BAXT NURLARI 🌔
Статистика"Baxtli bo‘lganlar jannatdadirlar... Bu tuganmas in’omdir" Hud surasi, 108-oyat. 🍀 Jannatdagi baxt sari shiori bilan! 🥰 "Baxtli bo‘lganlar" safida bo‘lish uchun! ✍️ Murojaat: @BaxtnurlariBOT @Statussiz_suratlar @Uvaysiy_Badriya
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 18
- Всего постов
- 102
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 405
- 1/48двое суток
- 464
- 1/72трое суток
- 500
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Xayrli_kun_qadrligim 😊 Amalga oshmaydigan orzular yo‘q, ularni amalga oshishiga ishonmaydiganlar bor, qaysi biri bo‘lish esa o‘zingizga bog‘liq! 😊 Hech bo‘lmasa onangizga ʼʼSizga ko‘ylaklar oberaman, shashliklarni olib kelaman, Hajlaga oboramanʼʼ degansiz-ku! 😊 Yoki katta bo‘lsam bolalarim bilan ot-ot o‘ynayman degandirsiz! 😊 Yoki qizimni sochlarini o‘rib qo‘yaman, degandirsiz! 😊 Yana bo‘lmasa falon joyga borib falon ishni qilaman degandirsiz... 🥰 Orzularni cheki yo‘q, ammo umrimiz chegaralangan. Qani turing, bugun bir orzuyingizni h amalga oshiring-chi...! 😇 Orzularingizni ushaltiradigan shanbaga bismillah! 🥰 SIZ BOLALIKDA QANDAY ORZULAR QILGANSIZ? ❓ QAYSILARI AMALGA OSHDI? Izohlarda yozib qoldiring! @Baxt_nurlari 🦋 Jannatdagi baxt sari 🦋
#SHUKRONALIK_SOATI 💐 3/11 ⚡Bugungi kunimdan minnatdorman. Chunki judayam barakali kun bo‘ldi, rejalashtirgan hamma ishlarimga ulgurdim, sababi Gulqizim qiynamasdan aqllikkina bo‘lib turdila yig‘lamasdan uxlab, huddi menga qarashgandek bo‘ldi :) Allohimga shukronalik keltiraman: Alhamdulillah! ⚡ Yana yangi ikkita hikoyam tayyor bo‘lganidan minnatdorman. Sababi, ancha vaqt yozmay qo‘yganimdan ichimda g‘oyalarim, so‘zlarim, hislarim, aytmoqchi bo‘lganlarim to‘planib qolgan ekan, har yangi yozilgan menga bir qadar kuch bo‘lmoqda. Allohimga shukronalik keltiraman: Alhamdulillah! ⚡ Ibrohimjon o‘g‘limdan minnatdorman, sababi oqshomga tayyorlagan makaronpalovni shunaqa maqtab-maqtab qo‘ydilarki, mashaAlloh 🥰 Allohimga shukronalik keltiraman: Alhamdulillah... 🫶 Qani navbat sizga ♾ 😊 kamida 3 dona bo‘lsin... Ko‘pi esa ixtiyoringiz... 🩷 Har birini o‘qiyman, qani yozing... @Baxt_nurlari 🦋 Jannatdagi baxt sari 🦋
#Bismillah ʼʼMen uddalaymanʼʼ marafonimiz doirasida #chellenge va kanalimizda doimiy qoladigan rukncha qilamiz #SHUKRONALIK_SOATI Har kuni kanalda 21:21 da #Shukronalik_soati heshtegi tushadi (hozircha 1 oylikni rejalab tayyorlab qo‘ydim, o‘zim tahrirlab yozib qo‘yaman har kunimdagi shukurlarimni). Siz esa heshteg komentida o‘sha kunning o‘ziga tegishli shukurlarni qoldirasiz. Va 21 kun davomida marafonimiz doirasida (kommentariyada faol qatnashgan, uzluksiz 21 kun shukronalik yozgan) shu #chellenge dagi kishiga hadya ulashaman! 📌 Bu postni ham maxsimal ulashing... 🥰 HAYOTIMIZ SHUKURLARIMIZGA TO‘LSIN! @Baxt_nurlari 🌟 Jannatdagi baxt sari 🌟
#Nazm_vaqti Oylar bahorisan - Robi’ul avval Zimiston samoda porladi bir nur, Ravshan bo‘ldi borliq sen kelgan mahal. Olam bo‘stoniga keltirding surur, Oylar bahorisan - Robi’ul avval! Ko‘kdan bir nur indi, tushdi ko‘p malak, Yulduzlar “Bushro!”, deb berdilar darak, Senda tug‘ildi ul pokiza go‘dak, Oylar bahorisan - Robi’ul avval! Tavallud topdi ul bebaho sadaf, Yasribni ham senda qildilar hadaf, Ham mavlid, ham hijrat, senga qo‘sh sharaf, Oylar bahorisan - Robi’ul avval! Hilol o‘n ikkingda bo‘ldi to‘lin oy, Ul Oyning nuridan yorishdi har joy, Oldida quyosh ham qoldi bechiroy, Oylar bahorisan - Robi’ul avval! Habibim muhabbatin o‘rgatgan sen, Siyrat-u sunnat yo‘lin ko‘rsatgan sen, Fayzingla olamni xo‘p gullatgan sen, Oylar bahorisan - Robi’ul avval! Kelgin, tashrifingla yashnat ellarni, Salom-salovatla sayrat tillarni, Na’tu nashidlarla yayrat dillarni, Oylar bahorisan – Robi’ul avval! Salot-u salomin yo‘llasin Mavlom, Qalblar tabibiga cheksiz, bardavom, Yil bo‘yi cho‘zilsin bu fayzli ayyom, Oylar bahorisan - Robi’ul avval! ✍️ Usmon Mahmud. #Baxt_nurlari 🦋 Jannatdagi baxt sari 🦋
#Eslatmaaa Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Kim Juma kuni Kahf surasini o‘qisa, unga ikki juma orasini yoritadigan nur beriladi.” Imom Hokim va Bayhaqiy rivoyatlari. 🥰 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin! Bugun surai kahfni o‘qidingizmi?! O‘qidim — 🥰 Tingladim — ❤️ Endi — 👍👏❤️🔥 @Baxt_nurlari 🌟 Jannatdagi baxt sari 🌟
#Eslatmaaa CHEGARANI BIL ✅ Ortiqcha o‘ylasang — tushkunlikka tushasan... ✅ Ortiqcha shikoyat qilsang — ojizlikni his qilasan... ✅ Ortiqcha qayg‘ursang — qadring bilinmaydi... ✅ Ortiqcha ishonsang — xiyonatga uchraysan... ✅ Ortiqcha soxtalik qilsang — ruhingni qurbon qilasan... ✅ Ortiqcha yaxshilik qilsang — buni sening burching deb hisoblashni boshlashadi... ✅ Ortiqcha ko‘niksang — o‘zingni yo‘qotasan... 💯 Hech narsani haddan oshirma, chunki o‘sha "haddan oshirish" senga eng og‘riqli jarohatlarni beradi...! @Baxt_nurlari 🌟 Jannatdagi baxt sari 🌟
😍 Kanalda juda ko‘o‘o‘o‘o‘p yangiliklar qilyapmaaaaaan: #Shukronalik_soati #Taskin_beray #SIYRAT (Robiul-avval ila) #Jigarbandim 📌 Ruknlarini boshlaymiz! @BAXT_NURLARI kanalchamizni YAQINLARINGIZGA ULASHING! @Baxt_nurlari 🌟 Jannatdagi baxt sari 🌟
🤩𝗗𝘂𝗼 𝘁𝗮𝗾𝗱𝗶𝗿𝗻𝗶 𝗼'𝘇𝗴𝗮𝗿𝘁𝗶𝗿𝗮𝗱𝗶...💗 🤩𝗗𝘂𝗼 𝘁𝗮𝗾𝗱𝗶𝗿𝗻𝗶 𝗼'𝘇𝗴𝗮𝗿𝘁𝗶𝗿𝗮𝗱𝗶...💗
#Tabrik 🌟🌟🌟 RABI’UL-AVVAL OYI MUBORAK BO‘LSIN! 🌷 Ertaga ikki go‘zal ne’mat birlashadi: Juma kuni va Rabi’ul-avvalning ilk kuni...! 📖 Bu oy bizga olamlar rahmatiga yuborilgan zot — Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamni yanada ko‘proq eslashni, u zotning go‘zal siyratlarini o‘rganishni va sunnatlariga muhabbatimizni yangilashni eslatib tursin. 🤲 Allohim, qalblarimizni Rasulimiz alayhissalomga bo‘lgan chin muhabbat bilan ziynatla. 🤲 U zotning sunnatlariga ergashishni bizga nasib et. 🤲 Tilimizni salovat bilan, hayotimizni sunnat bilan, qalbimizni iymon nuri bilan obod qil. 📿 Allohumma solli va sallim ‘ala nabiyyina Muhammad! 🥰 Rabi’ul-avvalingiz xayrli va fayzli bo‘lsin! 😍 Bu muborak kunlarni marafonda biz bilan o‘tkazing! @Baxt_nurlari 🦋 Jannatdagi baxt sari 🦋
#Marafon #Bismillah "Men uddalayman" marafoni! Yangi qadam... Bir yil davomida ko‘plab ayollar bilan o‘zimizga bo‘lgan ishonchni mustahkamladik, foydali odatlarni shakllantirdik va eng asosiysi — "Men buni uddalay olaman!" degan ishonch bilan ulkan natijalarga…
Biz, gürültülü bir dünyada sessiz insanlarız. Dışarıdan sakin görünsem de, içimdeki fırtına sadece onun sözleri ve müziğiyle yatıştırılabilir...
#Xayrli_kun_qadrligim Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! 🤲 Allohim sizni O‘zining Al-Latif ismi bilan nozik lutfi ila o‘rab olsin! 🤲 Al-Fattoh ismi bilan yo‘llaringizni ochsin. 🤲 Ash-Shafiy ismi bilan sizga va ahlingizga salomatlik ato etsin! Va qalbingizga shunday taskin bersinki, Al-Vakiyl ekani kifoya qilsin! 🥰 O‘zingizni ehtiyot qiling! @Baxt_nurlari 🦋 Jannatdagi baxt sari 🦋
#Xayrli_tun_qadrligim Tunning bor yog‘dusi tomiriga jam, qanot chiqarmoqda yurak – entikib. Sen esa xo‘rsinib uxlayapsan, kechaning eshigin bekitib. Osuda kechalar, Dildoshim! @Baxt_nurlari 🦋 Jannatdagi baxt sari 🦋
Chanqasang suv bor boʻlganidek, gʻamga botsang Qur’on bor. @Baxt_nurlari 🌔
#Kechinmalar Ertaga uyimizda onajonimni o‘tirishlari... Kunbo‘yi shu ehsonga harakat qildim (chaqaloqcha bilan o‘zi bo‘lmaydi ayniqsa). Hozir juda charchagan bo‘lsam ham shu hislarimni shu yerda qoldirgim keldi. Hayotimizda yashar ekanmiz minglab insonlar keladi... Ketadi... Baʼzilari esa shu qadar yaqin bo‘ladi, shartsiz, taʼmasiz, talabsiz, borliging uchungina seni yaxshi ko‘radi. Va baʼzan bu mehrga loyiq ko‘rilganingga shukring kamdek tuyuladi...! Yaxshiyam shunaqa insonlarni berganki Allohim, boshqa kemtiklarni to‘ldiradi...! Garchi kelib yordamlashmagan bo‘lsang-da, ishon... Kun bo‘yi seni yonimda deb his qildim... Kuch oldim ahu birgina nomangdan. Aslida bu oddiy noma emas, mehr edi! SENI JUDA YAXSHI KO‘RAMAN! YAXSHIYAM BORSAN! 🙂 Atrofingizda mana shunday samimiy odamchalar ko‘o‘p bo‘lsin! Ulardan biri menman (har kuni siz uchun chiroyli xabarlar yozaman, yuboraman-ku) Lekin agar ʼʼmenda yo‘q desangizʼʼ SIZ KIMNINGDIR SHUNDAY INSONI BO‘LING! 🌟 XAYRLI TUN YAXSHILAR! 😈 Xayrli tongda o‘qiganlarga esa assalomu alaykum! @Baxt_nurlari 🌟 Jannatdagi baxt sari 🌟
#Ilinganim 🥰 Allohga ishon... @Baxt_nurlari 🌟 Jannatdagi baxt sari 🌟
#Eslatmaaa 📌 Tasbehlaringiz va zikrlaringiz orasida 10 ta kalima bo’lsin: 1. La ilaha illalloh vahdahu la sharika lahu lahul mulku va lahul hamdu, yuhyi va yumitu va huva hayyul laa yamutu, biyadihil xoyru va huva aʼla kulli shay’in Qodiyr! 2. Laaa ilaha illallohul Malikul Haqqul mubiyn! 3. La ilaha illallohul Vahidul Qohhar, Robbus samavati val ardz va maa baynahuma-l Azizul G’offar! 4. Subhanallohi valhamdulillahi va laaa ilaha illalloh vallohu akbar laaa havla va la quvvata illa billahil Aliyyil Aziym! 5. Subbuhun, Quddusu-r Robbuna va Robbul malaaaikati varruh! 6. Subhanallohi va bihamdihi subhanallohil Aziym! 7. Astag’firulloh-al Aʼziym, aziymallaziy laaa ilaha illa huval Hoyyul Qoyyum, va atubu ilayh! 8. Allohumma laa maania lima aʼtoyta va la mu’tiya lima mana’ata va laaa roodda lima qodzoyta va laa yanfau zal jaddi minkal jadd! 9. Allohumma solli ala Muhammadin va ala ali Muhammadiv va aʼla alohi va sohbihi va sallim! 10. Bismillahil laziy laa yarudzdu maa asmihi shay’un fil ardzi va laa fis samaai va huvas Samiyul Aliym! ✅ Bularning har birini 100 martadan yoki 70 martadan yoki hech bo‘lmasa 10 martadan ayting... 🥰 Bu eng kami bo’lib hammasi shunda 100 marta bo’lsin! 🤲 Bu virdlarni doimiy qilib yurish nasib etsin! ©️ G’azzoliy @Baxt_nurlari 🦋 Jannatdagi baxt sari 🦋
Qalb bilan ovora bo‘ling!
#Marafon #Bismillah "Men uddalayman" marafoni! Yangi qadam... Bir yil davomida ko‘plab ayollar bilan o‘zimizga bo‘lgan ishonchni mustahkamladik, foydali odatlarni shakllantirdik va eng asosiysi — "Men buni uddalay olaman!" degan ishonch bilan ulkan natijalarga erishdik. Mana, shukuhli yangi marralar sari — ikkinchi yilimizning ilk 2/1-mavsumiga qadam qo‘ymoqdamiz! 📌 O‘z hayotida ijobiy o‘zgarish yasashni istagan, ammo boshlashga ikkilanib turganlar uchun bu mukammal imkoniyat. O‘zingizga vaqt ajrating, chunki har bir kichik qadam katta g‘alabaning boshlanishidir. Marafonimizning bu yillik shiori: "Imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q, faqat harakat yetishmaydi, biz bilan Siz ham uddalaysiz!" 🎉 Qani bizga qo‘shiling: 📅 Boshlanish sanasi: 14-avgust 💰 Ishtirok narxi: 21 000 so‘m 🎁 ʼʼSaodat asri qissalariʼʼ. 📲 Murojaat uchun: @Bu_badriya @BaxtnurlariBot 🥰 O‘zingizni kashf eting, natijalaringiz bilan faxrlaning va bu safar ham albatta uddalang! @Baxt_nurlari🌟 Jannatdagi baxt sari 🌟
без подписи