#egoist
СтатистикаRasmlar oq qora bo'lgan bir paytlar Hayot rang - barangroq edi... Admin bilan bog’lanish: @ucersiz Andijan📍
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 56
- 1/48двое суток
- 64
- 1/72трое суток
- 69
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
... Kunlarimiz bir xil o'tadi. Ertalab eshigingni oldida mushugingni miyovlab turishiyu taksidagi bir xil musiqa joninga tegadi. Birovlarning og'zidan o'zing haqingdagi qiziqarli gaplarniku aytmasa ham bo'ladi. Faqat telefoningni zaryadkasi tugasa yoki ko'chada transformator portlab svet o'chib qolsa oilangdagilar bilan dildan suhbatlashib olasan. Balki yoshliging esinga tushib ketadi. "Falon yoshga kirsam..." degan gaplaringni eslaysan, ichingdan kulib qo'yasan. Va bir kuni o'lasan! Taksidagi o'sha mashxur qo'shiqni endi eshitmaysan, mushugingni ovozini ham! Endi odamlar sen haqingda yanada qiziqarliroq gaplar aytadi! Sanoqli odam seni yo'qotgani uchun yig'laydi, qolganlariga baribir, 2-3 kun kelib yig'lab berishsa bo'ldi, ishlari besh. Afsuski tasavvur qilib bo'lmas darajada og'ir ahvolga tushib qolasan. Ko'pchilik o'limdan qo'rqqani sabab o'zini har xil usulda yupatar edi.. Senchi? Tug'ilishingdan oldin hayoting qanday bo'lsa shunday yotibsan... Ps: Yuqoridagi yozganlarimni mening kim va qanday inson ekanligimga aloqasi yo'q, shunchaki o'qib ketavering. Menni menga, senni senga aloqasi yo'q! 7yil oldin yozgan ekanman shularni
без подписи
Bizni kichkina oilamiz yana bir kishiga ko'paydi. Allohga shukur Oilamizga hush kelding o'g'lim🩵 09.07.2026
без подписи
O'zbekistonda har qanday zamonaviylik eskining ustiga bosim bo'lib qo'shilyapti. Eskini olib tashlamayapti, aksincha ikkalasi birga yashayman deb kengayib, shishib, aholi ustisa og'ir tosh kabi bosim yaratmoqda. 2000-yillarda ota-ona qayg'usi bolalarini yeb-ichirib, o'qimishli qilib, uylab qo'yish bo'lgan bo'lsa, endi ularning ustiga bir qancha "zamonaviy" unsurlar qo'shildi. Hozir bolani o'qimishli qilishning o'zigina yetarli emas. 2000-yillarda oila bittagina bo'lsa ham moshin olishni orzu qilsa, hozir bitta moshina yetarli emas. Otaga, o'g'ilga moshin bo'lishi shart. Endi esa onaga va ayolga moshin olish moda bo'lmoqda. Yoki trend orqasidan kelgan majburiyat. Mashina markalari ham tez-tez eskirmoqda, yangisini, qimmatrog'ini olmasa, odamlar ko'zini bechorahol ko'rinib qolishmoqda. Avval tug'ilgan kun sharoitga qarab qilinadigan marosim bo'lsa, endi har tug'ilgan kunga ayiqchalar, yana nimalardir chaqiriladi. "Bu mening onam", "Bu mening otam" bo'lishi kerak har tug'ilgan kunda. Faqat kelin to'yi dabdali bo'lsa, mayli, endi yosh to'yi va sunnat to'yi ham mislsiz dabdali. Oilada har tug'ilgan bolaga yosh to'yi qilinadi katta artist chaqirib. Sayohat qilish yangi vos-vos kasaliga aylandi. To'ylarni qisqartiraylik, undan ko'ra odamlar sayohat qilsin dedik. Shukrki, to'y ham qisqarmadi, yiliga 2 marta sayohat qilish gardanimizga majburiyat bo'lib tushdi. Kreditga bo'lsa ham bormasak, bo'lmayapti. Ishqilib, zamondan ham, odamlardan ham chetda qolib ketmayapmiz. Avvalgi ayollarning tillaparastligidan noligan bugungi yosh ayollar erlari bo'yniga tilla emas, sayohat majburiyatini yuklab qo'yishdi. Go'yoki tillaparastlikdan yaxshi, lekin mazmunan bir narsa. Haj, umrani aytmasa ham bo'ladi. Albatta yaqinlarga umra sovg'a qilish yangi zarurat va majburiyat. Undan keyingi haj oshi-yu, umra oshilarni qo'yavering. Bolalarga 2000-yillarda har mavsum kiyishga kiyim bo'lishi orzu edi. Endi kiyim chikora. Bolalarga kamida 2 mlnlik o'yinchoqlar olinyapti. Boylarni bilmadim, o'rtaholgina oilalarda. Buyam yangi majburiyat bo'lib qo'shildi. Avval bolalarga velik olish orzu edi. Bugun uning yoshiga qarab veligi har yilda almashishi kerak. Kamiga elektr skuter chiqdi. Maktabga shunda bormasa bo'lmayapti. 4-5 mlnga kredit olib, ota-ona kredit to'lash bilan umri o'tyapti. Eng qizig"i, bu matohlar endi faqat o'g"ilga emas, qizga ham, o'g'ilga ham qilinishi kerak. Endi ularni o'qish puli, katta bo'lganda to"yi, uyi, sarpo suruvini ayting. Gentra, Lacettilar urfdan qoldi. Albatta uni ByD yo Kia ga almashtirish kerak. Bo'lmasa davralarda "bundoqroq", bechorahol ko'rinasan. Uy ko'p qurilyapti, bir amallab qo'shimcha uy olish albatta shart. Ijaraga bersan. Buyam obro' va pul. Bu O'zbekistondagi o'rta yoki o'rta ko'rinmoqchi bo'lgan oilalar ehtiyoji. Tasavvur qiling, bularning hammasiga qancha pul kerak? Shunaqa sharoitda kim uxlay oladi? 2000-yillarda imkoniyatsizlik chorasizligidan ezilgan bo"lsa odamlar, hozir imkoniyat ko"pligi vasvasasidan ezilyapti. Natijada oilaning hamma a'zosi ishga yaroqlimi, tinmaslikka, pul topishga, uyga har kun qanchadir belgilangan summani topib kirishga majbur. Bu yugur-yugur chop-chop bilan tunda ham uxlamayapti odamlar. Boshqalardan qolmaslik uchun uxlashni ham unitivoryapmiz. Ehtiyojning chegarasi bormi? O'zi milliontasi keraksiz bo'lgan urf-odatning ustiga qo'shilayotgan trillionta zamonaviylik va trend degan musorning chegarasi bormi? Bugun ziyoli deganda ehtiyojlari kam qatlamni tushinib qoldim. Ammo ziyolining o'zi shu musor trendning boshida turibdi. Qolib ketmaslik vasvasasiga chalingan. Demak, ehtiyoji biroz kamroq odam mutlaqo qirilib ketyapti, bo'lsa ham u boshqalar ko'zida qashshoq va dangasa ko'rinadi. Ehh. Iching kuyadi. Hech bo'lmasa, tug"ilgan kunlaringizda kun bo'yi yotib uxlanglar. Sayohatga boradigan muddatingizni eringiz yo xotiningiz uchun hech narsa qilmasdan uyda yotib uxlash uchun sovg'a qilinglar. Bir pas haqiqiy dam olinglar, odamlar. Bo'lmasa, bu qo'rqinchli bosimdan yorilib ketasizlar.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
uzr kech bo’lganda bezovta qilyabman :| lekin eshitmasam va bo‘lishmasam bo‘madi
без подписи
без подписи
без подписи
o‘zbek mentaliteti - atrofdagilarga noqulay bo‘lmasligi uchun, o‘zi noqulay axvolda qolish degani...
без подписи
Meni dushmanim o'zimman, o'zimni aldaydigan. Nima qilasan, shoshma, dam olib qol deydigan. Ertaga vaqtli turasan, ertaga ulgurasan. Ertaga hammasi zo'r deb meni aldaydigan. Meni dushmanim o'zimman, o'zimni aldaydigan, Sabab topib beradigan, boshqani aybdor deydigan. Ayblarimni ko'rsatmay, boshqalarni yomonlaydigan. Meni dushmanim o'zim, o'zimni ichimdan yegan. Har safar yolg'iz qolganda aybdor men emas kimdur, Aybdor odamni topsam bas, ko'nglimga taskin bu. Dunyoga ishonmasman, pessimist bo'volaman, ertasi kundan. Yoki hamma yomonu, yaxshiroq odam yo'qdek mendan. Seni aldashim mumkin, chunki men qiynalganman, tushungin. Foydalanishim mumkin, agar bo'lsa xolimni tushungan. Eng yomon odam bo'lsamham, haqqim bordek huddi. Ichimdan negativga to'lib yurdim uzoq muddat.
без подписи
без подписи