20-sonli BMSM Bekobod shahar
СтатистикаTOSHKENT VILOYATI BEKOBOD SHAHAR 20-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 190
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 42
- 1/48двое суток
- 48
- 1/72трое суток
- 51
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Bu_fakt 📝 Qonunchilik... Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida boshlangan islohotlarda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish va sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish hamda milliy madaniyatimizni jahonga tanitishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, so‘nggi 10 yilda madaniyat va san’at sohasiga oid O‘zbekiston Respublikasining 4 ta Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 64 ta Farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 129 ta qarori va farmoyishlari qabul qilindi. Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jonli ijro san’atini yanada rivojlantirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunlari qabul qilindi. ➡️ Qabul qilingan huquqiy asoslarga ko'ra, ✔️ soha xodimlari maqomini oshirish maqsadida 15-aprel – Madaniyat va san’at xodimlari kuni etib belgilandi; ✔️ Madaniyat va san’at sohasiga fidokorona mehnat qilgan, yuqori natijalarga erishgan soha xodimlari hamda fuqarolarni rag‘batlantirish maqsadida, “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni ta’sis etildi; ➡️ Shuningdek, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga asosan, ✔️ 2018-yildan "Xalqaro maqom san’ati anjumani"; ✔️ 2019-yildan "Xalqaro baxshichilik san’ati festivali"; ✔️ 2022-yildan “Lazgi xalqaro raqs festivali" tashkil etilib, o‘tkazilib kelinmoqda. Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt |YouTube|Mediabank
#Respublika_kengashi ⚡️ 2026-yil 19-avgust kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim tashkilotlarining Respublika kengashi bo‘lib o‘tadi. Mazkur Respublika kengashi Madaniyat vazirligi tizimidagi oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari, oliy maktablar, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab internatlari, bolalar musiqa va san’at maktablari direktorlari shuningdek, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari direktorlarini bir maydonda jamlaydi. Kengash doirasida madaniyat va san’at ta’limida erishilgan natijalar sarhisob qilinib, istiqboldagi maqsadlar, sohani yanada rivojlantirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda tizimni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama etiladi. Bu — ilg‘or g‘oyalar tutashadigan, boy tajribalar almashinadigan, yangi tashabbuslar shakllanadigan va kelajak taraqqiyoti sari muhim qadamlar belgilanadigan nufuzli muloqot maydonidir. Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at ta’limining yangi sahifasini birgalikda ochamiz. 💠 Barcha yangiliklarni Markazning rasmiy sahifalarida kuzatib borishingiz mumkin: 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 📱 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📱 Youtube
#chorlov Joriy yil 21-22-avgust kunlari Parkent tumani, Zarkent qishlog‘ida “Uzum sayli” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi. Barcha yurtdoshlarimizni Parkentning betakror va go‘zal tabiatidan, "Uzum sayli"ning chinakam zavqidan bahra olishga chorlaymiz! Sayilga marhamat! ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
#fursat_7 | 9.08.2026 | 18:00 📌Angren shahri IQTIDORLI YOSHLAR – MILLIY SAN’AT KELAJAGI Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling! Telegram | Instagram YouTube | Facebook
#Tanlov 🔥 “Marhabo, talantlar — 2026” Respublika ko‘rik-tanlovi o'tkaziladi! O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi hamda “Zamin Prof Art” bilan hamkorlikda: respublikamiz yoshlarini birlashtiruvchi “Marhabo, talantlar — 2026” Respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi! Ushbu tanlov madaniyat va san’at sohasida ijod qilib kelayotgan yosh iste’dodlarni kashf etish ularni qo‘llab-quvvatlash, milliy san’atimizni yuksak darajalarga olib chiqish hamda ijodkor yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilmoqda. Tanlov – vokal, cholg‘u ijrochiligi, xoreografiya, teatr aktyorligi hamda tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan ijodkorlar Lotin alifbosida (https://t.me/zaminprofart) maxsus havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va o‘z arizalarini yuborlishlari talab etiladi. Tanlovda 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan havaskor va professional ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin g‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishadi. Eng yuqori natijani qayd etgan Gran-pri sohiblari esa Dubay sayohati bilan taqdirlanadi. Arizalar joriy yilning 1-sentyabr sanasiga qadar qabul qilinadi. Batafsil ma’lumot uchun telefon +99894 368 65 65 Shoshiling joylar soni cheklangan. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank
🗣📣📣📣 Shoshiling, qabul boshlanmoqda! 🏢 Bekobod shahar 20-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi 2026-2027 oʻquv yili uchun, musiqa va san’atga mehr qo’ygan aziz bolajonlarni 40 ga yaqin yo’nalishlar boʻyicha oʻqishga taklif etadi!!! 🎼🎹 Fortepiano 🎼🎻 Torli cholg‘ular (skripka) 🎼🎸 Estrada cholg‘u (fortepiano) 🎼 O‘zbek xalq cholg‘ulari: (chang, qashqar rubob, afg‘on rubob, dutor, doira, g‘ijjak) 🎼🎺Damli va zarbli cholg‘ular: (fleyta,baraban) 🎼🪕Anʼanaviy cholg‘u yoʻnalishi:(doira) 🎼🎤Anʼanaviy xonandalik 🎼🎤 Estrada xonandalik 🎼 Akademik vokal 🎭 Teatr va kino aktyorligi 💃 Raqs 🎨 Tasviriy sanʼat 🧵Amaliy san‘at: -Zardo‘zlik -Liboslar dizayni Qabul 1-avgustdan boshlanadi! 🛣 Bizning manzil: 3-daha Shahriobod koʻchasi, 21-uy. mo‘ljal: NBU bank va MIB oraligʻida TOSHKENT VILOYATI MADANIYAT BOSHQARMASI Telegram | Instagram | Veb-sayt Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇸O‘zbekiston va AQSh strategik sherikligi yangi bosqichga chiqmoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. 🟢Suhbat davomida ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 🟢Qayd etilganidek, bugungi kunda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Uch yillik iqtisodiy hamkorlik dasturi izchil amalga oshirilayotgani, Ishbilarmonlik va investitsiya kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yilgani hamda hududlararo aloqalar kengayib borayotgani alohida ta’kidlandi. 🟢Shuningdek, fuqaro aviatsiyasi, avtomobilsozlik, tog‘-kon sanoati, energetika, metallurgiya, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar kabi ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani qayd etildi. 🟢Muloqotda global va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, xalqaro mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. 🟢Suhbat yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampni o‘zi uchun qulay vaqtda rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif qildi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official/17433
🔥 Diqqat, qabul davom etmoqda! 🎓 Bolalar musiqa va san’at maktablariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda! 1-avgustdan 25-avgustga qadar nomzodlarning hujjatlari onlayn tarzda qabul qilinadi. 💼 Arizalarni uydan chiqmagan holda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali yuborishingiz mumkin. ✔️ Hujjatlar faqat elektron shaklda qabul qilinadi. ✔️ Qabul jarayonlari belgilangan tartib asosida tashkil etiladi. ✔️ Ijodiy sinovlar va ularning natijalari amaldagi nizom talablari asosida o‘tkaziladi va rasmiylashtiriladi. Farzandingizning san’at va ijod olamiga ilk qadamini bugundan boshlang! 📌 Arizalarni qabul qilish muddati: 2026-yil, 25-avgust. ⭐️ Iste’dodga yo‘l — to‘g‘ri tanlovdan boshlanadi!
#OAV_biz_haqimizda 🇺🇿 So'nggi 10 yil davomida madaniyat va san'at sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida... ▶️ https://youtu.be/SujLeHxypbc?si=8bDT39BBEzMfDZqL 🔹Telegram 🔹Instagram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Seminar ⚡️ Madaniyat vazirligida bolalar musiqa va san’at maktablari direktorlarining malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar o‘tkazildi 👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/202955 Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank
#Bu_fakt 👨🎓 Ta'lim 📊 2017-yilgacha vazirlik tasarrufida 333 ta ta’lim muassasalari faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib Madaniyat vazirligi tasarrufida ushbu ko‘rsatkich 368 tani tashkil etmoqda. ➡️ Jumladan: ✔️ Toshkent shahrida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti, Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti kabi qator yangi oliy ta’lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularning soni 4 tadan 9 taga yetkazildi; (Xususan: Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi etib qayta tashkil qilinib, uning Urganch, filiali hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiallari tashkil etildi.) ✔️ Raqs, maqom, opera va baxshichilik san’ati yo‘nalishida o‘rta maxsus ta’lim muassasalari 23 tadan 31 taga ko'paydi; (Jumladan: Urganch, Buxoro, Farg‘ona shahahlarida maqom san’atiga, Termiz shahrida baxshichilik san’atiga, Nukus shahrida opera san’atiga, Urganch, Qarshi, Buxoro shahahlarida raqs san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab internatlari tashkil etildi.) ✔️ Hududlarda bolalar musiqa va san’at maktablari soni 21 taga ko‘payib, 305 tadan 326 taga oshdi; ✔️ Malaka oshirish markazi 1 tadan 2 taga yetdi; ✔️ 2017-yilda madaniyat va san’at yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchi-talabalar qamrovi 80,7 ming nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2025 – 2026-o‘quv yilida 105 ming 613 nafarni tashkil qilib, yillik qamrov 18 ming nafardan ortdi; ✔️ O‘quvchi-talabalarning xalqaro va respublika tanlovlaridagi yillik o‘rtacha ishtiroki 1 700 tadan 5 376 taga ko‘paygan; ✔️ Respublikadagi barcha 326 ta bolalar musiqa va san’at maktabida “Maqom alifbosi” hamda ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablarida “Maqom san’ati tarixi” o‘quv fani kiritildi; ✔️ 95 ta bolalar musiqa va san’at maktabida baxshichilik san’ati yo‘nalishi o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilib, 1 278 nafar iqtidorli yoshlar qamrab olindi. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank
без подписи
без подписи
без подписи