Martin Eden
СтатистикаIqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy mavzularda fikrlarimni yozaman hamda tadqiqotlarim bilan boʻlishaman. Kanal kundalik sifatida yuritiladi. Jurnal ijodkorlarini qoʻllab quvvatlash uchun: https://tirikchilik.uz/martineden
- Последний пост
- 14 апр.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 28
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Doʻstim Muhammadyusuf iymonli insofli, oʻziga ishonchi baland yigit edi. Anchadan buyon oʻz startapini qurish haqida oʻylab, ustida ishlab kelayotgandi. Sogʻligi, ruhiy holati bilan ham, hammasi yaxshi edi. Vafoti haqidagi xabar kutilmagan va ogʻriqli boʻldi. Oilasiga, yaqin insonlariga sabr bersin. Doʻstimning joyi jannatda boʻlsin! https://t.me/vaqtuz_rasmiy/46121
🎞🎞🎞🎞 «Daydi» voqeasi: individual xatomi yoki noto‘g‘ri rag‘batlar asosida ishlayotgan institutsional tizim? Olmazorda yuz bergan shov-shuvli voqea tizimdagi noto‘g‘ri rag‘batlar inson taqdiri bilan o‘ynashayotganini ko‘rsatdi. Nega ichki ishlar xodimlari real xavfsizlik emas, balki «raqamlar» ketidan quvmoqda? 👉 https://vaqt.uz/uz?n=24139 ⌛️ Vaqt.uz rasmiy kanali
Iqtisodchi olim D.Achemoglu va Siyosiy faylasuf M. Sendel o'zaro qiziq mavzularda suhbat qurishibdi. Shulardan biri meritokratiyaning ojiz va salbiy jihatlari haqida. Unga ko'ra muvaffaqiyat faqat insonning o'ziga bog'liq bo'lmagan omillar tufayli ham keladi, ammo meritokratik jamiyatda g'oliblar o'z natijasini faqat o'ziniki deb ko'ra boshlaydi, bunday qarash mag'lublarda ham bo'ladi, ya'ni barchasiga faqat o'zini aybdor ko'ra boshlaydi. Kibr va kamsitilish hissi jamiyatdagi tabaqalanishni, bo'linishni kuchaytiradi va tabiiy ravishda, hamjihatlikni zaiflashtirish orqali demokratiyaga xavf tug'diradi. M. Sendel yana bir qiziq fikrni aytdi, unga ko'ra bozor orqali resurslar oqimini belgilaganda, kim qancha daromad qilishiga qarab uning jamiyatga qo'shgan hissasi shuncha deyish noto'g'ri. Aks holda Kazino egasi shifokordan 5000 marta ko'proq daromad qilayotganiga qarab u shifokordan foydaliroq deyishimizga to'g'ri kelgan bo'lardi. Texnologik progress haqida ham qiziq mulohazalar bo'lgan. Sandel texnologiya tabiiy jarayon emasligi hisobiga uning taraqqiyot yo'lini jamiyat tanlashi kerakligini aytadi. Uning fikricha agar taraqqiyot yo'lini bozor belgilasa, u avtomatlashtirish orqali ishchilarni almashtirish tomonga qarab rivojlanadi. Chunki bozor rag'batlari shunday qurilgan. Buning oqibatida odamlarning ishlab chiqarish jarayonidagi ishtiroki kamaydi va o'zini jamiyatga hissa qo'shmayotgan kishi sifatida his qila boshlaydi. Bu fuqarolik jamiyatini yemiradi va demokratiyaga xavf tug'diradi. Shuning uchun AI kabi texnologiyalarning rivojlanish yo'lini bozor orqali emas, demokratik siyosat orqali belgilash kerak, shunda ishchilarni almashtiradigan emas, ularni samarali qiladigan texnologiyalarni rivojlangan bo'lardi. Suhbat davomida Achemoglu toʻliq bahsga kirishmagan boʻlsa ham, kichik tuzatishlar, qarshi argumentlarni ham tashlab turganini koʻrish mumkin. Toʻliq podcastni ko'rishni tavsiya qilaman: https://www.project-syndicate.org/onpoint/saving-democracy-in-the-age-of-ai-by-daron-acemoglu-and-michael-j-sandel-2026-03?utm_source=twitter&utm_medium=oganic-social&utm_campaign=page-posts-march26&utm_term=ps-longer-reads-interviews&utm_content=link-image
Bugun Yevropada uy-joy yetishmayapti, Xitoyda esa minglab uylar egasiz turibdi. Bir qarashda bu mutlaqo qarama-qarshi manzara. Ammo diqqat bilan qaralsa, ikkala holatning ildizi bir – davlatning bozor mexanizmlariga haddan tashqari aralashuvi narx signallarini buzib, resurslarni noto‘g‘ri yo‘naltirgan.
Iqtisodchi Shahzod Yoʻldoshboyev aytyapti: Biz tashqi agressorlar uchun Oʻzbekistonga qarshi harakatning narxini oshirishimiz kerak. Buning eng oson yoʻli iqtisodiy rivojlanish. Agar biz qanchalik koʻp davlat bilan savdo hajmini oshiradigan boʻlsak, bizga qarshi xarakatning xarajatini ham shunchalik oshirgan boʻlamiz Muhim mavzuda kerakli gaplar aytilibdi. https://youtu.be/PWIIsnEFWvg?si=8uhDEo6vdffeKnmE
Zafar aka yaxshi yozibdilar erkin savdo haqida. Bizda ko'plab amaldorlar Zafar aka bahslashgan amaldor kabi fikrlaydi. Bu haqida qancha gapirilsa ham, yozilsa ham, baribir tushunishmayapti, negadir...
https://youtu.be/JFB-LfJzLcQ?si=LcFJ-ErPchpeRxWW
Ushbu binoning birinchi qavatida shunday san’at asari bor. U sizni chuqur o‘ylashga undamaydi, biroq istagancha talqin qilish imkonini beradi. Xohlasangiz uylarni turli davlatlar deb tasavvur qiling, xohlasangiz ba’zi mamlakatlar ichidagi vaziyat sifatida qabul qiling. Quvurlardan chiqindi sachramayotgan paytda ayrimlar o‘zini xavfsiz his qilishi mumkin. Ammo chiqindini oqibatlari tepaga ham yetib kelishi aniq. @musofir_iqtisodchi
«Жиноий жавобгарликка тортиш таҳдиди Федерал захира тизимининг фоиз ставкаларини президентнинг хоҳиш-истакларига қараб эмас, балки халқ манфаатларига нима хизмат қилиши ҳақидаги энг яхши баҳоларимиз асосида белгилаётганининг оқибатидир». «Давлат хизмати баъзан таҳдидлар қаршисида мустаҳкам туришни талаб қилади». https://www.gazeta.uz/uz/2026/01/12/federal-reserve-chair/
Rossiyada antimigrant siyosat olib borilishining asl maqsadi dollarning qadrsizlanishiga erishish, degan fikrni eshitdim. Bu qarashga ko‘ra, migrantlar o‘z yurtlariga pul jo‘natish jarayonida dollarga talab yaratmoqda va shu orqali Rossiyaning de-dollarizatsiya siyosatiga xalal berayapti. Shu sababli, go‘yoki hukumat vakillari turli yo‘llar bilan migrantlarni mamlakatdan siqib chiqarayapti. Bu fikrning asossizligi umuman olganda tushunarli bo‘lsada, quyida qisqacha izoh yozmoqchiman. Birinchidan, valyuta kursi va de-dollarizatsiya jarayoniga eng kuchli ta’sir eksportdan olinadigan daromadlar (neft/gaz savdosi), shuningdek markaziy bankning oltin-valyuta rezervlari bilan bog‘liq operatsiyalari orqali yuzaga keladi. Migrantlarning tashqi valyutaga, jumladan dollarga nisbatan yaratadigan talabi mavjud bo‘lsada, Rossiyaning umumiy tashqi to‘lovlar tizimi va energetika eksporti fonida bu ta’sir ancha cheklangan. Ikkinchidan, Rossiyada migrantlarga nisbatan kuchayib borayotgan salbiy munosabat sof iqtisodiy mantiqqa ega emas. Chunki iqtisodiy nuqtai nazardan migrantlar sonining kamayishi sezilarli zarar keltiradi. Migrantlar mehnati Rossiyada qurilish, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar kabi sohalarda muhim rol o‘ynaydi. Ularni mamlakatdan siqib chiqarish ishchi kuchi tanqisligiga, ishlab chiqarish hajmining pasayishiga, byudjet daromadlarining qisqarishiga va narxlarning oshishiga olib keladi. Bu jarayonlar esa, aksincha, importga bo‘lgan talabni kuchaytirib, dollarning mustahkamlanishiga xizmat qilishi mumkin. Uchinchidan, dollarga bo‘lgan talabni cheklash uchun siyosiy jihatdan kamroq xavfli va samaraliroq vositalar mavjud. Amaliyotda hukumatlar valyuta siyosatini qayta ko‘rib chiqish, eksport bo‘yicha hisob-kitob shartlarini o‘zgartirish, kapital oqimlarini nazorat qilish yoki energetika shartnomalarini milliy valyutada tuzish orqali bu maqsadga erishishga urinadi. Bunday choralar migrantlarga qarshi keskin siyosat yuritishdan ko‘ra samarali hisoblanadi. To‘rtinchidan, yuqorida tilga olingan qarash Rossiyaning de-dollarizatsiya siyosati Rossiya hukumatining o‘z tashabbusi bilan amalga oshirilayotganini ham da’vo qiladi. Aslida esa, Rossiyaning dollardan uzoqlashish siyosati rejalashtirilgan iqtisodiy strategiyadan ko‘ra, sanksiyalar natijasida yuzaga kelgan majburiy moslashuv edi. SWIFT tizimidan chetlatilish va xalqaro bank tizimlariga kirish imkoniyatlarining cheklanishi Rossiyani dollarga muqobil valyutalarni va yangi moliyaviy yechimlarni izlashga majbur qildi.
The Economistda “Shimoliy Koreyani boshqarishi mumkin boʻlgan oʻspirin qiz”(The teenage girl who may rule North Korea) nomli maqola chiqibdi. Unga ko‘ra Kim Chen In o‘zidan oldingi hukmdorlarni, ya’ni otasi va bobosini ziyorat qilish marosimida oʻzining qizi bilan ko‘rinish beribdi. Qizaloq hali yosh bo‘lishiga qaramay 2022-yildan beri otasining oldida televediniyada chiqar ekan, xalqaro diplomatik yig‘inlarda ko‘rinar ekan. Bu albatta sulola davomchisini oldindan xalqqa tanitib borish uchun zarur. Tahlilchilarga ko‘ra, Kim Chen In sulola vorisini bu qadar erta omma oldiga chiqarayotganining sababi kelajakda davlat ichida norozilik kuchayib, tizim beqarorlashib ketishidan xavotir olayotgani bo‘lishi mumkin. Chunki xaddan tashqari patriarxal jamiyatda qizaloqning hukmron bo‘lishi Kim’lar sulolasini zaiflashtirishi mumkin deyishmoqda. Shuning uchun joriy diktator startni oldinroq boshlab, keyingi hukmdor kim bo‘lishi haqida oldindan signal berib bormoqchiligini tahmin qilishyapti.
https://youtu.be/uamSqFFtjFY?si=C0TkjX53RAkjlASh
Nodir aka to’g’ri aytayabdilar. Xususiy sektorga beramiz venchur kapitalni, risk qilsin, kapital ham beriladi, davlat o’yindan chiqib ketadi. Buni shu yildan o’zimizdan boshaymiz. ✍️ davroncapital
Moliyaviy savodxonlikni moliyaviy inklyuzivlikka taʼsirini oʻrganish boʻyicha olib borilayotgan tadqiqotga oʻz hissangizni qoʻshing. Soʻrovnomada ishtirok eting. Bu atigi 5 daqiqa vaqt oladi. Rahmat. https://forms.gle/GPgfnBHkAc94dHFz8
Saroy ko‘kda joylashgan bo‘lsa, muammo amirning qalbida emas. U qanchalik oqko‘ngil bo‘lmasin, adolat uning saroyidan pastga tushmaydi.
видео или голосовое, без подписи
Insonlar odatda keyingi bir yil ichida bo‘ladigan o‘zgarishlarning ko‘lamini haddan tashqari katta bo’ladi deb tasavvur qilishadi - kutilmalarni oshirib yuborishadi, ammo, keyingi 10 yilda yuz beradihan o‘zgarishlarni esa qanchalik katta bo’lishi yetarli baholashmaydi. Menimcha.
AI Oligopoliyasi Kundan kunga AI startaplar soni ko‘payayotgandek va yangi g‘oyalar paydo bo‘layotgandek ko‘rinadi. Aslida esa dunyoda atigi 5 ta asosiy AI kompaniya mavjud, qolganlarning aksariyati esa ushbu kompaniyalarning API’laridan foydalanib, RAG (Retrieval-Augmented Generation) tizimlari asosida daromad keltirayotgan servis va xizmatlar. Ushbu 5 ta korporatsiya — Microsoft, Amazon, Meta, NVIDIA va OpenAI — bugungi kunda butun dunyoga AI texnologiyalarini yetkazib berayotgan asosiy o‘yinchilar. Hozirda ular tomonidan yaratilgan yoki ularning resurslari orqali qurilgan agentlardan nafaqat oddiy foydalanuvchilar, balki butun boshli davlatlar ham foydalanmoqda. Masalan, Albaniyada davlat boshqaruvi vazifasini Sun’iy Intellekt bajarishni boshladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar AI modellardan keng ko‘lamda foydalanmoqda. Hatto O‘zbekiston ham resurslardan samaraliroq foydalanish maqsadida ushbu tizimlarni joriy etishni boshlagan. Kelajakda asosiy kapital va qiymat generatsiyasi sanoqli kompaniyalar, asosan AQSh korporatsiyalari qo‘lida jamlanishi mumkin. Bu esa texnologiyaning tobora siyosiylashuviga olib kelishi ehtimolini kuchaytiradi. Yechim — markazlashmagan (Decentrilized) tizimlar; faqat shundagina erkinlik saqlanadi... (davomi bor)
2/2 Gruziya tajribasi bunga qarshi misol bo‘la oladi. Sakashvili islohotlarni boshlagan paytda Gruziyada tizim allaqachon mavjud va juda yomon holatda edi. Gruziya muvaffaqiyatida Sakashvilining (va jamoasi) kuchli siyosiy irodasi muhim rol o‘ynagan bo‘lsa-da, bu irodaning amaliyotga o‘tishi “Atirgullar inqilobi” orqali sodir bo‘ldi. Ushbu inqilob eski institutlarni tag-tomiri bilan buzib, Sakashvili uchun Gruziyani Singapurning mustaqillik davridagi kabi institutsional jihatdan “yangi” holatga keltirdi. @economist_martin
#review 1/2 Korrupsiya ✍🏻Rey Fisman va Miriam Anna Golden Yuzlab jamiyatlar korrupsiya muammosidan uzoq yillardan buyon aziyat chekib keladi. Ammo ba’zi jamiyatlar uchun allaqachon bu muammo sifatida kun tartibida emas va bugun undan qanday qutulish yo‘llari allaqchon ma’lum. Muallifar Rey Frisman va Miriam A. Golden’lar tomonidan qilingan tadqiqot va yig‘ilgan materiallar orqali avvalambor muammoning nima uchun haqiqatan ham muammol ekanilgi, nega korrupsiya chuqur ildiz otgan tizimlarni o‘zgartirish qiyinligi, uning oqibatlari va albatta qanday yechimlar yordam berishi mumkinligi haqida mulohazalarni o‘qish mumkin. Ko‘pincha jamiyatda biror salbiy hodisaning o‘zi muammo sifatida talqin qilinadi. Aslida esa muammo hodisaning mavjudligida emas, balki uni to‘xtatishning imkonsiz yoki haddan tashqari qiyin bo‘lib qolganida. Aytaylik, yadroviy qurollanish poygasinining oqibatlari halokatli bo‘lishi mumkinligi hammaga ayon. Biroq asosiy muammo qurollarning o‘zida emas, balki davlatlar o‘rtasidagi rag‘batlar shunday tuzilganki, hech bir tomon birinchi bo‘lib to‘xtay olmaydi. Chunki individual darajada ratsional bo‘lgan qarorlar kollektiv miqyosda falokatga olib keladi. Xuddi shunday, global isishning oqibatlari ekologik jihatdan xavfli, biroq muammoning mohiyati ekologiyaning o‘zida emas, balki uni jilovlashni imkonsiz qilayotgan rag‘batlar va kollektiv harakat muammosida. Qisqa muddatli manfaatlar va kollektiv harakat muammosi tufayli uni jilovlash mexanizmlari ishllamaydi. Korrupsiya chuqur ildiz otgan jamiyatlarda ham vaziyat shunga o‘xshash. Korrupsiyaning oqibatlari zararli ekanligini hamma biladi, biroq institutsional va rag‘batlantiruvchi tizimlar uni takror ishlab chiqaradi. Bunday sharoitda alohida shaxslar uchun halol bo‘lish ratsional bo‘lmay qoladi, va tizim o‘z-o‘zini mustahkamlab boraveradi. Shunday ekan, muammoni faqat “yomon hodisa” sifatida emas, balki undan chiqib ketishni imkonsiz qilayotgan rag‘batlar va institutsional tuzilmalar sifatida tushunish kerak. Korrupsiyaning salbiy oqibatlari asosan tengsizlikning oshishida namoyon bo‘ladi. Negaki bepul taqdim etilishi kerak bo‘lgan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ma’lum bir stavkada pora to‘lash kerak bo‘lsa, bundan kam daromad topuvchilar ko‘proq zarar ko‘radi. Chunki pora miqdori kambag‘allarning daromadida sezilarli ulushni egallaydi. Qolaversa, korrupsiya rivojlangan tizimlarda resurslar “kim loyiq bo‘lsa o‘shanga” emas, balki kim siyosatchilarga yaqin bo‘lsa, o‘shanga taqsimlanadi.Cheklangan resurslarning no optimal taqsimoti natijasida iqtisodiy o‘sish sekinlashadi. Korrupsiya muammosini yengish juda qiyin bo‘lsada, ayrim mamlakatlar buni uddalay olgan. Har bir mamlakat alohida va unikal keys bo‘lsa ham, umumiy yechimlar mutlaqo mavjud emas deb bo‘lmaydi. Mualliflar davlat taftish vakolatlarini tashqi kuchlardan shakllangan mustaqil komissiyaga berish orqali korrupsiyani qisman jilovlash mumkinligini ta’kidlaydi. Biroq bunday mexanizm legitimligi yuqori bo‘lgan siyosiy elita vakillarida kuchli siyosiy iroda mavjud bo‘lgandagina ishlaydi. Singapur tajribasi ko‘pincha bunga misol sifatida keltiriladi. Li Kuan Yu boshchiligidagi Singapurda korrupsiyaga qarshi kurash muvaffaqiyati asosan kuchli siyosiy iroda bilan izohlanadi. Biroq Singapur mustaqillikka erishishi bilanoq Li Kuan Yu hokimiyatga kelganini inobatga olsak, siyosiy-iqtisodiy institutlar hali to‘liq shakllanmagan edi. Shuning uchun korrupsiyani qayta ishlab chiqaruvchi institutsional rag‘batlar tizimi hali mustahkamlanib ulgurmagan edi. Allaqachon shakllangan institutsional rag‘batlar sharoitida esa tizimni o‘zgartirish individual darajada ratsional qaror bo‘lmay qoladi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, korrupsiyani faqat hali qurilmagan institutlar sharoitidagina yengish (oldini olish) mumkin degan xulosa kelib chiqadi. Biroq bu xulosa yetarlicha to‘g‘ri emas.