Parvoz et
СтатистикаKayfiyat hamda bir kishiga tegishli bo'lgan ijodiy arxiv. Jiddiy: @yozuvxona Hikoyalar va nafaqat: @qoralamalar_javoni
- Последний пост
- 15 апр.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Ba'zida odam boshqalar bilan munosabatda duch keladigan qiyinchiliklar va tushunmovchiliklar haqida og'ir psixologik hikoya yozdim. O'qiymiz.
She'r bu ichingda to'planib qolgan so'zlarni chiqarib yuborishga yaxshi narsa. Ayniqsa oq she'r. O'zimni yaxshi she'r yozaman deb hisoblamayman. Aslida bunga urunmayman ham. Shunchaki nimadir ichkarida paydo bo'ladi shu yozishga undaydi. Shunday she'rlarimdan bir nechtasini yig'ib chiqdim va "Hamisha bahor" deb nomladim.
Ba'zi fikrlarni Parvoz et'ga yozgim kelmayabdi sababi aniqmas. Balki bu yerga ko'proq she'r yozgim kelar yoki shunchaki jiddiy bo'lgim kelmaganida kirgim kelar. Lekin falsafa ham qiziq o'ylash ham yoqimli. Bu ham menga kerakligini his qilaman. Shuning uchun @yozuvxona degan kanal ochdim.
Barchani Ramazon hayiti bilan hamda kirib keladigan Navro'z bilan tabriklayman. ✨
Ozodlik -- mudom qochish emas, Xatolar -- yakun emas. O'pkamni to'ldirayotgan havo, Qulog'im eshitayotgan navo. Hayot... Oh, u bor - Nigohlari uchrashgan Sevishganlarning yuzlari Misoli osmonning qizarishida Har bir nafasda, har bir nazarda. Hayot. Men tirikman. Eshityabsizmi? Biz tirikmiz. Neki bizga tegishli bo'lmagani ortda, Bizga tegishli bo'lgani hali oldinda. Nega ahvolingiz bunchalar abgor? Hayot... Axir u bor - Bobom tutatgan tamakining Kuli misoli kulrang uylarda Charchagan ko'zlar-u Horg'in yuzlarda... Hayot. Biz go'yo san'at muzeyiga Kelgan mehmonlarga o'xshaymiz. Go'zallikdan bahramand bo'lamiz, So'ng ketamiz. Laziz Mv.
Bayramingiz bilan hurmatli qiz-ayollar 🌸 Kuchingiz, sabringiz va go‘zalligingiz bilan hayotni yanada yorqin qilasiz 💐✨
Kim bilsin, balki Qish borligi uchun Qadrlidir bahor Balki, Yoz issig'i sillamizni quritganda Sog'inarmiz qishni. Kuz bo'lsa shunchaki bor U shunchaki yaqin, Dilkash inson. Tushunyabsizmi? Bari o'z o'rnida, bari bus-butun Umrimizning hali ohori to'kilmagan. Va ayni dam yurakda ajib bir his -- Hayot -- misoli Kunba-kun sog'ayib borayotgan bemor, Sababi balki -- Yakshanbadan hamisha bahor. Laziz Mv.
Inson katta shaharda hamma narsani topa oladi. Biroq bu narsalar unga xuddi muzeydagi eksponatlardek tuyuladi -- ko'rishi, tomosha qilishi mumkin, lekin qo'li yetmaydi. U bu yerda orzusidagi hayotni, imkoniyatlarni, pullarni, go'zallarni uchratadi ammo ular unga tegishli emas. Aslida bu uni unchalik xafa qilmaydi. Faqat vaqt o'tib o'zi ham o'ziga tegishli bo'lmay qolayotganini sezishi -- uni mana shu qayg'uga soladi: "kimga aylanib qolyapman?"
#hikoya
без подписи
Qorong'u tun, Sukunat, uyda bir o'zim. Qiya ochiq eshikni qulflayman. Hech kimni kutayotganim yo'q. Ortiq menga ishonma, Endi kelmayman. Ketarman va qolmas, Na men na biz - Faqat olisdagi ovoz. Meni chaqirma, Ortimga o'girilmayman. Ortiq menga ishonma Endi qaytmayman. Istagandek atash mumkin bunday insonni. Ehtimol, Hali ham ulg'aymagan go'daklardirmiz. Qurdim, buzdim. Ikkimizga ham yaramagan ko'prikni. So'ng olib ketdim, Na senga na menga baxt olib kelgan sevgini. Shunisi ma'qul, sevgilim, Hidingda hayot ta'mi bor. Menga eslatadi tiriklikni, bahorni. Men bo'lsa - Vayronalar ostida qolgan yer, Menda yolg'izlik ta'mi. "Qayga berkinish mumkin" Deb o'ylayman har kun. Axir o'zing qara, Qarshimizdagi dunyo xasta. Tuyg'ular bo'lsa hamon zindonband. Uning ranglari so'nib borar kunba-kun... Faqat iltimos, "Sizni tushunmadim" dema Va yana bir iltimos. Endi menga suyanma, Endi darding olmayman. Shunday bo'lgani uchun kechir, Endi qaytmayman.
Ahvollar qanday? Yugurik kunlar. Men ham mana Yashayabman, O'rganyabman, Intilyabman. Nima uchun Hatto o'zimga emas ayon. Ammo ko'chada bo'lsa qor. Qiziq, Nega olislarda Qolib ketgan inson Haqida o'ylayman hamon. U-chi? O'ylarmikan men kabi. Ba'zan. Har doim emas. Shunchaki mana bu vaqt to'xtaganida. Insoniyat dunyo bilan aralashib ketaverar ekan... Go'yo katta blenderga joylashtirishib uni, Yaxshilab aralashtirishadi. Deydi: "bir on to'xtang iltimos Olislarda qolib ketdi mening bo'lagim" Hech kim eshitmaydi. Blender aylanaveradi. Siqib olib insonning bor suvini, Faqat qovjiragan tanasini qoldiradi. U kimga kerak? Endi kurashishdan, Orzu qilishdan, Sevishdan, Nima ma'no Unda Faqat o'lim uchun umid, Ortda bo'lsa kechikkan umr qoladi.
Mendan ba'zilar xafa bo'ladi ularning bekorchi suhbatlariga qo'shilmasligimdan. Ular meni hayotdan xafa yoki burni baland inson deb o'ylaydi. Aslida ular meni ham o'zlariga o'xshatgisi keladi -- o'zlaridek hayotda ba'zi narsalarni istaydigan ammo harakat qilmaydigan insonlarga. Ammo men ulardek bo'lishni xohlamayman. Ularning bekorchi xingir-xingiri meni o'ziga jalb qilmaydi. Men ishlashni, ijodni va jim-jitlikni tanlayman. Lekin ular buni qabul qilolmaydi chunki ular o'zlari bunday bo'lolmaydi. Ular uchun sukunat azob, yolg'izlik esa o'z hayollari, o'z qo'rquvlari, o'z savollari bilan yuzlashadigan bo'shliq. Har kim ham bunday uchrashuvga bardosh berolmaydi zero bu uchrashuv muammolarga yechim, savollarga javob izlashga majbur qiladi. Shuning uchun ularning og'zi davomiy qimirlab turishi kerak -- gaplashilayotgan mavzuning ahamiyati yo'q to'xtab qolmasa bo'lgani.
Qiziq shu yil nimalar bo'larkan. Nimalarni boshdan o'tkazarkanman. Nimalarni tushunaman, kimlarni va o'zimdagi qaysi bo'laklarni yo'qotaman. Yoki aksincha topaman. Yil oxiriga kelib qanday ahvolda bo'laman. Avvallari hech bunday hayollar kelmasdi. Men shu yil o'zim uchun bir narsani eslatma qilib oldim: bu hayotning past-u balandliklari o'zlikni yo'qotishga sabab bo'lmasligi kerak. O'tgan yili juda ko'p savollarni o'zimga berdim. Ko'p narsalarni tushunishga urundim. Yil tugash arafasida esa shuni tushundim-ki, bunday qilishimga umuman hojat bo'lmagan ekan. Hammasi shu darajada oddiy, shu darajada sodda ekan-ki, bir soniya ham o'ylashga arzimagan ekan. Buni anglash qaysidir ma'noda erkni ham bergandek bo'ldi. Ha yana bir gap, yangi yil bilan.
Vikas Svarupning "Xonaboddan Xarobadan chiqqan millioner" asarini o'qiyotgandim. Unda bir aktrisaga nisbatan mana shu ta'rif ishlatilgan. Shu asar asosida olingan filmdan ko'ra asarning o'zi ancha qiziqroq ekan. Hindiston haqidagi tasavvurlarim yangilanib ketdi. Ba'zida raqsga tushayotgan hindlarning videosini ko'rib qolardim. O'ylardim: "bular nimaga buncha raqsga tushadi, o'xshasa-o'xshamasa farqi yo'q raqsga tushgani tushgan". Keyin mana shu kitobni o'qib savolimga javob topgandek bo'ldim. Kitobdagi qahramonning do'sti Salim bollivud aktyori bo'lishni orzu qiladi. Unga bir kishi shunday deydi: "aktyor bo'lish uchun sen yaxshi raqsga tushishni va kuylashni bilishing kerak." Shunda o'zimga-o'zim o'ylab qoldim: "ha-a, balki men videolarda ko'rayotgan raqsga tushayotgan hindlar xuddi Salimdek aktyor bo'lishni xohlar. Ulardagi "balki bir kun ekranga chiqaman" degan orzu ularni shunday qo'ldan kelganicha raqsga tushishga majbur qilar"
без подписи
Chak Palanik yozadi: «Men bir narsani tushundim qachonki senga e'tibor berisharkan sen mavjud bo'lasan. E'tibor berishmasa, go'yo sen yo'qsan» Inson ba'zan o'z mavjudligining tasdig'ini boshqalar nigohidan izlaydi. E'tibor u uchun o'z "mavjud"ligining ma'nosiga aylanadi. Rol o'ynaydi, chiroyli va foydali bo'lishga urunadi shunchaki e'tiborga loyiq bo'lish uchun. Lekin qachonki niqoblar yechilganida tushunadi, shuncha vaqt mobaynida boshqalarning qolipiga moslashib yashaganini va endi niqobsiz hech kim ekanligini. Bu narsa unga og'riq berishi bilan birga erkni ham beradi. Endi hech kimning qolipiga moslashish shart emas. Va kun kelib ana shu inson boshqalarga bir savol bilan yuzlanadi: "kimsiz, agar sizga hech kim e'tibor bermasa?"
Bugun bizni qishloqqa uzoq kutilgan yomg'ir yog'di. Rostini aytganda o'zimni aybdor his qilyotgandim mana bu gapim uchun. Nima farqi bor to'g'rimi, qishni yomg'irimi kuzni yomg'irimi, yog'sa bo'ldida. Lekin tabiatam ja bir arazchi ekan, bir og'iz gapimga arazlab oldiya. Nazarimda uyam odamlardan o'rganyabdi gap ko'tarmaslikni. Xullas boshqa unaqa demayman, afsusdaman. Ko'p-ko'p yomg'irlar yog'aversin bundan keyin.
Ishqilib nimadirlar yozdimda shu yil. Lekin bundan o'zim maza qildim. Katta yutuqlar albatta yaxshi lekin undan oldin mana shunaqa kichik g'alabalar ham odamni ancha xursand qiladi. O'zidan ko'ngli to'lishiga sabab bo'ladi. Yozgan 4 ta hikoyam o'zimga chaqiruv edi "qila olasanmi?" degan. Man qila oldim. Undan tashqari ular o'zim uchun tajriba bo'ldi eng kamida mani xursand qildi. Keyinchalik roman yozish niyatim bor bu o'sha yo'l tomon kichik qadamlar.
Shu yil uchun atalgan oxirgi #hikoya o'qiymiz.