FORISH_IM 📖
СтатистикаIxtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Forish tuman ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati yoritib boriladi.
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 4
- Всего постов
- 127
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 139
- 1/48двое суток
- 159
- 1/72трое суток
- 171
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Bugun mandat chiqishi rejalashtirilmayapti. 🔘 @xushnudbekuz
#YagonaVatan35 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji e’lon qilinadi. Chellenj quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi: ✅ #YagonaVatan35 chellenji — o‘quvchilarning Vatan haqidagi fikrlari, tabriklari va ezgu tilaklari; ✅ “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida 30–60 soniyalik videorolik; ✅ “Bir bayroq – bir yurak” fleshmobi; ✅ O‘quvchilar ijrosida Vatan haqidagi she’r yoki vatanparvarlik qo‘shig‘i; ✅ Mustaqillik aks etgan binolar va manzillarda rasmga tushish; ✅ “Mening maktabim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusida ijodiy videorolik; ✅ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan va sport maktablari yutuqlarini aks ettiruvchi motivatsion video; ✅ O‘qituvchi, ota-ona va bitiruvchilarning Mustaqillik haqidagi samimiy fikrlari jamlangan videorolik; ✅ Davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi kreativ videolar. Qatnashish uchun: ⚪️ O‘zingiz tanlagan yo‘nalishda ijodiy ish tayyorlang. ⚪️ Ishingizni Telegram yoki Instagram sahifangizga joylang. ⚪️ Postga #YagonaVatan35 heshtegini qo‘ying. Eng muhimi — ijodingizni namoyon eting va “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman!” degan g‘oyani o‘z uslubingizda ifodalang! 🏆 Eng faol va kreativ ishtirokchilarning ijodiy ishlari e’tirof etilib, munosib taqdirlanadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Bola parvarishlash ta'tilidan qaytgan o'qituvchiga avvalgi dars soatlari qaytarilishi shartmi? Amaliyotda ko'p uchraydigan noto'g'ri qarashlardan biri shuki, o'qituvchi bola parvarishlash ta'tiliga nechta dars soati bilan chiqqan bo'lsa, qaytganda ham aynan shuncha dars soati berilishi shart, degan fikrdir. Aslida esa amaldagi qonunchilik bunday kafolatni nazarda tutmaydi. 📌 Mehnat kodeksining 405-moddasiga ko'ra, bola parvarishlash ta'tili davrida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. E'tibor bering, normada "ish joyi (lavozimi)" deyilgan. Unda dars yuklamasi, pedagogik yuklama yoki tarifikatsiya bo'yicha dars soatlari saqlanishi haqida hech qanday qoida mavjud emas. Pedagog xodimlar uchun dars yuklamasini taqsimlashning maxsus tartibi esa 3271-son Nizom bilan belgilangan. Mazkur Nizomning 19-bandiga muvofiq, homiladorlik va tug'ish hamda bola parvarishlash ta'tilidan qaytgan o'qituvchilarga dars soatlari Nizomning 15-bandida belgilangan ustuvor mezonlar asosida taqsimlanadi. Demak, qonunchilik: lavozimni saqlashni kafolatlaydi; dars yuklamasini esa har yangi o'quv yilida amaldagi mezonlar asosida qayta taqsimlashni nazarda tutadi. Shu sababli "ta'tilga nechta soat bilan chiqqan bo'lsa, qaytganda ham shuncha soat berilishi shart" degan qarash amaldagi qonunchilik normalariga asoslanmagan. ⚖️ Huquqiy xulosa: Bola parvarishlash ta'tilidan qaytgan o'qituvchining ish joyi va lavozimi saqlanadi, biroq avvalgi dars yuklamasi saqlanishi kafolatlanmagan. Dars soatlari 3271-son Nizomning 15 va 19-bandlari talablariga muvofiq taqsimlanadi. Muallif: Sherzod Tolibov, huquqshunos.
#Диққат Мактаб ва ОТМларда назорат-ўтказиш пунктлари жорий этилади, бегона шахсларнинг кириши чекланади Янги тартибга кўра, таълим ташкилотларида назорат-ўтказиш пунктлари жорий этилади, барча кириш-чиқишлар электрон тизимда қайд этилади ва рухсатсиз шахсларнинг ҳудудга кириши чекланади. ✅ХОКИМ БУВА - Подписаться.
⚡️ Abituriyentlar reytingdagi o‘rnini ko‘radigan xizmat ishga tushdi. BMBA tomonidan abituriyentlarning fanlar majmuasi bo‘yicha reytingdagi o‘rnini ko‘rsatadigan yangi onlayn xizmat mandat.uzbmb.uz/Bakalavr da ishga tushdi. 👉 Batafsil: https://infoedu.uz/s/652 ✅ Infoedu.uz rasmiy kanali
📢 DIQQAT, HURMATLI MAKTAB RAHBARLARI! 7-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan suhbat jarayoni bo‘yicha navbatdagi muhim e’lon! Hurmatli rahbarlar, quyidagi fanlar bo‘yicha o‘qituvchilarning belgilangan vaqtlarda Al-Xorazmiy maktabi Jizzax filialiga kechikmasdan yetib kelishini ta’minlashingiz so‘raladi. ⏰ Suhbat vaqti va fanlar taqsimoti (7-avgust): Ertalabki seans: 📚 08:30 — Ona tili va adabiyoti 📜 09:30 — Tarix 🕊 10:30 — Tarbiya 💻 11:30 — Informatika va AT 🍽 12:30 – 13:30 Tushdan keyingi seans: 🧪 13:30 — Kimyo 🌍 14:30 — Geografiya ⚽️ 15:30 — Jismoniy tarbiya 🇷🇺 16:30 — Rus tili 📜 17:30 — Qoraqalpoq tili, San'at, O'zbek tili, Texnologiya, Tabiiy fan (Nomzodlar soni kamligi sababli bitta yakuniy blokda) 📌 Muhim eslatma: Suhbat jarayonida maktab direktori shaxsan ishtirok etishi shart. Tegishli hujjatlar bilan vaqtida yetib kelishingiz so‘raladi. Iltimos, vaqtga qat'iy rioya qilishingizni va o'qituvchilar ogohlantirilishini ta'minlang.
📢 DIQQAT, E'LON! Pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining 3-bosqichi — suhbat jarayonlari o‘tkaziladi. 🎓 2026-yil 6–7-avgust kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining 3-bosqichi — suhbat hududlar va fanlar kesimida bo‘lib o‘tadi. Suhbat davomida nomzodlarning: ✅ kasbiy bilim va ko‘nikmalari; ✅ pedagogik mahorati; ✅ muloqot madaniyati; ✅ psixologik tayyorgarligi; ✅ egallashi rejalashtirilgan lavozimga mos kompetensiyalari baholanadi. Baholash tartibi: ✅ har bir bilet 4 ta savoldan iborat; ✅ maksimal ball — 100; ✅ zaruratga ko‘ra, suhbat komissiyasi tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin. Suhbat bosqichida har bir vakant o‘rin uchun test natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar nomzod ishtirok etadi. ⚠️ Eslatma: Test bosqichida to‘plangan ballar suhbat natijalariga qo‘shilmaydi. Biroq yakuniy natijada ballar teng bo‘lgan taqdirda, ustunlik test bosqichida yuqoriroq ball to‘plagan nomzodga beriladi. Suhbatga taklif etilgan nomzodlarga ta’lim muassasasi tomonidan vacancy.piima.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tilgan mobil telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilinadi hamda SMS-xabarnoma yuboriladi. ✅Fanlar va hududlar kesimidagi suhbatlar jadvali ilova qilinadi. ✅Barcha nomzodlarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz! Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
📢 DIQQAT, HURMATLI MAKTAB RAHBARLARI! 6-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan suhbat jarayoni bo‘yicha muhim xabar! Hurmatli rahbarlar, tegishli fan o‘qituvchilarining belgilangan vaqtlarda Al-Xorazmiy maktabi Jizzax filialiga kechikmasdan yetib kelishini ta’minlashingiz so‘raladi. ⏰ Suhbat vaqti va fanlar taqsimoti: 🇬🇧 08:30 — Ingliz tili fani o‘qituvchilari 📐 11:00 — Matematika fani o‘qituvchilari 🧲 14:00 — Fizika fani o‘qituvchilari 🧬 15:00 — Biologiya fani o‘qituvchilari 📌 Muhim eslatma: Suhbat jarayonida maktab direktori shaxsan ishtirok etishi shart va kelishlaringiz so‘raladi. Iltimos, vaqtga qat'iy rioya qilishingizni va o'qituvchilar ogohlantirilishini ta'minlang. Siz tomondan e'lon qilingan har bir bo'sh o'ringa 3-nafar nomzodlarni ta'mminlashingiz so'raladi.
видео или голосовое, без подписи
#imtihon_natijalari_2026 📌 Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
📢DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR! Rahbar xodimlar tanlovi davom etmoqda 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq, yangidan tashkil etilayotgan muhandislik hamda hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlari lavozimiga tanlov davom etmoqda. 🟢 Hududiy (saralash) bosqichi: 🟢 2026-yil 3–4-avgust 🟢 2-bosqich (asosiy suhbat): 🟢 2026-yil 6–7-avgust Tanlovlar Agentligi tanlov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida tashkil etiladi. Tanlov bosqichlari: ✅ 1-bosqich – Hududiy saralash Nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ishchi guruh tomonidan o‘rganiladi. Malaka talablariga javob bergan hamda suhbat natijasiga ko‘ra eng yuqori natija qayd etgan 3 nafar nomzod keyingi bosqichga tavsiya etiladi. ✅ 2-bosqich – Asosiy suhbat Hududiy saralashdan o‘tgan 3 nafar nomzod bilan tanlov komissiyasi tomonidan savol-javob shaklida suhbat o‘tkaziladi. 💻 Suhbat videokonferensaloqa (onlayn) yoki an’anaviy (oflayn) shaklda tashkil etilishi mumkin. ⚠️ Eslatma! Suhbat bosqichida ishtirok etmagan nomzodlar uchun qo‘shimcha suhbat o‘tkazilmaydi. Hududlar kesimidagi suhbat sanalari va ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlangan reja-grafik asosida belgilanadi. ✅ Barcha nomzodlarga tanlov jarayonida muvaffaqiyat va omad tilaymiz! Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
⚡️Yo’nalish tanlash 25-iyuldan boshlanadi 📅 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari yakunlandi. 📊 10 kun davomida test sinovlari bo`lib o`tdi. 📌 24-iyul kuni so‘nggi kun natijalari e’lon qilingach, 25-iyuldan 8-avgustga qadar abituriyentlar 2-bosqich tanlovda ishtirok etib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim shakli va ustuvorliklarini tanlashlari mumkin. ⏳ Yakuniy mandat natijalari esa tanlov yakunlanganidan so‘ng bir hafta ichida e’lon qilinadi
🇺🇿 24-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tavallud topgan kun ✨Muhtaram Prezidentimizni tavallud ayyomi munosabati bilan chin dildan muborakbod etamiz. 💫 Yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va davlatimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan fidokorona faoliyatingiz bardavom bo‘lsin. Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, yuksak mas’uliyatli davlat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, kuch-g‘ayrat, donishmandlik, matonat va yangi yutuqlar tilaymiz. Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti va xalqimiz tinchligi yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlaringiz doimo samarali bo‘lsin. 🎉 Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Forish tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
#Forish_IM #189_ball #OTM №2 Siz bu o`quvchimizni taniysiz(mi)!?
#Forish_IM #189_ball #OTM №1 Siz bu o`quvchimizni taniysizmi?
‼️Yangilangan fanlar majmuasi tasdiqlandi #abituriyent 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi. Fanlar majmuasida 227 ta yo'nalish ro'yxati tasdiqlangan. ❗️Eslatma: Taʼlim yoʻnalishlari nomi oʻzgarganda, shuningdek, yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi. 👉 @xushnudbek 👈
❓Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi? #abituriyent ✅ 3 yildan buyon testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo‘ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi. Xo‘sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi? 1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo‘nalish tanlaydi. Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to‘g‘ri keladigan ISTALGAN yo‘nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin. 2️⃣ Ikkinchidan, ta’lim shaklini tanlaydi. Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo‘nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo‘ladi. Masalan, 1 va 2-yo‘nalishga kunduzgi, 3 va 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib. 3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi. Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo‘nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa, unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi. Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman: https://t.me/xushnudbek/29032 ❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-23-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o‘tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Mandat o’tgan yili 13-avgustda chiqqan edi, joriy yilda ham shu atrofda chiqsa kerak. Oliygohlarning mandati chiqib bo‘lgach, o‘qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi. 👉 @xushnudbek 👈