Dilnur A'zamov
Статистика🇺🇿 O'zR Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zosi 🇺🇿Mahalliy Kengash deputati (Nurobod tumani) 📚✍️Kuzatuv. Fikr. Munosabat. @Dilnur_Azamov
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 26
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 65
- 1/48двое суток
- 74
- 1/72трое суток
- 80
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Savodxonlikka har birimiz hissa qo‘sha olamiz Til qoidalariga rioya qilish masalasi faqat mutaxassislar yoki tashkilotlarga bog‘liq emas. Bu jarayonda odamlarning o‘zi ham bevosita qatnashishi mumkin. Ko‘cha peshlavhalari, reklama va boshqa ochiq manbalarda o‘zbek tilida xato yozilgan matnga duch kelsangiz, endi bu haqda “Sof til” botiga xabar berish mumkin. Murojaatlar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilib, aniqlangan xatolarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Hozirgacha bot orqali 300 ta murojaat kelib tushgan. “Sof til” — Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan o‘zbek tiliga e’tibor va hurmatni oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan loyiha. Loyiha doirasida faol foydalanuvchilar ham har oy pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi. Muhimi, endi xatoni ko‘rish va unga e’tiroz bildirish bilan cheklanmay, uni tuzatishga amaliy hissa qo‘shish imkoniyati mavjud. Batafsil videoda. @haqiqatdailyos
Biz nimagadir asfalt qilib ber deymiz. Lekin trotuar qilib ber deyishimiz kerak. Mashinani o‘ylaymiz. ErkinjonTurdimov, Sirdaryo viloyat hokimi trotuar to‘g‘risida Manba ➡️ @DilnurAzamov
Asaxiy.uz'dan yetkazishdi. Yaxshigina xazina. 👉 @DilnurAzamov
1001-уриниш Табиий газ етиб бориши қийин бўлган ҳудудларда электр учун алоҳида имтиёзли тариф жорий этилиши мумкин. Бу ҳақда энергетика вазири Шерзод Хўжаев маълум қилди.
Dushmaning aksiga aylanmaguncha uni yengib bo‘lmaydi. Iste’mol insonlarini esa, hatto non bilan yengish mumkin.
Kutilganidek, onda-sonda uchrab turadigan holat emas ekan bu. Aniqlanganlari faqat. 5 kunda 40 ta holat. Ота-оналарнинг ўз фарзандлари хавфсизлигига нисбатан эътиборсизлиги таълим ва маҳалла тизимида ҳам тарғибот зарурлигини кўрсатмоқда.
Харитада йўқ, аммо дунёдаги энг идеал мамлакат ҳақида эшитганмисиз? | 5 дақиқа Агар сизга бир мамлакатни бошқариш вазифасини беришса, ишни нимадан бошлардингиз? Йўлларни тузатишданми? Маошларни оширишданми? Ёки коррупцияни йўқотишданми? Қизиғи, беш юз йил аввал яшаган бир одам ҳам худди шу ҳақида бош қотирган. Ўша одамнинг исми Томас Мор эди. Унинг “Утопия” деган китоби бор. “Утопия” - бир вақтнинг ўзида “энг яхши жой”, шу билан бирга “ҳеч қаерда йўқ жой” деган маънони англатади. Яъни бу жойни харитадан излаб ўтирманг. Томас Мор – «Утопия» 👉 https://t.me/beshdaqiqaofficial
Oʻzbekistonda ancha paytdan beri muhokamada boʻlib kelayotgan alifbo islohoti tez orada yakuniga yetadigan koʻrinadi. Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva katta xalqaro konferensiyada bu masalaga alohida toʻxtalgan. Darhaqiqat, bu masalani yakunlash fursati…
O'zbekistonliklarning ko'payishidan tashvishga tushganlar. Aholi soni, demografiya, iqtisodiyot mavzusida juda ko'p marotaba gapirganmiz, yozganmiz. Yana bir bor qaytishga majburman. Bugun Potrebiteli.uz kanali egasi Liliya Nikolenko yozgan xabarga ko'zim tushib qoldi. Unda bola tug'ish bo'yicha chempionligimiz, lekin bola sifati bo'yicha autsayder ekanligimiz aytilib, O'zbekistonda aholi soni oshib ketayotganidan tashvishda ekanligini aytibdi. Izohlarda ham, ayollar trubasini yana bog'laylik, Xitoy kabi bolalar soniga cheklov qo'yaylik degan fikrlarni qoldirishibdi. Nikolenko xonimning har bir gapi xato. Birinchidan, har uchinchi yosh ishsiz yoki bilimsiz deyish xato statistika. O‘zbekistonda norasmiy bandlik juda katta ko‘rsatkichni tashkil qilishini hamma biladiku. Qog‘ozda "ishsiz" hisoblangan yuz minglab yoshlarimiz tinimsiz mehnat qiladi: O'zbekistonda ham, tashqarida ham - kimdir kirakashlik qiladi, kimdir ustachilik yoki qurilishda, yana kimdir bozorda savdo qiladi, dehqonchilik yoki frilans bilan shug‘ullanadi. Ular tekinxo‘r emasku, o‘z aravasini o‘zi tortayotgan, oilasini boqayotgan mehnatkashlardir. Davlatni ro'yxatidan o'tmagani ularni Liliya Nikolenko aytayotgandek "xavf"ga aylantirmaydi. Ikkinchidan, inson tovar emas. Farzandlarni zavod mahsuloti kabi miqdor va sifat mezonlari bilan o‘lchash mutlaqo noto‘g‘ri va hurmatsizlikdir. O‘zbekistonda har bir ota-ona bolasiga eng yaxshisini ilinadi, o‘z yemaganini yedirib, kiymaganini kiydiradi. Uchinchidan, ota-onalarni "faqat tug'ishni biladi, o‘qitishni emas" deb ayblash adolatdan emas. Zamonaviy mehnat bozori talablariga javob beradigan maktablar, kasb-hunar markazlari va oliy ta’lim muassasalarida o'qish imkoniyati hammada bo'lishini ta'minlash bu tizimli vazifa. Ota-ona imkoniyat darajasida harakat qiladi, lekin infratuzilmani yaratish davlatning ishi. Maktab, bog'cha yetarlicha qurilmayotgani uchun davlatni so'roq qilsin, talab qilsin, ota-onalarni ayblamasdan. Ota-onani ayblash oson-da? To'rtinchidan, va eng muhimi aholining tez sur’atlar bilan o‘sishi - bu bizning ustunligimiz (demografik dividend). Yoshlarimizni "sifatsiz omma" va "xavfli armiya" deb atashdan ko‘ra, ularning yashirin iqtisodiyotdan rasmiy mehnat bozoriga o‘tishlari uchun qulay sharoit va munosib ish o‘rinlari yaratish haqida o‘ylash kerak. Yoshlarimiz va o'sayotgan aholi soni - jamiyat uchun xavf emas, balki mamlakatning eng asosiy boyligidir. Shu kabi gaplarni qilayotganlar biroz o‘ylab ko‘rsa, aholi soni oshayotganidan faqat foyda ko‘rishadi. Ularning nonini hech kim olib qo‘ymaydi, aksincha ko‘paytiradi. Pensiyasini yoshlar to‘laydi, iqtisodiy faollikni yaratadi, uy quradi, ovqat qiladi, yetkazib beradi, innovatsiya qiladi, dars beradi... Ertaga Xudo ko‘rsatmasin demografik inqirozga duchor bo‘lib qolib, misol uchun pensiya yoshini ko‘tarishga majbur bo‘linsa o‘zlari keyin voydod qilishadi. @uzbekonomics
"Maltus tuzog‘i": Aholi soni ochlikka olib keladi(mi)? O‘zbekiston aholisi 39 milliondan oshgani haqidagi xabarlar fonida bir qiziqarli iqtisodiy nazariyani eslash o‘rinli. 1798-yilda ingliz iqtisodchisi Tomas Maltus shunday g‘oyani ilgari surgan: "Odamlar oziq-ovqatga qaraganda tezroq ko‘payadi". Nazariyaning mohiyati va "Maltus tuzog‘i". Maltus hamma gap matematikada deb hisoblagan: - Aholi geometrik progressiyada (1\2 \4 \8 \16) ya'ni juda tez o‘sadi. - Oziq-ovqat esa arifmetik progressiyada (1\2\3\4\5) ya'ni yer maydonlari cheklangani sababli sekin ko‘payadi. - Aholi soni oziq-ovqat hajmidan o‘zib ketgan nuqtada "Maltus halokati" yuz beradi. Shunda tabiat muvozanatni tiklash uchun shafqatsiz "cheklovlar"ni (ochlik, urushlar, epidemiyalar) ishga tushiradi va insoniyatni yana qashshoqlik nuqtasiga — ya’ni "tuzoq"qa qaytarib tashlaydi. Maltus yanglishganmi? Tarix bu bashorat xato ekanini ko‘rsatdi, chunki Maltus ikkita muhim omilni bilmagan: 1. Ilmiy-texnik inqilob: Texnika va mineral o‘g‘itlar tufayli oziq-ovqat ishlab chiqarish ham geometrik tezlikda o‘sib ketdi. Bugun dunyoda 8 mlrd odam bo‘lsa-da, ochlik tizimli emas, balki logistik muammodir. 2. Demografik omil: Davlatlar boyib, ta’lim rivojlangani sari odamlar ongli ravishda kamroq farzand ko‘ra boshladi. ❗️Bugungi xavotir: Neomaltusianlik. Klassik nazariya mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa-da, bugun olimlar oziq-ovqat emas, balki chuchuk suv taqchilligi, iqlim o‘zgarishi va energiya resurslarining tugashi kontekstida Yer sayyorasining imkoniyatlari cheklangani haqida Maltus kabi qaytadan bong urishmoqda. @iqtisodiylabirint
O‘zbekistonda ham 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlar cheklanishi mumkin Bu mavzuda bir necha marta yozganman (1, 2, 3). Gazeta.uz yozishicha, bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozxon Karimova bu borada qonun loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qilibdi. Menimcha, bu masala taqiqlash yoki erkinlikni cheklash haqida emas. Asosiy maqsad bolalarni zararli kontent, psixologik bosim, kiberbulling va ijtimoiy tarmoqlarga qaramlikdan himoya qilish, ularda raqamli madaniyatni shakllantirishga qaratilishi zarur. Albatta, bunday tashabbus keng jamoatchilik, mutaxassislar va ota-onalar ishtirokida puxta muhokama qilinishi lozim. Eng muhimi, qabul qilinadigan tartiblar zamonaviy texnologiyalarni inkor etmasdan, bolalar manfaatini ustuvor qo‘ygan holda ishlab chiqilishi kerak. Savol: Siz nima deysiz, O‘zbekistonda 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni qonun bilan cheklash to‘g‘ri qarormi? ➡️ @DilnurAzamov
The Economist: Jahon chempionatida g‘alaba qozonish siri nimada? The Economist nashrining tahliliga ko‘ra, futbol bo‘yicha muvaffaqiyatga erishishda boylik, aholi soni, jismoniy ko‘rsatkichlar va geografik omillar muhim rol o‘ynaydi. Biroq eng katta ustunlikni immigratsiyaga ochiqlik va xorijda shakllangan iste’dodlardan foydalanish beradi. 1930 yildan buyon Jahon chempionatida 80 dan ortiq davlat ishtirok etgan bo‘lsa-da, kubokni atigi 8 ta mamlakat qo‘lga kiritgan. Tahlilchilar milliy terma jamoalarning futbol muvaffaqiyatining qariyb 70 foizi mamlakatning boyligi, aholisi, o‘rtacha bo‘yi va geografik joylashuvi bilan izohlanishini aniqlagan. Shunga qaramay, boylikning o‘zi yetarli emas. AQSH va Fors ko‘rfazi davlatlari katta moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lsa-da, futbol bo‘yicha kutilgan natijalarga erisha olmayapti. Aholi sonining ko‘pligi ham muvaffaqiyat kafolati emas. Masalan, Xitoy va Hindiston milliarddan ortiq aholiga ega bo‘lishiga qaramay, ular tarixda atigi bir marta Jahon chempionatiga chiqqan. Eng katta ustunlik esa futbol madaniyati shakllangan hududlarda kuzatiladi. Janubiy Amerika va Yevropa mamlakatlari murabbiylar sifati, futbol infratuzilmasi va raqobat muhiti bo‘yicha boshqa mintaqalardan ancha oldinda. Masalan, Ispaniyada eng yuqori darajadagi murabbiylar soni 2 mingdan ortiq bo‘lsa, Hindistonda bu ko‘rsatkich 50 nafar atrofida. Yaponiya alohida misol sifatida keltiriladi. Mamlakat 1992 yilda uzoq muddatli “100 yillik strategiya”ni qabul qilib, professional klublar, bolalar akademiyalari va murabbiylar tayyorlash tizimini rivojlantirdi. Natijada Yaponiya 1998 yildan beri biror marta ham Jahon chempionatini o‘tkazib yubormadi va bugun kuchli terma jamoalardan biriga aylandi. Biroq ko‘plab davlatlar uchun bundan ham tezroq yo‘l mavjud - diaspora va muhojirlar salohiyatidan foydalanish. Senegal, Marokash, Kabo-Verde va Kyurasao kabi davlatlar xorijda tug‘ilgan yoki tarbiya topgan futbolchilar hisobiga sezilarli natijalarga erishmoqda. Masalan, Marokashning 2022 yilgi Jahon chempionatidagi yarim finalga chiqgan tarkibidagi 26 futbolchining 14 nafari xorijda tug‘ilgan edi. Bugungi kunda Jahon chempionatida o‘z tug‘ilgan mamlakatidan boshqa davlat sharafini himoya qilayotgan futbolchilar ulushi 1994 yildagi 9 foizdan 24 foizga yetgan. Ispaniya yulduzi Lamine Yamal, Angliya futbolchilari Bukayo Saka va Markus Reshford, shuningdek Fransiya terma jamoasining ko‘plab yetakchilari muhojir oilalar farzandlari hisoblanadi. Nashr xulosasiga ko‘ra, futbol muvaffaqiyati faqat pul yoki aholi soniga bog‘liq emas. Kuchli futbol tizimi, uzoq muddatli strategiya va eng muhimi, turli kelib chiqishga ega iste’dodlarni o‘z safiga jalb qila olish zamonaviy futbolning asosiy g‘alaba formulasiga aylanmoqda. Manba ➡️ @DilnurAzamov
Abduqodir alamidan yig‘lab yubordi, ko‘rdingiz. Bilasizmi nega? Sababi u yirtqich yevrofutbolni qolganlarga nisbatan karra karrasiga ko‘proq biladi, qovurilib yuribdi o‘sha yerlarda. Chidolmay oldinga o‘tib ketganini ham esladingiza boya? Aytmoqchimanki, termamiz ham asta-sekin o‘sha darajalarga yetib boryapti shu yillarda. Shu yirtqichlar bilan o‘ynab o‘ynab qovurilib toblanamiz Husanov singari. Taqdir Abduqodirni APLga tashladi. Tashlaganda ham "Chelsi"ga qarshi bahsga tashladi. Qiynaldi, xato qildi. Vaqtlar o‘tib oyoqqa turib, hozirda qanaqa daraja ekanini bilasiz. Taqdir termamizni eng nufuzli turnir — Jahon chempionatiga tashladi. Tashlaganda ham eng qiyin guruhlardan biriga uloqtirdi. Ha, qiynaldik qiynalyapmiz, yuqorida Abduqodir qiynalgani kabi. Ammo o‘sha etapdan u o‘tgandan so‘ng qanaqa futbolchi bo‘lib yetishganini ko‘ryapsiz, ko‘ryapmiz. Ishoning, termamiz ayni o‘sha o‘tish davrida. Shunaqa payt ularning qo‘lidan tuting! Jerkimang, kulmang ustidan. ➡️ @DilnurAzamov
без подписи
⚽️Dunyoga mashhur sport karikaturachisi Hamid Saharining O‘zbekistonga bag‘ishlangan yangi ijodi. 🇺🇿O‘zbekiston milliy terma jamoasining yosh muxlisi dunyo yulduziga aylandi. ❇️ @iqtisodiylabirint ❇️
Gazeta.uz nashri ko‘p tanqid va muhokama qilinadigan mavzularda podkastlar seriyasini boshlabdi. Birinchi soni ta’limning maqsad va vazifasini o‘rganuvchi ta’lim falsafasiga bag‘ishlanibdi. Unda ta’lim masalalari eksperti Komil Jalilov, siyosatshunos va pedagog Hamid Sodiq, shuningdek, Olmazor tumani 243-maktab direktori Ziroatxon Komilova ishtirok etgan. Ko‘rishni tavsiya qilaman. Videoni ko‘rish: 👉 "Maktablar baxtli insonlarni tarbiyalashi kerak". Ta’lim falsafasi nima va maktab qanday vazifani o‘taydi? Matnni o‘qish: 👉 https://www.gazeta.uz/uz/2026/06/17/school/ ➡️ @DilnurAzamov
без подписи
без подписи
без подписи
Boshladik. Alloh qo'llasin termamizni.