Yangiobod tumani hokimligi axborot xizmati
СтатистикаJizzax viloyati Yangiobod tumani Rasmiy web sayt http://gov.uz/oz/yangiobod Insagram: https://www.instagram.com/yangiobod.press/ ☎️: 72-542-12-00 https://t.me/yangiobod_press?direct Facebook: (https://www.facebook.com/profile.php?id=61578819772101)
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 243
- Всего постов
- 1 602
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 281
- 1/48двое суток
- 322
- 1/72трое суток
- 347
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
#Yangiobod_tumani 🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN GALA KONSERT! “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan bayramona GALA KONSERT tashkil etiladi! 🎶 Sizni kuy-qo‘shiqlar, raqslar va ko‘tarinki bayramona kayfiyatga boy unutilmas dastur kutmoqda! 📅 15-avgust 🕖 Soat 17:00 📍 Xo'jamushkent QFY 5-maktab hovlisi ✨ Mustaqillik bayrami shukuhini birgalikda nishonlaymiz! 🇺🇿 BARCHANGIZNI GALA KONSERTGA TAKLIF ETAMIZ! 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👇👇👇 🌐Web-sayt✅Telegram✅Facebook 🌐Instagram📹Youtube
#Yangiobod_tumani 🏛FUQAROLAR MUAMMOSI — DEPUTAT E’TIBORIDA Bugun 6-Balandchaqir saylov okrugidan saylangan deputat U. Xidirov Balandchaqir MFY binosida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilindi. 📌 Uchrashuv davomida jami 5 nafar fuqarolardan 9 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning barchasi tegishli tartibda nazoratga olindi. Uchrashuv yakunida deputat tomonidan fuqarolar murojaatlarining o‘z vaqtida va qonuniy hal etilishini ta’minlash bo‘yicha nazoratga olindi. 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👇👇👇 🌐Web-sayt✅Telegram✅Facebook 🌐Instagram📹Youtube
#Yangiobod_tumani 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi: Yosh tadbirkorlar nigohida 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👇👇👇 🌐 Web-sayt ✅Telegram✅Facebook 🌐Instagram 📹 Youtube
#Yangiobod_tumani 🧅 YANGIOBOD PIYOZI — ICHKI VA TASHQI BOZORLARGA YETKAZIB BERILMOQDA Jizzax viloyati Yangiobod tumani O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi xodimlari tomonidan tumanda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Jarayonlar belgilangan tartiblar asosida tashkil etilib, mahsulotlarning sifati hamda fitosanitariya talablariga muvofiqligi alohida nazorat qilinmoqda. Shuningdek, bo‘lim xodimlari tomonidan tashqi bozorlarga chiqarilayotgan mahsulotlar uchun zarur fitosanitariya sertifikatlari belgilangan tartibda rasmiylashtirib berilmoqda. Mazkur ishlar tumanda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini keng bozorlarga olib chiqish, fermerlar daromadini oshirish hamda hududning iqtisodiy salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👇👇👇 🌐Web-sayt✅Telegram✅Facebook 🌐Instagram📹Youtube
#Yangiobod_tumani 🇺🇿 “OTALAR CHOYXONASI” — MAHALLA TELEKANALIDA! 📺 Hurmatli yurtdoshlar! Sizlarni Yangiobod tumanida tasvirga olingan “Otalar choyxonasi” ko‘rsatuvini tomosha qilishga taklif etamiz. 👴 Ko‘rsatuvda otaxonlarimizning hayotiy tajribalari, samimiy suhbatlari, ibratli fikrlari va milliy qadriyatlarimiz aks etadi. 📅 15-avgust 🕖 19:10 📡 “Mahalla” telekanalida ✨ Ota — xonadonimiz fayzi, hayotimizning ibrat maktabi! 📺 “Otalar choyxonasi”ni o‘tkazib yubormang! 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👇👇👇 🌐 Web-sayt ✅Telegram✅Facebook 🌐Instagram 📹 Youtube
Bugun 15-avgust 2026-yil, shanba. 15-avgust — Grigoriy taqvimida yilning 227-kuni boʻlib, yil yakuniga 138 kun qoladi. Bu sanada jahon va Oʻzbekiston tarixida bir qancha muhim voqealar sodir boʻlgan. Jahon tarixidagi muhim voqealar 1121-yil: Didgori jangi boʻlib oʻtdi. Dovud II Quruvchi boshchiligidagi gruzin qoʻshini saljuqiylar ustidan yirik gʻalabaga erishdi. 1914-yil: Panama kanalidan rasman birinchi kema oʻtdi. 1945-yil: Ikkinchi jahon urushi yakunida Yaponiya imperatori Xiroxito mamlakat taslim boʻlganini (kapitulyatsiya) eʼlon qildi. 1947-yil: Britaniya Hindistoni ikkita mustaqil davlatga — Hindiston va Pokistonga boʻlindi. Bugungi kunda Hindistonda va Janubiy Koreyada bu kun Mustaqillik kuni sifatida nishonlanadi. 1969-yil: Afsonaviy uch kunlik Vudstok rok-festivali boshlandi. 2021-yil: "Tolibon" harakati Afgʻoniston poytaxti Kobul shahrini egalladi va mamlakatdagi respublika boshqaruvi tugatildi. Oʻzbekiston tarixi va shaxslari bilan bogʻliq sanalar 1944-yil: Vatani Fargʻona boʻlgan mashhur parkizan va qahramon Mamadali Topivoldiyevga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi. 1991-yil: Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👇👇👇 🌐 Web-sayt ✅Telegram✅Facebook 🌐Instagram 📹 Youtube
#Yangiobod_tumani 📢 DIQQAT, HURMATLI YANGIOBOD TUMANI MAKTAB BITIRUVCHILARI HAMDA 18 YOSHDAN 54 YOSHGACHA BOʻLGAN FUQAROLAR! 🎓 OLIY TA’LIMGA O‘QISHGA KIRA OLMADINGIZMI? UNDA BU IMKONIYATNI O‘TKAZIB YUBORMANG! Bugun oliy ta’lim olish uchun xususiy institutlarga katta miqdorda kontrakt to‘lash bilan birga, ijara, yo‘l kira va ovqatlanish xarajatlari ham oilaviy budjetga sezilarli yuk bo‘lishi mumkin. ❗️Lekin buning yanada qulay va manfaatli muqobili bor! 🏫 YANGIOBOD TUMAN TEXNIKUMI! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 341-sonli qaroriga asosan, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab dual ta’lim shaklida tahsil oluvchi o‘quvchilarga stipendiya to‘lash tartibi joriy etildi. 💰 STIPENDIYA OLISH IMKONIYATI! 🎓 Dual ta’limni tanlagan har bir o‘quvchiga, fanlarni o‘zlashtirish natijalaridan qat’i nazar, BHMning 1 baravari miqdorida stipendiya to‘lanadi. 🌟 O‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan o‘quvchilarga esa BHMning 3 baravari — 1 320 000 SO‘MGACHA stipendiya olish imkoniyati mavjud! 📚 ENG MUHIMI — 2 YIL TEXNIKUMDA TA’LIM OLING, KASB VA MUTAXASSISLIKNI EGALLANG, AMALIY TAJRIBA ORTTIRING VA OLIY TA’LIMNI DAVOM ETTIRISH IMKONIYATIGA EGA BO‘LING! 🎯 Tegishli tartib asosida texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oliy ta’lim muassasalarida 2- yoki 3-kursdan suhbat asosida o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin. 🔥 NIMA UCHUN AYNAN YANGIOBOD TUMAN TEXNIKUMI? ✅ 2 yil davomida zamonaviy kasb va mutaxassislik egallash; ✅ Korxonalarda dual ta’lim asosida amaliyot o‘tash; ✅ O‘qish davomida stipendiya olish imkoniyati; ✅ Mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar; ✅ Ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan ta’lim; ✅ Bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanish imkoniyati; ✅ Davlat namunasidagi diplom; ✅ Kelgusida oliy ta’limni davom ettirish imkoniyati! 🎓 2026/2027-O‘QUV YILI UCHUN QABUL DAVOM ETMOQDA! 📌 Yo‘nalishlar: 🏗 Bino va inshootlar qurilishi 💻 Kompyuter injinering 🧵 Yengil sanoat texnologiyasi 👗 Tikuv mahsulotlari modelyer-konstruktori 🚀 Bugun qabul qilingan qaror — ertangi kelajagingizni belgilaydi! Xususiy institutga katta xarajat bilan shoshilishdan oldin Yangiobod tuman texnikumidagi imkoniyatlarni ko‘rib chiqing! 📲Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting va Yangiobod tuman texnikumi o‘quvchilari safiga qo‘shiling! 👇 🔗 my.edu.uz 📞 Murojaat uchun: ☎️ +998 95 965 60 60 🔥 SHOSHILING! Qabul jarayonlari 10-avgustdan 10-sentyabrgacha davom etadi! 🇺🇿 YANGIOBOD TUMAN TEXNIKUMI — KASB, TAJRIBA VA KELAJAK SARI ISHONCHLI QADAM! 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👇👇👇 🌐Web-sayt✅Telegram✅Facebook 🌐Instagram📹Youtube
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Yangiobod_tumani MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN MADANIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI Yangiobod tumani Balandchaqir MFY hududida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida yurtimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va farovon hayoti, milliy qadriyatlarimiz hamda Vatanga muhabbat tuyg‘ulari tarannum etildi. Yangiobod tumani Madaniyat markazi xodimlari tomonidan tayyorlangan bayramona konsert dasturi namoyish etilib, kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👇👇👇 🌐Web-sayt✅Telegram✅Facebook 🌐Instagram📹Youtube
#Yangiobod_tumani 📢 DIQQAT! E’LON! 📢 Ertaga, 2026-yil 15-avgust kuni soat 9:00 da Yangiobod tumani Xalq qabulxonasida (Adliya binosi) Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyevning jismoniy va yuridik shaxslar bilan navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkaziladi. ✅ Fuqarolar va tadbirkorlar o‘zlarining muammo va takliflari bilan bevosita murojaat qilishlari mumkin. 📍 Manzil: Yangiobod tumani, Xalq qabulxonasi (Adliya bo'limi) binosi ⏰ Vaqt: 9:00 👉 Barcha manfaatdor fuqarolar ishtirok etishga taklif etiladi. 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👇👇👇 🌐 Web-sayt ✅Telegram✅Facebook 🌐Instagram 📹 Youtube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Tarix yozildi: O‘zbekiston milliy jamoasi 38-Xalqaro informatika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi! 🏆 Toshkentda o‘tkazilgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026) bahslari O‘zbekiston uchun tarixiy natija bilan yakunlandi. Milliy terma jamoamiz tarixida ilk bor barcha 4 nafar aʼzosi sovrinli o‘rinlarni egalladi. Yigitlarimiz 1 ta kumush va 3 ta bronza medali sohibiga aylandi. ⬇️Sovrindorlarimiz bilan tanishing: 🥈Jahonali Xaydaraliyev, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf — kumush medal; 🥉Timur Kadirbergenov, Nukus Prezident maktabi, 11-sinf — bronza medal; 🥉Ulugʻbek Rakhmatullaev, Namangan Prezident maktabi, 11-sinf — bronza medal; 🥉Jahongirshoh Avazxonov, Namangan Prezident maktabi, 10-sinf — bronza medal. 📌Shuningdek, Sardorbek Salimov — Navoiy shahri, Prezident maktabi o‘quvchisi “Faxriy e’tirof” sovriniga ega bo‘ldi. ✅Mazkur tarixiy natija yoshlarimizning yillar davomida olib borgan izchil tayyorgarligi, ustozlarning fidokorona mehnati hamda mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan raqamli taʼlim islohotlarining amaliy samarasidir. ✅O‘zbekiston yoshlari dunyoning eng kuchli yosh dasturchilari qatorida munosib natija qayd etgani kelgusida xalqaro maydonlarda yanada yuksak marralarni zabt etish uchun mustahkam zamin hamda minglab yoshlarimiz uchun katta motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi. 🎉Yigitlarimizni, ularning ustozlari va ota-onalarini ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz! 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👇👇👇 🌐 Web-sayt ✅Telegram✅Facebook 🌐Instagram 📹 Youtube
без подписи