tgindex
Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
12 авг.
Постов за неделю
10
Всего постов
34
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
1 738
+1 за 3 дн.
Сутки
−2
−0,11%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
837
33 постов
Вовлечённость
48,2%
к подписчикам
Постов в день
1,4
всего 34
Упоминаний
8
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
581
1/48двое суток
665
1/72трое суток
718

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • Reviewer bilan tortishmang, lekin hamma fikriga ham ko‘r-ko‘rona qo‘shilmang Reviewer ham xato qilishi mumkin. Agar uning fikriga qo‘shilmasangiz, keskin javob o‘rniga dalil bilan tushuntiring: “We respectfully disagree because…” Keyin manba, metod yoki natijaga tayaning. Ilmiy diplomatiya — “ha” deyish emas. Qarama-qarshi fikrni ham professional usulda asoslay olish. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

  • Editor bilan faqat professional ohangda yozishing. Xat qisqa, aniq va mavzuga tegishli bo‘lsin. “Please publish my article urgently”, “I need this article for PhD”, “I must have it indexed by this date” kabi shaxsiy ehtiyojlar editor uchun ilmiy argument emas. Asosiy e’tibor maqolaning jurnal scope’iga mosligi, yangiligi va ilmiy hissasiga qaratilishi kerak.

  • 11 авг.7588из akademik_burchak

    Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda maqola chiqarish haqida Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda maqola chop etish uchun quyidagi muhim jihatlarni hisobga olish kerak: 1. Tegishli jurnalni tanlash: Jurnalning yo'nalishi va maqsadi sizning tadqiqot mavzuingizga mos kelishini, shuningdek, jurnalning nufuzi, ta'sir ko'rsatkichlari, qabul qilish mezonlari va tahririyat a'zolari haqida ma'lumotga ega bo'ling. Batafsil: https://telegra.ph/Scopus-bazasiga-kiruvchi-jurnallarda-maqola-chiqarish-haqida-01-13 📍@akademik_burchak da qoling 🛋

  • Reviewer’ga javob berishda bitta oddiy formula ishlaydi Reviewer comment → Sizning javobingiz → Maqolada qayeri o‘zgargani. Editor o‘zgartirilgan jumlani 20 sahifa ichidan qidirib yurmasligi kerak. Revision qanchalik tartibli bo‘lsa, uni tekshirish ham shunchalik osonlashadi. Ba’zan maqolani tezlashtirishning siri aynan “editorning ishini osonlashtirish”da. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

  • Minor revision keldi — uni ertaga qoldirmang Minor revision ko‘pincha maqolaning qabulga yaqinlashganini bildiradi. Shunday paytda 2–3 haftaga cho‘zish o‘rniga, tuzatishlarni sifatli va imkon qadar tez bajarish foydali. Ayrim hollarda editor tuzatishlarni o‘zi tekshiradi va maqola qayta reviewer’ga ham yuborilmasligi mumkin. Tezlik kerak bo‘lsa, eng avvalo o‘z tomoningizdagi kechikishni kamaytiring. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

  • 9 авг.759411из ILM_NUR_2020

    ‼️Ixtisosliklar kesimida scopus ma'lumotlar bazasida indekslangan bepul jurnallar ▪️05.00.00 - Texnika fanlari ▪️06.00.00 - Qishloq xoʻjaligi fanlari ▪️08.00.00 - Iqtisodiyot fanlari ▪️09.00.00 - Falsafa fanlari ▪️10.00.00 - Filologiya fanlari ▪️11.00.00 - Geografiya fanlari ▪️12.00.00 - Yuridik fanlar ▪️13.00.00 - Pedagogika fanlari ▪️14.00.00 - Tibbiyot fanlar ▪️15.00.00 - Farmatsevtika fanlari ▪️16.00.00 - Veterinariya fanlari ▪️17.00.00 - Sanʼatshunoslik fanlari ▪️18.00.00 - Arxitektura ▪️19.00.00 - Psixologiya fanlari ▪️21.00.00 - Xarbiy fanlar ▪️22.00.00 - Sotsiologiya fanlari ▪️23.00.00 - Siyosiy fanlar 🎯Scousga kirmagan lekin xorijiy bepul jurnallar - bu yerda (barcha fan tarmoqlari bo‘yicha) ✅Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗

  • Reviewer tavsiya qilish imkoniyati bo‘lsa, undan foydalaning Ba’zi jurnallar submit vaqtida reviewer tavsiya qilishga ruxsat beradi. Mavzuga yaqin, faol nashr qilayotgan va siz bilan manfaatlar to‘qnashuvi bo‘lmagan mutaxassislarni ko‘rsatish editorning reviewer izlash jarayonini yengillashtirishi mumkin. Bu acceptance kafolati emas. Lekin editorial jarayonning keraksiz cho‘zilib ketmasligiga yordam beradigan professional usullardan biri. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

  • Editorga maqolangizni “sotmang”, mosligini ko‘rsating Cover letter’da “Our paper is very important and highly innovative” deyishdan ko‘ra, maqola jurnal auditoriyasiga nima berishini 2–3 jumlada aniq tushuntirish kuchliroq ishlaydi. Editorning asosiy savoli oddiy: “Nega aynan bizning jurnal?” Shu savolga yaxshi javob bera olgan maqola birinchi bosqichdayoq ancha professional ko‘rinadi. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

  • 8 авг.956110из azizxon_axmedov

    ⁉️Tadqiqotchilar ko‘p so‘raydigan savol: UO‘K, KBK, ISBN aslida nima? Ko‘plab tadqiqotchilar, ayniqsa ilk bor monografiya, o‘quv qo‘llanma yoki darslik tayyorlayotgan yosh ilmiy izlanuvchilar bir savolni tez-tez beradi: “UO‘K (UDK), KBK, ISBN degan yozuvlar nima va ular nima uchun kerak?” 🔬Batafsil o'qish Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X

  • “Ilm — shubha qilishdan boshlanadi”

  • 7 авг.1 1013

    Scopus maqolasini tezroq chiqarishning eng yaxshi “triki” — jurnalni to‘g‘ri tanlash Ko‘pchilik maqola tayyor bo‘lgach jurnal qidira boshlaydi. Aslida jurnalning oxirgi 10–15 ta maqolasini ko‘rib, sizning mavzuingizga qanchalik yaqin ishlar chiqayotganini tekshirish foydali. Scope’ga juda mos maqola editor uchun ham tushunarliroq bo‘ladi va desk reject xavfi kamayadi. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

  • 7 авг.1 320113

    #Scopus_Academy_agro 06.00.00 – Qishloq xo‘jaligi fanlari bugungi dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi, agrotexnologiyalar, ekologik barqarorlik va resurslardan samarali foydalanish bilan chambarchas bog‘liq strategik yo‘nalishlardan biridir. Zamonaviy agrar tadqiqotlarda yuqori hosildorlik, tuproq unumdorligi, chorvachilik, seleksiya va agroinnovatsiyalar bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlar xalqaro miqyosda katta ahamiyat kasb etmoqda. Scopus bazasidagi Q1–Q2 darajadagi jurnallarda maqola chop etish esa tadqiqotchining ilmiy salohiyati va xalqaro ko‘rinishini oshiradi. Ayniqsa, “Agricultural Systems”, “Field Crops Research” va “Scientia Horticulturae” kabi jurnallar agrar sohadagi nufuzli ilmiy platformalar hisoblanadi. Quyidagi posterda 06.00.00 – Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha ayrim kuchli Scopus jurnallari jamlandi. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

  • 4 авг.1 649913

    ANNOTATSIYA Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida ilmiy faoliyatni baholashda maqola soniga asoslangan KPI tizimining ijobiy va salbiy jihatlari tahlil qilinadi. Scopus va boshqa indeksatsiyalangan nashrlar talabining amaliyotdagi oqibatlari, xususan sifatning pasayishi, tezkor nashrga intilish, soxta hammualliflik va tadqiqotlarni sun’iy bo‘lish kabi muammolar yoritiladi. Shuningdek, Scopus indeksatsiyasi ilmiy sifatning to‘liq kafolati emasligi, balki faqat jurnal tanlov mezoni ekanligi ta’kidlanadi. DORA va Leiden Manifesti yondashuvlari asosida faqat bibliometrik ko‘rsatkichlarga tayanish cheklanganligi ko‘rsatiladi. Yakunida O‘zbekiston KPI tizimi amalda ko‘pincha tor talqin qilinishi mumkinligi qayd etilib, ilmiy portfelga asoslangan muqobil baholash modeli taklif etiladi. Unda tadqiqot sifati, metodologiya, amaliy ta’sir, mentorlik va ilmiy etika ham hisobga olinadi. ✅@Scopus_Academy

  • 3 авг.1 2172

    Bunday ko‘rsatkichlar kerak. Chunki o‘lchanmaydigan faoliyatni boshqarish qiyin. Lekin universitet yoki olim faoliyati faqat maqolalar soniga bog‘lansa, vosita maqsadga aylanadi. Yaxshi KPI faqat “nechta maqola chiqarildi?” deb so‘ramasligi kerak. U “qanday ilmiy muammo hal qilindi?”, “natija qayerda qo‘llandi?”, “ma’lumotlar qanchalik ishonchli?”, “yosh tadqiqotchilar qanday kompetensiya oldi?” degan savollarni ham qamrab olishi lozim. 2025-yilda tasdiqlangan oliy ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish indikatorlarida ham ilmiy faoliyatni faqat nashrlar bilan emas, grantlar, xalqaro loyihalar, ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish, iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlik, antiplagiat tizimi hamda KPI jarayonining adolatliligi bilan baholash nazarda tutilgan. Bu mas’uliyatli baholash uchun muhim yo‘nalishdir. Scopus aybdormi yoki boshqaruv tizimimi? Scopus olimga tayyor maqsad bermaydi. U mavjud nashrlar va iqtiboslar haqida ma’lumot beradi. Qaysi ko‘rsatkichni mukofotlash, qaysi birini lavozim yoki attestatsiya mezoniga aylantirishni universitetlar, ilmiy tashkilotlar va davlat boshqaruvi institutlari belgilaydi. Shuning uchun asosiy javobgarlik baholash tizimiga tegishli. Ammo bundan bibliometrik platformalar mutlaqo neytral, degan xulosa chiqmaydi. Har qanday o‘lchov inson xulqiga ta’sir qiladi. H-index mukofotlansa, olim iqtibos yig‘ishga intiladi. Q1 maqola uchun katta ustama berilsa, kvartil ilmiy mazmundan ustun qo‘yilishi mumkin. Maqola soni asosiy KPI bo‘lsa, nashrlar bozori paydo bo‘ladi. COPE ilmiy nashr bosimi sharoitida soxta qo‘lyozmalar tayyorlash, mualliflik o‘rinlarini sotish va nashr jarayonini tizimli manipulyatsiya qilishga asoslangan “paper mill” faoliyatini jiddiy xavf sifatida ko‘rsatadi. Iqtiboslarni faqat ko‘rsatkichni sun’iy oshirish uchun kiritish ham ilmiy etikaga zid amaliyot hisoblanadi. Haqiqiy mualliflik ham shunchaki ismni maqolaga qo‘shishdan iborat emas. ICMJE mezonlariga ko‘ra, muallif tadqiqotga sezilarli ilmiy hissa qo‘shishi, matn tayyorlanishida qatnashishi, yakuniy variantni tasdiqlashi va ishning ishonchliligi uchun javobgarlikni qabul qilishi kerak. Scopusdan mas’uliyatli foydalanishning besh tamoyili Birinchi tamoyil — ko‘rsatkich hukm emas, signal bo‘lsin. Iqtibos, kvartil va H-index ekspert bahosini almashtirmasligi, balki savol berish uchun boshlang‘ich ma’lumot vazifasini bajarishi kerak. Ikkinchi tamoyil — har bir raqam kontekstda talqin qilinsin. Fanlar, tillar, hududlar va tadqiqot turlari o‘rtasidagi farqlar hisobga olinmasdan turib, olimlarni bitta jadvalda taqqoslash adolatli natija bermaydi. DORA ham birgina indikator tadqiqot sifatining murakkabligini to‘liq ifodalay olmasligini ta’kidlaydi. Uchinchi tamoyil — jurnal emas, tadqiqot baholansin. Maqolaning savoli, metodologiyasi, ma’lumotlar sifati, ilmiy yangiligi va xulosalarining asoslanganligi birinchi o‘rinda turishi kerak. To‘rtinchi tamoyil — mualliflik va iqtiboslar shaffof bo‘lsin. Har bir muallifning hissasi ko‘rsatilishi, sun’iy hammualliflik, majburiy iqtibos va yopiq iqtibos guruhlariga nisbatan murosasiz munosabat shakllantirilishi lozim. Beshinchi tamoyil — xalqaro ko‘rinuvchanlik mahalliy foydadan uzilmasin. Scopusdagi maqola hudud, ta’lim, iqtisodiyot yoki jamiyat muammolarini hal qilishga xizmat qilsa, xalqaro indeksatsiya real ilmiy ta’sirga aylanadi. Aks holda biz eksport qilinadigan maqolalar ishlab chiqaramiz, lekin o‘zimizdagi muammolarga yechim topolmaymiz. Scopus ilmni avtomatik ravishda rivojlantirmaydi. U faqat ilmiy tizimning kuchli va zaif tomonlarini ko‘rsatib beradi. Sog‘lom boshqaruv qo‘lida Scopus — xalqaro muloqot, sifatli tahlil va ilmiy hamkorlik vositasi. Noto‘g‘ri rag‘batlar tizimida esa u maqola soni, kvartil va iqtiboslardan iborat sun’iy poygani tezlashtiradi. Shuning uchun masala “Scopus kerakmi?” degan savolda emas. Asosiy savol: biz Scopus ko‘rsatkichlarini ilm-fanga xizmat qildiryapmizmi yoki ilm-fanni Scopus ko‘rsatkichlariga xizmat qildiryapmizmi? ✅@Scopus_Academy

  • Scopus ilmni rivojlantiryaptimi yoki sun’iy ko‘rsatkichlar yaratmoqdami? Scopusning o‘zi ilm ham emas, ilmiy sifat kafolati ham emas. U — ilmiy axborotni topish, tartibga solish va tahlil qilish vositasi. Muammo biz kompasni manzil deb qabul qilganimizda boshlanadi. Scopus turli fan yo‘nalishlaridagi ilmiy jurnallar, konferensiya materiallari, kitoblar va maqolalar haqidagi bibliografik ma’lumotlarni yagona tizimda jamlaydi. Platforma orqali muayyan mavzudagi tadqiqotlarni topish, iqtiboslar dinamikasini kuzatish, faol muallif va tashkilotlarni aniqlash, jurnal ko‘rsatkichlarini taqqoslash mumkin. Scopusda CiteScore, SJR, SNIP, H-index, iqtiboslar soni va maqola darajasidagi ayrim tahliliy indikatorlar mavjud. Shu ma’noda Scopus ilm-fanga real foyda keltiradi. Ilgari tadqiqotchi o‘z mavzusiga oid adabiyotlarni turli kutubxona va kataloglardan izlagan bo‘lsa, hozir u ilmiy maydonning umumiy manzarasini ancha tez ko‘ra oladi. Qaysi mavzu ko‘proq o‘rganilgan, qayerda ilmiy bo‘shliq mavjud, kimlar shu yo‘nalishda ishlayapti, qaysi maqolalar ko‘proq muhokama qilinmoqda — bularning barchasi tadqiqot strategiyasini shakllantirishga yordam beradi. Scopus, ayniqsa, O‘zbekiston olimlarining xalqaro ilmiy maydonda ko‘rinishi uchun muhim. Mahalliy muammoni sifatli metodologiya asosida o‘rganib, natijani xalqaro jurnal orqali taqdim etgan olim boshqa mamlakatlardagi tadqiqotchilar bilan ilmiy muloqotga kirishadi. Uning ishlari yangi loyihalar, qo‘shma tadqiqotlar va qiyosiy tahlillar uchun asos bo‘lishi mumkin. Demak, muammo Scopusning mavjudligida emas. Muammo uning ko‘rsatkichlari ilmiy faoliyatning yakuniy maqsadiga aylantirilishida. Raqam qachon haqiqatni yashira boshlaydi? CiteScore yoki jurnal kvartili nashrning ma’lum fan yo‘nalishidagi iqtibos ko‘rsatkichini ifodalaydi. Biroq Q1 jurnalda chiqqan har bir maqola avtomatik ravishda kuchli ilmiy ishga aylanmaydi. Xuddi shuningdek, past kvartildagi yoki Scopusga kirmagan mahalliy jurnalda chop etilgan har bir tadqiqotni sifatsiz deb bo‘lmaydi. San-Fransisko deklaratsiyasi — DORA jurnalga tegishli ko‘rsatkichlarni alohida maqola yoki olimning sifatini baholovchi o‘rinbosar mezon sifatida ishlatmaslikni tavsiya qiladi. Unda tadqiqot nashr etilgan jurnal nomidan ko‘ra, ishning ilmiy mazmuni, metodologiyasi va real ta’siri muhimroq ekani ta’kidlangan. Leiden Manifesti ham ilmiy baholashda raqamli ko‘rsatkichlar ekspert xulosasining o‘rnini egallamasligi, aksincha, uni qo‘llab-quvvatlashi kerakligini ilgari suradi. Ilmiy faoliyatni faqat ma’lumotlar va reytinglar orqali boshqarish dastlab sifatni oshirish uchun yaratilgan mexanizmlarning o‘zi ilmiy tizimga zarar yetkazishiga olib kelishi mumkin. Raqam maqsadga aylangan joyda tadqiqotchining xulqi ham o‘zgaradi. Olim jamiyatga kerak bo‘lgan savolni emas, tezroq maqolaga aylantirish mumkin bo‘lgan mavzuni tanlay boshlaydi. Murakkab va uzoq muddatli tadqiqot o‘rniga kichik natijalarni bir nechta maqolaga bo‘lish jozibador bo‘lib qoladi. Ilmiy ta’sir o‘rnini maqolalar soni, ilmiy maktab o‘rnini esa shaxsiy H-index egallaydi. Natijada maqola ko‘payishi mumkin, lekin yangi bilim shunga mutanosib ko‘paymasligi ehtimoli mavjud. O‘zbekiston uchun masalaning nozik tomoni O‘zbekiston oliy ta’lim siyosatida xalqaro ko‘rinuvchanlik, universitetlarning jahon reytinglariga kirishi va nufuzli ilmiy bazalardagi faollik muhim strategik vazifa sifatida belgilangan. 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallash, ilmiy natijadorlikni oshirish va oliy ta’lim tadqiqotlarini hududlar hamda iqtisodiyot ehtiyojlari bilan bog‘lash vazifalari birgalikda qayd etilgan. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil yakunlari bo‘yicha rasmiy hisobotida Scopus va Web of Science bazalaridagi maqolalar soni 7 551 taga yetgani alohida natija sifatida ko‘rsatilgan. Bu xalqaro nashr faolligining davlat siyosatidagi ahamiyatini ko‘rsatadi. ✅@Scopus_Academy