FLEDU.UZ | RASMIY
Статистика"Oʼzbekistonda xorijiy tillar" (Foreign Languages Education in Uzbekistan) ilmiy-metodik elektron jurnali va internet portalining rasmiy telegram kanali. Sayt 👉 https://fledu.uz/uz/ Facebook 👉 http://bit.ly/2YMNybW Youtube 👉 http://bit.ly/3oYG7ZT
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 111
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 17
- 1/48двое суток
- 19
- 1/72трое суток
- 21
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🇺🇿 OʻZBEKISTON OLIY TAʼLIMIDA INGLIZ TILINI OʻQITISHNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI 🏬 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov EFEKTA Education kompaniyasi katta vitse-prezidenti Benjamin M. Houp bilan uchrashdi. 👥 Muloqot davomida Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimida ingliz tilini oʻqitish sifatini oshirish, taʼlim jarayoniga zamonaviy raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt imkoniyatlarini keng joriy etish masalalari muhokama qilindi. 📊 Mazkur hamkorlik ingliz tilini oʻqitish metodikasini takomillashtirish, zamonaviy taʼlim vositalaridan samarali foydalanish va oliy taʼlimda xalqaro tajribalarni keng joriy etishga xizmat qiladi.
🌐 Все больше путешественников открывают для себя 🇺🇿 Узбекистан — и особенно приятно видеть, как они делятся своими впечатлениями с миллионами зрителей по всему миру. 📡🖥Видеообзоры, стримы и YouTube-влоги становятся настоящим окном в нашу страну: через личные эмоции и живые кадры зарубежная аудитория узнает о нашей культуре, гостеприимстве, архитектуре и современной жизни. 📹Яркий пример - YouTube-канал Moonshine and Lemongrass, автор которого отправился исследовать Ташкент и отдельно отметил красоту, масштаб и удобство столичного метро. 🚇✨ 🌇 Такие искренние отзывы работают лучше любой рекламы: увидев Узбекистан глазами путешественников, все больше людей начинают мечтать увидеть его своими глазами. 🇺🇿 Узбекистан становится страной, которую не просто посещают, но и страной, о которой хочется рассказывать и куда хочется возвращаться снова и снова.
🇺🇿💻 IOI 2026 — O‘ZBEKISTONDA ILK BOR!🇺🇿 👩🏻💻🧑🏻💻 Toshkent shahrida 38-Xalqaro Informatika Olimpiadasining (IOI 2026) tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 💻 Bu yilgi olimpiada tarixiy rekordni qayd etib, 97 dan ortiq mamlakatdan 386 nafar ishtirokchi va jami 900 dan ziyod qatnashchini birlashtirdi. ⚜️Tadbirning O‘zbekistonda - algebra va algoritm tushunchalarining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy vatanida o‘tkazilishi alohida ramziy ahamiyatga ega. 🏆 O‘zbekiston mezbon davlat sifatida olimpiadada saralangan 8 nafar iqtidorli yoshdan iborat ikki milliy jamoa bilan ishtirok etmoqda. 🖥 IOI 2026 — nafaqat yosh dasturchilar uchun yirik xalqaro maydon, balki O‘zbekistonning raqamli transformatsiya, IT va yoshlar salohiyatini rivojlantirishdagi yutuqlarini dunyoga namoyish etuvchi muhim voqeadir.
⚡️DIQQAT! MASOFAVIY TA'LIM SHAKLI MAVJUD XUSUSIY UNIVERSITETLAR RO‘YXATI E'LON QILINDI📣 📊 2026/2027-o‘quv yili qabuli uchun quyidagi xususiy oliy ta'lim muassasalari masofaviy ta'lim shaklida talaba qabul qilish huquqiga ega. 1️⃣ Qo‘qon universiteti (KUAF) 2️⃣ International School of Finance Technology and Science (ISFT) 3️⃣ IT-Park University 4️⃣ Ma'mun universiteti 5️⃣ Osiyo xalqaro universiteti 6️⃣ Buxoro xalqaro universiteti 7️⃣ Sarbon universiteti 8️⃣ Tashkent International University 9️⃣ Tashkent Metropolitan University 1️⃣0️⃣ "TMC INSTITUTE 🌐 Batafsil ma'lumot.
🏛 What if your next research project helped preserve history? 📝 Applications are now open for the Fulbright–National Archives Heritage Science Fellowship! This unique, fully funded opportunity gives a scholar from Uzbekistan a unique chance to work alongside experts at the National Archives and Records Administration's Heritage Science Research and Testing Lab in College Park, Maryland, using science and technology to help preserve some of the world's most valuable historical documents and cultural artifacts. 📈If your expertise is in conservation, heritage science, chemistry, materials science, engineering, or a related field, this fellowship could be your next step. 🌐 Apply by November 16, 2026.
🇺🇸🗣 DEBATE CLUB - FIKRINGIZNI ISHONCH BILAN HIMOYA QILING! 💬Debat - Amerika demokratiyasi va ta’lim tizimining muhim an’analaridan biri. Bu - turli fikrlarni tinglash, dalillarni tahlil qilish va o‘z nuqtayi nazaringizni mantiqiy asosda himoya qilish san’atidir. 🎯 Debate Club sizga tanqidiy fikrlash, omma oldida erkin so‘zlash va o‘z g‘oyalaringizni ishonch bilan himoya qilish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi. ✨ Klubda siz: 🔸 Yetakchi AQSh universitetlarida qo‘llaniladigan argument qurish ko‘nikmalarini rivojlantirasiz; 🔹 Omma oldida nutq so‘zlashda o‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshirasiz; 🔸 Masalalarga turli nuqtayi nazarlardan qarashni o‘rganasiz. 📅 Sana: 11-avgust, 2026-yil 🕑 Vaqt: 14:00 📍 Manzil: American Corner Tashkent (AUT) 💡 Fikringiz bor — uni asoslashga tayyormisiz? 🎤 Debate Club’ga qo‘shiling va fikrlaringizni kuchli dalillarga aylantiring!
без подписи
без подписи
без подписи
🇺🇿🇯🇵 O‘ZBEKISTON VA YAPONIYA O‘RTASIDA OLIY TA’LIM HAMKORLIGI KENGAYMOQDA 🇯🇵 Okayama prefekturasiga tashrif doirasida O‘zbekiston Elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Okayama Shoka universiteti prezidenti Akio Ijiri bilan uchrashdi. 👥 Uchrashuvda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish, shuningdek, yangi qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 📚 Mazkur hamkorlik ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va yoshlar uchun yangi xalqaro ta’lim imkoniyatlarini yaratishga xizmat qiladi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 STARTAPINGIZ BOR MI? UNDA BU IMKONIYATNI QO‘LDAN BOY BERMANG! O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “President Tech Award” va “President AI Award” tanlovlariga arizalar qabul qilinmoqda! Tanlovlar yoshlarning raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasidagi innovatsion g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, istiqbolli startap loyihalarni rivojlantirish hamda ularning xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan. 💡 Innovatsion g‘oyangiz yoki startap loyihangiz bormi? Unda o‘z loyihangizni namoyish eting, uni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlardan foydalaning va xalqaro miqyosga olib chiqish sari muhim qadam tashlang! 📌 Arizalar 2026-yil 15-avgustga qadar qabul qilinadi. 🖥 Ariza topshirish: awards.gov.uz 🎯 O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining talaba-yoshlari, iqtidorli talabalari va startap tashabbuskorlarini mazkur tanlovlarda faol ishtirok etishga chorlaymiz! ✨ G‘oyangizni imkoniyatga, imkoniyatingizni esa muvaffaqiyatli startapga aylantiring! 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🌐 Global Startup Ecosystem Awards 2026 ilk bor O‘zbekistonda o‘tkaziladi🇺🇿 🪅23-sentabr kuni ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan va StartupBlink hamkorligida Global Startup Ecosystem Awards taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. 🎉Tadbirda StartupBlink Global Startup Ecosystem Index natijalari asosida yuqori o‘sish, yetakchilik va innovatsion salohiyat namoyish etgan shaharlar, mamlakatlar hamda hududlar taqdirlanadi. 🗓 23-sentabr, 2026 yil. 🔎 Ro'yxatdan o'tish. 🔗 Batafsil ma'lumot.
#Rasmiy_xabar #Kasbiy_taʼlim 2026/2027-o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) qabul boshlandi Kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga abituriyentlarning hujjatlari Vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali 2026-yil 10-avgustda 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. ▪️Tibbiyot texnikumlariga kechki, dual ta’lim shakllari va xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha qabul jarayonlari ham Vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali 2026-yil 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. ▪️Tibbiyot texnikumlariga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha mahalliy ta’lim dasturlarida o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida, tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlagan holda tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadilar. ▪️Boshqa texnikumlar (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) bo‘yicha kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi. 2026/2027-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 641 ta texnikumga jami 134 960 ta (shundan 61 550 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan: ➖kunduzgi ta’limda – 87 700 ta (39 390 ta davlat granti), ➖kechki ta’limda – 4 440 ta, ➖dual ta’lim shaklida – 42 820 ta (22 160 ta davlat granti). 📌Texnikumlar ro‘yxati bilan kasbedu.uz sayti orqali tanishing. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi! 🎉Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. 📊 Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? ✅ Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. 🔘 Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim. ✔️ Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi.
🇺🇿 Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 🇨🇳Xitoy Xalq Respublikasining “Haiwei+ Academic Planning” akademik va ta’lim konsalting kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 📈 Uchrashuvda Xitoydan tashrif buyurgan 17 nafar talaba va 12 nafar ularning ota-onalari hamda agentlik vakillari ishtirok etdi. Muloqot davomida tomonlar Xitoy yoshlari uchun O‘zbekistonda ta’lim olish imkoniyatlari, TDSHUning ta’lim dasturlari hamda kelgusidagi akademik hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
🏬 “Oliy taʼlim xizmatlarini rivojlantirish: taʼlim dasturlari sifatini oshirish, taʼlimda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va bandlik imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi. 👥 Tadbirda oliy taʼlim sifatini oshirish, innovatsion yondashuvlar, raqamli transformatsiya, taʼlim va mehnat bozori integratsiyasi hamda xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi. 📍Manzil: Hilton Tashkent City, Toshkent shahri 📅 Sana: 2026-yil 14-avgust ⏰ Vaqt: 09:00 📲 Murojaat uchun: +998945881688
без подписи
без подписи
без подписи
🏬O‘zMPU va Cambridge hamkorligida yangi o‘quv dasturlari bo‘yicha seminar-trening 🎓 O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida Cambridge University Press & Assessment bilan hamkorlikda maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari uchun yangi o‘quv dasturini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha seminar-trening boshlandi. ✅Dastur doirasida yangi o‘quv dasturlarida konstruktiv uyg‘unlik, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, Reggio Emilia konsepsiyasi, STEAM, o‘yin asosidagi ta’lim, inklyuziv ta’lim va formativ baholash bo‘yicha nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.