tgindex
Hujjat topshirish jarayonlari

Hujjat topshirish jarayonlari

Статистика

🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari ✅ Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot 👉 Hamkor kanal: @grantlar Reklama: @gn_work

Последний пост
1 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
18 765
−18 за 3 дн.
Сутки
−12
−0,06%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
34,9 тыс
12 постов
Вовлечённость
185,9%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
12
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
2 630
1/48двое суток
3 013
1/72трое суток
3 250

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 1 авг.2 96641

    📚 O‘qish mavsumi yaqin! Smartfoningizni yangilashning ayni vaqti. 1-avgustdan 15-sentyabrgacha HONOR “Foydali xaridlar mavsumi” aksiyasini o’tkazmoqda. Aksiyada ishtirok etayotgan HONOR smartfonlaridan birini xarid qilsangiz, yoqimli sovg‘aga ega bo‘lasiz — aqlli soat, simsiz quloqchin, ryukzak va boshqa aksessuarlar (tanlangan modelga qarab). Batafsil

  • Live stream finished (1 hour)

  • Live stream started

  • Live stream finished (3 minutes)

  • Live stream started

  • Live stream scheduled for Apr 2 at 16:00

  • 2 апр.15 тыс2661

    AQSHda oʻqish uchun qanday turdagi grantlar mavjud? AQSH universitetlarida oʻqish uchun ajratiladigan grantlarning asosiy 6 turi mavjud. Bular vaziyatdan kelib chiqib, toʻliq yoki qisman grant shaklida taqdim etilishi mumkin. Quyida ular haqida qisqacha maʼlumot beramiz. 1. Koʻrsatkichlarga asoslangan grantlar (Merit scholarships). Bunday grantlar talabaning koʻrsatkichlari, erishgan yutuqlari asosida beriladi. Masalan, bunday grantlar: – aʼlo baholarga egalik va/yoki SAT/ACT imtihonidan yuqori ball olganlik uchun (Academic Scholarships); – aʼlo baholar va imtihonlardan olingan yuqori ballardan tashqari, talabaning jamiyatga qoʻshgan hissasi va darsdan tashqari mashgʻulotlarda ishtiroki uchun (Average Academic Performance Scholarships); – Sportda erishgan yutuqlari uchun (Sports Scholarships) berilishi mumkin. 2. Moliyaviy ehtiyojga asoslangan grantlar (Need-based scholarships). Bu grantlar oʻqish toʻlovlari va oʻqish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni toʻlashga moliyaviy imkoniyati yetmaydigan talabalarga beriladi. 3. Mamlakatga asoslangan grantlar (Country-based scholarships). Bunday grantlar rivojlanayotgan davlatlarning fuqarosi boʻlgan xalqaro talabalarga beriladi. 4. Universitet grantlari. Koʻplab AQSH universitetlari muayyan mezonlarga mos xalqaro talabalarga oʻz grantlarini taklif qiladi. Bu mezonlarni universitetning oʻz belgilaydi, masalan, biror universitet muayyan soha boʻyicha oʻqish uchun topshiruvchi eng yuqori koʻrsatkichlarga ega nomzodlarga grant ajratishi mumkin. 5. Xususiy sektor moliyalashtiradigan grantlar. Bunday grantlar xususiy kompaniyalar, tashkilotlar va boshqalar tomonidan xalqaro talabalarga taklif etiladi. Lekin odatda ularning talablari nisbatan qattiqroq boʻladi va ular koʻpincha muayyan guruhga mansub talabalar (masalan, ayollar, rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari va h.k.) uchun beriladi. 6. AQSH hukumati moliyalashtiradigan grantlar. Bunday grantlar taʼlim tizimini globallashtirish maqsadida xalqaro talabalarga AQSH hukumati tomonidan ajratiladi. Ushbu grantlar odatda AQSHda oʻqish uchun eng nufuzli grantlar hisoblanadi (masalan, magistraturada oʻqish uchun Fulbright granti). Qaysi universitetda qanday grant taklif qilinishini qanday bilsam boʻladi? Bu uchun kerakli universitetning rasmiy veb-saytiga kirasiz va u yerdan “Financial Aid and Scholarships” yoki “Admission and Aid” yoki shu kabi moliyaviy yordam hamda grantlarga bagʻishlangan boʻlimga kirasiz. Bu boʻlimda xalqaro talabalar uchun qanday grantlar mavjudligi bilan tanishib chiqishingiz mumkin. @grantlar_namuna

  • 1 апр.30 тыс1768

    Peter Drucker Challenge esselar tanlovi sovrindori - o’zbek talabasi bilan suhbat! Navbatdagi suhbatimiz Shamsikamar Sharipova — Peter Drucker Challenge esselar tanlovi o’zbekistonlik 1-sovrindori bilan bo’lib o’tadi. Suhbatda Shamsikamarning bu dasturga topshirish jarayoni qanday o’tgani, tanlovda yutish uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi, tanlov sovrindorlariga berilgan imkoniyatlar haqida gaplashamiz. 👉 Suhbat vaqti va manzili: 2-aprel, payshanba 21:00 da @grantlar_namuna kanalida Suhbatda Shamsikamar o’zining boshqa xalqaro tajribalari hamda kelgusi tanlovga topshirmoqchi bo’lgan nomzodlarga maslahatlari bilan bo’lishadi. Suhbatda barchani kutib qolamiz! @grantlar_namuna

  • Live stream finished (1 hour)

  • 30 янв.42,8 тыс26146

    Italiyada grant asosida tahsil olishni xohlovchilar uchun mentorlik kursi! Maʼlumot uchun: Italiyada bakalavriat va magistraturani toʻliq grant asosida oʻqish mumkin. Foundation dasturi uchun grant mavjud emas. Italiyada toʻliq grant asosida tahsil oluvchi mentor Erkinov Shoxbos “Italiyada taʼlim” mentorlik kursini tashkil qilmoqda. Kurs kimlar uchun? – Foundation, bakalavriat va magistratura bosqichini Italiyada oʻqishni xohlovchhilar uchun. Kurs quyidagilarni qamrab oladi: – Real maqsad qoʻyish (kirish ehtimoli asosida dastur tanlash) – Profil tahlili (GPA, til, byudjet, diplom/attestat, tajriba) – Qabul talablari, muddatlar, ehtimoliy ariza toʻlovi va boshqa toʻlovlar – Diplom/transcript (tarjima + notarial tasdiqlash + apostil) – Professional email yozish – CV, motivatsiya xati, shaxsiy bayon, portfolio va tavsiyanoma kabi hujjatlarni tayyorlash – Ariza topshirish jarayoni (akkaunt ochish, hujjatlarni yuklash, hujjatlarni nomlash tartibi, ariza toʻlovi boʻlsa qanday toʻlash va h.k.) – Intervyuga tayyorgarlik (agar boʻlsa) – Mos grantlarni topish, grant uchun hujjatlarni qanday tayyorlash – Viza uchun ariza topshirish jarayoni (hujjatlar, intevyuga tayyorgarlik va h.k.) – Ketish oldi tayyorgarligi va boshqalar Bu kurs uchun qabul 2026-yil 1-fevral, 23:59 gacha davom etadi. Mentor haqida qisqacha – Erkinov Shoxbos Italiyaning Tusha universitetida UNITUS Scholarship toʻliq stipendiyasi asosida oʻqiydi (magistr). – Mentorlik kurslari orqali 200 dan ortiq oʻquvchini tayyorlagan – IFWY International Forum (Shveytsariya), World Youth Festival (Rossiya), HPAIR Conference (AQSH), MCW Global Young Leaders Fellowship (AQSH) va boshqa dasturlar gʻolibi. – Rektor stipendiyasi va Qishloq Xo‘jaligi Vazirligi granti sohibi. – Erasmus+ doirasida Turkiya, Italiya, Bolgariya, Ruminiya, Xorvatiya va Fransiyada almashinuv dasturlarida qatnashgan. Roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat qiling: @MrAsgo_admin ☝️MUHIM: Murojaat qilishdan oldin USHBU QOʻLLANMA bilan batafsil tanishib chiqing. Unda kurs tarkibi, ayrim talablar va narxlar haqida batafsil maʼlumot berilgan.

  • Live stream started

  • Live stream scheduled for Jan 30 at 16:00

  • 29 янв.43,6 тыс23163

    🇮🇹 Italiyada taʼlim va grantlar haqida jonli chat @grantlar_namuna kanali Erkinov Shoxbos bilan hamkorlikda Italiyada taʼlim hamda bakalavriat va magistratura uchun taklif etiladigan Italiya grantlari haqida jonli chat oʻtkazadi. Chat davomida Erkinov Shoxbos quyidagilar haqida batafsil maʼlumot beradi: – Bakalavriat va magistratura uchun Italiya grantlari – Universitet qidirish, topish va tanlash – Hujjatlar va ularni qanday tayyorlash – Grantlarni qoʻlga kiritishga eʼtibor qaratiladigan jihatlar – Viza olish jarayoni va Italiyada talabalar hayoti Chat oxirida tinglovchilar bilan jonli savol-javob ham tashkil etiladi. Chatni bevosita Erkinov Shoxbosning oʻzi olib boradi. Maʼlumot uchun: Erkinov Shoxbos hozirda Italiyaning Tusha universitetida magistratura bosqichida toʻliq grant asosida tahsil oladi. Jonli chat vaqti: 2026-yil 30-yanvar, 21:00 Jonli chat manzili: @grantlar_namuna P.S. Italiyada grant asosida oʻqishni xohlovchilar uchun mentorlik kursi bilan BU YERDA tanishing. @grantlar_namuna

  • 17 янв.39,9 тыс18250

    NSP dasturiga ariza topshiruvchilar uchun mentorlik kursi Xabaringiz bor, NSP almashinuv dasturi uchun anchadan buyon ariza topshirishga yordam berib kelmoqdamiz. O'tgan mavsumda tashkil etgan kursimiz orqali juda ko'p o'zbek talaba va tadqiqotchilari NSP dasturi g'olib bo'lib, hozirda Slovakiyada o'z o'qish yoki ilmiy ishlarini davom ettirmoqda. Ko'pchilik talabiga binoan ushbu kursning yangi mavsumini e'lon qilamiz. Kurs kimlar uchun? Bakalavrni kamida 2,5 yilini tugatgan hozirda 3-4-kurs talabalari, magistr, PhD talabalari hamda universitet o'qituvchilari va tadqiqotchilar Kurs mentori: Ozodaxon Oʻktamova — NSP dasturi 3 marta g'olibi, 4 yildan beri ushbu dastur bo’yicha mentor Kursimiz afzalliklari: — Slovakiya universitetga qabul qilinishda umumiy yordam. — Kerakli hujjatlarni tayyorlash bo’yicha doimiy ko’rsatma. — Barcha hujjatlarni (CV, motivatsion xat, talabalik haqidagi ma’lumotnoma, tavsiyanomalar va boshqalarni) tekshirib berish. — Ariza topshirish bosqichi uchun to’liq ko’rsatma. Ushbu kurs toʻlovi uchun bir nechta tariflar taklif etiladi, ular bilan tanishish uchun quyida @GN_work telegram akkauntga murojaat qiling. Kursga qabulning oxirgi sanasi: 2026-yil 1-fevral ESLATMA: Avvalroq ushbu kursni bepul tashkil etganmiz. Istovchilar aynan bepul kurs videolarini ko'rishlari va hujjatlarini o'zlari tayyorlashlari mumkin. Ular uchun esa maxsus hujjat tekshirib berish xizmatimizni taklif etamiz. ➕ Alohida xizmat: Kursda qatnashmasdan faqat hujjatlarni tekshirtirishingiz ham mumkin. Bunda jami 4 ta hujjat tekshiriladi: — Motivatsion xat — O’quv rejasi — Tavsiyanoma 2 ta Hujjatlarni tekshirib berish xizmat narxi: 400 ming. Kursga yozilish yoki hujjat tekshirish xizmatidan foydalanish uchun: @GN_Work telegram hisobi 👉 NSP almashinuv dasturi haqida batafsil ma'lumot BU YERDA 👉 NSP dasturi bo'yicha biz tayyorlagan qo'shimcha manbalar barchasi BU YERDA. @grantlar_namuna

  • 14 янв.38,9 тыс25202

    Italiyada grant asosida tahsil olishni xohlovchilar uchun mentorlik kursi! Maʼlumot uchun: Italiyada bakalavriat va magistraturani toʻliq grant asosida oʻqish mumkin. Foundation dasturi uchun grant mavjud emas. Italiyada toʻliq grant asosida tahsil oluvchi mentor Erkinov Shoxbos “Italiyada taʼlim” mentorlik kursini tashkil qilmoqda. Kurs kimlar uchun? – Foundation, bakalavriat va magistratura bosqichini Italiyada oʻqishni xohlovchhilar uchun. Kurs quyidagilarni qamrab oladi: – Real maqsad qoʻyish (kirish ehtimoli asosida dastur tanlash) – Profil tahlili (GPA, til, byudjet, diplom/attestat, tajriba) – Qabul talablari, muddatlar, ehtimoliy ariza toʻlovi va boshqa toʻlovlar – Diplom/transcript (tarjima + notarial tasdiqlash + apostil) – Professional email yozish – CV, motivatsiya xati, shaxsiy bayon, portfolio va tavsiyanoma kabi hujjatlarni tayyorlash – Ariza topshirish jarayoni (akkaunt ochish, hujjatlarni yuklash, hujjatlarni nomlash tartibi, ariza toʻlovi boʻlsa qanday toʻlash va h.k.) – Intervyuga tayyorgarlik (agar boʻlsa) – Mos grantlarni topish, grant uchun hujjatlarni qanday tayyorlash – Viza uchun ariza topshirish jarayoni (hujjatlar, intevyuga tayyorgarlik va h.k.) – Ketish oldi tayyorgarligi va boshqalar Bu kurs uchun qabul 2026-yil 1-fevral, 23:59 gacha davom etadi. Mentor haqida qisqacha – Erkinov Shoxbos Italiyaning Tusha universitetida UNITUS Scholarship toʻliq stipendiyasi asosida oʻqiydi (magistr). – Mentorlik kurslari orqali 200 dan ortiq oʻquvchini tayyorlagan – IFWY International Forum (Shveytsariya), World Youth Festival (Rossiya), HPAIR Conference (AQSH), MCW Global Young Leaders Fellowship (AQSH) va boshqa dasturlar gʻolibi. – Rektor stipendiyasi va Qishloq Xo‘jaligi Vazirligi granti sohibi. – Erasmus+ doirasida Turkiya, Italiya, Bolgariya, Ruminiya, Xorvatiya va Fransiyada almashinuv dasturlarida qatnashgan. Roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat qiling: @MrAsgo_admin ☝️MUHIM: Murojaat qilishdan oldin USHBU QOʻLLANMA bilan batafsil tanishib chiqing. Unda kurs tarkibi, ayrim talablar va narxlar haqida batafsil maʼlumot berilgan.

  • 29 дек.87,2 тыс21485

    Turkiya burslari boʻyicha mentorlik kursi uchun yangi guruh va individual darslarga qabul! Koʻplab nomzodlarning talablariga binoan, @Grantlar_namuna loyihasi Turkiya burslari boʻyicha toʻliq tartibli professional mentorlik kursi uchun yangi guruh ochilayotganini eʼlon qiladi. Kurs kim uchun? Bakalavriat, magistratura yoki doktoranturani Turkiyada ingliz yoki turk tilida toʻliq grant asosida oʻqimoqchi boʻlganlar uchun. Kursning asosiy jihatlari: 1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi. 2. Hujjatlarni (motivatsiya xati va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi. 3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi. 4. Suhbatga alohida tayyorgarlik. 6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi. Ma'lumot uchun: Turkiya burslari dasturi Turkiyada deyarli bacha sohalarda (jumladan, tibbiyot, stomatologiya va farmasevtika sohasida ham) toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi. Kursni kim olib boradi? Kurs Turkiya burslari granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi. Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari: – “Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021). – “Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021). – Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020). – “The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019). – Toshkentdagi Amerika markazining onlayn loyihalar uchun grantini qoʻlga kiritgan (2022-yil). Kurs mashgʻulotlari Zoom konferensiyalar va/yoki telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi. Dasturga qatnashish uchun 2026-yil 30-yanvar, soat 23:59 gacha roʻyxatdan oʻtish lozim. Hozirda oxirgi sinf yoki bosqichda oʻqiyotgan oʻquvchilar va talabalar ham topshira oladi. Kurs, kurs narxi haqida batafsil maʼlumot olish va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @abdulaziz_murtozaev

  • 19 нояб.57 тыс36438

    Erasmus Mundus grantiga topshirmoqchi boʻlganlar (topshirayotganlar) uchun maxsus! @Grantlar_namuna loyihasi Erasmus Mundus boʻyicha toʻliq tartibli mentorlik kursini eʼlon qiladi. Kursning asosiy jihatlari: 1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi. 2. Hujjatlarni (motivatsiya xati, CV va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi. 3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi. 4. Suhbatga alohida tayyorgarlik. 6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi. Maʼlumot uchun: Erasmus Mundus dasturi magistraturani Yevropa davlatlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi (kontrakt summasi qoplanadi, oylik stipendiya 1400 yevro va sugʻurta xarajatlari qoplanadi). Kursni kim olib boradi? Dastur Erasmus Mundus granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi. Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari: – “Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021). – “Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021). – Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020). – “The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019). Dastur mashgʻulotlari Zoom konferensiyalar va telegramda shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi. Dasturga qatnashish uchun imkon qadar ertaroq roʻyxatdan oʻtish lozim. Bakalavriatni bitirganlar yoki hozirda bakalavriatning oxirgi bosqichida o'qiyotganlar qatnashishi mumkin. MUHIM: Dastlab siz oʻqimoqchi boʻlgan soha mavjudligini BU YERDAN tekshirib oling. Kurs, uning haqi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @abdulaziz_murtozaev @grantlar_namuna

  • 10 нояб.20,7 тыс59152

    Green Card (DV-2027) jarayonida yangiliklar AQSh Davlat departamenti DV-2027 lotereyasiga ariza topshirish tartibida ba’zi texnik va tashkiliy yangilanishlar bo‘lishini ma’lum qildi. O‘zgarishlar dastur mohiyatiga ta’sir qilmaydi, ular faqat ro‘yxatdan o‘tishni va natijalarni ko‘rishni qulaylashtirishga qaratilgan. DV-2027 qachon boshlanadi? Ro‘yxatdan o‘tish va natijalarni tekshirish sanalari yaqin kunlarda e’lon qilinadi. Yangi tartib: 1 dollar to‘lov 2025 yil sentyabrdan boshlab DV lotereyasida ishtirok etish uchun 1 dollar miqdorida to‘lov joriy etildi. Bungacha ishtirok bepul edi, faqat yutganlar viza uchun 330 dollar to‘lardi. Yangi tizim: • arizalar sonini tartibga solishi, • soxta ariza topshirish holatlarini kamaytirishi kutilmoqda. Viza topshirish muddati o‘zgarmagan DV-2027 g‘oliblari vizani 2026 yil 1 oktabrdan 2027 yil 30 sentyabrgacha topshirishi mumkin. DV bo‘yicha statistika Har yili 50 mingga yaqin immigratsiya vizasi kvotasi past immigratsiya ko‘rsatkichiga ega davlatlar fuqarolari o‘rtasida taqsimlanadi. Natijalar faqat Entry Status Check (ESC) tizimi orqali tekshiriladi. Oxirgi statistikaga ko‘ra (DV-2025): • 🇺🇿 O‘zbekiston – 5.5 ming g‘olib bilan 1-o‘rinda, • 🇰🇬 Qirg‘iziston, 🇹🇯 Tojikiston, 🇰🇿 Qozog‘iston keyingi o‘rinlarda. Xulosa DV-2027 boshlanishi yaqin. Ariza topshiruvchilar texnik jarayonda ba’zi yangilanishlarni kutishlari mumkin, ammo umumiy tartib o‘zgarmagan. @grantlar_namuna

  • 29 окт.21,7 тыс2378

    Yozuvchi va havaskorlar uchun tanlov: bolalar uchun eng yaxshi ijodiy ish Bolalar kontentini rivojlantirish markazi yozuvchi va shoirlar o‘rtasida milliy ertaklar yo‘nalishida ijodiy tanlov e’lon qildi. Tanlovda siz: - milliy ertaklarni zamonaviy talqinda qayta yozishingiz; - yoki butunlay yangi, original ertak yaratishingiz mumkin. Ertaklar quyidagi g‘oyalarga asoslanishi lozim: - adolat, mehnatsevarlik, birdamlik va jamoaviylik; - yovuzlikka qarshi kurashish va yaxshilikni targ‘ib etish; - qiz bolalarning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatish; - bolalarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish. Eng yaxshi ertaklar ekspertlar kengashi tomonidan tanlanadi va yagona to‘plam shaklida nashr etiladi. Mualliflarga gonorar to‘lanadi. 👉 Batafsil ma’lumotni shu yerdan olishingiz mumkin. Yirik hajmdagi ertaklar va ertak-qissalar alohida nashr etiladi, mualliflarga gonorar belgilanadi va ular asosida ertak-filmlar suratga olinadi. Agar ertaklar asosida qisqa yoki to‘liq metrajli filmlar yaratilsa, mualliflar qo‘shimcha gonorarga ega bo‘ladilar. Hujjatlar qabul muddati: 28-oktabr – 28-noyabr, 2025-yil Aloqa: ✉️ press@bolalarkontenti.uz ✉️ childrenscontentuz@gmail.com ☎️ +998 55 511 15 05 (ichki 1005) Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 2-“A” uy @grantlar_namuna

  • 23 окт.18,9 тыс1884

    YPIP Regional Accelerator Workshop: talabalar uchun bepul trening Talabalar uchun Urgench, Qarshi, Farg‘ona va Buxoro shaharlarida o‘tkaziladigan bir kunlik “Entrepreneurship, Startups va Business Development” trening tashkil etilmoqda. Dastur YPIP doirasida American Councils for International Education tomonidan tashkil etilib, AQSh Elchixonasi (Toshkent) tomonidan moliyalashtiriladi. Treningni AQShlik mutaxassis olib boradi va ishtirokchilarga tadbirkorlik, innovatsiya hamda biznes rivoji bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni beradi. Nimalarni o‘rganasiz: * Tadbirkorlik muammolarni yechish va yangi qiymat yaratish * Mijoz ehtiyojlarini tushunish va qiymat taklifini ishlab chiqish * G‘oyalarni samarali ifodalash va jamoada ishlash Qachon va qayerda: * 17-noyabr — Urgench va Qarshi * 19-noyabr — Farg‘ona va Buxoro Ariza topshirish muddati: 28-oktabr, 2025 👉 Ariza topshirish havolasi Qo'shimcha savol va murojaatlar uchun: ypip@americancouncils.org @grantlar_namuna

Hujjat topshirish jarayonlari — tgindex