tgindex
Hid Gallyutsinatsiyasi

Hid Gallyutsinatsiyasi

Статистика

(-) cheksizlikdan (+) cheksizlikkacha

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
12
Всего постов
30
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
2 116
−11 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
784
28 постов
Вовлечённость
37,1%
к подписчикам
Постов в день
1,7
всего 30
Упоминаний
21
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
585
1/48двое суток
670
1/72трое суток
723

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • https://www.instagram.com/reel/DcBDbCQtPuV/?utm_source=ig_web_copy_link Bizda endi siz uchun instagramda alohida kitob sahifasi bor: TillaKitob Eng sara, eng tilla kitoblar haqida gaplashamiz. Birinchi rilsimiz "Eng moviy ko'zlar" haqida bo'ldi. Sevaman bu asarni. O'zimni global miqyosda tushintirgan asar bu.

  • Bekorchi do'st - do'stdir odamga! Ijro: Suno Matn: Meni kulgumni qistadi (Tillaniso) Janr: hard-rock Ps: bekorchilikda sizlarga shuni tayyorladik

  • Quyosh ufqqa bosh qo'ydi Yigit moshinning oynasiga Kimga suyanishni bilmaydi tog'lar...

  • Onamning ezguligiga ketaman

  • 13 авг.492101удалён 14 авг.

    Odam zerikdi. Ozgina gaplasheylik

  • metasatira (Shakaga) Ijtimoiy tarmoqlar- Ijtimoiy axlatlar Profillar - lahadlar O'rtasida jasadlar Biz ko'z - qumursqalar Teshib o'tib tanasini Orzusi, energiyasini Umrini ko'z bilan o'ramiz Nafasini so'z bilan o'ramiz. Ijtimoiy tarmoqlar Suidsidal qarmoqlar.

  • Dostoyevskiy bekorga surgunda payti o'zini oddiy odamlar orasiga tushib qolish bilan shifolamagan. Uning hech qaysi asarida o'sha odamlardagi samimiyat kabi samimiy muhabbat yo'q. G'oya odamlari sotib ketadi (hammasi o'z manfaati uchun), intellektuallar o'ta…

  • New York Times "Zamonaviy Xitoy masteri (so'z ustasi)" deb ta'riflagan Yan Liankening masterpiece'si - "Kunlar, oylar, yillar" qissasi tarjimasini tugatdim. Bir qarashda "Chol va dengiz" ni eslatadi. Lekin undan fojeali, dahshatli. Qishloqqa qurg'oqchilik kelgan. Xitoy uchun qurg'oqchilik asosiy mavzu (bundan oldin tahrir qilganim Pierl Bak asari ham shu haqda edi). Quyoshning dahshatli qovjiratishi ham. Menimcha, bizga endi shu kunlar kelyapti. Xullas, chol qurg'oqchilikda yolg'iz qolib ketadi, bir so'qir kuchuk bilan. Uning janubga ko'chgani kuchi yo'q. Oxirida itni so'yib yemoqchi bo'ladi. Va tanga tashlaydi. Gerb tomoni tushsa chol o'lishi kerak. Qayta qayta tashlaydi tangani. It o'lishi o'zi tirik qolishi uchun. Baribir "gerb"li. Xullas, cholimiz tinchgina makkasiga o'g'it bo'ladi. Nega ikki tomoni ham gerbli ekanini asarni o'qigach tushinasiz. Nima demoqchiman, o'z muhitimizga bog'lab shunday asarlar yozaverishimiz kerak. Ta'sirlanish uyatmas. Hamma syujetlar takrorlanib yuradi. Masala uni qanaqa qilib yoza olishda. "Xamsa" ham eski syujet ekanini bilasiz. Kurosavaning "Qirol Lir" asosida olgan filmi bor. Butun Yapon tarixini tiqqan. Masala shundaki, u yerda umuman Qirol Lir yo'q, butunlay yangi topilma. Tarjimam turtkisida "Cho'lga maktub"ni bitgandim. Da'vosiz. Tajribaga. Xitoy yozuvchisidan mutlaqo farqli, albatta, ammo nimalaridir ta'sirlantirgan. Yozuvchi Murod Chovush aytishicha, shu ham - cho'l va chol ham bizni adabiyot uchun topilma ekan) Demak, davom etmoq lozim. O'qish, ta'sirlanish, yozmoq kerak.

  • видео или голосовое, без подписи

  • Dostoyevskiy bekorga surgunda payti o'zini oddiy odamlar orasiga tushib qolish bilan shifolamagan. Uning hech qaysi asarida o'sha odamlardagi samimiyat kabi samimiy muhabbat yo'q. G'oya odamlari sotib ketadi (hammasi o'z manfaati uchun), intellektuallar o'ta murakkablashtiradi (ego kuchli), bulardan to'ygan bir odam uchun eng yaxshi shifo bu oddiy odamlar davrasi - nabirasini payg'ambarday boshqalarga sifatlaydigan, o'g'lini prezidentday sharhlaydigan, oilasidagilarning, yaqinlarining bir kichik ishiniyam olamga aytib, ko'z-ko'zalb, rohat qiladigan shu odamlardan yaxshisi yo'q - shumasmi hayotdan rozilik, qoniqish, to'lqinlanish! Qaysinisidir senga suv tutadi, muhtoj bo"lmasang ham, qaysisidir non. Muddao - gaplashish. Suhbatni yaxshi ko'radi bu xalq. Keyin qayerdanliging, keyin o'sha yerda o'sha odamning qandaydir kimsasi bo'lishi... Har doim boshqalar bilan bog'liqlik izlayveradi bu odamlar. Dunyo bilan tutashgan biladi o'zini. Anavi intellektual yo g'oyaparast shu tutashuvni izlab yuradi. Vaholanki unda qachonlardir bu narsa bo'lgan. Cho'lpon ham haqmikan deyman: Butun kuchni xalq ichidan olaylik, Quchoq ochib xalq ichiga boraylik -- deganida.

  • 10 авг.825206из TillanisoEN

    Sevgilim, hidingda qonning ta'mi bor. Darrov nish urib, shuvillab to'kilgan yaproqlar ta'mi. Musiqa ohangi - olisdagi fon, Kuchdan qolgan oyoq, qo'llarning ta'mi. Qayga bekinishni bilmagan jonzot To'da orasida yalong'och qoldi - O'zin urolmay qolgan yo'lning ta'mi bor. Ko'chada qolgan boshpanasiz his, Yetimcha his, "Uh"ning ta'mi bor - O'pkalaring yaxshilab to'ymagan nafas Yashaging kelaru, O'lging keladi Kuzning ta'mi bor. Dorlarga bo'g'zidan osilgan zocha* Nahot ta'sirchanlik bo'lurmi shuncha Har bir holatimdan bag'rim yiqildi - Men qochib ketadigan yolg'izlikning ta'mi bor! Sevgilim, yolg'izlikka qoldir hidingni - Hislarimda o'lim ta'mi bor! (*qo'g'irchoq)

  • Inson irodasiga chapak cholish kerakmi? Yo'q, inson irodasini la'natlash kerak, qarg'ash kerak. Bu iroda hamma og'irlikni bo'yniga olaveradi. Qancha yiqilsa kurashga to'ymaydi. Kecha qirni ko'targan bo'lsa, bugun tog'ni bo'yniga oladi. Oqibat hatto quyosh ham bosqondek boshidan bosadi. Qovjiratadi. Bunday mukammal iroda bilan odam faqat bitta narsa - o'lim tomondan bir salqin shabada, bir yel esishini ozurdahol kutadi. O'lim bu dunyoning yagona umididir - iroda emas. Inson irodasining yagona mukofoti o'limga tashnalik va tezroq kelgan o'limdir. Boshqasi bunchalik tez emas, katta emas, rohatbaxsh emas.

  • TUN QAYDLARI: yulduzni tishim bilan chaqib ko'rdim. Qattiq ekan Erishish istagi Tuxum oqini ko'pirtirgichda urgan kabi Halqasimon Halqa halqa simli his Boshimdan kirib Ichimni gupirtiraveradi-gupirtiraveradi. Ko'piraveraman Ko'piraveraman. Momataloq she'r Bu his binafsharang Unga hech kim ko'tarmadi qo'l. Faqat kuzatdi asta bir nigoh 30 40 50 100 Bora. Bu hisga bermaganin so'raganin u. Keyin dodlayvergan Uravergan o'zini-o'zi Keyin so'zga o'rnashib Momataloq she'r bo'lgan Ul his Sub his.

  • 9 авг.907151

    HOMIYLARGA TAKLIF Do'stlar, mendan "Qon" she'riy kitobimni ko'p so'rashadi. Afsuski, o'zimda bir dona ham yo'q. Sotuvda ham yo'q. Lekin o'rniga boshqa bir narsa bor - yangi she'riy kitob! "Hid gallyutsinatsiyasi". "Qon" 2020, qisman 2021 yilning boshidagi she'rlargacha qamragan bo'lsa, yangi kitob oxirgi 5 yillikni qamraydi kamida. Albatta, "Qon"ning sevimli she'rlarini ham kirgizamiz. Bu kitobni chop qilish uchun esa pul kerak. 3 ta kitobini o'z puliga chiqargan odam sifatida bunisiga ham o'zim homiylik qilishni istardim. Ammo ehtimol boshqalarda ham shunday imkoniyat bordir deb o'ylayapman. "Qon" ga doimiy talab borligini inobatga olib, yaxshi sotilishiga ishonchim komil. Mabodo nashriyotlar, yo homiylik qilmoqchi bo'lganlarni bu taklif qiziqtirsa, @eshbaayeva ga yozishlari mumkin. Aytmoqchi, kitobdan hech qanday moddiy manfaat kutmayman (deyarli😁). She'rlarim egalariga yetib borsa bo'ldi! P.s: universitetlar yo boshqa tashkilotlar homiy bo'lib bersa, ambassador bo'p beraman)

  • #maktub "Maktub" — qalbga tutilgan ko'zgu! 70 kun, 10 nafar sevimli ijodkoringiz va yangi maktublar... Azizlar, xabaringiz bor "Maktub" loyihasini boshlagandik. Har shanba kuni qalamdan to‘kilib, hali siyohi qurishga ulgurmagan samimiy maktublarni sizga taqdim etib boramiz. O'qing va o'z munosabatingizni bildiring. Ikkinchi ishtirokchimiz: MohiRa Ijodiy o'zani: https://t.me/altruistning_qizi 👉 Maktubni shu yerda o'qing: https://literature.uz/article/begona-bayramlardan-maktub

  • 8 авг.847233

    Kapalak raqsi Kapalak raqsiga o'xshar bizning rishtalar Sharsharalar raqsiga o'xshar. Shovullaydi, tebranar, Goh tutqich bermay qochadi dilga. Kapalak raqsiga to'lgandir olam, Kapalak raqsiga to'lgan turmush va o'ylar, Kapalak raqsiga to'lgan ichimiz. Ichimizda mudom qanot qoqadi... Mudom jonsarakdir bizning rishtalar, Munosabatlar... Charchatadi, holdan toydiradi, olovlantirar... Kapalakdek qanot qoqamiz Biz o'ylarda, xavotirlarda. Kapalakdek qanot qoqaman xavotirli o'ylar ichida, Kapalakning raqsidek mudom Titroqdadir mening parvozim. "Olovrang tug'yon"dan

  • 8 авг.921432

    Oxirgi paytlar kunim Toshkentdagi "ruskiy dunyo"ga to'qnashish bilan o'tyapti. Uzpostga borib, narsa jo'natmoqchi bo'lsam, rus millatli operator ayol o'zbek tilini mutlaqo bilmaydi. Tel raqam yozib olishi kerak. Raqamlarini qo'shmasdan, yakka holida aytaman…

  • 8 авг.941171

    Yangi AHD Endi meni shamol tushinsa bo'ldi Endi meni isitsa bo'ldi quyosh Endi meni bo'ldi ildiz ko'rsa tush. Endi men hayotdan chiqib ketaman Ulg'aymoq-chun hayotning tomirida Urmoqlik-chun hayotda yurak bo'lib. Endi men g'amni ulayman g'amga Va undan eshaman bo'ynimga arqoq Taqib yurish uchun ko'zga ko'z-ko'zlab. Endi hisga hisni cho'qishtirmayman Urishtirmayman endi o'ylarni Hisni eshkak, o'yni sol qilib - suza olaman Men shunday ruhmanki, shunday olomon Ko'pga singib ketgan ruhdirman. Shamol martabamdir, ko'plardir taxtim - Qismatni So'zday* egarladim! *** Izoh: "Avvalboshda so'z (logos) bor edi". Kalomdan.

  • 7 авг.1 1614013

    Yomon ko'raman odamlar orasida bog'liqliklarni Metroda yuryotib, yo'lda ketyotib, ko'zda sochilyotib.... Muhabbat eng betoqat lahza - Nima bo'lsa hozir kerakdir Hozir sevishing Hozir dil rozi Hozir zo'r gurung Yarashishing kerakdir hozir Faqat hozir kerak bu vasl. Ertani kutmaydi muhabbat - Ertaga cho'zilmagan yagona hodis Hozir qiymalayveradi seni, hozir. Oh baxtlidir "hozir" dan o'tganlar, Naqadar baxtiyor o'lganlar hozir.

  • 7 авг.1 3958511

    Oxirgi paytlar kunim Toshkentdagi "ruskiy dunyo"ga to'qnashish bilan o'tyapti. Uzpostga borib, narsa jo'natmoqchi bo'lsam, rus millatli operator ayol o'zbek tilini mutlaqo bilmaydi. Tel raqam yozib olishi kerak. Raqamlarini qo'shmasdan, yakka holida aytaman - 1, 2, 3, 7, 6, yo'q, baribir u o'zbekchada 10 gacha sanashni ham bilmaydi va bu ayol davlat tashkilotida davlat tilini bilmasdan (doimiy o'zbeklar bilan muloqot talab qilinadigan joyda) ishlayapti. Davlatga savol: bir tojikni shunday ishlatib qo'yarmikan - o'zbekcha mutlaqo bilmaydigan, tushinmaydigan... Bir qoraqalpoqni-chi? Axir 2 va 3 davlat tillari bizda ayni shu tillar-ku. Ishlaydigan joyimning qorovulidan mashina orqa yo'ldan o'tsa bo'ladimi deb so'rayman. U bezrayib o'zbekcha gapirma, ruscha gapir, deydi bezbetlarcha. Qonim qaynaydi. Qistanib turibman. Men senga ruschamas, o"zbekcha aytaman, sen esa ruscha ayt, men tushinaman deyman. U yana o'zining surbetligini ko'rsataveradi. Qayta-qayta aytadi o"zbek tilini mutlaqo gapirmasligini, tushinmasligini. Endi o'zimni bosmayman. Davlat tilini hatto maishiy "moshin, yo'l" so'zlarini tushinar darajada bilmasligidan dudim chiqadi. Davlat tilini eslataman, og'zimga kelganini aytaman. O'zimni bosmayman. Qarangki, 50 ga kirib qolgan bu xotin o'zbekcha mutlaqo tushinmasa ham, davlat tili degan so'zni tushinadi. Ertalab rahbariyatiga arz qiladi. Rahbari menga timsoh ko'z yoshini oqizadi: bizam shu davlat fuqarosimiz... Fuqarosi? Juda soz. Unda shu davlat odamlari bilan muloqotda, bo"libam davlat tilidagi muloqotda gapni avvalo shu tilni bilmaganingiz, tushinmaganingiz uchun uzrdan boshlang, deyman. Har tugul kallasi ishlabdi. Ertasi kuni kelsam, xonaga kirgan rus farrosh gapni o'zbek tilini bilmaganlik uchun uzrdan boshlaydi. Ammo tag'in o'sha manzara: u ruscha qalashtirib tashlaydi. Men bemalol tushinaman. Ammo u mening - Abetga ketyapman degan bir og"iz gapimni tushinmaydi. Yaxshiyam abet ruscha so'z. Bu ayol ham yana 50-60 yillik umri davomida O'zbekistonda yashab o'zbekcha ketmoq so'zini o'rganmagan. Yana birinchi avlod rus emas bular, ota-bobolari ham shu yerda yashab o'tgan. O'zbekiston Vataniga aylanib bo'lgan. Lekim oddiy sanashni ham o'rganmagan. Tush mahali kompyuterimni ko'tarib Parusga kompyuter ustaga boraman. Usta yo'q ekan. Poylayapman. Yonimda 20 yoshlardagi mallasoch, mallarang yigit o'tiribdi. "Botir (usta ismi) qachon kelarkan" so'rayman undan. Yigit o'zbek tilini bilmayman deydi. O, yo'q, yanaya. Bu yigit ham umrida "qachon", "kelmoq" kabi o"zbekcha so'zlarni eshitmagan nahot... Afsuski, eshitgan. Ilg'amagan. Kerak bo"lmagan. Bilmayman deydi, bo"ldi. Ehtiyoji bo"lmaydi hech qachon o'rganishga. O'zi bilgan til bilan bemalol davlat ishida ishlaydi. Boshqalar uni tushinmayapti, marhamat boshqalar uning tilini o'rgansin. O'sha boshqalar hatto davlatning 95% aholisi bo"lsa ham. O'shalar o'rganaversin, bu jonivor o'rganmasa ham hamma imtiyoz badastir qilingan. Biri sovet davrida ta'lim olgan desang (farrosh, qorovul xotin), bu rus yigit va Uzpost operatori mustaqillik davrida ta'lim olgan va ular hatto o'zbekcha sanashni ham o'rganmagan. Ularga siz uning tilini o'rganib, mayli, u ona tilida gapirsin, men uni tushinaman, men ham onam tilida gapirganda tushinsin deng, yo"q, u bezrayib bilmayman deb turaveradi. Mayli, shunaqa imtiyoz bo"lsa imtiyoz-da, nega tojik, qoraqalpoqqa berilmaydi shu imtiyoz? Buyam qiziq savol. Balkim rusiyzabonlar haqida qattiq qayg"uradigan hukumatimiz har bir rusiyzabon oldiga tarjimon ham biriktirib berar. Bo"libam bu chujoyzabonlar jamoat tashkilotlarida ishlasa...Har holda o'zbek ham odamdek gap. Aytmoqchi, Til departamentidan nega o'zbekcha sanoqni tushinmaydigan odam jamoat tashkilotida, davlat muassasida ishlashi haqda hisob so'rarmiz? Yo boshqa joydan so'rash kerakmi?

Hid Gallyutsinatsiyasi — tgindex