarini farm qiling va ularni bozorda sotib, hisobingizga pul ishlang. O'yinning foydali tomonlari: ✅ Kutubxonaga +1 o'yin qo'shiladi ✅ Sotish mumkin bo'lgan kolleksiya kartochkalari bor @kbruz
☢️ S.T.A.L.K.E.R. 2 ga ulkan yangilanish kelmoqda! O'yin relizidan keyingi eng katta o'zgarishga tayyorlanmoqda. Dasturchilar loyihani butunlay yangilaydigan yirik apdeytni e'lon qilishdi. Nimalar kutilmoqda? ▫️ O'yin yangi dvijok versiyasiga o'tkaziladi va optimizatsiya yaxshilanadi ▫️ Grafika va yorug'lik tizimi sifat jihatidan yangilanadi ▫️ Mutantlar va NPC'lar mutlaqo mustaqil harakat qiladigan mukammal A-Life tizimi ▫️ Yangi qurollar, ekipirovka, mexanikalar va maxsus durbun Yangilanish 20-avgust kuni Cost of Hope DLC'si bilan birga taqdim etiladi. @kbruz
💵 GTA 6 uchun pul ayashmayapti! Tahlilchilarning ma'lumotlariga ko'ra, o'yin uchun rasmiylashtirilgan oldindan buyurtmalarning (predzakaz) naqd 89% qismi $100 lik premium nashrga to'g'ri kelmoqda. Sensor Tower tahlilnomalarida yozilishicha, bu ko'rsatkich har ikkala platformada ham deyarli bir xil: ▫️ Xbox — xaridorlarning 90% qismi qimmat versiyani tanlagan ▫️ PS5 — premium nashr ulushi 88.5% ni tashkil etmoqda Geymerlar orasida Rockstar'ning bo'lajak o'yinidan ortda qolib ketmaslik qo'rquvi, ya'ni jiddiy FOMO effekti boshlangani hozirdanoq tarmoqlarda muhokama qilinmoqda. @kbruz
👃 O'yinlarni endi nafaqat ko'rish, balki hidlash ham mumkin! Omara kompaniyasi o'yinlardagi atmosferani real hayotga ko'chira oladigan noodatiy qurilmani tayyorlamoqda. Maxsus deways geympley bilan sinxronlashgan holda 560 xilgacha turli hidlarni imitatsiya qiladi. Qurilma qanday ishlaydi? ▫️ O'rmonda bo'lganingizda — ignabargli daraxtlar hidi ▫️ Gulxan atrofida — tutun hidi ▫️ Yomg'irdan so'ng — namlangan maysa hidi ▫️ Dengiz sohilida — sho'r okean havosi Gadjet ilk bor 2025-yilda ko'rsatilgan edi, uning relizi esa 2026-yilning oxiriga rejalashtirilgan. Taxminiy narxi — $670 (60 ming rubl) atrofida bo'lishi kutilmoqda. @kbruz
🐺 Rosomaxa o'yini texnik jihatdan hayratda qoldiradi! Marvelʼs Wolverine studiyaning bazaviy PS5 konsolida ham 60 FPS va ray tracing (nurlar treysingi) rejimini bir vaqtda qo'llab-quvvatlaydigan ilk loyihasi bo'ladi. Insomniac Games vakillarining so'zlariga ko'ra, o'yin boshidanoq "performance" rejimida maksimal silliq ishlashi uchun optimallashtirilgan. Yana bir qiziqarli jihati: ▫️ O'yindagi deyarli barcha ob'ektlarni vayron qilish (destructibility) mumkin ▫️ Bu yirik janglardan so'ng lokatsiyalarning ko'rinishini haqiqiy jang maydoniga aylantiradi ▫️ Gameplay o'ta dinamik va uzilishlarsiz ishlashi ta'minlangan @kbruz
☢️ Post-apokalipsis olamiga qaytamiz! Metro 2039 o'yini Gamescom ko'rgazmasida rasman namoyish etiladi. Taqdimot Opening Night Live tadbiri doirasida 25-avgustdan 26-avgustga o'tar kechasi (Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da) bo'lib o'tadi. Tadbirda yana quyidagi loyihalar ham ko'rinish beradi: ▫️ The Witcher 3: Songs of the Past ▫️ Game of Thrones: War for Westeros ▫️ Final Fantasy VII Revelation Eng muhimi — Metro 2039 relizi uzoqda emas, o'yin kelasi yilning fevral oyida sotuvga chiqishi kutilmoqda. @kbruz
🎮 Amazon Prime Gaming avgust oyi uchun tekin o'yinlar ro'yxatini e'lon qildi! Avgust oyi o'yinlar borasida anchagina qizg'in o'tadi. Eng muhimi — ushbu o'yinlarning barchasi kutubxonangizda bir umrga saqlanib qoladi. Ularni Prime Gaming sinov obunasi orqali yoki tayyor akkaunt xarid qilib olishingiz mumkin. Tarqatilish grafigi: 📅 6-avgust: ▫️ Right and Down [GOG] ▫️ Hiveswap Friendsim [GOG] 📅 13-avgust: ▫️ Pyramids and Aliens: Escape Room [GOG] ▫️ Airship: Kingdoms Adrift [Epic Games Store] ▫️ Steelrising [Epic Games Store] 📅 27-avgust: ▫️ Clash: Artifacts of Chaos [Epic Games Store] O'yinlarni olish bo'yicha batafsil qo'llanma. Shu paytgacha Amazon tomonidan tarqatilgan barcha o'yinlar ro'yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. @kbruz
💥 Pokemonlar rekord o'rnatishda davom etmoqda! Yangi Pokemon Pokopia o'yinining sotuvlari qisqa muddat ichida 5 million nusxadan oshib ketdi. Faqatgina Switch 2 platformasi uchun chiqarilgan ushbu eksklyuziv loyiha tanqidchilar tomonidan ham juda yuqori baholandi. Asosiy natijalar: ▫️ Reliz sanasi: 5-mart (faqat Switch 2 uchun) ▫️ Dastlabki 4 kundagi ko'rsatkich: 2.2 milliondan ortiq nusxa ▫️ Jami sotuvlar: 5 million nusxadan ko'p @kbruz
💍 "Uzuklar hukumdori" afsonasi qaytmoqda! 🎮 Aspyr studiyasi ushbu olamga tegishli yana bir nechta klassik o'yinlarni zamonaviy platformalar uchun moslashtirib qaytarishni rejalashtirmoqda. Yaqindagina kutilmaganda geymerlarga taqdim etilgan LOTR: War in the North o'yini esa ushbu katta loyihaning shunchaki boshlanishi, xolos! @kbruz
👁️ Total nazorat va josuslik olamiga tekin chipta! Epic Games Store foydalanuvchilar uchun ajoyib sovg'a tayyorladi — mobil qurilmalar uchun mo'ljallangan Beholder: Conductor o'yini bepul tarqatilmoqda. Bu — total nazorat va josuslik hukmron bo'lgan antiutopik dunyo haqidagi kult seriyaning eng yaxshi spin-offlaridan biridir. O'yinda rus tili ham mavjud. Eslatib o'tamiz, ushbu o'yinning Steam'dagi original narxi $13.99 turadi. Hozir esa uni mutlaqo tekinga qo'lga kiritish imkoni bor! ▫️ Platforma: Android ▫️ Til: Rus tili bor Aksiyaga 20-avgustgacha ulgurib qoling! Bepul olish @kbruz
без подписи
без подписи
⚔️ Minecraft-ni haqiqiy RPG o'yiniga aylantirishdi! Yangi Arcadia modpaki qurol-yarog', sehr va bosslarni umumiy progressiya tizimiga bog'laydi. Bu yerda xarakterni shunchaki vizual uchun emas, balki jon saqlash uchun jiddiy "prokachka" qilish kerak bo'ladi. Modpak ichida nimalar bor? ▫️ 100 dan ortiq sehrli afsunlar va 36 dan ortiq syujetli bosslar ▫️ Endgeym (o'yin yakunidagi kontent)ga ega 3 ta akt ▫️ 50-darajagacha ko'tariladigan 8 ta mahorat (skill) ▫️ 5 tadan ortiq yangi o'lchamlar, tonnalab dunjlar, relikviyalar va noyob loot Ko-op rejimi ham mavjud — kentlarni yig'amiz va modni sinab ko'ramiz! Modni yuklab olish @kbruz
🎉 Discord-dan uzoq kutilgan o'zgarish! Messenjer tekin akkauntlar uchun fayl yuklash limitini ikki barobar oshirdi — endi chatga 20 MB gacha bo'lgan fayllarni yuklash mumkin. Bungacha bepul versiyada limit arzimagan 10 MB edi. Qizig'i, 2024-yilda limit 25 MB bo'lgan, keyin esa Discord uni keskin qisqartirib tashlagandi. @kbruz