Do‘stlik ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy Telegram kanali
СтатистикаIxtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Do‘stlik ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy kanali 📌Maktabga qabul jarayonlari 📌Maktab yangiliklari #Video_lavhalar #Maqolalar @DostlikIM_bot
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 28
- Всего постов
- 147
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 203
- 1/48двое суток
- 232
- 1/72трое суток
- 250
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#YagonaVatan35 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji e’lon qilinadi. Chellenj quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi: ✅ #YagonaVatan35 chellenji — o‘quvchilarning Vatan haqidagi fikrlari, tabriklari va ezgu tilaklari; ✅ “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida 30–60 soniyalik videorolik; ✅ “Bir bayroq – bir yurak” fleshmobi; ✅ O‘quvchilar ijrosida Vatan haqidagi she’r yoki vatanparvarlik qo‘shig‘i; ✅ Mustaqillik aks etgan binolar va manzillarda rasmga tushish; ✅ “Mening maktabim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusida ijodiy videorolik; ✅ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan va sport maktablari yutuqlarini aks ettiruvchi motivatsion video; ✅ O‘qituvchi, ota-ona va bitiruvchilarning Mustaqillik haqidagi samimiy fikrlari jamlangan videorolik; ✅ Davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi kreativ videolar. Qatnashish uchun: ⚪️ O‘zingiz tanlagan yo‘nalishda ijodiy ish tayyorlang. ⚪️ Ishingizni Telegram yoki Instagram sahifangizga joylang. ⚪️ Postga #YagonaVatan35 heshtegini qo‘ying. Eng muhimi — ijodingizni namoyon eting va “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman!” degan g‘oyani o‘z uslubingizda ifodalang! 🏆 Eng faol va kreativ ishtirokchilarning ijodiy ishlari e’tirof etilib, munosib taqdirlanadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
видео или голосовое, без подписи
#YagonaVatan35 🌿 Mustaqillik yillarida ta’limga qaratilgan e’tiborning yana bir samarasi — yoshlarimizdan tarixiy natija! Mustaqillikning 35 yilligi tantanalari arafasida xalqaro maydonlardan kelayotgan bu kabi xushxabarlar barchamizga alohida faxr va quvonch bag‘ishlaydi. 🇺🇿Milliy istiqlol yillarida, ayniqsa, so‘nggi yillarda Hurmatli Prezidentimiz tomonidan ta’lim sohasiga qaratilayotgan alohida e’tibor, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan izchil siyosat natijasida yoshlarimiz uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning tashkil etilishi, olimpiadachilarni tizimli tayyorlash, ular uchun zamonaviy ta’lim muhiti yaratilishi hamda ilg‘or xalqaro tajribalarning joriy etilishi bugun o‘zining yuksak samaralarini bermoqda. Xalqaro olimpiadalarda Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarayotgan yoshlarimiz — ana shu yuksak e’tibor, izchil islohotlar va yaratilgan imkoniyatlarning yorqin samarasidir. Ikki nufuzli xalqaro olimpiadada Agentligimiz tizimidagi maktablar o‘quvchilari jami 7 ta medal — 3 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. 🇰🇷 Janubiy Koreyaning Seul shahrida o‘tkazilgan 21-Xalqaro standartlar olimpiadasida (ISO 2026) Prezident maktablari o‘quvchilari: 🥇 Asadbek Baxronov — Buxoro shahridagi Prezident maktabi; 🥇 Feruza Luqmonova — Buxoro shahridagi Prezident maktabi; 🥇 Saidakbar Jahonaliyev — Jizzax shahridagi Prezident maktabi — oltin medallarni qo‘lga kiritdi. ✨Toshkent shahrida O‘zbekiston mezbonligida o‘tkazilayotgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasida (IOI 2026) esa: 🥈 Jaxonali Xaydaraliyev — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab; 🥉 Jahongirshoh Avazxonov — Namangan shahridagi Prezident maktabi; 🥉 Timur Kadirbergenov — Nukus shahridagi Prezident maktabi; 🥉 Ulug‘bek Rahmatullayev — Namangan shahridagi Prezident maktabi sovrindor bo‘ldi. Ushbu natija bilan O‘zbekiston terma jamoasi IOIdagi ishtiroki tarixida eng yuqori natijani qayd etdi. ✨ Bugungi medallar — yillar davomida ta’limga qaratilgan e’tibor, yaratilgan imkoniyatlar, ustozlar mehnati va yoshlarimizning intilishlari samarasidir. Eng muhimi, bu natijalar Yangi O‘zbekiston yoshlarining salohiyati va kelajakda yanada ulkan marralarni zabt etishga qodir ekanini namoyon etmoqda. 💐 G‘olib va sovrindor o‘quvchilarimizni, ularning ustozlari hamda ota-onalarini Agentlik nomidan samimiy muborakbod etamiz! ✅ Rasmiy sahifalar
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: ✅ Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; ✅ Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: ✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; ✅ Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; ✅ Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; ✅ aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; ✅ qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; ✅ Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; ✅ Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
🤩🤩🤩🤩🤩🤩 🇺🇿 “Mustaqillik menga nima berdi?” 🇺🇿 🇺🇿 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Jizzax filialio’quvchilari tomonidan yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida mazmunli va ta’sirchan videorolik tayyorlandi. 🎥 Mustaqillik — bu biz uchun erkin va farovon hayot, tinch osmon, sifatli ta’lim olish, o‘z iste’dodimizni namoyon etish va buyuk maqsadlar sari dadil intilish imkoniyatidir. 🌿📚 🎉 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo’lsin! #AbuAliIbnSino #Jizzax #IxtisoslashtirilganMaktab #Yoshlar #Vatanim #O‘zbekiston 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 🌐Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook
#diqqat_tanlov 📢 “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi e’lon qilinadi! Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida bolalar va o‘smirlar uchun mazmunan boy, tarbiyaviy ahamiyatga ega, zamonaviy va qiziqarli badiiy asarlar yaratishni rag‘batlantirish maqsadida “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi tashkil etilmoqda. 📚 Badiiy asarlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi: — Oila va insoniy qadriyatlar; — Vatan, mahalla va jamiyat; — Ustoz, maktab va ta’lim; — Tabiat, texnologiya va kelajak; — Orzular va kelajakdagi kasblar. Tanlov uchun 6–10, 11–14 hamda 15–17 yoshdagi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan badiiy asarlar taqdim etilishi mumkin. 🏆 G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Eng yaxshi deb topilgan asarlar esa maxsus to‘plam shaklida nashr etiladi. 📌 Batafsil shartlar, asarlarni taqdim etish tartibi va muddatlari tez orada e’lon qilinadi. 📤 Tanlov uchun ijodiy ishlarni yuborish: @trm_hikoya_yuborish_bot ☎️ +998 55 519-02-02 Balki bolalar kutayotgan eng yaxshi badiiy asarni aynan siz yozarsiz. Bolalarimiz eng yaxshi asarlarga munosib! 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
#YagonaVatan35 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji e’lon qilinadi. Chellenj quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi: ✅ #YagonaVatan35 chellenji — o‘quvchilarning Vatan haqidagi fikrlari, tabriklari va ezgu tilaklari; ✅ “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida 30–60 soniyalik videorolik; ✅ “Bir bayroq – bir yurak” fleshmobi; ✅ O‘quvchilar ijrosida Vatan haqidagi she’r yoki vatanparvarlik qo‘shig‘i; ✅ Mustaqillik aks etgan binolar va manzillarda rasmga tushish; ✅ “Mening maktabim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusida ijodiy videorolik; ✅ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan va sport maktablari yutuqlarini aks ettiruvchi motivatsion video; ✅ O‘qituvchi, ota-ona va bitiruvchilarning Mustaqillik haqidagi samimiy fikrlari jamlangan videorolik; ✅ Davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi kreativ videolar. Qatnashish uchun: ⚪️ O‘zingiz tanlagan yo‘nalishda ijodiy ish tayyorlang. ⚪️ Ishingizni Telegram yoki Instagram sahifangizga joylang. ⚪️ Postga #YagonaVatan35 heshtegini qo‘ying. Eng muhimi — ijodingizni namoyon eting va “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman!” degan g‘oyani o‘z uslubingizda ifodalang! 🏆 Eng faol va kreativ ishtirokchilarning ijodiy ishlari e’tirof etilib, munosib taqdirlanadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#YagonaVatan35 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji e’lon qilinadi. Chellenj quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi: ✅ #YagonaVatan35 chellenji — o‘quvchilarning Vatan haqidagi fikrlari, tabriklari va ezgu tilaklari; ✅ “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida 30–60 soniyalik videorolik; ✅ “Bir bayroq – bir yurak” fleshmobi; ✅ O‘quvchilar ijrosida Vatan haqidagi she’r yoki vatanparvarlik qo‘shig‘i; ✅ Mustaqillik aks etgan binolar va manzillarda rasmga tushish; ✅ “Mening maktabim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusida ijodiy videorolik; ✅ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan va sport maktablari yutuqlarini aks ettiruvchi motivatsion video; ✅ O‘qituvchi, ota-ona va bitiruvchilarning Mustaqillik haqidagi samimiy fikrlari jamlangan videorolik; ✅ Davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi kreativ videolar. Qatnashish uchun: ⚪️ O‘zingiz tanlagan yo‘nalishda ijodiy ish tayyorlang. ⚪️ Ishingizni Telegram yoki Instagram sahifangizga joylang. ⚪️ Postga #YagonaVatan35 heshtegini qo‘ying. Eng muhimi — ijodingizni namoyon eting va “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman!” degan g‘oyani o‘z uslubingizda ifodalang! 🏆 Eng faol va kreativ ishtirokchilarning ijodiy ishlari e’tirof etilib, munosib taqdirlanadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
📚 “Mutolaa” loyihasi doirasida adabiy suhbat “Mutolaa” loyihasi doirasida buyuk mutafakkirlar Alisher Navoiy va Jaloliddin Rumiy asarlarining falsafiy va axloqiy g‘oyalarini yosh avlod o‘rtasida keng targ‘ib qilish, ularning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan adabiy suhbat tashkil etildi. Mazkur tadbir Do‘stlik tuman ixtisoslashtirilgan maktabi kutubxonasida MMIBDO‘ U. Tajimurodov, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Muhammadqodir Toshpo‘latov, kutubxona mudirasi Gulnoz Raxmanova hamda maktab o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazildi. Suhbat davomida Alisher Navoiy va Jaloliddin Rumiyning insonparvarlik, ezgulik, komillik, mehr-oqibat, ilm-ma’rifat va axloqiy tarbiyaga oid qarashlari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, mutafakkirlar asarlarining bugungi yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida mulohazalar bildirildi. Bunday adabiy-ma’rifiy suhbatlar yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mumtoz adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi. 📲https://t.me/Dustlik_IM
#Tayinlov 📢 Jizzax shahridagi Prezident maktabiga ijrochi direktor tayinlandi! Jumayev Sherzod Shuxratovich-O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Jizzax shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi. 👤 Sherzod Jumayev mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Zomin ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori sifatida faoliyat yuritgan. Yangi lavozimda Sherzod Shuxratovichga ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish hamda Prezident maktabining yuqori natijalarini davom ettirish yo‘lidagi faoliyatida muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaymiz! 🇺🇿 👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Facebook
❗️AI-лойиҳалар учун 100 минг долларгача инвестиция: аризалар 15 августгача қабул қилинади Ўзбекистонда фақат сунъий интеллектга асосланган стартаплар учун ташкил этилган President AI Award 2026 танловига аризалар қабул қилиш муддати 15 августгача узайтирилди. Танловга ғоя эмас, камида MVP’га эга AI-лойиҳалар қабул қилинади. Лойиҳалар давлат бошқаруви, саноат ва тадбиркорлик, соғлиқни сақлаш, таълим ҳамда яшил иқтисодиёт ва агротехнологиялар йўналишлари бўйича баҳоланади. Ҳар бир йўналишда 1-, 2- ва 3-ўрин соҳибларига мос равишда 100 минг, 60 минг ва 40 минг доллар инвестиция ажратилади. Жами 15 та лойиҳа ғолиб деб топилади. 🌐 Ариза топшириш: awards.gov.uz
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи