tgindex
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi

Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi

Статистика

Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasining rasmiy sahifasi Bot manzilimiz: @Ecopoytaxt_murojaat_bot https://instagram.com/ekopoytaxt https://www.facebook.com/tashkentecology

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
38
Всего постов
87
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
1 777
−2 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
261
40 постов
Вовлечённость
14,7%
к подписчикам
Постов в день
5,4
всего 87
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
220
1/48двое суток
252
1/72трое суток
271

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • видео или голосовое, без подписи

  • Korrupsiyaning oldini olish – eng muhim masala Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi D.X. Taymuxamedov tomonidan Chilonzor tumani bo‘limi hamda Atrof-muhit monitoringi, iqlim o‘zgarishiga moslashish va gidrometeorologiya sohasini muvofiqlashtirish (tahliliy laboratoriya) bo‘limi xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaning oldini olish – eng muhim masala” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda 2026-yil 22-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1155-son Qonunining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. Suhbat davomida korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning oldini olish mexanizmlari, davlat xizmatchilarining halollik, xolislik va ochiqlik tamoyillariga amal qilishi zarurligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat vazifalarini sidqidildan va vijdonan bajarish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish hamda amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi. ——— 🍀Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • Reyd davomida noqonuniy chiqindi tashlash holatlari aniqlandi Reyd tadbirlari davomida Shayxontohur tumanidagi “O‘zbekiston” MFY, 67-uy oldi hamda “Bo‘ston” MFY, 5-uy oldi hududlarida fuqarolar tomonidan qurilish chiqindilarining belgilanmagan joylarga tashlanganligi aniqlandi. Mazkur holatlar yuzasidan fuqarolar A.B. va A.S.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalariga asosan jarima jazosi qo‘llanildi. Shuningdek, fuqarolarga chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlamaslik va sanitariya-ekologik talablariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. _ 🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o’zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati 📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 🌿 “Dolzarb 40 kun” doirasida o‘rganish ishlari olib borildi “Dolzarb 40 kun” tadbirlari doirasida Katta Olmazor, Beshyog‘och, Fidokor va Ko‘tarma MFY hududlarida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlar davomida hududlarda aniqlangan muammolarni bartaraf etish, tozalik va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi. Shuningdek, hududlardagi qurigan daraxtlarni belgilangan tartibda kesishga ruxsatnoma olish uchun tegishli arizalar yuborildi. 🌱Hududlarning ekologik holatini yaxshilash, tozalik va obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. _ 🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o’zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati 📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook

  • 14 авг.93из Press_Secretary_Uz

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X

  • 💬Tadbirkorlar bilan videomuloqot Tadbirkorlarning ekologiya sohasidagi muammolari, taklif va murojaatlarini o‘rganish hamda ularga amaliy yechim topish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi mas'ul rahbarlari va ekspertlari ishtirokida 14-avgustdan boshlab, soat 09:00 dan 18:00 gacha videomuloqot o‘tkaziladi. https://gov.uz/oz/eco/news/view/205975 💬Видеоконференция с предпринимателями В целях изучения проблем, предложений и обращений предпринимателей в сфере экологии, а также поиска практических решений, с участием ответственных руководителей и экспертов Национального комитета по экологии и изменению климата Республики Узбекистан 14 августа с 09:00 до 18:00 будет проводиться видеоконференция. https://gov.uz/ru/eco/news/view/205975 📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlar orqali Yakkasaroy tumani, Samarqand ko‘chasi hududida yo‘l bo‘yida joylashgan tirik butalar, jumladan, atirgul butalari kesib tashlanganligi mazmunidagi murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining Yakkasaroy tumani bo‘limi xodimlari tomonidan voqea joyiga chiqilib, o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlar davomida hududni obodonlashtirish ishlari jarayonida buta kesilgani aniqlandi. Aniqlangan huquqbuzarlik yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida jarima qo‘llanilib, belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, huquqbuzarga kuz mavsumida tegishli tartibda daraxt ekish majburiyati yuklatilganligini ma’lum qilamiz. _ 🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o’zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati 📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • ⚫️Ayni damda Yunusobod tumani 313-maktabda Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiya boshlig‘i o‘rinbosari, tezkor shtab rahbari F. Ahmedov ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Uchrashuvdan asosiy maqsad — yoshlarning ekologik bilim va salohiyatini oshirish, ularda tabiatga mas’uliyatli munosabat hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish, shuningdek, yoshlarni atrof-muhitni muhofaza qilishga faol jalb etishdan iborat. —— 🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati 📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi — tgindex