CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿
СтатистикаKanada davlatiga o'qish, ishlash va yashash istagida bormoqchi bo'lgan yurtdoshlarimiz uchun... Menga shaxsan bog'lanish uchun: @Mr_Ali_Canada Xizmatlar: www.canadali.net Instagram: https://instagram.com/kanadalik_uzbek
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 497
- 1/48двое суток
- 1 715
- 1/72трое суток
- 1 850
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
Nomzodni ko'chma ma'noda 🇨🇦Kanadaga "sota olsangiz", unga viza berishlari ehtimoli yuqori bo'ladi. Mana yaqqol misol! 😎Xo'sh, student viza olish sirlaridan eng muhimi qaysi? 🤔 Avvalgi o'qigan sohasi, hozirgi kundagi kasbi va umuman olganda nomzodning o'tmishda bosib o'tgan yo'li va kelajakdagi rejalariga moslab o'qish va dastur tanlash student viza olishda katta ahamiyat kasb etadi. Ofitserlar ham ma'no va mantiq izlaydi baribir. "Nima uchun aynan hozir Kanada davlatida aynan shu o'qishda va shu yo'nalishda ta'lim olishni xohlab qoldingiz?" degan savol bo'ladi hujjat ko'rish jarayonida viza ofitserida. E'tibor bering "svejiy" natijalarimizdan birining o'qigan universiteti va hozirgi kasbiga qanchalik mos tushgan tanlagan programmasi. Viza olgan ushbu mijozimiz keysi haqida qisqacha ma'lumot: Ta'lim muassasasi: Centennial college. Toronto shahri, Ontario provinsiyasi. Tanlagan yo'nalishi: Construction Project Management. (1 yillik, 3 semester, Post Graduate Certificate dasturi) Avval tugatgan o'qish joyi: Samarqand Arxitektura va Qurilish universiteti (bakalavr, Dizayn Interyerni Loyihalash yo'nalishi) Kasbi: Arxitektor-interyer dizayner Yoshi: 23 Til bilish darajasi: TOEFL 82 ball Asli qayerdan: Samarqand Vizaga topshirgan 16-iyun, natija 13-avgust, jami 2 oy ketdi. Biz bilan ishni boshlagan: (2026-yil mart, o'qishga kirgan 2026-yil aprel, vizaga hujjat yig'gan: may-iyun oylari 2026-yil. Yana bir yosh va istiqbolli yurtdoshimizning Kanadaga kelishida hissa qo'shganimizdan mamnunmiz. ✌️ Sizga yoki farzandingizga ham Kanada student vizasida amaliy yordam zarur bo'lsa, bizga qanday aloqaga chiqishni bilsangiz kerak! Unutmang: "Natijalar gapiradi!" 😎 Eslatib o’tamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 bo’lgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligidagi jamoa tomonidan ko’rsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) bo’lib ishlayman. Bizga shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada Amaliy-huquqiy yordam uchun: 👉 www.canadali.net Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉 https://t.me/CanadAli
Davlatdan pul olish shunchalik osonmi yoki 🇨🇦Kanada aholiga pul tarqataveradimi shunchaki? 🤔 Oziq ovqat narxlari butun dunyoda, shu jumladan Kanada davlatida ham oxirgi 1-2 yil ichida qimmatlashdi. Bunga sabablar ko'p, logistika, yoqilg'i narxlari, o'g'it narxi oshishi va xokazo. Shu holatni hisobga olib Kanada hukumati aholiga oziq-ovqat narxlarini kompensatsiya qilish uchun moddiy yordam bermoqda. Buni olish uchun mamlakat fuqarosi bo'lish shart emas, qonuniy yashab soliqlarni o'z vaqtida to'lab yurgan chet elliklar ham uni olishga haqli. Kimlarga va qancha miqdordan moddiy yordam beriladi? Ushbu yordam past va o'rtacha daromadli aholiga, ya'ni yillik daromadi 56 mingdan 74 ming Kanada dollari orasidagi aholiga beriladi asosan. Oyiga o'rtacha 4500-6000$ topadiganlar haqida gap ketyapti. (Bu miqdor sizningcha kam ta'minlangan oila toifasiga kiradimi o'zi? 😉) Mamlakat bo'ylab jami 12 million insonga moddiy yordam beriladi. Bu pulni olish uchun bir dunyo hujjat yig'ish va uzun navbatda turib ariza topshirish ham zarur bo'lmaydi. Vaqtida soliq deklaratsiyasini topshirgan bo'lsangiz, avtomatik ravishda hisoblangan summa bank hisob raqamingiz, odatda kartangizga kelib tushadi. Summani oila a'zolari soni va oilaning jami umumiy daromad miqdoridan kelib chiqib to'lab berishyapti. O'zi yana qaysidir davlatda bormikan shunaqa holat? Ya'ni, oziq-ovqat narxi oshgani uchun davlat o'zini ham qisman aybdor deb hisoblab, aholiga pul tarqatsa. 🤔 Aytgancha, statistikaga ko'ra Kanada aholisi o'z daromadining 15 foizini oziq-ovqatga sarflar ekan. Sizchi? Daromadingiz qancha qismini sarflaysiz bunga? Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
Yana ham bu tilni o’rganishga ikkilanib yurganlar uchun “svejiy” motivatsiya. 😎🛫🇨🇦 @CanadAli
https://t.me/boost/CanadAli
Amerikaga 🇺🇸 o'qishga kelganlar o'qishni bitirib ishchi viza olisholmaydimi endi?🤔 Bu holat 🇨🇦Kanadada qanday? AQSH Prezidenti Tramp tashabbusi bilan Amerikada o'qishni bitirib 1 yildan 3 yilgacha olish mumkin bo'lgan ishchi vizani (OPT - Optional Practical Training) olishda 100 ming dollar "boj" joriy etilishi ko'rib chiqilmoqda. Maqsad chet elliklar ish o'rinlarini egallab olishayotgani va umuman olganda immigrantlarga qarshi aksiyalardan biri. To'g'ri, hali rasman kuchga kirgani yo'q bu qaror. Lekin bilib bo'lmaydi yana nimalar bo'ladi bu davlatda yaqin kelajakda. 2025-yilda Tramp ma'muriyati H-1B vizasi, ya'ni chet elliklarning uzoq muddatli ishchi vizani olishda ham 100 ming dollar bojni ish beruvchi to'lashi kerak deyilgan qarorni ishlab chiqqan. Lekin AQSH Federal sud bu bojni bekor qilgan edi, chunki prezident bunday soliqni yagona o'zi joriy etishga vakolatli emas - bu Kongress ixtiyorida deb topgan. Ammo, bu ham hali hamon appelyatsiya jarayonida. AQSHda ko'plab studentlar o'qishni yakunlagach, doimiy yashab qolib ketish, ya'ni "green card" olishda qiynalishadi. Axir har kim ham Google yoki Facebookga ishga kira olmaydida o'qishini tugatiboq. Ko'pincha student vizani qayta-qayta uzaytirish yoki qaysidir Amerikalik bilan nikoh tuzish orqali doimiy qolish yo'llarini izlashga majbur bo'lishadi Amerikada o'qigan studentlar. Xorijda ta'lim olishni maqsad qilgan yoshlar 3 yillik ishchi vizani hech qanday "tovon puli" siz beradigan Kanadaga ko'proq qiziqmoqda butun dunyo bo'ylab. Sababi bu davlatda o'qishni tugatgandan so'ng, doimiy yashab qolish uchun bir nechta qonuniy dasturlar bor. Qolaversa, ta'lim olish narxi ham AQSHga solishtirganda anchagina arzonroq hisoblanadi Kanada universitetlarida. Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉 https://t.me/CanadAli
Farzandi kamoli uchun harakat qiladigan otalarga tasanno. Aynan ularning harakatchanligi evaziga O'zbekistonlik yoshlar Kanadaga 🇨🇦 ta'lim olish uchun kelishda davom etaveradi. 👏 18 yoshli bu yigitchaning Kanadaga student viza olishida otasi jonbozlik ko'rsatib bizga aloqaga chiqqan va bizning jamoa bilan ishlashga qaror qilgan edi. Nasib ekan, shuncha mehnatlari mevasini berdi. Endi bu yigit ham okean ortini zabt etish uchun yo'lga chiqadi. Viza olgan ushbu mijozimiz keysi haqida qisqacha ma'lumot: Ta'lim muassasasi: Algonquin college. Ottawa shahri, Ontario provinsiyasi. Tanlagan yo'nalishi: Computer Programming. (2 yillik diplom dasturi) Avval tugatgan o'qish joyi: Umumiy o'rta ta'lim maktabi. (11 yillik) Yoshi: 18 (2008-yil) Til bilish darajasi: IELTS 5.0 (til kursi ham qo'shib berishgan o'qishidan) Asli qayerdan: Samarqand Vizaga topshirgan 19-iyun, natija 31-iyul, jami 1.5 oy ketgan. Biz bilan ishni boshlagan: (2025-yil noyabr, o'qishga kirgan 2026-yil fevral, vizaga hujjat yig'gan: mart-aprel-may oylari 2026-yil. Xullas, yana bir yosh va umidli yurtdoshimizning Kanadaga kelishida hissa qo'shganimizdan mamnunmiz. ✌️ Sizga yoki farzandingizga ham Kanada vizasida amaliy yordam zarur bo'lsa, bizga qanday aloqaga chiqishni bilsangiz kerak! Unutmang: "Natijalar gapiradi!" 😎 Eslatib o’tamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 bo’lgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligidagi jamoa tomonidan ko’rsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) bo’lib ishlayman. Bizga shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada Amaliy-huquqiy yordam uchun: 👉 www.canadali.net Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉 https://t.me/CanadAli
Qaysidir rivojlangan davlat pasportini olib berish - farzand uchun ota-ona tomonidan qilinadigan eng katta sovg'alardan birimi? Tasavvur qiling, tug'ruqxona. Chaqaloq dunyoga keldi. Ota-onasi ikkalasi ham Kanadaga vaqtincha viza bilan kelgan(yoki umuman noqonuniy yashayapti, hujjati ham yo'q), ya'ni doimiy yashovchi statusi mavjud emas. Lekin bu bolakay avtomatik tarzda Kanada fuqarosi bo'lmoqda. Buning nomini "Jus soli" ya'ni "zamin huquqi" deyishadi. Ota-onasining davlatdagi huquqiy maqomidan qat'iy nazar, Kanada hududida tug'ilgan har qanday bola fuqarolikni qo'lga kiritadi. Diplomatik va konsullik maqomiga ega chet elliklar farzandlaridan tashqari albatta. Bu huquq boshqa rivojlangan davlatlarda ham bormi o'zi? Masalan Angliyada 1983-yildan, Avstraliyada 1986-yildan, Yangi Zelandiyada 2006-yildan bekor qilingan bu holat. Ya'ni bu davlatlarda tug'ilgan chet ellik bolaning ota-onasidan biri o'sha davlat fuqarosi yoki doimiy yashovchisi bo'lishi shart, agar pasport olmoqchi bo'lsa. AQSHda esa tug'iliboq fuqarolik olish huquqi shu paytgacha bor edi, biroq Tramp Prezidentlikka kelganidan keyin buni yo'q qilishga urinib ko'rdi. Ammo bu tashabbus amalga oshmadi. Oliy Sud uning qarorini bekor qildi. Kanada fuqaroligi nima beradi bolaga? Bu bola start chizig'ida boshqa rivojlanayotgan davlatlarda tug'ilgan bolalardan bir necha qadam oldinda. Sababi ta'lim, tibbiyot va ekologiya bo'yicha yaxshiroq imkoniyatlarga ega. Ingliz tili 1-asosiy tili bo'ladi va dunyoga chiqishi osonroq va tezroq, agar o'z ustida ishlasa albatta. Sportda ham yutuqlarga tezroq erishishi mumkin, chunki sharoiti yaxshiroq davlatda o'sadi. Kelajakda ham biror boshqa chet davlatga chiqmoqchi bo'lsa vizasiz boradi va unga "odamga o'xshab" muomala qilishadi. Chunki, tan olaylik, pasportga qarab kutib olishadi bugungi kunda istalgan davlatda ham. Fuqaroligi sababli biznesda ham ishonchliroq sherik sifatida qabul qilinadi. Nega Kanada pasportiga talab yuqori? Ko'pgina badavlat investorlar orasida allaqachon farzandlarini Kanadada dunyoga keltirish tendensiyasi paydo bo‘lgan. Buni "bola turizmi" deyishyapti. Kanadaga kelib bolasini dunyoga keltirib, bolaga pasport olib qo'yishmoqda kelajagi uchun. Chunki bilishadi, yaqin 50 yil ichida bu davlat har taraflama, ayniqsa ekologiya va tabiiy resurslari evaziga eng jozibador davlatga aylanishini. Yiliga Kanada davlatida o'rtacha 350 ming nafar bola dunyoga kelsa, ularning 40 foizdan ko'prog'i, ya'ni 154 mingdan ortig‘ining onasi aslida Kanadalik emas, demak chet ellik ekan statistika bo'yicha. Xulosa: Dunyo bo‘yicha bolalarning juda kichik qismi (atigi 3 foizi) Kanada kabi rivojlangan davlatlarda tug‘ilish imkoniyatiga ega ekan. Qolaversa sizning qayerda tug'ilishingiz o'z qo'lingizda emas, uni tanlay olmaysiz. Lekin o'zi bu davlatda tug'ilmagan bo'lsa ham, farzandiga shu davlatda tug‘ilish imkoniyatini yaratish har kimning o'z qo'lida. Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉 https://t.me/CanadAli
Kanadaga 🇨🇦 1-marta kirib kelganda chegarada nimalarni kutish kerak? Kanadaga viza oldingiz deylik, lekin bu davlatga kirishda bir qancha talablarga rioya qilish zarur. Vizam bor-ku, bemalol kirib ketaveraman deyish xato. Chunki kamdan kam uchrasada, biror qo'pol xato sababli ortga qaytarib yuborish holatlari ham uchrab turadi. O'zingiz bilan quyidagi hujjatlar bo’lishi shart: • Pasport. • Kirishga ruxsat beruvchi shtrix kodli xat (Port of Entry letter yoki Letter of introduction deb nomlanadi va viza olgan akkauntingizdan yuklab olinadi). Qo'shimcha talablar ruxsatnoma turiga qarab farqlanadi, masalan: • O'qishga kelsangiz, study permit uchun: o’qishga qabul xati, tibbiy ko'rikdan o'tganlik natijasi, mablag' yetarliligini tasdiqlovchi hujjat (bank hisob raqam). • Ish ruxsatnomasi, work permit uchun: ish talablariga javob berishni tasdiqlovchi hujjatlar (tajriba, ta'lim), ish beruvchining ijobiy LMIA nusxasi. Studentning turmush o’rtog’i bo’lsangiz LMIA so’ralmaydi. • Immigratsiya uchun: Confirmation of Permanent Residence (COPR) xati, tibbiy ko'rikdan o'tganlik natijasi, mablag' yetarliligini tasdiqlovchi hujjat (bank hisob raqam). Barcha muhim hujjatlar qo'l yukida bo'lishi, hech qachon topshiriladigan bagajga solinmasligi kerak. Shuningdek, Kanadada qayerda yashash manzili, muhim telefon raqamlari va bank kartasi yoki naqd pul bilan borish tavsiya etiladi. Chegara suhbati: Kanadaga kirganda Chegara xizmatlari agentligi (CBSA) xodimi bilan suhbat bo'ladi. U hujjatlarni tekshiradi, savollar beradi va kirish shartlariga javob berishingizni baholaydi. Xodim, shuningdek, sizning vaqtinchalik niyatingiz haqiqiyligini, ya'ni ruxsatnoma shartlariga rioya qilib, muddat tugagach Kanadadan chiqib ketishga tayyorligingizni tekshiradi. Agar ishonch hosil qilinmasa, kirishga ruxsatnoma berilmasligi mumkin. (Vaqtincha viza bilan kelganlar keyinchalik qonuniy yo'l bilan qolib ketishiga ruxsat beriladi) Agarda immigratsiya qilib kelsangiz bunday savollar berilmaydi. Savollarga albatta rostgo'ylik bilan javob berish kerak. Yolg'on ma'lumot berish misrepresentation deb ataladi va 5 yillik ta’qiqqa olib kelishi mumkin. Suhbatdan so'ng, agar ma'qullansa, xodim ruxsatnomani beradi. Uni darhol tekshirib, xatolar bo'lsa (masalan, ism-familya, amal qilish muddati, ta'lim muassasasi nomi) darhol tuzatishni so'rash lozim. Agar yakuniy manzilingiz boshqa shahar bo'lsa-da, birinchi ruxsatnomani albatta birinchi kirish nuqtasida olishingiz shart. Shuning uchun ichki reysga o'tish vaqtida yetarlicha qo'shimcha vaqt qoldiring. Keng tarqalgan xatolar: • 10 ming dollardan ortiq naqd pulni berkitish: bu miqdordagi va undan ko’proq naqd pulni olib kirish mumkin, lekin deklaratsiya qilinishi shart, aks holda mablag' musodara qilinishi mumkin. • Retseptli dorilarni haddan tashqari ko'p olib kirish: odatda shaxsiy foydalanish uchun taxminan 90 kunlik miqdor ruxsat etiladi. Dori original qadoqda saqlanishi, retsept nusxasi yoki shifokor xati bilan birga bo'lishi kerak. • Oshkor qilinishi shart yoki taqiqlangan buyumlarni bilmaslik: oziq-ovqat, o'simlik va hayvonlar, alkogol, tamaki mahsulotlari (nos ham😂), o'qotar qurollari borligi aytilishi shart. Noqonuniy giyohvand moddalar, taqiqlangan qurollar, kasal hayvonlarni olib kirish butunlay taqiqlangan. Bunday narsalar borligini aytmaslik, agar oshkor bo'lib qolsa katta miqdorda jarimaga sabab bo’ladi. Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉 https://t.me/CanadAli
без подписи
50 ming dollar grant! 🇨🇦 Kanadaga navbatdagi student viza. Nufuzli universitetga grant asosida qabul qilinish, kamiga har oy stipendiya olish har kimga ham nasib qilavermaydi. Bu keys kim uchundir motivatsiya bo'ladi degan umiddamiz. Viza olgan ushbu mijozimiz keysi haqida qisqacha ma'lumot: Ta'lim muassasasi: University of Saskatchewan. Saskatoon shahri, Saskatchewan provinsiyasi. Tanlagan yo'nalishi: Master of Computer Science. Avval tugatgan o'qish joyi: Woosong university, (Koreya) Bachelor of Data Science. Yoshi: 24 (2002-yil) Til bilish darajasi: IELTS 8.5 Asli qayerdan: Buxoro Grant yutgan: 50 ming dollar CAD 👏 Vizaga topshirgan sanasi 23-aprel, "medical" ya'ni tibbiy ko'rik so'rovi kelgan sana 8-iyun, ijobiy natija 22-iyun. Demak jami 2 oyda natija chiqdi. Aytgancha, Kanada vizasiga O'zbekistondan turib hujjat topshirildi, chet davlatdan emas. Universitetga kirish va grant olish harakatlarini mustaqil o'zi amalga oshirib keyin bog'langan bizga, viza masalasida yordam olish uchun. Bizdan grant qanday olsa bo'ladi deb so'rab turishadi. Mana yaqqol misol: grant olishga loyiq bo'lganlar aslida o'zlari kuchli nomzodlar bo'ladi va uni qanday olish mumkinligini o'zlari izlab topa oladi. Qo'pol aytganda grant olish uchun boshqalardan najot kutganlar grantga loyiq bo'lmaydi ko'pincha. Xullas, yana bir talantli yigitning Kanadaga kelishida hissa qo'shganimizdan mamnunmiz. ✌️ Sizga ham Kanada vizasida amaliy yordam zarur bo'lsa, bizga qanday aloqaga chiqishni bilsangiz kerak! Unutmang: "Natijalar gapiradi!" 😎 Eslatib o’tamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 bo’lgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligidagi jamoa tomonidan ko’rsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) bo’lib ishlayman. Bizga shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada Amaliy-huquqiy yordam uchun: 👉 www.canadali.net Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉 https://t.me/CanadAli
@CanadAli
"Kanadaga kelgandа birinchi bo'lib nima qilish kerak?" deb nomlangan mavzuda YouTube platformasida batafsil video joyladik. Bor yo'g'i 5 minutlik video davomida mavzuni to'liq yoritib berishga harakat qildik. Mazkur maqolada Kanadaga uzoq muddatga yashash uchun kelgandan keyin dastlabki kunlarda qilish zarur bo'lgan muhim vazifalarni yoritib o'tdim shaxsiy tajribamdan. O'ylaymanki, bu tavsiyalar yangi davlatga tezda moslashib ketishingizda ancha foydali bo'ladi. Ancha foydali bo'ldi deb umid qilamiz. Ko'rib "like" tugmasini bosish va izohlarda savollar yoki fikrlarni qoldirish orqali "prosmotr" oshirishda bizga yordam bersangiz xursand bo'lamiz. Raxmat kattakon! 🤝 Videoni mana bu havoladan ko'rish mumkin:👇 https://youtu.be/dRyrqAv6Ro4?si=w7g4BT4hm0Ga6oaj Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
без подписи
Yaqin 15-20 yil ichida butun dunyo bo'ylab "iqlim immigrantlari"ning "katta ko'chishi"ga guvoh bo'lsak kerak. Qayerda o'zingni yaxshi his qilsang, o'sha yer sen uchun "vatan"mi shunda? Ayniqsa yer yuzining ekvatorga yaqinroq markaziy hududlarida joylashgan davlatlarda global isish ta'sirida yashash juda qiyinlashib ketishi prognoz qilinayotgani hech kimga yangilik emas. Nafaqat havo haroratining keskin ko'tarilishi, shuningdek toza suv zaxiralarining kamayib borishi natijasida qurg'oqchilik avj olib, suv resurslari uchun ham ayovsiz kurash kelib chiqadi deyilmoqda. Ana shunday sharoitda shimoliy hududlarda joylashgan davlatlarga immigratsiya qilish tendensiyasi tobora avj oladi. Uzoqni oldindan ko'ra bilganlar allaqachon harakatga tushib qolishgan. Ayniqsa badavlat insonlar o'z davlatidan tashqari, shimolda joylashgan davlatlardan ham 2-pasportni olib qo'yishni boshlab yuborgan. Aytgancha, yozni o'rtasida, ayni "chilla" paytida +27 daraja haroratda, tip-tiniq ko'l bo'yida sayr qilib shu fikrlarni hayol qilib ushbu postni "qoralab" qo'ydim. Vaqtida ulgurib qolibmiz shekilli... Chunki bir paytlar men hurmat qilgan, hayotni ko'p past balandini ko'rgan bir inson aytgan edi: "Qayerdaki o'zingni qulay his qilsang, demak o'sha yer sening joying. O'sha yerda o'z o'rningni topishga harakat qilaver, tug'ilib o'sgan yurtingni esa hech qachon esdan chiqarma. Tez-tez kelib-ketib tur. Butun yer yuzi aslida inson uchun vatan." O'sha fikr tez-tez yodimga tushaveradi. Hayotiy shiorga aylanib ketdi desam ham bo'laveradi. Sizchi? Qo'shilasizmi yuqoridagi mavzu va shaxsiy fikrga? Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉 https://t.me/CanadAli
Nega bu yerda hamma narsa bunchalik sodda? Nahotki odamlarning bir-biriga ishonchi shunchalik kuchli? 🇨🇦🤔 Videoda ham shuni ko'rsatdim. Kanada davlatida (masalan Yukon viloyatida) avtomobil sotish va xarid qilish jarayoni biz o‘rgangan "o'zbekcha" tizimga qaraganda ancha sodda. Avtomobil egasi registratsiya hujjatining tegishli qismini imzolab xaridorga beradi. Bundan tashqari, sotuvchi va xaridor avtomobilning narxi, sana va tomonlarning ma’lumotlari ko‘rsatilgan bill of sale, ya’ni oldi-sotdi hujjatini (oq-qora 1 varaqli qog'oz) to‘ldiradi. Buning uchun notariusga borish, hujjatga muhr bostirish yoki murakkab shartnoma tayyorlatish talab qilinmaydi. Xaridor avtomobilni sug‘urta qiladi va kerakli hujjatlar bilan Motor Vehicles ofisiga borib, uni o‘z nomiga ro‘yxatdan o‘tkazadi. Bu yerdagi registratsiya hujjati biz bilgan texpasportga o‘xshamaydi. Oddiy oq-qora qog‘oz. Shunchaki shtrix kodi bor. Unda katta muhrlar yoki rangli himoya belgilarining yo‘qligi dastlab g‘alati tuyuladi. Kanadaga yangi kelganimda ko‘plab hujjatlarda nega muhr yoki qo‘lda qo‘yilgan imzo yo‘q, deb hayron bo‘lardim. Go‘yo qo‘limga oddiy qog‘oz nusxasi berilgandek tuyulardi. Keyinchalik tushundimki, hujjatning ishonchliligi uning tashqi ko‘rinishiga emas, balki davlatning elektron bazasidagi ma’lumotlarga bog‘liq. Ba'zan o'ylab qolaman, qanday qilib bu davlatda odamlar bir-biriga bunchalik ishonadi. Nega bunday sodda tizim firibgarlikka keng yo‘l ochib bermaydi? Nega bir-birini aldab "kiydirib" ketmaydi odamlar deb. Qiziq, balki ko'zi to'q bo'lgani uchun, balki madaniyatida birovni haqiga xiyonat qilish tabiati yo'q bo'lgani uchundir. Menimcha, bu faqat odamlarning bir-biriga ishonishi sababli emas. Tizim elektron ma’lumotlar bazasi va yolg‘on ma’lumot berganlik uchun qonuniy javobgarlikka tayanadi. Ya’ni qog‘ozlar sodda ko‘rinsa ham, ularning ortidagi nazorat tizimi unchalik sodda emas. Xullas, davlat tizimining qulay va sodda bo‘lishi nazorat yo‘q degani emas. Balki haqiqiy qulaylik - odamni ortiqcha muhr, notarius va qog‘ozbozlik bilan qiynamasdan, kerakli nazoratni elektron tizim orqali amalga oshirishdir. Sizningcha, bu kabi soddalik jamiyat uchun foydalimi yoki firibgarlik xavfini oshiradimi? 🤔 Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉 https://t.me/CanadAli
без подписи
без подписи
без подписи
Yaxshi joyda yashash uchun yaxshigina ter to'kish talab etiladi. Hech kim hech narsani shundoq berib qo'ymaydi. Hayot qonuniyati. "Komfort" kerakmi, marhamat, uning badalini to'lashga ham tayyor turing. 🇨🇦Kanadaning Vancouver shahri yashash uchun dunyoning 10 ta eng yaxshi shaharlari reytingidan o'rin olibdi. Economist Intelligence Unit (EIU) tashkiloti tomonidan e'lon qilingan reytingda ushbu shahar top 10 talik orasida Shimoliy Amerikadagi yagona shahar bo'lib ro'yxatga kirgan. Ekspertlar jaxonning 170 dan ortiq shaharlari orasidan ushbu reytingni tibbiyot sifati, ta'lim sifati, xavfsizlik, ekologiya, infrastruktura, madaniy imkoniyatlar kabi faktorlarga tayanib tuzishgan. 🤔Ha, bu bir qarashda juda jozibador ma'lumot. Lekin masalaning ikkinchi tarafi ham bor. Yashash uchun eng qulay ekanligi omili tufayli bu kabi shaharlarga talab yuqori bo'ladi va o'z-o'zidan uy-joy narxi va yashash xarajatlari oshib borishiga ham sabab bo'ladi. Bu kabi shaharlarda yashash ancha qimmat. Chunki shunga yarasha sharoitlar ham mavjud. O'zi aslida dunyoning barcha nuqtasida shunday-ku. O'zbekistondagi yashash uchun eng qimmat shahar - poytaxt Toshkentda ham narxlar doim baland yuradi. Shunday ekan, qimmat shaharda yashash va arzon shaharda yashashda tarozi pallasini doim hisobga olish zarur chet elda ham. Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉 https://t.me/CanadAli