INFO AKT | Rasmiy kanal
СтатистикаQimmatga yoki tekinga ishla hech qachon arzonga ishlama!!! Bizning kutubxona👇 @A_K_TBOT Savol va takliflar uchun👇 @A_K_T_BOT
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 65
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 110
- 1/48двое суток
- 126
- 1/72трое суток
- 135
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
‼️MANDAT CHIQDI #abituriyent ⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi ✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz/allow/bachelor-answer sahifasiga kirib, abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. ❤️@Ona_tili_Milliy_sertifikatlar
❗️Pedagoglar uchun 700 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni e’lon qilindi Agar siz maktabgacha yoki umumiy o‘rta ta’lim tashkilotida ishlashni istasangiz, Pedagog platformasi orqali e’lon qilinayotgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. ✅ Ayni paytda platformada 700 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni e’lon qilingan. Siz o‘zingizga mos hudud, tuman yoki ta’lim muassasasini tanlab, bo‘sh ish o‘rinlariga onlayn ariza yuborishingiz mumkin. @magistrlarofficial
🇰🇷🇺🇿AI Training Center— Toshkentda AI bo’yicha 12 haftalik bepul o’quv dasturi Moliyalashtirish: To’liq; bepul Til talabi: Ingliz tili (erkin muloqot) Kimlar uchun ➡️Talabalar, davlat tashkilotlari xodimlari, xususiy sektor vakillari ariza topshirishlari mumkin; ➡️Haftada 3 kun soat 18:00 dan keyin darslarda qatnasha olish kerak. Foydali tomonlari ➡️Oʻqish 100% bepul; ➡️Microsoft Azure AI-900 sertifikat imtihoni toʻlovi grant hisobidan toʻliq qoplanadi; ➡️Eng yuqori koʻrsatkichga erishgan tinglovchilarga Galaxy planshetlari topshiriladi; ➡️Haq toʻlanadigan amaliyot oʻtash imkoniyati beriladi. Dastur haqida ➡️Ushbu dastur sun’iy intellekt bo’yicha 12 hafta davomida offlayn formatda Toshkent Xalqaro Universitetida o’tkaziladi. 🕓Oxirgi muddat: 15-avgust, 2026 https://koica-tiu-azure.halla.ai/register
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️ 2027-yil uchun oliy ta'limdan keyingi ta'lim kvotalari tasdiqlandi⚡️⚡️⚡️. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi. Jami kvotalar soni — 4 840 ta. Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi. Kvotalar quyidagicha belgilangan: stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta; tayanch doktoranturaga — 3 900 ta; doktoranturaga — 540 ta. Bu nimani anglatadi? 2027-yilgi qabulda asosiy kvota tayanch doktoranturaga ajratilgan. Ya’ni PhD bosqichiga talab va ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda. Shu bilan birga, stajyor-tadqiqotchilik va doktorantura uchun ham alohida kvotalar tasdiqlangani ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi bosqichma-bosqich davom etishini ko‘rsatadi. 👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
❗️Bugun ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirish yakunlanadi 📌2026/2027-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim olish istagida boʻlgan fuqarolar uchun hujjat topshirish jarayoni bugun, 10-avgust kuni yakunlanadi. 10-avgust soat 09:35 holatiga ko‘ra, 25 373 nafar talabgor onlayn ariza topshirgan. Nomzodlar my.edu.uz platformasida: ⚫️ pasport va JSHSHIR maʼlumotlarini kiritadi; ⚫️ diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi; ⚫️ o‘qish istagidagi oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yo‘nalishini tanlaydi. ✔️Bunda ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim toʻliq toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Maʼlumot uchun, ikkinchi mutaxassislik boʻyicha qabul kvotalari (parametrlari) OTMning ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasidan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasining oʻz Kengashi tomonidan mustaqil belgilanadi. 🔍Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga qabul natijalari oliy taʼlim muassasalari tomonidan 30-avgustga qadar eʼlon qilinadi. 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
⚡️ 10-avgustgacha o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin. Davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha belgilangan muddatlarda va tartibda ro'yxatdan o'tgan fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra ayrim arizalar kamchiligi bo‘lganligi sababli rad etilgan. Fuqarolarga qo'shimcha imkoniyat berish maqsadida ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga 10-avgustgacha arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi. Ushbu muddatdan soʻng tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi. ➡️ my.uzbmb.uz platformasi orqali - xorijiy va nodavlat oliygohlaridan davlat oliygohlariga ko'chirish ➡️transfer.edu.uz platformasi orqali - davlat oliygohlariaro va oliygoh doirasida Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
⚡️Oʻqishni koʻchirish imtihonlari qachon boʻlib oʻtadi? Avvalgi yillarga nazar solsak, xorijiy va nodavlat oliygohlardan oʻqishni koʻchirish uchun test sinovlari quyidagi muddatlarda boʻlib oʻtgan: ➖ 2023-yil 16–17-avgust kunlari ➖ 2024-yil 19–20-avgust kunlari ➖ 2025-yil 18–19-avgust kunlari ❗️Demak 2026-yil ham oʻqishni koʻchirish boʻyicha test sinovlari 16-20 avgust oraligʻida boʻlishi kutilmoqda. Ruxsatnomalar esa kamida 5 kun avval e'lon qilinadi. 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
📚 FIZIKA VA MATEMATIKA BO‘YICHA MAQOLA CHOP ETISH NISBATAN OSONROQ BO‘LGAN BEPUL SCOPUS Q1 JURNALLAR Q1 jurnal topishning o‘zi yetarli emas. Muhimi — jurnal yangi tadqiqotchilar uchun ochiq bo‘lishi, APC talab qilmasligi va maqola qabul qilish darajasi nisbatan yuqori bo‘lishidir. Quyidagi jurnallar aynan shu mezonlar asosida tanlandi. 🔢 MATEMATIKA 1️⃣ Journal of Mathematical Analysis and Applications (Elsevier) 🔗 https://www.sciencedirect.com/journal/journal-of-mathematical-analysis-and-applications 📈 Q1 💰 APC: Yo‘q 📌 O‘zbekistonlik matematiklar eng ko‘p maqola chop etayotgan jurnallardan biri. 2️⃣ Applied Mathematics and Computation (Elsevier) 🔗 https://www.sciencedirect.com/journal/applied-mathematics-and-computation 📈 Q1 💰 APC: Yo‘q 📌 Amaliy modellashtirish ishlari uchun mos. 3️⃣ Mathematical Methods in the Applied Sciences (Wiley) 🔗 https://onlinelibrary.wiley.com/journal/10991476 📈 Q1 💰 APC: Yo‘q 📌 Yosh tadqiqotchilar uchun yaxshi variant. 4️⃣ AIMS Mathematics 🔗 https://www.aimspress.com/journal/Math 📈 Q1 💰 APCsiz maxsus sonlari tez-tez uchraydi. 📌 Son nazariyasi, algebra, analiz va modellashtirish. 5️⃣ Advances in Continuous and Discrete Models 🔗 https://acdmodels.springeropen.com 📈 Q1 💰 Ayrim maqolalar uchun to‘liq chegirmalar mavjud. 📌 Markaziy Osiyo mualliflari faol ishlatmoqda. ⚛️ FIZIKA 6️⃣ Chinese Physics B 🔗 https://cpb.iphy.ac.cn 📈 Q1 💰 APC: Yo‘q 📌 Qabul ehtimoli yuqori bo‘lgan fizik jurnallardan biri. 7️⃣ European Physical Journal Plus 🔗 https://epjp.epj.org 📈 Q1 💰 APC: Yo‘q (subscription variantida) 📌 Eksperimental va nazariy fizika. 8️⃣ Physics Letters A 🔗 https://www.sciencedirect.com/journal/physics-letters-a 📈 Q1 💰 APC: Yo‘q 📌 Qisqa maqolalar uchun mos. 9️⃣ Journal of Physics A: Mathematical and Theoretical 🔗 https://iopscience.iop.org/journal/1751-8121 📈 Q1 💰 APC: Yo‘q 📌 Matematik fizika bo‘yicha kuchli jurnal. 🔟 International Journal of Modern Physics B 🔗 https://www.worldscientific.com/worldscinet/ijmpb 📈 Q1 💰 APC: Yo‘q 📌 Materialshunoslik va kondensirlangan muhit fizikasi. QABUL EHTIMOLI NISBATAN YUQORIROQ BO‘LGAN TOP-5 🥇 Chinese Physics B 🥈 Journal of Mathematical Analysis and Applications 🥉 Mathematical Methods in the Applied Sciences 🏅 European Physical Journal Plus 🏅 Applied Mathematics and Computation ⚠️ Amaliy tavsiya: Agar maqsad Q1 maqolani nisbatan tezroq chiqarish bo‘lsa, Nobel darajasidagi yangilik izlash shart emas. Biroq quyidagilar bo‘lishi kerak: ✔️ yangi teorema yoki natija; ✔️ mavjud modelning takomillashtirilgan varianti; ✔️ sonli modellashtirish; ✔️ amaliy qo‘llanma yoki yangi algoritm; ✔️ sifatli ingliz tili. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli
🪐 “Yangi O'zbekistonda zamonaviy ilm-fan, sun'iy intellekt va innovatsion ta'limni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari” mavzusida qisqa muddatli masofaviy o’quv dasturlariga taklif etamiz! 🔸 Talabalar va magistrantlar kursi uchun 👉 1-modul 🔸 Doktorant va tadqiqotchilar kursi uchun 👉 2-modul 🔸 O’qituvchi va pedagoglar kursi uchun 👉 3-modul 🔖 Kurs yakunida Diplom beriladi. 🗓 Dastur davomiyligi: 5 kun. ⏳ Qabul: 15-avgustgacha. ✍️ Ro’yxatdan o’tish Bizni kuzating: 📱Instagram| 📺YouTube|🕊Telegram
📌Bugun o‘qishni ko‘chirishning so‘nggi kuni. Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tiladi: ➡️ transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga, xususiy oliygohlarning biridan boshqasiga; ➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga hamda xorijiy oliygohlardan nodavlat oliygohlarga. ● Arizalar har yili 30-avgustgacha ko‘rib chiqiladi. ‼️O‘qishni ko‘chirishga 2 toifa talabalarga ruxsat bor: ■ Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga; ■ Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin. Quyidagi holatlarda o‘qishni ko‘chirish arizalari rad etilishi mumkin: ↪️akkreditasiyaga ega bo‘lmagan xorijiy OTMda yoki ularning filiallarida o‘qiganlar; ↪️mavjud ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shaklida o‘qiganlarga; ↪️OTMning markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga; ↪️1-kurs 1-semestrni tugatmasdan o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lganlar; ↪️OTMda mos ta’lim yo‘nalishi yoki shakli bo‘lmaganida, fanlar bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda; ↪️kontrakt asosida o‘qiyotganlar to‘lovni o‘z muddatida to‘lamaganda; ↪️talabaning shaxsiy yig‘ma jildi o‘z muddatida berilmaganida; ↪️grant bilan ko‘chirish uchun bo‘sh o‘rinlar bo‘lmaganida; ↪️OTM moddiy-texnika bazasi imkoniyati cheklanganda; ↪️maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishiga, boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirmoqchi bo‘lganda; ↪️kechki ta’limdan sirtqi ta’limga hamda kechki ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga; ↪️talaba O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinib qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo‘lsa. Xorijiy OTMdan o‘qishni O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirmoqchi bo‘lganlar maxsus sinov (test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida) topshiradi. Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
🟦🟦🟦🟦 1-SENTABRDAN MAKTAB XODIMLARI QO'YIDAGICHA MAOSH OLADILAR ✅ Maktab direktori 🔘 400 o‘quvchigacha — 5 528 139 so‘m 🔘 401–880 o‘quvchigacha — 5 902 718 so‘m 🔘 881–1600 o‘quvchigacha — 6 259 169 so‘m 🔘 1600 dan ortiq — 6 621 088 so‘m ✅ Direktor o‘rinbosarlari (MMIBDO‘, O‘TIBDO‘) 🔘 400 o‘quvchigacha — 5 163 119 so‘m 🔘 401–880 o‘quvchigacha — 5 528 139 so‘m 🔘 881–1600 o‘quvchigacha — 5 902 718 so‘m 🔘 1600 dan ortiq — 6 259 169 so‘m ✅ Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari 🔘 400 o‘quvchigacha — 2 094 908 so‘m 🔘 401–880 o‘quvchigacha — 2 389 633 so‘m 🔘 881–1600 o‘quvchigacha — 2 484 676 so‘m 🔘 1600 dan ortiq — 2 691 147 so‘m ✅ Psixologlar 🔘 Oliy ma’lumotli — 3 591 900 so‘m 🔘 Ikkinchi toifali — 3 846 491 so‘m 🔘 Birinchi toifali — 4 107 571 so‘m 🔘 Oliy toifali — 4 357 584 so‘m ✅ O‘qituvchilar 🔘 O‘rta maxsus ma’lumotli — 3 711 386 so‘m 🔘 Oliy ma’lumotli — 3 990 999 so‘m 🔘 Ikkinchi toifali — 4 468 142 so‘m 🔘 Birinchi toifali — 4 978 872 so‘m 🔘 Oliy toifali — 5 501 997 so‘m ✅ Kadrlar bo‘yicha menejer 🔘 1 881 458 so‘m ✅ Kutubxona mudiri 🔘 O‘rta maxsus ma’lumotli — 2 513 908 so‘m 🔘 Oliy ma’lumotli — 2 742 883 so‘m Oylik maoshlarni hisoblash uchun botga /start bosing ➡️Oylik hisoblovchi bot⬅️ ✅BSB va CHSB kanali https://t.me/+OS06MnAu2oNjZTU6 https://t.me/+OS06MnAu2oNjZTU6
Яна янги солиқ тўлаймизми? Энди одамларнинг банкдаги омонатлари фоизларига солиқ олиш таклиф этилди 🤔 Аввало, энг муҳим маълумот: ҳозирча Ўзбекистонда аҳолининг банк омонатлари бўйича фоиз даромадларига янги солиқ жорий этилгани йўқ. Марказий банк ва Фискал таҳлиллар институтининг тушунтиришича, 5%лик солиқ ҳақидаги фикр расмий ташаббус, қонун лойиҳаси ёки қабул қилинган қарор эмас. Бу илмий-таҳлилий тадқиқот доирасида экспертлар муҳокамасига чиқарилган таклиф, холос. Амалдаги тартиб бўйича жисмоний шахсларнинг банк омонатларидан оладиган фоизлари даромад солиғидан озод бўлиб қолмоқда. Лекин менимча, «ҳозирча фақат таклиф» деб бу мавзуни аҳамиятсиз қолдириш ҳам нотўғри. Чунки бундай ғоянинг пайдо бўлиши молиявий сиёсат қайси томонга қараб ҳаракатланиши мумкинлигини кўрсатади. Таклифга кўра, солиқ омонатнинг асосий суммасидан эмас, фақат банк тўлаган фоиз даромадидан ушланиши мумкин. Масалан, сиз банкка 100 млн сўмни 16% билан қўйдингиз. Бир йиллик фоиз даромади: 16 млн сўм 5% солиқ: 800 минг сўм Соф даромад: 15,2 млн сўм Яъни 100 млн сўмнинг ўзига солиқ солинмайди. Таклиф муаллифларининг ҳисоб-китоби бўйича бу чора бюджетга йилига тахминан 1,4 трлн сўм тушум бериши мумкин. Ҳисоб 2026 йил 1 май ҳолатида аҳоли депозитлари 170,2 трлн сўм экани ва ўртача 16% даромадлилик тахминига асосланган. Аммо бу масалада фақат «бюджет қанча пул олади?» деган саволга қараш етарли эмас. Асосий савол бошқа: бу қарор одамларнинг банк тизимига бўлган ишончига қандай таъсир қилади? Ўзбекистонда одамлар пулни уйда нақд сақлашдан банкка олиб келишни эндигина ўрганмоқда. Марказий банк маълумотига кўра, аҳолининг банклардаги омонатлари 2023 йилдаги 79 трлн сўмдан 2024 йилда 113,5 трлн сўмгача ошган. Бир йил ичидаги ўсиш 43%ни ташкил қилган. 2026 йил майига келиб жисмоний шахслар депозитлари 170,2 трлн сўмга етган. Яъни қисқа даврда аҳолининг банкларда сақлаётган пули икки баравардан ҳам кўпроқ ошди. Бу оддий статистика эмас. Бу одамлар аста-секин «пулни уйда сақлаш хавфсизроқ» деган эски қарашдан чиқиб, банк тизимига ишона бошлаганини кўрсатади. Марказий банкнинг ўзи ҳам депозитлар ўсиши иқтисодий ўсишни, инвестиция ва ишлаб чиқариш лойиҳаларини молиялаштиришда муҳим роль ўйнашини таъкидлаган. Агар айнан шу пайтда омонат даромадига солиқ киритилса, одамнинг фикри оддий бўлиши мумкин: «Мен пулни банкка олиб келдим, инфляция хавфини олдим, банкка ресурс бердим, энди даромадимдан яна солиқ тўлайманми?» Ҳа, 5% рақамда катта кўринмаслиги мумкин. Лекин молияда фақат рақам эмас, сигнал ҳам муҳим. Одамлар депозитдан бутунлай чиқиб кетмаслиги мумкин, аммо янги пулларни банкка қўйиш суръати пасайиши мумкин. Кимдир доллар сотиб олади, кимдир олтин, кўчмас мулк ёки нақд пулга қайтади. Айрим маблағлар расмий молия тизимидан ташқарига чиқиши эҳтимоли пайдо бўлади. Бу менинг иқтисодий хавф ҳақидаги баҳом, автоматик равишда албатта шундай бўлади дегани эмас. Лекин Марказий банк ҳам бундай таклифларни баҳолашда банкларнинг ресурс базаси, молиявий ресурслар қиймати ва молиявий барқарорликка таъсирни комплекс ўрганиш зарурлигини алоҳида айтди. Депозитлар банк учун оддий рақам эмас. Банк шу пуллар ҳисобидан бизнес ва аҳолига кредит беради. Агар депозитлар ўсиши секинлашса ёки ликвидлик чиқиб кетса, банк ресурс учун кўпроқ фоиз таклиф қилишга мажбур бўлиши мумкин. Бу эса ўз навбатида кредитларни арзонлаштиришни янада қийинлаштиради. Натижада бюджет 1,4 трлн сўм олиши мумкин, лекин иқтисодиёт қимматроқ кредитлар, пасайган ишонч ва банк тизимидан ташқарига чиққан маблағлар кўринишида каттароқ йўқотишга дуч келиши мумкин. Хорижда ҳам омонат фоизларига солиқ борми? Бор. Лекин хорижий мисолларни тўғридан-тўғри кўчиришдан олдин тизимнинг тўлиқ ишлашини кўриш керак. АҚШда банк ҳисоблари, депозит сертификатлари ва бошқа кўплаб манбалардан олинган фоизлар одатда солиққа тортилади. Банклар маълум миқдордан юқори фоиз даромадлари бўйича 1099-INT ҳужжатини беради, фоиз эса фуқаронинг декларациясида кўрсатилади. Швейцарияда айрим фоиз ва инвестиция даромадларидан 35% миқдорида олдиндан ушлаб қолиш механизми бор. Лекин буни «фуқаро даромадининг 35%ини йўқотади» деб тушуниш нотўғри. Бу асосан солиқни яширишга қарши кафолат механизми бўлиб, Швейцария резиденти актив ва даромадни декларацияда тўғри кўрсатса, ушланган сумма қайтарилиши ёки бошқа солиқларга ҳисобланиши мумкин. Демак, «АҚШда ҳам бор», «Швейцарияда ҳам бор» деган аргументнинг ўзи етарли эмас. Ривожланган молиявий тизимларда солиқ депозитларни ҳимоя қилиш, ҳуқуқий кафолатлар, узоқ муддатли жамғарма инструментлари, шаффоф декларация ва умумий солиқ тизими билан биргаликда ишлайди. Бизда эса биринчи вазифа аҳолини банк тизимига кўпроқ жалб қилиш, нақд иқтисодиётни қисқартириш ва сўмда узоқ муддатли жамғариш маданиятини шакллантириш бўлиши керак. Менинг шахсий позициям қаттиқ: бюджетдаги муаммоларни ҳар сафар янги солиқ ўйлаб топиш орқали ҳал қилиш соғлом йўл эмас. Агар давлат харажатлар самарадорлигини оширмаса, зарар билан ишлаётган тизимларни ислоҳ қилмаса, яширин иқтисодиётни ҳақиқий равишда қисқартирмаса ва солиқ базасини ишлаб чиқариш орқали кенгайтирмаса, доим янги даромад манбаи қидиришга мажбур бўлади. 🔴Бугун депозит фоизидан солиқ. 🔴Эртага карта ўтказма фоизидан солиқ. 🔴Индинга нақд пул ечиш солиғи, инвестиция даромади солиғи ёки бошқа оддий операциялардан солиқ. Бу йўлнинг охирида солиқлар кўпайиши мумкин, лекин иқтисодиётнинг ўзи кучаймайди! Тўғри ёндашув, менимча, солиқни дарҳол ҳаммага татбиқ қилиш эмас. Агар бу масала келажакда ҳақиқатан муҳокама қилинса, камида кичик омонатларга имтиёз, солиқсиз минимал даромад чегараси, узоқ муддатли депозитлар учун енгиллик ва қарорни олдиндан тушунтириш каби механизмлар бўлиши керак. Чунки банк тизимида энг қиммат актив пул эмас. Энг қиммат актив ишончдир! Ишончни йиллар давомида қуриш мумкин. Лекин нотўғри қарор билан уни бир неча кунда заифлаштириш мумкин. ⚡ Таҳлил: Feruzbek Aliev
⚡️Rasman: Imtiyozli diplom bilan bitirgan bakalavr va magistr pedagoglarga yangi tartibda malaka toifasi beriladi Hukumat qarori (411-son, 29.07.2026-y.) bilan “Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha malaka imtihonlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Unga koʻra, 2026-yildan boshlab bakalavriatni imtiyozli diplom bilan tamomlab, birinchi marta taʼlim tashkilotiga ishga kirgan pedagoglarga ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) beriladi. Imtiyozli diplomga ega boʻlmagan bakalavr bitiruvchilarga esa avvalgidek mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi beriladi. 👨🎓 Shuningdek, magistratura bosqichini barcha fanlardan hamda yakuniy davlat attestatsiyasidan “5” (aʼlo) baho (90–100 ball) bilan tamomlagan va birinchi marta taʼlim tashkilotiga ishga kirgan bitiruvchilarga birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi) beriladi. Qolgan magistr darajasiga ega bitiruvchilarga esa avvalgidek ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) berilishi davom ettiriladi. Mazkur tartib pedagoglar navbatdagi attestatsiyadan oʻtguniga qadar amal qiladi. @magistrlarofficial @magistratura_qabul2025
🎯🎯🎯🎯🎯🎯🎯🎯 ⚡️⚡️⚡️⚡️🗞🗞🗞🗞 Men aniqlashtirdim 3515-son qo‘shma qarori bo‘yicha vazirlik shunday izoh berishdi, ➖ bakalavriat ta’lim dasturini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 24-maydagi 3515-son qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatida qayd etilgan 16 ta xorijiy tilning birida tamomlagan bo‘lsa; O‘zbekistondagi xalqaro va xorijiy universitetlar hamda ularning filiallarini ta’lim tili ingliz tili bo‘lgan yo‘nalishlarni tamomlagan talabalar magistrga hujjat topshirayotganda xorijiy til sertifikat talab qilinmaydi. Qolgan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasasini ta’lim tili ingliz tilida tamomlagan talabalarga sertifikat majburiyligicha qoladi. Ushbu qaror bo‘yicha oliy ta’lim va fan innovatsiyalar vazirligidan rasmiy munosabat kutamiz. Bu degani endi Narxozni ta'lim tili ingliz tili bo'lgan yo'nalishini tamomlab magistraturaga hujjat topshirayotgan talabalarga sertifikat majburiyligicha qoladi. Ushbu postda batafsil keltrilgan Bizni kuzatishda davom eting. Ushbu postni ta'lim tilida tamomlagan talabalarga yuborib qo'ying. @magistrlarofficial @magistratura_qabul2025
⚡️Oliy ta’limda talabalar bilimini baholash tartibi o‘zgarishi mumkin Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasiga ko‘ra, 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilinadigan talabalar uchun bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Yangi tartibda 100 ballik baholash tizimi saqlab qolinadi. Bunda joriy nazorat uchun 30 ball, oraliq nazorat uchun 20 ball, yakuniy nazorat uchun esa 50 ball beriladi. Tibbiyot yo‘nalishlarida ballar alohida tartibda taqsimlanadi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar talabani baholashda har bir savol bo‘yicha kamida ikki-uch gapdan iborat izoh, ya’ni feedback yozishi talab etiladi. Yakuniy nazorat imtihonlari ovozli va videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda o‘tkaziladi. Imtihon jarayonining videoyozuvlari kamida bir yil saqlanadi. Bundan tashqari, yakuniy imtihonlarni oliy ta’lim tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi. Qaror loyihasiga ko‘ra, uch oy ichida imtihonlarni onlayn kuzatish va kompyuterda topshirish platformalari ishlab chiqiladi hamda oliy ta’lim tashkilotlari ushbu tizimlarga integratsiya qilinadi. Har semestr yakunida talabalar o‘rtasida so‘rovnomalar ham o‘tkaziladi. Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun esa Brayl alifbosi, ovozli o‘qish va assistent yordami kabi moslashtirilgan imtihon shakllari joriy etilishi rejalashtirilgan. 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Miyada uyqu davomiyligini “hisoblaydigan” molekulyar taymer aniqlandi Olimlar sichqonlar miyasida uyqu davomiyligi va uning necha marta bo‘linganini qayd etuvchi mexanizmni aniqladilar. Tadqiqotga ko‘ra, PKA fermenti faolligi uyqu vaqtida asta-sekin pasayadi, uyqu buzilganda esa yana ko‘tariladi. Bu jarayon organizmning uyg‘onishga qanchalik tayyor ekanini ko‘rsatishi mumkin. Kashfiyot kelajakda uyqu yetishmasligi va charchoq darajasini aniqlovchi biomarkerlar yaratishga yordam berishi ehtimol qilinmoqda. Tadqiqot hozircha faqat sichqonlarda o‘tkazilgan. Manba: Nature 👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
Siz qaysi zinadasiz qadrli obunachi? @magistrlarofficial
🚀 18 oylik Google Gemini Pro obunasini katta chegrimada xarid qiling ❌ 380$ | ✅3$ 🔥 Hozirgi aksiya orqali uni 18 oyga atigi 3 $ (O'zbek so'mida 36 ming so'm ) evaziga ulashingiz mumkin. ✅ Obuna rasmiy Google akkauntingizga ulanadi. ✅ Akkauntingizga kirish shart emas — sizga faqat taklif havolasini yuboramiz, uni o'zingiz tasdiqlaysiz. ✅ To'lovni 💳💳🔄🔄🏦 ilovalari orqali avtomatik qabul qilinadi. Google AI Pro tarkibida: — Gemini Pro — Antigravity — AI Video — AI Rasm yaratish — Coding — 5 TB Google xotira va 20+ ta shunday imkonyatlar BOT: @Yillik_Google_Ai_bot
видео или голосовое, без подписи
#bazaviy_kontrakt2025 Davlat oliy taʼlim tashkilotlarida bitta talabani bazaviy toʻlov-kontrakt asosida bir yillik oʻqitish qiymati miqdorlari (bakalavriat, magistratura)