Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
СтатистикаMurojaat uchun: @Chirchiqhokimigamurojaat_bot Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100074116955357 Instagram: https://instagram.com/chirchiq__rasmiy?utm_medium=copy_link
- Последний пост
- 17 авг.
- Последнее чтение
- 15:53
- Постов за неделю
- 127
- Всего постов
- 1 345
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 493
- 1/48двое суток
- 564
- 1/72трое суток
- 609
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Elektr tarmoqlarida xavfsizlik va obodonlashtirish ishlari Chirchiq shahar elektr tarmoqlari (WET) kabel tarmog‘i bo‘linmasi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda yo‘riqnoma o‘tkazildi. 625-sonli naryadga asosan, TP-76 dan chiquvchi 0,4 kV kuchlanishli havo elektr tarmog‘ining daraxt shoxlari bilan tutashgan qismlarida butalash ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar elektr tarmoqlarining barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish maqsadida olib borilmoqda. 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌎 Web-site
#Rasmiy_munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda “Chirchiqning 3-mikrorayonida chiqindi, vayron bo‘lgan bolalar maydonchalari va hasharotlarga to‘la yerto‘lalar – aholi qancha norozi bo‘lsa-da, muammo hal qilinmayapti. Mas’ullar nimalar qilayapti?” mazmunida e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Murojaatda ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha hudud o‘rganilib, 3-kichik nohiya hududidagi 34- va 45-ko‘p qavatli uylar atrofida obodonlashtirish ishlari olib borildi. Mazkur ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “Ergasheva E’zoza” MChJ Boshqaruv servis kompaniyasi xodimlari tomonidan hududni obodonlashtirish, kanalizatsiya quvurlarini mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, mulkdorlar tomonidan barpo etilgan noqonuniy qurilmalar ham bartaraf etildi. Bolalar maydonchasini ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari ham nazoratga olingan bo‘lib, III chorak yakuniga qadar maydonchani to‘liq rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Shahar hokimligi tomonidan hududdagi obodonlashtirish va infratuzilma bilan bog‘liq masalalar doimiy nazoratga olinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda. 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌎 Web-site
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari hududda sanoat, ta’lim, transport, turizm va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar hamda yaratilgan infratuzilma bilan tanishadi. Shuningdek, bir qator yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish rejalashtirilgan. Tashrif doirasida ertaga, 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Хорезмскую область. Глава нашего государства ознакомится с новыми проектами и созданной инфраструктурой в сферах промышленности, образования, транспорта, туризма и других. Планируется также введение в строй и запуск строительства ряда новых проектов. В рамках поездки завтра, 18 августа состоится очередной открытый диалог с предпринимателями. Facebook|Instagram|X
“Kimyogar” mahallasida quyosh panellari o‘rnatildi “Kimyogar” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida energiya samaradorligini oshirish va elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirish maqsadida soliq tushumlarining 10 foizi hisobidan quyosh panellari o‘rnatildi. Mahalla binosining tom qismiga 5 kVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatilib, elektr energiyasining bir qismini muqobil energiya manbai hisobidan ta’minlash yo‘lga qo‘yildi. Mazkur quyosh panellari O‘zbekiston sharoitida yiliga o‘rtacha 7–8 ming kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Natijada mahalla binosining elektr tarmog‘idan iste’mol qiladigan energiyasi kamayib, elektr energiyasi uchun sarflanadigan mablag‘larni tejash imkoniyati yaratiladi. Loyihaning amalga oshirilishi energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, mavjud mablag‘lardan oqilona foydalanish hamda atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga xizmat qiladi. 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌎 Web-site
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Davlat aktivlarini sotib oling! 🔹Angren shaharida 6 ta (Ko'rish) 🔹Bekobod shaharida 7 ta (Ko'rish) 🔹Nurafshon shahrida 3 ta (Ko'rish) 🔹Olmaliq shahrida 2 ta (Ko'rish) 🔹Ohangaron shahrida 1 ta (Ko'rish) 🔹Chirchiq shahrida 8 ta (Ko'rish) 🔹Yangiyo'l shahrida 7 ta (Ko'rish) 🔹Bo'ka tumanida 2 ta (Ko'rish) 🔹Bo'stonliq tumanida 4 ta (Ko'rish) 🔹Zangiota tumanida 2 ta (Ko'rish) 🔹Qibray tumanida 1 ta (Ko'rish) 🔹Quyi Chirchiq tumanida 4 ta (Ko'rish) 🔹Oqqo'rg'on tumanida 2 ta (Ko'rish) 🔹Ohangaron tumanida 1 ta (Ko'rish) 🔹Parkent tumanida 4 ta (Ko'rish) 🔹Piskent tumanida 2 ta (Ko'rish) 🔹Toshkent tumanida 1 ta (Ko'rish) 🔹O'rtachirchiq tumanida 3 ta (Ko'rish) 🔹Chinoz tumanida 3 ta (Ko'rish) 🔹Yangiyo'l tumanda 4 ta (Ko'rish) 🔹Bekobod tumani 2 ta (Ko'rish) 🔹Yuqorichirchiq tumani 4 ta (Ko'rish) Barchasini ko'rish 👇Xabardor bo'lish uchun👇 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Bildirish Hurmatli hamshaharlar ‼️ 📌 Chirchiq shahar hokimligi mutasaddilari tomonidan sizning taklif va muammolaringiz doimiy tarzda oʻrganilib, yechimi topib kelinmoqda. Shuningdek, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida shahar hokimining murojaatlar uchun kanali yoʻlga qoʻyilgan. 🔈 Sizning muammolaringiz yuzasidan murojaatlaringizni 👉 https://t.me/murojaathokimlik ga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllashingiz mumkin. Sizning masalangiz tegishli mutasaddilarga yoʻnaltiriladi va tez fursatda koʻrib chiqilib, ijrosi taʼminlanadi. Har bir murojaat shahar hokimi tomonidan qat’iy nazorat qilinadi. 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌎 Web-site
Sayyor qabul: fuqarolar murojaatlari e’tiborda Chirchiq shahar “Adolat” mahallasida fuqarolarning murojaatlarini tinglash, mavjud muammolarni o‘rganish va ularning qonuniy yechimini ta’minlash maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Unda Toshkent viloyati IIBB Birinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i, podpolkovnik Sh.Sodiqova hamda Chirchiq shahar IIB boshlig‘i, podpolkovnik N.Safarov ishtirok etdi. Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Ayrim murojaatlarni joyida hal etish choralari ko‘rilib, qo‘shimcha o‘rganish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni talab etadigan masalalar mas’ullarga yo‘naltirildi. Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolariga amaliy yechim topish hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌎 Web-site
Ayol qadri ulug‘langan yurt Xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada oshirish, milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish, ayollarga bo‘lgan e’tibor va hurmatni yuksaltirish maqsadida “G‘alaba” mahallasida “Ayol qadri ulug‘langan yurt” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni asrab-avaylash, ularni yosh avlodga yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, “Kelin salom” hamda qizlarga o‘sma qo‘yish kabi milliy udumlar amaliy tarzda namoyish etildi. Shuningdek, milliy taomlardan bo‘g‘irdoq va qatlama tayyorlanib, xalq ijodiyoti namunalari namoyish etildi. Ayollarning milliy madaniyatimizni asrab-avaylash va rivojlantirishdagi muhim o‘rni haqida so‘z yuritildi. Tadbir ishtirokchilari o‘rtasida samimiy suhbatlar o‘tkazilib, kuy-qo‘shiq va milliy raqslar ijro etildi. Yosh qizlar ishtirokida milliy qadriyatlar, odob-axloq va an’analarni targ‘ib etuvchi chiqishlar namoyish qilindi. Tadbir yakunida mahalla hayotida faol ishtirok etib, jamoatchilik ishlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan xotin-qizlarga tashakkurnomalar topshirildi. Mazkur tadbir milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, avlodlar davomiyligini ta’minlash hamda xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini yanada oshirishga xizmat qildi. 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌎 Web-site
Chirchiq GESlar kaskadida bayram shukuhi va bunyodkorlik ishlari “Chirchiq GESlar kaskadi”da O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida bayramona kayfiyat, bunyodkorlik va mehnatga yuksak mas’uliyat uyg‘unlashmoqda. Shu munosabat bilan korxona hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda. Yashil maydonlar tartibga keltirilib, ichki hududlar tozalanmoqda hamda mavjud infratuzilma yanada obod va fayzli qiyofaga keltirilmoqda. Ayni paytda kaskadda bayram shukuhi bilan bir qatorda, ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlashga qaratilgan mas’uliyatli ishlar ham izchil davom etmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan yoqilg‘i-energetika sohasi oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, gidroenergetika obyektlarining xavfsiz va ishonchli faoliyatini mustahkamlash, mavjud quvvatlardan samarali foydalanish hamda 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida zarur texnik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, gidroagregatlar va asosiy uskunalarning texnik holati chuqur tahlil qilinib, ta’mirlash hamda profilaktika ishlari o‘z vaqtida tashkil etilmoqda. Shuningdek, ehtiyot qismlar va zarur zaxira materiallari oldindan jamlanmoqda. Bularning barchasi “Chirchiq GESlar kaskadi”da bayram arafasidagi obodlik bilan bir qatorda, energiya ishlab chiqarishning uzluksizligi, xavfsizligi va ishonchliligini ta’minlashga qaratilgan amaliy sa’y-harakatlarning yorqin ifodasidir. 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌎 Web-site
#Bildirish Hurmatli hamshaharlar ‼️ 📌 Chirchiq shahar hokimligi mutasaddilari tomonidan sizning taklif va muammolaringiz doimiy tarzda oʻrganilib, yechimi topib kelinmoqda. Shuningdek, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida shahar hokimining murojaatlar uchun kanali yoʻlga qoʻyilgan. 🔈 Sizning muammolaringiz yuzasidan murojaatlaringizni 👉 https://t.me/murojaathokimlik ga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllashingiz mumkin. Sizning masalangiz tegishli mutasaddilarga yoʻnaltiriladi va tez fursatda koʻrib chiqilib, ijrosi taʼminlanadi. Har bir murojaat shahar hokimi tomonidan qat’iy nazorat qilinadi. 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌎 Web-site
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи