Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal
СтатистикаJizzax viloyat MMTBning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari -Web-sayt: jizzakh.uzedu.uz -Telegram: https://t.me/Jizzakhedu -Instagram: instagram.com/xtbjizzax/ -Facebook: https://www.facebook.com/share/g/16FcTdmMoi/ -Admin: @sarvinoz_narziyeva
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 53
- Всего постов
- 424
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 738
- 1/48двое суток
- 845
- 1/72трое суток
- 912
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📝 Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. 📌 Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. ⚡Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. ➡️ Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: 🔷 Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; 🔷 Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: 🔷O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; 🔷 Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; 🔷 Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; 🔷 aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; 🔷qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; 🔷 Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; 🔷 Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. ➕Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. ✅Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. ✅Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. ✅Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. ⛔Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
JIZZAXNING “JAJJI NURLI YULDUZLAR”I ANIQLANDI 🔶Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 17-iyuldagi 259-son buyrug‘i ilovasi bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, maktabgacha yoshdagi iste’dodli bolalarni aniqlash, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, xalq og‘zaki ijodiyoti, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni keng targ‘ib etish maqsadida “Jajji nurli yulduzlar” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. 🗣️Tanlov Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 5–7 yoshli tarbiyalanuvchilari ishtirokida yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. 🔹Tanlov davomida jajji ishtirokchilar sahna ko‘rinishlari, milliy raqslar, kuy-qo‘shiqlar hamda badiiy chiqishlar orqali o‘z iste’dod va mahoratini namoyon etdilar. Har bir chiqishda bolalarning ijodiy salohiyati, milliy qadriyatlarga hurmati hamda san’atga bo‘lgan qiziqishi yaqqol namoyon bo‘ldi. 🔸Mazkur ko‘rik-tanlovning asosiy vazifalaridan biri maktabgacha yoshdan boshlab bolalarni milliy madaniyat va san’atga keng jalb etish, “Ustoz–shogird” an’anasi asosida iste’dodli bolalarning salohiyatini aniqlash va rivojlantirish, ularning san’at hamda madaniyat yo‘nalishlaridagi qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoit yaratishdan iboratdir. 🔹Mazkur ko‘rik-tanlov maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda kelajakda san’at va madaniyat sohalarida o‘z salohiyatini namoyon eta oladigan iste’dodli avlodni voyaga yetkazishga xizmat qiladigan muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan biri bo‘ldi. ✍️Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz ⌛web-sayt ⚡Telegram ✅Facebook 😀Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#RAQAMLASHTIRISH ▶️ Zomin tumanidagi 60-sonli umumta’lim maktabi qoshidagi “Kelajak kasblari” binosida ta’limni raqamlashtirish yo‘nalishida o‘quv-amaliy seminar va malaka almashish tadbiri o‘tkazildi. 🗣️Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “KLIC Training Program – 2026” dasturi doirasida Koreya Respublikasining Seul shahrida tashkil etilgan “Ta’limni raqamlashtirish” mavzusidagi o‘quv kursida ishtirok etgan Zomin tumani 3-sonli umumta’lim maktabi informatika fani o‘qituvchisi Mamatkulov Shuhrat Xusanboy o‘g‘li Koreyada o‘zlashtirgan zamonaviy raqamli ta’lim texnologiyalari va ilg‘or tajribalarini seminar ishtirokchilari bilan o‘rtoqlashdi hamda ularni ta’lim jarayonida qo‘llash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. ➡️Seminar davomida ta’lim jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, raqamli ta’lim resurslarini joriy etish, xorijiy tajribalarni amaliyotga tatbiq etish hamda mavjud raqamli imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🖥 Tadbirda tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining AKT yo‘nalishidagi mas’ul xodimlari hamda informatika fani o‘qituvchilari ishtirok etib, o‘zaro tajriba va malaka almashdilar. 🔖Mazkur seminar xorijiy tajribalarni mahalliy ta’lim tizimiga tatbiq etish, pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish va ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishni kengaytirishga xizmat qildi. ✍️Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz ⌛web-sayt ⚡Telegram ✅Facebook 😀Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи