tgindex
Fan choyxonasi

Fan choyxonasi

Статистика
@Fan_choyxonasiузбекский

Fan haqida osh kelgunicha, oshpaz - @keynes_ulfati Adminni qulog'iga aytiladigan gaplar uchun : @fanchilar_bir_minutga_bot

Последний пост
14 апр.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
28
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 222
−2 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 543
28 постов
Вовлечённость
126,3%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 28
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 14 апр.922163из economist_Martin

    Doʻstim Muhammadyusuf iymonli insofli, oʻziga ishonchi baland yigit edi. Anchadan buyon oʻz startapini qurish haqida oʻylab, ustida ishlab kelayotgandi. Sogʻligi, ruhiy holati bilan ham, hammasi yaxshi edi. Vafoti haqidagi xabar kutilmagan va ogʻriqli boʻldi. Oilasiga, yaqin insonlariga sabr bersin. Doʻstimning joyi jannatda boʻlsin! https://t.me/vaqtuz_rasmiy/46121

  • 29 мар.1 2442122

    Bir ko'rishda hidlashda sevgi Juft tanlash jarayonida muhim rol o'ynaydigan faktorlar ichida ko'rish, eshitish va teginish (touch) kabi sezgilar ko'p e'tirof etiladi. Ammo hidlashchi ? Burun sevishish uchun yaratilmagandek, axir, hatto o'pishayotganda ham xalaqit beradiku ? 1995-yilda shveytsariyalik biolog Klaus Wedekind tajriba o'tkazadi. Bunda erkaklar bir xil futbolkani dezodorant va boshqa vositalarsiz kiyib yuradi. So'ng kiyilgan futbolkalarni to'plab, ayollardan ularni hidlash va jozibadorlik (attractiveness) bo'yicha baholash so'raladi. Baholashdan avval ayollar futbolka egasi haqida hech qanday ma'lumotga ega bo'lmaydi. Natijalarga ko'ra, boshqa ko'rsatkichlar farqsiz bo'lganda, tana hidi potensial juft tanlashda hal qiluvchi bo'lgan. Tushuntiruvchi mexanizm esa quyidagicha : "Hid tana va genlar haqida axborot tashiydi. Ayollarga o'z immun genlari (MHC) dan farqli genlarga ega insonlarning hidi ma'qul keladi. Biologik jihatda, ota-onaning immun genlari qanchalik xilma-xil bo'lsa, farzandning immun tizimi shunchalik kuchli bo'ladi. Tabiat bu hisob-kitobni burunga o'rnatib, juftlashish uchun eng maqbul nomzodni tanlashni osonlashtiradi." Shuningdek, ishtirokchilar o'z sevgilisi yoki ex' ini eslatuvchi hidni ham yoqimli deb topgan va o'sha odamning genlari bilan ularniki o'rtasidagi farq tasodifdan statistik jihatdan ahamiyatli edi. Biz shunchaki kimnidir yoqtirib qolganimizda, biologiya hisob-kitobni allaqachon tugatgan bo'ladi. P.S. Albatta real hayotda avval hidlab keyin sevib qolib bo'lmaydi. Biroq, boshqa faktorlar qatori burun ham Kupidon o'qiga ta'sirchan )) @Fan_choyxonasi

  • 25 февр.1 8491522

    #gender Balki o'g'il bolalarga ham vaqt ajratarmiz ? Yillar davomida oilalar o'g'il farzandni asosiy investitsiya sifatida qarab, qizlarga nisbatan yaxshiroq ta'lim, ozuqa va e'tibor bergan. Ota-ona bilan qolish va mehnat bozorida erkaklarga bo'lgan yuqori talab ushbu qarashni mantiqli qilardi. Biroq, so'nggi 2 chorakda narrativ o'zgardi. Kelajakdagi boquvchi fenomeni modadan qolishiga - oila strukturasi o'zgarishi, qarilik pensiyasi kabi jamg'armalar rivoji va ayollarning mehnat bozoriga qo'shilishi sabab bo'ldi. Bu jarayon qiz va o'g'il farzandlarga munosabatni ham o'zgartirdi. Oilada qizlarga ham yaxshiroq ta'lim berila boshladi. Stanford universiteti olimlari AQSH maktablarida qizlar o'g'il bolalarga nisbatan o'qish-savodxonlik testlarida ancha yuqori natija ko'rsatayotganini topdi. Bu tafovut butun dunyo bo'ylab ham kuzatilmoqda (avvalroq yozgandim) 3-sinfda qizlar o'g'il bolalardan o'qish bo'yicha taxminan yarim o'quv yili oldinda turardi. 8-sinfga kelib esa bu farq deyarli bir to'liq o'quv yiliga yetadi. O'g'il bolalarning o'qish bo'yicha orqada qolishi yarim asrdan buyon davom etmoqda. Qizlarning matematika va STEM fanlarda orqada qolishini kamaytirish uchun ko'plab dasturlar ishga tushirilgan, ammo o'g'il bolalar savodxonligini oshirishga deyarli e'tibor qaratilmagan. Tadqiqotchilar bir nechta omilni aniqlashgan. Jumladan, o'g'il bolalarda til markazlari sekinroq shakllanadi va disleksiya kabi o'qish buzilishlari o'g'il bolalarda qizlarga nisbatan 2-3 barobar ko'p uchraydi. Shuningdek, ko'pgina jamiyatlarda o'qish "qizlarning ishi" sifatida qabul qilinadi, bu esa o'g'il bolalarning o'qishga bo'lgan munosabatini pasaytiradi. Adabiyot darsliklari esa o'g'il bolalar uchun yetarlicha qiziq emas. Tanlanma tadqiqotda o'g'il bolalarga badiiy adabiyot bilan birga ilmiy-ommabop kitoblar, grafik romanlar (komiks), jurnallar va ko'rsatmali materiallar berish ularning o'zlashtirishini osonlashtiradi. Tadqiqotlar ota-onalar maktabgacha yoshdagi qiz bolalarining o'qish va savodxonlik faoliyatiga ko'proq vaqt ajratishini ham ko'rsatdi. O'g'il bolalarning o'qishdagi orqada qolishi muqarrar emas. Qizlarni STEM sohasiga jalb qilish uchun qanday maqsadli sa'y-harakatlar amalga oshirilgan bo'lsa, xuddi shunday e'tibor va resurslar o'g'il bolalarning savodxonligini oshirishga qaratilsa, ushbu tafovutni sezilarli darajada kamaytirish mumkin. Aks holda, maktabda boshlanadigan bu kichik farq hayot davomida ularning ta'lim va mehnat bozorigdagi imkoniyatlariga salbiy ta'sir ko'rsatishda davom etadi. Manba: Claire Cain Miller, The New York Times / Stanford Educational Opportunity Project, 2026

  • 18 февр.1 3531811

    Ramazon muborak ! @Fan_choyxonasi

  • 15 февр.1 5052430

    Kechikkan post 2008-yil iyulda Yasushi Takahashi hayotidagi muhim qarorni qabul qiladi. U ishdan bo'shaydi, narsalarini yig'ishtiradi, va yaqinlariga, sevgan qiziga xabarsiz shahardan chiqib ketadi. Keyingi olti oy davomida u Yaponiya shimoldagi Hokkaidodan janubdagi Kagoshimagacha jami 7165.67 km masofani bosib o'tadi. Uyiga qaytgach, oddiygina GPS track bilan yurgan marshrutini Google mapsga yuklaydi va yoqtirgan insoniga natijani ko'rsatadi Xaritada esa quyidagi 2 so'z hosil bo'lgan edi: @Fan_choyxonasi

  • 10 февр.1 472125

    Menimcha, bu ssenariylarda eng ko‘p e’tibordan chetda qolayotgan narsa, Eldor Asanovning o'zi ham eslatib o'tgan logistika va bir vaqtning o‘zida katta miqdorda ishlab chiqarish cheklovlari. Aynan shu ikki omil “qaynar xumcha” atrofidagi ko‘plab keskin ssenariylarning amalga oshishiga to‘sqinlik qiladi. Avvalo, hatto qaynar xumchaning siri topilib, u katta miqdorda ishlab chiqariladigan bo‘lsa ham, u tekin bo‘lib ketmaydi. Oziq-ovqat narxlari keskin arzonlashishi mumkin, lekin nolga tushmaydi. Bu jarayon iqtisodiyotda “creative destruction” deyiladi. Qaynar xumchani bir "innovatsiya" deb olsak, u oziq-ovqat sanoati narxlarini arzonlatadi. Oziq-ovqat sanoatiga ketayotgan investitsiyalar esa boshqa, unumdorroq sohalarga oqadi va u yerda yangi ish o‘rinlari paydo bo‘ladi. Aslida, Yer yuzida, xususan O‘zbekistonda ham ko‘plab “qaynar xumcha” va “ochil dasturxon”lar allaqachon bor. Masalan, daryolar, dengizlar, yer osti va yer usti boyliklari. Qaysi ma’noda? Misol uchun, daryoni olaylik. Daryodan odamlar juda ko‘p maqsadda foydalanadi: ichimlik suvi, ekinlarni sug‘orish, baliqchilik, transport va hokazo. Agar bir litr suv ichmoqchi bo‘lsangiz va daryo bo‘yiga borib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ichsangiz, katta ehtimol bilan sizdan hech kim pul olmaydi. Lekin shu suvni uyingizdagi jumrakdan yoki do‘kondan olib ichsangiz, pul to‘laysiz. To‘lagan pulingizning katta qismi suvning o‘zi uchun emas, balki uni tozalash, qayta ishlash, qadoqlash va logistika xarajatlari uchun ketadi. Qaynar xumchadan chiqadigan “tekin ovqat” ham xuddi shunga o‘xshaydi. Siz qaynar xumcha yonida yashasangiz, ovqat deyarli tekin bo‘lishi mumkin. Lekin undan uzoqda yashasangiz, ovqatni idishga solib, saqlab, yetkazib berish — tekin emas. 1. Qaynar xumcha paydo bo‘lsa, u o‘sha joyda oziq-ovqat sanoati qulashiga olib keladimi? Yo‘q. Yuqorida aytganimdek, qaynar xumchadan ovqat yeyish faqatgina o‘sha xumcha atrofida yashaydigan odamlar uchun tekin bo‘ladi. Bir mahalla narida yashaydiganlar uchun esa bu allaqachon tekin emas. Shuning uchun bitta joyda qaynar xumcha paydo bo‘lishi butun mamlakat yoki viloyat miqyosida oziq-ovqat sanoatini qulatib yubora olmaydi. Sababi oddiy: tekin ovqatni qo‘shni viloyatga yetkazib berishning logistika xarajatlari, ko‘pincha, o‘sha joyning o‘zida ovqat pishirishdan ham qimmatroq bo‘ladi. Masalan, ko‘p joylarda “G‘arb mamlakatlari tashlab yuboradigan ortiqcha ovqat dunyodagi ocharchilikni tugatishga yetadi” deyishadi. Savol: unda nega tugatilmayapti? Chunki ortib qolgan ovqatlarni uzoq hududlarga yetkazib berishning logistika xarajatlari u yerning o‘zida ovqat ishlab chiqarishdan ancha qimmatga tushadi. Ikkinchidan, ertaklardagi qaynar xumchani real hayotga ko‘chirsak, u bir birlik vaqt ichida yuz minglab yoki millionlab odamlarni to‘ydira olmaydi. Tasavvur qiling, 10 nafar oshpaz birlashib, tinmay xalqqa tekin ovqat pishirib tarqatyapti. Baribir ular butun oziq-ovqat sanoati bilan raqobat qila olmaydi. 2. Qaynar xumchaga ega bo‘lish uchun urushlar chiqadimi? Bo‘lishi mumkin. Lekin faqat bitta shart bilan: agar qaynar xumcha keltiradigan foyda urush olib borish xarajatlaridan ko‘proq bo‘lsa. Xuddi daryolar, dengiz yo‘llari, foydali qazilmalar va boshqa tabiiy boyliklar tarix davomida urushlar sababchisi bo‘lib kelganidek. Xulosa qilib aytganda, ertaklardagi qaynar xumcha real hayotga tushganda hamma narsani ag‘dar-to‘ntar qilib yuboradigan mo‘jiza emas. U shunchaki yana bir resurs bo‘ladi. Qanday ishlashi esa, avvalgidek, logistika, vaqt va menejmentga bog‘liq bo‘lib qolaveradi. @green_econ

  • 8 февр.1 03583

    Complimentary excuses from admin Bu yil bitiruvchiman. Oxirgi paytlar o'qish, karyera, shaxsiy hayotdagi o'zgarishlar sabab kanalga vaqt ajratolmayapman. Lekin izlanish, ilm va kanalga material har doimgidanda ko'p. Keyingi oylardan ishlar yengillab qolsa, qaytamiz. Hozircha absentizmni yuvish uchun ayrim narsalar ko'tarib keldim: 1) Global Policy Analysis 2026 from Dina Pomeranz, University of Zurich Ushbu kurs rivojlanayotgan davlatlardagi iqtisodiy rivojlanish (Development econ) bo'yicha siyosatni tahlil qilish va ekonometrik usul, vositalar (STATA, R, python) qo'llashni o'rgatadi. Kursda asosan Afrika, Hindiston, Pokiston kabi davlatlardan talabalar jalb etilgan, o'tgan yili Markaziy Osiyodan ilk bor o'zim qatnashdim. Bu yilgi ko'plab yutuqlarimda va ishlarimda foydasi tegdi. Kurs 1 semestr davomida Zurich universitetidagi real dars jarayonida qatnashishga (online) imkon beradi. Turli davlatlardan va shveytsariyadan do'stlar orttirish va alumni guruhning boshqa benefitlar ham bor. Xullas qisqa qilsam - foydali. Link DEADLINE : 10-fevral 2) Humoyun aka Abdumavlon (Pittsburg, Phd) va Abdurashid (Uchicago, MPP) Aqshda, dunyoning Top-100 universitetida Phd dasturi, dasturgacha yo'l va qator boshqa foydali maslahatlar. Suhbatda chet elda ta'lim, akademiya, maqola yozish va grantlar haqida ma'lumot olasiz. Savol-javob ham bo'ladi. VAQTI - BUGUN, 20:00. Link P.S. Kanalda zakovat ixlosmandlar va iqtisodiyotdan tashqarida bo'lganlar ham bor. Ularga ham tegishli postlar ulashaman yaqinda. Hozircha shu. Yana qaytamiz. @Fan_choyxonasi

  • 24 янв.1 474126

    Hammasi tugadimi ? Bugun demokratiya va liberalizm boshi berk ko'chaga kirgandek taassurot paydo bo‘lmoqda. Dunyo haqiqatan ham konservativroq davrga kirgan - ehtiyotkorlik, tartibni erkinlikdan ustun qo'yish, o'zgarishlardan cho'chish, urushlar, avtokratiyaning kuchayishi, ksenofobiya, antimigratsion kuchlarning hokimiyatga kelishi, Xitoyning ta'siri va Trump. Ko'plab davralarda shu kabi pessimistik kayfiyat mavjud. Noah Smit liberal qadriyatlar kelajagi haqida yozibdi, bir qismini ulashaman: Tasavvur qiling, XIX asr Fransiya. Yoshligi feodal jamiyat sarqitlari va total hokimiyat zulmi ostida o'tgan ziyoli fransuzsiz. Volter, Russo, Monteske, Didro asarlaridan ta'sirlanib, Parij kabarelarida do‘stlar bilan tabiiy huquqlar, erkinlik va adolat haqida tortishasiz. 1789-yil yozida Bastiliya qo‘lga olingani haqidagi xabarni eshitgan zahoti yuragingiz hapqiradi - "Endi hammasi o‘zgaradi". 2 yildan so'ng, yangi konstitutsiyasini o‘qib, yoshlikdagi orzular qonuniy matnga aylanganini, yangi siyosiy tartibotning shakllanganini ko‘rasiz. Chorak asr o'tib esa shularni eslab, ortga qaraysiz. O'sha dastlabki yorug‘ shijoat, erkinlikning ilk shukuhli lahzalari avval Terror davrining shafqatsizligi va qonga botgan siyosatiga, keyin Napoleon imperializmi va uzluksiz urushlariga almashgan. So‘ng Vena kongressi, Yevropada konservativ reaksiyaning tiklanishi va tarixning yana eski o‘zaniga qaytganining guvohi bo'lasiz. Siz esa keksaygan; oldinda yaxshiroq jamiyat qurish uchun yana bir inqilobga umid ham qilib bo'lmaydi. Shunday paytda savol tug‘iladi: demak, orzular puchmidi ? Erkinlik, demokratiya, inson huquqlari illuziyami ? Ammo tarix buni rad etdi. Keyingi ikki asr davomida liberallik g‘oyalari sohildagi to'lqinlardek ortga chekinib, yana oldinga siljib tarqaldi. Qullikning bekor qilinishi, irqiy, jinsiy va etnik segregatsiyaning tarixiy minimumi, iqtisodiy farovonlikka qaratilgan yangi kursning e'lon qilinishi, erkin savdo, immigratsiya, o'zaro hamkorlik aloqalari, urushlar, ocharchilikdan o'limlar sonining eng quyi darajasi, siyosiy boshqaruv va qaror qabul qilishdagi ishtirok, inkluzivlashish va barqaror siyosat - biz erishgan ayrim yutuqlar xolos. Albatta, Robespyer va Napoleonning "voris"lari ham qad ko'tarib turdi, biroq urush va zulmdan charchagan jamiyatlar tomonidan mag‘lub etildi. Liberalizm Fransuz inqilobi doirasida siyosiy jihatdan yutqazgandek ko‘ringan bo‘lsa-da, uzoq muddatda u ko‘plab jamiyatlarni avvalgidan ko‘ra ochiqroq, huquqiyroq va imkoniyatliroq yo‘lga boshladi. Hozir 2026-yildan turib ushbu analogiyani o'ylar ekanmiz, ayrim umidli signallar ko'zga tashlanadi: jinoyatchilikning kamayishi, ijtimoiy aralash nikohlarning ortishi, turli hududlarda avtoritar rejimlarga qarshi noroziliklarning davom etishi. Bu belgilar liberalizmning kelgusi g'alabasini va’da qilmaydi, biroq tarix tugadi degan pessimizmni ham oqlamaydi. Ehtimol, yangi liberal dunyoqarash bir muddat chekinish, o'zini qayta ko'rib chiqish, maqsadlarni belgilash, va intellektual intizomni tiklaydigan davrga yetib kelgadir. Ammo jamiyatlarni uzoq muddatda tolerantroq, imkoniyatliroq va insonni kuchaytiradigan yo‘nalishga itaradigan fundamental kuchlar hanuz mavjud. Shunday ekan, 1815-yildagi fransuz liberalining fojeasi kabi bu ham bir davrning siyosiy mag‘lubiyati g‘oyaning tarixiy mag‘lubiyati emas. Liberallar uzoq yo'lni bosib o'tishdi biroq hali oldinda yana yo'l bor. Biz oxiriga yetmadik. @Fan_choyxonasi

  • 17 янв.1 520117

    Boylik sizni o'ldirardi T.H. Hollingsworth Britaniya oilalarining XVII asrdan boshlab o'lim ko‘rsatkichlarini tekshirib, g'alati manzaraga ko'zi tushadi. Jamiyatning eng badavlat qatlamlari kutildigidek sog‘lomroq va uzoqroq yashamagan, ular normal fuqaroladan qisqaroq umr kechirgan. Eng yaxshi turar-joy, eng yaxshi parvarish, eng yaxshi meditsina tabobat qanday qilib ularni saqlab qololmagan ? Paradoks ham shu yerda - "eng yaxshi" tabobat. O'sha davrlarda tibbiyot sizga eng yaxshi tabiblarni yoki jinkash-folbinlarni yollashga imkon bergan. Qon oldirish, ich ketkazish, zaharli aralashmalar, og‘ir metalli “davo”lar o'sha davrda oddiy odam uchun ko'pincha qimmat va yetib bo'lmas, aristokrat uchun esa odatiy xizmat paketi bo'lgan. Natijada kambag'allar shifoni sotib ololmagan, aristokratlar esa sharlatanlar sabab zaharga giriftor edi va boylik pirovardida o'limnigina sotib olib bergan xolos. Tadqiqotga link - https://www.persee.fr/doc/pop_0032-4663_1977_hos_32_1_16483 @Fan_choyxonasi

  • 5 янв.1 347224из WikiZenn

    #natija "7 savdoyi tarixi" Roppa-rosa 1.5 yil oldin, umuman begona, o'zaro mos bo'lmagan, turli qarashlarga ega talabalar to'plandi. Kimdir qiziqish sabab, kimdir esa shunchaki bekorchilikdan kelgan, hech kimda aniq ishonch yo'q, nimalar bo'lib ketishini tasavvur ham qilolmasdi. Birga o‘tkazilgan damlar, tinimsiz suhbatlar, aytilgan gaplar bizni yaqinlashtirdi. Trenkadan keyingi charchoq, ba'zan umidsizlik, muvaffaqiyatsizlikdan keyingi sukut va yana davom etish motivatsiyasi, barchasi bizni bog'lab qo‘ydi. Begonalik yo'qoldi. Jarayon davomida natija muhimligini yo'qotmadi. Ammo boshqa hislar asta-sekin asosiy planga ko'tarildi. Endilikda muhimi faqatgina natija emas, muhimi yoningda kim borligi ham edi. Alohida shaxslar o'rniga bir-biriga suyangan ovozlar paydo bo'ldi. Oxir-oqibat, bu yo'l bizni g'alabaga emas, bir-birimizga olib keldi. Turli sohalardan, turli muhitlardan kelgan odamlar bu yerda pul, g'alabadan ham ko'ra qimmatli narsani topdi. Bu davrda biz bilan Asilni nafsi Oybek Metroning she'rlari, Umidni milliyligi, Xadyatilloni shaytonligi, Fayyozani arazchiligi, Sardorni telfonda PES o'ynab ham 6 kishidan ko'proq javob topishi bütün bir kamchiliklarga to'la lekin bir birini aybini yopadigan ajoyib jamoaga aylantirdi. Hatto shu postni ham jamoani deyarli barcha a'zolari yozdi. E'tiborilar uchun rahmat 🔥 📱@WikiZenn📱📱

  • 31 дек.1 31483из ifmr_public

    🟥 Bayramlar me’yordan ortiq ovqatlanish va oziq-ovqat chiqindilari sinonimiga aylanib bormoqda. Bunda nafaqat iste’mol qilinmagan oziq-ovqat chiqindiga aylanadi: balki oziq-ovqat ishlab chiqarishga sarflangan barcha resurslar, pul va mehnat ham isrof bo‘ladi. 🌐 FAO hisob-kitoblariga ko‘ra: 💧 har yili tashlab yuboriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan suvning umumiy hajmini (250 km3) Volga daryosining yillik oqimi yoki Jeneva ko‘lining uch baravar hajmi bilan solishtirish mumkin; 💭oziq-ovqat chiqindilarining «uglerod izi» 3,3 milliard tonna karbonat angidridni tashkil etadi, bu atmosferaga chiqarilayotgan issiqxona gazlarining yillik hajmiga teng; 🍲oziq-ovqat chiqindilaridan (baliq va dengiz mahsulotlaridan tashqari) to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy yo‘qotishlar yiliga 750 milliard dollarga yetadi. ✅ Bayram kunlarida qanday qilib oziq-ovqat isrofgarchiligining oldini olish mumkin? 🍽 Iste’mol qilinmagan oziq-ovqatlarni kimga berishingizni oldindan o‘ylab ko‘ring. 🛒 Vaziyatni holisona baholang – xaridlar ro‘yxatini tuzayotganda, qancha va qanday mahsulotlarni sotib olishni oldindan o‘ylab ko‘ring va agar uyingizga 5 kishi tashrif buyuradigan bo‘lsa, 50 kishiga mo‘ljallab dasturxon bezamang. 🍰 Oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlang – oziq-ovqat sotib olayotganda, uning to‘g‘ri saqlanishini ta’minlang. 👨‍👩‍👧‍👦 Uyingizga tashrif buyurgan mehmonlarga ovqatni o‘zlari solib olishlariga qo‘yib bering – mehmonlar ovqatni o‘zlari solib olishsin, shunda ular aynan o‘zlari iste’mol qilishni xohlayotgan miqdorda oladilar. 🎁 Iste’mol qilinmagan mahsulot va taomlarni boshqalarga taqdim eting. ➡️ Batafsil

  • 22 дек.1 23797из modern_geophysics

    O'tmishda homo sapiens uzluksiz ravishda atrof - muhit bilan hisoblashgan va undagi sodir bo'luvchi jarayon va hodisalarning bir qismi sifatida yashab kelgan. Lekin kognitivlik oshib borgani hamda sapienslar orasida integratsion - ratsional empatiyaning oshib borishi tabiat va uning komponentlarini asta - sekinlik bilan o'z ehtiyojlarini qondirishda, hayotini yengillashtirishda, ko'proq ozuqa olish maqsadida ishlata borgan. Bu haqida Y.N.Hararining "A brief historyf of Humankind - Sapiens" juda yaxshi yoritilgan. Hozir yozmoqchi bo'lgan postim bu haqida emas. Aksincha, Brian Faganning kitobi "The great warming" haqida. Kitob 800 - 1300 yillardag isish davrida dunyoning turli mintaqalaridagi sivillizatsiyalarning iqlimning isishi natijasida qanday o'sish va halokat yoqasiga kelganini baholaydi. Hozirgi kunda environmental determinizm ko'plab olimlar tomonidan rad etiladi ("Why Nations Fail" ni o'qib ko'ringlar). Fagan esa ilk o'rta asrlar misolida iqlim asosan katalizator vazifasini bajargani va dunyoning ma'lum bir qismlari uchun yog'li imkoniyatlar yaratgani, shuningdek boshqa hududlar uchun yirik katastrofik vaziyatlarni olib kelganini ochib beradi. Shu tariqa, tarixdagi turli xil ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy o'sishlar va qulashlar iqlimning dinamikasi natijasida yuzaga kelgani ochiqlanadi. 1100 - 1300 - yillardagi issiq davr Yevropa uchun mislsiz imkoniyatlarni yaratdi - hosilning ortishi, savdoning kengayishi, aholining o'sishi va baliqchilik - asosiy tarmoqlardir. O'z navbatida, Shimoliy Atlantika mintaqasida muzliklarning erishi natijasida yashash uchun qulay sharoitga kelishi, Vikinglarga Islandiya va Grenlandiyadagi o'z hududlarini kengroq masshtabga kengaytirib olishda zamin yaratdi. Farqli ravishda, davomiy va kuchli qurg'oqchilik, El - Nino hodisalari Afrika, Osiyo va Amerikadagi sivillizatsiyalarga yirik zarbalarni bergan. "Yashirin qotil" (Silent killer) deb nomlangan kuchli qurg'oqchilik oziq - ovqat taqchiligiga olib kelib, Chako kanyonidagi Pueblo xalqlarining tarqalib ketishiga, shuningdek, Mayya, Chimu va Gana qirolligi kabi sivillizatsiyalarining qisman inqirozga uchrashiga sabab bo'lgan. Shu bilan birgalikda, Yevroosiyo dashtlaridagi qurg'oqchillik mo'g'ul otliq ko'chmanchilarini yangi yaylovlar izlashga majbur qilgan, natijada o'sha buyuk Chingizxonning buyuk yurushlariga tarix guvoh boʻlgan. Xulosa qilib oladigan asosiy jihat shundaki, o'rta asrlardagi isish davri davomida jamiyatlarning jon saqlab qolishi yoki inqirozga uchrashi iqlimiy bosimlarga nisbatan jamiyatning moslashuvchanligi, bilimi va vaziyatdan chiqib keta olish qobiliyatiga bog'liq bo'lgan. Moslashuvchan va barqaror strategiyalarni ishlab chiqa olgan jamiyatlar (suv saqlash tizimlari va qurg'oqchilikka mos ekinlarni ekish orqali - Niger havzasidagi Mande xalqlari misolida) iqlim o'zgarishlariga chidamlilikda ustunroq bo'lishgan. Markazlashgan va qat'iy tuzumga ega jamiyatlar esa asosan yog'ingarchilikka bog'lanib qolgan holda kuchli qurg'oqchilikka dosh bera olmagan. Qisqa qilib aytganda, hozirgi kunda iqlimga moslasha olgan va barqaror strategiyalarni ishlab chiqa olgan jamiyatlargina yashab keta olishi yoki rivojlanishi mumkin. Geografik joylashuvni pesh qilish esa shunchaki, klassik va yemagan yondashuv deb hisoblay olamiz. @modern_geophysics

  • 16 дек.1 7691710

    #econ #game_theory Yandex bargida yuradi Yandex haydovchilarining boykoti ortidan kompaniya shunday bayonot bilan chiqibdi. Bir qaraganda, ko'pchilik buni oddiy bozor mexanizmlari bilan izohlashi mumkin: Go'yoki ayrim haydovchilar ish tashlagan bo‘lsa ham, boshqalar bo'sh qolgan bozorni egallab, chunki taklif qisqarishi narxlarni oshirgan va shu orqali umumiy tushum ham saqlanib qolgan. Ya’ni, klassik o'yinlar nazariyasiga ko'ra, kimdir chiqib ketsa, boshqalar uchun bu yanada jozibaliroq imkoniyatga aylanadi. Ammo meningcha, asosiy "catch" bu yerda emas. Muammo Yandex taqdim etayotgan axborotning o'zida, ta'bir joiz bo'lsa, axborot manipulyatsiyasida. Ya'ni Yandex ataylab bizda hammasi joyida degan narrativni tarqatmoqda. Nega? Chunki bunday bayonot haydovchilarning xatti-harakatiga bevosita ta'sir qiladi. Bu yerda o‘zini-o‘zi ro‘yobga chiqaruvchi bashorat (self-fulfilling prophecy) mexanizmi ishlaydi. Agar haydovchilar “boykot baribir ishlamadi, kompaniyaga ta'sir qilmadi” degan axborotni qabul qilsa, ular mantiqan ish tashlashda qolishning foydasi yo'q, eng to'g'ri qaror yana tizimga kirib ishlash degan xulosaga keladi. Natijada, aynan shu qarorlar yig'indisi boykotning haqiqatan ham kuchsiz ko'rinishiga olib keladi. Ya'ni, axborot voqelikni emas, voqelik axborotga moslashadi. Bu, avvalo, mahbus dilemmasidagidek koordinatsiya muammosi. Har bir haydovchi boshqalar nima qiladi degan savolga qarab qaror qabul qiladi. Agar Yandex barcha ishtirokchilarga "hech narsa o'zgarmadi" degan signalni uzatsa, kollektiv harakatga bo'lgan ishonch yemiriladi. Individual darajada har bir haydovchi uchun ishga chiqish oqilona ko'rinadi, ammo kollektiv darajada bu kompaniya foydasiga ishlaydigan barqaror muvozanatni yaratadi. Shu nuqtada Yandexning bayonoti oddiy statistik hisobot emas, balki strategik kommunikatsiya ekanini ko'ramiz. Hatto agar real hayotda ayrim hududlarda taksi yetishmovchiligi, narxlarning oshishi yoki kutish vaqtining uzayishi kuzatilgan bo'lsa ham, kompaniya aynan umumiy ko'rsatkichlarni urg'ulab, muammo yo'q degan tasavvurni mustahkamlaydi. Bu esa kelajakdagi norozilik harakatlarini ham oldindan zaiflashtiradi. Xulosa qilib aytganda, masala boykot ishladimi yoki yo'qmi degan savolda emas. Asosiy masala axborot kimning qo'lida va u qanday maqsadda ishlatilmoqda. Yandex biz yaxshi ishlayapmiz deyish orqali nafaqat jamoatchilikka, balki eng avvalo haydovchilarning o'ziga signal bermoqda. Va aynan shu signal haydovchilarni taslim bo'lishga undasa, u haqiqiy iqtisodiy kuchga aylanadi. @Fan_choyxonasi

  • 20 нояб.2 14115

    видео или голосовое, без подписи

  • 20 нояб.2 3644314

    #econ Ishdagi ishq Insonlar kunning asosiy qismini ishxonada o'tkazadi va kollektiv bilan yaqinroq bo'lib boradi. Yaqinlik tendensiyasi munosabatlarga ko'chadi. Buning iqtisodiy implikatsiyalari o'rganilibdi. Rahbarga ko'ngil qo'yish ayolning daromadini 6 foizga oshiradi. Biroq buning riski yuqori - munosabat to'xtasa, juftlik ajrashsa - ayol xodim, ko'pincha, ishdan ketadi va umumiy daromad 18% pasayadi. Keyingi to‘rt yil davomida daromadlari yana pasayishda davom etadi. Hamma munosabatlar kabi, shunday jarayonda ham erkaklar yutadi. Ayol rahbar bilan munosabat qurgan erkak shunday munosabatdagi ayolga qaraganda 2x ko‘p daromad ko'radi. Bunday munosabatlar ish beruvchilar uchun zararli. Negaki ular nafaqat munosabat buzilgani bois ketib qoladigan xodimlarni, balki umumiy kollektiv orasidagi ijobiy muhitni ham yo'qotadi (ishdan bo'shash 6% ga ortadi) To'liq tadqiqotga link P.S. Ishxonada kimningdir ko‘ziga termulib turganingizda buning badalini hisobga oling 🙃 @Fan_choyxonasi

  • 17 нояб.1 62281из milliynium

    Bugun F4 bilan birgalikdagi soʻnggi oʻyinimni oʻtkazdim. Birinchi ligadagi ajoyib mavsumdan soʻng, Oʻzbekiston chempionatidagi 8-oʻrin bundan yuqorisiga kuchimiz yetmasdi ham chiroyli yakun boʻldi. F4 qishki mavsum professional ligada ham oʻzini koʻrsatadi, nasib boʻlsa. P.S. Turnir tashkilotchilari va savollar mualliflariga alohida rahmat. @milliynium🇺🇿

  • 27 окт.2 201305

    Ko'rmuridlar tupoyroq bo'ladi Erceg, Greenberg va Cobeta (2024) tadqiqoti IQ bilan bog'liq 40 dan ortiq da'volarni tahlil qilishdi. Tadqiqot 3691 nafar ishtirokchi o‘rtasida o'tkazildi. Tahlillardan birida mashhurlarga munosabat o'rganildi. Unda munosabat 3 xil talqin qilingan. 1. Ijtimoiy munosabatlar – sevimli mashhurlarning ijodini kuzatish yoki tinglashdan zavqlanish; 2. Kuchli shaxsiy munosabatlar – mashhur shaxsning muvaffaqiyatini shaxsiy yutuq sifatida qabul qilish; 3. Patologik munosabatlar – mashhur shaxs hayotining tafsilotlariga obsessiv e’tibor. Natijalar IQ darajasi va mashhurlarga sig'inish o'rtasida o'rta darajada salbiy bog'liqlik (r = - 0.31) mavjudligini topdi. Bog'liqlik, asosan, patologik va hissiy munosabatda (ko'rmuridlik) ko'rinadi. Ya'ni yuqori kognitiv qobiliyatli shaxslar mashhurlarga nisbatan muvozanatli, ijtimoiy yo'naltirilgan munosabatni saqlab qoladi, past IQ egalari esa ko'proq hissiy va obsessiv muridlikni his etadi. @Fan_choyxonasi

  • 26 окт.1 73496

    Playing 5D chess Fertillik va nikohlar sonining tushishi bo'yicha xabarlar yana ko'paya boshladi. Tebranishlar fonida qator xulosalar berilayotgan bo'lsadaa, tanganing statistikaning ikkinchi tomoni bor. Xulosa berishdan avval, taxtadagi piyoda emas, o'yinchi sifatida vaziyatni kengroq tahlil qilish maqsadga muvofiq. Ozroq shu haqida: https://telegra.ph/Demografik-10-26

  • 24 окт.1 255358из hammasiyaxshi_rancho

    #fakt #navoiy Alisher Navoiy metro bekati devorlarida nega "Hayrat ul-abror" asariga oid panno mavjud emas? Bekat devorlarida "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Sab'ai sayyor", "Saddi Iskandariy" ga bag'ishlangan pannolar mavjud. Ammo "Xamsa" ning birinchi qismiga atalgan dekorativ suratni ko'rmaysiz. Birinchi versiyaga ko'ra, simmetriya buzilmasligi uchun bu asarning pannosini chizishmagan, ya'ni 2 asar qarshisida boshqa 2 asarning pannosi chizilib, simmetriya hosil qilingan. Ikkinchi versiyaga ko'ra, asardagi diniy elementlar sabab Moskva aynan shu asar pannosini rad qilgan. Uchinchi va menga yoqadigan versiya esa quyidagicha: "Hayrat ul-abror" nomi "Yaxshi kishilarning hayratlanishi" degan ma'noni beradi. Metro bekatiga tushgan YAXSHI ODAMLAR bekat haybati va go'zalligidan HAYRATLANISHI kerak edi, ya'ni bu asarga o'rnatilmagan panno - odamlarning o'zlaridir 🔥. Fakt yoqqan bo'lsa, boshqalarga ham ulashsangiz, xursand bo'lamiz! 😊 @hammasiyaxshi_rancho

  • Ovozsiz qotillar Yuqoridagi grafik amerikaliklar aslida nimadan vafot etishi va AQSh OAVlari nimani yoritishini ko'rsatadi. Unga ko'ra, amerikaliklarning eng katta qotili yurak kasalliklari, insult va saraton (63.7% birgalikda). Altsgeymer, diabet ham yiliga 300 000 kishini o'ldiradi. Qotilliklar va terrorizm esa barcha o‘limlarning atigi 1 foizdan kamrog'ini tashkil etadi. Biroq AQShdagi yirik nashrlar bu manzarani butunlay o'zgartirib ko‘rsatadi. New York Timesda o'limlarning 42 %i, Washigton Postda 46 %i, Fox Newsda esa 52 %i qotillik bilan bog'liq xabarlar. Terrorizm ham 11-18 foiz oralig'ida yoritilgan, yurak kasalliklari va saraton kabilar esa atigi 2-5 foiz atrofida tilga olingan. Qo'rqinchli tomoni, bu narrativlar jamoat fikrini shakllantiradi. Har yili millardlab budjet noto'g'ri yo'nalishga sarflanadi, asosiy ilmiy grantlar, PUBMed ni moliyalashtirish, saratonga qarshi tadqiqotlar qisqarishi soyada ko'rinmay qoladi. Qaynayotgan qurbaqaga o'xshaydi. @Fan_choyxonasi

Fan choyxonasi — tgindex