Toshkent viloyati hokimligi
СтатистикаInstagram :https://www.instagram.com/toshvilhokimlik?igs Facebook :https://fb.me/toshvilhokimiyat Veb-sayt:https://gov.uz/oz/toshvil Elektron pochta: devonxona@toshvil.uz Ishonch telefon:(71) 200 88 11 Manzil: Toshkent yo'li ko'chasi,192
- Последний пост
- 13:55
- Последнее чтение
- 18:01
- Постов за неделю
- 107
- Всего постов
- 1 530
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 3 228
- 1/48двое суток
- 3 699
- 1/72трое суток
- 3 989
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#shukuh Nurafshonning haqiqiy yuragiga aylanib borayotgan «Yangi O‘zbekiston» bog‘i, uning bag‘ridagi muazzam ko‘l va yangidan barpo etilgan favvoralar ansambli tungi Nurafshonga alohida shukuh va joziba bag‘ishlamoqda. Nurafshon Business City majmuasi bag‘rida 70 metr balandlikka otiluvchi musiqali favvora ansambli o'z ishini boshladi! Mo'jazgina ko‘l bag‘rida suv, rangli chiroqlar va musiqa uyg‘unligidagi betakror tomosha sizni kutmoqda. Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Nurafshon ahli va shahar mehmonlariga munosib tuhfa bo‘ldi! Aziz hamyurtlar, viloyatimiz ahli! Yaqinlaringiz, oilangiz, farzandlaringiz va do‘stlaringiz bilan Nurafshonga tashrif buyuring. Yangi shahar qiyofasini ko‘ring, favvoralar jilosidan, marvarid tomchilar havosidan bahra oling, zavqlaning! 🕗Har kuni | 20:00–22:00 📌Manzil: Nurafshon Business City, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
#odamiylik_shevasi Hayot sinovlari oldida bukilmagan ayol Hayot har kimni turli sinovlar bilan sinaydi. Kimgadir bu sinov boylik bilan, kimgadir sog‘liq bilan, yana kimlargadir esa ro‘zg‘or tashvishi va farzandlar taqdiri bilan keladi. Muhimi, inson ana shu sinovlar qarshisida o‘zini yo‘qotmasdan, umidini so‘ndirmasdan tura olish. Bo‘kalik Muborak opa Ergashevaning hayot yo‘li ham ana shunday sinovlarga boy. Bundan 13 yil avval turmush o‘rtog‘i og‘ir xastalikka chalinib, ikkinchi guruh nogironi sifatida parvarishga muhtoj bo‘lib qoldi. Uch nafar hali voyaga yetmagan farzandlarining tarbiyasi, ro‘zg‘or tashvishi va oilaning og‘ir yuklari esa Muborak opaning yelkasiga tushdi. Ammo u hayot qiyinchiliklari oldida taslim bo‘lmadi. Farzandlarining kelajagi, oilasining rizqi uchun harakat qilib, o‘z mahallasida kichikkina do‘koncha ochdi. Biroq do‘kon faoliyatini yo‘lga qo‘yish, uni zarur jihozlar bilan ta’minlash ham oson emas. Shu bois Muborak opa kuni kecha viloyat hokimining fuqarolar qabuli davomida mahsulotlarni saqlash uchun muzlatgich zarurligini bildirib, amaliy yordam so‘radi. Murojaat tinglandi. Masala o‘rganildi va ijobiy hal etildi. Batafsil videoda tanishing! ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
#mahallada_obodlik Mustaqilligimizning 35 yillik shodiyonasi arafasida tozalik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Toshkent viloyati Nurafshon city hududidagi Yangobod MFYda Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari yashash uylarida hashar tashkil etildi. Bunda harbiy xizmatchilar oilalari ham tashabbuskorlik ko‘rsatib, faol ishtirok etishdi. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
#jarayon Toshkent viloyatidagi sport-ta’lim muassasalariga sport anjomlari yetkazib berildi Toshkent viloyatidagi sport-ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash maqsadida navbatdagi sport jihozlari va anjomlari yetkazib berildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan viloyatdagi sport-ta’lim muassasalariga 2 milliard 780 million so‘mlik 11 turdagi sport anjomlari va sport formalari tarqatildi. Shu bilan birga, yil boshidan buyon Toshkent viloyatidagi sport-ta’lim muassasalariga 6 milliard 3 million so‘mdan ziyod qiymatdagi sport jihozlari va anjomlari yetkazib berilgan. Ushbu ishlar sport-ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini zarur sport inventarlari bilan ta’minlash hamda yosh sportchilarning mashg‘ulot olib borishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
#Sanoat_Qahramonlari 2-qahramon Sanoat qahramonlari — yangi maxsus loyiha 🇺🇿 O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining “Sanoat qahramonlari” maxsus loyihasi davom etadi. 🤖 Loyiha doirasida respublikaning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan 35 ta mahalliy ishlab chiqarish korxonasi qahramonlari misolida O‘zbekiston sanoatining bugungi salohiyati, mahalliylashtirish natijalari va ishlab chiqarishdagi real o‘zgarishlar insonlar hikoyasi orqali yoritib boriladi. 🎬 Loyihaning ikkinchi qahramoni — Sarvar Turg‘unov, Toshkent viloyati Nurafshon shahrida joylashgan “KRANTAS GROUP” korxonasi bosh loyihachisi. Navbatdagi son orqali maxsus texnikalarni ishlab chiqarish va yig‘ish jarayonlari, metallni qayta ishlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, mahsulotlarni mahalliylashtirish hamda yangi turdagi maxsus texnikalarni o‘zlashtirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishasiz. 👷♂️ Bugungi kunda “KRANTAS GROUP” korxonasida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Sanoat qahramonlari. O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasi. Ikkinchi sonni tomosha qiling. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
#nigoh Bugungi matbuotda... Viloyat hayotiga doir tezkor va ishonchli axborotlar bilan "Toshkent haqiqati" va "Tashkentskaya pravda" gazetalari orqali tanishib boring. Gazetaning ijtimoiy tarmoq sahifalari👇👇 Telegram | Facebook | Instagram
#sport Sog‘liqni saqlash xodimlari o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari o‘rtasida O‘zbek jang san’ati sport turining «Assalom tong» yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Unda tuman va shaharlardan tashrif buyurgan jamoalar o‘z mahoratlarini namoyish etdi. Yakunlarga ko‘ra, 4 ta jamoa O‘zbekiston Jang san’ati federatsiyasi tomonidan o‘tkaziladigan O‘zbekiston kubogi musobaqasiga yo‘llanma oldi. Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tgan musobaqa jarayoni «O‘zbekiston 24» telekanali lavhasida. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
#Uzum_sayli “Uzum sayli” xalqaro festivaliga 6 kun qoldi! Manzil:Parkent tumani, Zarkent qishlog‘i. Sana: 21-22-avgust kunlari. 📍Joylashuv manzili ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
#shukuh Nurafshon shahrida Mustaqilligimizning 35 yillik shodiyonalari arafasida shahar ahli va mehmonlariga yana bir munosib tuhfa — 70 metr uzunlikdagi zamonaviy musiqali favvoralar majmui ishga tushirildi. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи