tgindex
Azizbek Makhmudov

Azizbek Makhmudov

Статистика
@Azizbekcanузбекский

Contact info : @Azizbeck2 Azizbek Maxmudov shaxsiy blogi. Ayni paytda 🇨🇦Kanadaning Windsor shahrida yashayman. Kanadani ko’rsataman va shaxsiy fikrlarimni yozaman. Postlar o’zbek va ingliz tilida ba’zida esa uzenglish tilida yoziladi.

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
23
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
229
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
244
23 постов
Вовлечённость
106,6%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 23
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
51
1/48двое суток
58
1/72трое суток
63

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • Qiziq bir voqeani bo’lishmoqchiman: Dadamni bobosi(Ahmad bobo) 2-jaxon urushida qatnashgan, o’zini qarindoshlarga aytib berishi bo’yicha Berlingacha raqiblarni quvib borgan va uyga omon qaytgan kam sonli omadli* askarlardan bo’lgan. Uyga qaytgandan so’ng oila qurib, 9 nafar farzandni otasi bo’lgan. Xaqiqiy iroda va qahramonlik timsoli. Ammo, u inson haqida yana bir qiziq hikoya bor, tahminan 18-20 yoshlar atrofida bo’lganlarida: U kishini otalari Ahmad bobomni chegara ortiga, Afg’onistonga, u davlatni o’rganishga yuboradi. Sabab oddiy, rus mustamlakasi va umuman boshqa millat va boshqa din* vakillari hukumronligi ostida bundan buyon kun kechirish qanday bo’lishi qorong’u edi. Oradan 3 kun o’tib, saxarlab bobom hafsalasi pir bo’lgan holda qaytib keladi va Afg’onistonga xech qachon bormaslik kerakligini va u yerda ahvol ancha yomonroq ekanligini aytadi va shu bilan bizni oilamiz Termizda, o’sha paytdagi O’zbekiston SSR hududida qolishadi. Bobomni bu qilgan ishi biz avlodlari uchun 2-jaxon urushini borib yutib kelganidan kam salmoqli emas, balkim ko’proqdir ham. Bu yil 110-yillik yubileyini nishonlagan Ahmad bobomga o’sha paytda qilgan qarori uchun rahmat aytmoqchiman, shu inson tufayli biz tinch yurtda tug’ilib katta bo’ldik.

  • Bola o’qishni xohlamasa, majburlab o’qitish kerak deb aytardi rahmatli bobom. Birinchi eshitgan paytlarim qo’shilmasdim bu gapga, o’ylardimki bolaga qo’yib berish kerak nimani xohlasa shu bilan shug’ullanishga. Masalan, bir jiyanim futbolchi bo’laman deb fan to’garagiga bormay qolganda, uni qisman qarorini qo’llab quvvatlaganman. Lekin, hozir fikrim biroz o’zgardi, yosh bola hali maktab davrida bo’lganda unga foydali odatlarni majburlab singdirish kerak ekan. Agar shunday qilsangiz, o’sha paytda bola ota-onasidan xafa bo’lib ulardan arazlashi mumkin, ammo yoshi katta bo’lganda butun umr rahmat aytadi. Agar teskarisi bo’lsa, hozir qulog’ingiz tinch bo’ladiyu, lekin farzandingiz butun umr sizni ayblaydi uni qanday qilib bo’lsa ham o’qitmaganingizga. Men bola o’qishni xohlamasa uni majburlab o’qitish kerak degan fikrni qo’llab quvvatlayman.

  • Spiderman: Brand New Day Good movie ✅

  • Atrofdagilarni sizga ta’siri haqida ajoyib surat, yuqoridagi 2 sabzirang sharlar bir xil o’lchamga ega. Buni hayotimizni juda ko’p jabhalariga bog’lasak bo’ladi… Atrofingizni to’g’ri tanlang!

  • Azizbek Makhmudov pinned a video

  • Maria Skladovska Kyuri Maria polshalik fizik-kimyogar olima ayol. Dunyo tarixini o’zgartirib yuborgan sanoqli insonlardan biri. Unga yoshligida ayollar science sohasida xech qachon erkaklar darajasiga chiqa olmaydi, undan ko’ra fabrikada ishla deb ko’p marotaba aytishgan. Uni ustidan kulishgan va xech kim ishonmagan. Lekin u nima qildi… taslim bo’lmadi. - Dunyo tarixida birinchi Nobel olgan ayol. - Dunyo tarixida Parij universitetida birinchi professor ayol. - Hozirgi kungacha dunyo tarixida yagona 2 turli xil science sohalarida Noble olgan odam. (Kimyo va Fizika) -Mendeleev davriy jadvalidagi 2 ta elementni topgan birinchi ayol( Polonium va Radium) - Parijdagi o’sha paytgacha faqat yuqori martabali insonlar dafn etiladigan Panteom qabristonida dafn etilgan birinchi ayol. Bu ro’yxatda yana davom ettirish mumkin. Qizlar o’qishi shart. Va qizlar ilm-fan bilan shug’ullanishga haqqi bor, ular faqat doktor bo’lishi kerak degan o’ydan voz kechish kerak. Agar bir vaqtlar bizni rahmatli onamiz o’qimaganlarida edi, ilm-fan sohasidan ketmaganlarida, bugun biz men va singlim umuman ilmdan uzoq yo’llarda yurgan bo’lardik. Nafaqat o’z farzandlarini balki boshqalarni ham farzandlarni o’qitish kerak ekanligiga ishontirib, ko’plab ota-onalarni fikrlarini o’zgartira olgandilar. Ona o’qimishli bo’lsa millat o’qimishli bo’ladi deb bekorga aytishmas ekan. Qizlar, sizlar ham xuddi yigitlar kabi ilm olishga, o’zingiz xohlagan sohani tanlab o’qishga teng haqlisizlar. Kosmonavt bo’lmoqchimisiz, bo’ling! Stuardessa emas uchuvchi bo’lmoqchimisiz, sizni qo’lingizda! Kelajak avlodni ilmli bo’lishi uni onasini ilmli qilishimizdan boshlanadi!

  • Talk is cheap, Let your actions speak!

  • First time ever I have watched a movie in IMAX format. The Odyssey, another masterpiece by Christopher Nolan! 👏 Kinoteatrda, iloji bo’lsa IMAXda ko’ringlar!

  • без подписи

  • без подписи

  • Ontario shimolidagi Thunder bay hududida o’rmonlar yong’in ostida qoldi. Yong’inlar ta’siri butun Ontario janubini va Aqshning Ontario bilan chegara shtatlarini ham qoplab oldi, shu jumladan Windsor havosi ham hozir dunyoda eng ifloslangan shaharlar Top 10ligida bo’lib turibdi.

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи