Rahmonova_blog
Статистика📨 Yangiliklar 📝 Fikr, mulohazalar 📊 Tahlil ✅ Xulosa!
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 90
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 61
- 1/48двое суток
- 69
- 1/72трое суток
- 75
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🎉12-avgust — Xalqaro yoshlar kuni! 🌎 Bugun dunyo bo‘ylab yoshlarning huquqlari, imkoniyatlari va jamiyat hayotidagi o‘rni haqida so‘z yuritiladigan kun. O‘zbekiston — yoshlar mamlakati. Bugungi kunda yurtimizda har bir yigit-qizning o‘z salohiyatini namoyon etishi, sifatli ta’lim olishi, zamonaviy kasb va xorijiy tillarni egallashi hamda o‘z tadbirkorlik va startap loyihalarini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Sizning bilimga bo‘lgan intilishingiz, tashabbuskorligingiz va g‘ayrat-shijoatingiz Yangi O‘zbekistonning eng katta boyligi hamda harakatlantiruvchi kuchidir. 💐 Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan barcha yoshlarni Xalqaro yoshlar kuni bilan samimiy tabriklaymiz! Qadrli yoshlar! Doimo izlanishdan, katta maqsadlar sari intilishdan va o‘z ustingizda ishlashdan to‘xtamang. Sizning har bir muvaffaqiyatingiz — mamlakatimiz muvaffaqiyatidir! #WorldYouthDay #XalqaroYoshlarKuni ✅Telegram🌐Instagram✅Facebook
Mustaqillikning 35 yilligiga o‘z hissangizni qo‘shing! Yurtimiz ravnaqiga xizmat qiladigan tashabbusingizni "35 000 tashabbus" loyihasiga yuboring. Asosiy maqsad: Barcha yoshlarda Mustaqillik to’yonasiga dahldorlik hissini oshirish! 📅 1–31-avgust Yuborish: tashabbus.yito.uz O‘z tashabbusingiz bilan tarixda iz qoldiring! ✅Telegram🌐Instagram✅Facebook
5-19-yoshli bolalar uchun Xalqaro kimyo va sanʼat tanlovi: rasm chizib pul mukofoti yutib oling Ushbu tanlovda 5-19 yoshli barcha qatnashishi mumkin. Ishtirokchilardan “Chemistry Powering our Planet (Sayyoramizni quvvatlayotgan kimyo)” mavzusida rasm chiqish va uni JPG yoki PNG shaklida topshirish talab etiladi. Tanlov quyidagi yoshlar kesimida oʻtkaziladi: – 5-8 yosh – 9-12 yosh – 13-15 yosh – 16-19 yosh Mukofotlar: – Har bir kesim boʻyicha gʻoliblar 350 AQSH dollari bilan mukofotlanadi – Ishtirokchilarga sertifikat beriladi – Sovrindor shlar onlayn platformalarda namoyish etiladi Ishla 2026-yil 1-avgustdan 1-oktabrgacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/international-chemistry-art-competition/ ✅Telegram🌐Instagram✅Facebook
🇨🇳Magistraturani Xitoyda o'qish uchun grant dasturi — Schwarzman Scholars Moliyalashtirish: To’liq Til talabi: Ingliz tili (C1 daraja) Yosh chegarasi: 18-28 Kimlar uchun ➡️Ishtirokchi bakalavr darajasiga ega bo'lishi yoki dastur boshlangunga qadar bakalavriatni tugatishi lozim; ➡️Akademik ko'rsatkichlari yuqori bo'lishi kerak. Foydali tomonlari ➡️O'qish to'lovlari to'liq qoplanadi; ➡️Xitoyga borish-kelish xarajatlari to'lab beriladi; ➡️Yashash xarajatlari, turarjoy va oziq-ovqat uchun stipendiya ajratiladi va b. Dastur haqida ➡️Dastur Xitoyning Beijing shahriTsinghua University universitetida bir yillik magistratura kurslarida oʻqish imkoniyatini beradi. ⏰️Oxirgi muddat: 10-sentyabr, 2026 ➡️Batafsil: grantgo.uz/go/91798 #grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Xitoy ✅Telegram🌐Instagram✅Facebook
#volontyorlarOilasi #volontyorlarQabuli #triatlon 🥇 Dunyoning qadimiy shaharlaridan biri - Samarqandda - oilaviy unutilmas sport festivaliga aylanishni va'da qilgan 🇺🇿 🤾♀️🤾♀️🤾♀️🤾♀️ ❤️(uchkurash) bo'yicha Xalqaro havaskorlar poygasi bo'lib o'tadi 🔥Challenge Samarkand 2026!🔥 🗓O'tkazilish sanasi: 12–13-sentyabr 🟢volonyorlarga taqdim etiladi ✅ maxsus ekipirovka; ✅ ovqatlanish; ✅ beqiyos tajriba va unutilmas xotiralar! Yosh chegarasi: 18+ ⚠️ Ustunlik qo’shimcha til bilgan va volontyorlik loyihalarida faol ishtirok etganlarga beriladi 🖥Ro'yxatdan o'tish uchun havola : https://tanlov.forms.app/challenge2026 ⏳ Muddat: 20-avgust, 2026-yilgacha. ESLATMA: Hududlardan qatnashuvchilar uchun Samarqand shahrigacha yo‘l va turar joy xarajatlari qoplanmaydi ✅Telegram🌐Instagram✅Facebook
Плохой месяц с субботы не начинается.
🎮 Samarqand viloyatida kibersport musobaqalariga start beriladi! Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park hamkorligida Samarqand viloyatida yoshlar o‘rtasida PUBG yo‘nalishi bo‘yicha kibersport musobaqalari bo‘lib o‘tadi. 👤 Ishtirokchilar: 14–30 yoshdagi yoshlar. 🎯 Musobaqaning maqsadi – yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kibersportni ommalashtirish hamda ularning jamoaviy ishlash, strategik fikrlash va raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish. 🏆 G‘oliblar quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin – Smartfon; 🥈 2-o‘rin – Yandex Station Alisa; 🥉 3-o‘rin – Simsiz quloqchin. 🗓 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 10-avgust (shu kungacha). 🎮 Musobaqa sanasi: 2026-yil 12-avgust. 📍 Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Amir Temur ko'chasi 224-uy. Mo'ljal : Atlas Savdo Markazi ‼️ Ishtirok etish bepul. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: 👉Bu yerda ✅Telegram🌐Instagram✅Facebook
13-19 yoshli o'quvchilar uchun Xalqaro Brain Bee tanlovi: miya haqidagi bilimingizni sinab ko'ring Brain Bee – bu oʻsmirlar va o'rta maktab o'quvchilari (odatda 13-19 yosh) o'rtasida o'tkaziladigan xalqaro neyrologiya (miya va asab tizimi) tanlovidir. Tanlov maqsadi: yoshlarni miya anatomiyasi va funksiyalarini o'rganishga ilhomlantirish hamda kelajakda nevrologiya va tibbiyot sohalarida faoliyat yuritishga qiziqtirish. Hozirda ushbu tanlovning Oʻzbekiston milliy bosqichi uchun arizalar qabul qilinmoqda. Milliy bosqich gʻolibi Xalqaro Brain Bee jahon chempionatiga yoʻllanma oladi. Arizalar 2026-yil 25-iyul 21:00 gacha qabul qilinadi. Tanlov 2026-yil 26-iyul kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/blog/brain-bee-tanlovi/ ✅Telegram🌐Instagram✅Facebook
Schwarzman Scholars: Dunyoning 12-raqamli universitetida magistraturani toʻliq grant asosida oʻqing; joy 150 tagacha! Mazkur grantni qoʻlga kiritganlar Xitoyning Tsinghua universitetida magistratura bosqichida oʻqiydi. Grant imkoniyatlari: – Kontrakt puli va boshqa universitet badallari qoplanadi. – Turar joy va oziq-ovqat. – Pekinga borish-kelish xarajatlari qoplanadi. – Xitoydagi tadqiqot turi va uning xarajatlari qoplanadi. – Kerakli kitoblar va boshqa materiallar ta’minlanadi. – Sog’liq sug’urtasi to’lab beriladi. – Yashash xarajatlari uchun stipendiya ajratiladi. – Har bir talabaga Lenovo noutbuki beriladi. Bu yilgi qabulda ushbu dasturga butun dunyodan 150 tagacha talaba qabul qilinadi. Qabul qilinganlarning barchasiga avtomatik tarzda grant beriladi. Bu yilgi qabul 2026-yil 9-sentabrgacha davom etadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/schwarzman-scholars/ ✅Telegram🌐Instagram✅Facebook
Ishga qabul qilishda dastlabki sinov muddati kimlarga belgilanmaydi? ✔️ Homilador ayollarga; ✔️ 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarga; ✔️ 3 yoshga to‘lmagan bolani yolg‘iz tarbiyalayotgan ota (vasiy)ga; ✔️ Ijtimoiy ehtiyojmand toifadagilarga; ✔️ 6 oygacha muddatga shartnoma bilan ishga olinayotganlarga; ✔️ 18 yoshga to‘lmaganlarga... 👉 Agar mehnat shartnomasida dastlabki sinov nazarda tutilmagan bo‘lsa, xodim sinovsiz ishga qabul qilingan hisoblanadi. ➡️ Batafsil ✅Telegram🌐Instagram✅Facebook
#illustratsiya Suratda eski jahonda mashhur kitoblarda ishlatilgan suratlar, illustratsiyalar jam boʻlgan. LINK 👉 oldbookillustrations.com ✅Telegram🌐Instagram✅Facebook
#reyting Ushbu saytda smartfonlarning ishlash tezligi boʻyicha mashhur AnTuTu testining reytingi bilan tanishishingiz mumkin. LINK 👉 antutu.com/en/ranking/rank1.htm ✅Telegram🌐Instagram✅Facebook
🇨🇦Kanadada magistratura yoki bakalavr o'qish imkoniyatini beruvchi McCall MacBain Scholars grant dasturi Moliyalashtirish: To’liq Til talabi: Ingliz tili (IELTS 6,5) Kimlar uchun ➡️McGill universitetining 2027-yil kuzida boshlanadigan to'liq muddatdagi magistratura yoki ikkinchi darajali professional bakalavr dasturi talablariga javob beradigan talabalar topshira oladi. Foydali tomonlari ➡️O'qish kontrakt to’lovi va qo'shimcha to'lovlar qoplanadi; ➡️Oyiga 2,000 Kanada dollari miqdorida yashash xarajatlari uchun stipendiya; ➡️Monrealga ko'chib o'tish xarajatlari qoplanadi. Dastur haqida ➡️Stipendiya dasturi Kanadada o’qimoqchi bo’lgan, istalgan yoʻnalishdagi 50 nafar xalqaro talaba uchun ajratiladi. ⏳Oxirgi muddat: 19-avgust, 2026 ➡️Batafsil: grantgo.uz/go/91530 ✅Telegram🌐Instagram✅Facebook
🟡 Kredit ma'lumotlaringizni nazorat qilish endi yanada oson! 🔐 Fuqarolarga o‘z moliyaviy majburiyatlarini masofadan turib, tezkor va qulay nazorat qilish imkoniyatini berish maqsadida my.gov.uz portalida «Kredit-axborot tahliliy markazi» kredit byurosi bilan hamkorlikda yangi elektron xizmatlar ishga tushirildi. 👉 Mazkur xizmatlar yordamida quyidagilarni amalga oshirishingiz mumkin: 🔵 Yangi kredit rasmiylashtirilganligi haqida xabarnoma olishni faollashtirish: Nomingizga yangi kredit rasmiylashtirilganda, bu haqida telefoningizga zudlik bilan SMS-xabar keladi. Bu firibgarlik holatlarining oldini olishga yordam beradi. 🔵 Asosiy qarz bo‘yicha muddatidan o‘tgan kredit to‘lovlari holatini tekshirish: Kredit to‘lovlari bo‘yicha kechikishlar va muddati o‘tgan qarzdorliklar holatini istalgan vaqtda tekshirishingiz mumkin. 🔵 Kreditlar bo‘yicha joriy kafillik majburiyatlari to‘g‘risida ma’lumot olish: Boshqa shaxslarning kreditlari bo‘yicha bergan joriy kafilliklaringiz haqida to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin. ❗️Ma’lumot uchun: Xizmatlar belgilangan to‘lovlar asosida ko‘rsatiladi. 👨💻 Moliyaviy xavfsizligingizni my.gov.uz bilan ta’minlang! —— ✅Telegram🌐Instagram✅Facebook
Janubiy Koreya: Dunyoning 53-raqamli oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant! Koreyadagi KAIST oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga KAIST International Student Undergraduate Scholarships grantini taklif qiladi. Grant imkoniyatlari: – Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi. – Oyiga 238 AQSH dollari stipendiya. – Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi. 2027-yilda oʻqishni boshlash uchun qabul muddati: – 2026-yil 22-sentabrdan 22-oktabrgacha (oʻqish 2027-yil bahorgi semestrdan) – 2026-yil 10-noyabrdan 2027-yil 14-yanvargacha (oʻqish 2027-yil bahorgi yoki kuzgi semestrdan) Batafsil👇 https://grantlar.uz/kaist-bakalavr-kursi/ ✅Telegram🌐Instagram✅Facebook
Startuplar uchun imkoniyat @uzcombinator yangi mavsumni boshladi. Birinchi mavsumda loyihalar $1 mln atrofida sarmoya jalb qila olishgan edi. Hoziroq ro’yxatdan o’ting: @uzcombinator
🎓 Foydali: Top universitet grantlari haqida 3 ta fakt Xalqaro nufuzli universitetlarda grant asosida o'qishning mezonlari, foydasi va boshqa ba'zi qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etmoqchimiz. ➡️ Raqobat: – Top universitetlarga dunyoning turli burchagidan minglab talabalar ariza topshiradi. Ko'plab abituriyentlar to'liq moliyashtirilgan grantlar uchun kurashadi. – Ba'zi nufuzli universitetlarning qabul qilish ko'rsatkichi va grantlar soni juda past bo'lishi mumkin. Shu sababdan, eng ilg'or va tirishqoq nomzodlarni saralab olishga harakat qilishadi. ➡️ Baholash mezonlari: – Grantlar nomzodlarning akademik ko'rsatkichlari, moliyaviy ehtiyoj, yetakchilik salohiyati, darsdan tashqari faoliyati va iste'dod talab etuvchi sohalarda qilgan ishlariga (masalan, sport, san'at) ko'ra turli mezonlar asosida beriladi. ➡️ Grant turlari: – Har xil turdagi grantlar mavjud: iste'dodga asoslangan grantlar, ehtiyojga asoslangan grantlar, sport, xilma-xillik stipendiyalari va muayyan ta'lim yoki tadqiqot yo'nalishlari uchun grantlar. 🔗 Batafsil bu yerda ✅Telegram🌐Instagram✅Facebook
🔔 Diqqat, ajoyib xabar! "Vatan mehri" tanlovi muddati uzaytirildi va sovrinlar ko‘paydi! Ko‘plab talab va istaklarni inobatga olib, "Vatan mehri — Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus" tanlovida qatnashish istagida bo‘lgan volontyorlar uchun qabul muddatini 15-iyulga qadar uzaytirishga qaror qildik! 🎉 Eng zo‘r yangilik esa — g‘oliblar soni oshdi! Endilikda 20 emas, naq 50 nafar eng faol va tashabbuskor volontyor qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritadi. Biz sizlar uchun quyidagi yutuqlarni tayyorlab qo'ydik: 📱 10 ta zamonaviy telefon 🚲 10 ta velosiped 🎁 30 ta maxsus sirli sovg‘a 🗓 Yangi muddatlar bilan tanishing: 🇺🇿 Arizalar qabul qilishning oxirgi kuni: 15-iyul 🇺🇿 Loyihani amalga oshirish davri: 15-iyul — 15-avgust ✅ Manba Kuzatib borish uchun: 🇺🇿Telegram |🇺🇿Instagram |🇺🇿Youtube
#font Ushbu ajoyib sayt orqali siz professional, mashhur va koʻp ishlatiladigan shriftlarni bepulga yuklab olishingiz mumkin. P.s. Shriftlardan kompyuterda foydalanishingiz mumkin. LINK 👉 ru.ffonts.net ✅Telegram🌐Instagram✅Facebook
🎉 UzCombinator 45 kunlik Akseleratsiya dasturining 2-mavsumi rasman ochildi! Kutganmidingiz? Endi startapingizni haqiqiy daromadli kompaniyaga aylantirish vaqti keldi! 🚀 Ammo keling, dastlab sizni 1-mavsumdagi ajoyib natijalarimiz bilan tanishtiraylik: 📊 1453 ta arizadan 31 ta founder akseleratsiyaga qabul qilindi 🧠 435 ta eksklyuziv sessiyalar o'tkazildi 💰 Demo Day'da jami $975,000 investitsiya jamlandi 🔥 Endi esa sizni 2-mavsumda nimalar kutmoqda? 💡 45 kun davomida mutlaqo bepul startap ilmini olish 💻 Barcha kerakli va zamonaviy texnikalarga ega qulay ofis 🤝 Startapingizni qurishingizda yonma-yon turib, individual yordam berish 💵 $1000 stipendiya 💸 Demo Day'da $1,000,000 gacha investitsiya olish! ⚠️ Ariza topshirish uchun oxirgi muddat: 20-iyul! ⚠️ Nafaqat startapingizni, balki butun hayotingiz yo'nalishini 180°C ga burib yuboradigan bunday ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy bermang. 👇 Hoziroq quyidagi havola orqali o'z arizangizni topshiring: https://uzcombinator.uz/apply ✅Telegram🌐Instagram✅Facebook