tgindex
Nofalsafiy fikrlar (20+)

Nofalsafiy fikrlar (20+)

Статистика
@nofalsafiyКнигиузбекский

Faqat fikrlashamiz! Murojaat: @Farhod_Azamov - "5 ta kam" jurnalist(ish boʻlsa yozinglar, ishsiz ham hozirda), kinomen, 82 foizli "romantik" Kino haqida - @bobilkinoteatri

Последний пост
23 июн.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
2 417
0 за 2 дн.
Сутки
+2
+0,08%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
4 127
20 постов
Вовлечённость
170,7%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 23 июн.2 2863414

    ​​Madrid shahrida tugʻilib, odamlar Atletiko yoki Realga emas, Xetafega muxlislik qilishini, butun umr oʻrtamiyona jamoa boʻlib turib ham, undan hech qachon voz kechmasligini koʻramiz. Buni sababi oddiy, chunki bu sen tugʻilib oʻsgan joyning jamoasi, qachonlardir faqat shu mahalla bollari oʻynagan klubda, hozir ham bolalar shu klub akademiyasiga boradi. Oʻzingnikida qisqasi. Jahon chempionatida Oʻzbekistonga muxlislik qilish ham shunaqa, birinchi marta chiqdi, chempion boʻla olmasligini bilasan, ehtimol hamma oʻyinda magʻlub boʻlar, baribir unga muxlislik qilaverasan, chunki u Vatan jamoasi, chunki bu oʻzingnikilar, ular seni nomingdan qatnashmoqda chempionatda. Har bir outga tepib yuborilgan toʻpni golday nishonlaysan. Gol ursa bormi, ayni lahzada dunyoda sendan baxtli odam yoʻq, boshqa hech qayerda olish mumkin boʻlmagan hissiyotlarni olasan. Yutqazsa xafa boʻlasan, televizoringni sindirasan). Lekin 4 kundan keyin hech narsa boʻlmagandek yana hammasi boshidan boshlanadi. Oʻzingnikida. Bugun yomon oʻynadik, ehtimol rostdan ham sharmanda boʻlgandirmiz. Ehtimol tarixdagi eng yaxshi toʻpurar bilan, ehtimol bu mavsumning eng yaxshi futbolchilari bilan oʻynaganimiz uchun ham oʻyin oʻxshamagandir. Ehtimol, "hamma ayb bollada"dir, endi buni ahamiyati yoʻq. Hech boʻlmasa golimiz hisobga olinganda ham boshqa gap edi-da (shu paytdagi emotsiyala videoda, hali oxiri nima boʻlishini bilmagandik) Ronaldu har bir gol urganda u bilan birga "Siuuu" deya baqirganlarni, Portugaliya gollarini nishonlaganlarni koʻrib hayron qoldim, qanaqasiga bunaqa boʻlishi mumkin. Yoʻq bu vatanparvarlik emas, undanam boshqacha narsa, bu 38 million odam nomidan borgan 26 ta kishi, ular seni ifodalaydi, sen qanday qilib oʻzing turganda boshqani bunaqa oʻylashing mumkin, tushunmadim rosti. Bugun alam bilan uxlaymiz, ertadan matematikani boshlaymiz, hali umid bor deyishyapti. Nimayam qilardik boshqa, oʻzimiznikilarku? @nofalsafiy

  • 20 апр.3 9235116

    Bitta kinoda koʻrdim, unda kollejga ketishdan oldin qahramon oʻzidan katta kishidan, qanday qilib odamlar meni yoqtirib qolishlariga erisha olaman, deb soʻraydi. Javob shunday edi, odamlar bilan gaplash, ulardan oʻzlari haqida, ularning qiziqishlari haqida soʻra, buni oʻzingni gapirish navbatingni kutish uchun emas, ularga chin dildan qiziqqaningdan bajar, tinglashni oʻrgan. Mana shu narsa aslida juda koʻp muammolarni yechsa kerak, chunki juda koʻpchilikda tinglash madaniyati yoʻq, ular faqat gapirishni istashadi. Ozgina "balandparvoz" tuyulishi mumkin, lekin man oʻylaymanki agarda shunchaki oʻtirib chin dildan gaplashib olinganda edi, juda koʻp urushlar boʻlmagan boʻlar edi. Bu narsa har qanday muammoni yechishi mumkin deb hisoblayman, oiladagi kichik janjaldan tortib, xalqaro ishlargacha, bor yoʻgʻi oʻtirib gaplashish va eng muhimi narigi tomonni tinglash kerak. Shaxsiy xohishlar, muammolar kimda yoʻq, hamma oʻzinikini aytgisi kelaveradi, lekin hamma faqat aytmoqchi boʻlsa, kim eshitadi? Seni gaping kimgadir qiziq boʻlishini istasang, albatta oʻzing ham boshqalarga qiziqishing kerak emasmi? Umrim davomida ehtimol eng koʻp eshitgan maqtovim - san yaxshi suhbatdoshsan, har doim tinglaysan, degani boʻlgan boʻsa kerak. Deyarli hamma qizdan eshitib chiqqanman). Oʻzimni maqtash tuyulishi mumkin, lekin man rostdan ham odamlarni eshitishni yaxshi koʻraman, chunki ularni eʼtibor bilan tinglasa, ular bitta voqeani emas butun hayoti haqida gapirayotgani seziladi, mana shu narsa yoqadi, balki shunchaki bir umr hikoyalarga qiziqqanim uchun ham boʻsa kerak, odamlarni yashab oʻtgan hayotidan yaxshiroq hikoya boʻlmasa kerak. Mayli, hech boʻlmasa endi, oʻzingga eng yoqadigan sifating deganda, nima javob berishni bilaman ekan. @nofalsafiy

  • 28 февр.5 0685818

    "Captain Fantastic"(2016) filmidan ota va 15 yoshli qizi oʻrtasida shunday suhbat kechadi: - Nima oʻqiyapsan? - Lolita - Men bu kitobni oʻqishni aytmagandimku? - Men jadvaldan oldinlab ketdim. - Xoʻsh, fikrlar? - Qiziq ekan. - Qiziq - bu safsata degani, buni ishlatmasliging kerak, aniqroq gapir. - Bu odamni oʻylantirib qoʻyadi. - Yanada aniqroq - Oʻqisam boʻladimi?! - Faqat hozirgacha boʻlgan oʻqiganlaringdan xulosangni aytsang. - Xoʻsh, bunda bir 12 yoshli qizni sevib qolgan qari odam tasvirlanadi. - Bu syujet, xulosa emas. - Xoʻsh, bu oʻsha odamning tilidan yozilgan, siz oʻqib uni hissiyotlarini tushunasiz va biroz unga nisbatan simpatiya uygʻonadi. Bir tomondan bu juda zoʻr, chunki oʻylab koʻrilsa aslida u pedofil, lekin uning sevgisi ham goʻzal. Ammo ana shu bizni aldaydi, chunki u aybdor odam. U qari va umuman olganda yosh qizni zoʻrlaydi. Bularni hammasi meni undan nafratlanishimga sabab boʻldi, biroq boshqa tomondan bir vaqtni oʻzida unga rahmim ham keldi - Juda soz. Shuning uchun ham hech qachon qaysidir kitob, kinoga nisbatan shunchaki "zerikarli" degan soʻzini ishlatganlarni jiddiy qabul qilmayman. Shunaqa gaplar. @nofalsafiy

  • 18 февр.5 0787317

    @nofalsafiy

  • 14 февр.4 8105813

    Yaqinda bir tanishim, oʻz blogida kursdoshi oʻz joniga qasd qilgani haqida yozgan edi. Oʻsha paytda tezda oʻtkazib yubordim, lekin 3-4 soatdan keyin qaytib, uni rasmlariga qaradim, hammasi joyida edi suratda, kulib turgan yuzlar. Sababi nima ekanligini bilmayman, lekin uni ustidan hukm chiqarish ham menga emas deb hisoblayman. Kecha koʻpchilikdan shu haqida soʻragandim, nima odamni oʻzida bor eng qadrli narsa - hayotidan kechishga majbur qila oladi? Har xil javoblar. Meni javobim esa - nafrat. Qachonki barcha narsani oʻrni nafratga almashganda, senda boshqa tanlov qolmaydi goʻyo. Atrofga boʻlgan, odamlarga boʻlgan, qilayotgan ishing, yeydigan ovqating, oʻzingga boʻlgan nafrat. Men har doim qoʻrqadigan narsa, barcha narsani bir kuni yomon koʻrib qolishim. Hech narsa menga avvalgidek quvonch bermay qoʻyishi. Shunday lahzalarda bizni qutqaradigan kuch - muhabbat. Shu uchun bir narsani unutmaslik kerak, nima boʻlganda ham har doim baxtli boʻlish uchun sabab yetarli, har qanday kichik narsadan ham lazzat olish mumkin kishi, koʻchada koʻrib qolgan bolakayni kulib qarashi ham yordam beradi hatto, atrofingdagi eng yaqinlaring ham foyda bermaganida. Bir narsani tushunish kerak, biz hech qachon yaxshi odam boʻla olmaymiz, barchamizni hech kimga aytmaydigan, har doim qiynalib yashaydigan dahshatli gunohlarimiz bor, bular bizni butun umr taqib qilib oʻtadi. Lekin endi buni oʻzgartib boʻlmaydi, shunchaki boricha qarash kerak hammasiga. Yaxshi odam boʻla olmaysan, lekin bu yaxshi odam boʻlishga harakat qilishga toʻsqinlik qilmasligi kerak. Oʻtlab ketdim yana. Bugun rasmiy, norasmiy bilmadim, lekin koʻpchilik uchun sevgi kuni. Sevgi deganda juda kichik narsani tushunamiz biz, aslida u ulkan, hech qachon oxirigacha yetib boʻlmaydigan narsa, u har bir qadamimizda, har bir qilgan ishimizda. Bugun shanba, koʻpchilik uchun dam olish kuni. Eng ideal sevgi kunini - oʻzimiz eng sevgan ish bilan shugʻullanish eng yaxshi bayram boʻlib beradi. Hali qalbimizni nafrat egallab olmagan ekan, har doim sevgiga joy topilaveradi. Bu tuygʻu esa bizda bor eng oliysi, shunchaki bundan toʻgʻri foydalanishning bilish kerak xolos. @nofalsafiy

  • 8 февр.3 8895816

    2026 yilda ham oʻqishga kirgani bilan maqtanishyapti ekan. Allaqachon obroʻyi qomagan deb oʻylardim, unaqa emasga oʻxshaydi. Va albatta qonun ustuvorligi (ustunligi emas) uchun yuristlarga rahmat aytishni unutmang. @nofalsafiy

  • 7 февр.3 2022825

    Hayotning maʼnosi nima? Agar 50 yilcha oldin qilingan xulosaga ishonsak, hayoting maʼnosi bu - 42. Nega ekanligini oʻzim ham toʻliq tushunmasam ham, super kompyuter shunday degan, ishonamanda albatta. Yoki siz boshqa narsaga ishonasizmi? Mana shu ishonchgina men va qoʻshnim Ulugʻbek aka oʻrtasidagi farqni belgilab beradi, bizning bugun hayotimiz aslida nimaga ishonishimizga bogʻliq narsa. XXI asrda barchasi oʻzgarib ketdi, endi odam oʻzi xohlagan narsasiga ishona oladi, oʻzi xohlagan dinga eʼtiqod qiladi yoki umuman hech qaysi biriga ishonmaydi, oʻzi istagan ish bilan shugʻullanadi, bu yoqmasa 2 oydan keyin oʻzgartiradi, buyam yoqmasa yana boshqasiga oʻta oladi, restoranga kirib ovqat tanlashga 1 soat vaqtini sarflaydi, Toshkent osh yoki Samarqand osh, buni ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak axir. Deyarli barcha konstitutsiyalarda eng muhim qonun deb "soʻz huquqi" aytiladi, lekin men biz uchun eng katta huquq - tanlov huquqi degan boʻlardim, chunki biz hayotimizda eng kichik detallar oldida ham tanlov huquqiga ega ilk avlodmiz, har doim ham buni toʻgʻri bajarmayotgan boʻlsakda(uzr, birinchi marta yashayapmiz axir). Lekin savol tugʻiladi, buni rostdan ham oʻzimiz tanlayapmizmi? Uzr, yomon xabar bor, menimcha yoʻq. Bizni tanlashga "majburlashyapti". Avvallari faqat davlat majburlagan boʻlsa, endi xususiy institutlar bu ish bilan shugʻullanmoqda va menimcha bu avvalgisidan ham qoʻrqinchliroq, chunki oldin shunchaki nima qilishing kerakligini bilgansan, lekin endi sen bilan hech kim hisoblashmaydi, hamma sening ong ostingga taʼsir qilish orqali ishini bajaradi, reklamalar, bannerlar, filmlardagi propaganda. Menimcha hamma hayotida bir marta boʻlsa ham uzumdagi umuman keraksiz artefaktni sotib olib, keyin bundan afsuslangan. Mening oʻz gʻoyam, oʻz prinsiplarim bor deymiz. Yana bir yomon xabar, bu sening gʻoyang emas, bu qachonlardir kimlar tomonidan belgilab ketilgan narsa, sen shunchaki unda oʻzingni qulay his qilgansan yoki shu yoʻlni toʻgʻri deb bilgansan(oʻzingni aldama, senga shu yoʻl toʻgʻri deb uqtirishgan). Erkinlikka qanchalik erishganimiz sari, aslida bu bizni yanada qaram qilib qoʻyishini endi sezyapmiz. Dunyodagi eng baxtli mamlakatlar, dunyodagi eng koʻp suitsid sodir boʻladigan davlatlar ekani ham bor gap. Kino maktablarida, filmda har doim muammo boʻlishi kerak deb oʻrgatiladi, hayotda ham, boʻlmasa undan maʼno qolmaydi ekan. Gugldan, hayotning maʼnosi nima, deb soʻraganimda, dunyoni yaxshi tomonga oʻzgartirish deb javob berdi, bu kimni gʻoyasi, boshida kim turibdi bilmadimu, lekin men shu odamni gʻoyasini hozircha oʻzimga qabul qilib turaman, baribir nimanidir tanlashim kerak edi. Darvoqe, sening hayotingni maʼnosi nima, hech boʻlmasa oʻzing bilasanmi buni? @nofalsafiy

  • 4 янв.3 3042017из neomind1

    Юқори муваффақиятга эришган катталар камдан-кам ҳолларда болаликдаги вундеркиндлар бўлган экан. Яъни фақат маълум бир соҳада жуда кучли бўлишмаган Яқинда эълон қилинган тадқиқотга кўра, масалан, халқаро шахмат усталари, Олимпия олтин медали соҳиблари ва Нобел мукофоти лауреатлари камдан-кам ҳолларда болаликда вундеркинд бўлган. Шунингдек, болаликдаги фақат бир соҳа бўйича интенсив машқлар ва эрта муваффақиятлар улғайгандан кейин глобал даражадаги энг юқори ютуқларга олиб келмас экан Тадқиқот 19 та илмий ишни таҳлил қилган бўлиб, унда 35 мингга яқин юқори даражадаги муваффақиятли одамлар (Олимпия чемпионлари, Нобел лауреатлари, дунёнинг энг яхши 10 шахматчиси, машҳур классик мусиқа бастакорлари ва бошқа соҳалардаги лидерлар) ҳаёт тарихи ўрганилган. Жаҳон даражасидаги муваффақиятга эришганлар болаликда кўп турли фаолият билан шуғулланишган, аста-секин ўзига энг мос келган соҳани топган ва ривожлантирган. Бу қуйидаги афзалликларни беради: Мос келадиган соҳани топиш: Бола турли нарсаларни синаб кўриб, ўзига энг яхши мос келганини танлайди. Узоқ муддатли ўрганиш қобилияти: Турли тажрибалар миянинг мослашувчанлигини оширади. Шу сабаб, болаларни битта соҳада эрта “махсуслаштириш” ўрнига, турли фаолиятларга (спорт, мусиқа, фан ва ҳ.к.) жалб қилган яхшироқ. Болани мажбурламай, турли тажрибалар бериш узоқ муддатда каттароқ муваффақиятга олиб келиши мумкин

  • 4 дек.3 8873931из bobil_kutubxonasi

    Buyuk tarix deb ko'ksiga urganlarni tushunmay boryapman. To'g'rirog'i, chidolmayapman aslida. Albatta buguni rasvo, kelajagi qorong'u bo'lgach odam o'tmishni madh etaveradi, lekin baribir... Masalan, Amir Temur davrini olaylik. U paytda tug'ilsam, katta ehtimol bilan o'n olti yoshimdayoq Temurning egosi va bola-chaqasi boy yashasin, xotinlari dur javohirga belanib yursin, deb urushga ketardim. Xudo saqlab tirik qaytadigan bo'lsam, Samarqanddagi qaysidir masjidda hashar nomi bilan tekin ishlardim. Hayotim Temurni qiziqtirmasdi. Masalan, tarix darsida qaysidir xonning saltanatiga dushman hujum qilganini o'qigandik. Xon shunchalar xudbin ekanki, qarorgoh tinch bo'lsa bo'ldi, derkan. Uzr, lekin bu hamma monarhlarning umumiy odati emasmi? Nega o'roqda yo'q moshoqda yo'q Shohruh uchun shahar quriladiyu men o'lib ketaveraman? Eng yomoni, xalq O'zini Temurning avlodi deb o'ylashi. Bobong Temurning davrida oddiy dehqon edi, xolos. Biz Sovetdan avval ham xo'r va rasvo yashardik. Buni oddiy tarix kitoblaridan ham ko'rish mumkin. Men bobolar deganda faqat oddiy ishchi, mirishkor odamlarni tushunaman. Chunki tarixda hech qaysi oqsuyak menga, mening qonimga shafqat qilmagan. Kimdir taxtda uzoqroq muddat o'tirsin deb jang qilasan va oxiri hech kim seni eslamaydi. Hatto o'z nabiralaring ham seni emas balki seni o'ldirgan o'sha hukmdorlarga topinadi. Bilmadim, balki tarixdagi qatl va gunohlarimizni ochiqcha tan olgan kunimiz odam bo'larmiz? Balki hamma yoqqa xalqning qonini ichib qahramonga aylangan asilzodalarning emas, balki xalqqa non bergan dehqon, duradgor yo me'morning haykali qo'yilishi kerakdir? Shaxsan men uchun Rossiyaning sovug'ida ishlab yurgan o'zbek Temurdan ko'ra ancha ulug' ko'rinadi. Chunki men Temurzot emasman, yuqorida aytganimdek bobolarim oddiy dehqon o'tgan. Bobolar ruhi degan gap mening shuncha mehnatim, o'z kuchim bilan olgan darajamga nisbatan adolatsizlik emasmi? Yana buning bugungi versiyasi, allambalo sayyidlar, xo'jalar degan atamalari ham bor. Qorachalar bilan quda-anda bo'lishmasmish. Bitch, qarindoshinga qiz beraverib bittayam odambashara nabirang qolmadi. Sen qilayotgan ishni muqaddas nikoh emas, fan tilida insest deymiz. Hech kim asrlar bo'yi amakidan tog'aga qarab uylanaverib buzilgan qoninga zor emas. Buni tushun. Tan olaylik, hammamiz oddiy odamlarning bolasimiz. Biz bugun sinfiy, irqiy yo jinsiy farqlarimizga qaramay teng shaklda ta'lim olib, ishlayotgan bo'lsak tarixiy zo'rovon saltanatlar emas demokratiyaga rahmat aytishimiz kerak. Faqat demokratiyagina shaxsni ulug'lashi mumkin. Mirzohid @bobil_kutubxonasi

  • 18 нояб.4 079242

    Oʻtgan yilgi Inbazar voqeasi esinglardami? Oʻshanda oʻz xodimiga qoʻl koʻtargan boshliq barcha tomonidan birday qoralagan, nafaqat u, bu ishni oqlashga harakat qilganlarni ham obroʻyi birdan tushgan, brend uchun qora kunlar boshlanib, unga boykotlar yomgʻiri yogʻdirilgan edi. Nega buni esladim, chunki bugun ham shunday voqea yuz berdi. Murabbiy - bu jamoaning eng muhim mexanizmi, uning motori, uning toʻgʻri ishlashi jamoaning faoliyatini belgilab beradi. Ha, Ismoilov yaxshi murabbiydir balki, ha u jamoani shu pogʻonagacha olib kelgani rost, bunda hammadan koʻp uning mehnati bor. Lekin soʻnggi ish bu notoʻgʻri, oldingilari ishlari bilan buni oqlab boʻlmaydi. Eng bosiq boʻlishi kerak boʻlgan odamni oʻzi qizishib ketyapti. Uning matbuot anjumanida chiqib aybni yigitlarga toʻnkab, qilgan ishini toʻgʻri deb turishi ham vaziyatni faqat va faqat yomonlashtiradi. Eng yaxshi murabbiy - barcha aybni oʻz boʻyniga oladi, nima qilsa ham uni ichkarida qiladi. Ikkala abzatsdagi voqealar men uchun bir xil. Ikkalasida ham zoʻravonlik bor va bu notoʻgʻri harakat. Hech kim, hech qachon birovni shaxsiy zonasiga bu tariqa bostirib kirib, unga tajovuz qilishga haqqi yoʻq, hech kimni. Demokratiya qurish uchun birinchilardan boʻlib shunga amal qilishni oʻrganish kerak. Gapini odamlarga oʻtkazish uchun "Vatan"ni qoʻshish esa populizmdan boshqa hech narsa emas. @nofalsafiy

  • 14 нояб.4 0024915

    Kichkinaligimda dadam doim, oʻgʻil bolasan yigʻlama, deb aytardilar. Lekin hech qachon bu gaplarini qimaganman, chunki men, yigʻlash bu odamga "inson" ekanligini eslatib turadigan eng yaxshi narsa deb hisoblardim. Oʻylab qarasam, hech qachon ogʻriqdan yigʻlamagan ekanim, har doim qandaydir voqeadan keyin koʻzim yoshlanib ketardi. Bu qaygʻuli yoki quvonchli boʻlishi shart emas, nimadirni vujudim bilan his qilsam, tanam ham, yuragimga ham bunga yigʻi bilan reaksiya qiladi: 8 sinfda oʻzim qilmagan ishni boʻynimga qoʻyishgani uchun ustozim koʻziga 10 soniya qarab turib yigʻlab yuborganim, har safar Endi Shoushendan chiqib yomgʻirga xuddi iltijo qilayotgandek qaragandagi koʻzimdan chiqadigan yoshlar, olimpiadada birinchi oʻrinni olishim bilan hammadan qochib chetga chiqib yigʻlab yuborganim, har safar Remarkni oxirida oʻldirishini bilsamda, lekin oxirigacha oʻqib baribir yigʻlab yuborishim. Barchasi hissiyotlar bilan bogʻliq. Lekin oxirgi yillarda, toʻgʻrirogʻi yilda men yigʻlamay qolgandim, xuddiki xayolimda robotga aylanib borayotgandek, oʻzimdagi soʻnggi super kuchni yoʻqotayotgandek edim. Lekin bu asarni menga hali ham odam ekanligimni isbotladi - "Mazaxchini oʻldirish". Oʻzi buni oʻqishgacha yetib kelishim ham qiziq boʻldi. Salkam 2 yil qidirdim, na borgan doʻkonim, na nashriyotimda bor, doim man soʻrasam tugagan boʻladi, tanishlardan soʻrasam biri undoq, biri bundoq deydi. Oxiri yaqinda eng yaqin doʻstlarimdan biri va kursdoshim Zarnigor sovgʻa qildi, pulini beray desam ham omadi, bu qiz tushmagurga mani bunaqa holatda koʻrishni oʻziyoq unga shu puldan qimmatlidek xuddi) Toʻgʻrisi asar haqida deyarli hech narsa bilmasdim, shunchaki har doim har joyda eslanaverilishi uchun oʻqimoqchi edim xolos. Asar tilining soddaligi va bola tilidan yozilganini oʻziyoq uni odamga oʻzini qulay his qilishiga yordam beradi. Oʻzi deyarli barcha qismlarini koʻzimda oʻqtin -o'qtin yosh bilan oʻqirdim, bu shunchaki quvonch va kulgu, baʼzan qaygʻuni anglatardi. Lekin oxirgi boblarida varoqlarini hoʻl qilishgacha bordim, bu yoʻqotish, ogʻriq emas, bu shunchaki hissiyot tomchilari edi. Bu menga oʻzimda yurak borligini qayta eslatayotgan edi. Yaqinda Twitterda bittasi, badiiy kitobdan qandaydir maʼlumot olish kerak ekanligini, unday boʻlmasa oʻqish shart emas, uni oʻzi shu uchun ilmiy va diniy kitoblar oʻqishini aytibdi. Odamlar bilan tortishishmaslikni oʻrganayotganim(ancha eplayapman) uchun indamadim. Hammaning oʻz tanlovi, unga indamaymiz. Lekin agarda u mendan nimaga badiiy kitob oʻqiysan unda, nima foyda desa, shunchaki, "hissiyotlar uchun" deb javob bergan boʻlardim. @nofalsafiy

  • 9 нояб.3 58247

    @nofalsafiy

  • 1 нояб.3 7691451

    Muhabbat haqida minglab qoʻshiqlar bor, lekin bunisi oʻzgacha, ehtimol muhabbatning madhiyasi shudir. @nofalsafiy

  • 25 окт.4 4824622

    Eng ogʻiri - oʻzingning kimligingni anglolmay qolish ekan. Men kimman? Kim uchundir farzand, kim uchundir umr yoʻldosh, kim uchundir nevara, kimnidir doʻsti va kimnidir dushmani. Lekin oʻzim uchun kimman? Bir kuni qarasa qandaydir "jurnalist", ertasiga "kinochi", kecha yurist edim, ertaga kim boʻlaman? Mana shu savol kechalari uxlashga bermayapti. Men yaqingacha oʻzimni mustaqil fikriga ega, oʻzini tushungan, istaklari uchun yashayotgan odam deb bilar, oʻzimcha bundan gʻururlanib ham qoʻyardim. Lekin bugun oʻzimga bergan savollarimga javob topa olmagach, bundan maksimal qochadigan odamga aylanib ulgurdim. Men nimani istayman, nimaga yashayapman, kimman, kim boʻlmoqchiman? Ortiq bulardan qochishga madorim qolmadi. Nega bularni bu yerga yozyapman, nega allaqachon umidimni uzgan kanalimga nimadir tashlayapman, odamlar menga achinishini xohlayapmanmi? Axir oʻzim emasmi har doim gapirishga qiynalgan paytlarim odamlarni achinib qarashlaridan nafratlanadigan, ularni mendan yaxshiroq gapira olgani oʻzlarini yaxshiroq deb oʻylab, achinganlarida ulardan nafratlanadigan?! Nega endi bunaqa qilyapman? Nega oʻzimga bunchalik tushunmay qoʻydim... Avvallari pafos toʻla gaplar yozib, oʻzimda ustunlikni his qilardim, keyinchalik shundan nafratlangan ham oʻzim edimku? Odamning eng katta urushi oʻziga qarshi boʻladi degan gaplar rost, bu urushda na yutasan, na magʻlub boʻlasan kishi. Yoʻq men uylandim. Qaysi kalla bu bu ishga qoʻlim bor edi, umuman bunga tayyor boʻlmagan odam, unga qanday mehribonlik qilaman, oʻzimni kimligimni bilmay turgan holatda. Hammadan ham koʻproq farzandli boʻlishdan qoʻrqyapman, hech qachon bunaqa otam boʻlishini istamagan boʻlardim, u nega bunga duchor boʻlishi kerak. Ha bu onda-sonda tutib turadigan melanxoliyaning humori. Ertaga oʻtib ketadi, ehtimol eslamayman ham, hech narsa boʻlmagandek kulib yuraveraman. Lekin bu bilan yashash...

  • 11 сент. 2025 г.4 6241722из bobilkinoteatri

    #kinotavsiya Bugun koʻrish uchun eng yaxshi film - "Fahrenheit 9/11". Bu kunda tarixdagi eng katta teraklardan biri sodir boʻlgan, 3000 dan ortiq odam halok boʻlgan. Film aynan ushbu mavzuda, yanayam aniqroq aytganda, Prezident Bush va uning hokimiyatining ushbu voqea bilan "aloqalari"ni tahlil qiladi, aslida bu uyushtirilgan deb aytishlarini asl sababini va rostdan ham shunday yoki yoʻqligini soʻzlab beradi. Filmni yaxshi ekanligini yana bir isboti, u Kann festivalida Palm d'or(eng yaxshi film) yutgan kam sonli hujjatli filmlardan biri hisoblanadi. @bobilkinoteatri

  • Yaqinda kitoblarni titkilab turib, dunyo faylasuflari degan kitobni topib oldim. Unda Demokratning quyidagi fikriga koʻzim tushdi: "Menga shohona, hashamatli hayot kerak emas, qashshoqlikda ham yashashni istamayman, menga oʻzimning oʻrtacha hayotim maʼqul". Oʻylab koʻrsa rostdan ham oʻrtacha hayot tarzi yaxshiroq. Hech qachon abadiy baxtli boʻlishing iloji yoʻq, chunki unda buning taʼmi yoʻqolishi boshlaydi, umrbod azobda ham yashab boʻlmaydi. Lekin doimo oʻrtacha hayotda yashasa boʻladi, yeganim oldimda, yemaganim ortimda, degan naql bilan. @nofalsafiy

  • Masalan, internet, zamonaviy telefon, qurilmalar, umuman raqamli dunyoning rivojlanishi bizga anchagina qimmatga tushdi. Toʻgʻri, bu odamzodga juda katta erkinlik yaratgan boʻlishi mumkin, lekin minuslari ham yetarlicha. Tadqiqotlar haqida unchalik bilmayman, shunchaki oʻzimni koʻrganlarimdan aytmoqchiman. Eslaysilarmi, avvallari bizning xotiramiz qanaqa edi, 10-15 yil avval qancha odamni raqamini yoddan bilardik, umuman hujjatlar, sanalar. Endichi, endi hammasi onlaynda bor, ularni eslab qolish nima kerak, yaxshisi miyani koʻproq vayn bilan toʻldirishi kerak. Xuddi shunday, oldinlari biror joyga borishni uyoqda tursin, katta sayohatlarga ham xotira bilan ketilgan. 2010 yil boshlarida boshqa mahallalarn, boshqa tumanlardan piyoda mol olib kelardik, hech qanaqa xaritalarsiz. Hozir uyimni orqasidagi korzinkaga ham lokatsiyasiz borolmayman. Oxirgi marta qachon sheʼr yodlaganim esimda ham yoʻq. Aslida sheʼr miyani koʻproq ishlatishni eng yaxshi usuli, lekin biz buniyam allaqachon unutib yubordik. Universitetda shu mavzuda prezentatsiya qilgandim, kitob oʻqishni unutib qoʻyayapmiz deb. Shunchaki Googlega yozamiz, boʻldi. Avvalgidek maʼlumotlarni kitobdan oʻqish yoʻq, bir soniyada topilgan narsa, bir soniyada chiqib ketadi. Mana bu bizni rostmana dangasa qilib qoʻydi. Sabrsizlik. Man kino koʻraman doim, lekin 1-2 yildan beri shunga ham sabr qilolmayapman, oʻzi hayotdagi eng sevimli mashgʻulotim lekin shunga ham sabrim yetmayapti. Man Garri Potterni 7 ta qismini hech narsa qilmay 1 kunda, bir oʻtirishda tugatgan odamman, hozirchi, hozir 2 soatlik kinoni bir oʻtirishda koʻrolmayman, sabrim yetmaydi bunga. Oʻzimni "tema"mdan kelib chiqsak, internet romantikani butunlay oʻldiryapti. Hamma joyni onlayn muhabbat egallab oldi. Koʻl boʻyida qoʻl ushlashib yuradigan sevishganlar endi yoʻq, ular bir-biriga stiker yuborish bilan band. Sevgi standartlashib ketdi, aynan oʻziga xosligi bilan hamma narsadan ajralib turadigan muhabbat, endi eng bir xillikka ega narsaga aylanib qoldi. Sevgining eng muhim boʻgʻini boʻlgan jonli muloqot kamayib ketdi. Internetda boshqa, hayotda boshqalar, snapchat rasmlar haqida aytmasa ham boʻladi. Shunaqa paytda xurjunni yelkaga olib toqqa chiqib ketging keladi kishi. @nofalsafiy

  • 13 авг. 2025 г.4 081197из therealniyozov

    ​Nega erkaklar o‘nglarga, ayollar esa so‘llarga ovoz beradi? Demokratik mamlakatlarda qiziqarli bir tendensiya kuzatiladi: yosh ayollar odatda so‘l siyosatga moyil bo‘lsa, yosh erkaklar o‘ng siyosatni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu nima sababdan yuz beradi? Buning bir nechta izohi bor: 1. Tenglik paradoksi. Psixologiyadagi ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, erkak va ayol o‘rtasida tenglik oshgan sari ularning xulq-atvori va qarashlaridagi farqlar ham ortadi. Bu kasb tanlashda, shaxsiy xususiyatlarda, jinsiy munosabatlarda va boshqa ko‘plab sohalarda namoyon bo‘ladi. Albatta, bu siyosiy qarashlarga ham taalluqlidir. Ko‘proq patriarxal jamiyatlarda erkaklar ayollarga o‘z qarashlarini singdiradi. Jamiyat tenglashganda esa ayollar o‘zlariga haqiqatan ham yaqin bo‘lgan pozitsiyalarni erkin tanlay boshlaydi. AQShdagi so‘rovlar ayollarning migratsiya, abort, militarizm va yadro quroli kabi masalalarda so‘l pozitsiyaga moyilligini ko‘rsatadi. 2. So‘l harakatning “ayollashuvi”. Uzoq vaqt davomida so‘l siyosatning asosiy elektorati sanoat ishchi sinfi edi, ularning aksariyati erkaklardan iborat bo‘lgan. XX asrning ikkinchi yarmida deindustrializatsiya va xizmat ko‘rsatish sohasining o‘sishi bilan bu ishchi sinf yo‘qola boshladi. Shunday sharoitda so‘l kuchlar yangi saylovchilar koalitsiyasini shakllantirishga majbur bo‘ldi. Bu koalitsiyaga talabalar va o‘sha davrda ommaviy ravishda mehnat bozoriga chiqa boshlagan ayollar kirib keldi. Natijada so‘l siyosat mafkurasi o‘zgardi: ishchi sinf uchun muhim bo‘lgan mavzular o‘rniga ular madaniyat va diskriminatsiya masalalarini ko‘proq ko‘tardilar. Bu esa ayollarning so‘l kuchlarni qo‘llab-quvvatlashiga turtki bo‘ldi. 3. Tanishuv (dating) muammolari. Internet paydo bo‘lgach, odamlar uchun juft topish ancha qiyinlashdi. Butun dunyoda munosabatda bo‘lgan odamlar soni kamaymoqda. Bunga bir nechta sabablar bor. Birinchidan, ayollarning mustaqilligi keskin oshdi: ularning daromadi ko‘paydi va o‘zini ta’minlash uchun turmushga chiqish zarurati yo‘qoldi. Daromadlar tenglashgan sharoitda ayollar nafaqat pul topadigan, balki yaxshi shaxsiy fazilatlari va yuqori mosligi bo‘lgan erkakni tanlashga harakat qiladi. Bu, albatta, juft topish jarayonini qiyinlashtiradi. Ikkinchidan, internet paydo bo‘lgach, odamlar yolg‘iz qolganida ham zerikmaydigan bo‘ldi: film, serial, o‘yinlar — hatto jinsiy ehtiyojni ham onlayn video ko‘rish orqali qondirish mumkin bo‘lib qoldi. Erkak va ayol juft topa olmaganda, ular bir-biriga nisbatan ranjish his qiladi va qarama-qarshi jinsni tushunish darajasi pasayadi. 4. Echo chambers. Ijtimoiy tarmoqlar paydo bo‘lishi bilan erkak va ayollar majburiy muloqot qiladigan an’anaviy muhitlar yemirildi. Endi har kim kim bilan gaplashishni o‘zi tanlaydi. Bu esa erkaklar va ayollarning alohida onlayn jamoalarga ajralishiga olib keldi. Ijtimoiy tarmoqlardagi algoritmlar bu jarayonni yanada kuchaytirdi. Natijada erkaklar va ayollar onlayn makonda kamdan-kam uchrashadi, bu esa muloqotni qiyinlashtiradi. @therealniyozov

  • Bugunda ushbu ruscha soʻzlar oʻzbekcha alternativlariga almashtirilyapti ekan. Yaxshi yurish, menimcha shunaqa davom ettirilsa anchagina yangilanish qilsa boʻladi tilda. @nofalsafiy

  • #chellenj Men kimman: Vasil Meni ifodalovchi film: Qora oqqush Meni ifodalovchi kitob: Dorian Greyning portreti Yodimdan chiqmaydigan kadr: Terabitya ko’prigi filmidagi Leslining Jess bilan yomg’ir ostidagi xayrlashuvi Ko’pchilikka yoqmaydigan, lekin…

Nofalsafiy fikrlar (20+) — tgindex