PAXTAKOR.UZ
СтатистикаTuman hokimligi rasmiy sayti: 👉https://gov.uz/oz/paxtakor “Ishonch telefoni”:72-353-10-57 Telegramm kanali @paxtakortuman Hamkorlik @PAXTAKOR24 Murojaat qoldirish 👉 @Paxtakortuman_bot @Ramzdur
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 136
- Всего постов
- 447
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 322
- 1/48двое суток
- 369
- 1/72трое суток
- 397
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🇺🇿 Paxtakor tumanida Mustaqillikning 35 yilligi shukuhi Paxtakor tumanida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari davom. 🇺🇿 Mustaqillik — faxrimiz, g‘ururimiz va kelajagimiz poydevori! 📲 @paxtakortuman https://t.me/joinchat/Tqy3XfXiPiQHyNOH
Sharof Rashidov tumanida zamonaviy sport majmuasi barpo etilmoqda Sharof Rashidov tumanida yoshlar uchun zamonaviy sport maydonchasi qurilishi jadal davom etmoqda. Qiymati 900 million so‘m bo‘lgan yangi sport inshooti yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish, muntazam jismoniy faollik bilan shug‘ullanishi va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qiladi. Zamonaviy sport majmuasini Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Yangi inshootning ishga tushirilishi tumanda yoshlar sportini yanada rivojlantirish, ular uchun munosib sharoitlar yaratish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytiradi. 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
🎥 Videoreportaj: Jizzax shahri mahallalaridagi holat o‘rganildi Jizzax shahrining «Olmazor» mahallasida 26 ta ko‘chani muntazam nazorat qilish, 16 ta umumiy ovqatlanish shoxobchasida sanitariya holatini tekshirish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. 20 dan ortiq oilaga 30–300 million so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratilib, parrandachilik, chorvachilik va issiqxona yo‘nalishlarida loyihalar amalga oshirilmoqda. Ayni paytda «Nurliobod», «Mirzo Ulug‘bek» va «Obod» mahallalarida obodonlashtirish va tozalik borasida kamchiliklar qayd etilgan. Ariqlar va ko‘cha atrofida chiqindilar to‘plangan, ayrim hududlar qarovsiz qolgan, xavfli elektr simlari esa aholi uchun noqulaylik tug‘dirmoqda. 📹 Batafsil — videolavhada. 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Zarbdorda mahallalarda xavfsiz va osoyishta muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi Zarbdor tumani hokimligida davlatimiz rahbarining joriy yil 5-yanvardagi 1-sonli qarori ijrosini ta’minlash, mahallalarda xavfsiz va osoyishta muhitni shakllantirish hamda jamoat xavfsizligini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tuman hokimligi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida mahallalarda jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va kriminogen vaziyatni barqaror saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, sodir etilgan jinoyatlar chuqur o‘rganilib, ularning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish choralari yuzasidan fikr almashildi. Yig‘ilish yakunida kriminogen vaziyatni yanada yaxshilash, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘luvchi omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish hamda aholi tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi. Mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va fuqarolarning osoyishta hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi. 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🇺🇿 Mustaqillik oldidan obodonlashtirish hashari 🌿 Chamanzor MFYda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida obodonlashtirish hashari tashkil etildi. Hasharda Ekologik partiya tashkiloti rahbari F. Niyazmetova, mahalla raisi Z. Saparov, mahalla oqsoqollari hamda yosh volontyorlar faol ishtirok etdi. 🤝 Hashar davomida mahalla hududi obodonlashtirilib, atrof-muhit tozaligi va ko‘rkamligiga alohida e’tibor qaratildi. 🇺🇿 Ezgu tashabbuslar — obod mahalla va farovon hayot garovi! 📣🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👉🌐 Web-sayt 🕊Telegram|📱facebook | 📺YouTube |📱instagram
без подписи
без подписи
📌 Shaxsiy qabul Paxtakor tumani hokimining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari T. Xursanovning fuqarolar bilan shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. BATAFSI 📣🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👉🌐 Web-sayt 🕊Telegram|📱facebook | 📺YouTube |📱instagram
без подписи
без подписи
без подписи
Prezident Shavkat Mirziyoyev sud-huquq islohotlarining natijalari va sohadagi ustuvor vazifalarni muhokama qilish yuzasidan sud tizimi rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda “Odil sudlov – 2030” strategiyasi ko‘rib chiqildi. — Президент Шавкат Мирзиёев провел встречу с руководителями судебной системы, посвященную результатам судебно-правовых реформ и приоритетным задачам в этой сфере. На ней была рассмотрена Стратегия «Правосудие – 2030». #Mirziyoyev #uchrashuv #sud #strategiya Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
📌 Shaxsiy qabul Paxtakor tumani hokimining innovatsion masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O. Otajonovaning fuqarolar bilan shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. BATAFSIL 📣🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👉🌐 Web-sayt 🕊Telegram|📱facebook | 📺YouTube |📱instagram
📢 SAYYOR QABULGA TAKLIF ETAMIZ! Hurmatli fuqarolar! 📅 17-avgust kuni soat 10:00 da Paxtakor tumani maktabgacha va maktab bo‘limi boshlig‘i M. Turg‘unovaning sayyor qabuli o‘tkaziladi. 📍 Manzil: 9-maktab faollar zali. Qabul davomida fuqarolarning ta’lim sohasiga oid murojaatlari, taklif va muammolari tinglanadi. Barchangizni sayyor qabulda faol ishtirok etishga chorlaymiz! 📣🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👉🌐 Web-sayt 🕊Telegram|📱facebook | 📺YouTube |📱instagram
Gandbol bo‘yicha Jizzax viloyati bosqichi g‘oliblari aniqlandi Jizzax Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida sportning gandbol turi bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatning shahar va tumanlarida o‘tkazilgan bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan mahalla jamoalari ishtirok etdi. Musobaqada 17–30 yoshli o‘g‘il-qizlar gandbol bo‘yicha mahorat va jamoaviy o‘yin ko‘nikmalarini namoyon etib, g‘oliblik uchun bahs olib bordilar. Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasida Sharof Rashidov tumanidagi Sovungarlik MFY jamoasi, qizlar o‘rtasida esa Baxmal tumanidagi Nushkent MFY jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. G‘olib jamoalar «Besh tashabbus olimpiadasi»ning respublika bosqichida Jizzax viloyati sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdi. 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|