Arnasoy.uz | Rasmiy kanal
СтатистикаArnasoy tumani hokimligi Axborot xizmati Web-sayt : https://gov.uz/oz/arnasoy Facebook : https://bit.ly/3VWYvmx YouTube : http://bit.ly/4mMiFwz Instagram : http://bit.ly/4gT2wn Hokimga murojaat: ✍️ @Arnasoy_murojaatbot ☎️ 72-372-10-00
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 116
- Всего постов
- 420
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 372
- 1/48двое суток
- 426
- 1/72трое суток
- 459
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Tuman Kengashi qarori ijrosi nazorat qilindi Deputatlar tashabbusi asosida aholi tomorqalarini sug‘orish uchun oqova suv bilan ta’minlash masalasi yuzasidan tuman Kengashining tegishli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Usmonov Oltin Vodiy MFY hududida amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi. O‘rganish davomida tomorqalarni sug‘orish uchun oqova suv ta’minotini yaxshilash, mavjud infratuzilmani tartibga keltirish va suvdan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi ishlarning holati tahlil qilindi. Shuningdek, mas’ullar bilan mavjud muammolar muhokama qilinib, ishlarni sifatli davom ettirish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Tarix yozildi: O‘zbekiston milliy jamoasi 38-Xalqaro informatika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi! 🏆 Toshkentda o‘tkazilgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026) bahslari O‘zbekiston uchun tarixiy natija bilan yakunlandi. Milliy terma jamoamiz tarixida ilk bor barcha 4 nafar aʼzosi sovrinli o‘rinlarni egalladi. Yigitlarimiz 1 ta kumush va 3 ta bronza medali sohibiga aylandi. ⬇️Sovrindorlarimiz bilan tanishing: 🥈Jahonali Xaydaraliyev, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf — kumush medal; 🥉Timur Kadirbergenov, Nukus Prezident maktabi, 11-sinf — bronza medal; 🥉Ulugʻbek Rakhmatullaev, Namangan Prezident maktabi, 11-sinf — bronza medal; 🥉Jahongirshoh Avazxonov, Namangan Prezident maktabi, 10-sinf — bronza medal. 📌Shuningdek, Sardorbek Salimov — Navoiy shahri, Prezident maktabi o‘quvchisi “Faxriy e’tirof” sovriniga ega bo‘ldi. ✅Mazkur tarixiy natija yoshlarimizning yillar davomida olib borgan izchil tayyorgarligi, ustozlarning fidokorona mehnati hamda mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan raqamli taʼlim islohotlarining amaliy samarasidir. ✅O‘zbekiston yoshlari dunyoning eng kuchli yosh dasturchilari qatorida munosib natija qayd etgani kelgusida xalqaro maydonlarda yanada yuksak marralarni zabt etish uchun mustahkam zamin hamda minglab yoshlarimiz uchun katta motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi. 🎉Yigitlarimizni, ularning ustozlari va ota-onalarini ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz! 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
✔️ "Пенсия гувоҳномаси"дан онлайн фойдаланиш мумкин. Ҳурматли пенсионерлар! ✅ Пенсия жамғармаси сизга қулайликлар яратишда давом этмоқда. Бугунги кунда my.gov.uz порталининг мобил иловасида "Пенсия гувоҳномаси"ни онлайн кўриш имконияти мавжуд. ✅ Ушбу қулайликдан фойдаланиб, пенсионер эканлигингизни тасдиқловчи "Пенсия гувоҳномаси"ни онлайн кўришингиз ва сўралган жойга электрон шаклда тақдим этишингиз мумкин. 👆 Батафсил йўриқнома орқали танишишингиз мумкин. Маълумот учун: "Пенсия гувоҳномаси"ни онлайн кўриш учун my.gov.uz мобил иловасида рўйхатдан ўтган бўлишингиз керак. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri doirasida uchrashuv o‘tkazildi “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri doirasida Arnasoy tumani IIB JXX Probatsiya hisobida jazo o‘tayotgan mahkumlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Arnasoy tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i mayor Sh. Fayziyev ishtirok etib, mahkumlarga qonun talablariga rioya qilish, belgilangan tartib-intizomga amal qilish hamda jamiyatga moslashish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berdi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Prezident Shavkat Mirziyoyev sud-huquq islohotlarining natijalari va sohadagi ustuvor vazifalarni muhokama qilish yuzasidan sud tizimi rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda “Odil sudlov – 2030” strategiyasi ko‘rib chiqildi. — Президент Шавкат Мирзиёев провел встречу с руководителями судебной системы, посвященную результатам судебно-правовых реформ и приоритетным задачам в этой сфере. На ней была рассмотрена Стратегия «Правосудие – 2030». #Mirziyoyev #uchrashuv #sud #strategiya Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Arnasoy tumanida inklyuziv ta’limga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi Arnasoy tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi tomonidan inklyuziv ta’lim joriy etilgan maktablarning maxsus pedagog va psixologlari uchun seminar-trening tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2026-yil 1-apreldagi 30/1-4123-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatda salbiy stereotiplarning oldini olish maqsadida o‘tkazildi. Seminar davomida interaktiv metodlar, guruhli mashg‘ulotlar, vaziyatli topshiriqlar va amaliy keyslar orqali inklyuziv ta’lim muhitini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ta’lim jarayonida alohida ehtiyojga ega bolalarning huquq va manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi. Mazkur seminar-trening ta’lim muassasalarida inklyuziv muhitni yanada rivojlantirish, bolalarga teng imkoniyatlar yaratish hamda jamiyatda bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи