tgindex
EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

Статистика

Ekologiya boʻyicha yangiliklar@ekologuz🇺🇿Новости на экологические темы @ekologuzru🇷🇺 The news on environmental issues from Uzbekistan @ekologuzenglish🇬🇧 www.ekolog.uz email:uzbekmedia19@gmail.com Reklama,e'lon va murojaatlar uchun bot: @eklguz_bot

Последний пост
15:03
Последнее чтение
16:40
Постов за неделю
93
Всего постов
542
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
17 617
−2 562 за 4 дн.
Сутки
−97
−0,55%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
703
40 постов
Вовлечённость
4,0%
к подписчикам
Постов в день
13,3
всего 542
Упоминаний
25
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
423
1/48двое суток
484
1/72трое суток
522

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 🐾 16-avgust — Xalqaro uysiz hayvonlar kuni Uysiz it va mushuklar ko‘pincha oziq-ovqat, toza suv, boshpana va veterinariya yordamiga muhtoj bo‘ladi. Ayniqsa, jazirama issiq yoki sovuq kunlarda ko‘chada yashayotgan hayvonlar uchun xavf yanada ortadi. Bu sana jamiyat e’tiborini uysiz hayvonlarni himoya qilish, ularga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga qaratadi. 🐶🐱 Har birimiz yordam bera olamiz: • uysiz hayvonlarga toza suv va oziq-ovqat qoldirish; • jarohatlangan yoki kasal hayvonni veterinarga yetkazishga ko‘maklashish; • hayvonlarni boshpanalardan asrab olish; • uy hayvonlarini qarovsiz qoldirmaslik; • hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatga befarq bo‘lmaslik. 🌿 Hayvonot dunyosiga g‘amxo‘rlik — tabiatga va hayotga hurmatning bir ko‘rinishidir. 💚 Hayvonlarga mehr — insoniylik belgisi. Bir kichik yordam bir hayotni saqlab qolishi mumkin. ☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube.

  • “Mustaqillikning 25 yilligi” konidagi avariyani jilovlash ishlariga start berildi 15-avgust kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan “Mustaqillikning 25 yilligi” konidagi avariyaviy quduqni yopish bo‘yicha amaliy ishlar rasman boshlandi. Bu haqida “O‘zbekneftgaz” AJ xabar berdi.   Shu munosabat bilan “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov, Boysun tuman hokimi Bahodir Shukurov va boshqa mahalliy darajadagi mutasaddilar konga kelib “Kofrun” qishlog‘i faollari hamda mazkur loyihada ish boshlayotgan Xitoyning CNPC korporatsiyasi mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Unda loyihaning ahamiyati, avariyaviy quduqlarni yopishda oylar kesimida bajariladigan muhim chora-tadbirlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Mahalliy aholi bilan samimy suhbat tashkil etildi. ☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube.

  • Haqiqiy qahramon — qo‘rqmay yordam bergan bolakay ❤️🐕 Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim insonlar hayvonlarga vahshiylik qilib, bundan layk va ko‘rishlar yig‘ishga urinayotgan bir paytda, yana shunday insonlar borki, boshqalarning qilgan xatosini tuzatib, jonivorlarning hayotini saqlab qolmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda oyoq-qo‘llari bog‘langan holda chuqurlikka tashlab ketilgan itni qutqarib qolgan bolakayga katta rahmat aytamiz. U qo‘rqmadi, befarq bo‘lib chetda turmadi — jonivorga yordam berish uchun jasorat ko‘rsatdi. Aslida, biz bu bolakayga rahmat aytishimiz kerak. Chunki u bizga insoniylik, mehr va jasoratning yoshga bog‘liq emasligini ko‘rsatdi. Va albatta, shunday tarbiya bergan ota-onasiga ham alohida rahmat. ❤️ Haqiqiy qahramonlik — ojiz jonivorga yordam qo‘lini cho‘zishdan boshlanadi. ☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube.

  • Baliq — mushukchaning nasibasi 🐱🐟 Turkiyada baliq ovlayotgan insonning tutgan baliqlari orasidan bir donasini olib yegan mushukcha ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib ketdi. 🐱 Eng e’tiborlisi, uni tasvirga olayotganlar ham mushukchani haydamadi, unga hech narsa demadi. Aksincha, u tanlagan baliqni uning nasibasi deb qabul qilishdi. Turk xalqida shunday chiroyli qarash bor: “Nasibasi bo‘lsa, o‘ziga tegadi.” Balki bu mitti mushukchaning ham o‘sha kuni nasibasi aynan shu baliq bo‘lgandir. ❤️ ☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube.

  • 03:021212

    🐶 It egasining hiylasini darhol sezdi O‘z xo‘jayini bilan birga o‘yin o‘ynayotgan it aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishdi. Videoda itning egasi o‘yin davomida uni aldab, hiyla ishlatishga urinadi. Ammo zukko it egasining niyatini darhol sezib qoladi va o‘yinni davom ettirmaydi. 😄🐾 Hayvonlarning nafaqat mehribon, balki juda kuzatuvchan va aqlli ekanini ko‘rsatadigan yana bir qiziqarli lavha. ❤️ ☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube.

  • 18:0131111

    Qirg‘izistonda bolalar boshpanasiz itlarni himoya qilishdi 🐕❤️ Qirg‘izistonda boshpanasiz hayvonlarni tutish uchun kelgan xodimlarga mahalla bolalari qarshilik ko‘rsatgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda. Videoda bolalar boshpanasiz itlarni himoya qilib, ularning o‘zlariga do‘st ekanini, hech kimni tishlamasligi va odamlarga tashlanmasligini aytishmoqda. Bolalar hatto hayvonlarni olib ketishga yo‘l qo‘ymaslik uchun xodimlar qarshisida turib, jiddiy qarshilik ko‘rsatgan. Bu voqea bir haqiqatni yana bir bor ko‘rsatadi: hayvonlarga mehr va rahm-shafqatni bolalar ham bizdan yaxshiroq his qilishi mumkin. Boshpanasiz hayvonlar muammosini zo‘ravonlik bilan emas, insonparvar va mas’uliyatli yo‘l bilan hal qilish kerak. 🐾 ☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube.

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • #Jizzax_viloyati ZOMINDA “SHIFOBAXSH” GIYOHLAR NAZORATSIZ SOTILMOQDA Zomin milliy tabiat bog‘i hududidagi Sherbuloq yonida ayrim sotuvchilar kelib chiqishi va tarkibi aniq bo‘lmagan quritilgan o‘simliklarni “asab choyi”, “melissa” kabi nomlar bilan sotmoqda. Shuningdek, 4–5 xil giyohdan tayyorlangan aralashmalar “qon bosimini tushiradi”, “oshqozon faoliyatini yaxshilaydi” kabi da’volar bilan taklif qilinmoqda. Aralashmada na’matak, ayiqtovon, rovoch guli va nomi aniqlanmagan boshqa o‘simliklar bor. ⚠️ Muammo nimada? Sotuvchi o‘simliklarning aniq turini, xususiyatlarini yoki ularni qanday va qancha miqdorda iste’mol qilish kerakligini bilmaydi. Ayrim o‘simliklar tashqi ko‘rinishidan bir-biriga o‘xshaydi, ammo organizmga ta’siri keskin farq qilishi mumkin. Bundan tashqari, noma’lum o‘simliklarning tabiatdan nazoratsiz terib olinishi biologik xilma-xillikka ham zarar yetkazadi. Zomin hududida muhofaza qilinadigan noyob o‘simliklar mavjudligi sababli bu masalaga alohida e’tibor qaratish zarur. 🌿 “Tabiiy” degani har doim “zararsiz” degani emas. Noto‘g‘ri aniqlangan o‘simlik, me’yoridan ortiq iste’mol qilingan damlama yoki turli dorilar bilan birga qabul qilingan giyoh salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. ❗️Shifokor yoki malakali mutaxassis bilan maslahatlashmasdan noma’lum tarkibli giyoh va damlamalarni iste’mol qilmang. Agar siz Zomin milliy tabiat bog‘ida noma’lum yoki noyob o‘simliklar sotilayotganiga guvoh bo‘lsangiz, holatni tegishli mutaxassislar tomonidan tekshirtirish muhim. #Zomin #Sherbuloq #Giyohlar #Ekologiya #TabiatniAsraylik #Faktcheck #Sog‘liq

  • Hayvonlarga nisbatan munosabatni jamiyatda o‘zgartirish kerakmi? ☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube.

  • #Navoiy_viloyati Navoiy viloyatida kovrakdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi Ekologiya va iqlim o'zgarishi milliy qo'mitasi Ekopolitsiyasi xodimlari tomonidan Navoiy viloyatida o'simliklardan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va oldini olish maqsadida reyd tadbirlari o'tkazildi. Reyd davomida Nurota tumani "Qizilcha" mahallasi hududidagi tog' massivida sassiq kovrakni noqonuniy yig‘ib olish holati aniqlandi. Aniqlanishicha, fuqarolar Ch.A. va E.B. Surxondaryo viloyati Uzun tumani fuqarosi Ch.X. rahbarligida yollanma ishchilar guruhi ishtirokida yovvoyi holda o'suvchi o'simliklarni noqonuniy kesish hamda ularning shirasini yig'ish bilan shug'ullangan. Natijada jami 7 500 tup sassiq kovrak o'simligiga zarar yetkazilgani ma’lum bo'ldi. Huquqbuzarlardan ashyoviy dalil sifatida elektron tarozi, o'simliklarni kesish va shirasini yig'ish uchun mo'ljallangan 9 dona o'tkir pichoq, shuningdek, tarkibida qum aralashmasi bo'lgan 2 070 gramm shira va 220 gramm toza shirasi olib qo'yildi. Olib qo'yilgan ashyolar bo'yicha tegishli dalolatnoma tuzildi. Qonunchilikka muvofiq amalga oshirilgan hisob-kitoblarga ko'ra, yovvoyi holda o'suvchi tojik kavraklarining noqonuniy zararlantirilishi natijasida tabiatga yetkazilgan zarar 3 milliard 90 million so'mni tashkil etdi. Bundan tashqari, tekshiruv davomida "F.E. K." MChJ hududida huquqbuzar Ch.X. tomonidan vaqtincha yashash uchun mo'ljallangan 9 ta yengil konstruksiya noqonuniy o'rnatilgani aniqlandi. Nurota tumani ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokida mazkur konstruksiyalar qonunchilikda belgilangan tartibda hududdan olib chiqildi. Reyd tadbirlari davomida to'plangan materiallar holatga huquqiy baho berish va chora ko’rish maqsadida tegishli tashkilotlarga yuborildi. ☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube.

  • Qalampir.uz sayti jurnalisti fuqarolarimiz orasida “Hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlarga qanday jazo chorasi qo‘llanilishi kerak?” degan savol bilan so‘rovnoma o‘tkazibdi. Siz ham ushbu so‘rovnomani ko‘ring va fuqarolarimizning fikrlari bilan tanishing. ☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube.

  • 🐦 Tabiatning eng mohir me'mori — to‘quvchi qush. Bu kichkina qush oddiy o't va barg tolalaridan osilib turadigan, nihoyatda murakkab uyalar to‘qiydi. Eng qizig‘i, bu uyalarni asosan erkak qush quradi va urg‘ochi qush uyaning mustahkamligi hamda sifati bo‘yicha juftini tanlaydi. Ba'zi to‘quvchi qushlarning uyalari shunchalik puxta bo‘ladiki, ular kuchli shamol va yomg‘irlarga ham bardosh bera oladi. Tabiatdagi eng mohir "me'morlar"dan biri aynan shu qush hisoblanadi. ☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube.

  • 14 авг.3 871214

    Jo‘mrakni ochib, suvni behuda oqizib qo‘yish, mashina yuvishda yoki hovlini sug‘orishda ortiqcha sarflash — bir qarashda kichik isrofdek ko‘rinadi. Aslida esa har bir tomchi ortida uni olish, tozalash, yetkazib berish va iste’molchiga yetkazish uchun sarflanadigan katta mehnat va resurslar turadi. 🌍 Suv — narxi bilan emas, hayotimiz uchun ahamiyati bilan qadrli. Bugun u biz uchun nisbatan arzon bo‘lishi mumkin. Ammo suv resurslari cheksiz emas. Shuning uchun suvni tejash — faqat pulni emas, kelajagimizni asrashdir. ☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube.

  • 🐾 Boshpanasiz hayvonlar muammosi muhokama qilindi “Ekolog” jamoat birlashmasi direktori Nargis Qosimova, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi mas’ul xodimi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Ekologik partiya deputatlari ishtirokida “O‘zbekiston 24” telekanalining maxsus ko‘rsatuvida “Boshpanasiz hayvonlar muammosi faqat volontyorlar zimmasida qolmasligi kerak” mavzusida suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida boshpanasiz hayvonlar bilan bog‘liq mavjud muammolar, ularni himoya qilish, saqlash va parvarishlash masalalari, shuningdek, bu yo‘nalishda davlat idoralari, jamoat tashkilotlari va volontyorlarning hamkorligi muhokama qilindi. ☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube.

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿 — tgindex